Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IJTIMOIY SOHANING RIVOJLANISH JARAYONLARI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IJTIMOIY SOHANING RIVOJLANISH JARAYONLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

1291
201
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zakot / hayriya / globallashuv / ijtimoiy hodimlar birjasi / muhofaza / insonparvarlik / hamdardlik / kam ta’minlanganlik / kadrlar tayyorlash / ijtimoiy hodimlar. / zakat / charity / globalization / social worker exchange / conservation / humanism / empathy / underprivileged / staff training / social workers

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — G’ulom Xolmurodov, Charos Alimova

Ushbu maqolada mamlakatimizga ijtimoiy ish sohasining kirib kelish jarayoni hamda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr-mulohazalar yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

this article will focus on the process of entry of the sphere of social work into our country, as well as on the reforms carried out in the social sphere

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IJTIMOIY SOHANING RIVOJLANISH JARAYONLARI»

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-190-194

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IJTIMOIY SOHANING RIVOJLANISH

JARAYONLARI

G'ulom Xolmurodov

O'zbekiston Milliy Universiteti o'qituvchisi

Charos Alimova

O'zbekiston Milliy Universiteti talabasi

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada mamlakatimizga ijtimoiy ish sohasining kirib kelish jarayoni hamda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr-mulohazalar yuritiladi.

Kalit so'zlar: zakot, hayriya, globallashuv, ijtimoiy hodimlar birjasi, muhofaza, insonparvarlik, hamdardlik, kam ta'minlanganlik, kadrlar tayyorlash, ijtimoiy hodimlar.

ABSTRACT:

this article will focus on the process of entry of the sphere of social work into our country, as well as on the reforms carried out in the social sphere.

Keywords: zakat, charity, globalization, social worker exchange, conservation, humanism, empathy, underprivileged, staff training, social workers.

Qadimgi mamlakatlarning rivojlanish jarayoniga nazar tashlasak, ibtidoiy tarzda hayot kechirgan insonlar ham bir-biriga ijtimoiy jihatdan ko'mak berib kelganlar. Turli davlatlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarga yaqindan yordam ko'rsatish, xayriya, hamdardlik bildirish, ko'maklashish kabi jihatlar xos bo'lgan. Bunday yaqindan ko'maklashish, ijtimoiy jihatdan bir-biriga yordam tushunchalari esa o'zbek xalqining qon-qoniga singib ketgan jarayon desak, mubolag'a bo'lmaydi.

O'zining tarixiy rivojlanish jarayonida O'zbekiston hududida ham fuqarolar muhtoj aholi qatlamlariga yordam qo'lini cho'zib kelganlar. Ijtimoiy yordamning dastlabki kurtaklari jamoaviy jihatdan qo'llab-quvvatlash, iqtisodiy tomondan o'zini boqa olmaydiganlarga g'amxo'rlikqilish, xayriya va boshqa ko'rinishlarda namoyon bo'lgan. Ijtimoiy tadbirlar tizimi qadimdan mavjud bo'lganligini zardushtiylikning muqaddas

2023

190

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-190-194

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

kitobi "Avesto" da zardushtiylikdiniga e'tiqod qiluvchi davlatlarning davlat tuzumi, ijtimoiy siyosati haqida ma'lumotlar mavjud. Unda zardushtiylik dinining rahnamosi bo'lgan Zardusht insonlarni birlik va tenglikka, bir-birlariga yaxshilik qilishga, yer yuzida tinch-tituv hayotni ta'minlash uchun birdamlikka chorlagan. Manzilli yordam ko'rsatish usuli oddiy fuqarolar u9chun an'anaviy xalq qoidalari bo'lgan, ijtimoiy xizmat ko'rsatish, xayriya tadbirlarini amalga oshirish vazifalari esa diniy tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan. Bu fuqarolar, aslzodalar esa kambag'allar, muhtoj aholi qatlamlariga sadaqalar tarqatish tizimlarini tashkillashtirganlar. O'rta Osiyo xalqlari qadimdan Islom diniga e'tiqod qilib kelganlar. Garchi davlat boshqaruvi dunyoviy bo'lishiga qaramasdan, islom dunyosining roli katta bo'lgan. Ijtimoiy yordam ko'rsatish vazifalari masjidlar, shuningdek, ijtimoiy- diniy uyushmalarning vakolatiga yuklatilgan. Islom kirib kelishi bilan yordamning individual shakli hisoblangan "zakot" keng tarqala boshlagan.

"Zakot"( arabcha- tozalanish, sadaqa berish)- mol-mulk va sadaqa, hayr-ehsondir. Zakot avval qarindoshlar orasidagi muhtojlarga berilgan. Agar, bunday qarindoshlar bo'lmasa musofirlar, kambag'allar, qarzdor insonlarga yordam tariqasida berilgan. Sobiq Ittifoq sharoitida esa aholiga asosan ijtimoiy sug'urtalar orqali yordam berilgan.

