Научная статья на тему 'Globallashuv sharoitida xalqaro sug’urta bozori va sug’urta operatsiyalarining o’rni'

Globallashuv sharoitida xalqaro sug’urta bozori va sug’urta operatsiyalarining o’rni Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
580
104
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
xalqaro sug’urta / sug’urta turi / mukofoti / faoliyati / sug’urta badali / franshiza / qayta sug’urta / broker / sug’urta agenti / sug’urta bozorini rivojlantirish agentligi

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Gullola Abduroziqova, In’omjon Jumaniyozov

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi, davlat mulkining xususiylashtirilishi, tadbirkorlik faoliyatining barqaror sur’atlarda rivojlanishi ishlab chiqarish faoliyati va fuqarolarning manfaatlari bilan bog’liq zararlarning qoplanishida sug’urtalashga bo’lgan talabning oshib borishidan, sug’urtalash sohasi munosabatlariga yangi sug’urta obyektlari va subyektlari jalb etilishi orqali bo’sh mablag’larni investitsiyaga jalb etgan holda daromadlar ko’paytirilishidan dalolat beradi. Jahon iqtisodiyoti va global moliya tizimining uzluksiz rivojlanishi sharoitida sug’urta tizimi va uning asosiy komponenti, sug’urta bozorining ahamiyati ortib bormoqda. Birinchidan, jahon amaliyotida sug’urta tizimi ma’lum bir fondlarni shakllantirish va xo’jalik yurituvchi subyektlarning mablag’arini qayta taqsimlash munosabatlari orqali iqtisodiyotda investitsiyalarning eng katta manbalaridan biri hisoblanadi. Ikkinchidan, sug’urta zamonaviy iqtisodiyotda murakkab va o’sish tendensiyasiga ega bo’lgan risklarni boshqarishning asosiy shakllaridan biridir. Bundan tashqari, sug’urtalangan shaxsning mulkiy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash doimiy ravishda takror ishlab chiqarish jarayonnini yuzaga keltiradi, bu esa iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Globallashuv sharoitida xalqaro sug’urta bozori va sug’urta operatsiyalarining o’rni»

Globallashuv sharoitida xalqaro sug'urta bozori va sug'urta

operatsiyalarining o'rni

Gullola Abduroziqova In'omjon Jumaniyozov Toshkent moliya instituti

Annotatsiya: Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi, davlat mulkining xususiylashtirilishi, tadbirkorlik faoliyatining barqaror sur'atlarda rivojlanishi ishlab chiqarish faoliyati va fuqarolarning manfaatlari bilan bog'liq zararlarning qoplanishida sug'urtalashga bo'lgan talabning oshib borishidan, sug'urtalash sohasi munosabatlariga yangi sug'urta obyektlari va subyektlari jalb etilishi orqali bo'sh mablag'larni investitsiyaga jalb etgan holda daromadlar ko'paytirilishidan dalolat beradi. Jahon iqtisodiyoti va global moliya tizimining uzluksiz rivojlanishi sharoitida sug'urta tizimi va uning asosiy komponenti, sug'urta bozorining ahamiyati ortib bormoqda. Birinchidan, jahon amaliyotida sug'urta tizimi ma'lum bir fondlarni shakllantirish va xo'jalik yurituvchi subyektlarning mablag'arini qayta taqsimlash munosabatlari orqali iqtisodiyotda investitsiyalarning eng katta manbalaridan biri hisoblanadi. Ikkinchidan, sug'urta zamonaviy iqtisodiyotda murakkab va o'sish tendensiyasiga ega bo'lgan risklarni boshqarishning asosiy shakllaridan biridir. Bundan tashqari, sug'urtalangan shaxsning mulkiy manfaatlarini himoya qilishni ta'minlash doimiy ravishda takror ishlab chiqarish jarayonnini yuzaga keltiradi, bu esa iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta'minlashga yordam beradi.

