Научная статья на тему 'TADBIRKORLIK TAVAKKALCHILIGINI SUG'URTALASH TIZIMINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHDA FUQAROLIK-HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MUAMMOLARI'

TADBIRKORLIK TAVAKKALCHILIGINI SUG'URTALASH TIZIMINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHDA FUQAROLIK-HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
693
95
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tadbirkorlik / tadbirkorlikda tavakalchilik / sug‘urta / sug‘urta tarixi / fuqorolik-huquqiy munosabat / sug‘urtalash sohasidagi muammolar. / entrepreneurship / risk in business / insurance / insurance history / civil-legal relationship / problems in the field of insurance.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Donayeva, Aziza Inomjon Qizi

Mazkur maqolada tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi insonlarga, tadbirkorlik tavakkachiligi va tadbirkorlik xavfini oldini olish choralari, shuningdek, ushbu tavakkalchilikni bartaraf etish sifatida sug‘urtalash tizimiga alohida e’tibor berilib o‘tiladi. Va, albatta ushbu tizimdagi kamchilik va muammolarni ko‘rib chiqamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF CIVIL-LEGAL REGULATION IN THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE BUSINESS RISK INSURANCE SYSTEM

In this article, special attention is paid to people engaged in business activities, business risk and measures to prevent business risk, as well as the insurance system as a means of eliminating this risk. So, we will consider the shortcomings and problems of this system.

Текст научной работы на тему «TADBIRKORLIK TAVAKKALCHILIGINI SUG'URTALASH TIZIMINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHDA FUQAROLIK-HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MUAMMOLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

TADBIRKORLIK TAVAKKALCHILIGINI SUG'URTALASH TIZIMINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHDA FUQAROLIK-HUQUQIY

TARTIBGA SOLISH MUAMMOLARI

Donayeva Aziza Inomjon qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi G-mail: [email protected] +998998389077 Ilmiy rahbar: Akmal Akramov

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi insonlarga, tadbirkorlik tavakkachiligi va tadbirkorlik xavfini oldini olish choralari, shuningdek, ushbu tavakkalchilikni bartaraf etish sifatida sug'urtalash tizimiga alohida e'tibor berilib o'tiladi. Va, albatta ushbu tizimdagi kamchilik va muammolarni ko'rib chiqamiz.

Kalit so'zlar: tadbirkorlik; tadbirkorlikda tavakalchilik; sug'urta; sug'urta tarixi; fuqorolik-huquqiy munosabat; sug'urtalash sohasidagi muammolar.

ABSTRACT

In this article, special attention is paid to people engaged in business activities, business risk and measures to prevent business risk, as well as the insurance system as a means of eliminating this risk. So, we will consider the shortcomings and problems of this system.

Keywords: entrepreneurship; risk in business; insurance; insurance history; civil-legal relationship; problems in the field of insurance.

KIRISH

"Saqlab qolingan 1 dollor, ishlab topgan 1 dollorga teng".

(Benjamin Franklin)

Avvalo, tadbirkorlik o'zi nima? Tadbirkorlikda foyda va yo'qotish xavfi kabi tushunchalarga to'xtalib o'tamiz. Tadbirkorlik - o'z tavakkalchiligi ostida amalga oshiriladigan, mulkka egalik qilish, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko'rsatishdan muntazam ravishda daromad olishga qaratilgan mustaqil faoliyat turi hisoblanadi. Bundan ko'rinib turibdiki, tadbirkorlik katta tavakkalchilik asosida vujudga keladi. Tavakkalchilik bor joyda katta xavf bo'lishi oddiy hol. Biroq, bu

tavakkalchilikdan ham bir qancha usullar orqali hal qilish mumkin. Bular quyidagilar;

10

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

• Tavakkalchilikdan qochish;

• Ushlab qolish;

• Birovga berish.

Ushbu tushunchalarga atroflicha ta'rif berib o'tishimiz mumkin. Tavakalchilikdan qochish - keltirilgan tadbirlardan chetlanish yoki ehtiyotkorlik bilan harakat qilishdir. Bunday harakat orqali foydadan quruq qolish ham hech gap emas.

Ushlab qolish - investitsiya faoliyatini olib borayotgan shaxsga ya'ni investorga barcha tavakalchilikni yuklash tushuniladi. Bu vaziyatda barcha javobgarlik investorning bo'ynida bo'ladi.

