Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY ISHNI TASHKIL ETISHDA XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASIDAN FOYDALANISH'

O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY ISHNI TASHKIL ETISHDA XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

445
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimoiy ish / ijtimoiy hodisa / ijtimoiy xodim / ijtimoiy xizmat ko„rsatish / hodisani boshqarish / qonun. / social work / social phenomenon / social worker / social service / control of phenomena / law

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Maftuna Subhanovna Abbasova, Zarina Nigmatullo Qizi Murodullayeva

Mazkur maqolada O„zbekistonda ijtimoiy ishni tashkil etish va ijtimoiy qo„llab-quvvatlash borasida aholini ehtiyojmand qatlamlariga ijtimoiy xizmatlar ko„rsatish tizimi hamda ijtimoiy ishni tashkil etish bilan bog„liq munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik tahlil qilingan. AQSH, Isroil, Gruziya, Kanada, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Serbiya kabi xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy ish to„g„risidagi qonunchiligi o„rganilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article analyzes the system of providing social services to the poor in Uzbekistan in terms of organizing social work and social support, as well as legislation governing relations related to the organization of social work. The legislation on social work of foreign countries such as USA, Israel, Georgia, Canada, Great Britain, Finland, Serbia has been studied.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY ISHNI TASHKIL ETISHDA XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASIDAN FOYDALANISH»

O'ZBEKISTONDA IJTIMOIY ISHNI TASHKIL ETISHDA XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASIDAN FOYDALANISH

Maftuna Subhanovna Abbasova

Samarqand davlad universiteti

Zarina Nigmatullo qizi Murodullayeva

Samarqand davlat universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada O'zbekistonda ijtimoiy ishni tashkil etish va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash borasida aholini ehtiyojmand qatlamlariga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish tizimi hamda ijtimoiy ishni tashkil etish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik tahlil qilingan. AQSH, Isroil, Gruziya, Kanada, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Serbiya kabi xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy ish to'g'risidagi qonunchiligi o'rganilgan.

Kalit so'zlar: ijtimoiy ish, ijtimoiy hodisa, ijtimoiy xodim, ijtimoiy xizmat ko'rsatish, hodisani boshqarish, qonun.

ABSTRACT

This article analyzes the system of providing social services to the poor in Uzbekistan in terms of organizing social work and social support, as well as legislation governing relations related to the organization of social work. The legislation on social work of foreign countries such as USA, Israel, Georgia, Canada, Great Britain, Finland, Serbia has been studied.

Keywords: social work, social phenomenon, social worker, social service, control of phenomena, law.

KIRISH

Ijtimoiy ish o'z hayotiy muammolarini mustaqil hal etishga, ko'p holatlarda yashashga qiynalgan insonlarga yordam ko'rsatishga yo'naltirilgan faoliyatning o'ziga xos turidir. Jahon tajribasida aholining zaif qatlamlari - qariyalar, imkoniyati cheklangan insonlar, muammoli oilalar, qiyin hayotiy muammolarga duch kelgan insonlar, shu jumladan bolalarga yordamni malakali mutaxasislar - ijtimoiy ishchilar tashkil etadilar va amalga oshiradilar. Bu soha ijtimoiy jihatdan muhim bo'lgan professional soha bo'lib, u jamiyatning ijtimoiy barqarorligini ta'minlash vazifasini bajaradi, shuningdek

April, 2023

86

davlatning zamonaviy ijtimoiy siyosatini amalga oshirishini, zaif aholi qatlamlariga ijtimoiy xizmatlarning sifati va ommabopligini ta'minlash uchun xizmat qiladi. [3]

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekistonda ijtimoiy ishni tashkil etish va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash borasida aholini ehtiyojmand qatlamlariga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish tizimi yaratilgan. Shu bilan birga, ijtimoiy ish sifatini oshirish, shu jumladan, ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalar, yetim bolalar, og'ir turmush sharoitiga tushib qolgan bolalar va oilalar bilan bog'liq ishlarni talab darajasiga keltirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi "Bola huquqlari kafolatlarini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6275-sonli Farmonida O'zbekiston Respublikasining "Ijtimoiy ish to'g'risida"gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish ko'zda tutilgan.

