Научная статья на тему 'AYOLLARGA NISBATAN ZO‘RAVONLIKNING OLDINI OLISHDA KOMPLEKS TIZIMLI YONDASHUV: XALQARO TAJRIBA'

AYOLLARGA NISBATAN ZO‘RAVONLIKNING OLDINI OLISHDA KOMPLEKS TIZIMLI YONDASHUV: XALQARO TAJRIBA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

906
132
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tazyiq / zo'ravonlik / oilaviy zo„ravonlik / shelter / qonunchilik / ayollar / himoya orderi / psixologik yordam / migrant ayollar / harassment / violence / family violence / shelter / legislation / women / protection order / psychological support / migrant women

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sardor Komil O‘g‘li Alimov

Ushbu maqolada tazyiq va zo„ravonlikka uchragan ayollarni qo„llabquvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy reablitatsiyani amalga oshirish bo„yicha xorijiy tajriba o„rganilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article examines the foreign experience of supporting women who have suffered pressure and violence, protecting their rights and interests, and implementing social rehabilitation.

Текст научной работы на тему «AYOLLARGA NISBATAN ZO‘RAVONLIKNING OLDINI OLISHDA KOMPLEKS TIZIMLI YONDASHUV: XALQARO TAJRIBA»

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

AYOLLARGA NISBATAN ZO'RAVONLIKNING OLDINI OLISHDA KOMPLEKS TIZIMLI YONDASHUV: XALQARO TAJRIBA

Sardor Komil o'g'li Alimov

"Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, falsafa fanlari bo'yicha

falsafa doktori (PhD) [email protected]

Ushbu maqolada tazyiq va zo'ravonlikka uchragan ayollarni qo'llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy reablitatsiyani amalga oshirish bo'yicha xorijiy tajriba o'rganilgan.

Kalit so'zlar: tazyiq, zo'ravonlik, oilaviy zo'ravonlik, shelter, qonunchilik, ayollar, himoya orderi, psixologik yordam, migrant ayollar

This article examines the foreign experience of supporting women who have suffered pressure and violence, protecting their rights and interests, and implementing social rehabilitation.

Keywords: harassment, violence, family violence, shelter, legislation, women, protection order, psychological support, migrant women

Bugungi kunda global miqyosda e'tirof etilayotgan dolzarb ijtimoiy muammolardan biri butun dunyo bo'ylab ayollarga nisbatan sodir etiladigan tazyiq va zo'ravonlik holatlari hisoblanadi. Insoniyat tarkibi azaldan ikki jins vakillaridan iborat ekan, ularning o'zaro munosabatlarida bir-biriga nisbatan hurmat bilan yondashish zaruriyati, bir-birini to'laqonli, teng huquqli inson sifatida qabul qila olishi zamonaviy dunyoning eng ustuvor talablaridan biriga aylangan. Afsuski, aksariyat holatlarda ayollar erkaklar tomonidan sodir etiladigan turli shakldagi zo'ravonlik holatlari qurboniga aylanib qolmoqda. BMT ma'lumotlariga ko'ra, dunyo miqyosida taxminan 736 million ayol (deyarli har uch ayoldan biri) umri davomida kamida bir marotaba u yoki bu shaklda zo'ravonlik qurboni bo'lgan. Eng achinarlisi ayollarga nisbatan zo'ravonlikning aksariyati ularning turmush o'rtoqlari (shu jumladan sobiq erlari), jinsiy sheriklari tomonidan sodir etilgan [1]. Albatta bu raqamlar muammoning ahamiyatini to'liq ochib

