Научная статья на тему 'ISLOMIY MOLIYA VA O‘ZBEKISTON MOLIYA TIZIMIDA UNI QO‘LLASH'

ISLOMIY MOLIYA VA O‘ZBEKISTON MOLIYA TIZIMIDA UNI QO‘LLASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
323
124
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shariat / islom moliyasi / fiqh al Muamalat / sudxo‘rlik / ribo / tijoriy muamalat / notijoriy muamalat / murobaha / mushoraka / salaam / istisna / ijara / sukuk / mudoraba / zakot / sadaqa / qarz ul-Hasan / vaqf / takoful / moliyaviy kapitalizm. / Sharia / Islamic finance / fiqh al-muamalat / usury / usury / commercial issue / non-commercial issue / murobaha / musharaka / salam / exclusion / rent / sukuk / mudoraba / zakat / sadaka / debt ul-hasan / foundation / takoful / financial capitalism.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Axmadjonov, Oybek, Umarxo’jayev, Islomxoja, Sotvoldiyev, Sherzodbek, Botirov, Timurbek

Ushbu maqolada islomiy moliya tushunchasi, uning oddiy moliya tizimidan farqlari va afzalliklari bayon qilingan. Dunyo islomiy moliya bozori holati, unda islom banklarining tutgan o‘rni tahlil qilingan. Xalqaro tajribalar o‘rganilib, aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish muammolari ko‘rsatilgan va ularni bartaraf etish yo‘nalishlari taklif etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ITS APPLICATION IN ISLAMIC FINANCE AND THE FINANCIAL SYSTEM OF UZBEKISTAN

This article describes the concept of Islamic finance, its differences and advantages from a simple financial system. The state of the global Islamic financial market, in which the role of Islamic banks is analyzed. International experience was studied, the problems of the population's access to financial services were identified and ways to solve them were suggested.

Текст научной работы на тему «ISLOMIY MOLIYA VA O‘ZBEKISTON MOLIYA TIZIMIDA UNI QO‘LLASH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ISLOMIY MOLIYA VA O'ZBEKISTON MOLIYA TIZIMIDA UNI

QO'LLASH Axmadjonov Oybek

Umarxo'jayev Islomxoja

Sotvoldiyev Sherzodbek Botirov Timurbek

Qo'qon Universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada islomiy moliya tushunchasi, uning oddiy moliya tizimidan farqlari va afzalliklari bayon qilingan. Dunyo islomiy moliya bozori holati, unda islom banklarining tutgan o'rni tahlil qilingan. Xalqaro tajribalar o'rganilib, aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish muammolari ko'rsatilgan va ularni bartaraf etish yo'nalishlari taklif etilgan.

Kalit so'zlar: Shariat, islom moliyasi, fiqh al - Muamalat, sudxo'rlik, ribo, tijoriy muamalat, notijoriy muamalat, murobaha, mushoraka, salaam, istisna, ijara, sukuk, mudoraba, zakot, sadaqa, qarz ul-Hasan, vaqf, takoful, moliyaviy kapitalizm.

This article describes the concept of Islamic finance, its differences and advantages from a simple financial system. The state of the global Islamic financial market, in which the role of Islamic banks is analyzed. International experience was studied, the problems of the population's access to financial services were identified and ways to solve them were suggested.

Keywords: Sharia, Islamic finance, fiqh al-muamalat, usury, usury, commercial issue, non-commercial issue, murobaha, musharaka, salam, exclusion, rent, sukuk, mudoraba, zakat, sadaka, debt ul-hasan, foundation, takoful, financial capitalism.

Dunyoda ikki miliarddan ortiq musulmonlar yashaydi va ular uchun foizlardan foydalanish mumkin emas. Lekin, hozirgi dunyomizda insonning e'tiqodi uni moliya xizmatlaridan foydalanishdan to'sa olmaydi. Kimdir an'anaviy kredit olishni istamasa, u inson uchun dunyoning ko'p mamlakatlarida muqobil variantlar taklif etiladi. Sababi, hamma teng imkoniyatlardan foydalanishi kerak (demokratiya tamoyili) va jamiyatda paydo bo'ladigan bunday imkoniyatlar inklyuziv rivojlanish, ya'ni jamiyat a'zolari o'rtasida adolat bilan taqsimlangan va barcha uchun teng imkoniyatlar beruvchi iqtisodiy rivojlanishga yo'l ochadi.

