Moliyaviy globallashuv sharoitida moliya bozorining rivojlanish tendensiyalari
G'ofurjon G'ulamovich Shermatov [email protected] Namangan muhandislik-qurilish instituti
Annotatsiya: Moliya bozori bo'sh mablag'larni safarbar etib, ularni moliyaviy resurslarga, aholi qo'lidagi harakatsiz pulni daromad keltiruvchi manbaga aylantiradi. Depozitlar, veksellar, valyuta, aksiya, obligatsiya, derivativ (hosilaviy qimmatli qog'ozlar) va sug'urta bozorlarini o'z ichiga oladigan moliya bozori odatda iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Moliya bozorini taraqqiy toptirish, raqobat muhitini yaxshilash, moliyaviy boshqaruvning yangi turlarini qo'llashga ko'maklashish, xo'jalik yurituvchi subyektlarga investitsiyalarni jalb qilish bilan birga qo'shimcha ish o'rinlarini yaratish orqali ijtimoiy muammolarni ham hal etishga xizmat qiladi
Kalit so'zlar: moliya bozori, fond bozori, transmilliy korporatsiyalar, xalqaro moliyaviy munosabatlar
Development trends of the financial market in the context of
financial globalization
Gofurjon Ghulamovich Shermatov [email protected] Namangan Institute of Engineering and Construction
Abstract: The financial market mobilizes free funds and turns them into financial resources, idle money in the hands of the population into a source of income. The financial market, which includes deposits, bills, foreign exchange, stock, bond, derivative and insurance markets, is usually the driving force of the economy. It serves to solve social problems by developing the financial market, improving the competitive environment, promoting the use of new types of financial management, attracting investments to business entities, and creating additional jobs.
Keywords: financial market, stock market, transnational corporations, international financial relations
KIRISH
Korporativ boshqaruvning moliyaviy bozorlar faoliyatini tashkil qilish bilan bog'liq xalqaro modellari keng tadqiq etilganligiga qaramasdan, mazkur ilmiy va amaliy tajriba mamlakatimiz iqtisodiyoti real sektorida amalda sust qo'llanilmoqda. Oqibatda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida korporativ boshqaruv shartlari yetarlicha bajarilmayapti. Moliya bozori likvidliligi talabdagidek emasligi ikkilamchi bozor samaradorligining mavjud holati aholi va qimmatli qog'ozlar bozori boshqa ishtirokchilarining moliya bozoridagi faoliyatini susaytirmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tushunchalarni mohiyatini olimlar, ekspertlar tomonidan tortishuvlar, ilmiy-nazariy jihatdan qarashlar, o'sha davr g'oyalari bilan uyg'unlashgan, uni bajaradigan funksiyalari, tamoyillari, o'ziga xos xususiyatlari, xarakterli tomonlari, bozor segmentlari orqali hamda ularning ishtirokchilari o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar nuqtai nazaridan yanada chuqurroq ilmiy asoslab berish takomillashib bir tizimga keltirilmoqda, zamon talablari va fundamental omillarga mos holda u ilmiy jihatdan asoslangan holda rivojlantirib borilmoqda.
Xususan, xalqaro moliya bozorining iqtisodiy mohiyatini turli davrlarda yashab o'tgan iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil g'oyalari orqali nazariyalar yaratilgan. Lekin, har bir iqtisodiy kategoriyalar doimiy ravishda zamonaviy omillar asosida takomillashib boradi. Xalqaro moliya bozori ham hozirgi kunda qo'shimcha tarzda noan'anaviy zamonaviy yangi va xilma-xil funksiyalarni bajarmoqda. Shu nuqtai nazardan uning iqtisodiy mohiyatini bir nechta iqtisodchi olimlarning nazariy ilmiy qarashlarini, hozirgi zamonaviy omillarni va boshqa o'ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda chuqurroq o'rganib chiqish mavzuning dolzarbligini bildiradi.