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

bermaydi. Birinchidan, odatda zo'ravonlikka uchragan

January, 2023

ayollarning atiga 40 foizdan kamrog'i yordam so'rab murojaat qiladi [2]. Demak amaliyotda bunday holatlar 3-4 barobar ko'proq sodir etilishi mumkin. Ikkinchidan, zo'ravonlik holati ham bevosita, ham bilvosita taraqqiyot jarayoniga salbiy ta'sir etib, uning iqtisodiy zararlarini aniq sonda ifodalashning imkoniyati yo'q. Uchinchidan, har bir zo'ravonlik ayol va uning farzandlari uchun og'ir ijtimoiy-psixologik zarba. Ruhiy tushkunlik, depressiya, o'z joniga qasd qilish kabi ko'plab salbiy oqibatlar ham ijtimoiy taraqqiyotga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Bugungi kunda butun dunyo bo'yicha tazyiq va zo'ravonlikka uchragan ayollarning huquqlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jahonning 155 mamlakatida oilaviy zo'ravonlik to'g'risida qonunlar qabul qilingan. Jumladan, O'zbekistonda ham 2019-yil 2-sentyabr kuni "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi qonun qabul qilingan bo'lib, unda "jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilinishini ta'minlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash [3]" xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlaridan etib belgilangan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Respublikamizda gender tengligini ta'minlashga oid turli masalalar, jumladan xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarini o'rganishga so'nggi yillarda alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda. Jumladan, "Mahalla va oila" instituti tomonidan mazkur yo'nalishda qator ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshiriladi, ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etilib, nashr qilib kelinadi[4]. Umuman olganda, bugungi kunda mahalliy mualliflar tomonidan xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlari psixologik, pedogogik, falsafiy, huquqiy nuqtai nazardan tadqiq etib kelinmoqda [5;6;7;8;9].

Tadqiqot jarayonida tanlab olingan yo'nalish bo'yicha tajribasini o'rganish uchun davlatlarning geografiyasi hamda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarini oldini olish, zo'ravonlik qurboni bo'lgan ayollarni qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirayotgan ishlari inobatga olindi. Tadqiqotda 2 ta Osiyo (Singapur, Yaponiya), 1 ta Yevropa (Shveysariya), 2 ta Amerika (Argentina va Kanada) hamda 1 ta Avstraliya (Avstraliya) qit'asidan mamlakatlar tanlab olindi. Tanlab olingan mamlakatlarning barchasi AQSHning Jorjtaun instituti tomonidan tayyorlanadigan "Ayollar, tinchlik va xavfsizlik indeksi - 2021/2022" (Women, Peace and Security

January, 2023

437

Index - 2021/2022) ning "Jinsiy sherik tomonidan zo'ravonlik" indikatori bo'yicha yuqori ko'rsatkichga ega, jumladan Singapur va Shveysariya eng yaxshi natija qayd etgan [10]. Mamlakatlarning tajribasi o'rganilayotgan kontent-analiz, data-analiz, qiyoslash, umumlashtirish kabi metodlardan foydalanildi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Tazyiq va zo'ravonlik holatiga uchragan ayollar bilan ishlashda har bir mamlakatning o'z yondashuvi mavjud. Umuman olganda aksariyat o'rganilgan mamlakatlarda mazkur yo'nalishda faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat organlarining faoliyatini ma'lum bir davlat tashkiloti umumlashtirib, muvofiqlashtirib turadi. Masalan, Singapurda oilaviy hamda xotin-qizlarga taalluqli masalalar, xususan, tazyiq va zo'ravonlik holatlarini kamaytirish, zo'ravonlik qurbonlarini himoya hamda reabilitatsiya qilish bilan bog'liq davlat siyosatini Ijtimoiy va oila rivojlanishi vazirligi amalga oshiradi. Yoki Argentinada Ayollar, gender va xilma-xillik vazirligi, Yaponiyada Gender tengligi byurosi, Kanadada esa Ayollar, gender tengligi va yoshlar masalalari vazirligi mazkur yo'nalishdagi faoliyatni umumlashtiradi.

2022-yil Singapurda "Singapur oilalari yili" deb nomlangan bo'lib, 2025-yilgacha mo'ljallangan "Oilalar uchun Singapur - 2025" (A Singapore Made For Families 2025) Milliy dasturi qabul qilingan[11]. Mazkur Milliy dasturga ko'ra, "Oilalarning xavfsizligini ta'minlash" yo'nalishi belgilangan. Zo'ravonlik va jinsiy tazyiqqa qarshi milliy ishonch telefoni tashkil etilgan - 1800-777-0000. 2023 yilda oilaviy zo'ravonlikka nisbatan qonuniy himoyalash tizimini kuchaytirish, zo'ravonlar uchun javobgarlik va reabilitatsiya tizimini yaxshilash belgilangan. Mamlakat bo'ylab turli yo'nalishlardagi 48 ta oilaga xizmat ko'rsatish markazlari, oilaviy zo'ravonlik bo'yicha 2 ta maxsus markazlar (TRANS SAFE markazi va Care Corner Project Start) faoliyati yaxshilanishi qayd etilgan.

