Научная статья на тему 'SUG‘URTA – AHOLINING IJTIMOIY HIMOYA MODELI SIFATIDA'

SUG‘URTA – AHOLINING IJTIMOIY HIMOYA MODELI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

338
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimoiy himoya / sug’urta / himoya modellari / aholi qatlamlari / sug’urta turlari / baxtsiz xodisalar. / social protection / insurance / protection models / population strata / types of insurance / accidents.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — K. K. Inakov, Yulduz Ravshanovna Yuldasheva

Ushbu ilmiy maqolada ijtimoiy himoyaning jahondagi modellari va yo’nalishlari to’g’risida fikr yuritilgan bo’lib, O’zbekistondagi ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar berilgan. Sug’urta-ijtimoiy himoya modeli sifatida aholini ixtiyoriy sug’urta turlari bo’yicha ham iqtisodiy himoyasidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This scientific article discusses the models and trends of social protection in the world, and offers suggestions for improving the social protection system in Uzbekistan. As a model of insurance-social protection, it is also an economic protection of the population in terms of voluntary insurance types.

Текст научной работы на тему «SUG‘URTA – AHOLINING IJTIMOIY HIMOYA MODELI SIFATIDA»

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-82-91

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

SUG'URTA - AHOLINING IJTIMOIY HIMOYA MODELI SIFATIDA

K. K. Inakov

Ijtimoiy fanlar fakuleti dekani, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Yulduz Ravshanovna Yuldasheva

O'zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy ish yo'nalishi magistranti, "O'zbekinvest" EISK Jizzax viloyat filiali anderrayteri yulduz.yuldasheva0791 @gmail.com

"Men sug'urta to'lovlari tufayli xonavayron bo'lgan oilalarni bilmayman, lekin to'lovlar qilinmaganligi sababli xonavayron

bo'lgan oilalarni bilaman." Uinston Cherchil

ANNOTATSIYA

Ushbu ilmiy maqolada ijtimoiy himoyaning jahondagi modellari va yo'nalishlari to'g'risida fikr yuritilgan bo'lib, O'zbekistondagi ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar berilgan. Sug'urta-ijtimoiy himoya modeli sifatida aholini ixtiyoriy sug'urta turlari bo'yicha ham iqtisodiy himoyasidir.

Kalit so'z: ijtimoiy himoya, sug'urta, himoya modellari, aholi qatlamlari, sug'urta turlari, baxtsiz xodisalar.

ABSTRACT

This scientific article discusses the models and trends of social protection in the world, and offers suggestions for improving the social protection system in Uzbekistan. As a model of insurance-social protection, it is also an economic protection of the population in terms of voluntary insurance types.

Keywords: social protection, insurance, protection models, population strata, types of insurance, accidents.

Aholini ijtimoiy muhofaza qilish har bir mamlakatning eng ustuvor vazifalaridan biri bo'lib hisoblanadi. Dunyoda rasmiy

2023

82

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-82-91

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

ro'yhatdan o'tgan 197 ta mamlakat bo'lsa [1], shu mamlakatlarning deyarli barchasida davlat tomonidan ijtimoiy himoyaning turli modellari bo'yicha aholiga moddiy yordamlar ko'rsatiladi. Avvalo "model" so'zining ma'nosiga to'xtalib o'tsak, bu turli ma'no va mazmunlarga ega bo'lgan o'ndan ortiq talqindagi so'z hisoblanib, "jarayon yoki tizimning soddalashtirilgan tasviri", "voqelik maketi" [2], "obekt, shaxs yoki tizimning information tasviri" deb talqin qilishimiz mumkin. Modellar orqali bir voqelikka tizimli yondashishimiz mumkin bo'ladi.

Jamiyat rivojlangani sari undagi sohalar va modellar ham taraqqiylashib bormoqda. Aholini ijtimoiy himoyalash jarayoni davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, kambag'allikni qisqartirish, ko'p bolali oilalarni qo'llab-quvvatlash, yolg'iz ayollarni kasbga yo'naltirish, xotin-qizlarni ta'lim kreditlarini to'lab berish, kam ta'minlangan oila farzandlari uchun imtiyozlar berib kelinmoqda. Nogironligi bor fuqarolar uchun nafaqalar va pensiya tizimi isloh qilinmoqda.

