Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA SUG’URTA BOZORINI RIVOJLANTIRISH VA BOSHQARISH MUAMMOLARI'

O’ZBEKISTONDA SUG’URTA BOZORINI RIVOJLANTIRISH VA BOSHQARISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
2047
364
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sug’urta / sug’urta bozori / sug’urtalovchi / sug’urtalanuvchi / innovatsiya / raqobat / moliya. / insurance / insurance market / insurer / insured / innovation / competition / finance.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Halima Mirshod Qizi Mirziyatova

Ushbu maqolada mamlakatimizda sug‘urta bozorini rivojlantirish hamda sug’urta faoliyatini tartibga solishdagi muammolar tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF DEVELOPMENT AND MANAGEMENT OF THE INSURANCE MARKET IN UZBEKISTAN

This article examines the problems of developing the insurance market and regulating insurance activities in our country.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA SUG’URTA BOZORINI RIVOJLANTIRISH VA BOSHQARISH MUAMMOLARI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

O'ZBEKISTONDA SUG'URTA BOZORINI RIVOJLANTIRISH VA BOSHQARISH MUAMMOLARI

Halima Mirshod qizi Mirziyatova

Bank-moliya akademiya tinglovchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada mamlakatimizda sug'urta bozorini rivojlantirish hamda sug'urta faoliyatini tartibga solishdagi muammolar tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: sug'urta, sug'urta bozori, sug'urtalovchi, sug'urtalanuvchi, innovatsiya, raqobat, moliya.

PROBLEMS OF DEVELOPMENT AND MANAGEMENT OF THE INSURANCE MARKET IN UZBEKISTAN

ABSTRACT

This article examines the problems of developing the insurance market and regulating insurance activities in our country.

Key words: insurance, insurance market, insurer, insured, innovation, competition, finance.

Bugungi kunda sug'urta kompaniyalari tomonidan nafaqat mamlakatimizdagi, balki xorijiy mijozlarni ham ishonchini qozona oladigan sug'urta xizmatlarining keng turlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, mintaqaviy sug'urta xizmatlarini kengaytirish, sug'urta kompaniyalari moliyaviy resurslarini samarali boshqarish milliy sug'urta bozorini rivojlantirishdagi asosiy muammolardan biridir. Bu holat mazkur mavzuning dolzarbligini ifodalaydi. Sug'urta insoniyat tarixining tadrijiy rivojlanishi bosqichlarida moliyaviy munosabatlarning ajralmas tarkibiy qismi sifatida iqtisodiyotga ta'sir etuvchi muhim omil bo'lib kelgan.

Zamonaviy davrdagi globallashuv jarayonida sug'urta bozorining innovatsion rivojlanishi jadal o'zgarishlar qamrovida kechayotganligi mazkur institut faoliyatini nazariy-amaliy tadqiq etish dolzarb ekanligini anglatadi. Sug'urta bozori har qanday mamlakat iqtisodiyotining asosiy segmenti hisoblanadi, ayni vaqtda, bevosita uning ravnaqiga ham xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda qayd etish lozimki, sug'urta faoliyati o'ziga xos tarzda shakllangan va keng qo'llanilayotgan ijtimoiy hodisa bo'lib, barqarorlik omili sanaladi. Mamalakat sug'urta bozori rivojini prognozlash o'z navbatida, biznes sub'ektlari va aholi manfaatlari himoyasini kafolatli darajada ta'minlash instituti sifatida sug'urta faoliyatini rivojlantirish yo'nalishlarini tadqiq etish zaruratini keltirib chiqardi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Yurtimizda sug'urta bozorini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va chora-tadbirlar muayyan darajada, mamlakat sug'urta bozorini rivojlantirishga xizmat qilayotgan bo'lsada, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotgan sharoitda sug'urta bozorini rivojlantirish borasida aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish sug'urta munosabatlarini rivojlantirishga va mamlakatda ishlab chiqarish uzluksizligini ta'minlashga xizmat qiladi. Ma'lumki, sug'urta bozorining muhim sub'ekti va uning ishtirokchilaridan biri davlat hisoblanadi.

