Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA HAYOT SUG’URTASINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI'

O’ZBEKISTONDA HAYOT SUG’URTASINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1075
129
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sug’urta kompaniyalari / hayotni sug’urtalash dasturlari / aholini ijtimoiy himoya qilish / yalpi ichki mahsulot / hayot sug’urtasi / bonuslar / manfaatlarini sug’urta qilish. / insurance companies / life insurance programs / social protection of the population / gross domestic product / life insurance / bonuses / benefit insurance.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abdurazzoqov, Shahzod Otabekovich, Abdurazzoqova, Gulhayo

Ushbu maqolada O’zbekistonda hayot sug’urtasini rivojlan-tirish, milliy sug’urta bozorini yanada isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash, hayot sug’urtasi xizmatlarining talab yuqori bo’lgan yangi turlarini joriy etish, iste’molchilarning sug’urta bozoriga bo’lgan ishonchini oshirish kunning eng dolzarb masalasi bo’lgan bir paytda hayot sug’urtasining rivojlanishiga bir qancha omillarning salbiy ta’siri mamlakatimizdagi real voqelikni va unga xos xususiyatlarni hamda ilg’or xorij tajribasini hisobga olgan holda hayotni sug’urtalash sohasida innavatsion mexanizmni ishlab chiqish va joriy etishga yo’naltirilgan tegishli ishlarni amalga oshirish yo’llari haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRIORITY DIRECTIONS OF LIFE INSURANCE DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN

In this article, the development of life insurance in Uzbekistan, the further reform of the national insurance market and ensuring its rapid development, the introduction of new types of life insurance services in high demand, the insurance of consumers At a time when increasing confidence in the market is the most pressing issue of the day, the negative impact of several factors on the development of life insurance requires an innovative mechanism in the field of life insurance, taking into account the real reality in our country and its characteristics, as well as advanced foreign experience. it talks about the ways of carrying out the relevant works aimed at development and implementation.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA HAYOT SUG’URTASINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI»

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

O'ZBEKISTONDA HAYOT SUG'URTASINI RIVOJLANTIRISHNING

USTUVOR YO'NALISHLARI

Abdurazzoqov Shahzod Otabekovich

Toshkent moliya instituti magistranti [email protected] Abdurazzoqova Gulhayo Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti o'qituvchisi

Ushbu maqolada O'zbekistonda hayot sug'urtasini rivojlan-tirish, milliy sug'urta bozorini yanada isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta'minlash, hayot sug'urtasi xizmatlarining talab yuqori bo'lgan yangi turlarini joriy etish, iste'molchilarning sug'urta bozoriga bo'lgan ishonchini oshirish kunning eng dolzarb masalasi bo 'lgan bir paytda hayot sug 'urtasining rivojlanishiga bir qancha omillarning salbiy ta 'siri mamlakatimizdagi real voqelikni va unga xos xususiyatlarni hamda ilg'or xorij tajribasini hisobga olgan holda hayotni sug'urtalash sohasida innavatsion mexanizmni ishlab chiqish va joriy etishga yo 'naltirilgan tegishli ishlarni amalga oshirish yo 'llari haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: sug'urta kompaniyalari, hayotni sug'urtalash dasturlari, aholini ijtimoiy himoya qilish, yalpi ichki mahsulot, hayot sug'urtasi, bonuslar, manfaatlarini sug 'urta qilish.

"Men sug'urta to 'lovlari tufayli xonavayron bo 'lgan oilalarni bilmayman, lekin to 'lovlar qilinmaganligi sababli xonavayron bo 'lgan oilalarni bilaman."