ADABIYOTLAR SHARXI
Turli mualliflar xalqaro moliya bozori atamasini bir xilda izohlamaydilar. Ko'pincha ushbu tushunchadan ko'plikda: xalqaro moliya bozorlari ko'rinishida foydalaniladi. Bundan tashqari, xalqaro moliya bozorini jahon ssuda kapitali bozori tushunchasiga o'xshatish uchrab turadi. Xalqaro moliya bozori atamasining turli izohlardagi qat'iy farqi uning keng yoki tor ma'nodagi izohi hisoblanadi. Bunda ke ng yoki tor ma'nodagi izohi ham turlicha tushuniladi. Masalan, taniqli olim L.N.Krasavinaning qayd etishicha, "Xalqaro moliya bozorlari keng ma'noda -mamlakatlar orasida pulli kapitallarning akkumulyatsiyasi va qayta taqsimotini ta'minlovchi bozor munosabatlari sohasidir. Mohiyatan, bu tushuncha xalqaro moliya bitimlari shartlarini belgilovchi uning ishtirokchilari manfaatlarining o'zaro ta'sirini anglatadi. Xalqaro moliya bozori tor ma'noda fond bozori, ya'ni qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar bozoridir" [1]. Shuningdek, Krasavina xalqaro moliya bozorlari tuzilmasini milliy hamda xalqaro darajadagi ishtirokchilar bilan o'zaro bog'liqlikda taqdim egan (1-jadval).
1-jadval
Xalqaro moliya bozorlari tuzilmasi va ishtirokchilari [1]
Milliy ishtirokchilar Bozor tuzilmasi Xalqaro ishtirokchilar
1 2 3
Korporatsiyalar Valyuta bozorlari, shu jumladan yevrovalyuta bozori Xalqaro korporatsiyalar, TMK
Banklar va ixtisoslashtirilgan kredit-moliya institutlari, shu jumladan sug'urta kompaniyalari Ssuda kapitallari bozorlari: a) pul bozori; b) kapitallar bozori; c) yevrobozor Xalqaro banklar, TMK, ixtisoslashtirilgan kredit- moliya institutlari, shu jumladan sug'urta kompaniyalari
Fond bozorlari Yirik fond va tovar birjalari Xalqaro valyutakredit va moliya tashkilotlari
Fond va tovar birjalari Sug'urta bozorlari
Oltin bozorlari
Xalqaro moliyaviy munosabatlar sohasida taniqli olim D.M.Mixaylov xalqaro moliya bozorini unda muomalada bo'lgan vositalar nuqtai nazaridan ko'rsatib o'tadi. Bunda uning fikricha, jahon ssuda kapitali bozori va xalqaro moliya bozori "tushuncha nuqtai nazaridan bu tushunchadan ko'proq amaliy foydalanishda o'xshash kategoriyalar hisoblanadi", xalqaro moliya bozorida esa qarz kapitali, qarz vositalari va hosilaviy shartnomalar savdo obyektlari sifatida namoyon bo'ladi [2].
Moliya bozori va ssuda bozori tushunchalarining o'xshashligini boshqa manbalarda ham uchratish mumkin. Masalan, "Moliya bozori (ssuda kapitallari bozori) - kapitalga talab va taklif asosida kapitalni vositachilar yordamida kreditor va qarzdorlar o'rtasida qayta taqsimlash mexanizmi. U amaliyotda pul mablag'lari oqimini mulkdorlardan qarzdorlarga va aksincha yo'naltiruvchi kredit-moliya institutlari yig'indisini namoyon etadi. Moliya bozorining asosiy vazifasi harakatsiz pul mablag'larini ssuda kapitaliga transformatsiyasidan tarkib topgan" degan tushunchalarni uchratish mumkin [3].
Shuningdek, ta'kidlash joizki, V.A.Slepov va E.A.Zvonovalar xalqaro moliya bozori ta'rifida bozorning mohiyatini emas, balki moliyaviy tizim tushunchasini asos qilib oladilar: "Xalqaro moliya bozori - xalqaro moliyaning xalqaro moliya tizimidagi ma'lum doiralardagi harakati shakli" [4]. Mazkur mualliflarning fikricha, xalqaro moliya bozori tushunchasi xalqaro moliya bozoriga nisbatan kengroq tushuncha hisoblanadi, bunda xalqaro va milliy moliya bozorlari yig'indisini tushunish lozim, ularning har biri o'ziga xos xususiyatlar, alohidalik va mustaqillikka ega.