Muhim vazifalarni bajarish uchun avvalo sug'urta sohasida jahon talablariga javob beradigan xodimlarni tayyorlash va ularni amaliyotga tayyorlash, aholini sug'urta to'g'risidagi axborotlardan xabardor qilib borish muhim hisoblanadi. Amalda sug'urta bozorining rivojlanishiga to'siq bo'ladigan ko'plab sabablar mavjud bo'lib, bunday sabablardan biri monopol holatning yuzaga kelishidir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda monopoliyaning yuzaga kelishiga nisbatan xavfsiz holat sifatida bir tarmoqda faoliyat ko'rsatuvchi kompaniyalar soni kamida o'n va undan ortiq bo'lib, bunda bu bozordagi bir kompaniyaning hissasi sug'urta xizmatlarini sotish bo'yicha 31 foizdan oshmasligi, ikki kompaniyaning hissasi 44 foizdan oshmasligi, uchta kompaniyaning hissasi 54 foizdan oshmasligi va to'rtta kompaniya ulushi 64 foizdan oshmasligi kerak .

Bunday nisbat buzilgan holatda bu kompaniyalarga nisbatan davlat iqtisodiy sanktsiyalar qo'llaydi va ularning ishtirokini ushbu bozorda chegaralab qo'yadi. Sug'urta bozorini davlat tomonidan tartibga solishning elementlaridan biri bozordagi raqobatni sun'iy ravishda yo'qotish, ya'ni boshqa qatnashchilarni bu bozorga kirishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida ikki yoki undan ortiq kompaniyalarning o'zaro til biriktirishi va o'zaro kelishuvlariga yo'l qo'ymaslikdan iboratdir.

Raqobatning nosog'lom usul va vositalari bo'lmish tariflarni sun'iy ravishda oshirish yoki pasaytirish, sug'urtalanuvchilarga sug'urtaning ma'lum bir turi to'g'risida yoki ushbu turni amalga oshiruvchi o'z raqobatchilari to'g'risida yolg'on ma'lumotlar berib, ularni arosatga qo'yish mumkin bo'lmagan holatlardir. Bunday holatlarga nisbatan davlat qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlar vositasida doimiy qarshi choralar ko'rib borishi kerak.

O'zbekistonda davlatning sug'urta sohasi bo'yicha faoliyati keng ko'lamli bo'lib, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitidan kelib chiqib davlat aralashuvi samaradorligining yuqori bo'lishini ta'minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.

- sug'urta himoyasini ta'minlashda yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini o'zida mujassamlashtirgan mexanizmni ishlab chiqish;

- O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshida tashkil etilgan maxsus vakolatli davlat organi bilan sug'urtachi sub'ektlar o'rtasidagi hamkorlik, muammoli

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

masalalarni birgalikda hal etuvchi o'zaro manfaatdorlik asosida ishlovchi tuzilmali mexanizmni shakllantirish;

- sug'urta faoliyatiga doir qonunlar majmuasiga zarur o'zgartirishlar kiritish bilan qonunlarni takomillashtirib borish;

- milliy sug'urta bozorida raqobat muhitining yuzaga kelishini ta'minlovchi, soxta sug'urtachilar faoliyatiga chek qo'yuvchi huquqiy me'yorlarni ishlab chiqish hamda ularning tatbiq etilishini ta'minlash;

- sug'urta kompaniyalari barqaror faoliyat ko'rsatishlarini ta'minlash vositasi sifatida soliq imtiyozlari va boshqa rag'batlantiruvchi huquqiy aso slarni takomillashtirib, ularning samarasi yuqori bo'lishiga erishish;

- sug'urtalovchilarning qimmatli qog'ozlar bozori, fond birjalaridagi to'g'ridan-to'g'ri faoliyatlarini rag'batlantirish;

- sug'urta sohasida xalqaro hamkorlik aloqalari kengayib borayotgan hozirgi sharoitda tomonlar manfaatlarini o'zida aks ettiruvchi sug'urta himoyasining umumiy qoidalarini ishlab chiqish;

- sug'urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish tizimini takomillashtirishda chet el investorlarining faoliyatini rag'batlantirishni nazarda tutib ish olib borishni yo'lga qo'yish;

- sug'urta faoliyati rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish asosida xalqaro bozorga kirib borish va bu bozorda o'z o'rniga ega bo'lishni maqsad qilib qo'yish;

- respublika sug'urta bozorida yangi sug'urta institutlari (anderrayterlar, aktuariylar, avariya komissarlari) ko'payishini rag'batlantirishdan iboratdir. Xorij tajribasida sug'urta va qayta sug'urta kompaniyalari har bir sug'urta turi bo'yicha alohida sug'urta anderrayterlariga ega bo'lib, biror marta ham bir anderrayter ikki xil sug'urta turi bilan shug'ullanmaydi.