1991-yil O'zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin esa mamlakatni jahon maydoniga olib chiqish hamda bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan ko'plab islohotlar amalga oshirila boshlandi. Shu bilan birgalikda yurtimizda ijtimoiy sohani rivojlantirishga ham alohida e'tibor berildi va bir qator qonunlar ijrosi ta'minlandi. Shu o'rinda ijtimoiy ish sohasi qanday kasb, unda nimalarga ahamiyat berilishi haqida to'xtalib o'tamiz.

Ijtimoiy ish- bu ijtimoiy guruhlar va insonlarga qo'llab-quvvatlash, himoya qilish, ularning hayotiy jarayonlarini tiklash, qiyinchiliklarini yengishda yordam beruvchi faoliyat turidir. Ijtimoiy ishda o'zining faoliyatlarini olib boruvchi kasb egalari esa, insonlarning muammolarini anglay bilishi, ularni hal etish yo'llarini topishga harakat qilishi lozim.

Jamiyatning rivojlanish jarayoni, jamiyatda yashayotgan insonlarga nisbatan ijtimoiy munosabat orqali belgilanadi. Ayniqsa, davlatning yordamga muhtoj bo'lgan odamlar qatlamiga e'tibori, ijtimoiy zaif kishilarga, ya'ni keksalar, nogironlar, yolg'iz, nochor kishilarga yordam berishi, ana shu jamiyatning yuksak ma'naviyati va ijtimoiy moddiy jihatdan barkamolligidan dalolat beradi. Jahon tajribasida o'z yaqinlariga yordam berish,

2023

191

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-190-194

og'irini yengil qilish, hamdard bo'lish, xayr-ehson qilish azaldan turli ko'rinishlarda amalga oshirib kelingan. Ayniqsa, bu fazilatlar diniy qatlamlar orasida keng rivojlangan bo'lib, o'ziga xos ko'rinishlari bilan namoyon bo'lib kelgan.

Ijtimoiy ish faqatgina kundalik insonlar orasidagi muammolarni hal qilish borasida yordam berish bilan cheklanmay, balki ehtiyojiy qiyinchiliklarni yengib o'tish xususiyatlarini va o'ziga o'zi yordam berish ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirilganligi bilan, xayrsaxovat va ana shu faoliyatning shunga o'xshash turlaridan farq qiladi. Bu hodisani istalgan hayotiy vaziyatda odamni o'z muammolarni o'zi hal qilishga o'rgatish deb tushunish mumkin. Ijtimoiy ish bilan shug'ullanuvchi kasb egalari bugungi kunda keng doiradagi muammolarga duch kelmoqdalar. Alkogolizm, giyohvandlik, mulkchilik huquqlarining buzilishi, bolalarga yomon muomalada bo'lish, oilaviy janjallar, ruhiy va jismoniy kasalliklar, darbadarlik, jamiyatdan ajralgan holda yashash shular jumlasidandir. Bularning barchasi maxsus tayyorgarlik talab qiladi. Bunga yuzaki yondoshish mumkin emas. Chunki ijtimoiy ish xodimlari tegishli bilim va ko'nikmalarga ega bo'libgina qolmay, balki shu kasbga doir axloqiy me'yorlar va tamoyillarga rioya qilishga tayyor bo'lishlari kerak.

O'zbekistonda aholining turmush farovonligi yil sayin oshib bormoqda lekin kamchiliklar ham ko'plab borligini alohida ta'kidlab o'tish joizdir. Bu borada Prezident Shavkat Mirziyoyev tabiri bilan aytganda "Aholining barcha toifalari bilan doimiy muloqotda bo'lish, fuqarolarning qonuniy talab va ehtiyojlarini nafaqat o'rganish, balki ta'minlashdan iborat"[1]. Albatta, aholi va jamiyat har bir a'zosining turmush sharoitlarini oshirish, bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, salomatligini mustahkamlash, ishchi kuchi sifatida ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etish salohiyatini yuksaltirish davlatimiz ijtimoiy siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi farmoniga muvofiq aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamiga tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy sohaning boshqaruv organlari uchun kadrlar tayyorlash va ularni aholining muayyan guruhi bilan ishlashga ixtisoslashtirish, alohida mijoz, mijozlar guruhi (oila, ayollar, bolalar, yoshlar, keksalar va h.k) bilan dolzarb

vazifalardan biri bo'lib, kelmoqda.[2]

2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-190-194

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

Shunday vaziyatda ijtimoiy ish sohasini chuqur o'rganish, ijtimoiy hodimlami tayyorlash davlatimiz va fuqarolar uchun ham dolzarb va foydali ekanligi aniq namoyon bo'lmoqda. Davlatimizda ushbu yangi kasbga nisbatan ehtiyojning paydo bo'lishi aholining muhtoj qatlamlari shuningdek, ularga amaliy ko'mak beruvchi tashkilotlar, ijtimoiy muassasalarning shakllanishi bilan uzviy bog'liq.

Dunyo mamlakatlariga nazar tashlaydigan bo'lsak, ularda ijtimoiy ish sohasida ulkan tajriba mavjud. Ko'plab mamlakatlarda ijtimoiy soha, ijtimoiy hodimlar faoliyatiga e'tibor qaratmaydigan birorta davlat dasturi yoki siyosatni uchratish mushkul.