Birovga berish - investor tomonidan barcha javobgarlikni boshqa bir shaxsga yoki biron tashkilotga berish tushiniladi, misol uchun sug'urta jamiyatiga.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Sug'urta faoliyati.

Bugungi kunda sug'urtalash jarayoni ikki tomonlama manfaatni aks ettiruvchi muhim yo'nalishlardan biriga aylanib bormoqda. Sug'urtaning ahamiyati aholi farovonligini yaxshilashga xizmat qilishi bilan ham muhim hisoblanadi. Tadbirkorlik tavakkalchiligida havfni bartaraf etishda sug'urtaning o'rnini ko'rib chiqishimiz maqsadga muvofiq, hamda hozirgi davr nuqtai nazaridan olib qarasak, eng samarali yo'l hisoblanadi. Avvalo, sug'urta faoliyatining tarixiga nazar solib o'tamiz. Dastlab, 12 asrda Italyada paydo bo'lgan bo'lib, keyinchalik asta-sekinlik bilan boshqa hududlarga ham tarqala boshlagan. Italyada paydo bo'lganligi sababi, dengizda suzib yuruvchi kemalarga qaroqchilar hujum qilishi oqibatida, savdogarlar birlashib sug'urta jamiyatini tashkil etishgan. Sug'urta jamiyatini asosiy faoliyati himoya qilish vazifasini bajarish hisoblanadi. Yanada aniqroq bo'lishi uchun bir qancha sodda misollar orqali ko'rib chiqamiz. Sug'urtani "soyabon" deb hisoblasak, osmondan yog'ayotgan qor yoki yomg'irni risk yoki havf-xatar deb olamiz. Bunday mavsumda doim soyabon qo'lingizda bo'lishi lozim. Shunday ekan, sug'urta ham tadbirkorlik bilan shug'ullanuvchi insolarga doim tog'ri yo'lni targ'ib qiladi. Yoki, sug'urtani "xavfsizlik kamari" deb hisoblasak, e'tibor qaratgan bo'lsangiz, har bir avtomobilga ushbu kamar o'rnatilgan. Sug'urta faoliyatiga ham nazar tashlasangiz, butun dunyo bo'ylab, sug'urta bozori ancha kengaymoqda. Bu faoliyat turi bilan butun dunyo shug'ullanmoqda va insonlar uchun asosiy himoya vositasi hisoblanmoqda.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Sug'urta faoliyati tadbirkorga nima beradi?

Ya'ni, tadbirkorlik tavakkalchiligini sug'urtalash tizimi. Ushbu jarayonni so'zlar orqali to'liq ko'rsatib o'tamiz. Avvalo, tadbirkorlik xavfi tushunchasiga to'xtalib o'tsak. Tadbirkor o'zining kiritgan sarmoyasidagi biznesiga xavf-hatar paydo bo'lsa, qanday yo'l bilan saqlab qolishi yoki qanday yo'l tutishi lozim? Bu vaziyatda riskni boshqarish yo'llarini aniqlash hamda, vaqt tezligini rejalashtirish maqsadga muvofiq. Riskni ya'ni tadbirkorlik tavakkalchiligini 4 xil usul orqali o'z foydamizga hal qilishimiz mumkin.

• Voz kechish;

• O'tkazib yuborish yoki taqsimlash;

• Kamaytirish;

• Qabul qilish;

Ushbu riskni bartaraf qilish yo'llarini kundalik hayotimizda mavjud bo'lgan, vaziyatlar orqali yoritsak, maqsadga muvofiq bo'ladi. Tasavur qiling, erta tongda ishga ketish maqsadida, ko'chaga chiqdingiz, ko'chada qor yog'moqda. Siz tushunib yettingizki, avtomobilingizni ushbu muzli yo'lda haydab ketishingiz katta risk ya'ni avtohalokatga uchrash omili katta. Bunday vaziyatda, siz birinchi usul ya'ni voz kechishdan foydalansangiz, metroda ketish variantini tanlagan bo'lasiz. Bu holda siz riskdan voz kechdingiz.

Ikkinchi usul, o'tkazib yuborish yoki taqsimlash. Bu vaziyat aynan sug'urta bilan bog'liq. Ya'ni, siz avtomobilingizni sug'urta qilgansiz, hech qanday qo'rquvingiz yo'q, qandaydir vaziyat sodir bo'lsa ham, sug'urta yetkazilgan zararni to'lab beradi.