Sug'urta munosabatlarini tartibga solishning erkinlashuvi jarayonlari dunyo sug'urta bozori globallashuvi sharoitida, xalqaro sug'urta xizmatlarining erkinlashuvi, sug'urta va qayta sug'urta kapitalining kontsentratsiyasi yirik transmilliy sug'urta kompaniyalari o'rtasidagi raqobatning keskin kuchayishiga, natijada sug'urta va qayta sug'urtaning ko'plab yangi shakllari paydo bo'lishiga, sug'urta, bank va moliya kapitalining o'sishiga olib kelmoqda.

Sug'urtachilar faoliyati ustidan davlat nazorati tizimida bir qancha o'zgarishlar yuz bermoqdaki, bunda asosiy mavqeni davlatlararo integratsion kelishuvlar, xizmatlar savdosi to'g'risidagi bosh kelishuv egallanmoqda. Internet vositasidagi yangi informatsion muhitning paydo bo'lishi davlatlar o'rtasidagi chegaralarni buzib tashlab, sug'urta xizmatlarining misli ko'rilmagan darajalariga erishilmoqda. So'ngi yillarda dunyo sug'urta bozorining kengayishi kuzatilib, bunda birlashuv, globalizatsiya va

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

integratsiya jarayonlarining kuchayganligini ko'rish mumkin. Sug'urta kompaniyalarining birlashuvi yoki yirik kompaniyalarning kichiklarini qo'shib olish holatlarining yuz berishiga asosiy sabablar quyidagilardan iborat:

Birinchidan, milliy va dunyo sug'urta bozorlari ishtirokchilari orasida yuqori darajadagi kapitalizatsiyaga ega bo'lgan kompaniyalarning ko'pligi va ular o'rasida kuchli raqobatning mavjudligi.

Ikkinchidan, yirik tavakkalchiliklarni sug'urtalash va qayta sug'urtalashda katta miqdordagi kapitalga ega bo'lgan kompaniyalarga zarurat tug'ilmoqda. Sug'urtachilar qayta sug'urta kompaniyalarini tanlashda birinchi o'rinda ularning kapitali miqdoriga etibor qaratmoqdalar. 50 mln. dollardan kam kapitalga ega bo'lgan qayta sug'urta kompaniyalari o'z faoliyatlarini to'xtatishga majbur bo'lmoqdalar.

Uchinchidan, kompaniyada ish yuritishga ketadigan xarajatlarni kamaytirish maqsadi. Mutaxasislarning xulosalariga ko'ra, AQShda bir kompaniyaga sug'urta mukofotlari tushumini 10 mln. Dollarga ko'paytirish, ish yuriti shga ketadigan xarajatlar mikdorini 30 foizdan 10 foizgacha kamaytirish imkonini berar ekan. To'rtinchidan, moliyaviy barqaror hamkor hisobiga o'z reytingini ko'tarish ilinji. Birlashish va qo'shib olishlar natijasida yirik transmilliy sug'urta kompaniyalari hosil bo'lmoqda va ular xalqaro bozorda katta miqdordagi javobgarliklarni sug'urtalash va qayta sug'urtalashni amalga oshirmoqdalar. Boshqa sohalarda bo'lgani kabi, sug'urta faoliyatida ham menejmentning yangi davri kirib kelmoqda. Bu yangi davr sug'urta kompaniyalari faoliyatining xavfsizligini ta'minlab berishi kerak. Sug'urta kompaniyalarining faoliyati xavfsizligini ta'minlash hozirgi zamon menejmentining asosiy funktsiyalaridan biridir.

