Научная статья на тему 'BOLALARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISHDA RASMIY VA JAMOATCHILIK INSTITUTLARI FAOLIYATLARINING TARMOQLANISHI ( Fransiya davlati misolida)'

BOLALARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISHDA RASMIY VA JAMOATCHILIK INSTITUTLARI FAOLIYATLARINING TARMOQLANISHI ( Fransiya davlati misolida) Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

163
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimoiy himoya / voyga etmaganlar / ko'mak / ijtimoiy xizmat / institutsional himoya / moddiy yordam / ta'lim. / social protection / minors / support / social service / institutional protection / material support / education.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Oybek Egamqulovich Navruzov, Umida Ibragimovna Dusmuradova

Ushbu mqolada yoshlarni himoya qilishning ijtimoiy huquqiy shakllari davlat va nodavlat institutlari faoliyati Fransiya davlati misolida yoritib berilgan. Xorijiy ijtimoiy himoya tizimlarining faoliyati qiyosiy tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the social and legal forms of youth protection, and the activities of state and non-state institutions are highlighted in the example of the French state. The activity of foreign social protection systems is comparatively analyzed.

Текст научной работы на тему «BOLALARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISHDA RASMIY VA JAMOATCHILIK INSTITUTLARI FAOLIYATLARINING TARMOQLANISHI ( Fransiya davlati misolida)»

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-222-225

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

BOLALARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISHDA RASMIY VA JAMOATCHILIK INSTITUTLARI FAOLIYATLARINING

TARMOQLANISHI ( Fransiya davlati misolida)

Oybek Egamqulovich Navruzov Umida Ibragimovna Dusmuradova

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi tayanch doktoranti otabek 101981 @samdu.uz

ANNOTASIYA:

Ushbu mqolada yoshlarni himoya qilishning ijtimoiy huquqiy shakllari davlat va nodavlat institutlari faoliyati Fransiya davlati misolida yoritib berilgan. Xorijiy ijtimoiy himoya tizimlarining faoliyati qiyosiy tahlil etilgan.

Tayanch so'zlar: ijtimoiy himoya, voyga etmaganlar, ko'mak, ijtimoiy xizmat, institutsional himoya, moddiy yordam, ta'lim.

ABSTRACT

In this article, the social and legal forms of youth protection, and the activities of state and non-state institutions are highlighted in the example of the French state. The activity of foreign social protection systems is comparatively analyzed.

Keywords: social protection, minors, support, social service, institutional protection, material support, education.

Tarixan jamiyat amal qiladigan qadriyatlardan bin o'sib kelayotgan yosh avlodni himoya etish ular qarovsiz qolishiga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va doimiy amalda qo'llash bo'lib kelgan. Ayni bugungi, kunda yoshlar himoyasi ularni barkamol shaxs sifatida voyaga etkazish birgina jamiyat yoki hudud miqyosida qaralmasdan balki keng xalqaro darajadagi masalaga aylanib ulgirdi. Xususan, BMT qoshidagi UNICEF tashkilotining keltirgan statistik raqamlariga murojaat etadigan bo'lsak, 336 million bola rivojlanishdan orqada qolish, to'yib ovqatlanmaslik, 48.6 million bola boshlang'ich ta'lim olishga muhtoj ekanligi shuningdek 48 ming bola jazoni ijro etish

2023

222

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-222-225

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

muasassalaida ekanligi va boshqa shunga o'xshash ko'plab ma'lumotlarni keltirish mumkin[1, 12.04.2023 yil kuni murojaat qilingan]. Bu kabi masalalarni hal etish va kelib chiqmasligiga avvalo har bir hukumatning aholiga nisbatan olib borayotgan ijtimoiy siyosati asos bo'lib xizmat qiladi.