Ushinchi usul, riskni kamaytirish. Vaziyatni ko'rdingiz, angladingiz, tushundingizki ushbu vaziyatda sizga yordam kerak. Va siz juda ehtiyotkor bo'lasiz yoki shu sohada mukammal bo'lgan shaxsni yordamga chaqirasiz. Bu orqali siz sodir bo'lishi mumkin bo'gan riskni kamaytirgan hisoblanasiz.

So'nggi usul, riskni qabul qiladi. Sodir bo'lishi mumkin bo'lgan voqeani tan oladi, kelib chiqish mumkin bo'lgan hodisaga rozi bo'ladi.

Bundan ko'rinib turibdiki, tadbirkorlik xavfi — tadbirkorning kontragentlari o'z majburiyatlarini buzishi yoki tadbirkorga bog'liq bo'lmagan vaziyatlarga ko'ra bu faoliyat shart-sharoitlarining o'zgarishi tufayli tadbirkorlik faoliyatidan kutilgan daromadlarni ololmaslik tavakkalchiligi1dir. Bu vaziyatda eng samarali va foydali yo'l tadbirkorlik havfini sug'urta qilish deb hisoblaymiz. Ko'plab insonlarni ongida

1 https://lex.uz/uz/docs/-1433001.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

sug'urta faoliyatiga nisbatan, negativ hodisa bo'lishi kerak degan tushuncha mavjud. Aslida unday emas, sug'urta qilish uchun tadbirkorlikka, avtomobilga yoki sog'liqqa putur yetkan bo'lishi shart emas, shunchaki bo'lishi mumkin bo'lgan hodisani oldini olgan bo'lasiz. Xalqimizda ajoyib naql bor: "Do'stingga yaqin bo'l, dushmaningga undan ham yaqin" - degan. Shunday ekan, bo'lishi mumkin bo'lgan xavfdan qo'rqmang. Shunchaki, uni oldini olish zarur. Tadbirkor faoliyat boshlashdan oldin, katta risk qiladi, sarmoya kiritadi, boshlagan ishi uchun mahoratli bo'lishga harakat qiladi. Bularning barchasi ushbu faoliyat natijasidan naf olish. Va u bilan doim katta risk yonma-yon yuradi. Ushbu "dushmandan" qo'rqmaslik, bosh tortmaslik kerak. Shundagina u o'zi xohlagan nafni ola oladi. Demak, sug'urta faoliyati tadbirkorning yaqin "do'stlaridan" biri, u bilan hamkorlik qilish tadbirkor uchun katta foyda hisoblanadi. Sug'urtalovchi ya'ni sug'urta - tegishli turdagi sug'urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo'lgan va sug'urta shartnomasiga muvofiq sug'urta tovoni (sug'urta puli) to'lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo'lgan yuridik shaxs2 hisoblanadi. Sug'urta faoliyati qadimdan mavjud bo'lgan, bu soha ko'pchilikni fikriga ko'ra, yangi kirib kelgan soha turi emas. Qadimdan nazar tashlasangiz, Amir Temur davridan ham sug'urtani ayrim ko'rinishlari mavjud bo'lgan. Bunga misol tariqasida, jang natijasida olgan foydani, barcha jangchilarga teng bo'lgan, hattoki, jang paytida vafot etgan jangchilarning ulushini ham ularning oila a'zolariga yetkazib bergan. Bejizga, "Kuch - adolatdadir" degan shior ostida harakat qilmagan. Shunday ekan, qadimdan mavjud bo'lgan ushbu sug'urta bozori hozirgi davr miqyosida olib qarasak, bir bo'lagiga aylanib bo'lgan. Yanada rivojlantirish uchun sug'urta qiliuvchilarni huquqiy ongini rivojlantirishimiz lozim. Aholining va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligi darajasini oshirish choralarini ko'rish3, shuningdek, sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonunda ham belgilab qo'yilgan. Ya'ni har bir sug'urta qildiruvchi o'z huquq va majburyatlarini to'liq bilishi va amal qilishi lozim. Sug'urta qildiruvchi — sug'urtalovchi bilan sug'urta shartnomasini tuzgan, sug'urta shartnomasida kelishilgan sug'urta mukofotini (sug'urta to'lovini) to'lovchi va sug'urtalovchi bilan aniq sug'urta munosabatlariga kiruvchi har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor4 hisoblanadi.

2 https://lex.uz/uz/docs/-1433001.