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Respublikamizda ham aholining asosiy qismi, ya'ni 90 foizdan ortig'i musulmonlardan iborat ekanligini e'tiborga olsak, Islom moliyasi xizmatlarining joriy etilishi va rivojlanishi Xalqimizning moliyaviy xizmatlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, O'zbekiston Respublikasining 2022 yil 20 apreldagi "Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risida" O'RQ-765-son qonuni[3]ning qabul qilinishi va bu qonunga asosan islom moliya xizmatlarining nobank moliya muassasalarida joriy etilishi bu boradagi amalga oshirilayotgan islohotlardan biri hisoblanadi.

Islom iqtisodiyotining tarkibiy qismi bo'lgan islomiy moliya tizimi haqida fikr yuritilar ekan, so'z an'anaviy nuqtainazardagi moliya tizimi haqida emas, balki islomiy moliyaviy muassasa va vositalarning uyg'unligi talqinidagi tizim haqida borayotganini nazarda tutish lozim bo'ladi. An'anaviy tushunchadagi moliya tizimi haqida so'z yuritishning so'z yuritishning yanglishligi shundaki, jahonda faqat bir mamlakat - Sudanda moliyaviy sektor butkul islomiylashtirilgan. Aksariyat mamlakatlarda islomiy moliya muassasalari mavjud an'anaviy tizimning bir qismi hisoblanadi.

Islomiy moliyaning tuzilishi qarzdan olingan har qanday daromadni (riba) taqiqlash va daromadning qonuniyligi atrofida aylanadi. Ribo - qarzdordan mukofot sifatida olinadigan o'sishdir. Bu pulni pulga almashtirish yoki to'lovni kechiktirish hisobiga ssuda qarzlarni sotish bo'yicha kelishilgan narxga qo'shish bilan bog'liq operatsiyalar bo'yicha daromadni anglatadi. Iqtisodiyotda nomutanosiblik keltirib chiqaradiganligi sababli shariat buni man qilgan. Chunki foizlarni to'lash bilan bog'liq barcha operatsiyalar qat'iyan man etiladi.

Riboning mohiyatini iqtisodiy ko'rsatkichlar orqali yana ham aniqroq tushunish mumkin. Qo'shimcha qiymat - sotib olingan mahsulot qiymati (ya'ni har bir ishlab chiqaruchi (firma) boshqasidan sotib olingan tovarning qiymati) va uni sotishdan kelib tushgan umumiy tushum o'rtasidagi farqdir. Pulga doir qo'shimcha qiymat sof moliyaviy bitimlar bilan bog'liq. Pulga doir qo'shimcha qiymat sof moliyaviy bitimlar bilan bog'liq. Voqelikdagi tovar yoki xizmatlarning to'lovini ta'minlamaydigan moliyaviy vositalarni olish va sotish ham unga kiradi. Moliyaviy vositalar xarid bahosi va ularni sotish bahosi o'rtasidagi farq o'zida pullik qo'shimcha qiymatni ifodalaydi. Bu bitimlar YAIM (yalpi ichki mahsulot) miqdorini o'zgartirmaydi hamda iqtisodiy agentlar o'rtasida pul mablag'larini qayta taqsimlash natijasi hisoblanadi. Mana shu pullik qo'shimcha qiymat ribboning o'zidir (bir valyutani ikkinchi valyutaga almashtirish va pul o'tkazmalari bundan mustasno).

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Islom yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi tartiblarni taklif etadi va inson hayotining barcha jabhalari, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (muomala) uchun qoidalar majmuiga rioya etishga amr qiladi. Faqat so'nggi bir necha o'n yillikda ushbu moliyaviy va iqtisodiy nizom hamda me'yorlarni zamonaviy tahliliy atamalar nuqtai nazaridan izohlash uchun jiddiy sa'y-harakatlar amalga oshirilganiga qaramay va ko'plab tadqiqotlar chop etilgan bo'lsa-da, baribir «islomiy moliya» yoki «islomiy iqtisodiyot» singari «islomiy» atama qo'shilgan turli ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq ta'rifni qo'llash yuzasidan ayrim chalkashliklar saqlanib turibdi. Mana shunday tizimning turli jabhalarini bir butun sifatida emas, balki alohida ko'ribchiqish tendensiyasi buning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Mazkur tadqiqotda statistik jadval va grafiklar, mantiqiy va taqqoslama tahlil, guruhlash usullari hamda mavzuga oid xorijiy, mahalliy olimlarning tadqiqot ishlari va rasmiy statistic internet saytlaridan keng foydalanilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR

Islom huquq tizimida, musulmonlar turmush tarzini tartibga soluvchi qonun-qoidalar yig'indisi - Shariat orqali davlat boshqaruvi va jamiyat farovonligi ta'minlanadi. Bu huquq tizimida asosiy manba sifatida Qur'on va sunnatga tayaniladi. Hukumlar aynan Qur'on va sunnatdan olinadi. Bundan tashqari, ijmo ham huquq manbasi sifatida foydalaniladi. Har qanday davlatda huquq tizimlari mavjud va ularni uchta katta guruhga bo'lish mumkin (1-rasm):

1-rasm. Huquq oilalari

Islom moliyasi islom huquqshunosligining bir bo'lagi hisoblanadi. Islomiy moliyasining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Boylik qonuniy savdo va aktivlarga asoslangan investitsiyalardan yaratilishi;

Investitsiyalar, shuningdek, sof foydadan tashqari kengroq jamiyat uchun ijtimoiy va axloqiy foyda keltirishi;

Havfni taqsimlash;

Barcha zararli ishlardan (harom) qochish kerakligi;

Islom moliyasi bu hozirgi kunda butun boshli bir zamonaviy tizim, o'z ichiga turli xil banklarni, sug'urta korxonalari, konsalting kompaniyalari va hokozolarni qamrab oladi. Bunday muassasalarning moliyalashtirish amaliyoti ostida savdo (mijoz talabiga ko'ra: bino qurib berish, asbob - uskunalar, tovar va xomashyo materiallar) yotadi. An'anaviy banklarning savdo amaliyoti bilan shug'ullanishi esa qonunan ta'qiqlangan.

Islom moliyasi bu dunyoviy masala, undan hamma birdek foydalanishi mumkin. Muhim jihati shundaki, islomiy moliya - bu "axloqiy-ijtimoiy moliya" degani. Bu moliyada insonlar birgalikda bitta jamiyat qurishadi, boylar alohida, kambag'allar alohida bo'lib qolishmaydi.

Sudxo'rlikka qadimdan barcha dinlarda ta'qiq qo'yilgan, xususan qadimgi yunon faylasuflari Aristotel va Aflotun ham. Keyinchalik erkin bozor kapitalizmi va davlatning iqtisodiyotga aralashmaslik siyosati tarafdori bo'lgan Adam Smit ham, sudxo'rlikni tartibga solib turilishini yoqlagan. To'g'ri u sudxo'rlikka butkul qarshi chiqmagan, ammo foizlar bo'yicha chegaralar qo'yilishi tashviqotchisi bo'lgan. Bundan tashqari S.Gezell, J.Keyns va Duglas (1924), Fisher (1935), Simons (1948) larni ham sudxo'rlikka qarshi yo'nalish islohotchilari sifatida sanashimiz mumkin. Ular banklarning hech qanday xarajatlar yoki talofatlarsiz foiz hisoblashishlari noaxloqiy va qalloblik deb hisoblashgan.

Islom moliyasi axloqiy-ijtimoiy moliya hisoblanadi. Chunki kapitalistik davlatlar madaniyati individualistik madaniyat hisoblanib, shaxs xohishlari hamma narsadan ustun turadi. Islom moliyasi diqqat markazida esa jamoa turadi. Islom moliyasi ijtimoiy - axloqiy moliya deyilishining yana bir sabablaridan biri shuki -unda tijoriy va notijoriy moliyalar bor.