Kalit so'zlar: xalqaro sug'urta, sug'urta turi, mukofoti, faoliyati, sug'urta badali, franshiza, qayta sug'urta, broker, sug'urta agenti, sug'urta bozorini rivojlantirish agentligi

The role of the international insurance market and insurance operations in the context of globalization

Gullola Abdurozikova

Inomjon Jumaniyazov Tashkent Financial Institute

Abstract: The deepening of economic reforms carried out in our country, the privatization of state property, the sustainable development of entrepreneurial activity indicate an increase in the demand for insurance in compensation for losses related to

production activities and the interests of citizens, an increase in income by attracting free funds to investment by attracting new objects and subjects of insurance to the insurance industry. In the context of the continuous development of the world economy and the global financial system, the importance of the insurance system and its main component, the insurance market, is increasing. First of all, in world practice, the insurance system is one of the largest sources of investment in the economy through the formation of certain funds and the redistribution of funds of economic entities. Secondly, insurance is one of the main forms of risk management in the modern economy, which is complex and has a growing trend. In addition, ensuring the protection of the property interests of the insured person constantly creates a process of reproduction, which helps to ensure economic and financial stability.

Keywords: international insurance, type of insurance, premium, activity, insurance contribution, franchise, reinsurance, broker, insurance agent, insurance market development agency

Kirish

Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat sug'urta tizimini rivojlantirish uchun butun imkoniyatlarni ishga solidi, sug'urta tizimining rivojlanishiga yordam beradigan huquqiy asoslarini yaratadi, sug'urta kompaniyalarini tashkil etish uchun moliyaviy manbalarni qidirib topishga, ushbu kompaniyalarni litsenziyalash bilan bog'liq ishlarni amalga oshirishga ko'maklashadi. Insonning faoliyatiga uni o'rab turgan muhitning xo'jalik tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy holati, jamiyatning rivojlanganlik darajasi, jamiyat a'zolarining madaniy-ma'rifiy tarbiyasi, hamda ularning moddiy jihatdan qay darajada ta'minlanganligi kabi omillar ta'sir ko'rsatadi. Sug'urta tizimini rivolantirish muhim ijtimoiy muammolarni yechishga xizmat qiladi. Sug'urta inson hayoti, ishlab chiqarish, ijtimoiy faoliyatning hamma sohalarini qamrab olib, shu bilan mamlakat iqtisodiyotida alohida o'rin egallab bormoqda.

Sug'urta tizimini tartibga solish maqsadida O'zbekiston Respublikasining "Sug'urta faoliyati to'g'risida'^gi qonuni qabul qilingan. Ushbu qonunning 3-moddasiga muvofiq "Sug'urta — muayyan voqea (hodisa) yuz berganda yetkazilgan zararning o'rnini qoplash, tovonlar va boshqa to'lovlar to'lash uchun maqsadli pul jamg'armalarini tashkil etish hamda ulardan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan, jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini himoya qilishga doir munosabatlar"2 majmui tushuniladi.

Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni

1 O'zbekiston Respublikasining 2021 yil 23 noyabrdagi "Sug'urta faoliyati to'g'risida"gi qonuni. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 03/21/730/1089-son

2 O'zbekiston Respublikasining 2021 yil 23 noyabrdagi "Sug'urta faoliyati to'g'risida"gi qonuni. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 03/21/730/1089-son

modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo'yicha ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish maqsadida "Harakatlar strategiyasidan -Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo'nalishdan iborat "2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi"3 ishlab chiqildi. Taraqqiyot strategiyasida 2022-yil va keyingi yillarda iqtisodiyot sohasida amalga oshirish zarur bo'lgan dasturiy va maqsadli vazifalarga bag'ishlanib, maqsadlarning uchinchi yirik guruhi "Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash" deb nomlandi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalarini belgilab beradi. Belgilangan vazifalarni amalga oshirishda sug'urta sektorining rolini oshirish, iqtisodiyotning real sektori, tashqi va ichki investitsiyalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni sug'urta yo'li bilan himoyalashning xalqaro tajribasini o'rganish va muhokama qilish, fuqarolarga ko'rsatiladigan sug'urta xizmatlarini rivojlantirish va aholining sug'urta madaniyatini oshirish, sug'urta bozorini tartibga solishning prudensial normalarini takomillashtirish hamda sug'urta faoliyatini raqamlashtirish va axborot xavfsizligini ta'minlash borasida bir qancha maqsadlar kiritilgan.

Bugungi kunda O'zbekiston iqtisodiyotini jahon iqtisodiyotiga tobora integratsiyalashuvi, global xavf-xatarlarning oshib borishi, xalqaro sug'urta hamjamiyati, sohaning ekspertlari va tahlilchilari oldiga hal etilishi dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan qator vazifalarni ilgari surayotganligi xorijlik mutaxassislar tomonidan alohida tilga olinmoqda4.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.