3 https://lex.uz/docs/-5739117#-5740205.

4 https://lex.uz/uz/docs/-1433001.

13

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Tartibga solishdagi muammolar.

Avvalo, ushbu faoliyat turida kutilgan daromadni qanday aniqlash masalasi ustuvor masala hisoblanadi. Hammaga ma'lumki, sug'urtalashning bir qancha turlari majud. Biroq, tadbirkorlik xavfini sug'urta qilish boshqa sug'urta turlaridan farqli ravishda, tadbirkorlik xavfida sug'urta hodisasi birdaniga yuzaga kelmaydi. Buning boisi, bunday turdagi sug'urtada xavf uzoq davom etadigan tadbirkorlik faoliyati natijasida bo'ladi. Shuning uchun ham, sug'urta shartnomasida sug'urta hodisasini yuz berish vaqtini aniqlab olish muammoli vaziyat hisoblanadi, odatda bu kabi kamchiliklar, kuzatishlar natijasiga ko'ra ko'plab nizolarni keltirib chiqarmoqda. Shuningdek, sug'urta hodisasiga sabab bo'ladigan holatlar, sug'urta shartnomasi tuzilganidan oldin boshlangan bo'lishi ham mumkin, natijasi esa shartnoma tuzilgandan keyin yuzaga chiqishi mumkin. Misol uchun, mulkni sug'urta qilish jarayonini ko'rib chiqadigan bo'lsak, mulk yong'inda zararlangan bo'lsa, yong'in sodir bo'lgan vaqt, sug'urta hodisasi yuz bergan vaqt hisoblanadi. Biroq, tadbirkorlik xavfini sug'urta qilishda sug'urta hodisasi qachon sodir bo'lganligini aniqlash borasida amaliyotda bir qancha muammolar mavjud. Shuningdek, soha rivojiga to'sqinlik qilayotgan ayrim muammolar ham mavjud. Jumladan, sug'urta tashkilotlari tomonidan sug'urtalanuvchi yoki sug'urta ob'ektlariga nisbatan noqonuniy talablar qo'yib, sug'urtalash ishlarini amalga oshirishda kamchiliklarga yo'l qo'yilayotgani shulardan biri 5 . Ba'zan esa sug'urta kompaniyalari sug'urtalash jarayonida sug'urtalanuvchilarga ularning haq-huquqlarini to'liq va to'g'ri tushuntirmayotgani sababli tomonlar o'rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqib, ishlar sudlarga qadar yetib boryapti. O'z navbatida, sug'urta hodisasi sodir bo'lganda, to'lovlarni to'liq amalga oshirmaslik yoki bu jarayondagi byurokratik to'siqlar qayta sug'urtalash imkoniyatlarini yo'qqa chiqarib, fuqarolarning sug'urta bozoriga bo'lgan ishonchi pasayishiga olib kelmoqda6. Bu kabi ushbu sohadagi ba'zi muammolarni keltirib o'tishimiz mumkin. Biroq bizning asosiy maqsadimiz muammoli vaziyatlarni va kamchiliklarni bartaraf etish hisoblanadi. Shu sababli ham, 2021-yil 23-noyabr kuni sug'urta faoliyatiga oid munosabatlarni tartibga solish haqida O'zbekiston Reapublikasi tomondan 730-sonli qonun qabul qildi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad, sug'urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va yanada rivojlantirish edi. Shuningdek, Prezidentimizning joriy yil 2-avgustdagi "O'zbekiston Respublikasining sug'urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishi ta'minlash

5 "Xalq so'zi" gazetasi.

6https://uzbekinvest.uz/uz/news/sugurta-bozorining-professional-ishtirokchilari-uchun-olii-ta-limda-imtiez-beriladi;