Shveysariyada esa boshpana markazlari frauenhaus deb ataladi. Mamlakat bo'yicha 2018-yilda jami 1771 ta oilaviy zo'ravonlik holatlari bo'yicha xotin-qizlar mavjud 19 ta ayollar boshpana markazlariga murojaat qilgan bo'lsa, ularning 487 nafari joy yoki xodim yetishmasligi sababli rad etilgan. Yana 319 nafari esa boshqa sabablarga ko'ra shelterlarga qabul qilinmagan. Barcha arizalarning deyarli yarmi rad etilgan, ushbu ayollarning 41 foizi boshqa inqiroz markazlaridan joy topa olishgan.19 ta boshpanada qolgan 965 nafar ayollarning markazlarda qolish davomiyligi o'rtacha 37 kunni tashkil etgan[12].

Ayollarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holati Argentina uchun ham asosiy ijtimoiy muammolardan biri hisoblanadi. 2022-

January, 2023

438

yilning yanvar-iyun oylarida 144-liniya (Línea 144) xizmatiga uch vosita (telefon, WhatsApp va elektron pochta) orqali jami 63 ming 202 murojaat kelib tushgan bo'lib, ularning 91 foizi oilaviy munosabatlar doirasida sodir etilgan. 2021-yilning mos davriga nisbatan zo'ravonlik holatlari 11 ming 117 taga ortgan. 94 foiz holatda psixologik, 64 foiz jismoniy, 41 foiz iqtisodiy, 14 foiz jinsiy zo'ravonlik sodir etilgan bo'lsa, 13 foiz holatda qurol yoki o'tkir vositalar ishlatilgan. Zo'ravonlik holatlarining 97 foizida qurbonlar ayollar, 87 holatda zo'ravonlar erkaklar hisoblanadi[13].

Mamlakatning poytaxti bo'lgan Buenos-Ayres shahrida 2021-yilda sodir etilgan tazyiq va zo'ravonlik holatlarini o'zida aks ettirgan shahar interaktiv zo'ravonlik xaritasi ishlab chiqilgan bo'lib, unda zo'ravonliklarning sodir etilishida shaharning qaysi kommunasi (kommuna - ma'muriy birlik) qanday natijaga ega ekanligi, aynan zo'ravonlikning qaysi turi qaysi kommunada ko'proq sodir etilishi, zo'ravonlikning oylar kesimida tahlili, qaysi davlat fuqarolariga nisbatan sodir etilganligi, qanday chora qo'llangani kabi ma'lumotlar aks etgan.

Kanada ham tazyiq va zo'ravonlikka uchragan ayollar va ularning bolalarini himoya qilish bilan bog'liq muammolar mavjud. Masalan, ayollar uchun boshpanalar va shelterlarga murojaat qiladigan oilaviy zo'ravonlik qurbonlarining 80 foizi rad javobini oladi. 2019 yil noyabr oyidagi o'rganishlar natijasiga ko'ra, bir kunda o'rtacha 620 nafar tazyiq va zo'ravonlikka duch kelgan ayol va ularning farzandlari rad javobini olgan. Bu esa oyiga deyarli 19 000 ayolning markazlarda joylasha olmasligini bildiradi. Bunga asosiy sabab esa mazkur boshpanalarda joy yetishmasligi hisoblanadi.

2020/2021-moliyaviy yilda Kanadadagi mavjud 500 dan ziyod markazlar, shelterga jami 43 729 nafar zo'ravonlik qurbonlari murojaat qilgan bo'lib, ularning 26 736 nafari yoki 61,1 foizi ayollar, 16 575 nafari yoki 37,9 foizi bolalarni tashkil etgan [14]. Murojaat qilgan ayollarning 12 foizdan ortiqrog'ining nogironligi borligi qayd etilgan. Aksariyat holatlarda ayollar va bolalarning shelterlarga murojaatlari ularning oilaviy, jinsiy, psixologik, moliyaviy zo'ravonlik va tazyiq holatida duch kelganligi bilan izohlanadi[15].

