Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA ISLOMIY SUG‘URTA BOZORINING SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH MUAMMOLARI'

O‘ZBEKISTONDA ISLOMIY SUG‘URTA BOZORINING SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
327
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
takoful / sug‘urta / islom moliyasi / sug‘urta jamg‘armasi / sug‘urta operatori. / takoful / insurance / Islamic finance / insurance fund / insurance operator.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Husainova, Ra’no Abduxoliqovna, Isoxonov, Javlonxon Hasan O‘g‘li

Mazkur maqolada O‘zbekistonda islomiy sug‘urtatakofulni joriy etish va rivojlantirish masalalari bayon etilgan . O‘zbekistonda islomiy sug‘urtatakofulni tegishli infratuzilma va normativ-huquqiy baza bo‘lishi zarurligi ta’kidlab o‘tilgan. Islom moliyasining mohiiyati va uning zamonaviy moliyaviy instrumentlariga oid ilmiy yondashuvlarni tadqiq etish xamda takofulning ishlash mexanizmi va tipologiyasining ilmiy asoslarini ochib berish; sug’urta bozorida takofulning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmuni va uning roliga oid ilmiy-nazariy qarashlarini yoritib berish, sug’urta bozorida takofulning rivojlanishi va zamonaviy xolatini baholash masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE ISLAMIC INSURANCE MARKET IN UZBEKISTAN

This article describes the introduction and development of Islamic insurance in Uzbekistan. It was noted that Islamic insurance in Uzbekistan should have an appropriate infrastructure and regulatory framework. To study the scientific approaches to the essence of Islamic finance and its modern financial instruments, as well as to reveal the scientific basis of the mechanism and typology of takoful; the content of takoful as an economic category in the insurance market and scientific and theoretical views on its role, the development of takoful in the insurance market and the assessment of its current state.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA ISLOMIY SUG‘URTA BOZORINING SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH MUAMMOLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTONDA ISLOMIY SUG'URTA BOZORINING SHAKLLANISH

VA RIVOJLANISH MUAMMOLARI

Husainova Ra'no Abduxoliqovna,

Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi o'qituvchisi, yuridik

fanlar nomzodi E-mail: [email protected]

Isoxonov Javlonxon Hasan o'g'li,

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti E-mail: j avlonxonisoxonov87@gmail .com

Mazkur maqolada O'zbekistonda islomiy sug'urta- takofulni joriy etish va rivojlantirish masalalari bayon etilgan . O'zbekistonda islomiy sug'urta- takofulni tegishli infratuzilma va normativ-huquqiy baza bo 'lishi zarurligi ta 'kidlab o 'tilgan.

Islom moliyasining mohiiyati va uning zamonaviy moliyaviy instrumentlariga oid ilmiy yondashuvlarni tadqiq etish xamda takofulning ishlash mexanizmi va tipologiyasining ilmiy asoslarini ochib berish; sug'urta bozorida takofulning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmuni va uning roliga oid ilmiy-nazariy qarashlarini yoritib berish, sug 'urta bozorida takofulning rivojlanishi va zamonaviy xolatini baholash masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: takoful, sug'urta, islom moliyasi, sug'urta jamg'armasi, sug'urta operatori.

Хусаинова Рано Абдухоликовна,

Преподавател кафедры предпринимателского права Ташкентского государственного юридического университета, кандидат юридических наук

husainovarano@gmail. com Исахонов Джавлонхон Хасан углы, Магистр Ташкентского государственного юридического университета

[email protected]

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассказывается о внедрении и развитии исламского страхования в Узбекистане. Было отмечено, что исламское страхование в

ANNOTATSIYA

ПРОБЛЕМЫ ФОРМИРОВАНИЯ И РАЗВИТИЯ ИСЛАМСКОГО СТРАХОВОГО РЫНКА В УЗБЕКИСТАНЕ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Узбекистане должно иметь соответствующую инфраструктуру и нормативно-правовую базу.

Изучить научные подходы к сущности исламских финансов и их современных финансовых инструментов, а также раскрыть научную основу механизма и типологии такофула; содержание такофула как экономической категории на страховом рынке и научно-теоретические взгляды на его роль, развитие такофула на страховом рынке и оценка его современного состояния.