Shu munosabat bilan, O'zbekiston Respublikasining "Ijtimoiy ish to'g'risida"gi Qonuni loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqi asosida bir guruh deputatlar hamda YUNISEFning O'zbekistondagi vakolatxonasining ko'magida halqaro mutaxassislarni jalb etgan holda ishlab chiqilgan hamda 2022-yil 6-iyundan 21-iyungacha Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)da jamoatchilik muhokamasiga qo'yilgan.

Ijtimoiy ishni olib boruvchi ijtimoiy xodimlar inson hayotining farovonligini ta'minlash borasida ehtiyojmand shaxslarga hamda oilalarga xizmatlar ko'rsatish va bolalarni himoya qilish tizimida muhim rol o'ynaydi. Ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya qilgan holda, ijtimoiy xodimlar boshqa soha mutaxassislari bilan birgalikda muammolarni bartaraf etish va ularga yechim topishda, shuningdek, bolalarni tarbiyalash va salohiyatini rivojlantirish masalalarida shaxslarga va oilalarga bevosita yordam beradilar.

MUHOKAMA VA TAHLILLAR

Aholining qarishi (keksayishi) munosabati bilan o'sib borayotgan ehtiyojlar, surunkali kasalliklarga chalingan ko'plab odamlar sonining ortishi, murakkab va ko'plab ehtiyojlari mavjud bo'lgan bolalar, o'smirlar va katta yoshdagi shaxslarning ruhiy salomatliklaridagi ehtiyojlarini qondirilishiga bo'lgan talablarning oshishi ijtimoiy xodimlarga bo'lgan ehtiyojlarning ortib borishini yuzaga keltirmoqda.

AQSH, Isroil, Gruziya, Kanada, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Serbiya kabi xorijiy mamlakatlar qonunchiligini o'rganish shuni ko'rsatdiki, xalqaro kontekstda ijtimoiy ish butun aholini ijtimoiy himoya tizimining muhim qismi hisoblanadi.

April, 2023

87

Masalan, Amerika Qo'shma Shtatlarida professional ijtimoiy xodimlar insonlarni muhim maqsadlarga yo'naltiradigan, hayoti uchun zarur qarorlar qabul qilishlarida yaqindan maslahat beradigan va ularning o'z insoniy salohiyatlarini to'liq ro'yobga chiqarishga yordam beradigan malakali kuch hisoblanadi.

Gruziyaning "Ijtimoiy ish to'g'risida"gi qonuni ijtimoiy ishning asosiy tamoyillarini, ijtimoiy xodimning huquqiy maqomi, ijtimoiy kafolatlari, vazifalari, huquq va majburiyatlari, ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilaydi. Qonunning maqsadi - inson tomonidan o'z hayotini muvaffaqiyatli tarafga yo'naltirish, jamiyatga barqaror integratsiyalashuviga ko'mak berish orqali uning mustaqilligi va munosib hayotini ta'minlashga xizmat qiladigan ijtimoiy ish tizimini shakllantirishdan iborat.

Isroilda qonunning maqsadi ijtimoiy ish amaliyotini tartibga solish, Isroilda inson va jamiyat farovonligi va hamjihatligiga ko'maklashishdir. Qonun ijtimoiy soha xodimlarining faoliyati, mas'uliyati, ta'limi va attestatsiyasini tartibga soladi.

Kanadada ijtimoiy xodimlarning faoliyati me'morlar, shifokorlar, muhandislar, ergoterapevtlar, fizioterapevtlar va ruhshunoslar kabi tartibga solinadi.

