Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA ISLOM BANKINI JORIY ETISH MASALALARI'

O‘ZBEKISTONDA ISLOM BANKINI JORIY ETISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
324
90
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
An’anaviy bank / islom moliyasi / sudxo‘rlik / islom bank tizimi / Islom Taraqqiyot Banki / sukuk / zakot / takoful. / Traditional banking / Islamic finance / usury / Islamic banking system / Islamic Development Bank / sukuk / zakat / takoful.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Erjigitov, Norboy Xolboy O‘g‘li

Ushbu maqolada O‘zbekistonda qo‘llaniladigan bank tizimi haqida ma’lumot berilgan. Islom banklarining tavsifi keltirilgan. Ularning o‘ziga xos, an’anaviy bank tizimidan farqli jihatlari, yoritilgan. Xalqaro islom moliyaviy muassasalari bilan davlatimiz o‘rtasidagi hamkorlikning ayrim jabhalariga to‘xtalilgan. Bu bank tizimining afzalliklari, O‘zbekistonda uni joriy qilishning foydali tomonlari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF REPRESENTATION OF ISLAM BANK IN UZBEKISTAN

This article provides information about the banking system used in Uzbekistan. A description of Islamic banks is given. They differ from the traditional banking system. The sides focused on the aspects of cooperation between international Islamic financial institutions and our country. The advantages of this banking system and the benefits of its introduction in Uzbekistan were discussed.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA ISLOM BANKINI JORIY ETISH MASALALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTONDA ISLOM BANKINI JORIY ETISH MASALALARI

Erjigitov Norboy Xolboy o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti E-mail: norboyerjigitov@gmail .com

Tel: +998 93 511-67-73

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekistonda qo'llaniladigan bank tizimi haqida ma'lumot berilgan. Islom banklarining tavsifi keltirilgan. Ularning o'ziga xos, an 'anaviy bank tizimidan farqli jihatlari, yoritilgan. Xalqaro islom moliyaviy muassasalari bilan davlatimiz o'rtasidagi hamkorlikning ayrim jabhalariga to'xtalilgan. Bu bank tizimining afzalliklari, O'zbekistonda uni joriy qilishning foydali tomonlari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: An'anaviy bank, islom moliyasi, sudxo'rlik, islom bank tizimi, Islom Taraqqiyot Banki, sukuk, zakot, takoful.

ВОПРОСЫ ПРЕДСТАВЛЕНИЯ ИСЛАМСКОГО БАНКА В

УЗБЕКИСТАНЕ

Эржигитов Норбой Холбой оглы

Магистр Ташкентского государственного юридического университета Электронная почта: [email protected]

В данной статье представлена информация о банковской системе, используемой в Узбекистане. Дано описание исламских банков. Они отличаются от традиционной банковской системы. Он коснулся аспектов сотрудничества между международными исламскими финансовыми институтами и нашей страной. Были обсуждены преимущества данной банковской системы и преимущества ее внедрения в Узбекистане.

Ключевые слова: традиционный банкинг, исламские финансы, ростовщичество, исламская банковская система, Исламский банк развития, сукук, закят, такофул.

Тел: +998 93 511-67-73

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

ISLAMIC BANK INTRODUCTION ISSUES IN UZBEKISTAN

Erjigitov Norboy Kholboy ugli

Master of Tashkent State Law University E-mail: norboyerj igitov@gmail .com Tel: +998 93 511-67-73

ABSTRACT

This article provides information about the banking system used in Uzbekistan. A description of Islamic banks is given. They differ from the traditional banking system. The sides focused on the aspects of cooperation between international Islamic financial institutions and our country. The advantages of this banking system and the benefits of its introduction in Uzbekistan were discussed.

Keywords: Traditional banking, Islamic finance, usury, Islamic banking system, Islamic Development Bank, sukuk, zakat, takoful.

KIRISH

Bilamizki, O'zbekiston dunyoviy mamlakat hisoblanadi. Bu konstitutsiyada ham o'z aksini topgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida aytilganki: hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi.1 Shu va boshqa asoslarga ko'ra mamlakat moliyaviy munosabatlarida ham an'anaviy bank tizimi yo'lga qo'yilgan. Bu tizimning asosini esa foizga asoslangan kreditlash tashkil etadi.

