Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA AYOLLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH BO‘YICHA XALQARO HARAKATNING TARIXIY TARAQQIYOTI'

YANGI O‘ZBEKISTONDA AYOLLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH BO‘YICHA XALQARO HARAKATNING TARIXIY TARAQQIYOTI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

1444
129
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ijtimoiy siyosat / siyosat / yoshlar ongi / muammo / globallashuv / suniy intelek. / social policy / politics / youth consciousness / problem / globalization / artificial intelligence.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Aziza Rixsivoevna Sultonova

Maqolada ayollar huquqlarining taraqqiy etishi va nazariy jihatlarini o„rganish, Milliy qonunchiligimiz va xalqaro huquq normalarida ayollarning erkaklar bilan huquqiy jihatdan tengligini tadqiq etish. O„zbekiston Respublikasida ayollar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari o„rganish. O„zbekiston Respublikasida ayollar huquqlarini himoya qilish strategiyasining mohiyati yoritib berish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article deals with the development and theoretical aspects of women's rights, the study of the legal equality of women with men in our national legislation and international law. Study of the legal framework for the protection of women's rights in the Republic of Uzbekistan. Explain the essence of the strategy for protecting the rights of women in the Republic of Uzbekistan

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA AYOLLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH BO‘YICHA XALQARO HARAKATNING TARIXIY TARAQQIYOTI»

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-920-929

YANGI O'ZBEKISTONDA AYOLLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH BO'YICHA XALQARO HARAKATNING TARIXIY TARAQQIYOTI

Aziza Rixsivoevna Sultonova

Toshkent moliya instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi

Maqolada ayollar huquqlarining taraqqiy etishi va nazariy jihatlarini o'rganish, Milliy qonunchiligimiz va xalqaro huquq normalarida ayollarning erkaklar bilan huquqiy jihatdan tengligini tadqiq etish. O'zbekiston Respublikasida ayollar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari o'rganish. O'zbekiston Respublikasida ayollar huquqlarini himoya qilish strategiyasining mohiyati yoritib berish.

Kalit so'zlar: Ijtimoiy siyosat, siyosat, yoshlar ongi, muammo, globallashuv, suniy intelek.

The article deals with the development and theoretical aspects of women's rights, the study of the legal equality of women with men in our national legislation and international law. Study of the legal framework for the protection of women's rights in the Republic of Uzbekistan. Explain the essence of the strategy for protecting the rights of women in the Republic of Uzbekistan.

Keywords: social policy, politics, youth consciousness, problem, globalization, artificial intelligence.

"Xotin - qizlarning tengligi insoniyatning tarixiy yutuqlaridan biridir. Ayollar millat genofondini shakllantiruvchi asosiy manbagina emas, balki iqtisodiyotda katta mehnat resursi hamda millat an'analarining davomchisidir"[1].

Inson huquqlarining ajralmas qismi sifatida xotin - qizlarning huquqlariga rioya qilinishi sohasidagi vaziyat ham jahon hamjamiyatini qattiq tashvishga solmoqda. Ayollarning erkaklar bilan tengligiga erishish borasidagi muayyan yutuqlarga qaramasdan, ba'zi jamiyatlardagi ayollar uchun haqiqiy tenglik hali -hamon orzuligicha qolib kelmoqda. Ular huquqlarining cheklanishi va xo'rlanishida namoyon bo'layotgan diskriminatsiya qilish hollari ana shundan dalolat beradi.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

April, 2022

National University of Uzbekistan Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022

Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and Humanities

^01^0.24412/21811385-2022-^^

"Inson huquqlari muammosi hozirgi vaqtdagi eng jiddiy muammolar qatoriga kiradi. Bunday huquqlarning universal tusga egaligi ushbu muammoni dunyodagi barcha mamlakatlar uchun ham umumiy ahamiyatga molik qilib qo'yadi, chunki inson huquqlari buzilmaydigan mamlakatning o'zini topish qiyindir. Xotin - qizlarning huquqlariga rioya qilinishi sohasida vujudga kelgan vaziyat jahon hamjamiyatini qattiq tashvishga solmoqda. Ayollarning erkaklar bilan huquqqiy tengligiga erishish borasidagi muayyan yutuqlarga qaramasdan, ayollar uchun haqiqiy tenglik ham baribir orzuligicha qolib kelmoqda. Ular huquqlarining cheklanishi va xo'rlanishida namoyon bo'layotgan kamsitish hollari ana shundan dalolat beradi"[2].