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bu muammolarni hal qilish, ularning kelib chiqishiga sabab bo'layotgan omillarni bartaraf etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Qarorga muvofiq, sug'urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari belgilandi. Sug'urta sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, bu yo'nalishdagi faoliyatni tartibga solish tizimini institutsional rivojlantirish, sug'urta bozori professional ishtirokchilarining kapitallashuv darajasini, to'lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligini oshirish kabilar shular sirasidandir.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Bularning natijasi sifatida, so'ngi yillarda mamlakatimizda moliya bozorining sug'urta segmentini rivojlantirishga alohida e'tibor berilmoqda. Jumladan, respublikada sohaning turli yo'nalishlarida faoliyat ko'rsatayotgan 30 ta sug'urta kompaniyasi tomonidan 2018-yil mobaynida to'langan sug'urta to'lovlari hajmi 461,1 mlrd. so'mni tashkil etgan. Bu esa oldingi yildagiga nisbatan 71 foizga ko'p. Sug'urta kompaniyalarining investitsiyalari hajmi esa 2 trln. so'mga yetib, 35 foiz ortgan7. Shuningdek, "Sug'urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug'urtasi sohasini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2021-yil 23-oktabr Prezident qarori qabul qilindi. Milliy sug'urta bozorining jadal rivojlanishini ta'minlash, iste'molchilarning sug'urta bozoriga bo'lgan ishonchini oshirish, shuningdek, 2022-yil 1-iyuldan boshlab, sug'urtaning barcha turlarini (klasslarini) elektron shaklda amalga oshirishga ruxsat berish. Va, barcha sug'urta turlari bo'yicha sug'urta polislari Moliya vazirligi huzuridagi Sug'urta bozorini rivojlantirish agentligi Sug'urta to'lovlarini kafolatlash jamg'armasi bilan birg alikda yuritadigan yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro'yxatga olinishi8, kerakligi aytib o'tilgan va asta-sekinlik bilan amolyotga tadbiq etilmoqda.

Shu o'rinda sug'urta faoliyatiga oid bir qancha takliflar berib o'tishimiz maqsadga muvofiq. O'zbekiston Respublikasining sug'urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari belgilash va qayta ko'rib chiqish soha faoliyati uchun samarali deb hisoblaymiz. Sug'urta sohasini isloh qilish uchun kamchiliklar mavjud, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida bir qancha takliflar berish mumin:

1. Ma'lumki, jahon amaliyotida yirik tavakkallarni sug'urtalashda mamlakatdagi bir necha sug'urta tashkilotlarini guruhlarga, jamiyatlarga yoki uyushmalarga jamlash orqali, qayta sug'urtalash tashkilotlarini tuzish tajribasi XIX asrdayoq yo'lga

7 https://uzbekinvest.uz/uz/news/sugurta-bozorining-professional-ishtirokchilari-uchun-olii-ta-limda-imtiez-beriladi.

8 "SUG'URTA BOZORINI RAQAMLASHTIRISH VA HAYOT SUG'URTASI SOHASINI RIVOJLANTIRISH BO'YICHA QO'SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO'G'RISIDA'gi PQ-5265-son, 23.10.2021-y

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

qo'yilgan. Mamlakatimizda esa, shu kunga qadar bu muhim mexanizmdan foydalanilmayapti. Sug'urta sohasidagi og'riqli nuqtalardan yana biri kadrlar salohiyati bilan bog'liqdir. Bugungi kunda soha xodimlarining bor yo'g'i 32 foizi oliy va 30 foizi o'rta maxsus ma'lumotga ega. Boz ustiga, ularning aksariyati sug'urtaga aloqasi bo'lmagan kasb egalaridir. Bu kabi ko'plab muammolar sug'urta bozorining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushiga ham salbiy ta'sir ko'rsatmoqda9. Hammamizga ma'lumki, sug'urta faoliyatida "adjaster" nomli shtat mavjud. Ushbu shaxs sug'urta va sug'urta qiluvchi o'rtasida ishtirok etadi va xizmat ko'rsatadi. Ushbu shtatda tegishli mutaxassislarga ega bo'lgan yuridik shaxs yoki professional bilim va malakaga ega bo'lgan jismoniy shaxslar ishlashi mumkin. Biroq, adjuster faoliyati uchun tegishli mutaxassislarni olish, yetuk kadrlarni tayyorlash bo'yicha amalyotda biroz kamchiliklarga duch kelmoqdamiz. Bu muammoni hal qilish uchun quyidagi jarayonlarni amalga oshirsak, maqsadga muvofiq deb o'ylayman. Milliy sug'urta bozorining ijobiy imijini shakllantirish va yuqori darajada ushlab turish hamda investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirib, sug'urta bozori mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, sug'urta sohasida ta'lim berishning zamonaviy usullarini qo'llash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag'batlantirish. Ushbu protsesslarni ketma-ketlikda va o'z o'rnida bajarsak, mijozlarga xizmat qilish yanada yaxshilanadi va o'z sohasining yetuk mutaxasislari tomonidan amalga oshiriladi.