Uinston Cherchil

Milliy sug'urta bozorini yanada isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta'minlash, sug'urta xizmatlarining talab yuqori bo'lgan yangi turlarini joriy etish, iste'molchilarning sug'urta bozoriga bo'lgan ishonchini oshirish kunning eng dolzarb masalasi bo'lgan bir paytda hayot sug'urtasining rivojlanishiga bir qancha omillarning salbiy ta'siri mamlakatimizdagi real voqelikni va unga xos xususiyatlarni hamda ilg'or xorij tajribasini hisobga olgan holda hayotni sug'urtalash sohasida innavatsion mexanizmni ishlab chiqish va joriy etishga yo'naltirilgan tegishli ishlarni amalga oshirishni talab etadi. Natijada esa, hayot sug'urtasining har bir potensial sug'urtalanuvchilarini ushbu faoliyat turiga jalb etuvchanligini yanada oshirish orqali uning uzoq muddatli progressiv rivojlanishini ta'minlashga xizmat qilishi lozim.

Hayot sug'urtasi nima degan savolga esa aslida quyidagicha javob berish mumkin: "hayot sug'urtasi" - sug'urta sohalaridan biri bo'lib, hayotni sug'urta qilish

ANNOTATSIYA

KIRISH

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

(jismoniy shaxslarning hayoti, sog'lig'i, mehnat qobiliyati va pul ta'minoti bilan bog'liq manfaatlarini sug'urta qilish), bunda shartnoma bo'yicha sug'urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda sug'urta pullarining sug'urta shartnomasida ko'rsatib o'tilgan oshirilgan foizni o'z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to'lovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Sug'urta kompaniyasi sug'urta tovonini to'laydi, qachonki: agar sug'urtalangan shaxs ma'lum bir yoshga to'lganda, shuningdek baxtsiz hodisada vafot etgan taqdirda yoki sug'urta shartnomasida nazarda tutilgan boshqa holatlar yuz bergan taqdirda. Odatda, o'lim holatlarida to'lov sug'urtalangan shaxsning merosxo'rlari yoki sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan benefitsiar tomonidan qabul qilinadi. Bundan tashqari bank ham olishi mumkin, agar mashina yoki uy-joy garovga qo'yilgan bo'lsa (qarz oluvchining sug'urtasi).

Aslida hayot sug'urtasi qanday ishlaydi degan savolga quyidagicha misol va javob keltirish mumkin: mijoz hayot sug'urtasi shartnomasini (klassik turdagi) tuzadi va har oy, har chorakda yoki har yili sug'urta mukofotlarini to'lab boradi. Agar sug'urta hodisasi shartnoma muddati davomida ro'y bersa, masalan, omon qolish yoki o'lim yuz berganda, kompaniya kompensatsiya to'laydi. Qoida tariqasida, kompensatsiya miqdori amalda to'langan badallar miqdoridan bir necha barobar yuqori bo'ladi. Masalan, sug'urta muddati 13 oy bo'lgan, har oyda 1000000 so'mlik to'lov bilan shartnoma tuzilgan: sug'urtalangan shaxs omon qolganda: 13 000 000 so'm, shuningdek 4% dan 7% gacha bonus oladi, agar halokatli oqibatlarga olib kelganda: uning merosxo'rlari yoki benefitsiar 13 000 000 so'm oladi.

Hayotni sug'urtalashning boshqa turlari ham bor, masalan, hayotda maxsus muhim voqealar uchun mablag' to'plash, masalan, nikoh, bolaning tug'ilishi yoki ko'pchilik farzandlarning balog'at yoshiga qadar tejash va hokazo. Bundan tashqari, hayotni sug'urtalash bo'yicha yuqori daromadli mahsulotlar mavjud, bu yerda katta bonus bilan samarali tejashdan tashqari, siz 13-oydan boshlab oylik annuitetlarni (oylik to'lovlar) ham olishingiz mumkin. Annuitet oylik to'lovning 100% ni tashkil qilishi mumkin va to'lovlar plastik kartangizga o'tkaziladi. Shuni yodda tutish kerakki, davlatimiz hayotni sug'urtalash sohasini rag'batlantirish maqsadida soliq imtiyozlarini joriy etgan, bu esa sug'urta himoyasining zarur miqdori va amal qilish muddatidan tashqari, daromad solig'ini 12% ortiqcha tejashga imkon beradi. Kompaniyadan tanlangan dasturga qarab 4% dan 7% gacha bo'lgan bonuslar ham mavjud. (O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining1 378 -modda, 15-bandiga ko'ra shaxsiy