Aholini ijtimoiy himoyalashning modeli sifatida sug'urta tizimi ham o'zining rivojlanish tarixiga ega. Sug'urta tizimi haqida so'z borar ekan avvalo bu tushunchaga ta'rif berishimiz lozim. "Sug'urta" so'zi dastlab 1550-yilda Fransiyada qo'llanilgan bo'lib u - fransuzcha "ensurer"- turmushga chiqish degan ma'noni anglatgan [3]. Keyinchalik esa bu so'z "kafolat" degan ma'no bilan ifodalangan. Bu yerda so'z g'oyasi shundan iboratki, biror narsani kafolatlaganingizda yoki sug'urtalaganingizda siz o'z va'dangizni bajarishga kafolat berasiz. Sug'urta esa baxtsiz hodisa ro'y bergandagina amalda o'z ishini boshlaydi.

Bugungi kunda ham sug'urta o'z faoliyatini kafolatlarga asoslanib olib boradi. Davlat ijtimoiy sug'urtasi ijtimoiy yordamga muhtoj aholi uchun kafolatlangan. Bosh qomusimiz hisoblanuvchi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida [4] inson huquq va erkinliklari, ijtimoiy himoya va ijtimoiy sug'urta yuzasidan moddalar qabul qilindi. Konstitutsiyamizning 48-moddasida "Har kim sog'lig'ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli. Davlat sog'liqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sug'urtaning har hil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash choralarini ko'radi. Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi"deb belgilab qo'yildi. Alohida davlat ijtimoiy sug'urta tizimi aks etgan moddalar 1997-yil qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 52-

2023

83

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-82-91

bobi [5] sug'urtaga oid hisoblanib, faoliyatdagi asosiy maqsad va vazifalar, tushunchalar izohlangan. 1993-yil qabul qilingan "Sug'urta faoliyati" to'g'risidagi Qonun [6] sug'urta tizimini tartibga soladigan asosiy hujjat hisoblanadi.

Sug'urtalash tizimi majburiy va ixtiyoriy sug'urta tizimini o'z ichiga oladi va o'z navbatida bu ikki tur ham yo'nalishlarga bo'linib ketadi. Majburiy ijtimoiy sug'urta davlat tomonidan nazorat qilinadi va biz bu jarayonni aholini ijtimoiy himoyasini nazorat qilinishi deb bemalol ta'kidlashimiz mumkin.

Ilmiy adabiyotlarda majburiy ijtimoiy sug'urtaning paydo bo'lishini quyidagi shartlar bilan bog'lashadi:

• Barchaning qonun oldida tengligi va insonning tabiiy "asosiy" huquqlarini himoya qilishga asoslangan ingliz va kontinental huquqiy an'analar. Bu huquqlardan biri-yashash huquqi va odamlarning hayotiy faoliyatini moddiy ta'minlash huquqi;

• Birdamlik tamoyillari asosida fuqarolik jamiyatini o'zini-o'zi tashkil etishning

ijtimoiy an'analari (O'rta asrlarda Yevropada ustaxonalar va gildiyalar, Angliyada kooperativ harakati) va aksariyat Yevropa mamlakatlarida shahar va mahalliy o'zini-o'zi boshqarishning keng rivojlanishi;

• Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotidagi o'zgarishlar va ishlab chiqarishni

tashkil etishning kapitalistik usuli bilan bog'liq iqtisodiy shartlar-ishlab chiqarishni tashkil etishning iqtisodiy havf darajasining oshishi, yollangan xodimlarning ish haqini yo'qotishning turli xil ijtimoiy xavflarining oshishi va shahar hayotida (jamiyat va katta oilalarning yordamisiz) ijtimoiy himoyasizlikning paydo bo'lishi.

