Научная статья на тему 'HAYOT SUG‘URTASINI RIVOJLANTIRISHNING JAHON TAJRIBASI. HAYOT DAVOMIYLIGIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR'

HAYOT SUG‘URTASINI RIVOJLANTIRISHNING JAHON TAJRIBASI. HAYOT DAVOMIYLIGIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

255
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hayot sug‘urtasi / risk sug‘urtasi / uzoq va qisqa muddatli hayot sug‘urtasi / renta YaIM / YaMM / aktuar matematika / life insurance / risk insurance / long term and short term life insurance / rent / GDP / GNP / actuarial mathematics.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Dilso‘Z Yaxyoyevna Hamroyeva

Ushbu ishda sug‘urta faoliyatini rejalashtirish asosida ro‘y berishini oldindan aytib berish mumkin bo‘lmagan baxtsiz hodisalardan muhofazalanish, bu hodisalarning zararlarini kamaytirish sug‘urta bozoridagi hayot sug‘urtasining o‘rni, unga ta‘sir qiluvchi omillar va o‘z navbatida bu omillarning hayot davomiyligiga bog‘liqligi o‘rganilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this study, protection against unpredictable accidents that occur on the basis of insurance activity planning, reduction of losses from these events, the role of life insurance in the insurance market has been studied.

Текст научной работы на тему «HAYOT SUG‘URTASINI RIVOJLANTIRISHNING JAHON TAJRIBASI. HAYOT DAVOMIYLIGIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR»

HAYOT SUG'URTASINI RIVOJLANTIRISHNING JAHON TAJRIBASI. HAYOT DAVOMIYLIGIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR

Dilso'z Yaxyoyevna Hamroyeva

O'zbekiston Milliy Universiteti iqtisodiyot fakulteti "Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish" kafedrasi tayanch doktoranti, Turon Zarmed Universiteti assistenti

(mohlaroyim261218@gmail.com )

ANNOTATSIYA

Ushbu ishda sug'urta faoliyatini rejalashtirish asosida ro'y berishini oldindan aytib berish mumkin bo'lmagan baxtsiz hodisalardan muhofazalanish, bu hodisalarning zararlarini kamaytirish sug'urta bozoridagi hayot sug'urtasining o'rni, unga ta'sir qiluvchi omillar va o'z navbatida bu omillarning hayot davomiyligiga bog'liqligi o'rganilgan.

Kalit so'zlar: Hayot sug'urtasi; risk sug'urtasi; uzoq va qisqa muddatli hayot sug'urtasi; renta YaIM; YaMM; aktuar matematika.

ABSTRACT

In this study, protection against unpredictable accidents that occur on the basis of insurance activity planning, reduction of losses from these events, the role of life insurance in the insurance market has been studied.

Keywords: life insurance, risk insurance, long term and short term life insurance, rent, GDP, GNP, actuarial mathematics.

KIRISH

Bugungi kunda Respublikamizda moliya bozorini yanada rivojlantirish, aholini sifatli moliyaviy xizmatlar bilan qamrab olish ko'lamini kengaytirish, sug'urta tashkilotlari faoliyatini qo'llab-quvvatlash, shuningdek, ushbu sohada iste'molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga islohotlarning hozirgi bosqichida iqtisodiyotning barqaror o'sishini ta'minlashga, aholi hayotining sifat darajasini oshirishga yo'naltirilgan moliyaviy xizmatlarni faol rivojlantirish respublikada sug'urta bozorining rolini kuchaytirish va sug'urta vositalarini keng qo'llashni taqozo etmoqda. Milliy sug'urta bozorini yanada isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta'minlash, sug'urta xizmatlarining talab yuqori bo'lgan yangi turlarini joriy etish, iste'molchilarning sug'urta bozoriga bo'lgan

December, 2022

573

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

ishonchini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirish bo'yicha Davlat dasturi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shu sababdan bugungi kunda mamlakatimizdagi hayot sug'urtasi bozorini rivojlantirish muhim hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hayot sug'urtasi texnik jihatdan sug'urtaning eng rivojlangan yo'nalishi hisoblanadi. Aynan hayot sug'urtasida matematik statistika va ehtimollar nazariyasining o'rni juda muhim hamda sug'urtaning aynan shu yo'nalishida ishonchli muntazamlilik asosida statistik-ehtimollik modellarini keng qo'llash va deyarli aniq bo'lgan natijalarni olish imkoni paydo bo'ladi.