An'anaviy moliyalashtirish foizga asoslangan kredit shaklida amalga oshirilar ekan, islomda mazkur faoliyatga zid bo'lgan tizim ishlab chiqildi. Shariatga muvofiq berilgan qarzni foiz bilan qaytarib olish sudxo'rlik (ribo) deyiladi hamda xarom hisoblanadi. Islom huquqi hech qanday shaklda sudxo'rlikka ruxsat bermaydi. Bu borada iqtisodchi olim M.Archakova-Ujaxovaning quyidagi fikrlari e'tiborga loyiq: "Foiz - riboning taqiqlanishi ikki moliyaviy tizim: an'anaviy va islom moliyasi o'rtasidagi asosiy g'ov bo'lib, bir-biridan farqlantiruvchi muhim omil hisoblanadi.2 Mamlakatimizda esa aholining katta qismini musulmonlar tashkil etadi. Ularning ko'pchiligi foizga asoslangan kredit tizimini afzal ko'rishmaydi, ayrimlari esa u tizimdan foydalanishni xohlashmaydi. Bu esa yurtimizda islom bank tizimiga ehtiyojni vujudga keltirmoqda. Chunki islom bank tizimida foizlar mavjud emas.

1 Qonunchilik та'1итойап тШу bazasi, 28.04.2021-У., 03/21/687/0380^^

2 Арчакова-Ужахова М.Б. Исламские финансовые инструменты как альтернативный способ привлечения инвестиций // Глобальные рынки и финансовый инжиниринг. - 2017. - Том 4. - № 2. - С. 133-146.

321

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Islom moliyasini qo'llash borasida O'zbekiston hamda bir qator xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, nufuzli banklar o'rtasida yaqin aloqalar asr boshlarida o'rnatildi. Dastlab 2003 yil O'zbekiston Respublikasi Islom Taraqqiyot Bankiga a'zo bo'ldi. Qisqa muddatda tomonlar o'rtasida faol hamkorlik natijasida jalb qilinadigan investisiyalar miqdori jiddiy suratda o'sdi. Ma'lumotlarga ko'ra ayni paytda ITBning O'zbekistondagi portfeli Markaziy Osiyo hududida eng yirik (1,8 mlrd. Dollardan ziyod) hisoblanadi. Mazkur yo'nalishlardagi ishlar davom ettirilib Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 21 dekabrdagi 596-sonli qarori bilan O'zbekiston Islom Taraqqiyot Banki guruhi tarkibiga kiruvchi Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi (XSRIK) va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (XISMK)ga a'zo bo'ldi hamda o'zaro munosabatlar o'rnatildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

2006 yildan boshlab XISMK mahalliy tijorat banklari va tadbirkorlar bilan yaqindan hamkorlik qilib keladi. Binobarin, murobaha moliyalashtirish usuli orqali tijorat banklariga moliyalashtirish amalga oshirilmoqda. Mazkur mablag'lardan O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, qayta ishlash va iqtisodiyotning boshqa sohalarida ishlab kelayotgan korxonalar o'z faoliyatlarini yanada rivojlantirish uchun foydalanadilar.

Islom Taraqqiyot Bankining O'zbekistondagi vakili H.Hasanovning fikriga ko'ra ushbu yo'nalishda XSRIK shu kungacha 15 ta tijorat banklari va 2 ta lizing kompaniyasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan va bugungi kungacha banklarga 285 million AQSh dollari miqdorida moliyalashtirish liniyalarini ajratish ma'qullangan.3

Chorak asr davomida O'zbekiston moliya tarmog'ida olib borilgan islohotlar, tizimni modernizatsiya qilish ishlarining natijasi shuni ko'rsatadiki, mamlakatda moliyasida islom investitsiya fondlari faoliyati tashkil qilinmadi, banklar tomonidan mijozlarga islom moliyasi xizmatlarini ko'rsatish yo'lga qo'yilmadi. Soha islohotlari yuqori bosqichga ko'tarilmadi, balki dastlabki yillarda qilingan bir qancha yangilanishlar bilan cheklanib qoldi. Islom moliyasi tuzilmalarini milliy moliya tizimida qo'llash masalalariga yillar mobaynida e'tibor qaratilmadi. Hukumatning tegishli qaror va dasturlari ishlab chiqilmadi. Oqibatda islom moliyasini milliy moliya tizimida qo'llashning huquqiy asoslari, mazkur munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari yaratilganicha yo'q.