Ijtimoiy sug'urta tushunchasining shakllanishini shunday izohlashimiz mumkinki, bu davrlarda garchi ijtimoiy sug'urta so'zi ishlatilmagan bo'lsada, dastlabki ijtimoiy sug'urta asoslarini ko'rishimiz mumkin edi. Keyinchalik esa ijtimoiy sug'urta nazariyasi bo'yicha P de Shamyusse, Klave, Leybnits va boshqalar ish olib borishdi va ular aynan ijtimoiy sug'urtaning asoschilari bo'lib hisoblanishadi.

1754-yilda P de Shamyussening fikri bo'yicha kasalliklardan sug'urtalanishni joriy etishni taklif qiladi. U sug'urta majburiyatlari faqat sug'urta mukofotini to'lovchilarga nisbatan qo'llanilishi lozim deb hisobladi o'z tamoyilida [7].

1788-yilda E.Klavier keyinchalik ijtimoiy sug'urtaning prospekt"ni taqdim etdi. Hayotni sug'urtalash uning fikricha, bir

shaxsni boshqa shaxs bilan bog'laydi va unga omon qolish

2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-82-91

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

imkonini beradi, shu bilan birga u na sohaga, na individual faoliyatga zarar yetkaza olmaydi. Sug'urta ijtimoiy shartnoma vazifasini bajaradi, davlat vasiyligi va nazorati ostida amalga oshiriladi, qashshoqlikning oldini olish muammolarini hal qiladi [8].

Ammo ijtimoiy sug'urta g'oyalari o'z mazmuniga ko'ra innovatsion bo'lib, jamiyat tomonidan qabul qilinmagan. P.Rozanvalonning fikricha, jamiyat 18-asrda qabul qilmagan ijtimoiy sug'urta tamoyillarini chunki sug'urta holat va vaziyatlarga emas alohida shaxslarga nisbatan qo'llaniladi hamda shaxsiy javobgarlik tuyg'usiga putur yetkazib axloqsiz harakatlar va manipulyatsiyaga olib keladi deb hisoblangan. Uzoq vaqt davomida ijtimoiy sug'urtaga ehtiyotkorlik bilan murojaat etib kelindi faqat 19-asrning oxirida ijtimoiy sug'urta mehanizmi ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun eng maqbul yechim sifatida e'tirof etildi.

Ijtimoiy sug'urta-bu ijtimoiy himoya tizimi hisoblanib, uning vazifasi iqtisodiy faol fuqarolarning qariganda, kasallik, to'liq yoki qisman nogironlik, boquvchisini yo'qotish, ishsizlik holatlarida moddiy ta'minotga bo'lgan konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirishni ta'minlashdan iborat.

Xolbuku, davlat o'z fuqarolarini ijtimoiy himoya qilish uchun bir qancha dasturlar doirasida faoliyat olib borayotgan ekan, bugungi kunda biz fuqarolar ham o'z tashabbusimizni va pozitsiyamizni ko'rsatish fursati kelmadimikan? Majburiy sug'urta bilan birga ixtiyoriy sug'urta ham mavjud bo'lib bir yilda bir bora sug'urta to'lovini amalga oshirib o'zingizni bir yil davomidagi bo'lishi (mumkin/mumkin bolmagan) baxtsiz xodisalardan himoyalashingiz to'g'rirog'i kafolatlab qo'yishingiz mumkin. Bu ham aslida har bir fuqaroning o'z tanlovi. Faqat aholida boqimandalik kayfiyatining kun sayin ortib borayotgani, davlat qilib berishi kerak degan fikrni o'zlariga bayroq qilib olayotganlari ijtimoiy xodim sifatida yana bir bor mushohada qilishimiz lozimligini ko'rsatmoqda.

Ijtimoiy hayotimizning ajralmas qismi sifatida shakllanib borayotgan sug'urta tizimidagi kafolatlardan foydalanganimiz albatta foydadan holi bo'lmaydi. Ayniqsa, ixtiyoriy sug'urta turlari bo'yicha shartnoma imzolashni aholining ijtimoiy jihatdan yordamga muhtoj qatlamlari uchun tavsiya qilgan bo'lardim. Chunki, aynan aholining yordamga muhtoj qatlami bular: nogironligi bor shaxslar, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, yolg'iz onalar, nafaqaxo'rlar, qariyalar, doimiy yoki xuruj qiluvchi kasalliklari bor bo'lgan shaxslar, ijarada yashovchi oilalar, migrantlar va boshqalar bilan baxtsiz xodisalar sodir bo'lgan taqdirda, ularning qayta moliyaviy va ma'naviy tiklanish jarayoni oddiy insonlarga nisbatan qiyinroq bo'ladi. Ularning shundog'am yo'qchilik bilan