Aktuar matematika an'anaviy tushunchada - bu turli xil sug'urta shartnomalarida sug'urta tariflarining nazariy hisob kitobi hisoblanadi, shuningdek, sug'urta kompaniyasining ishonchlilik kafolatli bilan kasod bo'lishidan saqlaydigan sug'urta zaxirasini hisoblash, umumiy sug'urtalanayotgan shaxslarni xarakterlaydigan demografik qonunlarni aniqlash, kompaniya foydasini, inflyatsiya darajasini, qonuniy va boshqa aspektlarini hisoblashdir.

Shaxsiy sug'urta - sug'urtaning bir yo'nalishi bo'lib, bu mulkiy manfaatlar himoyasidir, ya'ni:

1) Fuqaroning aniq bir yoshgacha yoki muddatgacha yashashi, vafot etishi, hayotida boshqa bir holatlarining paydo bo'lishi (hayot sug'urtasi);

2) Hayotiga zarar yetishi, fuqaroning sog'lig'iga, unga tibbiy xizmatlar ko'rsatilishi (baxtsiz hodisa va kasalliklardan sug'urtalash, tibbiy sug'urta).

Shaxsiy sug'urta obyeklari - insonning hayoti, sog'lig'i, mehnat qila olish qobiliyati va fuqaroning pensiya ta'minoti hisoblanadi. Shaxsiy sug'urta quyidagilarga bo'linadi:

• Hayotni sug'urtalashga;

• Baxtsiz hodisa va kasalliklardan sug'urtalash;

• Tibbiy sug'urta.

Hayot sug'urtasi - Sug'urtalovchi tomonidan sug'urta mukofotlari evaziga sug'urtalanuvchiga yoki sug'urtalanuvchining hayotida aniq bir voqealar yuz bersa, uchinchi shaxslarga to'lab beriladigan kafolatlangan pul summasi (sug'urta summasi); kasallik, nogironlik, o'lim yoki aniq yoshgacha

[1]

yashashi yoki boshqa hodisalar.

December, 2022

Benefitsiariy (beneficiary) - pul summasini olishga haqi bo'lgan shaxs, ya'ni bu sug'urtalanuvchi emas, lekin sug'urtalangan shaxsning o'limi tufayli sug'urta polisi egasining o'rniga sug'urta to'lovini olishga qonuniy haqli shaxs.

Hayot sug'urtasining bir qancha o'ziga xos xususiyatlarini ajratib ko'rsatish mumkin.

1) Aniq bir qiymatga ega bo'lmagan inson hayoti, sug'urta himoyasining obyekti bo'ladi. Hayot yoki o'limni obyektiv baholab bo'lmaydi, lekin sug'urtalanuvchi shaxs sug'urta shartnomasini tuzayotganda, o'zining mehnat qilish qobiliyatini yo'qotganda yoki uning o'limi tufayli oila a'zolarining moddiy qiyinchiliklarini oldini olishga harakat qiladi. Jabrlaruvchilar sug'urtalanishmagan bo'lsa, qisqa muddat ichida zararni qoplash uchun sezilarli summani topishga majbur bo'lishadi, bu esa ular uchun jiddiy qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin. Sug'urta shartnomasi esa bu muammoni yechishi mumkin, chunki muntazam to'lanayotgan kichik to'lovlar evaziga sug'urta ishtirokchilari qandaydir hodisalar yuz bersa, muammoni yechish uchun katta xarajatlar qilmasliklarining kafolatini olishadi. Shu bilan birga sug'urta, tasodifiy baxtsiz hodisa natijasida paydo bo'ladigan xarajatlarni oldindan rejalashtirish imkonini beradi.