Shunday qilib, fikrimizcha, jahon kapital bozorlari atamasidan foydalanish cheklangan ko'rinishga ega. Bundan tashqari, kredit bozori nima uchun qarzga oid qimmatli qog'ozlar va bank kreditlari bozoridan iborat bo'lishi noaniq bo'lib qolmoqda, bunda davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan berilgan kreditlar alohida ajratilgan. Bir tomondan, ularning o'ziga xosligini farqlash uchun alohida ko'rsatish maqsadga muvofiq, lekin boshqa tomondan, ular ham kredit bozori kategoriyasiga, faqat ushbu muallif izohi holatida boshqa darajada kiradi.
Xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda xalqaro moliya bozorini turli-tuman moliyaviy vositalar, shu jumladan aktsiya, obligatsiya, valyuta, muddatli shartnomalarni hosil qiluvchi hamda o'zaro qayta sotuvchi xaridor va sotuvchilarning shartli (yoki real) uchrashuv joyi sifatida keng (hatto keng pragmatik) ma'noda tushunish ustunlik qiladi
[5].
O'zbekistonlik iqtisodchi olimlardan A.Vahobov, N.Jumayev, U.Burxonovlarning "Xalqaro moliya munosabatlar" o'quv qo'llanmasida "Xalqaro moliya bozorlari - mamlakatlar milliy manfaatlarini himoya qiluvchi tamoyillariga asoslangan bo'lib, bu davlatlararo har tomonlama hamkorlikni bir ko'rinishdagi xalqaro moliya bozorlari va ularning fondli ko'rinishdagi umumjahon bozorlar yig'indisidir yoki davlatlarni yagona moliya va kredit siyosatini amalga oshiruvchi bozorlar majmuasidir deb e'tirof etishgan [6].
Shuningdek, J.X.Ataniyazov, E.D.Alimardonovlarning "Xalqaro moliya munosabatlari" nomli darsligida xalqaro moliya bozorini tarkibi va mazkur bozorga chiqish mexanizmi to'g'risida fikr bildiradi. Xususan, xalqaro moliya bozori milliy moliya bozori va xalqaro moliya bozoridan tarkib topganligini e'tirof etadi. Mualliflar, chet el qimmatli qog'ozlar ya'ni mamlakatlarda yevroobligatsiyalarni xalqaro muomalaga chiqarish orqali yuzaga kelayotgan bozorlar yig'indisiga asosiy e'tiborni qaratadi [7].
TAHLIL VA NATIJALAR
Moliya bozorining yuqori darajada tashkillashganligi uning alohida faoliyat mexanizmi bilan belgilanadi. Bu mexanizm iqtisodiyotning qonun va kategoriyalarining to'liq amal qilishi negizida va davlatning regulativ siyosati asosida moliya bozorining barcha qatnashchilarining bevosita ishtiroki natijalari bilan belgilanadi, davlat va iqtisodiyot sub'ektlari tomonidan birgalikda harakatga keltiriladi.
■AQSH "Yapoaiya 1 Xitoy ■ Goagkoag
■ Buyuk Br it aaiy# Fr aas iy a Germaaiya ■Bosliqalar
2W/o 4 CM
Wo
3°/o Wo
Wo l%'o 8%
3-rasm. Dunyo mamlakatlarining jahon moliya bozoridagi ulushi
(2020-yil holatiga) [8] 2020-yil holatiga nisbatan kam sonli mamlakatlar o'rtasida moliya bozorining salmoqli ulushi taqsimlangan. Bular ichida eng kattalari AQSh (40%), Yaponiya (8%),
Xitoy (7%), Gongkong (7%), Buyuk Britaniya (4%), Fransiya (3%), Germaniya (3%) kabi dunyoning eng qudratli mamlakatlari o'rin olgan.
Ko'rinib turibdiki dunyo moliya bozorining uchdan ikki qismi aksariyat rivojlangan mamlakatlarga tegishli.
Jahon moliya bozorining asosiy segmentlaridan biri fond birjasi yoki qimmatli qog'ozlar(kapital) bozori hisoblanadi.