2023

85

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023

Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-82-91

kurashib yashashmoqda. Ularga ushbu maqola orqali shuni yetkazmoqchimanki, ixtiyoriy sug'urtalanish orqali siz o'zingizni ikki karra kafolatlaysiz. Siz uchun ham davlat ijtimoiy sug'urtasi ham shaxsiy sug'urta amal qiladi!

Majburiy ijtimoiy sug'urta to'g'risidagi birinchi qonunlar Germaniyada qabul qilingan. Kansler O.fon Bismark ijtimoiy yordam tizimini isloh qilishni boshladi. 1883-1927 yillarda bu mamlakatda majburiy ijtimoiy sug'urta tizimi shakllandi. 1883 yilda kasallik holatida ijtimoiy sug'urta, 1884 yilda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan sug'urtalash joriy etildi, 1889 yilda nogironlik va qarilik sug'urtasi tizimi yaratildi. Nihoyat, 1927 yilda ishsizlik uchun ijtimoiy sug'urta joriy etildi [9].

Belgiyalik professor A.Sapir 2005-yilda Yevropa Komissiyasi uchun ijtimoiy modellar kompleksini namoyon etdi [10].

Shuningdek, A.Sapir shimoliy modelni taqdim etdi (Daniya, Finlandiya, Shvetsiya va Niderlandiya). Ular yuqori darajadagi ijtimoiy himoya bilan ajralib turadi va imtiyozlar berishning universal xususiyatini ko'rsatib beradi. Ushbu model mehnat bozoridagi kuchli fiskal yuki bilan ajralib turadi.

Anglo-sakson modeli (Buyuk Britaniya, Irdandiya) ijtimoiy imtiyozlar bilan ta'minlash uning universal xususiyatiga xosdir. Biroq yordam faqat o'ta og'ir holatlarda ko'rsatiladi. Naqd pul to'lovlari birinchi navbatda mehnat yoshidagi insonlarni qo'llab quvvatlashga qaratilgan. Ijtimoiy yordam tizimi ish qidirishdagi faollikni rag'batlantirishga qaratilgan. Mehnat bozori kasaba uyushmalarining zaifligi, ish xaqining ancha kuchli tabaqalashuvi va kam ish xaqi oladigan ishchilarning ko'pligi bilan xarakterlanadi.

Kontinental modelning "tashrif qog'ozi" bu professional korporativ asosda ijtimoiy himoyani qurishdan iborat. Ijtimoiy sug'urta "Bismarkcha" talqin qilinganda, beriladigan mukofotlar bevosita ishchi tomonidan to'lanadigan badal miqdoriga bog'liq bo'ladi. Ijtimoiy sug'urtaga ega bo'lmagan shaxslar davlat tomonidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy yordam nafaqalariga ishonishlari mumkin. Mamlakatlarda Kasaba uyushmalari sonining qisqarishiga qaramasdan kontinental model tarafdorlarining jamoaviy-shartnomaviy siyosatdagi roli muhimligicha qolmoqda.

Nihoyat, O'rta yer dengizi modeli (Gretsiya, Italiya, Partugaliya va Ispaniya) ijtimoiy o'tkazmalarda pensiya to'lovlarining ustunligi, nafaqa oluvchilarni ularning maqomi bo'yicha yuqori darajasi tavsiflanadi. Ijtimoiy himoya

tizimi keksa ishchilar mehnat bozoridan ko'chirilishi bilan ish

2023

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023

Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-82-91

o'rnilarini saqlab qolinishi bilan izohlanadi. Rasmiy sohadagi ish xaqi jamoa shartnomalari orqali tartibga solinadi.