Islom va moliyaning bog'lanishi. Islom huquqida qonun qoidalarni o'rganuvchi yo'nalish - Fiqh deb ataladi. Moliyaviy masalalarga javob beruvchi fiqh esa Fiqh al -Muamalat deb ataladi. Fiqh al - Muamalat - bu jamiyatda qanday mumuomalar bo'lsa o'sha muomalalarni hal qiladigan qonun-qoidalar yig'indisidir. (2-rasm)

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2-rasm. Islomda moliyaviy qoidalar asosi

Uning bir qismi moliyaviy muamalat bo'lib, u insonlar o'rtasidagi moliyaviy aloqalarni, bir-birlari bilan savdo-sotiq, pul bilan bog'liq oldi-berdi muomalalari qamrab oladi. Moliyaviy muomalatni ham ikki guruhga bo'lishimiz mumkin:

A. Tijoriy muomala - bu real iqtisodiy fiqh, bunda oldi - sotdilar bo'lib o'tadi. Har qanday foyda va naf keltiradigan amaliyotlar bajariladi.

Islom moliyasida kredit berib pul topish ta'qiqlanganligi sababli, iqtisodiyot rivojiga xizmat qiluvchi bir necha alternativ instrumenrtlar yaratilgan va ular orqali pul oxir oqibat real iqtisodiyotga tarqaladi. Quyida islom moliyasi asosiy muomala turlari keltirilgan:

1. Murobaha - bu savdoning bir ko'rinishi. Unda aktiv sotib olinadi va sotiladi;

2. Ijara - aktiv sotib olib ikkinchi tomonga ijaraga beriladi. Bunda ijaraga beruvchi ijaraga berib foyda oladi, ijaraga oluvchi undan foydalanishdan manfaatdor bo'ladi.

3. Istisna - yo'q narsaga pul tikish. ( loyihani moliyalashtirish). Qurilayotgan (paydo bo'layotgan) hali yaratilmagan aktivlarni moliyalashtirish.

4. Salaam - qishloq xo'jaligini moliyalashtirish, ya'ni hosilni fermerdan oldindan sotib olish;

5. Musharaka - sherikchilik;

6. Mudoraba - bunda niznes qilish qobiliyatiga ega bo'lmagan, lekin mablag'i bor shaxs bilan biznes qilish qobiliyatiga (biznes sir-asrorlarini biladi) ega bo'lgan shaxslarning shartnoma tuzib birlashishidir. Bunda bir shaxs biznesga pulini tikadi, ikkinchi tomon esa qobiliyatini tikadi;

7. Sukuk - qimmatbaho qog'ozlar, ya'ni investitsiyalar.

B. Notijoriy muomala - bunda, asosan kambag'allarga yordam beriladi. Dunyoviy jihatdan, boylik insonga tegishli hisoblanadi. Islomda esa, boylik har bir

222

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

insonga vaqtincha berilgan va shu vaqtincha berilgan boylikning ham bir qismi kambag'allarning haqqi hisoblanadi. Bunday qarash, o'z navbatida iqtisodiyotda juda katta ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Sababi bir tarafdan kambag'allarning ahvoli yaxshilansa boshqa tarfdan kambag'allar u pullarni bozorda ishlatadi (tovar yoki xizmatlardan foydalanadi). Shu tariqa pul yana real iqtisodga qaytadi va aylanishda davom etadi.Yoki ana'naviy moliya tizimda baland kredit reytingdagi kompaniya va korxonalar mablag'larni arzon narxlarda jalb qilishadi. Biroq oddiy jismoniy yoki kichik bizneslar uchun bank va moliya institutlari katta foizlardagi kreditlar berishadi. Ular qilayotgan daromadlari foiz to'lash bilan tamom bo'ladi. Umuman olganda, yangi Startuplar, kichik biznes (mikro darajadi), beva yoki ajrashgan ayollar va muhtojlarga bank kredit bermaydi.

Islomiy moliyadagi notijoriy instrumentlar orqali yuqoridagi muammolarni yechish mumkin.

1) Zakot - Har yili (bir yilda bir marta, asosan Ramazon oyida) boylarning 2,5 foizgacha bo'lgan boyligi to'g'ridan to'g'ri kambag'allarga beriladi.

2) Sadaqa -Boylar kambag'allarga sadaqa qilishadi (har oy, har hafta va h.k.). Sodda qilib aytganda, bu instrument qayta taqsimlash vazifasini bajaradi.

3) Qarz ul Hasan - bu kafolatlangan foizsiz qarz. Ma'lum muddatga hech qanday foizlarsiz jismoniy yoki yuridik shaxslarga beriladi.