Buyuk Britaniyada esa ijtimoiy xodimlar faoliyatini tartibga soluvchi ijtimoiy ish me'yoriy qoidalari ifodalangan "Bolalar va ijtimoiy ish to'g'risida"gi Qonuni bilan tartibga solinadi.

Finlyandiyaning "Ijtimoiy ta'minot to'g'risida"gi qonunida "Ijtimoiy ish" atamasi ijtimoiy ta'minotning professional xodimlari tomonidan ijtimoiy muammolarni boshqarish, maslahat berish, tadqiq qilish va alohida shaxslar va oilalarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan choralarni anglatadi.

Serbiyada "ijtimoiy xizmatlar" bolalar va oilalarning hayotiy ehtiyojlarida minimal xavfsizligi va mustaqilligini qo'llab-quvvatlashdan iboratdir.

"Ijtimoiy ish to'g'risida"gi Qonun loyihasi 8 bob, 38 moddadan iborat bo'lib, unda asosiy tushunchalar - deinstitutsializatsiya, ijtimoiy ish, ijtimoiy xodim, ijtimoiy xizmatning yordamchi xodimlari, ijtimoiy xizmat ko'rsatish, Ijtimoiy xodimning axloq kodeksi, ijtimoiy ish amaliyoti standarti, paraprofessional ijtimoiy xodimlar, hodisani boshqarish;

davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari va prinsiplari;

ijtimoiy ish sohadagi tegishli organlarning vakolatlari;

ijtimoiy xodimning faoliyati - ijtimoiy xodimning vazifalari, bolalar farovonligi va himoyasini ta'minlash borasidagi ijtimoiy ish, ta'lim muassasalari tizimida (maktabgacha, maktab, kasb-hunar) ijtimoiy ish, Sog'liqni saqlash, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish, huquqni muhofaza qilish sohalardagi ijtimoiy ish, nogironligi bo'lgan

April, 2023

88

shaxslar bilan ijtimoiy ish, mahalliy hamjamiyatdagi ijtimoiy ish, internat muassasalarida ijtimoiy ish, aholining turli toifalari bilan ijtimoiy ish, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar oluvchilarning huquq va majburiyatlari, ijtimoiy ishning shakllari, turlari va boshqalar keltirilgan.

Qonun loyihasida vazirliklar va idoralarning majburiyatlarini, ijtimoiy xizmatlar xodimlariga qo'yiladigan talablarni belgilash me'yorlari nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida ijtimoiy xodimning faoliyati bilan bog'liq huquq va majburiyatlari belgilangan bo'lib, unga ko'ra ijtimoiy xodim - ehtiyojmand jismoniy shaxs va oilalarga, ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatuvchi "ijtimoiy ish" mutaxassisligi bo'yicha oliy ma'lumotli mutaxassis.

Tegishli malakaga ega, o'z faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshirishi mumkin bo'lgan ijtimoiy xodim quyidagi vazifalarni bajaradi:

aholining ijtimoiy ish faoliyati haqida xabardorligini oshiradi; mahalliy hamjamiyatni safarbar qilib, ehtiyojmand aholi qatlamlari, shu jumladan, bolalar va oilalarga ijtimoiy xizmat ko'rsatadi;

ilmiy yondashuvni qo'llagan holda, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishni ta'minlaydi;

uydagi ayollarga va bolalarga nisbatan zo'ravonlik, vasiylikning yo'qolishi, ruhiy-faollashtiruvchi dori vositalarini iste'mol qilish, g'ayriqonuniy harakatlar natijasida nizolar, ruhiy salomatlikning yomonlashuvi va boshqa muammolarni aniqlash mexanizmlaridan foydalangan holda profilaktika tadbirlarni amalga oshiradi;

shaxs, bola yoki oilaning ehtiyojlarini aniqlab, uni tegishli xizmatlarga yo'naltirgan holda xizmatlar oluvchining holatini, shu jumladan ruhiy salomatlik holatini baholashni amalga oshiradi va reabilitatsiya xizmatlarini tashkillashtiradi;