Ключевые слова: такофул, страхование, исламские финансы, страховой фонд, страховой оператор.

PROBLEMS OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE ISLAMIC

Lecturer at the Department of Entrepreneurial Law of the Tashkent State Law

This article describes the introduction and development of Islamic insurance in Uzbekistan. It was noted that Islamic insurance in Uzbekistan should have an appropriate infrastructure and regulatory framework.

To study the scientific approaches to the essence of Islamic finance and its modern financial instruments, as well as to reveal the scientific basis of the mechanism and typology of takoful; the content of takoful as an economic category in the insurance market and scientific and theoretical views on its role, the development of takoful in the insurance market and the assessment of its current state.

Keywords: takoful, insurance, Islamic finance, insurance fund, insurance operator.

O'zaro sug'urtaning rivojlanishi O'zbekistonda sug'urta institutini takomillashtirishda, shuningdek tadbirkorlik va aholini turli hil xavflardan himoya qilishda, jumladan tabiiy ofatlar natijasida yetgan zararlarni qoplashda, oila o'z boquvchisini yo'qotganda, o'zini endi tiklab olgan oilalar yana eski holatiga tushib

INSURANCE MARKET IN UZBEKISTAN

Khusainova Rano Abdukholikovna,

University, Candidate of Legal Sciences

Email: [email protected] Isakhonov Javlonkhon Khasan ugli,

Master of Tashkent State Law University Email: [email protected]

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qolishdan saqlanishda, kutilmagan yong'in oqibatida boshpanasiz qolganlarga va tirikchilik manbai bo'lgan tadbirkorning faoliyati to'xtab qolganda qo'l keladi hamda o'zaro yordam ruhini shakllantirishda muhim o'rin tutadi. Bundan tashqari, mamlakat iqtisodiyotiga o'zaro sug'urta fondlaridagi bo'sh mablag'larni jalb qilish katta ahamiyatga egadir. Islom moliyasining moxiyati va uning zamonaviy moliyaviy instrumentlariga oid ilmiy yondashuvlarni tadqiq etish xamda takofulning ishlash mexanizmi va tipologiyasining ilmiy asoslarini ochib berish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Sug'urta bozorida takofulning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmuni va uning roliga oid ilmiy-nazariy qarashlarini yoritib berishda bugungi kun qonunchiligi asosida o'rganish lozim. Maqolada O'zbekistonda islomiy sug'urta - takofulni joriy etish istiqbollari yoritilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida 'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning asarlaridan keng foydalanildi, shuningdek Sh.M. Mirziyoyevning 2019 yil 10 iyuldagi sug'urta xizmatlari bozorini rivojlantirish masalalari bo'yicha yig'ilishdagi nutqi metogologik manba sifatida olindi.

Mazkur maqolani yoritish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 apreldagi 5464-sonli Farmoyishiga muvofiq o'zaro sug'urta institutini rivojlantirishga qaratilgan shart-sharoitlarni yaratish O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining yangi tahririda o'zini aksini topishi lozimligi rejalashtirilgan. 1 Xalqaro islomiy moliya institutlarining mablag'larini O'zbekistonga kiritish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmokda. Buning uchun tegishli infratuzilma va normativ-huquqiy baza bo'lishi zarur.

Mutaxassislarning fikricha takoful islomiy banksiz faoliyat yuritaverishi mumkin, lekin islomiy bank takofulsiz ishlay olmaydi. Chunki Islomda xatarlardan saqlanish va ularni oldini olish joizdir, biroq bu faoliyat ruxsat berilgan shakl va tamoyillarga ko'ra amalga oshirilishi lozimdir, bank va moliya sohasida esa o'ziga yarasha, jumladan to'lov qobiliyati bilan bog'liq bir qator tavakkalchiliklar mavjud. Shu sababli mamlakatimizga islomiy bank va moliya institutlarining mablag'larini jalb qilish uchun takofulni rivojlantirish katta ahamiyatga ega.