O'tmishga nazar tashlansa, ayolning jamiyatda tutgan o'rni uning oiladagi vazifalaridan kelib chiqqan holda belgilanganligining guvohi bo'lamiz. Jumladan, bundan 150 yil muqaddam Amerikada qabul qilingan "Ayollar huquqi deklaratsiyasi" da "Ayollar tarixi - ayollarning erkaklar tomonidan doimiy hukmronlik ostida olinishi tarixidan iborat" deb ta'riflangan. 1595 - yili Olmoniyada "Ayolning odam emasligi haqida dissertatsiya" kitobi nashr qilingan.

O'rta asrlarga xos bo'lgan ushbu qarashlar ayolning qiziqishlari faqat bola-oshxona-cherkovdan iborat ekanligini uqtiradi, ayol o'zining ongli hayoti orqali jamiyat rivojiga o'z hissasini qo'shishi mumkinligini inkor etadi.

XVIII - XIX asr birinchi yarmida jamiyat taraqqiyotida yuz bergan o'zgarishlar ayollarga bo'lgan munosabatning o'zgarishiga olib kela boshladi. Ushbu davrning Volter, Didro, Monteskye, J.J. Russo, Jozef Prezdon, Avgust Bebel kabi ilg'or fikrlovchi ziyolilari ayollarga millatning bir qismi, jamiyatning a'zosi sifatida qaray boshladilar. XIX asr ayollarning erkaklar bilan teng huquqli bo'lish uchun kurash voqealariga to'la bo'lib, tarixda bu voqealar "Feministlar harakati", "Qizil paypoqlilar harakati", "Ko'k paypoqlilar" nomini olgan. Ayollarning o'z huquqlari uchun ommaviy chiqishlari xalqaro standartlar qabul qilishiga olib keldi[3].

"Ayollarning iqtisodiy - siyosiy, kasbiy huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotga ilk bor 1871 - yil 18 - martda Parij Kommunasi tashkil topgan davrda asos solingan edi. Ikkinchi jahon urushi tugagach esa, jahonda birinchi yirik tashkilot - Xalqaro Demokratik Xotin - Qizlar Tashkiloti (XDXQT) tuzildi. Mazkur tashkilot jahondagi barcha xotin - qizlar harakatiga boshchilik qilib, bir necha bor ayollar muammosiga bag'ishlangan xalqaro kongresslarni, jumladan, 1945 - yil noyabr oyida Parijda, 1948 - yil dekabrda Budapeshtda, 1953 - yil iyunda Kopengagenda,

April, 2022

921

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-920-929

1958 - yil iyun oyida Vena shahrida o'tkazishga muvaffaq bo'ldi.

XDXQT ning Vena Kongressida Prezident Ejeni Kotton jahon ayollari huzurida "Hozirgi jamiyatda xotin - qizlarning roli va mas'uliyati" to'g'risida ma'ruza qilib, butun dunyoda ayollarning teng huquqlarga ega bo'lishi, ularning fuqaro, ona, ishchi sifatidagi qadr - qimmatini hurmatlash to'g'risidagi talablarni ko'tarib chiqqan edi"[4].

Ayollar muammolarini hal qilish va ularni hal etish maqsadida xalqaro konferensiyalar tashkil etildi. Ayollar harakatlarining muhim bosqichlari:

□ 1975 - yil I Butunjahon Ayollar Konferensiyasi va Xotin - qizlar yili deb e'lon

qilinishi (Mexiko, Meksika);

□ 1976 - 1985 - yil BMT tomonidan "Tenglik, Taraqqiyot, Tinchlik" shiori

ostida

Ayollar o'n yillligi deb e'lon qilinishi;

□ 1980 - yil II Butunjahon Ayollar konferensiyasi (Kopengagen, Daniya);

□ 1985 - yil III Butunjahon Ayollar konferensiyasi (Nayrobi, Keniya);

□ 1995 - yil Ayollar holati bo'yicha IV Butunjahon konferensiyasi (Xitoy, Pekin),

Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar Platformasi;

□ 1995 - 2004 - yillar BMT Bosh Assambleyasining 49 - sessiyasida

"Inson

huquqlari ta'limining o'n yilligi" e'lon qilinishi.