4) Vaqf - makroiqtisodiy ijtimoiy muammolarni hal qiladi. Bu pullarga tarixdan yo'llar, o'quv markazlar, karvonsaroylar qurilgan.

5) Takoful - bu jamoaviy bir - biriga o'zaro yordam. Oddiy moliyadagi sug'urta kompaniyalariga o'xshaydi.

Real

%

Tijony muomala

Notijoriy muomala

3-rasm. Islom moliyasining ijtimoiy jihati

223

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Jahon islomiy moliya bozorlarining aktivlari umumiy qiymarti qariyb 2,88 trillion AQSH dollarini tashkil qildi. Jahon islom moliya bozorlari uchun 2024yilga borib 3,69 trillion AQSH dollarini tashkil etishi prognoz qilinmoqda (2019yil). Islom moliya sektori 15 foizdan 25 foizgacha yiliga o'sayapti.

2020-yil yakunlariga ko'ra,global jihatdan islom banklarining aktivlari 2 349 milliard AQSh dollariga, Sukuk 631 milliard AQSh dollariga, islom fondlarining aktivlari 178 milliard AQSh dollariga, boshqa islomiy moliya institutlarining aktivlari 154 milliard AQSh dollariga, Takoful aktivlari esa milliard AQSh dollarini tashkil etgan.(4-rasm)

2 500 2 000 1 500 1 000 500 0

2 349

631 ■

_ sä 154 _û2_

Islom banklari

Sukuk

Islom fondlan

Boshqa IMI

Takaful

4-rasm. Islomiy moliya institutlarining aktivlari miqdori (Milliard AQSH

dollarida)

Agar,2020-yil yakunlariga ko'ra, islomiy moliya institutlari aktivlarini foizlarda ko'radigan bo'lsak, islom banklari 70%, Sukuk 19%, islom fondlari 5%, boshqa islomiy moliya iinstitutlari 4% va Takaful 2% ni tashkil etgan.(5-rasm)

5-rasm. Umumiy islomiy moliya aktivlarida islomiy moliya institutlarining

ulushlari miqdori

Yuqoridagi grafikdan ko'rinib turibdiki, islomiy moliya instrumentlarining eng yuqori potensialga ega bo'lgan instituti - bu islom banklaridir.

224

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Islom banklari Xalqaro bank bozorining 6 foizdan ortiqrog'ini tashkil etmoqda.(2020). Hozirgi kunda 80 dan ziyod mamlakatlarda islomiy moliya ishlab turibdi va ularda mazkur soha uchun uchun me'yoriy-huquqiy asoslar yaratilgan. Biroq islom dunyosining 10ta mamlakatlari islom moliyasining deyarli 95 foiziga egalik qiladi. Birinchilarda Eron 29% bilan, Saudiya Arabistoni (25%), Malaziya (11%), BAA (8%), Quvayt (6%), Qatar (6%), Turkiya (2.6%), Bangladesh (2.1%), Indoneziya (2%) va Baxrain (1.8%). (4-rasm)

6-rasm.2020-yil 5-noyabr holati bo'yicha global islomiy moliyada katta

ulushga ega mamlakatlar

Islomiy va an'anaviy moliyalashtirish o'rtasidagi farq. Iqtisodiyotning ijtimoiy yo'naltirilganligi bu xo'jalik faoliyati natijalarini adolatli taqsimlashdan iborat. Bu maqsadga erishish uchun iqtisodiyotning real sektori rivojlangan va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishilgan bo'lishi kerak. Yuqorida ta'kidlanganidek, islom moliyasi bozor iqtisodiyotini rad etmaydi va xususiy mulkchilikni tan oladi va rag'batlantiradi. Shunday ekan ikki xil: islomiy va kapitalistik iqtisodiyotlarni farqlashimiz mumkin.

Kapitalistik iqtisodiyotda shaxs :

• Istalgan qarorlarni qabul qiladi;

• Erkinligi cheklanmaydi;

• Agar biror cheklov bo'ladigan taqdirda ham undan biror demokratik qonunchilik vositasida xalos bo'ladi.