Dunyo moliya bozori tinimsiz taraqqiy etar ekan mazkur sohani doimiy isloh qilish kun tartibiga kirishi lozim. Shu zaylda O'zbekistonda islom moliyasi joriy

1 WWW.Uzanalytics.com.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

etilishi bugungi kun talabiga aylanib bormoqda. 2020 yil boshida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi doirasida "O'zbekistonda islomiy moliya mahsulotlari tahlili" bo'yicha amalga oshirilgan tadqiqot va uning doirasida o'tkazilgan so'rovnoma natijalarida bank kreditlarining yuqori foiz darajasi va moliyalashtirishning murakkabligi ko'rsatilgan bo'lib, agar mamlakatda islom moliya xizmatlari tashkil etilsa, yuqoridagi so'rovnomada ishtirok etgan qatnashuvchilarning aksariyati ushbu muassasa xizmatlaridan foydalanishlari mumkinligini e'tirof etdi. Shuningdek, iqtisodchi Berna Bayazit ta'kidlashicha O'zbekistonda aholining 30 foizi diniy qarashlarga ko'ra moliya xizmatlaridan foydalanmasligi, aholining 5 foizigina o'z jamg'armalarini tijorat banklarida saqlashi, iste'mol kreditidan aholining bor yo'g'i 12 foizi foydalanishini ma'lum qildi Agar islom moliyasi muassasalari faoliyati tashkil etilsa, bu ko'rsatkichlar yaxshilanishi, ya'ni aholining ko'proq qismi moliyaviy xizmatlardan foydalanishi, yashirin iqtisodiyotning moliya bozoridagi ulushi sezilarli darajada pasayishi, mablag'lar bank tizimiga o'tishi mumkin.

O'zbekiston milliy moliya tizimida islom banklari faoliyatini yo'lga qo'yishning bir qancha afzalliklari mavjud. Masalan, islom moliya xizmatlarining kirib kelishi an'anaviy moliyalashtirish bilan raqobatni vujudga keltiradi. Bu esa har ikkala tizimning takomillashuviga xizmat qiladi. Iste'molchilarga beriladigan takliflar hajmi va sifati ortadi. O'z o'rnida mamlakat moliyaviy qudrati sezilarli darajada oshadi. Islom moliyasining ijtimoiy himoya vositalari - zakot, vaqf va sadaqa mexanizmlarining joriy etilishi ulkan foyda keltirishi mumkin. Bu borada turkiyalik mutaxassis Nihat Gumushning fikricha O'zbekiston aholisi soni va undagi musulmonlar ulushi, yalpi ichki mahsuloti va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlar asosida O'zbekistonda bir yilda 500 million - 1,5 milliard AQSh dollari atrofida zakot yig'iladi. Ushbu mablag'lar orqali ijtimoiy, sanitariya, ta'limdagi muammolar bartaraf etilishi mumkin. Aholining aksari musulmon bo'lganligi tufayli investitsiya fondlari ko'rsatadigan xizmatlarga bo'lgan talab har doim yuqori bo'ladi. Mablag'larni o'zlashtirish ko'rsatkichlari oshib boradi. Natijada turli sohalarga pul mablag'lari kiritiladi va tadbirkorlikning bir qancha sohalari gullab yashnaydi.

Mazkur muammo va imkoniyatlarni hisobga olgan holda 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan PF 4947-son Farmon bilan belgilangan O'zbekiston rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasi asosida mamlakat moliya va bank tizimini isloh qilish belgilandi.

Davlat hayotiga oid bajarilishi ko'zda tutilgan har qanday muhim vazifalar oldidan, albatta, mazkur sohaga tegishli qonun hujjatlari, hukumat qarorlari, dasturlar

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ishlab chiqiladi. Shu tufayli islom investitsiyalari faoliyatini milliy moliya tizimiga tatbiq qilish uchun dastlab uning huquqiy asosi yaratilishi lozim.

O'tgan davr davomida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 27 avgustdagi 371-sonli qarori va 2004 yil 21 dekabrdagi qaroriga asosan amalga oshirildi. Ularga ko'ra O'zbekiston hukumati ITB va XSRIKni tashkil etish to'g'risidagi kelishuv moddalarini qabul qilgan. Biroq bu qonun hujjatlari islom moliyasi instrumentlarini joriy qilish uchun yetarli bo'lmadi.

