Научная статья на тему 'О‘ZBEKISTON VA KOREYA О‘RTASIDA AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH VA SOG‘LIQNI SAQLASH BORASIDAGI HAMKORLIK ALOQALARI'

О‘ZBEKISTON VA KOREYA О‘RTASIDA AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH VA SOG‘LIQNI SAQLASH BORASIDAGI HAMKORLIK ALOQALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

62
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jarrohlik amaliyoti / jamg„arma / homiylik tashkiloti / ijtimoiy himoya / sog„liqni saqlash tizimi / tashkilot / reablitatsiya. / Surgical practice / fund / sponsoring organization / social protection / healthcare system / organization / rehabilitation

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Tо‘Lqin Xolmurodovich Jumayev

Mazkur maqolada О„zbekistonning Koreya Respublikasi bilan ijtimoiy himoya hamda sog„liqni saqlash tizimidagi mavjud muammolarini hal etish borasidagi hamkorlik aloqalarining muhim asosi hamda rivojlanish jarayonlarida erishilgan natijalari mavjud statistik ma‟lumotlarni ilmiy tahlil qilgan holda yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «О‘ZBEKISTON VA KOREYA О‘RTASIDA AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH VA SOG‘LIQNI SAQLASH BORASIDAGI HAMKORLIK ALOQALARI»

O'ZBEKISTON VA KOREYA O'RTASIDA AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH VA SOG'LIQNI SAQLASH BORASIDAGI HAMKORLIK

ALOQALARI

To'lqin Xolmurodovich Jumayev

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi mudiri, siyosiy fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD)

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada O'zbekistonning Koreya Respublikasi bilan ijtimoiy himoya hamda sog'liqni saqlash tizimidagi mavjud muammolarini hal etish borasidagi hamkorlik aloqalarining muhim asosi hamda rivojlanish jarayonlarida erishilgan natijalari mavjud statistik ma'lumotlarni ilmiy tahlil qilgan holda yoritilgan.

Kalit so'zlar: Jarrohlik amaliyoti, jamg'arma, homiylik tashkiloti, ijtimoiy himoya, sog'liqni saqlash tizimi, tashkilot, reablitatsiya.

ABSTRACT

This article describes the important foundations of cooperation between Uzbekistan and the Republic of Korea in solving existing problems in the system of social protection and health care, and the results achieved in the development process are covered by a scientific analysis of available statistical data.

Keywords: Surgical practice, fund, sponsoring organization, social protection, healthcare system, organization, rehabilitation.

KIRISH

Mamlakat taraqqiyotida avvalo jismonan va ruhan sog'lom insonlarning o'rni doimo muhim omil bo'lib hizmat qilib kelgan.O'zbekiston mustaqillikni qo'lga kiritganidan so'ng dunyoning rivojlangan davlatlari bilan sobiq ittifoq davrida inqirozga yuz tutgan ijtimoiy sohani qaytadan tiklash maqsadida ko'plab manfaatli hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'ydi. Ijtimoiy himoya va sog'liqni saqlash tizimidagi mavjud holatni yaxshilash, zamonaviy yondashuvni joriy etish va hamda chet el tomonidan investitsiyalarni jalb etish maqsadida Koreya Respublikasi bilan aloqalarni o'rnatishdagi hamkorlik ishlari har tomonlama o'zini oqlab kelmoqda. Koreya davlati mazkur jarayon rivojida O'zbekistonni qo'llab quvvatlab kelish bilan bir vaqtda barcha sohalar rivojida o'z amaliy yordamini ham ko'rsatib kelmoqda. O'zbekistonda ijtimoiy soha hamda sog'liqni saqlash tizimidagi hamkorlik munosabatlarida nafaqat Koreya

March, 2023

139

davlatining ishtiroki balki ikki tomonning manfaatlari yo'lida tashkil etilgan qo'shma loyihalari ham o'z samarasini bermoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Sog'liqni saqlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami muammolarini o'rganish, ularni tizimli tahlil qilish, mavjud kamchiliklarni hal etish borasida ko'plab ilmiy izlanishlar hamda amaliy tajribalar olib borilmoqda. Shunday ilmiy izlanish mavzularidan biri hisoblangan "Ijtimoiy madaniy sohalarda O'zbekiston va Janubiy koreya hamkorligi va rivojlanish tendensiyasi" nomli dissertatsiya, Seul milliy universiteti professori Sun Don Gi tomonidan yozilgan "O'zbekiston Respublikasi va janubiy Koreya iqtisodiy va madaniy aloqalar hamda istiqbolli rejalar" mavzusidagi ilmiy ish hamda tarix fanlari doktori Xan Valeriy Sergeyvichning ko'plab ilmiy izlanishlari o'zining amaliy ahamiyatiga ega hisoblanadi. "Ijtimoiy madaniy sohalarda O'zbekiston va Janubiy koreya hamkorligi va rivojlanish tendensiyasi" nomli dissertatsiya ishida Koreya Respublikasisning "KOICA" tashkiloti tomonidan mamlakatimizda sog'ligi bilan muammosi bor bolalarni O'zbekistonda hamda Koreya Respublikasining nufuzli tibbiyot muassasalarida bepul jarrohlik amaliyotlarini tashkil etilib kelinishi o'zaro munosabatlar rivojining o'sish dinamikasini keng tahlil qilib bergan.