2. Ikkinchi taklifimiz, sug'urta faoliyatini to'laqonli raqamlashtirishga o'tkazish. Elektron qurilmalarning rivojlanishi, albatta, hayotning har bir burchagida ulardan ortiqcha foydalanish orqali odamlar o'rtasidagi huquqiy munosabatlarni o'zgartirishga ta'sir qiladi10. Ya'ni har qanday mijoz uyida o'tirgan holda sug'urta xizmatidan foydalana olsin. Polislarni yuborish, sug'urta to'lovlari to'lash, to'lovlarni qabul qilib olish, barcha protokollar elektron shaklga o'tkazish hozirgi zamon talabi hisoblanadi. Yuridik shaxslar sug'urta qildirishi uchun, birinchi navbatda, ularga ishonch kerak. Jismoniy shaxslarga esa to'g'ri ma'lumot. Shu sababli, soha mutaxasislariga sug'urta bozorini raqamlashtirish sistemasiga o'tkazish talabi qo'yimoqda. Albatta, bu jarayon katta kuch talab qiladi. Yangi innovatsion sug'urta mahsulotlarini joriy etish va talab yuqori bo'lgan an'anaviy mahsulotlarni rivojlantirish orqali ko'rsatilayotgan sug'urta xizmatlari hajmlarini, turlarini

9 Sharapova M. A. Iqtisodiy islohotlar sharoitida O 'zbekiston Respublikasida sug 'urta bozorini rivojlantirish yo 'llari //Science and Education. - 2022. - T. 3. - №. 3. - C. 1177-1183.

10 Akramov, Akmaljon Anvarjon O'G'Li. "RAQAMLI MEROSNI FUQAROLIK HUQUQIY HIMOYASI VA ELEKTRON VASIYATNOMALARI." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 2.8 (2022): 40-51.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kengaytirish va sifatini oshirish. Sug'urta faoliyatini tashkil etish va tartibga solish sohasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, sug'urta xizmatlarining elektron turlarini faol joriy etish va rivojlantirish. Shu va boshqa natijalar tufayli sug'urta faoliyatining ish samaradorligi yanada ortadi.

3. Uchinchidan, mahalliy davlat hokimyat orgonlarining sug'urta faoliyatiga aralashuvini cheklash. Qisqa qilib aytganda, qonunosti hujjatlaridagi turli to'siq va cheklovlar, mablag'lardan samarali foydalanish, jumladan, ularni sug'urta kompaniyalarining ustav kapitaliga jalb etish imkonini bermaydi. Bir so'z bilan aytganda, qonun hujjatlaridagi eskirgan normalar, tafovutlar, chalkashliklar va boshqa kamchiliklar bu kompaniyalar uchun istiqbol eshiklarini yopib qo'ygan. Bu muammoni bartaraf etish orqali, sug'urta faoliyati bir muncha mustaqillikka erishadi. Ayni damda, sug'urta faoliyatiga ko'plab aralashuvlar sababli, o'z erkinligi kamaygan. Agar biz sug'urta faoliyatini erkinligini ta'minlasak, sug'urta faoliyatiga insonlarning munosabati butkul o'zgaradi. Ya'ni sug'urta asosan xalq uchun xizmat qiladi, davlat orgonlari aytgan buyruqlarga emas. Buning uchun sug'urta xizmatlari iste'molchilari va sug'urta faoliyatining boshqa subyektlari huquqlari himoyasini kuchaytirish, aholining sug'urta savodxonligini va sug'urtaga bo'lgan ishonchini oshirish, sug'urta bozorining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash, shuningdek, sug'urta sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, shu jumladan xalqaro tashkilotlarning standartlari va tavsiyalarini hamda ushbu sohadagi eng yaxshi jahon tajribalarini izchil joriy etish11 talab etiladi.