Cheklovlarning mutlaqo yo'qligi jamiyatda nomuvofiq ishlarni keltirib chiqaradi:

• Foizlar;

• Qimor o'yinlari;

• Boylikni kamchilik insonlar qo'lida to'planib monopoliya ko'rinishiga kelishi;

225

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

• noaxloqiy va zararli vositalar ko'magi bilan bir - birlarini eksplatatsiya qilish;

• Bir guruh insonlarning boqmandalikka berilib ketishi;

• noqonuniy tovar va xizmatlar bilan amaliyotlar bajariladi;

• qisqa sotuvlar rivojlanadi;

• pul o'zidan o'zi ko'payadi;

• inflatsiya yildan yilga oshadi;

•jilovlab bo'lmaydigan darajadagi foyda olish monopoliyalari paydo bo'ladi.

Yuqoridagi omillar sababli iqtisodiyotda bozorning ta'siri yo'qoladi, yoki hech bo'lmaganda kuchsizlanib ketadi.

Moliyaviy kapitalizmda bank va moliyaviy muassasalar faqat pullar, yoxud monetar majburiyatlarni oldi - sotdisi bilan shug'ullanishadi. Islom moliyasida esa, voqelikdagi (real) aktivlar moliyalashtiriladi. Bunda, pul savdo predmeti sifatida tan olinmaydi. Pulning o'zi hech qanday qiymatga, yoki naflilikka ega emas. U shunchaki tovar yoki xizmatlarning puldagi ifodasidir. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, tovar (qalam, kitob, biror bir texnika, oziq-ovqat) va xizmatlar (sartaroshlik, tikuvchilik, ma'lum tovarni yetkazib berish) oxir oqibat qandaydir qiymat yaratadi. Ulardan foydalanamiz. Pulni o'zini esa hech nima qilib bo'lmaydi. Iste'mol qilolmaymiz, ishlarimizni yengillashtira olmaymiz. Oddiy banklarda kreditlar tovar aylanmasidan tashqarida ko'payuvchi qo'shimcha pul massasini yaratishi real sektorga nisbatan pul massasining ko'payib ketishiga sabab bo'ladi, bu esa o'z navbatida inflatsiyani kuchaytiradi va bunday nomuvofiqlik hisobiga xom ashyo va xizmatlarning bahosi o'sadi. Shuning uchun ham, kredit-qarz amaliyotlaridan olingan foyda (pulning qo'shimcha qiymati) man etilgan. Shunday qilib, real aktivlarga asoslangan muqobil islomiy moliyalashtirish jarayonida voqelikdagi (real) qo'shimcha qiymat yuzaga keladi.

Bundan tashqari 2007-2009 yillardagi moliyaviy inqiroz natijasida iqtisodiyotda real sektorini moliyalashtirish bilan bog'liq bir qancha muammolar yuzaga keldi. Ushbu yo'nalishda ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog'liq va mavjud xatarlarni bartaraf etish imkonini beruvchi islom moliyaviy vositalar muhim o'rin egallamoqda. Shunday ekan, ushbu tizim moliyaviy xizmatlarni ko'rsatish jarayonida xosil bo'ladigan konfliktlarni samarali bartaraf etishlari va jahon iqtisodiyotida kamayib borayotgan real tovarlar va xizmatlar segmentlarini qo'llabquvvatlashni yirik islom korporatsiyalari o'zlarining siyosiy va iqtisodiy qarorlarida e'tiborga olishi lozim.

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 2 | ISSUE 5/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor (J) SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

XULOSA VA TAKLIFLAR

O'zbekistronda islomiy moliya tizimini keng joriy etish, aholi va yuridik shaxslarni islom moliya xizmatlariga bo'lgan ehtiyojlarini qondirilishida quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq bo'ladi.