2) Hayot sug'urtasi ijtimoiy funksiyani bajaradi, ya'ni undan jamiyatning ijtimoiy muammolarini yechishga keng foydalanishadi. Eng avvalo, sug'urta tashkilotlari mehnat qilish qobiliyatini yo'qotgan va baxtsiz hodisa yoki kasalliklar tufayli nogiron bo'lib qolgan sug'urtalangan shaxslarga katta yordam berishadi. Sug'urta kompaniyalari jabrlanuvchilarning davolanish va reabilitatsiya xarajatlarini moliyalashtirishadi, shu tariqa yo'qotilgan daromadni kompensatsiya qilishadi. Sug'urtalanuvchi vafot etsa, uning yaqinlariga hayot darajasi pasaymaslik uchun yetarli bo'lgan pul mablag'i to'lanadi. Shu tariqa sug'urta fuqarolar uchun hayot darajasining stabilizatori vazifasini bajaradi.

3) Demografik hodisalar bilan o'zaro kuchli munosabat. Hayot sug'urtasi sug'urtalanuvchining hayotida bo'layotgan biror bir hodisalar tufayli, to'lanishi kerak bo'lgan pul mablag'lari bilan o'zaro bog'liq. Bunday hodisalarga: kasallik, nogironlik, o'lim yoki teskarisi, aniq bir yoshgacha yashash kiradi. Bunday hodisalar demografik nom bilan nomlanadi, chunki ular bevosita aholi soniga, shu bilan birga alohida guruh vakillariga ham ta'sir ko'rsatadi.

4) O'zining g'ayrioddiy mazmunini o'zgartiradi, hayot sug'urtasi boshqa sug'urta turlaridan farqlovchi toifadir. Agar o'lim g'ayrioddiy hodisa bo'lsa, sug'urtalanuvchining kelishilgan yoshgacha yoki kelishilgan hodisagacha yashab qolishi g'ayrioddiy hodisaga kirmaydi. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, aholining katta guruhlarida

December, 2022

5?5

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

demografik hodisaning yuz berish chastotasi statistik barqarordir, ya'ni vaqt o'tishi bilan kam o'zgaradi va shu tufayli deyarli ishonchli tarzda bashorat qilinib, amaliyotda qo'llanilishi mumkin. Hayot sug'urtasida aktuar hisoblar metodi aholi guruhi dinamikasini va holatini o'rganadigan demografik statistikaga tayanadi. Demografik statistika sug'urta shartnomasidagi ehtimoliy sug'urta modellarini va pensiyaviy sxemalarni baholashga imkon beradi, bu esa o'z navbatida sug'urta mukofoti miqdorini, pensiya to'lovlarini, sug'urta zaxiralari kabi asosiy ko'rsatkichlarni hisoblash imkonini beradi. Statistik demografiyani o'rganish - hayot va pensiya sug'urtalarida aktuar hisoblarni ishlatish uchun zarur shartlardandir.

5) Hayot sug'urtasi shartnomalari uzoq muddatli hisoblanadi. U o'zida nafaqat risk, balki jamg'ariladigan funksiyani ham jamlagan. Hayot sug'urtasi investitsion funksiyani bajaradi. Hayot sug'urtasi shartnomasi uzoq muddatli bo'lganligi tufayli, u orqali yig'ilgan pul summalari uzoq muddatli loyihalarga investitsiya qilish imkonini beradi. Hayot sug'urtasi aholining jamg'arma ehtiyojlarini amalga oshirish imkonini beradi. Fuqarolar aksariyat katta xarajatlarni (uy-joy, avtomobil sotib olish yoki ta'lim xarajatlari) o'zlarining hozirgi daromadlari evaziga qoplay olishmaydi, shuning uchun ham jamg'armadagi pul mablag'laridan foydalanishga majbur bo'lishadi. Hayot sug'urtasi esa bunday jamg'armani yaratish usuli bo'lib xizmat qiladi. Sug'urta yordamida jamg'arilgan pul massasini milliy iqtisodiyotni mobilizatsiya qilishda ishlatsa bo'ladi. Hammaga ma'lumki, katta jamg'armalarga ega mamlakatlar, tez iqtisodiy rivojlanish tendensiyasiga ega. Tijorat banklari qisqa muddatli pul aylanmalarini jalb etishga harakat qilishadi, sug'urta kompaniyalari esa tijorat banklaridan farqli ravishda uzoq muddatli pul aylanmalarini jalb qilishadi. Shuning uchun ham iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda sug'urta kompaniyalari eng katta investorlar hisoblanishadi. Muntazam pul tushumlarga asoslangan uzoq muddatli kafolatlangan sug'urta kompaniyalari, mamlakatlar biznesi va hukumati uchun uzoq muddatli pullar manbaiga aylandi.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