Har bir jamiyat o'z imkoniyat va sharoitlaridan kelib chiqqan holda kelajak avlodi uchun ma'lum chora- tadbirlarni amalga oshirib keladi. Bu borada xorijiy tajriba sifatida Fransiya davlatida bevosita yoshlarni har tomonlama voyaga etishishida bir qancha davlat nodavlat yirik tashkilotlar faoliyat olib boradiki, bu o'sha hududning milliy xususiyatlari qadriyatlari, ana'nalari va qonunchilik tamoyillaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish va maslahatga yo'nalirlgan har bir departament hududida ramziy belgi ostida ASE l'Aide Sociale à l'Enfance (bolalarga ijtimoiy ko'mak) xizmat markazlari faoliyat yuritishadi. Ushbu faoliyat bola himoyasini ta'minlashga yonaltirilgan bo'lib, ijtimoiy ishchi, maxsus ta'lim beruvchi pedagog va psixologlardan iborat. Xuddi shunday, ushbu tashkilot faoliyati moddiy qo'llab-quvvatlash bilan birgalikda oilada ta'lim va psixologik xizmatlarni ham xavf turiga kiruvchi oilalarga nisbatan amalga oshiradi. ASE l'Aide Sociale à l'Enfance markazi moliyaviy yordamni amalga oshirish barobarida oilada bolalar ta'lim olishiga ko'maklashish, xavf ostida qolgan bolalarni qabul qilish va joylashtirish borasida hukumatga murojaat bilan chiqish vakolatiga ega markaz hisoblanadi. Markaz bolalarga nisbatan quyidagi faoliyatlarini amalga oshiradi : 1. moddiy yordam- boshpanasidan (oilasidan) mahrum bo'lgan bolalarni yosh darajasidan kelib chiqqan holda (ijtimoiy mehmonxona, maxsus markazlar, qabul qiluvchi oilalarga...) joylashtirish va haftalik, oylik ta'minot (ovqatlanishi, maktabga borib kelish transport, gigiena va kiyim-kechak xarajatlarini) qoplanadi.

2. ta'lim doirasida ko'mak- bolaning yoshiga mos ravishda PPE (Projet Pour l'Enfant) oilaga nisbatan bola uchun dastur ASE l'Aide Sociale à l'Enfance

tomonidan taklif etiladi. Ushbu dasturda bola ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ota-ona va markaz hamkorligi bola istiqomat qilayotgan oilada yo'lga qo'yilib, oilaga nisabatan bola ta'lim olishida ko'mak beriladi.

3. ASE l'Aide Sociale à l'Enfance markazi zoravonlik yoki qiyin vaziyat ortida psixologik va fiziologik jabr chekkan bolalarga nisbatan hamkorlikdagi Zo 'ravonlikdan yiroq dasturini ham olib boradi.

4. xavfli vaziyatlardan ogohlikka chaqiruvchi faoliyat-ayniqsa ushbu faoliyat markazning muhim tarmog'i hisoblanib,

2023

223

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-222-225

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

xavf sharaitida qolgan bolala^a nisbatan doimiy profilaktik faoliyatni o'z ichiga oladi. Bunda xatarli axborotlar tarmog'i Informations Préoccupantes (IP) tamog'idagi ma'lumotlar asosida oilaga tibbiyot, pedagog xodimlar jalb etilib bolaga va aksincha oilaga nisbatan xizmat amalga oshirib boriladi. Bunda oilaga nisbatan deyilganda o'smir xulq-atvorida og'ish holatlari aniqlansa oilaga xizmat ko'rsatiladi.

5. ASE ma^azi voyaga etmaganla^a nisbatan mavju yoki kutilayotgan har qanday xatarlarni e'tiborga olib huquqni himoya qiluvchi davlat tashkilotlariga xabamoma yuboгish vakolatiga ega[2, 14.G4.2G23 yil kuni murajaat qilingan].

Maгkazning muhim vazifalarida biгi bolani oiladan mahmm etish emas aksincha, oilada bola kamol topishi uchun sharoitni ta'munlashga ko'maklashish bo'lib, oilada voyaga etayotgan bolaga nisbatan doimiy (haftalik, oylik) moliyaviy ko'mak to'lovlarni amalga oshirib keladi. Yuqorida ta'kidlanganidek bolaning zarur ehtiyojlari (ovqatlanish, madaniy hoгdiq, kiyim-kechak, tгanspoгt, gigyena mahsulotlari, o'yin xarajatlari) e'tiborga olinadi[3, 28-bet].

Shuningdek markaz oila bilan bolaning ta'limdan orqada qolish holatlari aniqlanganda quyidagi shakllaráa hamkoriikni amalga oshiradi:

Bolaninga ta'limda berilgan uyga vazifalarini bajarishga, bo'sh vaqtini o'tkazishga madaniy faoliyatda ishtirok etishga ko'maklashish;

Kundalik oilaviy faoliyatda ota onalarni qo'llab-quvvatlash (ovqat tayoriash, y-joylami saqlash, ma,muгiy tartib-qoidala^;

Hamkoгlikda oilaviy xaгajatlaг yani, oilaviy buydjetni boshqarishda maslahat xizmatlaгini amalga oshirish.