1 O'zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 26.09.2019 yildagi PF-5837-son

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

daromad solig'i bo'yicha imtiyozlar:"Jismoniy shaxslarning ish haqi va uzoq muddatli hayot sug'urtasi uchun ajratilgan boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi."Shuningdek, 369 -modda: (Umumiy daromadga kiritilmagan daromadlar bandiga asosan) 4) fuqarolar sug'urta kompensatsiyasi shaklida olgan summalar; (ya'ni, sug'urta da'vosi to'liq daromadga kiritilmagan va daromad solig'iga tortilmaydi)). Lekin, O'zbekistonning hayotni sug'urtalash tizimining hozirgi holati ko'p jihatdan sug'urta davlat iqtisodiy va ijtimoiy siyosati vositasi sifatida talab qilinmaganligi bilan bog'liq. Sug'urtaning tabiatiga mos keladigan, korxonalar va fuqarolarning hayotini uzoq muddatli sug'urta qilishga rag'batlantiruvchi soliq rejimi yuqori darajada shakllantirilmagan.

Hayotni sug'urtalashning ichki bozorining rivojlanishiga asosan fuqarolarning moliya institutlariga, xususan, sug'urta kompaniyalariga ishonchsizligi to'sqinlik qilmoqda. Uzoq muddatli hayot sug'urtasini rivojlantirishga sharoit yaratish uchun O'zbekiston ijtimoiy, pensiya va tibbiy sohalarni isloh qilishi kerak.

Biroq, sug'urta mukofotlari tushumlarining bunday tez o'sishiga qaramay, o'zbekistonliklarning deyarli 12-15 foizi qashshoqlik chegarasidan past ekanligini va 4-5 milliondan ortiq fuqarolarning daromadlari yashash minimumidan past ekanligini unutmaslik kerak.Faqat hayotni sug'urtalashni keng rivojlantirish haqiqatan ham davlat ijtimoiy himoyasini aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam berishga yo'naltirish imkonini beradi, aholining badavlat qatlamlari sug'urta xizmatlarini xarid qilish orqali o'zlariga g'amxo'rlik qiladi.Buning uchun, birinchi navbatda, hayot sug'urtasini ayniqsa uzoq muddatli hayot sug'urtasini (ham ish beruvchi, ham xodimlar hisobidan) keng rivojlantirish kerak.

O'tgan davr mobaynida, ya'ni 2021-yil uchun davlat dasturida hayot sug'urtasi tarmog'ida faoliyat yuritayotgan sug'urta tashkilotlarining foyda soliq yukini ikki baravarga kamaytirish belgilangan edi. 2021-yil uchun «Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» davlat dasturi onlayn muhokamaga qo'yildi. Dasturning moliya tizimini isloh qilishga oid bandida hayot sug'urta tarmog'ini va shaxsiy sug'urta tizimini rivojlantirish masalalariga ham urg'u berilgan.Hujjatda mazkur sug'urta turlarini ommalashtirish, yangi sug'urta inflatsiya omillarini hisobga olish bo'yicha bir necha vazifalar belgilangan. Xususan:

■ O'zbekiston Respublikasida hayot sug'urta tarmog'ini hamda shaxsiy sug'urtani 2024-yilgacha rivojlantirish;

■ yangi va zamonaviy sotish instrumentlarini joriy etish yo'li orqali sug'urta mahsulotlarini sotish kanallarini kengaytirish;

■ muhim sug'urta mahsulotlarini eng qulay to'lov usullarida amalga oshirilishi;

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

■ hayot sug'urtasi tarmog'ida faoliyat yuritayotgan sug'urta tashkilotlarining foyda soliq yukini ikki baravarga kamaytirish nazarda tutilgan edi.