Modomiki, milliy moliya tizimini islom moliyasi tuzilmalari orqali isloh qilish ko'zda tutilgan ekan. Avvalo, mazkur sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi lozim. Shu tufayli 2019 yil 11 sentyabrt kuni "Taraqqiyot strategiyasi" markazida "O'zbekistonda Respublikasida islom moliyasini rivojlantirish istiqbollari" mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida Senat raisi birinchi o'rinbosari Sodiq Safoyev "...Biz shuni tan olishimiz kerakki, O'zbekistonda bu borada amaliy qadamlar tashlangani yo'q. Vaholanki, hukumat tomonidan bu sohaning muhimligi va undan unumli foydalanish, rivojlantirish ishlarini boshlash to'g'risidagi qaror qabul qilingan va barcha davlat idoralariga yetkazilgan edi. O'zbekistonda amaliy qadamlar tashlangani yo'q. Bundagi asosiy masala - hozirda mavjud banklarda islom moliyasi darchalari yoki alohida islom banklarini ta'sis etish huquqiy-normativ hujjatlar bazasini takomillashtirishni taqozo etadi" - deya fikr bildirar ekan - "Bugungi kunda xorijiy mamlakatlar, xususan, Buyuk Britaniya, Malayziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkiya va boshqalarning tajribasini o'rganish, bu borada qonunchilikni tashkil qilish sohaning rivoji uchun eng muhim masala ekanligi namoyon bo'lmoqda"4

Islom moliyasi bo'yicha milliy qonunchilikni yaratish maqsadida "O'zbekiston Respublikasida islom bankchiligi va moliyasi infratuzilmasini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident qarori loyihasi ishlab chiqilgan edi. Mazkur normativ hujjat asosida foizga asosolangan to'lovlarni (ribo) taqiqilash, foyda va zararni tadbirkor bilan teng taqsimlashni joriy qilish, islomiy moliyalashtirish tamoyillari asosidagi sug'urta faoliyati (takoful), lizing faoliyati (ijara), qimmatli qog'ozlar bilan bog'liq operatsiyalar (sukuk) va boshqalarni amalga oshirish bo'yicha normativ-huquqiy aktlarni ishlab chiqilishi ko'zda tutilgan edi. Ammo sohada islohotlarni inqilobiy emas, balki aniq reja asosida amalga oshirish, bu borada aholining islomiy-huquqiy ongini oshirish talab etilganligi tufayli ushbu qaror qabul qilinmadi. Shu vajdan islom moliyasini bosqichma-bosqich implimentatsiya qilish uchun dastlab 2021 yilda Markaziy bank islom moliyasi kontseptsiyasini o'z ichiga olgan "Nobank kredit tashkilotlari to'g'risida"gi Qonun loyihasini ishlab chiqishni

4 WWW.Azon.uz.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

rejalashtirmoqda. Mazkur qonun hujjatida islom moliyasi tushunchasi hamda tarkibiy tuzilmalari kiritilishi, islomiy moliyalashtirish xizmatlaridan foydalanishga ruxsat berish ko'zda tutilgan.

Shuningdek, Oliy Majlisning bir qator deputatlari islom moliyasini qo'llash amaliyoti ijobiy samara berayotganligini, islomiy davlat bo'lmasa-da Buyuk Britaniyada islomiy moliya xizmatlarini ko'rsatish tobora ommalashib borayotganligini ta'kidlashmoqda. Jumladan, deputat Jahongir Abdurasulov: "Shu o'rinda ushbu tizim an'anaviy bank-moliya tizimining muqobili sifatida Islom hamkorlik tashkiloti a'zolari bo'lmagan davlatlarda ham tobora ommalashayotganini ta'kidlash joiz. O'tkazilgan so'rovnomalar, tijorat banklari, tadbirkorlar hamda ilmiy doiralarda o'tkazilgan uchrashuvlar tahlili mamlakatimizda ham ushbu tizimga juda katta qiziqish bildirilayotganini ko'rsatayotir", - deb fikr bildirgan edi.

Milliy qonunchilikda islom moliyasini joriy qilish zarurati, tegishli qonunlarga o'zgartirish kiritish borasida soha mutaxassislaridan professor Omonboy Oqyulovning fikriga asosan islom diniga e'tiqod qiluvchilar uchun sudxo'rlik og'ir gunohdir. Binobarin, ular e'tiqodiga to'g'ri keladigan shartnoma konstruksiyalari Fuqarolik kodeksida o'z ifodasini topishi yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksiga islom moliyasi mexanizmlari hamda oldi-sotdi qoidalari kiritilishi lozim.