2019-yil may oyida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o'n to'qqizinchi yalpi majlisida Senat raisi N.Yo'ldoshev sug'urta bozoridagi kamchiliklar haqida to'xtalib, o'z fikrlarin bildirdi: "Qonunchilikdagi bo'shliqlar, ayrim vazirlik va idoralar mas'ullarining sovuqqonligi va e'tiborsizligi oqibatida milliardlab mablag'lar mamlakat iqtisodiyoti rivojiga jalb etilmasdan, chetga chiqib ketmoqda. Xususan, bundan 15 yil avval qabul qilingan va takomillashtirilmagan "Sug'urta faoliyati to'g'risida"gi qonun sug'urta bozoridagi zamonaviy talablarga javob bermay qolgan. 200 nafar professional ishtirokchi faoliyat ko'rsatadigan sug'urta bozorini Moliya vazirligi huzuridagi bor yo'g'i 6 nafar xodim ishlaydigan sug'urta nazorati inspeksiyasi "nazorat qilmoqda". Mazkur tashkilot o'z zimmasidagi vakolat hamda vazifalarini to'laqonli amalga oshirish imkoniyatiga ega emas. U aksariyat hollarda tegishli hisobotlarni umumlashtirish bilangina shug'ullanmoqda. Oqibatda mamlakat sug'urta bozori nazoratdan deyarli chetda qolib ketmoqda. Bu

"O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.08.2019 yildagi PQ-4412-son. https://lex.uz/docs/-4459802#-

4460442.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

esa, faqat o'z manfaatlari yo'lida ishlaydigan ayrim sug'urta tashkilotlari va ularning rahbarlariga qo'l kelmoqda".

Mamlakatimiz sug'urta bozorini rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetkazishning eng muhim va asosiy omillaridan biri bu, O'zbekistonda xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda o'zaro sug'urtani joriy etishdir va bunda davlatning tashabbuskorligidan foydalanish sug'urta sohasidagi bugungi kunning dolzarb masalasidir. Mamlakatda o'zaro sug'urtani joriy etish uchun avvalambor uning huquqiy ta'minotini yo'lga qo'yish, o'zaro sug'urtani rivojlantirish maqsadida ushbu sohaga taalluqli imtiyoz va preferensiyalarni taqdim etish zarur deb hisoblaymiz. Shunday holatda o'zaro sug'urta, sug'urtaning alohida shakli sifatida tijorat sug'urtasi bilan parallel ravishda rivojlanadi va ko'p sonli potensial sug'urtalanuvchilarni sug'urtaga jalb etish barobarida fuqarolarning moddiy farovonligini oshishida, ularning tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq tavakkalchiliklarini kafolatlashda, korxona va tashkilotlarning barqaror faoliyat ko'rsatishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi12. Shu va boshqa takliflarni o'z o'rnida amalga oshirsak, sug'urta bozori rivojlanadi, hamda insonlarni sug'urtaga bo'lgan ishonchi yanada ortadi.

REFERENCES

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PF-5197-sonli Farmoni asosida tayyorlandi.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasining sug'urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taminlash chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4412-son qarori https://lex.uz/docs/-4459802#-4460442.

3. https://www.senat.uz O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatning rasmiy sayti

4. Mirziyoyev Sh., 2019 yil 10 iyuldagi sug'urta xizmatlari bozorini rivojlantirish masalalari bo 'yicha yig'ilish. https://sputniknews-uz.com

5. "Sug'urta faoliyati to'g'risidagi" qonun;

6. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi;

7. https://lex.uz/uz/docs/-1433001 ;

8. https://lex.uz/uz/docs/-1433001 ;

9. https://lex.uz/docs/-5739117#-5740205;

12 Sharapova M. A. Iqtisodiy islohotlar sharoitida O 'zbekiston Respublikasida sug 'urta bozorini rivojlantirish yo 'llari //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 3. - С. 1177-1183.

18

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

10. https://uzbekinvest.uz/uz/news/sugurta-bozorining-professional-ishtirokchilari-uchun-olij-ta-limda-imtiez-beriladi;

11. "Xalq so'zi" gazetasi;

12. https://uzbekinvest.uz/uz/news/sugurta-bozorining-professional-ishtirokchilari-uch un-oli j-ta-li mda-imti ez-beriladi;

13. "SUG'URTA BOZORINI RAQAMLASHTIRISH VA HAYOT SUG'URTASI SOHASINI RIVOJLANTIRISH BO'YICHA QO'SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO'G'RISIDA"gi PQ-5265- son, 23.10.2021-y.

14. Akramov, A. A. O. G. L. (2022). RAQAMLI MEROSNI FUQAROLIK HUQUQIY HIMOYASI VA ELEKTRON VASIYATNOMALARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(8), 40-51.

15. Gulyamov, S. S., Rustambekov, I., & Bozarov, S. S. (2020). Legal bases for business activities in free (special) economic zones of the Republic of Uzbekistan. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(10), 1884-

1895.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.