Keyinchalik, sug'urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug'urtasi sohasini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Qaroriga ko'ra2, 2022-yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvarga qadar hayot sug'urtasi sohasida faoliyat yuritayotgan sug'urta tashkilotlarining mazkur faoliyati qismi uchun hisoblanadigan foyda solig'i bo'yicha belgilangan soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilishi ta'minlandi. Bundan tashqari, 2022-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchi tomonidan o'z xodimlari uchun baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug'urta qilish va tibbiy sug'urta turlari bo'yicha tuzilgan sug'urta shartnomalari asosida O'zbekiston Respublikasida sug'urta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi bo'lgan yuridik shaxslarga yo'naltiriladigan mablag'lar jismoniy shaxslarning jami daromadi sifatida e'tirof e'tilmasligi (hisoblanmasligi) ham ta'minlandi.

Yuqorida keltirib o'tilgan fikrlarni inobatga olgan holda, milliy va xorijiy tajribalar asosida mamlakatimiz hayot sug'urtasi xizmatlari bozorining rivojlanish tendensiyalari va istiqbollariga baho berish, hayot sug'urtasi sohasining rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarni va ularning ta'sir darjasini aniqlash, hayot sug'urtasini rivojlantirish bilan bog'liq fundamental muammolarni topish hamda ularni hal etishga qaratilgan takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish bugungi kun tartibidagi eng dolzarb masala ekanligi shubhasizdir. Umuman olganda mamlakatimzida hayot sug'urtasi xizmatlari bozorining oxirgi yillarda o'sish darajasini ko'rish mumkin, ammo, hayot sug'urtasi mukofotlari o'tgan yildagiga qaraganda 2 barobar oshgan bo'lsada, umumiy natija YaIMdagi ulushi 0,1% ekanligi mavjud imkoniyatlardan hamon yetarlicha foydalanilmaganligini bildiradi.

Demak, mamlakatimizda hayot sug'urtasining rivojlanishiga ta'sir etayotgan bir qator muammolar mavjud bo'lib, fikrimcha, ularni ikki guruhga ajratish mumkin: makro va mikro darajadagi muammolar. Makro darajadagi muammolar sirasiga mamlakatdagi makroiqtsodiy holatning barqarorligi bilan bog'liq bo'lgan quyidagi ko'rsatkichlarni kiritish mumkin:

■ inflatsiya darajasining yuqori ekanligi;

■ milliy valyutaning hamisha barqaror emasligi;

■ hayot sug'urtasi kompaniyalari uchun sug'urta zaxiralarini ishonchli joylashtirish imkoniyatlaring va jozibador investitsiya instrumenlarining kamligi, fond bozorining sust rivojlanganligi. Hayot sug'urtasining jamg'arish va omonat

2 "Sug'urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug'urtasi sohasini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

funksiyalari bajarilishi uchun investitsiyalar bozori rivojlangan bo'lishi zarur, ammo, mamlakatimizda ushbu holatni yetarlicha deb bo'lmaydi;

■ aholining nobarqaror iqtisodiy va siyosiy vaziyatdan tashvishlanishi. Hayot sug'urtasi, birinchi navbatda, barqaror sharoitlardagina samarali ishlaydigan soha hisoblanadi;

■ aholining real daromadlari kamligi yoki to'lov qobiliyatining pastligi. Hayot sug'urtasini keng joriy etilishiga ko'pchilik aholining kam daromadliligi to'siq boladi. Aholi daromadining asosiy qismi birinchi darajali ehtiyojlar uchun sarflanadi va jamg'arish uchun kam mablag' qoladi.