Kompaniya menejerining kompaniya faoliyatiga bo'ladigan xavflarni to'g'ri baholay olmaganligidan va bunga qarshi zarur choralarni ko'rmaganligi tufayli kompaniyaga sezilarli darajada zararlar etishi mumkin. Shuning uchun malakali menejer voqealar rivojining turli ko'rinishlarini hisobga olishi, shunday holatlar yuz b erganda strategiya va taktikani tezda o'zgartirishni, zahira fondlarni ko'paytirishni rejalashtirib qo'yishi kerak. Sug'urta bozorining rivojlanishiga to'siq bo'ladigan omillardan biri bozorida tovlamachilikning avj olishidir.

Sug'urta tizimida Adjaster ham faoliyat ko'rsatadi. Adjaster - da'voni ko'rib chiquvchi va uni tartibga keltirishni takomillashtiruvchi shaxs hisoblanadi. Mamlakatimizda ushbu soha vakillari xizmatidan foydalanish keng yo'lga qo'yilmaganligi tufayli bu vazifani kompaniyalarning o'z xodimlari amalga oshirib kelishmoqda. Sug'urta risklarining professional baholovchilari bo'lgan syurveerlar, adjasterlar va aktuariylar faoliyatini yo'lga qo'yish mamlakatimizda qonuniy jihatdan mustahkamlandi, endi ushbu tuzilmalarni amaldagi faoliyatini yo'lga qo'yish milliy bozorni rivojlantirish omillaridan biri bo'ladi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Tqadiqot natijalariga ko'ra, quyidagilar O'zbekiston Respublikasining sug'urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari quyidagilar:

-sug'urta sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, shu jumladan xalqaro tashkilotlarning standartlari va tavsiyalarini hamda ushbu sohadagi eng yaxshi jahon tajribalarini izchil joriy etish;

-sug'urta xizmatlari iste'molchilari va sug'urta faoliyatining boshqa sub'ektlari huquqlari himoyasini kuchaytirish, aholining sug'urta savodxonligini va sug'urtaga bo'lgan ishonchini oshirish, sug'urta bozorining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash;

- yangi innovatsion sug'urta mahsulotlarini joriy etish va talab yuqori bo'lgan an'anaviy mahsulotlarni rivojlantirish orqali ko'rsatilayotgan sug'urta xizmatlari hajmlarini, turlarini kengaytirish va sifatini oshirish;

-sug'urta faoliyatini tashkil etish va tartibga solish sohasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, sug'urta xizmatlarining elektron turlarini faol joriy etish va rivojlantirish;

-sug'urta bozori mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, sug'urta sohasida ta'lim berishning zamonaviy usullarini qo'llash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag'batlantirish;

- milliy sug'urta bozorining ijobiy imijini shakllantirish va yuqori darajada ushlab turish hamda investitsiyaviy jozibadorligini, shu jumladan milliy sug'urta bozorini xalqaro va xorijiy sug'urta bozorlari bilan integratsiyalash orqali oshirish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. A.V.Vaxabov, S.A.Tashmatov, N.X.Xaydarov. Moliyaviy savodxonlik asoslari: o'quv qo'llanma/-Toshkent 2013.

2. Adilova L.A. Landscaping. TACE study guide. Tashkent 2007

3. Sicheva A.V. Architecturally landscape: Issues of protection and formation. 2nd edition rev . and add. - Minsk: Higher . wk . 1982.

4. Martysyuk A. "Features of the organization of riverside urban territories of rivers: the experience of the countries of near and far abroad" Bulletin of Polodsk State University. -2015, article.

5. Низамиддин Хайдаров. Роль таможенного дела в ускорении межгосударственных экономических отношений. Технико-технологические проблемы сервиса, 2019

6. Н.Х.Хайдаров. Роль иностранных инвестиций в финансовом оздоровлении Узбекистана. Финансы и кредит, 2001

7. Хдйдаров Н.Х. Молия: умумдавлат молияси. Т.: Ицтисод-молия, 2009

8. Н.Хайдаров. Солицлар ва солицца тортиш масалалари. Уцув цулланма. Тошкент: Академия, 2007

9. Т.С. Маликов, Н.Х. Хайдаров. Государственный бюджет. Учебное пособие "IQTISOD-MOLIYA, 2008

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.