Avstraliyada ayollarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarini oldini olishda ijtimoiy himoya hamda alohida e'tiborga muhtoj toifalarga yo'naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan:

- Avstraliyada ayollarning zo'ravonlikka uchrash holatlarini oldini olishda ularning yosh davrlarining o'ziga xos xususiyatlariga e'tibor qaratiladi: voyaga yetmagan qizlar, voyaga yetgan ayollar hamda keksa ayollarga nisbatan zo'ravonlik jihatlari farqlanadi;

January, 2023

439

- nogironligi mavjud bo'lgan ayollarga nisbatan zo'ravonlik holatlarini tugatishga e'tibor qaratiladi. Avstraliyada 2019-yilda nogironligi bo'lgan odamlar 15 yoshdan keyin sog'lom odamlarga nisbatan 1,7 barobar ko'proq jinsiy zo'ravonlikka duch kelishgan [16];

- madaniy jihatdan boshqa guruhlarga mansub, migrant va qochqin ayollar va ularning bolalari ham alohida xavf guruhi sifatida tasniflanadi.

Zo'ravonlikning oldini olishda tashkilotlarning o'zaro hamkorlik tizimi.

Tazyiq va zo'ravonlik holatlarini oldini olish, zo'ravonlik qurboni bo'lgan ayollarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash mamlakatda mavjud davlat va nodavlat tashkilotlarining hamkorligini talab qiladi. Mazkur yo'nalishdagi hamkorlik tizimi har bir davlat uchun o'ziga xos bo'lib, ularning har biriga qisqacha to'xtalib o'tamiz.

Shveysariyada tazyiq va zo'ravonlikka uchragan xotin-qizlarni himoya qilish bo'yicha quyidagi davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorlikda faoliyat olib boradi[17]:

S Fuqarolik sudi;

S Qurbonlar bilan ishlash agentliklari;

S Politsiya;

S Ijtimoiy ta'minot organlari;

S Migrant ayollar uchun huquqiy maslahat organlari;

S Sog'liqni saqlash muassasalari;

S Maktablar;

S Maktabgacha ta'lim muassasalari va boshqalar.

Singapurda tazyiq va zo'ravonlik qurbonlari bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlash, reablitatsiya qilish bo'yicha davlat va nodavlat tashkilotlarining hamkorlik tizimi yo'lga qo'yilgan. Oilaviy sudlar, oilaga xizmat ko'rsatish markazlari, politsiya, kasalxonalar, ta'lim muassasalari, ijtimoiy xizmat agentliklari birgalikda zo'ravonlikka duch kelgan ayollarni qo'llab-quvvatlash doirasida hamkorlik qilib kelishadi.

Ijtimoiy va oila rivojlanishi vazirligi tarkibida Adult Protective Service - APS ya'ni "Kattalar uchun himoya xizmati" joriy etilgan bo'lib[18], mazkur tuzulma ikki yo'nalishda faoliyat olib boradi:

1) Ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilaviy zo'ravonlikka duch kelgan shaxslarga yordam beruvchi tashkilotlarni nazorat qiladi, bunday shaxslarning tegishli xizmatlarga yo'naltirilishi, ularning xavfsizligini ta'minlash ishlarini muvofiqlashtiradi;

2) zo'ravonlikka uchragan shaxslarni himoya qilish bo'yicha strategik hamkor tashkilotlar - politsiya, shifoxona,

January, 2023

44G

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

ijtimoiy xizmat agentliklari, oilaviy sudlarning birgalikdagi faoliyatini nazorat qiladi, umumiy strategiyasini ishlab chiqadi.

APS, shuningdek, tazyiq va zo'ravonlikka uchragan shaxslar bilan ishlovchi mutaxassislarning kasbiy malakasini oshiradi.