■ hayot sug'urtasiga oid taqdim etilgan soliq imtiyozlari ta'srichanligining yetarli emasligi. Soliq imtiyozlari jismoniy shaxslarning faqatgina hayot sug'urtasiga yo'naltirilgan ish haqi ko'rinishidagi iqtisodiyotni kengaytiradi daromadlariga tegishli bo'lib, soliq stavkasi pasayganda uning ta'siri ham pasayadi. Ushbu imtiyozlarni jismoniy shaxslarning daromad solig'iga tortiladigan barcha daromadlariga nisbatan joriy etilishi maqsadga muvofiq deb o'ylayman.Misol uchun, jismoniy shaxslarning ijara shartnomasi bo'yicha oladigan daromadlari ham 12 foiz soliqqa tortiladi. Odatda, soliqdan qochish maqsadida jismoniy shaxslar ushbu daromadlarini kam qilib ko'rsatadilar yoki umuman ijara shartnomasi tuzmaydi. Bu esa , xufiyona iqtisodiyotni kengaytiradi.

Hal etilishi to'liq yoki qisman sug'urtalovchilarning o'z zimmalarida bo'lgan, hayot sug'urtasini rivojlantirishga ta'sir etuvchi mikro darajadagi muammolar toifasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

■ hayot sug'urtasi uzoq muddatli xarakterga ega bo'lganligi, ya'ni polislarning amal qilish davri odatda 5-20 yil. Siyosiy va iqtisodiy nobarqarorlik sharoitida, inflatsiya yuqori bo'lganda uzoq muddatli qo'yilmalar aholida qiziqish uyg'otmaydi;

■ hayot sug'urtasi asosan aholining o'rta qatlami uchun xizmat qiladi. Bunda aholi xarajatlaridan daromadlari yuqori bo'lishi va ular ushbu mablag'larni kelajak avlodiga meros qoldirishni yoki investitsiya uchun foydalanib, qo'shimcha daromad olish maqsadini ko'zlashi nazarda tutilgan. Ammo hozirgi kunda O'zbekistonda hayotni investitsion sug'urta qilish uchun keng sug'urta (mahsulotlari) bazasi mavjud emas;

■ aholining hayot sug'urtasi bo'yicha madaniyatining pastligi. Hozirgi kunda aholi o'rtasida hayot sug'urtasi haqidagi tasavvur, ong,sug'urta madaniyati, sug'urta haqidagi tushunchalar unchalik darajada shakllanmaganligi hech birimizga sir emas. Bu esa, sug'urta sohasidagi eng katta muammodir. Uning asosiy sababi, hayot sug'urtasi bo'yicha malakali sug'urta agenlarining kamligi va hayot sug'urtasi mohiyatini yoritib beruvchi manbalarning yo'qligidir. Aholi orasida sug'urta

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

madaniyatini shakllantirishning eng maqbul yo'llaridan biri malakali, professional sug'urta agentlarini tayyorlashdir. Shu orqali, ularga hayot sug'urtasining afzalliklari haqida ma'lumot berish, reklamalarni rivojlantirish lozim.

■ aholining hayot sug'urtasiga yoki sug'urta kompaniyalariga nisbatan ishonchining pastligi. Hayot sug'urtasining asosida sug'urta mukofotlarini investitsiya qilish yotganligi sababli, sug'urta kompaniyalarining barqarorligi va moliyaviy holatiga jiddiy talablar qo'yiladi. Umumiy nobarqarorlik va moliyaviy krizis sodir bo'lishi mumkin bo'lgan holatda sug'urtalovchilar uzoq muddatli istiqbolga kafolat bera olmaydilar. Fikrimcha, bunday sharoitda, O'zbekistonda hayot sug'urtasi bo'yicha to'lovlarni kafolatlash tizimini joriy etish sug'urtalanuvchil ar (naf oluvchilar) mulkiy manfaatlarining himoyasini yanada kuchaytiradi, aholining hayot sug'urtasiga bo'lgan ishonchini ta'minlaydi. Shu sababli, O'zbekistonda hayot sug'urtasi bo'yicha to'lovlarni kafolatlash jamg'armasini tashkil etishni taklif beramanva bu o'z navbatida, sug'urta bozorini barqaror rivojlanishi uchun sharoit yaratadi deb hisoblayman;