Ta'lim bo'yicha bola va oila manfaatlarini hisobga olgan holda oilaga aralashishdan maqsad oilada ta'limni tashkil etishga oid optimal echimlarni tashkil etadi. Va bu ikki xil shaklda amalaga oshadi : birinchisi, ota onaning гoziligi va o'zaro kelishuvi asosida oilada ta'limga ko'maklashish. Ikkinchisi, belgilangan sud qarori asosida bolaga oilda ta'lmni tashkil etish, bunda ota ona belgilangan qarorni tan olishi majbur

Bolalarni zarur holatlarda boshqa joyga ko'chirish joylashtirish oilaning iltimosi, departament maslahat raisi yoki bolaga oid sud qarari asosida maгkaz tomonidan amalga oshiriladi[4, 56-57 bet]. Bolani joylashtirishning biг qancha shakllari bo'lib,1) kunlik ya'ni kuning ma'lum bir qisimini (kechgi vaqtgi tuni, kuning qaysidñ vaqtlarini) oiladan tashqaгi muasassasada o'tkazishadi. 2) Oilaga qabul qilish bunda ASE ma^az oilani tashkil etish xizmatlarini olib boradi. Bunda bola o'zining ta'biy

2023

224

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-222-225

oilasi bilan munosabatlami saqlab qolgan holda ta'biy oilasiga haftada bir marta borib turish huquqiga ega hisoblandi. Keyingisi, shoshilinch qabul qilish bo'lib, bola hayotiga xavf paydo bo'lganda 24 soatgacha bolani boshpana bilan ta'minlash va parallel ravishda huquq idoralari bilan kelishilgan qaror qabul qilish. 72 soat qabul qilish- bu bola tashlab ketilgan, qarovsiz qoldirilgan oila integrasiyasida ishtirok eta olmagan holatlarda 3 kunlik boshpana bilan ta'minlash chora-tadbirlari ko'rib chiqiladi.

Xorijiy davlatlarda bolalarni himoya qilish bilan birgalikda zo'ravonlikka uchragan ayollar, o'smir yoshdagi 18 yoshdan 21 yoshgacha bo'lganlarni ham boshpana bilan ta'minalsh ularga zarur xizmatlarin amalga oshiruvchi tashkilotlar ham mavjud[5, 71-bet]. Masalan, CHU Centre d'Hébergement d'Urgence (shoshilinch boshpana markazi) ayollarga mo'ljallangan bo'lib, qarovsiz, uysiz qolgan va oilaviy majorolar tufayli oilasidan mahrum bo'lgan ayollrga xizmat ko'rsatuvchi markaz. CJM Contrat jeune majeur (yoshi kattalar uchun shartnoma) bu 18 yoshdan 21 yoshgacha bo'lgan yoshlarda oiladan alohida mustaqil hayotga qadam qo'yishi ya'ni oiladan o'zining mustaqil yo'lini tanlash kirishish davridagi yoshlarga mo'ljallangan bo'lib, ijtimoiy va kasbiy hayotga integrasiya jarayonida qiyinchilikka duch kelgan yoshlarga xizmat ko'rsatuvchi markaz hisoblanadi. Bu ko'p holatlarda ASE markazi bilan hamkorlikda faoliyatni olib boradi[6, ].

Xorijiy davlatlarda ijtimoiy, huquqiy va moddiy yordam masalalari hukumat va nodavlat tashkilotlari hamkorligida doimiy muvofiqlashtirib boriladi. Ushbu muammolarning yuzaga kelishi va hal etilishida individga nisbatan munosabat hukumat darjasida e'tibor berilib deyarli jamoavilik ruhiyati sezilmaydi. Bizning mamlakatimizda qarovsizlikka nisbatan munosabat avvalo qavm-qarindoshlik, mahalla va keyin hukumat darajasida hal etilishi ijtimoiy-milliy qadiyatlarning bir belgisi hisoblandi.

REFERENCES:

1. https://www.unicef.org/reports/unicef-annual-report-2021/

2. https://www.aide-sociale.fr/ase-aide/

3. BARREYRE Jean-Yves, BOUQUET Brigitte (dir.), Nouveau dictionnaire critique d'action sociale, Paris, Bayard, 2006.

4. DE ROBERTIS Cristina (dir.), Le Contrat en travail social, Paris, Bayard, 1993

5. GALLAND Olivier, Sociologie de la jeunesse, Paris, Armand

Colin, 4ème édition, 2007.

2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.