Argentinada 2022-2024-yillarga mo'ljallangan Gender asosidagi zo'ravonlikka qarshi Milliy harakatlar rejasi qabul qilingan bo'lib, mazkur Milliy harakatlar rejasi 20 ta vazirlik va 5 ta milliy agentliklarning 100 ta qisqa, o'rta va uzoq muddatli harakatlarini o'z ichiga oladi. Milliy harakat rejasida vazirliklar, federal va munitsipial hokimiyat organlari o'rtasida hamkorlik belgilab qo'yilgan. Harakatlar rejasi doirasida zo'ravonlikka uchragan ayollar uchun eng kam ish haqi miqdorida 6 oy nafaqa tayinlash, gender zo'ravonlikka uchragan ayollarni qo'llab-quvvatlash uchun yuridik shaxslarga eng kam ish haqining 47 barobaridan 70 barobarigacha va jismoniy shaxslar uchun eng kam ish haqining 23 barobari miqdorida subsidiyalar ajratish belgilab qo'yilgan[19]. Argentinada ayollarga nisbatan zo'ravonlik holatini oldini olish, ayollarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha hamkorlik tizimi Xotin-qizlar milliy kengashi tomonidan muvofiqlashtirilib, mazkur Kengash va Ayollar, gender va xilma-xillik vazirligi vakolatli organlar hisoblanadi. Shuningdek hamkorlik tizimiga Voyaga yetmaganlar va oila ishlari bo'yicha Milliy Kengash (tazyiq va zo'ravonlik qurboni bo'lgan ayollar uchun davlat va xususiy xizmatlarni muvofiqlashtiradi), Sud, Ijtimoiy taraqqiyot vazirligi, Adliya vazirligi (bepul yuridik yordam beruvchi markazlarning reestrini yuritadi), Xalq ta'limi vazirligi, Sog'liqni saqlash muassasalari (bepul birinchi tibbiy yordam beradi), Ayollarga nisbatan zo'ravonlik observatoriyasi (zo'ravonlik holatlarining sabablarini o'rganadi, muammoni ilmiy jihatdan tahlil qiladi), nodavlat notijorat tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan politsiya korpusi (ayollar bilan bog'liq va ayollarga nisbatan sodir etilgan huquqbuzarliklar bilan ishlaydi), munitsipial hokimiyat organlari, advokatura, kasaba uyushmalari ham kiradi.

Yaponiya Parlamenti tomonidan 2001-yil 13-aprelda qabul qilingan 31-sonli "Oilaviy zo'ravonlikning oldini olish va jabrlanuvchilarni himoya qilish to'g'risida"gi qonunning 2.2-moddasiga ko'ra, Bosh vazir, Milliy jamoat xavfsizligi komissiyasi, Adliya vazirligi va Sog'liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi oilaviy zo'ravonlikni oldini olish yo'nalishida asosiy davlat siyosatini amalga oshiradi [20]. Hamkorlik tizimi tarkibiga prefekturalar va munitsipial ma'muriyatlar, oilaviy zo'ravonlik bo'yicha maslahat va yordam markazlari, politsiya, sog'liqni saqlash muassasalari, ijtimoiy yordam tashkilotlari, sud, nodavlat

tashkilotlar ham kiritiladi.

January, 2023

Avstraliyada ham zo'гavonlikka nisbatan davlat va nodavlat tashkilotlarining hamkorligini ta'minlash maqsadida 2010-2022-yillarda Ayollar va bolalarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish bo'yicha Milliy reja ishlab chiqilib, amalga oshirilgan. 2022-yil 17-oktyabr kuni esa 2022-2032-yillarga mo'ljallangan Ayollar va bolalarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish Milliy rejasi e'lon qilingan bo'lib, mazkur Milliy reja shtat va federativ hukumat tomonidan qabul qilingan. Milliy reja jamiyatning barcha davlat va nodavlat tashkilotlari - hukumat, biznes subyektlari, OAV, maktablar va ta'lim muassasalari, oila, oilaviy va jinsiy zo'ravonlikka nisbatan kurashuvchi tashkilotlar va boshqalar hamkorlik qilishi belgilab qo'yilgan. Milliy reja o'z tarkibiga ikkita 5 yillik rejani qamrab olishi rejalashtirilgan. Milliy rejaning asosiy maqsadi - ayollar va bolalarga nisbatan zo'ravonlikning har qanday shakliga barham berishdan iborat. Milliy reja doirasi amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib borish, har yili parlamentga hisobot kirgizish bilan Oilaviy, maishiy va jinsiy zo'ravonlik (DFSV) komissiyasi shug'ullanadi.

Kanadada zo'ravonlik qurboni bo'lgan ayollarni qo'llab-quvvatlashda asosiy еЧ^г ularning sog'lig'ini va ruhiy holatini tiklashga qaratiladi. Umuman olib qaraganda, mamlakatda idoralararo ishlab chiqilgan dastur doirasida Sog'liqni saqlash vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ayollar va gender tengligi masalalari vazirligi, Kanada Qirollik politsiyasi kabi federal organlar, viloyat va mintaqaviy hukumatlar, vazirliklar, NNT va markazlar, xayriya tashkilotlari, ta'lim muassasalari, advokatura va boshqa davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

Tazyiq va zo'ravonlik bo'yicha qonunchilik tizimi.