Sug'urta bozori rivojlanishining nazariy va amaliy jihatlari xorijlik iqtisodchi olimlar A.Aleksandrov, A.Arxipov, Yu.Axvlediani, V.Belix, I.Balabanov, S.Beryozina, A.Vagner, F.German, B.Gomellya, E.Krosita5lar tomonidan tadqiq etilgan.

Mamlakatimizda sug'urta faoliyati va sug'urta bozori rivojlanishining yo'nalishlari iqtisodchi olimlar M.Asqarova, G.Axunova, H.Boyev, T.Boymurotov, O.Jo'rayev, Sh.Imomov, M.Mirsodiqov, A.Nurullayev, Y.Tursunov, M.Xodjayeva, A.Shermuhamedov, X.Shennayev, R.Husanov, A.Yadgarovlar6ning ilmiy ishlarida tahlil qilingan.

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28 yanvardagi "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi,; 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son

4 https://imda.uz

5 Белых В.С. Страховое право,-М.: Инфра-М,-2001,-205с,; Балабанов И.Т. Риск-менеджмент- М.: Финансы и статистика,-1996-208 с,; Архипов А.П.; Гомелля В.Б., Туленты Д.С., Страхование: современный курс.-М.: Финансы и статистика,-2007.

6 Yadgarov A.A. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sug'urta tizimi. - Toshkent. Yangi asr avlodi,-2005 Shermuhammedov A., Oxunova G., Jo'rayev O. Xalqaro transport sug'urtasi.-T.:TDIU,2000 Shennayev X. Sug'urta bozori nima?// O'zbekiston iqtisodiy axborotnomasi.-Toshkent 1998

Tadqiqotda qo'llanilgan metodikaning tavsifi. Tadqiqot jarayonida statistik, analitik, qiyosiy, kuzatuv, iqtisodiy tahlil va boshqa usullarni o'z ichiga oladi.

Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati ushbu maqolada xalqaro sug'urta kompaniyalarini iqtisodiyotga jalb qilish va boshqarish usullariga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalardan mamlakatimizda sug'urta faoliyatini takomillashtirishda hamda uning yangi imkoniyatlarini izlab topishda keng foydalanish ushun imkon yaratadi va davlat dasturlarini ishlab chiqishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.

Tahlil va natijalar.

Sug'urta munosabatlarini rivojlantirish zamonaviy iqtisodiy tizimlar faoliyatini olib borishda strategik muhim vazifa hisoblanadi. Barqaror sug'urta tizimi milliy iqtisodiyotning rivojlanishini rag'batlantiradi.

Sug'urta tizimini nazariy jihatdan tadqiq etishda sug'urta va sug'urta faoliyatiga alohida e'tibor qaratish maqsadga muvofiq. Ma'lumki sug'urta jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy manffatlarini himoya qiluvchi samarali vosita sifatida insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida mavjud bo'lgan.

Sug'urta moliyaning integratsiyalashgan shakllaridan hisoblanadi. Dunyoning yirik sug'urta kompaniyalari, birgalikda sug'urtalash va qayta sug'urtalash operatsiyalarini amalga oshirish uchun birlashadilar. Ko'pgina mamlakatlarda xorijiy sug'urta kompaniyalarini milliy bozorlarga kirishiga ruxsat etilgan. Masalan, 1992 yildagi Maastrixt shartnomasiga asosan, Yevropa mamlakatlarida xorijiy kapitalni cheklash bo'yicha barcha to'siqlar olib tashlandi va Yevropada yagona sug'urta bozorini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar boshlandi. Shunday bo'lsada, milliy sug'urta bozorlari o'ziga xos xususiyatlarni saqlab qolmoqda. Bu xususiyatlar birinchidan, sug'urta sohasining tarkibi va taklif etilgan sug'urta himoyasining turlariga taalluqlidir.