"Gender tenglik uchun kurash 1945 - yil BMT ning tashkil topishi bilanoq boshlandi. Tashkilotning dastlabki 51 a'zosidan 30 tasi ayollarga erkaklar bilan tenglikda saylov huquqi va davlat ishlari bilan tenglikda saylov huquqi va davlat ishlari bilan shug'ullanish huquqini berdi. BMT Nizomida erkaklar va ayollarning teng huquqliligi e'tirof etildi. Gender tenglikka erishish uchun dastlabki qilingan ishlar ayollarning yuridik va fuqarolik huquqlaridagi muammolarni yechish dunyo bo'ylab ayollarning ahvoli bo'yicha ma'lumotlar yig'ishga qaratildi. Vaqt shuni ko'rsatdiki, faqatgina qonunlar bilan teng huquqlilikni ta'minlashga erishib bo'lmas ekan. Shundan keyin gender tengligi uchun kurashning ikkinchi bosqichi boshlandi. Shu maqsadda ayollar ahvolini yaxshilash borasida reja va strategiyalarni ishlab chiqarish uchun BMT tashkilotining tashabbusi bilan to'rtta xalqaro konferensiya

chaqirildi. Bu konferensiyalar BMT tomonidan jahon miqyosida tashkil qilingan bo'lib, butun dunyo e'tiborini

April, 2022

gender tengligi muammosiga qaratishga muvaffaq bo'ldi. Konferensiyalar butun dunyo aholisini bir maqsad yo'lida birlashtirdi va rejalar

tuzish yo'nalishlarini belgilash ayollarning jamiyatdagi va shaxsiy hayotidagi ahvollarini yaxshilash uchun asos bo'ldi"[5].

Mexiko konferensiyasi. I Xalqaro konferensiya 1975 - yilda Mexikoda boshlandi. Unda 1975 - yil xalqaro miqyosda "Ayollar yili" deb e'lon qilindi va xalqaro jamiyatga yana bir bor ayollarga nisbatan munosabatda kamsitishga yo'l qo'yilayotganligi ko'p davlatlarda yechilmas muammo sifatida qolib kelayotgani eslatib o'tilib, konferensiya malaka almashish, munozara, kelishuv, maqsadlar qo'yish, mavjud ahvolni tahlil etish bilan boshlandi. BMT Bosh Assambleyasi

Konferensiya ishtirokchilari oldiga quyidagi uch masalani qo'ydi:

□ Gender tenglikni ta'minlash va jinsga bog'liq belgilarda kamsitishni yo'qotish;

□ Ayollarni rivojlanish jarayoniga jalb qilish va ularning bu jarayondagi ishtirokini

to'liq ta'minlash;

□ Ayollarning butun dunyo bo'yicha tinchlikni ta'minlashdagi hissasini oshirish.

Yuqoridagi uch masala yuzasidan butun dunyoda amalga oshirilishi lozim bo'lgan faoliyatning asosiy yo'nalishlari ko'rsatilgan dastur qabul qilindi. Ko'rsatilgan masalalarni hal etish uchun 10 yillik muddat belgilandi. Dastur ayollarni ta'lim olish, bandlik, siyosiy faoliyat, sog'liqni saqlash, uy-joy bilan ta'minlash, oziq-ovqat va oilani rejalashtirish sohalarida tenglikni ta'minlashga qaratilgan asosiy vazifalarni o'z ichiga olgan.

Konferensiya ishtirokchilari boshqaruv organlarini milliy strategiyani ishlab chiqish va rivojlanish jarayonida ayollarning teng huquqli ishtirokini taminlashga qaratilgan maqsad va vazifalarni aniqlashga chaqirdilar. 10 yillikning oxirida BMT ning 127 ta a'zo-davlati mazkur yo'nalish bo'yicha milliy mexanizmi va institutlarini tashkil qilishganligi hamda u borada tegishli, tadqiqotlar o'tkazilayotganligi haqida ma'lumotlar berdi.