NATIJALAR

Ijtimoiy himoya va sog'liqni saqlash tizimida olib borilayotgan hamkorlik aloqalari kun sayin o'zining ijobiy natijalarini berib kelmoqda. Buning natijasida davlatimizning Koreya Respublikasi bilan olib borgan ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi olib borgan hamkorligi natijasida ko'plab ijobiy ishlar amalga oshirildi. Ushbu sohadagi munosabatlar rivojida O'zbekistonning "Sog'lom avlod uchun" jamg'armasi Koreyaning "KOFIN", "JCI", "Sejong shifoxonasi", "Yonsey university severance hospital" , "Soo and Jin Cooperation", "Ewha Woman's University", "Save the Children Vision Care center for the Blind", va "Shin Dong Resources Co Ltd" homiylik tashkilotlari bilan hamkorlikda ko'plab ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Koreya Respublikasi va O'zbekiston o'rtasida aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash hamda ta'lim va sog'liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida davlatlararo bitimlar bilan bir qatorda homiylik tashkilotlarining olib borayotgan ijtimoiy ko'mak dasturlari ham yuksak natijalarni bermoqda. Shu kabi ijtimoiy dasturlar ijrosi bo'yicha ko'plab ishlarni amalga oshirayotgan tashkilotlardan biri Koreya

March, 2023

140

Respublikasining KOICA tashkilotidir. Ushbu tashkilot yurtimizdagi ko'plab ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarga homiylik loyihalarini amalga oshirib kelayotganligi yaqqol misol bo'ladoladi. Mazkur tashkilot 1995-2018 yillar mobaynida sog'liqni saqlash, ta'lim, axborot texnologiyalari, komunal xo'jalik, qishloq va suv xo'jaligi, energetika hamda transport tizimini yaxshilash bo'yicha 29 ta loyihani moliyalash dasturiga 94.32 million AQSH dollari ajratib keldi. Hozirgi kunda ham mazkur hamkorlik ishlari har tomonlama rivojlanib kelmoqda.

2014-2017 yillar davomida "KOICA" tashkilotchiligi hamda "Ewha Woman's University" tomonidan mamalakatimizning 3467 fuqarosi bepul tibbiy tekshiruvdan o'tkazildi. Bundan tashqari ijtimoiy sohadagi munosabatlarning ko'lamiga 2010-2017 yillarda Koreya Respublikasining Inxa universiteti tibbiyot muassasi tomonidan Toshkent shahri, Toshkent viloyati hamda Navoiy viloyatlarida 1000 dan oshiq yosh bollalarni homiylik ko'magi asosida bepul davolandi.

2011-2015 yillar oralig'ida Koreya Respublikasining "Save the Children" tashkiloti homiyligida Toshkent pediatriya instituti shifoxonasida 245 ta yurak nuqsoni bilan tug'ilgan bolalarni jarrohlik amaliyotini o'tkazdi. 2018 yil 28 aprelda "Junior Chamber International JCI" tashkiloti yordamida 36 ta yurakda nuqsoni bor bola tekshirilib, ulardan 5 tasi Koreyadagi Sejong shifoxonasiga bepul jarroxlik amaliyotini o'tkazish uchun jo'natildi. Shu yilning o'zida "Vision Care Service" tibbiyot muassasasi tomonidan Buxoro viloyatida 858 fuqaroni bepul tibbiy ko'rikdan o'tkazib, ulardan 112 ta ko'zida katarakta bilan kasallangan bemorlar homiylik asosida davolandilar. Olib borilayotgan ijtimoiy soha rivojidagi homiylik ishlari to'xtab qolgani yo'q. 2015-2018 yillar mobaynida Koreyalik shifokorlar 4630 kishini tibbiy tekshiruvdan o'tkazib, ulardan 697 kishi bepul jarroxlik amaliyoti orqali davolandi. Bundan tashqari yuqori ilmiy innovatsion tajribaga ega Koreya Respublikasining "KOFIN" o'quv tibbiyot muassasi O'zbekistonlik 46 nafar texnik shifokorlarni zamonaviy ilmiy texnologiyaga asoslangan malaka oshirish kurslarida bepul o'qitib jo'natishdi. Shu bilan birga Retinotapiya va Glaukoma mutaxasisligi bo'yicha 5 ta shifokor, Reablitatsiya va fizioterapiya bo'yicha 15 ta mutaxassis Koreyaning zamonaviy tibbiyot muassasalarida o'z malakalarini oshirib kelishdi.