Milliy-huquqiy tizimda islom moliyalashtirish xizmatlarini joriy qilish uchun yangi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi, mavjud qonunlar, qaror va tegishli nizomlarda o'zgartirishlar amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Xususan, islom moliyasi va uning tarkibiy qismlari. Islom moliyasinig faoliyat olib borish asoslari alohida qonunda belgilanishi, har bir sohalar maxsus qonunlar bilan tartibga solinishi kerak. Masalan, islom banki va bank xizmaatlari "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi Qonunda, islom investitsiya fondlari "Investitsiya va pay fondlari to'g'risida", "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi Qonunlar, islomda sug'urta masalalari "Sug'urta faoliyati to'g'risida"gi Qonunlarda aks ettirilishi mazkur sohaning huquqiy asosini yaratishda muhim hisoblanadi. Shuningdek, milliq qonunchilikda islom moliyasi qoidalariga zid bo'lgan normalar mavjud. Fuqarolik kodeksining 22-bobi "Majburiyatlar bajarilishini ta'minlash"ga bag'ishlangan bo'lib, unda qarzdor shartnomada belgilangan o'z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda ushbu majburiyatni o'zgacha shaklda bajarish lozimligi ko'rsatilgan. Binobarin, Kodeks 260-moddasida qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim jarajada bajarmagan taqdirda kreditorga to'lashi shart pul summasi neustoyka hisoblanishi beligalangan. Shuningdek, Kodeks 261-moddasiga ko'ra majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganda

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

qarzdor qat'iy pul summamisida neustoykaning jarima shaklini to'laydi.5 Boridyu qarz majburiyatlari kechiktirilganda va o'tkazib yuborilganda muddatning har bir kuni uchun foiz bilan hisoblanadigan penya kreditor uchun o'tkaziladi. Shuningdek, "Xo'jalik yurituvchi subyeklar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida"gi Qonunning 24 - 36- moddalarida (tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini to'lamaganlik yoki o'z vaqtida to'lamaganlik uchun; to'lov, tovar-transport hujjatlarini yuborishni kechiktirganlik uchun; tovarlarni marka belgisisiz, shuningdek tovarni idishsiz yoki o'ralmagan holda yetkazib berganlik uchun) qarzdor tomonidan to'lanadigan jarimalar miqdori belgilangan.

Fuqarolik qonunchiligidagi bu kabi normalar islom shariatiga muvofiq taqiqlangan bo'lib bunday holatda islom moliyasi strukturalarini amalda joriy qilib bo'lmaydi. Shu tufayli fuqarolik qonun hujjatlariga islom moliyasiga zid bo'lmagan normalarni kiritish maqsadga muvofiq. Masalan, Fuqarolik kodeksi "Majburiyat huquqi" bo'limida islom shariatiga muvofiq bo'lgan qoidalarni kiritish lozim. Shuningdek, "Majburiyatlarning ayrim turlari" bo'limiga muzoraba, murobaha, ijara, salam, istisna shartnomalari to'g'risida qoidalarni kiritish lozim.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, hozirgi kunda mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish g'oyasi ilgari surilgan ekan bu jarayonda banklarning nufuzini kuchaytirish ham muhim o'rin tutadi. Buning uchun esa davlatimizda islom bank tizimini joriy qilish ancha samarali natija berishi mumkin. Chunki islom banklari moliyaviy jihatdan yaxshi ko'rsatkichlarga ega hamda ularning daromadi ham muntazam ortib bormoqda. Qolaversa islom banklarida sudxo'rlik yo'qligi tufayli yurtimizda ularga yetarli darajada talab bo'ladi. Buning uchun esa islom bank tizimining qonunchilikda asosini yaratish, xalqaro islom moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish zarur.

REFERENCES

1. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021, 03/21/687/0380-son.

2. Арчакова-Ужахова М.Б. Исламские финансовые инструменты как альтернативный способ привлечения инвестиций // Глобальные рынки и финансовый инжиниринг. - 2017. - Том 4. - № 2. - С. 133-146.

3. www.uzanalytics.com.

4. www.azon.uz.

5. Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996 y., 2-songa ilova.

1 Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996 y., 2-songa ilova.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.