Ayollar ahvolini yaxshilashga qaratilgan BMT Departamentiga Mexikodagi konferensiyada qo'shimcha qilib, Ayollar ahvolini yaxshilashga qaratilgan xalqaro tadqiqot instituti va BMT jamg'armasi tashkil qilindi. Mexikodagi uchrashuvning asosiy belgisi shu bo'ldiki, unda ayollarning o'zlari muhokamada ishtirok etdilar. Delegatlarning 133 nafaridan 113 nafari ayollar edi. Bu anjumanga parallel ravishda nodavlat

April, 2022

923

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-920-929

tashkilotlarining forumi o'tkazildi va unda 4000 nafar atrofida vakillar qatnashdi. Forumda ishtirok etgan ayollarning fikrlari xilma-xil bo'lib, ular o'z mintaqasidagi muommolardan kelib chiqqan edi. Masalan, SHarq ayollari o'z qiziqishlarini dunyoda tinchlik o'rnatishga qaratgan bo'lsalar, G'arb ayollari tenglikni saqlashga, rivojlanayotgan mamlakatlarning ayollari esa, o'z e'tiborlarini o'tish davri muammolariga qaratdilar.Forum turli davlatlarning ayol va erkaklarini yig'ib, ayollar harakatini birlashtirishga bevosita yordam berdi.

"1976 - yilda BMT ning xotin - qizlar rivojlanish jamg'armasi (UNIFEM) tashkil etildi. UNIFEM faoliyati xotin - qizlarning ahvolini yaxshilash, gender masalalari bo'yicha yangi dasturlarni moliyaviy va texnik jihatdan qo'llab - quvvatlashga qaratilgan. Bugungi kunga kelib, 100 dan ziyod mamlakatlarda UNIFEM jamg'armalari faoliyat ko'rsatib kelmoqda. BMT ning UNIFEM jamg'armasi xotin - qizlarning huquqlari va ularni himoyalash borasida to'rtta strategik maqsadga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Ya'ni:

□ Ayollarni kambag'allik va qashshoqlikdan himoya qilish;

□ Ayollarga nisbatan tazyiq o'tkazishni yo'qotish;

□ Ayollar va qizlar o'rtasida VICHg'SPID infeksiyasi tarqalishini oldini olish;

□ Ayollarning demokratik boshqaruvdagi tenglik huquqini yaratib berish"[6]. Kopengagen konferensiyasi 1980 - yilda II Xalqaro konferensiya sifatida o'z ishini boshladi. Unda 145 davlat vakillari ishtirok etdi va bu sohada rivojlanish mavjudligini e'tirof etishdi. Konferensiya qatnashchilari Mexikoda avval bo'lib o'tgan konferensiyada qo'yilgan maqsadlar amalga oshganining guvohi bo'lishdi. Eng asosiy qilingan ishlardan biri 1979 - yilda Bosh Asssambleya tomonidan "Xotin - qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi xalqaro konvensiya" qabul qilinishi bo'ldi. Konvensiya "Ayollar huquqlari bilimi" nomini oldi va u hozirda BMT ning 165 a'zo - davlatlarini birlashtirgan. 1999 - yil 10 - dekabrda Konvensiyaga qo'shimcha protokol qabul qilindi va bu jinsiy kamsitishga yo'l qo'yilayotganligi yuzasidan xalqaro organga shikoyat bilan murojaat qilish imkonini berdi [7].

Kopengagendagi konferensiya turli xil fikrlar va bahslar bilan o'tdi va dastur qabul qilindi. Unda ayollar huquqlarining amalga oshirilishiga to'sqinlik qilayotgan quyidagi bir qancha omillar sanab o'tildi:

□ Ayollarning jamiyatdagi rolini oshirishda erkaklar ishtirokining yetishmasligi;

□ Siyosiy xohishlarning yo'qligi (yetishmasligi);

□ Rejalashtirishda ayollarning asosiy ehtiyojlarini hisobga

olmaslik;

April, 2022

□ Boshqaruv organlarida ayollar sonining kamligi;

□ Davlat hayotida ayollar ishtirokini ta'minlovchi xizmatlarning yetshmasligi;

□ Moliya resurslarining yetshmasligi;

□ Ayollar o'z imkoniyatlarini anglab yetmasliklari[8].