Yevropa iqtisodiy hamkorlik tizimida qabul qilinishicha, sug'urta tashkilotlari ixtisoslashgan va ixtisoslashmagan asosda o'z faoliyatlarini tashkil qiladilar. Ixtisoslashmagan sug'urta tashkilotlari sug'urtaning bir necha turlari bo'yicha o'z ishlarini olib boradilar. Ixtisoslashgan sug'urta tashkilotlari 1-2 yo'nalishlarda ixtisoslashgan holda faoliyat yuritadilar. YeHTda sug'urta guruhlari quyidagi ikki xilga bo'linadi: uzoq va qisqa muddatli umumiy sug'urta turlari.

Uzoq muddatli sug'urta turlariga quyidagi yetti xil sug'urta yo'nalishlari kiradi:

Аскарова М.Тю Развитие системы страхования в обеспечении экономического роста в условиях рыночных преобразований Республики Узбекистан. Автореферат диссертации на соискание учёной степени кандидата экономических наукю Ташкент-2003.

1-rasm. Uzoq muddatli sug'urta turlari7 Yuqoridagi uzoq muddatli sug'urta turlaridan boshqa xalqaro amaliyotda quyidagi sug'urta yo'nalishlari mavjud:

❖ baxtsiz hodisalardan sug'urtalash;

❖ tibbiy sug'urta;

❖ avtomobillarni sug'urtalash;

❖ temir yo'l vagonlarini sug'urtalash;

❖ samolyotlarni sug'urtalash;

❖ kemalarni sug'urtalash;

❖ transport yuklarini sug'urtalash;

❖ mulkni yong'in va tabiiy ofatlardan sug'urtalash;

❖ transport xaydovchilarining fuqarolik javobgarligini sug'urtalash;

❖ kema egalarining fuqarolik javobgarligini sug'urtalash;

❖ umumiy javobgarlik sug'urtasi;

❖ kredit sug'urtasi;

❖ xodimlarni zararlar extimolidan sug'urtalash;

❖ moliyaviy zararlarni sug'urtalash;

❖ sud xarajatlari to'lovlaridan sug'urtalash va boshqalar.

Jahonning rivojlangan mamlakatlarida sug'urtalovchilarning faoliyati turli xil tashkiliy shakllarda ya'ni, hissadorlik kompaniyalari; davlat va aralash sug'urta tashkilotlari; xususiy tadbirkorlik va birlashmalar; kooperativ sug'urta tashkilotlari; qo'shma korxonalar; avtosug'urtalovchilar parallel shakllarda namoyon bo'ladi. Turli davlatlarda sug'urta jamiyatlarini tuzishda turli xil tashkiliy-huquqiy shakllardan amaliyotda foydalaniladi. AQSH va Germaniyada hissadorlik jamiyatlari, Frantsiyada o'zaro sug'urta jamiyatlari, Buyuk Britaniyada esa, sug'urta assotsiatsiyalari ish olib bormoqda.

Italiya va Ispaniyada kooperativ sug'urtalash amaliyotda keng qo'llanilmoqda, Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya va Yaponiyada davlat kapitali ishtirokidagi

7 Iqtisodiy ma'lumotlar asosida muallif tomonidan ishlab chiqildi

sug'urta kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Ular, asosan, xalqaro sohada maydonga chiqadilar. Bu kompaniyalarga Germaniyaning «Germes», Frantsiyaning «Kofase» kompaniyalari misol bo'la oladi.

Bu kompaniyalarning qay tarzda shakllanishi, ularning faoliyati ma'lum me'yoriy aktlar va maxsus davlat sug'urta nazorati organlari tomonidan tartibga solinadi.

Yuqorida aytib o'tilgan Germaniyaning «Germes» kompaniyasini olib qaraylik. Bu davlat sug'urta kompaniyasi bo'lib, turli mamlakatlar bilan tuziladigan shartnomalarga pul to'lovi nemis banklari va kompaniyalarining risklarini sug'urtalaydi.

Frantsiyaning «Kofase» kompaniyasiga keladigan bo'lsak, bu davlat sug'urta kompaniyasi bo'lib, Frantsiyadan eksport jo'natmalarini amalga oshirishga yo'naltirilgan kreditlarni sug'urtalaydi.