■ aholining o'z jamg'armalarini sug'urtada jamg'arishga moyillik darajasining pastligi. Aholi moliyaviy institutlarga bo'lgan ishonchining pastligi sababli, iste'molidan ortgan mablag'larini eng maqbul yo'l sifatida, pullarini AQSH dollariga aylantirib uylarida saqlaydilar. Chunki bu valyutaning yil sayin qadri ko'tariladi,shu sababli uni mahalliy iqtisodiyotga ham investitsiya qilmaydilar;

■ milliy sug'urta bozorida hayot sug'urtasini amalga oshiruvchi kompaniyalarning kamligi. Qolaversa, hayot sug'urtasi kompaniyalarining barchasi umumiy sug'urta kompaniyalarining ta'sischiligida ma'suliyati cheklangan jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilgan. Demak hayot sug'urtasi tarmog'i umumiy sug'urta tarmog'ining ta'siri ostida qolgan. Shu sababdan, hayot sug'urtasi kompaniyalari sonini ko'paytirish va ularni aksionerlik jamiyati shaklida tashkil etishni taklif qilaman.

■ qonunchilik bazasining sekin rivojlanishi, qonunchilikdagi qarama-qarshiliklarning mavjudligi. Bu yo'nalishda amalga oshirilishi lozim bo'lgan birinchi darajali vazifa hayot sug'urtasi bo'yicha to'lovlarni kafolatlash to'g'risidagi nizom, hayotni sug'urta qilish tarmog'idagi sug'urtalovchilarning sug'urta zaxiralari to'g'risidagi va to'lov qobiliyati tog'risidagi alohida nizomnlarni ishlab chiqishdir.Shuningdek, "Sug'urta faoliyati to'g'risida"gi yangi tahrirdagi qonunga uzoq muddatli hayot sug'urtasiga oid tegishli moddalar kiritilishi lozim.

XULOSA VA TAKLIFLAR

O'zbekistonda sug'urta bozorining rivojlanish darajasini tavsiflovchi tashqi qulay ko'rsatkichlarga qaramay, rejalashtirilgan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

o'tish, afsuski, ijtimoiy muammolami hal qilishda sug'urta rolini oshirishni anglatmadi. Buni umumiy sug'urta mukofotining YalMga nisbati pastligi ham tasdiqlaydi. Hozirgi kunda hayot sug'urtasi mukofotlarining YalMdagi ulushi - 0,1% bo'lib, rivojlangan mamlakatlarda bu ko'rsatkich 2-10 % ni tashkil etadi.Shu bilan birga, yig'ilgan sug'urta mukofotlari miqdori o'tish davri iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda mavjud bo'lmagan majburiy tibbiy sug'urta bo'yicha olingan summalarni o'z ichiga olishini yodda tutish kerak. Shunga ko'ra, raqamlarni 100% solishtirish mumkin emas. Mening fikrimcha, hayot sug'urtasi rivojlanishning dastlabki bosqichida turibgina qolmay, bir qator asosiy muammolarga ega bo'lib, ularning yechimi mutasaddi organlar tomonidan puxta o'ylangan tizimli chora-tadbirlarni qabul qilishga bog'liq. Shu bilan birga, davlat tomonidan bozorga haqiqatda moliyaviy, intellektual va boshqa investitsiyalarni amalga oshirishning hojati yo'q, bir qator qonunchilik va ma'muriy harakatlarni amalga oshirish kifoya. Buning uchun ham huquqiy, ham iqtisodiy jihatdan qulay shart-sharoitlar yaratish kerak. Ushbu tadqiqot natijasida quyidagi zarur xulosaga kelish mumkin:

■ O'zbekiston hukumati tomonidan iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishning turli sohalarida amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarni optimallashtirish, ularni O'zbekistonda hayot sug'urtasini rivojlantirishning asosiy va o'rta muddatli vazifalarini hal qilishga yo'naltirish;

■ O'zbekistonda uzoq muddatli sug'urta bozorini yanada rivojlantirish va sug'urta faoliyatini davlat nazorati tizimini takomillashtirish uchun zarur shart bo'lgan sug'urta faoliyatining qonunchilik bazasini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini hal qilish;