> Islom banklari faoliyati va islom bank xizmatlari bo'yicha mavjud xorijiy davlatlarning tajribalaridan foydalanilgan holda zudlik bilan milliy qonunchilik va me'yoriy hujjatlardan qabul qilish;

> Ushbu sohada istiqbolli kadrlarni oliy ta'lim tizimida alohida yo'nalishlar ochgan holda tayyorlash;

> Ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlaridan keng foydalanilgan holda aholining savodxonligini oshirish;

> Yangi davr banki sifatida ochilayotgan istiqbolli raqamli (Anor bank, TBS bank, Apelsin bank) banklar singari alohida milliy islom banklarini ochish;

Xulosa qilib aytganda, har bir inson o'zining e'tiqodidan kelib chiqqan holda moliya xizmatlaridan foydalanishga haqli va hozirgi kunda dunyo bo'ylab an'anaviy moliya xizmatlariga alternativ yechimlar yaratilgan zamonda yashayapmiz. Ya'ni, islom moliyasi xizmatlari shariat qoidalariga asoslangan va ularga ribo aralashmaydi. Shuningdek, o'tkazilgan tadqiqotlar natijasida islom moliyasi aktivlari yildan-yilga ko'payib borayotganini ko'rishimiz mumkin.

Umuman olganda, islomiy moliya xizmatlaridan foydalanish bir tomondan foydalanuvchi e'tiqodini hurmat qilish bo'lsa, ikkinchi tomondan jamiyatda axloqiy me'zonlarni ushlab turishdir, uchinchi tomondan esa katta moliyaviy mablag'lar jalb qilishning bir usulidir.

REFERENCES

1. Ahmadjonov, A Abdullayev, M Mamayusupov, O Umarjonov. (2021). Raqamli iqtisodiyotda boshqaruv muammolari. Science and Education, 2(10), 636-642.

2. AA, Mulaydinov Farkhod Muratovich. (2021). RAQAMLI IQTISODIYOT TUSHUNCHASI, AFZALLIKLARI VA AMALIY AHAMIYATI. АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ВА ТЕЛЕКОММУНИКАЦИЯЛАРНИНГ ЗАМОНАВИЙ МУАММОЛАРИ ВА ЕЧИМЛАРИ ОНЛАЙН РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ТЕХНИК АНЖУМАНИНИНГ МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ, 2 (6), 794

3. A Abdullaev. (2021). RAQAMLI IQTISODIYOT - KADRLAR TAYYORLASHNING DOLZARB MASALALARI. Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning o'ziga xos xususiyatlari, uning ...

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

4. Akhmadjonov, A Abdullayev, A Abdupattayev, M Sultonov. (2021). ISLAMIC BANKING MANAGEMENT, ASSETS AND LIBILITIES. Scientific progress, 2 (6), 1525-1532.

5. M Mamadjonov, A Abdullayev, I Abdurahmonov, A Mamadaliyev. (2021). CHALLENGES OF MANAGEMENT IN THE DIGITAL ECONOMY. Scientific progress, 2 (6), 1533-1537.

6. MMQ Tojiyeva, AAU Abdullayev. (2021). THE USE OF MODERN TECHNOLOGIES IN STATISTICAL DATA COLLECTION. Asian Journal of Multidimensional Research 10 (12), 250-254.

7. O Akhmadjonov, A Abdullaev, B Umarjonov, M Shamsiddinov. (2021). ISLOM MOLIYASINING XUSUSIYATLARI. Scientific progress 2 (8), 634-638.

8. O Akhmadjonov, A Abdullaev, S Yusupuv, J Anvarov. (2021). ISLOM BANKCHILIGIDAGI XAVF. Scientific progress 2 (8), 639-642.

9. O Akhmadjonov, A Abdullaev, M Shamsiddinov, B Umarjonov. (2022). ISLAMIC FINANCE. Scientific progress 3 (2), 48-50.

10. O Akhmadjonov, A Abdullaev, J Anvarov, S Ismoilov. (2022). ISLOM MOLIYASI. Scientific progress 3 (2), 45-47.

11. O Akhmadjonov, A Abdullaev, S Karimova, F Solijonova. (2022). Jahon savdo tashkiloti boshqaruv tizimi. Scientific progress 3 (2), 343-347.

12. A Abdullaev. (2022). BOBUR VA BOBURIYLAR SULOLASINING JAHON SIVILIZATSIYASINING YANGILANISHIGA QO'SHGAN HISSASI. NEW RESEARCH ON THE WORKS OF ALISHER NAVOI AND ZAHIRUDDIN MUHAMMAD BABUR 1.

13. A Abdullaev. (2022). O'ZBEKISTON IQTISODIYOTI UCHUN JSTGA A'ZO BO'LISH SABAB MUAMMO VA NATIJALARI. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA TA'LIM ISTIQBOLLARI 1 (2), 113-121.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.