Angliyaning «Lloyd» korporatsiyasi yuridik mustaqil sug'urtachilar birlashmasi bo'lib, ularning har biri o'zining moliyaviy sharoitidan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda risklarni sug'urtalaydi. Lloyd XVII asrda paydo bo'lib, o'z nomini kafe egasi bulmish E.Lloyddan olgan. Ushbu kafeda faoliyati dengiz bilan bog'liq bo'lgan shaxslar to'planar edi. 1871 yilda bu kompaniya dengiz sug'urta operatsiyalari bilan ish olib borish huquqiga ega bo'lgan yuridik shaxs unvoniga muvaffaq bo'ldi. 1911 yildan esa, barcha turdagi sug'urta operatsiyalari amalga oshirila boshlandi. Lloydning har bir a'zosi o'z faoliyatini ta'minlash yo'lida ma'lum miqdordagi pul mablag'ini depozit sharoitida qo'yishi lozim, bu summa uning riskdagi ishtirok darajasini belgilaydi.

Lloyd a'zolari sug'urta turlari bo'yicha birlashtirilgan. Bularga anderrayterlar boshchilik qilib, ular barcha sindikat a'zolari nomidan sug'urta risklarini qabul qiladilar. Lloyd dunyoning barcha yirik portlari va shaxarlarida o'z birikmalariga ega bo'lib, uzoq muddatli xat sug'urtalash va alohida turdagi kafolatli sug'urtadan boshqa barcha sohadagi sug'urta xizmatlarini keng miqyosda ko'rsatadi. Lekin, Lloydning taxminan yarim operatsiyalari dengiz sug'urtasi bilan bog'liq. Ushbu korporatsiya o'z tarkibiga 5000 atrofidagi sug'urta kompaniyalarini birlashtiradi. Agar obyekt bir muddatning o'zida Lloyd a'zolarining bir nechtasida sug'urtalangan bo'lsa, ularning har biri sug'urtalanuvchi oldida risk uchun olingan ma'lum miqdordagi pul mablag'i va mahsulot uchun javobgar hisoblanadi. Korporatsiya a'zolari odatda, shartnomalarni brokerlar orqali tuzadilar.

Xalqaro sug'urta bozoridagi operatsiyalar. Sug'urta bozori bir necha sug'urta tashkiloti tashabbusi bilan shakllanib, bir shaxar, mamlakat miqyosida emas, balki bir necha mamlakat doirasida, xalqaro sug'urta bozori sifatida shakllanadi, qayta sug'urtalash tadbirlarini amalga oshirishga yordam beradi. Bozor sharoitida faoliyat yurituvchi sug'urtalovchining qayta sug'urtalashga bo'lgan ehtiyojlari hozirgi kunda hech kimga sir emas. O'ziga katta riskni oluvchi, lekin yetarli darajadagi rezerv va

zahira fondlari bo'lmagan sug'urta tashkilotlari obyektiv yondashgan holda qayta sug'urtalashni rivojlantirish uchun shart-sharoirt yaratib, shu yo'l bilan o'zlarining moliyaviy ahvollarini barqarorlashtiradilar.

Keng hajmdagi qayta sug'urtalash - bu sug'urtalash tomonidan o'zlari qabul qilgan riskning ma'lum bir qismini boshqa sug'urtachilar - qayta sug'urtachilarga topshirilishidir.

Shuni aytib o'tish kerakki, bir riskning o'zi bir necha qayta sug'urtachilarga topshirilishi mumkin. Qayta sug'urtalashga qabul qilingan riskni qayta sug'urtachi ham boshqa qayta sug'urtachiga topshirishi mumkin. Bu operatsiya retrotsissiya qayta sug'urtalovchi esa - retnotsesper deb ataladi.

2-rasm. 2019-2021 yil uchun hayot sug'urtasining mukofotlari o'zgarish dinamikasi8

Yuqorida keltirilgan rasmni tahlil qilar ekanmiz, o'tgan 3yilda hayot uchun sug'urtaning mukofot puli miqdorining o'zgarish dinamikasini ko'rish mumkin. Tahlil natijalariga ko'ra Portugaliyada o'tgan 2021 yil va 2020 yil holatiga ko'ra mukofot foizi boshqa davlatlarga qaraganda eng yuqori ko'rsatkichni tashkil qilmoqda va 20192021 yillardigi ko'rsatkich miqyosida solishtiradigan bo'lsak oxirgi yillik natijalari yuqoriligini ko'rish mumkin. Hayot sug'urtasining mukofoti hamma joylarda ham tiklanmadi chunki narxlarning ko'tarilishi va inflyatsiyasining yuqoriligi qolgan davlatlarga ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. Yuqori foiz ko'rsatkichlarda Turkiya, Shvetsiya, Bolgariya davlatlarini ko'rish mumkin. Past ko'rsatkichli ya'ni noldan past bo'lgan davlatlar esa Slovakiya, Shvetsariya, Niderlandiya, Sloveniya davlatlari quyi o'rinlarni egallab turibdi.