1 https://www.lex.uz/ru/docs/-4272621O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 apreldagi 5464-sonli

Farmoyishi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Sug'urta bozorida takofulning rivojlanishi va zamonaviy xolatini baxolash; takoful moliyaviy instrumentining iqtisodiyot taraqqiiyotiga ta'sirini ekonometrik taxlillar orqali asoslash; xalkaro tajribada takofulni joriy etishning ilgor mexanizmini tadqiq qilish va uziga xos xususiyatlarini aniqlash masalalari yoritilishi lozim.

O'zbekiston iqtisodiyotiga takofulni joriy kilishning tashkiliy-xuquqiy asoslarini taxlil qilish va O'zbekiston iqtisodiyotiga takofulnini joriy etish va rivojlantirish bo'yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. O'zbekistonda takoful instrumentidan mushoraka, mudoraba, murobaxa, salam, istisno xamda ijara kelishuvlari tamoyillari asosida foydalanish taklif etilgan.

Takofulni yangi moliyaviy instrument sifatida joriy kilishning ilgor xorijiy tajribaga asoslangan ustuvor vazifalarini aks ettiruvchi konstruktiv bosqichlari ishlab chiqilishi lozim. Bugungi kunda jahon bozori konyukturasidagi keskin o'zgarishlar, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur'atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro'yobga chiqarishni taqozo etmoqdaki, buni e'tiborga olgan holda mamlkatimizda qabul qilingan 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo'nalishida makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolishda bir necha vazifalar belgilanib olindi. Shulardan biri sug'urta va lizing hamda boshqa moliyaviy xizmatlar hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobidan kengaytirish, shuningdek, kapitalni jalb qilish hamda moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirishdir.2

O'zbekiston iqtisodiyotiga takofulni joriy qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini va mexanizmlarini ishlab chiqish sug'urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir tomondan, ijtimoiy kafolatni ta'minlasa, ikkinchi tomondan, shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug'urta risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot subyektlari manfaatlarining himoyasini ham o'z zimmasiga oladi.3

Mamlakatimizda bosqichma - bosqich bozor munosabatlari shakllanishi va rivojlanishi, iqtisodiyot subyektlarining yuksak darajadagi iqtisodiy mustaqilligi,

2 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson mafaatlari yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturini o'rganish bo'yicha ilmiyuslubiy qo'llanma. Toshkent-2017.

3 B.Jurayev. (tarj.) "Islomiy moliya va bank tizimi", "O'zbekiston" Toshkent 2019-y 380-b.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

erkinligi darajasi ortib borayotgan jarayonda doimo risklar mavjud bo'lishi kuzatiladi. Ular manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo'lgan va doimiy takrorlanib turadigan risklarni qayta taqsimlash, ya'ni o'ziga xos bo'lgan maxsus xizmat bilan sug'urta shug'ullanadi. Sug'urta xizmati bahosining yuqori chegarasi talab hajmi va bank foizining miqdori bilan aniqlanadi. Sug'urta xizmatining ma'lum bir turiga yetarli darajada talab mavjud bo'lganda, sug'urta tashkiloti mazkur xizmat bahosini yuqori darajada saqlab turishi mumkin. Lekin, vaqt o'tishi bilan bozorda sug'urta xizmati ko'rsatishturlarining ko'payishi bilan, o'z-o'zidan tarif stavkalari kamayadi.

Sug'urta kompaniyalarining tashkiliy shakliga ko'ra 5 ta turi faoliyat yuritadi.Sug'urta bozori hududiy joylashuviga qarab xalqaro, mintaqaviy va milliy sug'urta bozorlariga bo'linadi. Milliy sug'urta bozori biron-bir mamlakat hududidagi sug'urta muassasalarini va ularni faoliyatini o'z tarkibiga oladi. Jahondagi eng yirik milliy sug'urta bozori Amerika Qo'shma shtatlaridir. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda yig'iladigan sug'urta tushumlarining 43 foizdan ortig'i AQSh hissasiga to'g'ri keladi. Bu yerda hayotni sug'urta qiluvchi 2600 dan ortiq va boshqadavlat sug'urta kompaniyalarida davlat sug'urtachi sifatida ishtirok etadi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli Qarori sug'urta faoliyatida muhim yangilik bo'ldi. Ilk bor sug'urtalovchilarning ustav kapitaliga eng kam miqdorlar belgilandi. Sug'urtalovchilar va sug'urta brokerlarining sug'urta faoliyatini litsenziyalash to'g'risida nizom, sug'urta faoli yati klassifikatori tasdiqlandi.4