Nayrobi konferensiyasi. Gender tenglik yuzasidan III konferensiyasi "BMT 10 yilligi - ayollar yutuqlarini sharhlash va baxolash xalqaro konferensiyasi: tenglik, tariqqiyot va tinchlik''deb nomlanib, 1985-yilda Nayrobida o'tkazildi. 15000 nafar vakillarning ko'pchiligi nodavlat notijorat tashkilot (NNT) laridan bo'lib, bir vaqtning o'zida NNTlar forumining ishtirokchilari edi. Mexikoda siyosiy va iqtisodiy tarmoqlardagi huquqlar yuzasidan birlashgan ayollar harakati endilikda tenglik, rivojlanish, tinchlik bayrog'i ostida birlashdi,qalqaro kuchga aylandi. Bahs-munozara va qilingan ishlar tahlili ma'lumotlar, yangiliklar hamda bilim va tajribani oshirdi. BMT to'plagan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, kamsitishlarning yo'qolishi va kamayishi faqatgina kam ta'minlangan ayollar o'rtasida yuz bergan.Rivojlanayotgan davlatlarda ayollar ahvolining yaxshilanishi sezilmas darajada amalga oshirilgan. Qisqacha qilib aytganda, ikkinchi o'n yillikda qo'yilgan masalalar oxirigacha hal etilmagan. Yuqoridagi faktlar inobatga olinib, masalaga yangicha qarash talab etildi. Nayrobi delegatlari o'n yillik maqsadlarini tenglik, rivojlanish va tinchlikka erishish borasidan yangi yo'llarni izlashdan boshladi.

Nayrobi statistikasi 2000 - yilgacha rejalashtirilgan bo'lib, BMT ning 157 ishtikorchi-davlatlari tomonidan ishlab chiqildi va bir ovozdan qabul qilindi. Ayollar insoniyat faoliyatining hamma sohalaridagi boshqaruv ishlarida ishtirok eta olishi nafaqat ularning qonuniy huquqlariga, balki ijtimoiy-siyosiy zarurat omiliga ham aylandi. Hujjatga asosan milliy doirada turli tadbirlar rejalashtirildi.Ularni uch asosiy guruhga bo'lish mumkin:

□ Konstitutsiya va qonunchilikni takomillashtirish me'yorlari;

□ siyosiy hayotda va qaror qabul qilishda teng ishtirokchilik;

□ ijtimoiy dasturlarda tenglik.

Nayrobi koferensiyasining qarori shundan iborat bo'ldiki, endilikda vakolatli delegat har bir davlat tashkiloti va dasturlarida ayollar muammosini hal qilishda ishtirok etadigan bo'ldi.

Pekin platformasi. 1975 - yilda Mexikoda boshlangan konferensiyadan keyin ayollar va erkaklar o'rtasidagi munosabatlarda tengsizlik ma'lum darajada kamaydi. Konferensiya qarorlari barcha insonlarga, ayniqsa, erkaklar hayotiga katta ta'sir o'tkazdi.

April, 2022

925

Qarorlar qabul qilishda tenglikning tan olinishi BMT tomonidan 90 - yillarda o'tkazilgan bir qancha xalqaro konferensiyalarda o'z isbotini topdi: atrof - muhit, inson huquqlari, aholi ijtimoiy rivojlanishi va boshqa turdagi bir qancha konferensiyalarda, qarorlar qabul qilishda ayollarning to'liq ishtiroki muhimligi ta'kidlandi[9].

Qayd etish lozimki, 1995 - yilda Pekinda chaqirilgan konferensiyada gender tengligi bo'yicha kurashning yangi sahifasi ochildi.

1995 - yilda BMT ning Ayollar ahvoli bo'yicha IV Umumjahon konferensiyasida qabul qilingan Pekin Harakatlar platformasi alohida muhim o'rin tutadi. Konferensiya bir ovozdan Pekin deklaratsiya va Harakat platformasida 12 yo'nalishdagi alohida sohalarga ahamiyat berildi. Uning muqaddimasi va 12 bo'limi ayollar huquqlari bo'yicha ayollar ahvolini global darajada baholash va butun dunyoda ayollar huquqlarini amalga oshirish bo'yicha strategiyalar, siyosat va choralar tadqiq etilgan eng to'liq dastur hisoblanadi. Bu sohalarda hukumatlar va jamiyatlar tomonidan quyidagi maxsus me'yorlar qabul qilinishi kerakligi ta'kidlandi:

Ayollar va qashshoqlik;

Ta'lim va ayollarning kasbiy tayyorgarligi;

□ Ayollar va sog'liqni saqlash;

□ Ayollarga nisbatan zo'ravonliklar;

□ Qurolli mojarolar davrida ayollar;

□ Ayollar va iqtisod;

□ Ayollarning boshqaruv organlarida va qaror qabul qilishdagi ishtiroki; Ayollar holatini yaxshilashda institutsional mexanizm;

□ Ayollar va inson huquqlari;

□ Ayollar va ommaviy axborot vositalari;

□ Ayollar va atrof - muhit;

□ Qizlar.