Hayot sug'urtasining asosiy ijtimoiy va moliyaviy xarakterga ega bo'lgan maqsadi 1-rasmda ko'rsatilgan. Hayot sug'urtasi sug'urtaning asosiy maqsadini amalga oshiradi - fuqarolarning mulkiy himoyasini ta'minlaydi. Asosiy maqsadi esa amalga oshirilayotgan ishlarning maqsadini aniq yo'nalishlarini aniqlash. (1-rasm).

December, 2022

Hayot sug'urtasi maqsadlari

Ijtimoiy Moliyaviy

Oilani boquvchini yo'qotishdan himoyalash Investitsiya bilan bog'liq jamg'arma

Mehnat qila olish qobiliyatini yo'qotganda (vaqtinchalik yoki doimiy) ta'minlash Biznes bo'yicha sherik yoki boshqaruvchi vafot etganda xususiy kapitalni himoyalash

Qarilikda pensiya bilan ta'minlash Meros himoyasi

Bolalarga voyaga yetgunga qadar jamg'arma yig'ish Shaxsiy daromadlarni sug'urta mukofotlari va hayot sug'urtasi to'lovlariga berilgan soliq imtiyozlari orqali ko'paytirish

Marosim xizmatlari uchun to'lov

1-rasm Hayot sug'urtasining asosiy maqsadlari

Hayot sug'urtasiga xos xususiyat bu shartnomada ko'rsatilgan yoshgacha sug'urtalanuvchi yashab qolsa, unga sug'urta mukofoti to'lanadi yoki shartnoma amal qilayotgan payt (uzoq muddatli shartnoma) sug'urtalanuvchi vafot etsa, uning yaqinlariga sug'urta mukofoti (kompensatsiya) to'lanadi. Bu kabi hodisalar sodir bo'lishi demografik statistikaga asoslanadi va shu sababli bunday hodisalarning yuz berishini rejalashtirish mumkin. Bundan hodisalar sirasiga tug'ilish, o'lim, shikastlanish, nogironlik, belgilangan yoshgacha yashab qolish va boshqalar kiradi. Sug'urta tariflari hisob kitobini o'limlilik jadvali va daromadlar normasi ma'lumotlariga tayanib tuzish mumkin. Lekin bu hodisalarning yuz berishi tas odifiy, ya'ni xavfli (risk), taxminiy hisoblanadi. [2]

Hayot sug'urtasi rivojlangan mamlakatlarda juda keng qo'llaniladi, sug'urta tashkilotlari tomonidan sug'urta mukofotlari va to'lovlarining qariyb yarimidan ko'pi sug'urtaning aynan shu turiga to'g'ri keladi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda sug'urtaning bu turi o'rtacha odam boshiga yiliga 1000$ dan to 4000$ gacha to'g'ri keladi, YalMda ulushi esa 4% dan (AQSHda) to 10% gacha (Yaponiyada). O'zbekistonda esa hayot sug'urtasi rivojlanishining boshlang'ich bosqichda turibdi. Bu sug'urta turiga qiziqish endi paydo bo'la boshladi.

December, 2022

5??

Fransiya sug'urta jamiyati assotsiatsiyasi va Shvetsariyaning «Sigma» agentligining ma'lumotlariga ko'ra, hayot sug'urtasi va no-hayot sug'urtasi bo'yicha yig'iladigan sug'urta mukofotlari mintaqalar va mamlakatlar bo'yicha quyidagicha keltirilgan [4].

Hayot sug'urtasining eng katta ulushi G'arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika mamlakatlariga va ayniqsa Yaponiyaga to'g'ri keladi - u yerda hayot sug'urtasi boshqa turdagi sug'urtalardan 3 barobar ko'proq ulushga ega.