Ushbu modellarni bozorning moslashuvchanligi, ishchi kuchi, qashshoqlik darajasi, ishsizlik va hokazo me'zonlarga ko'ra tahlil qiladi va globallashuvning zamonaviy muammolariga faqatgina Anglo-Sakson va Shimoliy modellar moslasha oladi qolgan ikkalasi esa raqobatbardosh emas degan xulasaga keldi.

Ijtimoiy sug'urta obekti - bu fuqarolarning mehnat daromadlarini yo'qotishi yoki ijtimoiy havflarning boshlanishi (kasallik, qarilik, homiladorlik, tug'ish va boshqalar) natijasida to'satdan kelib chiqadigan xarajatlarni to'lash bilan bog'liq mulkiy manfaatlaridir. Bu xatarlarning boshlanishi sababi insonning doimiy yoki vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo'qotishi hisoblanib, uning moliyaviy va ijtimoiy ahvoliga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligi hech birimizga sir emas. Biroq, ishga layoqatsizlik ham vaqt o'tib nogironlikka eng yomoni boqimandalikka olib kelishi mumkin.

Davlat ijtimoiy ta'minoti va sug'urtasining quyidagi turlari mavjud:

• davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha nafaqalar va boshqa ijtimoiy nafaqalar;

• davlat pensiya ta'minoti;

• uy-internatlarda keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga qarash va xizmat ko'rsatish;

• nogironlarni protez-ortopedik buyumlar va harakatlanish vositalari bilan ta'minlash;

• bolalar uylari, internatlar va boshqa muassasalarda bolalarga qarash va tarbiyalash;

• nogironlarni qayta tiklash va kasbiy reabilitatsiya qilish;

• aholini sanatoriy-kurortlar va dori-darmonlar bilan ta'minlash;

• uylarda ijtimoiy xizmat ko'rsatish va boshqalar.

Mamlakatimizda aholiga ijtimoiy jihatdan yordam berilayotganligi faktlarda ko'rishimiz mumkin. 2022 yil uchun O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to'g'risidagi Qonunda [11] davlat byudjetidan ijtimoiy sohaga, xususan, ta'lim sohasi xarajatlariga 46,9 trln so'm, sog'liqni saqlash sohasi xarajatlariga 22,8 trln so'm, madaniyat va sport sohasi xarajatlariga 3,4 trln so'm va fanni yanada rivojlantirish tadbirlari uchun 1,5 trln so'm yo'naltirish nazarda tutilgan.

Ijtimoiy sohaga ajratilayotgan pul mablag'lari albatta

manzilli yo'naltirilmoqda, hech qaysi millat yo'qki huddi bizning

2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-82-91

Volume 4 | NUU Collection | 2023

Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

o'zbek millatimizday bag'rikeng, mehmondo'st, sahiy, bir mayizni qirqqa bo'lib yeydigan. Nafaqa olayotgan bobo-buvilarimiz bir oy davomida nafaqalari kelishini kutishadi va farzandlari, nabiralariga ulashishadi. Nafaqa qiymati bir oy davomidagi shaxsiy sarf xarajatlarga yetmasada, muhimi davlat ularni unutmaganidan hursandlar, baxtiyorlar. Boriga shukr qilib yashayotgan biznikiday xalq hech qaerda bo'lmasa kerak. Shu xalqning o'z pullarini ko'paytirishi va kelishi mumkin bo'lgan katta sarf xarajat summasini qisqartirish uchun ham aholiga ixtiyoriy sug'urtaning avzalliklarini tushuntirishimiz, faktlarda ko'rsatishimiz lozim.

Aholiga bugungi kunda Respublikamizda amalda bo'lgan "Transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligining majburiy sug'urtasi" [12] va "Ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligining majburiy sug'urtasi" [13] yuzasidan takliflarimni izohlamoqchiman.