Har bir mamlakatning qonunchilik tizimi o'ziga xos. Zo'ravonlikka oid qonunchilik tizimi ham mamlakatda mavjud yuridik norma ijodkorligining bir qismi hisoblanadi. Ba'zi mamlakatda qonunchilik Ыг bosqichli bo'lsa (Singapur Yaponiya), ba'zilaráa federal va hududiy qonunchilik institutlari mavjud (Kanada, Avstraliya, Shveysariya).

Singapur Respublikasi Parlamenti tomonidan 1961 yil 15 sentyabr kuni qabul qilingan "Xotin-qizlar xartiyasi"ning 7 qism, 64-67 moddalari "Oila himoyasi" deb nomlangan. Xartiyada oilaviy zo'ravonlik tushunchasiga izoh berib o'tilgan. Xartiyaning 65 moddasida zo'ravonlik holatida sud tomonidan himoya orderi berish tartibi belgilab berilgan. Zaruriyat tug'ilganda sud bir kun ichida qisqa muddatli (28 kun) himoya orderi berishi tizimi ishlab chiqilgan (66 modda). 1871 yilda qabul qilingan Singapur Jinoyat kodeksiga ko'ra, ayolning homilasini tushirish (312 modda), ayolni nikohiga olish yoki jinsiy ehtiyojini qondirish uchun o'g'rilash (366 modda), fohishalik qilish uchun

January, 2023

https://t.me/ares uz Multidisciplinary Scientific Journal

xotin-qizlarni mamlakatga olib kirish (373A modda) kabi zo'ravonlik holatlari uchun j inoiy j avobgarlik belgilangan[21 ].

Shveysariya boshqaruv shakliga ko'ra konfederatsiya bo'lganligi sababli butun mamlakat uchun federal qonunlarni mamlakat parlamenti ya'ni Shveysariya Konfederatsiyasi Federal Kengashi qabul qiladi. 1991-yil 4-oktyabr kuni qabul qilingan (2007-yil 23-martda qayta qabul qilingan) "Jinoyat qurbonlariga yordam ko'rsatish to'g'risida"gi Federal qonunida tazyiq va zo'ravonlikka uchragan ayollarga yordam berish masalasiga huquqiy baho berib o'tilgan. 1937-yil 21-dekabr kuni qabul qilingan Shveysariya Jinoyat Kodeksiga ko'ra, oiladagi zo'ravonlik jinoiy javobgarlikka tortishga asos bo'ladi[22]. Xotin-qizlarga nisbatan turli ko'rinishdagi tazyiq va zo'ravonlik holatlari jinoyat sifatida tasniflanadi.

Argentinada ayollarni zo'ravonlikdan himoya qilishning kuchli normativ-huquqiy tizimi yaratilgan. Jumladan, Argentina Milliy kongressi tomonidan 1994-yil 28-dekabrda 24.417-sonli "Oilaviy zo'ravonlikka qarshi himoya qilish to'g'risida"gi va 2009-yil 11-martda 26.485-sonli "Ayollarni har tomonlama himoya qilish to'g'risida"gi Milliy qonunlar qabul qilingan. Argentina qonunchiligiga "oilaviy zo'ravonlik[23]", "ayollarga nisbatan zo'ravonlik[24]" tushunchalariga kiritilgan.

Yaponiya Parlamenti tomonidan 2001-yil 13-aprelda qabul qilingan 31-sonli "Oilaviy zo'ravonlikning oldini olish va jabrlanuvchilarni himoya qilish to'g'risida"gi qonunining 1-moddasida "oilaviy zo'ravonlik" (yoki "er-xotin o'rtasidagi zo'ravonlik") tushunchasiga ta'rif berib o'tilgan. Bunda oilaviy ajralish, qonuniy nikohdan o'tilmagan holatlarda zo'ravonlik sodir etilishi ham oilaviy zo'ravonlik sifatida talqin etiladi[20].