Moliya bozori hamda zamonaviy moliyaviy infratuzilmaning rivojlanishi innovatsion rivojlanish yo'liga o'tishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Faqat shunday sharoitdagina investitsiya faoliyatini faollashtirish va investitsiya oqimlarini ishlab chiqarish, so'ngra esa yuqori texnologiyalar sohasiga qayta yo'naltirish mumkin bo'ladi. Zamonaviy moliya bozorlarining asosiy unsurlarini yaratmasdan turib, iqtisodiy o'sish asosiy omillaridan biri hisoblangan to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarning kirishiga erishib bo'lmaydi.
Moliya bozori faoliyat ko'rsatishining asosiy tamoyillariga rioya etilishi davlatning tartibga solishga oid chora-tadbirlari bilan birga fond birjalari va bozor qatnashchilarining birlashmalari ishlab chiqqan qoidalarini uyg'unlashtirish asosida ta'minlanadi.
O'z navbatida, pulning kapital sifatida ishlab chiqarishga safarbar etilishi iqtisodiy salohiyatni kuchaytiradi, innovatsiyalar, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtiradi va shu asosda xalq farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Moliya bozori iqtisodiy tizimning hal qiluvchi qismidir. Bu iqtisodni qo'zg'atuvchi vosita bo'lib, ortiqcha birliklar tanqislik birliklarini qondiradigan va har xil moliyaviy kelishuvlar bo'yicha muzokaralar olib boradigan maydonchadir. Shu sababli moliya bozorini rivojlantirishning maqsadi moliya bozorining vositachi sifatida samarali ishlash qobiliyatini oshirishdir. Samarali moliyaviy bozor - bu chuqurlik va kenglikdir, ya'ni ta'minot tomonida, aktivlarga talabning barcha sinflarini qondirish uchun emitentlar, kredit tavakkalchiliklari va boshqalarni taklif etuvchi ko'plab moliyaviy vositalar mavjud. Talab tomonida, har xil turdagi investorlarning katta miqdordagi investitsiya talabi bo'lishi kerak, ular turli hil xavfxatarlarni qaytaradigan ishtahalari bor. Bundan tashqari, emitentlar va investorlar o'rtasidagi yaxshi xilma-xillik odatda bozor nuqtai nazarini uyg'unlashtiradi, moliyaviy aktivlarni faol almashinuviga olib keladi. Yuqori likvidli moliya bozori, eng kam narx ta'siriga ega bo'lgan yirik va xilma-hil moliyaviy vositalarni chiqarishni ta'minlay oladi. Bu erda moliyaviy vositalarni maqbul narxda tezda almashtirish mumkin. Samarali kliring va hisob-kitoblar tizimi operatsiyalar narxini pasaytirishga yordam beradigan asosiy omil hisoblanadi.
Mamlakatdan chetga chiqarilgan kapitallar xalqaro moliya bozori orqali dunyoning qolgan mamlakatlariga qayta taqsimlandi. Xalqaro moliya bozori xalqaro kapitallarga bo'lgan talab va taklif shakllanadigan, baho beriladigan, jahon
iqtisodiyotning moliya sektorida xalqaro moliyaviy aktivlar oldi-sotdi qilinadigan sohadir.
Bir mamlakat moliya bozoridagi salbiy va ijobiy o'zgarishlarni boshqa bir mamlakat moliya bozoriga ta'siri moliya bozorining globallashuv darajasiga bog'liq bo'lib, bu jarayon milliy fond bozorini xalqaro fond bozoriga integratsiyasini ta'minlovchi vositalar orqali amalga oshiriladi va ularning nechog'lik rivojlanganligini o'zida namoyon etadi.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro moliya bozorining segmentlari tadrijiy ravishda muayyan bosqichlarda shakllangan (2-jadval). Mazkur bozor taraqqiyotining oxirgi bosqichida fond segmenti va xalqaro derivativlar bozorlari jadal rivojlangan.
Xalqaro kapitalning asosiy shakllari sifatida rasmiy kapital - davlatlararo tashkilotlar va hukumat qarorlari asosida davlat byudjeti mablag'larini chet eldan qabul qilish yoki chet elda joylashtirishdir. Xususiy kapital - xususiy yuridik shaxslar (firma, korxona, tashkilot, banklar va boshqalar)ning mablag'larini ularning boshqaruv organlarining qarorlari asosida chet ellarda joylashtirishdir [9].