Shu bilan birga mamlakatimiz fuqarolarini ijtimoiy qo'llab quvvatlash maqsadida Koreya Respublikasining Seul milliy universiteti Pundan shifoxonasi hamkorligida bepul onlayn tibbiy tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" Davlat dasturining 198-bandida belgilangan Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo'yicha chora-tadbirlardan biri - "Toshkent shahrida Ko'p tarmoqli bolalar tibbiyot

March, 2023

141

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

markazini foydalanishga topshirish" vazifasining ijrosi ham ta'minlandi.

2020 yil may oyida Koreya Respublikasi ko'magida qiymati 130 million dollardan ziyod bo'lgan Markaziy Osiyoda yagona bolalar tibbiyot muassasasi qurib bitkazilib topshirildi. Mazkur tibbiyot markazi Koreya Respublikasi ko'magida, "BAUM" korporatsiyasi loyihasi asosida barpo etildi. Mazkur yuqori texnologiyalar asosida xizmat ko'rsatishga ixtisoslashgan shifoxona 280 ta o'ringa ega davolash korpusi shuningdek, kuniga 250 nafargacha bemor qabul qilish imkoniyatiga ega poliklinikaga ham ega hisoblanadi. Markaz magnit rezonans tomografi, multispiral kompyuter tomografi, DNK analizatori hamda onkologik kasalliklarni bir necha yil oldin aniqlaydigan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Bu yerda faoliyat yuritish uchun 100 dan ortiq shifokor va hamshiralar Janubiy Koreyada malaka oshirib qaytdi. Mazkur tibbiyot muassasasida yiliga 1,5 mingdan ziyod noyob jarrohlik amaliyotlarini bajarish imkoniyati mavjud. Bu sohadagi hamkorlik aloqalari natijasida kelajakda tibbiyot yo'nalishida ko'plab yengilliklarga erishish ko'zda tutilgan.

MUHOKAMA

Prezident SH.M.Mirziyoyev tomonidan 2017 yildan 2019 yillar oralig'ida butun tibbiyot sohasini isloh qilish maqsadida sog'liqni saqlash tizimiga oid 160 dan ortiq qonunchilik hujjatlarini qabl qilinishi mazkur sohada amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarning asosi bo'lib xizmat qilib kelmoqda.

Tibbiyot sohasidagi mazkur ishlarga ko'lamiga malakali tibbiy xodimlar bilan ta'minlangan, zamonaviylashtirilgan, zamonaviy tibbiy xizmat ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lagan markazlarni tashkil etish shuningdek, arzon va zarur bo'lgan importbop doridarmonlarni nazoratiga oid ishlar kiradi. Tibbiyot sohasida ayniqsa bolalar sog'ligi bilan bog'liq bo'lgan masalarda olib borilayotgan modernnizatsiya va tibbiyotdagi innovatsiya ishlarining ko'lami yildan yilga taraqqiy etmoqda. Buning natijasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, sog'ligida muammosi bor bolalar Koreya Respublikasida jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirib kelinishi, ularni reablitatsiya qilish bilan bog'liq muammolarini hal etilishi, shuningdek mablag', vaqt va mavjud holatlarni inobatga olgan holda Toshkentda Bolalar milliy tibbiyot markazining qurilib ishga tushirilishi bollar jarrohlik amaliyoti bilan bog'liq ko'plab muammolarni hal etishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu esa tibbiyot va ijtimoiy sohadagi ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarning yuqori istiqbolini belgilab beradi.

March, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

Mamlakatnmizda ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj toifalarga kam ta'minlanganlar, ko'p bolali onalalar, nogironlar, qarovchisi yo'q qariyalar kirishini inobatga olgan holda ularning sog'ligi bilan bog'liq muammolarini aynan davlat tomonidan bepul hal etish masalari ijtimoiy sohadagi islohatlar dasturiga kiritilib borilishi o'zining ijobiy natijalarini berib kelmoqda. Adolatli jamiyat qurayotgan har bir davlat doimo o'z aholisining mazkur qatlamini har tomonlama qo'llab quvvatlashini ijtimoiy-siyosatning muhim vazifasi deb hisoblab keladi. Ijtimoiy sohaga muhim e'tibor bundan keyin ham davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib qolaveradi.

REFERENCES

1. Jumayev T.X. "O'zbekiston va Janubiy Koreya davlatlari o'rtasidagi ijtimoiy-madaniy sohalarda hamkorlikning rivojlanish tendensiyalari" diss.2020 y.B. 151.

2. KORYO SINMUN.31 oktabr..2018. 9(311)

3. http://www.pv.uz/oz/news/sdan-v-ekspluatatsiiu-natsionalnyi-detskii-meditsinskii-tsentr

XULOSA

March, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.