ehtiyojmand shaxslar, oilalar huquqlarini ta'minlash, ijtimoiy ish sohasidagi huquqiy-me'yoriy bazani takomillashtirish uchun takliflar beradi;

bolalar, ayollar, qariyalar, nogironligi bo'lgan shaxslarda yuzaga kelgan ijtimoiy muammolarning sabablarini aniqlash, ehtiyojlarini tahlil qilish orqali tegishli choralar, dasturlarini ishlab chiqadi va hal etish yo'llarini belgilaydi;

ishsizlik, nogironlik, baxtsiz hodisa natijasida vafot etish, qarilik va boshqa holatlarda ijtimoiy ta'minot, pul kompensatsiyalari, ijtimoiy sug'urta va ijtimoiy xizmat va yordam choralarini amalga oshirish rejasini ishlab chiqadi;

xavflarni kamaytirish (bartaraf etish) va aholining ehtiyojmand qatlamlari faoliyatini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy ishning samarali va asosli usullarini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar o'tkazadi.

Shuningdek, ijtimoiy xodim o'z vazifalarini bajarish uchun tasdiqlangan usullar va texnologiyalardan foydalanadi. Ularga

April, 2023

89

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

hodisani boshqarish, shu jumladan shaxslar, oilalarning ehtiyojlarini baholash, xizmat ko'rsatish rejasini tuzish, ularning taqdim etilishi va erishilgan yutuqlari monitoringi, hodisa bilan ishni yakunlash; nogironligi bo'lgan shaxslar va bolalarning faoliyat imkoniyatlarini baholash va amalga oshirishda yordam berish; xalqaro amaliyotda ijtimoiy ish sohasida qabul qilingan va O'zbekiston Respublikasi sharoitlariga moslashtirilgan boshqa vositalar kiradi.

Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy ish alohida olingan bir vazirlik vakolatiga muvofiq, deb qarash noto'g'ri hisoblanadi. Zero ijtimoiy xodimlar tomonidan hal qilinadigan muammolar murakkab va multisektoral bo'lib, tegishli idora va tashkilotlarning muvofiqlashmagan faoliyatlari kutilayotgan natijalar bermaydi.

O'zbekiston Respublikasining "Ijtimoiy ish to'g'risida"gi Qonunining qabul qilinishi aholini ijtimoiy himoya qilishni rivojlantirishda muhim bosqich bo'ladi, ijtimoiy ish turlarini kengaytirishga, shaxs va oilani qo'llab-quvvatlash bo'yicha ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirishga ko'mak beradi. Qonun nafaqat ijtimoiy ishlarni bajarish jarayonini tartibga solish, balki uning himoyaga muhtoj (ehtiyojmand) shaxslar, oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga ta'sirini tizimli tahlil qilish va shaxslar, oilalarning og'ir turmush sharoitidan chiqib ketishlari bo'yicha ta'sirchan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta'minlaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi "Bola huquqlari kafolatlarini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6275-sonli Farmoni. https://lex.uz/docs/-5570490.

2. Ijtimoiy xizmat. D.Raxmonov. Uslubiy qo'llanma. Samarqand: SamDUnashri, 2007. - 164 b.

3. Yusupov R.K. Ijtimoiy ishga kirish. O'quvqo'llanma. - Samarqand: SamDUnashri, 2020. - 268 b.

4. Ijtimoiy ish va ijtimoiy ta'minotga kirish: Darslik. A.V.Vaxabov, Sh.Sh.Zaxidova, B.B.Baxtiyorov, D.Sh.Odinayev, J.N.Fayzullayev; T.: Iqtisod-Moliya, 2018. - 168 b.

5. https://lex.uz - O'zbekistonRespublikasiqonunchilikma'lumotlarimilliybazasi.

6. https://regulation.gov.uz - Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali.

XULOSA

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.