2-rasm. Hayot sug'urtasi shartnomalari bo'yicha sug'urta mukofotlarining summasi, mintaqalar va dunyo mamlakatlari bo'yicha 2004 y., mlrd.

Hayot sug'urtasida, sug'urta parametrlarini hisoblash, o'z navbatida insonlarning necha yoshgacha yashashi, ya'ni hayot davomiyligiga bog'liq. Hayot davomiyligiga esa juda ko'p omillar ta'sir qiladi. Ularni quyidagicha tasniflash mumkin :

• Iqtisodiy omil:

YaMM;

YaMM ning jon boshiga nisbati;

Tibbiyot xarajatlari;

Inflyasiya xolati;

Ishsizlik darajasi;

va boshqalar.

• Siyosiy omil:

Siyosiy barqarorlik (Urushlar bo'layotgan hududlarda insonlarning hayotiga tahdidlar ham ko'p bo'ladi, masalan Suriya,

December, 2022

578

Falastin-Isroil munosabatlarining keskinlashuvi, hamda Afg'onistondagi vaziyat va hokazolar;

va boshqalar.

• Ekologik omil: Ob-havo; Dengizga chiqish;

Tog'li hududlarning mavjudligi; va boshqalar.

• Ijtimoiy omil:

Vrachlarning jon boshiga nisbati;

Ekologik toza suv bilan ta'minlanganlik darajasi;

Sanitariya xizmatlari;

Pandemiyaning tarqalishi (Ebola, SPID, Covid-19 viruslarining tarqalishi...); Yashash sharoiti;

Aqliy mexnat resurslarining ishchi kuchiga nisbati; Boy va kambag'allar orasidagi farq; Savodlilik darajasi; va boshqalar.

Bu ro'yxatni yana davom ettirish mumkin, ammo biz bularning ichida eng muhimlarini qaraymiz:

XULOSA

Shuni ta'kidlash joizki, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YaMM (sotib olish qobilitini hisobga olganda), hamda savodxonlik darajasining hayot davomiyligiga ta'siri yetarlicha katta. Va ular orqali biz bashorat qilishimiz mumkin. Agar YaMM ni oshirsak va jon boshiga to'g'ri keladigan YaMMni orttira olsak, hayot davomiyligini uzaytirishga erishishimiz mumkin. YaMM ko'p bo'lishi mumkin ammo jon boshiga to'g'ri keladigan YaMM past darajada bo'lsa, hayot davomiyligi ham past bo'ladi. Jon boshiga to'g'ri keladigan YaMM ni oshirish uchun YaMM ni aholi o'sishiga nisbatan ko'proq o'stirishga erishish kerak. Masalan, 2021 yil O'zbekistonda YaMM o'sishi 4,8 % ni tashkil qildi aslida esa aholi 2 % ga o'sgani uchun haqiqiy o'sish 2,8 % ni tashkil qilgan. Shuning uchun ham biz o'z fuqarolarimizni ko'proq yashashini erishish uchun aholi sonini o'stirishga emas, balki ishlab chiqarishni ko'paytirishga harakat qilishimiz kerak.

Savodxonlik darajasi bilan esa teskari bog'liqlik mavjud. Demak, mamlakatda aholisi tarkibida qancha savodsiz odamlar ko'p bo'lsa, o'lim ham shuncha ko'p bo'ladi. Shuning uchun biz,

December, 2022

579

O'zbekistonda ta'limni sifatini yaxshilash kerak boladi. Bu teskari korrelyasiyani har xil talqin qilish mumkin. Masalan: o'z - o'ziga suiqasd qilish ham savodsizlik va irodasizlikdan kelib chiqadi. Yoki savodsizligi tufayli hayoti davomida moliyaviy qiynaladi va barvaqt kasal bo'lib olamdan o'tadi. Bundan esa quyidagicha xulosa qilish mumkin: O'zbekiston aholisining umrini uzaytirish uchun savodxonlikni oshirish va ishlab chiqarish va servis xizmatini kuchaytirish kerak (YaMM ni oshirish kerak).