Avstraliyada tazyiq va zo'ravonlik bo'yicha qonunchilik tizimi federal, shtatlar qonunlari, sudlarning qarorlari asosida shakllantiriladi. Avstraliya federal parlamenti tomonidan 1975-yil 12-iyunda qabul qilingan va jami 84 marotaba o'zgartirish kiritilgan 53,1975-sonli "Oila huquqi to'g'risida"gi federal qonun[25] hamda 2011-yil 7-dekabrda qabul qilingan 189,2011-sonli "Oila huquqi to'g'risidagi qonun hujjatlariga o'zgartirish kiritish (oilaviy zo'ravonlik va boshqa chora-tadbirlar) to'g'risida"gi federal qonun[26] mamlakatda zo'ravonlik holatlari bilan kurashish, oldini olish bo'yicha asosiy huquqiy yo'nalishlarni belgilab bergan. Xususan, 53,1975-sonli federal qonunining 4AV moddasida va 189, 2011-sonli qonunda "oilaviy zo'ravonlik", "bolalarga nisbatan zo'ravonlik", "tazyiq" tushunchalariga izoh berib o'tilgan. Qolaversa, 53,1975-sonli federal qonunga ko'ra, oilaviy maslahatchilar, oilaviy nizolarni hal qiluvchi amaliyotchilar akkredatatsiyadan o'tishi belgilangan. Qonun mediatsiya institutining asosiy yo'nalishlarini ham belgilab bergan.

January, 2023

443

XULOSA

Tazyiq va zo'ravonlikka uchragan ayollarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha xalqaro tajribani o'rganish asosida quyidagilarni taklif qilish mumkin:

- Milliy qonunchilikka "oilaviy zo'ravonlik" tushunchasini kiritish. Jinoyat huquqida oilaviy zo'ravonlikni alohida jinoyat sifatida tasniflash;

- Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikka oid jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish. Masalan, Singapurda nomusga tegish jinoyati uchun 20 yilgacha ozodlik mahrum qilish jazosi belgilangan. Bizda esa ushbu holatda javobgarlik uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan belgilangan (O'zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi 118-modda, 2-xatboshi);

- Tazyiq va zo'ravonlikka uchragan ayollarni himoya qilish, ularning reablitatsiyasini amalga oshirishda faqatgina davlatga bo'ysunuvchi reablitatsiya markazlaridan tashqari nodavlat notijorat shaklidagi inqiroz markazlari, vaqtinchalik boshpanalar tashkil etish. Bu bir tomondan markazlar va ulardagi joylar sonining ortishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan raqobat tufayli soha mutaxassislarida professionalizm kuchayadi;

- Ayollarni reablitatsiya qilish markazlarining joylashgan joyi, unda boshpana topgan ayollar haqidagi ma'lumotlarning anonimligini ta'minlash;

- Reablitatsiya qilish markazlarining faoliyatini qo'llab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy aksiyalar, targ'ibot tadbirlarini o'tkazish;

- Tazyiq va zo'ravonlik holatlari bo'yicha interaktiv xarita yaratish. Dastlabki bosqichda ma'lum ma'muriy birlik (masalan Toshkent shahri) uchun pilot loyiha sifatida shakllantirish, xarita ma'lumotlarini avtomatik yangilanishini ta'minlash;

- Tazyiq va zo'ravonlik holatlarida xotin-qizlarning murojaat qilishi mumkin bo'lgan davlat va nodavlat tashkilotlari (kasalxonalar, ichki ishlar organlari, reablitatsiya markazlari, prokuratura, sud, NNT va boshqalar)ning manzili va telefon raqamlari, yordam berish shaklining yagona reestrini shakllantirish, internetda ochiq ma'lumot sifatida joylashtirish;

- Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo'yicha markazlarning internet saytini tashkil qilish, zo'ravonlikka uchragan ayollarning onlayn murojaat qilishi va ularni tegishli davlat idoralari, xizmatlariga onlayn yo'naltirish imkoniyatini yaratish;

- Xotin-qizlarning maishiy zo'ravonlik qurboniga aylanib qolishlarini oldini olish maqsadida tashkil etilgan "1146" qisqa raqamli Ishonch telefoni faoliyatini o'zbek va rus tillaridan tashqari, mahalliy aholining muloqot tillarida (qoraqalpoq, tojik, qozoq, qirg'iz, turkman) olib borishini ta'minlash;

January, 2023

444

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

- Oilada tazyiq va zo'ravonlik holatlarining takrorlanmasligi, oilaviy-maishiy nizolarning tinch yo'l bilan hal bo'lishi uchun oilaviy maslahat xizmatlari yoki oilaviy munosabatlarda mediatsiya institutini joriy etish.