Pekin konferensiyasi juda katta muvaffaqiyatga erishdi. Unda 189 davlatning 17000 delegati ishtirok etdi.

Qilingan ishlarning tahlili Pekin Harakat platformasi qabul qilingandan keyin besh yildan so'ng, BMT Bosh Assambleyasining maxsus sessiyasida ko'rib chiqildi.

Pekin platformasida ayollarga nisbatan zo'ravonlikka qarshi kurash to'g'risida shunday normalar bor: "Ayollarga nisbatan o'tkazilgan har qanday zo'ravonlik - har qanday

April, 2022

926

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-920-929

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

jinsiy belgiga asoslangan tazyiq o'tkazish, ayol salomatligiga jismoniy, jinsiy yoki ruyih putur yetk azadigan, yoki unga azob - uqubat, iztiroblar chekishga olib keladigan, shuningdek, shaxsni yoki jamoa erkinligidan mahrum qilingan yoki mahkum etilgan harakatlarining sodir etilishi tushuniladi" Demak, ayollarga yetkaziladigan zo'ravonlik quyida keltirilgan hodisalarga muvofiq keladi, shu bilan birga, ular bilan cheklanib qolmaydi:

a) Oiladagi jismoniy, jinsiy va ruhiy zo'ravonliklar, jumladan, kaltaklash, sep bilan bog'liq muammolar, er tomonidan xotiniga zulm o'tkazilishi, ayollarga ziyon keltiradigan, ayollar jinsiy a'zolarini mayib qiluvchi operatsiyalar va boshqa turdagi hayotiy amaliyotda kuzatiladiga an'anaviy hodisalar, shuningdek, nikohdan tashqari bo'lgan zo'ravonlik va ayollarning nomus - nafsoniyatiga zo'ravonlik qilish bilan bog'liq bo'lgan tazyiqlar;

b) Ayolga nisbatan qo'llaniladigan jismoniy, jinsiy va ruhiy zo'rliklar qayerda sodir etilayotganligidan qat'I nazar, davlat tarafidanmi yoki davlatning layoqatsizligidanmi, baribir ayollarning kamsitilishiga kiradi (IV Ayollar ahvoli bo'yicha Jahon konferensiyasi Harakatlar dasturi, 113 - bandidan).

Nyu - Yorkda 2000 - yil 5 - 9 iyun kunlari "Ayollar 2000 - yilda: ayollar va erkaklar o'rtasidagi tenglik, taraqqiyot va tinchlik" deb nomlangan maxsus sessiya o'tkazildi. Ushbu sessiya hukumat va fuqarolik jamiyatiga foydali tajribalar bilan o'rtoqlashish, joriy muammolarni ko'rib chiqish, erkaklar va ayollar tengligiga erishish borasidagi siyosiy yo'nalishlarni ishlab chiqish imkonini beradi[10].

1993 - yil iyun oyida Venada bo'lib o'tgan Inson huquqlari bo'yicha II Butunjahon konferensiyada "Oiladagi zo'ravonliklar" mavzusi muhokama qilindi. Mazkur muammoning dolzarbligi jahondagi ko'plab mamlakatlarda uydagi zo'ravonliklar keng tarqalganligi bilan izohlanadi.

Ayollar muammosi bo'yicha 1995 - yil sentabrda Pekinda bo'lib o'tgan BMT IV anjumanida uydagi zo'ravonlikni ko'pgina mamlakatlar uchun xos bo'lgan "yuqumli kasallikdir" deb e'lon qildi.