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda O'bekistonda hayot sug'urtasini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin:

■ hayot sug'urtasi tarmog'i va shaxsiy sug'urta turlarini tartibga solishga oid ilg'or xorij tajribalarini inobatga olib, milliy qonunchilik bazasini takomillashtirish;

■ hayotni sug'urta qilish tarmog'idagi sug'urtalovchilarning to'lov qobiliyatini oshirishva moliyaviy barqarorligini ta'minlash, ularning aktivlari sifatini yaxshilash, shuningdek, investitsiya instrumentlari tarkibini va turlarini kengaytirish;

■ hayot sug'urtasi kompaniyalarining tijorat banklari bilan hamkorlikda hayot sug'urtasi mahsulotlarini aholi orasida keng targ'ib etish mexanizmlarini joriy etish;

■ iste'molchilarga hayot sug'urtasi mahsulotlarining keng ko'lamini tatbiq etish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda sug'urta xizmatlarining eletron turlarini faol joriy etish;

■ hayot sug'urtasi kompaniyalarining biznes jarayonlarini, shuningdek, investitsion faoliyati, sug'urta zaxiralarini shakllantirish va sug'urta hodisalarini

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

ko'rib chiqish jarayonlarini avtomatlashtiruvchi yagona dasturiy ta'minotni yaratish va amaliyotga joriy etish;

■ hayotni uzoq muddatli sug'urta qilish bo'yicha sug'urta xizmatlarini ko'rsatuvchi hayot sug'urtasi kompaniyalarining iste'molchilar oldidagi majburiyatlarini samarali himoya qilish tizimini yaratish

■ aholining turmush darajasini yanada oshirish maqsadida, inflatsiya omillaridan himoya qiladigan uzoq muddatli pensiya sug'urtasini rivojlantirish;

■ fuqarolarning pensiya ta'minoti darajasini oshirish, ixtiyoriy pensiya sug'urtasi hamda uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq) sug'urta turlari mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida ushbu sug'urta turlari orqali to'langan sug'urta mukofotlarini xorijiy valyutaga konvertatsiya qilishga imtiyoz yaratish;

■ aholining hayotni uzoq muddatli sug'urta qilishga va ixtiyoriy pensiya sug'urtasiga bo'lgan ishonchini oshirish hamda ularning sug'urta to'lovlarini kafolatlash maqsadida "Hayot sug'urtasi bo'yicha to'lovlarni kafolatlash jamg'armasi"ni tashkil qilish, uni molyalashtirish manbalariniva jamg'arma mablag'laridan foydalanish maqsadlarini belgilash lozim. Sababi shuki, hayotni sug'urtalash bozorining moliyaviy barqarorligini ta'minlash samarali rivojlanishining asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.Shu munosabat bilan hayotni sug'urtalash xizmatlari sug'urta sohasida iste'molchilar huquqlarini himoya qilish tomonidan tartibga solishda ustuvor vazifa hisoblanadi.Muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun sug'urta bozorini tartibga solish vakolatiga ega davlat organlari tomonidan sug'urtalanganlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ishlab chiqilgan kafolat uchun turli usullar qo'llaniladi.Mamlakatlar tajribasida qo'llaniladigan shunday usullardan biri, sug'urtalovchilarni to'lovga layoqatsiz (bankrotlik) holatida sug'urta qilish to'lovlarni kafolatlovchi tizim yaratishdan iborat. Bugun O'zbekistonda hayot sug'urtasi bo'yicha to'lovlar kafolat mexanizmi mavjud emas. Shu bilan birga, sug'urta hayotni sug'urtalash xizmatlarining to'lov kafolati tizimini tashkil etish bozor va aholi hayotini sug'urtalashni jadal rivojlantirish uchun sharoit yaratadi ishonchni oshiradi. Shu munosabat bilan hayotni sug'urtalashning hozirgi holatida to'lov kafolati tizimiga bo'lgan ehtiyoj va istiqbollarni baholash orqali ularni tashkil etishning maqsadga muvofiqligini tahlil qilish milliy sug'urta bozorni yanada isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta'minlash muhim yo'nalish hisoblanadi. Sug'urtaning ixtiyoriy turlari, jumladan, hayotni sug'urtalash bo'yicha to'lovlarni kafolatlash tizimi mavjud emas, bu esa aholining sug'urta muassasasiga bo'lgan ishonchini pasaytiruvchi va mamlakatimizda sug'urta rivojiga to'sqinlik qiluvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Bunday sharoitda Moliya vazirligi vakolatli organ sifatida hayotni sug'urtalash bo'yicha to'lovlarni kafolatlash tizimini yaratish