O'zbekistonda ijtimoiy xizmat va umuman ijtimoiy sohaga qadimdan katta e'tibor berib kelingan. Qariyalarni hurmatlash, yetim-yesirlarning boshini silash, muhtojlarga yordam ko'rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan hisoblanadi. Islom dini xalqimizning bu qadriyatlarini yana ham yuksakka ko'tardi. Asosiy e'tiborni sinfga va jamoaga qaratib alohida insonni mensimagan sho'rolar davrida esa bu qadriyatlar xira tortdi. Istiqlol esa xalqimizga qadimiy qadriyatlarni qaytarib berdi.

O'zbekistonda ijtimoiy ta'minot bo'limlari, mehribonlik uylari, nogironlar uylari, turli jamg'armalar va ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi boshqa ko'plab davlat va nodavlat tashkilotlar mavjud. Ayni paytda, mamlakatimizda o'ziga xos institut-mahalla tomonidan ko'rsatiladigan ijtimoiy xizmat shakllari ham mavjudki, u boshqa mamlakatlarda uchramaydi.

Mamlakatimizda ijtimoiy ishning kasbiy faoliyat turi sifatida shakllanishi va rivojlanishi jamiyat hayot faoliyatining barcha sohalariga ta'sir ko'rsatuvchi shiddatli o'zgarishlar davriga to'g'ri keldi. Globallashuv jarayonida ijtimoiy muammolarning ko'payishi natijasida aholining ko'plab qismi davlat tomonidan ijtimoiy himoya va muhofazaga muhtoj bo'liib qolishiga sabab bo'ldi. Yurtimizda mustaqillik qaror topishi bilanoq kamta'minlangan oilalar, nogironlar, qariyalarni qo'lla quvvatlashga alohida e'tibot berila boshlandi. O'zbekistonda ijtimoiy xizmat va umuman ijtimoiy sohaga qadimdan kata e'tibor berib kelingan. Biroq bu soha bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash XIX asr oxiri XX asr boshlarida boshlandi. Bugungi kunda esa mamlakatimizda ijtimoiy sohada yordam beruvchi tashkilotlar juda ko'p. Xususan o'ziga xos institut bo'lgan mahalla tomonidan ko'rsatiladigan ijtimoiy xizmat shakllari mavjud bo'lib, bu tizim boshqa mamlakatlarda uchramaydi. O'zbekistonda ijtimoiy xizmatni yangi kasbiy darajaga ko'tarish, bu kasb bo'yicha oliy yoki o'rta maxsus o'quv yurtlarida mavjud bo'lgan muammolarni

2023

193

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-190-194

Volume 4 | NUU Collection | 2023

Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

oldini olish uchun dastlabki qadamlar tashlandi. 2004-2005- o'quv yillarida Toshkent Davlat Madaniyat institutida "Ijtimoiy ish" ixtisosligi bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydigan bo'lim ochildi. 2005-2006- o'quv yillarida esa shunday bo'limlar Farg'ona Davlat Universiteti hamda Samarqand Davlat Universitetida ham o'z faoliyatini boshladi. 2010-o'quv yilida Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universitetida faoliyat boshlagan. Universitetning 2017-yil 28-sentabrdagi 2-sonli Ilmiy Kengashida Ijtimoiy ish kafedrasi tashkil etilish to'g'risidagi qaror qabul qilinib, universitetning 2017 -yil №1-598 sonli buyrug'i bilan tashkil etilgan. 2017-yilning 21-oktabridan boshlab kafedra bakalavriat hamda magistratura mutaxassisliklari bo'yicha tajribali ijtimoiy hodimlarni yetishtirib kelmoqda.

Bugungi kunda ijtimoiy ish ixtisosligi bo'yicha kadrlar tayyorlashni kengaytirish yo'lidagi to'siqlardan biri- ushbu yo'nalishdagi o'quv-uslubiy adabiyotlarning, qo'llanmalarning yetishmasligidir. Shunga qaramay ushbu muammo ham asta-sekinlik bilan hal etilib kelinmoqda.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, mamlakatimizga ijtimoiy ish sohasining kirib kelishi bilan aholi turmush tarzi sezilarli darajada ijobiy tomonga o'zgardi desak, yanglishmaymiz. Chunki ayni paytlarda Prezidentimiz tomonidan ham ijtimoiy sohaga alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda. Buning dalili sifatida kuni kecha yangilangan Konstitutsiyamizning 1-moddasiga qo'shimcha sifatida ijtimoiy so'zining kiritilganidan bilishimiz mumkin. Albatta, bu kelgusida mamlakatimizda ijtimoiy sohaning yanada rivojlanishidan dalolat beradi.

REFERENCES

1.Ш.М.Мирзиёев. Эркин ва фаровон, демократик Узбекистан давлатини биргаликда барпо этамиз.Т.: "Узбекистон", 2017 йил, 10.б.

2.Указ Президента Республики Узбекистан No:5352 от 02.02.2018г. "О мерах по коренному совершенствованию деятельности в сфере поддержки женщин и укрепления института семьи".

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.