Ushbu qaror sug'urta bozorini yanada rivojlantirish, raqobatni kuchaytirish, sug'urta faoliyatining zamonaviy va yangi turlarini yaratish, sug'urtalaovchilarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug'urtani nazorat qilish shakllarini takomillashtirish bo'yicha muhim hujjat bo'ldi. Milliy sug'urta bozorini yanada isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taminlash, sug'urta xizmatlarining talab yuqori bo'lgan yangi turlar ini joriy etish, iste'molchilarning sug'urta bozoriga bo'lgan ishonchini oshirish maqsadida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasining sug'urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taminlash chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4412-son qarori bilan mamlakatimizda sug'urta kompaniyalari ustav fondining minimal miqdoriga qo'yilgan talablar o'zgardi.5

4 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasining sug'urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taminlash chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4412-son qarori

5 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasining sug'urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taminlash chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4412-son qarori

29

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Islomiy moliya tarmog'i bugungi kunda jahonda jadal rivojlanib borayotgan va innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini o'zida jamlagan sohalardan biri hisoblanadi. Yuqorida islohatlar ijrosi sifatida O'zbekiston islomiy sug'urta-takofulni joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.

2019-yil may oyida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o'n to'qqizinchi yalpi majlisida Senat raisi N.Yo'ldoshev (o'sha davrda) sug'urtabozoridagi kamchiliklar haqida to'xtalib, o'z fikrlarin bildirdi: "Qonunchilikdagi bo'shliqlar, ayrim vazirlik va idoralar mas'ullarining sovuqqonligi va e'tiborsizligi oqibatida milliardlab mablag'lar mamlakat iqtisodiyoti rivojiga jalb etilmasdan, chetga chiqib ketmoqda. Xususan, bundan 15 yil avval qabul qilingan va takomillashtirilmagan "Sug'urta faoliyati to'g'risida"gi qonun sug'urta bozoridagi zamonaviy talablarga javob bermay qolgan. Moliya vazirligi huzuridagi bor yo'g'i 6 nafar xodim ishlaydigan sug'urta nazorati inspeksiyasi "nazorat qilmoqda"Mazkur tashkilot o'z zimmasidagi vakolat hamda vazifalarini to'laqonli amalga oshirish imkoniyatiga ega emas. U aksariyat hollarda tegishli hisobotlarni umumlashtirish bilangina shug'ullanmoqda. Oqibatda mamlakat sug'urta bozori nazoratdan deyarli chetda qolib ketmoqda. Bu esa, faqat o'z manfaatlari yo'lida ishlaydigan ayrim sug'urta tashkilotlari va ularning rahbarlariga qo'l kelmoqda"6.

Ma'lumki, jahon amaliyotida yirik tavakkallarni sug'urtalashda mamlakatdagi bir necha sug'urta tashkilotlarini guruhlarga, jamiyatlarga yoki uyushmalarga jamlash orqali, qayta sug'urtalash tashkilotlarini tuzish tajribasi XIX asrdayoq yo'lga qo'yilgan. Mamlakatimizda esa, shu kunga qadar bu muhim mexanizmdan foydalanilmayapti. Qonunosti hujjatlaridagi turli to'siq va cheklovlar esa, mazkur mablag'lardan samarali foydalanish, jumladan, ularni sug'urta kompaniyalarining ustav kapitaliga jalb etish imkonini bermaydi. Bir so'z bilan aytganda, qonun hujjatlaridagi eskirgan normalar, tafovutlar, chalkashliklar va boshqa kamchiliklar bu kompaniyalar uchun istiqbol eshiklarini yopib qo'ygan. Sug'urta sohasidagi og'riqli nuqtalardan yana biri kadrlar salohiyati bilan bog'liqdir. Bugungi kunda soha xodimlarining bor yo'g'i 32 foizi oliy va 30 foizi o'rta maxsus ma'lumotga ega7. Boz ustiga, ularning aksariyati sug'urtaga aloqasi bo'lmagan kasb egalaridir. Bu kabi ko'plab muammolar sug'urta bozorining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushiga ham salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Islohotlarning hozirgi bosqichida iqtisodiyotning barqaror o'sishini taminlashga, aholi hayotining sifati va darajasini oshirishga yo'naltirilgan moliyaviy