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

vazifasini qo'yadi. Mening fikrimga ko'ra, sug'urtalanuvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning eng samarali mexanizmi sifatida O'zbekistonda hayot sug'urtasi to'lovlarini kafolatlash fondini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bu, birinchi navbatda, hayotni sug'urtalash sug'urtalovchi va sug'urtalangan o'rtasidagi uzoq muddatli moliyaviy munosabatlarni o'z ichiga olganligi bilan bog'liq, shuning uchun sug'urtalangan shaxs sug'urtalovchining kelajakda to'lovni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lishiga ishonch hosil qilishi shartligi tushuntiriladi.

■ aholini sug'urta sohasidagi bilimi va madaniyatini oshirish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali hayot sug'urtasi tarmog'i hamda shaxsiy sug'urta turlarini targ'ibot va tashviqot qilish ishlarini ommaviylashtirish, hayot sug'urtasi turlari bo'yicha reklamalarni ijtimoiy reklama toifasiga tenglashtirishdan iborat.

Hayot sug'urtasini rivojlantirish yuzasidan yana bir muhim taklif sifatida, sug'urta klassifikatorining hayotni sug'urta qilish tarmog'iga "majburiyatlarni ta'minlash uchun hayotni sug'urtalash", "uzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sug'urtasi", "kapitalni qaytarish bilan hayotni sug'urtalash" klasslarini qo'shishni taklif qilaman. Bu o'z navbatida, milliy sug'urta bozorida hayot sug'urtasining innavatsion mahsulotlarini rivojlantirish, hayot sug'urtasi xizmatlarining hajmi va turlarini kengaytirish, hayot sug'urtasining iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlardagi ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. "Sug'urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug'urtasi sohasini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sug'urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug'urtasi sohasini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5265-qarori

3. O'zbekiston respublikasi prezidentining 2020 yil 19 martdagi "Korona virusga qarshi choralar va global inqiroz huquqlarini nazorat qilish tarmoqlariga salbiyni yumshatish birinchi navbatdagi choratadbirlar"gi PF-5969-sonli farmoni

4. N.Jumaev. "O'zbekistonning reytinglardagi o'rni nima uchun kerak?" ,"xalq so'zi" gazetasi.

5. Каракулова И. «Фонди гарантирования виплат за договорами страхования жизни»: зарубежный доход // Экономика 133/2012. п. 48

6. Averchenko O.D. The guarantee scheme of mutual exchange in the strakovo sectori bankovskoy sphere // Financial Journal. No. 4 2016. p. 110

7. Полчанов А.Ю. Проблемы и перспективы инвестиционного анализа страховых компаний в Украине // Финансы и кредит. № 16 (592) 2014. с. 54

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8. Черняховский В. Международный опыт защиты страхователей путем создания общих гарантийных фондов // Финансовые услуги. № 4 (100) 2013. с. 9

9. Финогенова Ю.Ю. Схема гарантирования как инструмент защиты прав страхователей жизни и здоровья в Германии и США // Евразийский Союз Ученых (ЕСУ) № 3 (12), 2015. с. 98

10. Baratov, R. U. (2019). INTEGRATION OF A SCIENCE, FORMATION, AND MANUFACTURE IN THE COURSE OF PROFESSIONAL TRAINING. In ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 51-54).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.