REFERENCES

1. World Health Organization. (2021). Violence against women prevalence estimates, 2018: global, regional and national prevalence estimates for intimate partner violence against women and global and regional prevalence estimates for non-partner sexual violence against women. World Health Organization.

2. United Nations Economic and Social Affairs (2015). The World's Women 2015, Trends and Statistics, p. 159.

3. "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi O'zRQ-561-sonli Qonun. 02.09.2019. (https://lex.uz/docs/-4494709)

4. https://moiti.uz/oz/services/library

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

5. Бозорова O., & Ялилов N. (2022). Jamiyatda xotin-qizlarning zo'ravonlik jinoyati jabrlanuvchisi bo'lib qolishining oldini olish masalalari. Вопросы совершенствования механизмов противодействия коррупционным рискам в сфере государственного управления, 1(01), 117-121. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/issues-improving/article/view/12630

6. Imomqulova, F. (2022). JAMIYATDA AYOLLAR HOLATI HAQIDAGI QARASHLARNING EVOLUTSIYASI. AYOLLARGA NISBATAN ZO'RAVONLIK JAMIYATDA IJTIMOIY MUAMMO. Scienceweb academic papers collection;

7. Alimov, S. K. (2021). The impact of human migration on theethosphere of emigrant country: Philosophical and ethical analysis. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(9), 74-79.

8. Alimov, S. K. (2022). Tazyiq va zo'ravonlikka uchragan ayollarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo'yicha xorijiy tajriba. MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT, GENDER VA OILA, 2022/1 (2), 71-76.

9. Ismailova, Z., Ismaylova, R., Saydivalieva, K., & Tuychieva, G. (2021). Development of gender entrepreneurship. In E3S Web of Conferences (Vol. 284, p. 11020). EDP Sciences.

10. Georgetown Institute for Women, Peace and Security and Peace Research Institute Oslo. (2021). Women, Peace, and Security Index 2021/22: Tracking sustainable peace through inclusion, justice, and security for

women. Washington, DC: GIWPS and PRIO.

January, 2023

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

11. A Singapore Made For Families 2025. Our National Plan For A Family-Friendly Society https://www.msf.gov.sg/Documents/MFF%202025%20Plan.pdf

12. https://www.swissinfo.ch/eng/society/violence-against-women shelters-for-victims-of-domestic-violence-struggle-with-capacity-issues/44957702

13. https://www.argentina.gob.ar/generos/linea-144/datos-publicos-de-la-linea-144-2022

14. https://www150.statcan.gc.ca/n1/pub/85-002-x/2022001/article/00014/tbl/tbl04-eng.htm#shr-pg0

15. Heidinger, L. (2021). Intimate partner violence: Experiences of first nations, Métis and Inuit women in Canada, 2018. Juristat: Canadian Centre for Justice Statistics, 1-21.

16. AIHW, (2019): Family, domestic and sexual violence in Australia: continuing the national story 2019: in brief, 2019

17. https : //frauenhaus-basel .ch/frauenhaus/

18. https://www.msf.gov.sg/about-MSF/our-people/Divisions-at-MSF/Social-Development-and-Support/Rehabilitation-and-Protection-Group/Adult-Protective-Service/Pages/default.aspx

19. https://www.argentina.gob.ar/sites/default/files/2022/08/pna 2022 2024.pdf

20. https://www.gender.go.jp/policy/no violence/e-vaw/law/pdf/nichiei.pdf

21. PENAL CODE 1871 https://sso.agc.gov. sg/act/pc 1871

22. https://www.fedlex.admin.ch/eli/cc/54/757 781 799/de

23. http://www.notivida.com.ar/legnacional/Ley%20NACIONAL%2024.417%20PR OTECCION%20CONTRA%20LA%20VTOLENCIA0/o20FAMILIAR.html

24. http://www.oas.org/dil/esp/Ley de Proteccion Integral de Mujeres Argentina.p df

25. https://www.legislation.gov.au/Details/C2022C00260

26. https://www.legislation.gov.au/Details/C2011A00189

January, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.