6 https://www.senat.uz/ - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatning rasmiy sayti.

7 http://www.mf.uz - O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

xizmatlarni faol rivojlantirish respublikada sug'urta bozorining rolini kuchaytirishni va sug'urta vositalarini keng qo'llashni taqozo etmoqdaki, ushbu xususida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev sug'urta xizmatlari bozorini rivojlantirish masalalari bo'yicha o'tkazgan yig'ilishida quyidagi fiklarni bildirdilar: "Sohaga nazoratchi emas, ilg'or va zamonaviy standartlarni joriy etadigan, barcha ishtirokchilar o'rtasida chinakam raqobat muhitini yaratib, sug'urta bozorini rivojlantiradigan tuzilma kerak"8.

Shu bois, Moliya vazirligi huzuridagi Sug'urta nazorati davlat inspektsiyasi tugatilib, Sug'urta bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Shuningdek, sug'urta sohasini o'rta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, 2022 yilgacha aholi jon boshiga to'g'ri keladigan sug'urta mukofoti hajmini 3 baravar, sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini esa 2 barobar oshirish vazifasi qo'yilgandi9.

Mamlakatimizda sug'urta bozorini rivojlantirish masalalari o'rganish natijasida quyidagi xulosalar shakllandi:

Birinchidan, bugungi kunda mamlakatimiz milliy sug'urta bozori nisbatan tez rivojlanayotgan bo'lsada, bugungi kun jahon talablariga to'liq javob bera olmaydi. Sug'urta bozorida uning turlarini ko'paytirsh va yangi mexanizmlarini ishlab chiqish lozim. Bu o'rinda islomiy sig'urta-takoful mexanizmlaridan foydalanish zarur.

Ikkinchidan, sug'urta xizmatidan foydalanayotgan va foydalanishi mumkin bo'lgan aholining aksariyat qismi, sug'urta haqida to'liq ma'lumotga ega emas. Holbuki, bu sug'urta turiga talabning ortishi sug'urtalanuvchi va sug'urtalanuvchiga moliyaviy holatini yaxshilashda o'zining salmoqli xissasini qo'shadi. Yuridik shaxslar sug'urta qildirishi uchun, birinchi navbatda, ularga ishonch kerak. Jismoniy shaxslarga esa to'g'ri ma'lumot. Ma'lumotlar to'g'ri va to'liq bo'lishi ularni sug'urtadan to'g'ri va maqsadli foydalanishga jalb qiladi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun sug'urta bozoriga malakali mutaxasislar talab etiladi. Sug'urta kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan aksariyat hodimlar sug'urta ishining mutaxassisi emas. Bir bo'lim xodimi ikkinchi bo'lim xodimining faoliyati, amalga oshirayotgan ishlari haqida ma'lumotga egae mas.

Agentlar faoliyatida ham xuddi shunday muammo mavjud. Natijada sug'urtalanmoqchi bo'lgan shaxsga sug'urtaxizmatlari to'g'ri va to'liq yetkazilmaganligi natijasida aholi to'liq ma'lumotga ega bo'lmasdan sug'urtaga

8 Mirziyoyev Sh., 2019 yil 10 iyuldagi sug'urta xizmatlari bozorini rivojlantirish masalalari bo 'yicha yig'ilish. https://sputniknews-uz.com/

9 http://www.mf.uz - O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti

31

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bo'lgan talabning pasayishi va faoliyatga nisbatan ishonmaslik holatlari yuzaga kelmoqda. Yuqorida qayd etilgan muammolarni bartaraf etish maqsadida, quyidagi takliflarni berish mumkin:

Birinchidan mamlakatimiz sug'urta bozorini rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetkazishning eng muhim va asosiy omillaridan biri bu, O'zbekistonda xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda ayniqsa Malayziya, Singapur , AQSH kabi davlatlar tajribasini o'rgangan holda o'zaro sug'urtani joriy etishdir va bunda davlatning tashabbuskorligidan foydalanish sug'urta sohasidagi bugungi kunning dolzarb masalasidir. Mamlakatda o'zaro islomiy sug'urtani joriy etish uchun avvalambor uning huquqiy ta'minotini yo'lga qo'yish, o'zaro sug'urtani rivojlantirish maqsadida ushbu sohaga taalluqli imtiyoz va preferensiyalarni taqdim etish zarur deb hisoblaymiz. Shunday holatda o'zaro sug'urta, sug'urtaning alohida shakli sifatida tijorat sug'urtasi bilan parallel ravishda rivojlanadi va ko'p sonli potensial sug'urtalanuvchilarni sug'urtaga jalb etish barobarida fuqarolarning moddiy farovonligini oshishida, ularning tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq tavakkalchiliklarini kafolatlashda, korxona va tashkilotlarning barqaror faoliyat ko'rsatishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

Ikkinchidan, sug'urta faoliyatini rivojlanishi uchun sug'urta xizmatlarini keng ko'lamda reklama qilish samarali natija beradi. Eng ommabop bo'lgan ijtimoiy tarmoqlar: telegram, instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda sug'urta xizmatlari va uning afzalliklari haqida ma'lumot berib turish. Misol uchun sug'urta xizmatlari bo'yicha telegramda bir kanal ochib, bu haqida boshqa kanallarga ma'lumot tashlash orqali, aholini sug'urta kanaliga a'zo qilish va sug'urta faoliyatining yangiliklaridan muntazam ravishda xabardor qilib turish mumkin. Ya'ni, aholining sug'urtaga bo'lgan ishonchini ortishini ta'minlash maqsadida sug'urtaga nisbatan aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ya'ni sug'urta to'g'risida qabul qilingan qonun, qarorlar to'g'risida va sug'urta faoliyati qonun bilan himoyalanishi to'g'risida mijozlarga muntazam ravishda ma'lumotlar berib borish mumkin.

Xalqaro islomiy moliya institutlarining mablag'larini O'zbekistonga kiritish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmokda. Buning uchun tegishli infratuzilma va normativ-huquqiy baza bo'lishi zarur.

Mutaxassislarning fikricha takoful islomiy banksiz faoliyat yuritaverishi mumkin, lekin islomiy bank takofulsiz ishlay olmaydi. Chunki Islomda xatarlardan saqlanish va ularni oldini olish joizdir, biroq bu faoliyat ruxsat berilgan shakl va

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tamoyillarga ko'ra amalga oshirilishi lozimdir, bank va moliya sohasida esa o'ziga yarasha, jumladan to'lov qobiliyati bilan bog'liq bir qator tavakkalchiliklar mavjud. Shu sababli mamlakatimizga islomiy bank va moliya institutlarining mablag'larini jalb qilish uchun takofulni rivojlantirish katta ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson mafaatlari yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturini o'rganish bo'yicha ilmiyuslubiy qo'llanma. Toshkent-2017.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasining sug'urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taminlash chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4412-son qarori

3. Jurayev B. (tarj.) "Islomiy moliya va bank tizimi", "O'zbekiston" Toshkent2019y

4. Baydaulet E.A. "Islom moliya asoslari", "O'zbekiston" Toshkent 2019y.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasining sug'urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taminlash chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4412-son qarori

6. Bekken R.I. "Islom iqtisodiy modeli va zamon", "O'zbekiston" Toshkent 2019-y

7. https://www.senat.uz/ - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatning rasmiy sayti.

8. Mirziyoyev Sh., 2019 yil 10 iyuldagi sug'urta xizmatlari bozorini rivojlantirish masalalari bo 'yicha yig'ilish. https://sputniknews-uz.com/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.