"Umuman olganda, ayollar huquqlari degan tushuncha ayollarga nisbatan zo'ravonlik, ayollarning aynan ayol bo'lganligi bois ham ba'zi huquqlarda kamsitilayotganligi uchun inson huquqlarning alohida huquqlari sifatida shakllanishiga olib keldi. Afsuski, barcha jamiyatlarda ayollarga nisbatan zo'ravonlik mavjud. Ayollarga nisbatan zo'ravonlik -zo'ravonlikning bir turi bo'lib, so'z bilan haqorat qilishdan

boashlanib, og'ir tan jarohatini yetkazish, tahdid va nomusga

April, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-920-929

tegish kabilarni o'z ichiga oladi. Ayollarga nisbatan zo'ravonlik psixologik, jismoniy, jinsiy, iqtisodiy kabi ko'rinishlarga ega" [11].

"BMT ning xotin - qizlar ahvoli bo'yicha komissiyasining maqsadli tavsiyasiga ko'ra, milliy darajada qarorlar qabul qilish jarayonida ayollar ishtiroki 30% dan kam bo'lmasligi belgilangan. Dunyoda 200 dan ortiq davlat bo'lsa-da, ayollarning siyosiy institutlari 30% ni tashkil etgan davlatlar soni 4 ta bo'lib, bular Shvetsiya, Daniya, Norvegiya, Finlandiya davlatlaridir. Fransiya, Ispaniya, Niderlandiya, Belgiya va Italiyaning davlat boshqaruvida xotin - qizlar uchun kvota berilishiga erishilgan. Germaniyada "Gender Mainstreaming" siyosatining amalga oshirilishi o'z samarasini berib, Germaniya ayollari iqtisodiyot va siyosatdagi faol ishtiroki natijasiga ko'ra, BMT ning GEM-INDEKS xalqaro reytingida to'qqizinchi o'rinni egallab turibdilar"[12].

REFERENCES

1. Shamsiyeva M.X. Gender tenglik. Buxoro Davlat Universiteti ilmiy axboroti.G'G'2015. №1. - B.125.

2. Tansiqboyeva G. Ayollarning diskriminatsiya qilinishini bartaraf etish -ularning amaldagi tengligining zaruriy shartiG'G'Ayol huquqi va erkinliklari. - T.: Adolat, 2002. - B.8

2. Shamsiyeva M.X. Gender tenglik. Buxoro Davlat Universiteti ilmiy axboroti.G'G'2015. №1. - B.125.

3. Saidov A. "Ayollar huquqlari bo'yicha xalqaro va milliy qonun hujjatlari rivojlanishning asosiy yo'nalishlari",T.:1999. - B. 34.

4. Shamsiyeva M.X. Gender tenglik. Buxoro Davlat Universiteti ilmiy axboroti.G'G'2015. №1. -B.125-126.

5.Mo'minovA.R. Tillaboyev M. A Inson huquqlari. Ayollar huquqlari va erkinligini xalqarohuquqiy himoya qilish.G'G'T .: Adolat. 2013.- B.365.

6.Shamsiyeva M.X. Gender tenglik. Buxoro davlat universiteti ilmiy axboroti.G'G'2015. №1 - B. 126.

7.Mo'minovA.R. Tillaboyev M. A Inson huquqlari. Ayollar huquqlari va erkinligini xalqarohuquqiy himoya qilish.G'G'T .: Adolat. 2013.- B.367.

8.Tansiqboyeva G. Ayollarning diskriminatsiya qilinishini bartaraf etish - ularning amaldagi tengligining zaruriy shartiG'G'Ayol huquqi va erkinliklari. - T.: Adolat, 2002. - B.

9. Mo'minovA.R. Tillaboyev M. A Inson huquqlari. Ayollar huquqlari va erkinligini xalqarohuquqiy himoya qilish.G'G'T .:

Adolat. 2013.- B.368.

April, 2022

National University of Uzbekistan Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022

Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and Humanities

^Ш:^0.24412/218Ь1385|ИИИИ|И|ИИ

10. Saidov A.X Inson huquqlari bo'yicha xalqaro shartnomalar: to'plam. - T.: Adolat. 2004. - B.44

11. Tinchlik va bag'rikenglik atamalari izohli lug'ati. G'Mas'ul muharrir Q.A. Jo'rayeva. - T.: JIDU,

2005. - B.8

12. Shamsiyeva M.X. Gender tenglik. Buxoro Davlat Universiteti ilmiy axboroti.G'G'2015. №1. - B.126.

April, 2022

929

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.