Jahon amaliyoti shuni ko'rsatadiki ko'plab mamlakatlarda insonlar sug'urta kompaniyalariga o'z ishonchlarini bildirgan holda o'z hayotlari qolaversa jamiki tegishli bo'lgan buyumlarini ham sug'urtalab qo'yishadi.

Bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar samarasi o'laroq, mamlakatimizda ham sug'urta faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda axolini sug'urta bo'yicha bilimlarini oshirib sug'urta kompaniyalari bilan aloqalarini yanada kuchaytirish, ularning ishonchlarini oqlash bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

8 https://www.insuranceeurope.eu/publications/2674/european-insurance-preliminary-figures-2021/

Xulosa.

Sug'urta bozorini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini uning makro va mikrodarajadagi iqtisodiy munosabatlarning o'zaro bog'liq kesimlarida ko'rib chiqiladigan boshqaruv jihatlarini takomillashtirmasdan turib amalga oshirib bo'lmaydi. Muallif tomonidan olib borilgan tadqiqot quyidagi xulosalar va tavsiyalarni shakllantirish imkonini berdi. Sug'urtaga nisbatan tizimli yondashuv, bir tomondan iqtisodiy munosabatlar subyektlarining mol-mulkini himoya qilish manfaatlari, fuqarolar shaxsiy sohasining o'ziga xos xususiyatlari, alohida ijtimoiy tuzilmalarning faoliyatning ehtimoliy qaltisliklaridan shuningdek ijtimoiy maqomning o'zgarishi munosabati bilan daromadlarni yo'qotish qaltislik himoya qilish manfaatlari bilan, ikkinchi tomondan esa, tarmoq siyosati va sug'urtalovchilarning tanlangan strategic yo'llari bilan belgilanadigan sug'urta kompaniyalari xo'jalik yuritishning tashqi va ichki shartlari bilan belgilanadigan qator muhim xususiyatlarini aniqlab berdi.

Sug'urtalovchi nuqtai nazaridan sug'urta- bu biznes sohasi, davlat nuqtai nazaridan esa - bu aholini ijtimoiy himoya qilish hamda davlat vazifalarining amalga oshirilishi va davlat mulkining faoliyat ko'rsatishi bilan bog'liq turli xildagi qaltisliklar yuzaga kelishi ehtimolidan himoya qilish vositasi hisoblanadi.

Bizningcha, sug'urta bozorining istiqbollarini unda xorijiy sug'urta kompaniyalarining ishtiroki bilan bog'lab bo'lmaydi. Nazarimizda, bozorning rivojlanishidagi tub o'zgarishlar sug'urtalovchilar, tarmoq va makrodarajada shakllanadigan boshqaruv vazifalari majmuining hal etilishi bilan bog'liq, ular quyidagilardan iborat:

- sug'urta bozorini rivojlantirishning ekstensiv va intensive yo'llaridan yalpi tarzda foydalanish;

- aniq ravshan axborot muhitini ta'minlash;

- majburiy sug'urtaning samaradorligini oshirish uchun ushbu sohada davlat siyosatini takomillashtirish;

- sug'urta huquqi tizimini rivojlantirish;

- sug'urta portfeli tarkibini shaxsiy sug'urta foydasiga sezilarli o'zgartirish;

- sug'urta tarmog'i infratuzilmasini yanada rivojlantirish;

- sug'urta qildiruvchilarni himoya qilishning kafolatlarini ta'minlash va boshqalar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining 2021 yil 23 noyabrdagi "Sug'urta faoliyati to'g'risida"gi qonuni. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 03/21/730/1089-son

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28 yanvardagi "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi,; 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son

3. Yadgarov A.A. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sug'urta tizimi. - Toshkent. Yangi asr avlodi,-2005

4. Shermuhammedov A., Oxunova G., Jo'rayev O. Xalqaro transport sug'urtasi.-T.:TDIU,2000

5. Shennayev X. Sug'urta bozori nima?// O'zbekiston iqtisodiy axborotnomasi.-Toshkent 1998

6. Jumaniyazov, I. T. (2021). The Progressive Foreign Experiments in the Activity of Sovereign Wealth Funds. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 109116.