Kundalik hayotimizda uchrash ehtimoli juda past bo'lgan baxtsiz xodisalar afsuski hayotimizda ayniqsa ko'p uchramoqda. Uzog'imizni yaqin qiluvchi transport vositalari ishtirokida 2022 yilda sodir etilgan 10 mingdan ortiq avtohalokatlarda 2,5 mingga yaqin fuqarolar bevaqt hayotdan ko'z yumdilar [14]. Bu 2,5 mingta o'zbek oilasi boquvchisini, onasini, farzandini yo'qotdi, jamiyatda yarador hujayra paydo bo'ldi degani. Bu nafaqat iqtisodiy balki ijtimoiy muammolarni ham kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Chunki oila to'laqonli bo'lgandagina u jamiyatga sog'lom fikrlovchi avlodni voyaga yetkazadi. Avtoulov haydovchilari uchun amal qiluvchi "Transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligining majburiy sug'urtasi" bo'yicha 2022 yilning 9 oyi davomida O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan 47 ta sug'urta kompaniyalari [15] tomonidan umumiy sug'urta yo'nalishidagi sug'urta to'lovlari miqdori 689,4 mlrd so'm. Ammo bu juda kam miqdor bo'lib, manzilli va foizlar hisobida egalariga yetib borganda aytarli katta summa bo'lmaydi. Buni inobatga olib, fuqarolar uchun shaxsiy avtomashinasini ixtiyoriy sug'urta qilib qo'yish har doim avzalligini anglashimiz darkor. Chunki shaxsiy ixtiyoriy sug'urta javobgarligi miqdorini o'zingiz sharoitingizdan va istaklaringizdan kelib chiqib belgilaysiz.

Ixtiyoriy transport sug'urtasida transport vositalariga yetgan zarar to'liq qoplab beriladi. Mijoz jabrlanuvchi bo'lgan taqdirda aybdorning majburiy sug'urta polisi bo'yicha to'lov amalga oshirilgandan so'ng, zararning qolgan qismi mijozga qoplab beriladi.

Mijoz aybdor bo'lgan taqdirda, mijozning transport vositasiga yetgan zarar to'liq qoplab beriladi. Qo'shimcha ravishda haydovchining fuqarolik javobgarligi ham sug'urta

2023

88

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023

Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-82-91

qilinishi mumkin. Bunda uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlik sug'urta qilinadi. Haydovchi aybdor bo'lgan taqdirda, uchinchi shaxsning mol -mulkiga yetgan zarar birinchi navbatda majburiy sug'urta polisi orqali qoplab beriladi, zarar majburiy sug'urta polisi bo'yicha javobgarlikdan yuqori bo'lganda, qolgan qismi fuqarolik javobgarligi bo'yicha to'liq qoplab beriladi.

Shu o'rinda ishlash yoshidagi fuqarolarimiz uchun bugungi kunda amal qilayotgan "Ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligining majburiy sug'urtasi" turi yuzasidan takliflarim bor edi. Ya'ni bu sug'urta turi bo'yicha ish beruvchi tomonidan xodim oldidagi fuqarolik javobgarligi sug'urta qilinadi. Korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlar o'z ish vaqti davomida baxtsiz xodisa natijasida jarohatlangan taqdirdagina sug'urta kompaniyalari tomonidan sug'urta qoplamalari to'lab berilmoqda. Ish beruvchilar xodimlarni majburiy sug'urta qilish davrida bu bir yilda bir marta amalga oshiriladi, ixtiyoriy jamoaviy baxtsiz xodisalardan sug'urtalash shartnomalarini tuzishlarini amaliyotda qo'llashimiz darkor. Chunki majburiy sug'urta shartnomasida xodim uchun javobgarlik faqat ish vaqtini nazarda tutmoqda. Ixtiyoriy sug'urta esa 24 soat davomida xodimni himoya qiladi.

Aholini baxtsiz hodisalardan va yuqumli kasalliklardan sug'urta qilish turida sug'urta obekti bo'lib sug'urtalangan shaxsning xayoti va sog'ligi bilan bog'liq bo'lgan mulkiy manfaatlari hisoblanadi va sug'urta polisiga asosan, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, O'zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar sug'urtalanadi.

Masalan, sug'urta kompaniyasida "Aholini baxtsiz hodisalardan va yuqumli kasalliklardan sug'urta qilish" turi bo'yicha 10 000 000 so'mga o'zingizni yoki yaqinlaringizni sug'urta qildirsangiz 20 000 so'm sug'urta mukofoti to'lays iz. Siz bitta polisning o'zida ham baxtsiz xodisalardan ham yuqumli kasalliklardan sug'urta qilish imkoniga ega bo'lasiz [16].