Xalqaro kapital harakatida ssuda kapitali ikki xil ko'rinishda: o'rta, uzoq muddatli hamda qisqa muddatli xalqaro kapital qo'yilmalar shaklida namoyon bo'ladi. Xalqaro kapital harakatida ssuda kapitalining qisqa muddatlisi afzal hisoblanadi. Ssuda kapitalining shartlari o'zgaruvchanlikka moyilligi kamligi uchun mamlakatda iqtisodiy muhit o'zgara boshlasa, ushbu kapitalning iqtisodiy risk darajasining oshishi, uni qisqa muddatli bo'lishini ma'qul qilib qo'rsatadi.
2-jadval
Xalqaro moliya bozorining tarkibiy tuzilishi va uning shakllanish bosqichlari [7]
Bosqichlar Yillar Xalqaro moliya bozorining tarkibiy o'zgarishlari
Birinchi bosqich 1860-yillar Tashqi savdoning rivojlanishi. Xalqaro oltin-valyuta bozorining paydo bo'lishi
Ikkinchi bosqich 1950-yillar Milliy kredit bozorlaridagi operatsiyalarning baynalminallashuvi
1960-yillar Xalqaro kredit bozorining shakllanishi
Uchinchi bosqich 1970-yillar Uzoq muddatli kapitallar xalqaro bozorining shakllanishi. Milliy fond bozorlarining erkinlashtirilishi. Xalqaro fond bozorining shakllanishi
1980-yillar Transmilliy banklar va kompaniyalarning jadal sur'atlarda rivojlanishi. Xalqaro fond bozorlarining yanada kengayishi. Xalqaro sug'urta bozoridagi dastlabki tizimli operatsiyalarning amalga oshirilishi. Xalqaro kredit bozoridagi operatsiyalarning rivojlanishi
To'rtinchi bosqich 1990-yillar Xalqaro moliya bozori fond segmentining jadal rivojlanishi. Xalqaro derivativlar bozorining shakllanishi
2000-yillar Xalqaro derivativlar bozorining jadal rivojlanishi.
Shunday qilib, jahon iqtisodiyotidagi o'zgarishlarning noaniqligi ortganligi hisobiga xalqaro kapital harakati sekinlashgan. Xalqaro kapital tarkibida qarz kapitali harakatining ustunligi saqlanib qolmoqda. Mamlakatning moliya bozorini uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etishga asosiy e'tibor qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
XULOSA
Moliyaviy globallashuv sharoitida moliya bozorining rivojlantishning asosiy maqsadi ishlab chiqarilgan tovarlarning eksport salohiyatini oshirish, iste'molchilarni jahon talablariga mos keladigan tovarlar bilan ta'minlash va mamlakatning monetär siyosati barqarorligii ta'minlashdir.
Mamlakatimizda kapital bozorini rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarda ushbu bozorni rivojlantirishning yaxlit strategiyasini shakllantirish, uning samarali infratuzilmasi shakllanishida ko'maklashish hamda ikkilamchi qimmatli qog'ozlar bozorini jadal rivojlantirish va kengaytirishga qaratilgan amaliy harakatlarni faollashtirish, korporativ boshqaruv tizimini ilg'or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, kapital bozorini tartibga solish sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish kabi masalalar alohida ustuvorlik kasb etishi lozim.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun katta hajmdagi investitsiyalar zarur bo'ladi. Investitsiyalarni esa moliya bozori va qimmatli qog'ozlar bozori orqali olib kelish mumkin. Shuning uchun ham mamlakatning iqtisodiy o'sishida moliya bozori va qimmatli qog'ozlarning roli nihoyatda kattadir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Красавиной Л.Н. Международные валютно-кредитные и финансовые отношения. - М.: Финансы и статистика, 2007. - С.289.
2. Михайлов Д.М. Мировой финансовый рынок: тенденции и инструменты. - М.: Издательство «Экзамен», 2000. - С.150.
3. Авдокушин Е.Ф. Международные экономические отношения. - М.: Маркетинг, 2003.
4. Слепова В.А., Звоновой Е.А. Международный финансовый рынок. - М.: Магистр, 2009.
5. Xojimatov R.X. Xalqaro moliya bozori: nazariy qarashlar va umumiy tavsif. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2015-yil.