7. Jumaniyozov, I. (2018). Impact of Development Finance Institutions on Economic Growth: Implications for Reconstruction and Development Fund of Uzbekistan. International Journal of Management Science and Business Administration, 4(2), 84-88.

8. Jumaniyozov, I. (2020). ISSUES OF ENSURING THE TRANSPARENCY OF SOVEREIGN WEALTH FUNDS. International Finance and Accounting, 2020(5), 1.

9. Jumaniyazov, I. (2020). FOREIGN EXPERIENCE IN THE ACTIVITIES OF SOVEREIGN FUNDS. International Finance and Accounting, 2020(2), 1.

10. Jumaniyazov, I. T. (2021). Transparency Is A Key Indicator Of The Activity Of Sovereign Wealth Funds. The Am erican Journal of Management and Economics Innovations, 3(05), 30-37.

11. Жуманиязов, И. Т. (2016). Основные задачи Фонда реконструкции и развития Республики Узбекистан. Наука, образование и культура, (7 (10)), 27-28.

12. Жуманиязов, И. Т. (2016). Направления использования средств Фонда реконструкции и развития Республики Узбекистан. Economics, (7 (16)), 28-29.

13. Jumaniyazov, I. T. (2022). O'zbekistonda davlat moliya tizimidagi islohotlar va rivojlantirish istiqbollari. Science and Education, 3(5), 1637-1645.

14. Inomjon Turaevich Jumaniyazov, & Bexruz Hazratov (2022). Foreign experience in the development of special economic zones in Uzbekistan. Science and Education, 3 (5), 1628-1636.

15. Jumaniyazov Inomjon Turaevich, & Juraev Maqsud Annaqulovich (2022). Korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish va risklarni baholash usullari. Science and Education, 3 (5), 1646-1654.

16. Jumaniyazov, I. T. (2019). The impact of Uzbekistan Reconstruction and development fund's expenditure on GDP growth. Science, research, development № 16. Monografiya pokonferencyjna.

17. Jumaniyazov, I., & Xaydarov, A. (2023). The importance of social insurance in social protection. Science and Education, 4(1), 1033-1043. Retrieved from https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/4941

18. Inomjon, J. (2023). GENDER BYUDJETLASHTIRISHDA DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINING O'RNI. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(6), 1187-1191.

19. Бахронов, Ж., & Жуманиязов, И. (2023). Партисипатор бюджетлаштириш ва уни Узбекистонда куллаш долзарблиги. Science and Education, 4(2), 1486-1493. Retrieved from https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/5234

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

20. Davlatboyeva, M. S. qizi, & Jumaniyazov, I. T. (2023). Yashil byudjetlashtirish va uni O'zbekistonda joriy etish istiqbollari. Science and Education, 4(2), 1509-1516. Retrieved from https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/5237

21. Jumaniyazov, I. T. (2019). Evaluation criteria for the efficiency of sovereign funds. Global science and innovations 2019: Central Asia. In International scientific conference.-Nur-Sultan (Kazakhstan) (Vol. 340, pp. 226-229).

22. Jumaniyazov, I. T. The significance of Uzbekistan reconstruction and development fund's financial capital on economic growth of Uzbekistan. International Journal of Economics, Commerce and Management United Kingdom ISSN, 2348, 0386.

23. Jumaniyazov, I., & Mahmudov, M. (2022). Experience of foreign countries in attracting foreign investment. Asian Journal of Research in Banking and Finance, 12(5), 32-37.

24. Jumaniyozov, I. T., & Abdumannobov, A. M. (2020). MANAGING PUBLIC DEBT. In Ключевые проблемы современной науки (pp. 3-7).

25. Jumaniyozov, I. T., & Bakhodirkhujayev A.F. (2020). ISSUES AND CHALLENGES FOR THE IMPLEMENTATION OF MACROPRUDENTIAL POLICY IN UZBEKISTAN. In Ключевые проблемы современной науки (pp. 811).

26. https://imda.uz

27. https://www.insuranceeurope.eu/publications/2674/european-insurance-preliminary-figures-2021/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.