Sug'urta qildirganingizdan so'ng sug'urta agentidan "Sug'urta polisini" olishni unutmang. Sug'urta mukofotini to'laganingizdan so'ng sug'urta agenti (sug'urta kompaniyasi vakili) tomonidan "Sug'urta polisi" taqdim etilishi shart.

Quyidagi baxtsiz xodisalar sug'urta hodisalari deb tan olinadi, ya'ni quyidagilar sodir bo'lganda, sug'urta kompaniyasi Sizga sug'urta to'lovini to'lab beradi - salmanelyoz, ovqatdan bakterial zaharlanish (stafilokok qo'zg'atgan zaharlanish), botulizm, birinchi marta tashxislangan brutsellez, difteriya (bo'g'ma), meningokok infeksiyasi, qoqshol, kana virusli

ensefalit (bosh miya yallig'lanishi), qizilcha kasalligi, ko'k yo'tal,

2023

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023

Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-82-91

virusli gepatit: a) a tipidagi gepatit; b) b tipidagi gepatit; c) virusli deb aniqlangan boshqa tipdagi gepatitlar, quturish, epidemik parotit (tepki), qizamiq, o'tkir poliomelit.

Yuqoridagi kasalliklarga birinchi marta chalingan holatda va baxtsiz xodisalar oqibatidagi jarohatlarda sug'urta to'lovlari to'lab beriladi.

Aholi uchun sug'urta kompaniyalari tomonidan taklif qilinayotgan ixtiyoriy sug'urta turlari aholini ijtimoiy himoya modeli hisoblanadi. Tog'ri davlat tomonidan aholiga ijtimoiy himoya modellari bo'yicha moddiy mablag'lar ajratiladi. Ammo faqat davlatning aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashini kutib o'tirmasdan, o'zlari ham ixtiyoriy mablag'lari xisobidan shaxsiy sug'urta qilib qo'yishsa bu bo'lishi (mumkin, mumkin bo'lmagan) baxtsiz xodisalar oqibatidagi moliyaviy qiyinchiliklarning oldi olinadi.

REFERENCES:

1. Dunyo aholisi soni . https://geo.koltyrin.ru (murojaat etish sanasi 30.04.2023)

2. Карагалова М.В. Опыт становления Европейской социальной модели в контексте повышения эффективности социальной политики в России. -Москва. 2008. Режим доступа: http : //www. ieras. ru/pub/karg 1.doc. (murojaat etish sanasi 30.04.2023).

3. The word insurance is derived from the word. https : //www.etymonline.com (murojaat etish sanasi 30.04.2023)

4. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (янги тахрир). 30 апрель 2023 йил.

5. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 21.12.1995 yil https://lex.uz.

6. 0'RQ-730-son 23.11.2021 Sug'urta faoliyati to'g'risida https://lex.uz.

7. Розанваллон П. Новый социальный вопрос. - Москва 1998 - С.20.

8. Розанваллон П. Новый социальный вопрос. - Москва 1998 - С.20.

9. https : //studme. org>sotsiolo giya>Социальное страхование -основной институт социальной помощи и взаимопомощи работников (дата обращения 27.04.2023).

10. Sapir A. Globalisation and the Reform of European Social Models (Background document for the presentation at ECOFIN informal Meeting in Manchester,9 Sept.2005) //http:www.bruegel.org

11. 2022 yil uchun O'zbekiston Respublikasi Davlat Byudjeti to'g'risidagi Qonun

12. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini

majburiy sug'urta qilish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasining Qonuni. O'zR RKM 24.06.2008

2023

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023

Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-82-91

13. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 16.04.2009 yildagi 0'RQ-210 son

14. Kun.uz. 07.02.2023. O'zbekistonda bir yilda avariyalar oqibatida 2356 kishi halok bo'ldi.

15. Sug'urta bozorini rivojlantirish agentligi rasmiy veb-sayti https://imda.uz

16. "O'zbekinvest" EISK "Baxtsiz xodisalar va yuqumli kasalliklardan sug'urtalanish polisi".

2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.