6. Vahobov А., Jumayev N., Burxonov U. Xalqaro moliya munosabatlar. Darslik. -T.: "Sharq", 2003.
7. Ataniyazov J.X., Alimardonov E. D. Xalqaro moliya munosabatlari. Darslik.T.: "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiriyoti" 2014. -333 b
8. Seeking Alpha - Country Stock Markets As A Percent Of World -https://seekingalpha.com/article/4225343
9. Киреев А.П. Международная экономика. В 2-х ч. - Ч. I. Международная микроэкономика: движение товаров и факторов производства. Учебное пособие для вузов. - М.: 1997, 416 с., С. 292-293
10. Khidirov N. (2020) "SPECIFIC FEATURES OF FINANCING INVESTMENT ACTIVITY OF INDUSTRIAL ENTERPRISES," International Finance and Accounting: Vol. 2020: Iss. 1, Article 31.
11. Sotvoldiyev, A. I., & Xidirov, N. G. (2022). Dinamik modellarni iqtisodiyotda qo'llanilishi. Science and Education, 3(3), 1128-1137.
12. Khidirov, N. G. (2021). Mechanisms and methods of financing enterprise investment projects. Journal of Economics, Finance and Management Studies, 4(05), 475-482.
13. Mehmonaliev, A. G. U., & Khidirov, N. G. (2022). Public finance management its modern problems. Science and Education, 3(11), 1075-1080.
14. KHIDIROV, N. EVALUATION OF EFFICIENCY OF INVESTMENT ACTIVITY IN INDUSTRIAL ENTERPRISES. ИНТЕРНАУКА Учредители: Общество с ограниченной ответственностью" Интернаука", 46-48.
15. Шерматов Г.Г. Роль корпоративного управления в условиях рынка. Пятнадцатые международные плехановские чтения тезисы докладов. Москва2002 год 390-392 стр.
16. Шерматов Г.Г. Основные аспекты совершенствования структуры управления в акционерных обществах. "Эканомический вестник Узбекистана" журнал. 2002 год № 4. 55-56 стр.
17. Shermatov G'.G'. The concept and functions of innovation management. EPRA International Journal of Economics, Business and Management Studies (EBMS)|ISSN: 2347-4378|Journal DOI: 10.36713/epra1013|SJIF Impact Factor (2020): 7.035 EPRA Journals DOI: https://doi.org/10.36713/epra1013 2020 year September, 64-69 pag.
18. Shermatov G'.G'. Production technologies - as an object of management «Экономика и социум» №2(81) часть 1 (февраль, 2021). Сайт :http://www.iupr.ru
19. Shermatov G'.G'. Situational approaches to effective leadership «Экономика и социум» №3(82) часть 1 (март, 2021). Сайт: http://www.iupr.ru
20. Shermatov G'.G'. Signs, functions and responsibilities of the enterprise asia pacific journal of marketing & management reviewissn: 2319-2836 Impact factor: 7.603 Vol 11, Issue 05, 2022 https: //www. gej ournal .net/index.php/APJMMR/article/view/523
21. Shermatov G'.G'. O'zbekiston respublikasida samarali bank tizimini yaratish va uning faoliyatini rivojlantirish. Namangan muhandislik texnologiya instituti ilmiy-texnika jurnali .Том 7, Maxsus son 2, 2022 yil. 478-483 b.
22. Аллаяров, С. Р., & Зайнитдинов, С. М. У. (2021). Иктисодий усишга таъсир курсатувчи омиллар ва уларнинг таснифи. Science and Education, 2(11), 1156-1169.
23. Аллаяров, С. Р., Мардонов, Ш. Х., & Абдурахимова, Г. М. (2020). Ретроспективный и целеориентированный подходы к оценке эффективности фискальной политики. Экономика и социум,(4), 138-147.
24. Аллаяров, С. (2022). К ВОПРОСУ РЕАЛИЗАЦИИ ОПТИМИЗИРОВАННОЙ ФИСКАЛЬНОЙ ПОЛИТИКИ ПРИ СТИМУЛИРОВАНИИ ЭКОНОМИЧЕСКОГО РОСТА. Архив научных исследований, 2(1)