Iqtisodiy ko'rsatkichlarning mamlakatlar aholisining o'rtacha yoshiga bog'liqlik jadvali.

Davlat Hay Savod Jini Ta'lim Sanitari Sog'liqni YaMM ning Ekologik Inflya Ishsizli

ot sizlik koeffitsi xarajatl ya bilan saqlash jon boshiga toza suv tsiya k

dav daraj yenti% ari ta'minl xarajatla nisbati (sotib bilan daraj darajasi

omi asi (YaMM anganli ri olish ta'minlan asi (%)

yligi (%) ning % k (%) (YaMM qobiliyatini ganlik (%)

(yil) i) % i) hisobga darajasi

olgan holda (%)

Y Xl Xl X3 X4 XS X6 X? Xs X9

Argentina 74 3 53 3,5 75 4 11324 65 17 18

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Australia 79 4 35,2 5,4 86 5,5 22448 99 11 13

Belarus 68 1 21,7 5,9 96 4,9 6518 84 12 14

Brasil 67 16 60 5,1 67 3,4 6317 72 19 12

Bulgaria 71 2 28,3 3,2 99 3,2 4914 82 11 9

Camerun 55 22 50 3 40 1 1444 41 14 11

China 70 17 40,3 2,3 21 2 3291 90 10 9

Hong Kong 79 8 30 2,9 100 2,1 20999 88 10 8

Ecuador 71 9 43,7 3,5 64 2,5 2605 70 22 18

Greece 78 4 32,7 3,1 96 5,3 14595 87 9 6

Honduras 70 27 53,7 3,6 65 2,7 2254 65 13 22

Hungary 63 45 30,8 4,6 94 4,1 10479 81 15 11

India 64 57 37,8 3,2 16 0,6 2149 81 17 19

Israil 78 4 35,5 7,6 100 7 14300 100 10 5

Italy 79 2 27,3 4,9 100 5,3 20751 80 8 7

Malaysia 75 18 48,5 4,9 94 1,3 7963 89 14 9

Mexico 72 9 53,7 4,9 66 2,8 7719 83 23 17

Nepal 58 61 36,7 3,2 6 1,3 1219 44 27 19

Niger 46 85 50,5 2,3 15 1,3 727 53 35 16

Romania 70 2 28,2 3,6 44 2,9 5656 62 9 7

Spain 79 3 32,5 5 100 5,6 16730 96 7 4

Tajikistan 68 1 30 2,2 67 6,6 981 69 28 25

Russia 67 1 48,7 3,5 85 4,5 6339 93 12 15

Uzbekistan 70 12 33,3 7,7 18 3,3 2092 57 25 20

Uruguay 74 3 42,3 3,3 61 1,9 8280 89 30 29

December, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

580

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

REFERENCES

1. Узбекистан Республикаси Президентининг П^-4412-сонли "Узбекистон Республикасининг сугурта бозорини ислох, килиш ва унинг жадал ривожланишини таъминлаш чора-тадбирлари тугрисида"ги ^арори. 2019 йил 2 август.

2. Dickson D.C.M., Hardy M.R., Waters H.R. Actuarial Mathematics for Life Contingent Risks. Cambridge University Press, 2013. — 512 p.

3. Ширяев А.Н. Основы стохастической финансовой математики. М. : МЦНМО, 2016. 461 с.

4. Ю.Н. Миронкина, Н.В.Звездина, М.А.Скорик, Л.В. Иванова.Актуарные расчёты. Учебник и практикум для бакалавриата и магистратуры / -М.:Издательство Юрайт , 2015.

5. Насретдинова Ш.С. (2017). Худудлар сугурта бозори.

6. Vladimir I. Rotar Actuarial models. The Mathematics of Insurance. 2015 by Taylor & Francis Group, 629 p.

7. Albrecher H., Beirlant J., Teugels J.L. Reinsurance: Actuarial and Statistical Aspects. Wiley, 2017. — 368 p.

8. Laurent J., Norberg A., Planchet F. (Eds.) Modelling in Life Insurance - A Management Perspective Springer, 2016. — 255 p.

December, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.