DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-184-189
Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work
in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari
JAMIYATDA XOTIN - QIZLAR VA ULARNING IJTIMOIY FAOLLIGI
Qaxramon Abdulxamid o'gli Axmedov
O'zMU katta o'qituvchisi
Aziza Jovli qizi Sodiqova
O'zMU 2 bosqich talabasi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada jamiyatning madaniy darajasi va ma'naviy barkamolligini tavsiflaydigan ayollarga bo'lgan e'tibor va munosabat ifodalangan. Jamiyatimizda ayollarning ijtimoiy va siyosiy jabhalarda yetakchi o'rinlarni egallashiga qaratilgan tizimli islohotlar yoritilgan. Shuningdek, Gender tenglik masalasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati tog'risida ma'lumotga ega bo'lamiz.
Kalit so'zlar: Jamiyat, gender tenglik, xotin - qizlar, ayollarga e'tibor, ta'lim, bandlik, kasb - hunar.
ABSTRACT
This article expresses attention and attitude towards women, which characterizes society's cultural level and spiritual perfection. In our society, systemic reforms aimed at the leading positions of women on the social and political fronts are highlighted. We will also have a background in the public policy framework, which is being implemented on the issue of Gender equality.
Keywords: Society, gender equality, women, attention to women, education, employment, profession.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev "Biz uchun muqaddas bo'lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik-xotirjamlik, ahillik va o'zaro hurmat muhitini yaratish, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to'ldirishdan iborat bo'lmog'i zarur", deb alohida ta'kidlagan. Buyuk ma'rifatparvar Abdurauf Fitrat: "Farzandlarimizni yaxshi xulq egalari qilib tarbiyalashimiz uchun avvalo, millat onalari tarbiya va ilm olishlari lozim", deb yozgan edi. Biz Uchinchi Renessans poydevorini qurish, jamiyatda yangi ma'naviy makon yaratish haqida gapirar ekanmiz, bu ishlarni otalar, onalar, ustozlar ma'naviyati bilan uzviy amalga oshirishimiz zarur. Bugun biz
2023
184
Modern Trends of Social Sphere Development
Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work
in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-184-189
ochiq jamiyatda yashayapmiz. Bu imkoniyatdan to'g'ri foydalanib, ilg'or g'oyalarni o'zlashtirishimiz kerak. Lekin, milliy qiyofamizga putur yetkazadigan illatlardan ehtiyot bo'lishimiz, o'zligimizni yo'qotmasligimiz shart" [1].
Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning ko'rki bo'lgan xotin - qizlarga hurmat va ehtirom ko'rsatish xalqimiz uchun azal - azaldan buyuk qadriyat bo'lib kelgan. Vatanimizning bugungi taraqqiyotida, oila va jamiyat hayotida xotin -qizlar muhim o'rin va mavqeni egallashmoqda. Xususan, "Ayollga e'tibor - kelajakka e'tibor" naqillarimiz bejiz emas. Hozirda aksariyat xotin - qizlar yuqori intellekt, nufuzli dunyoviy bilim va malakaga ega ijtimoiy faol qatlam sifatida jamiyat farovonligi yo'lida xizmat qilishmoqda. Mustaqillik yillariga nazar tashlasak, datstlab xotin -qizlarning jamiyat hayotida ijtimoiy faolligini oshirishga alohida e'tibor berilgan.
Hozirgi davrda ayollarga munosabat masalasida talab qilinayotgan qoidalar islom dinining ezgu g'oyalari bilan sug'orilgan, xalqimizda azaldan mavjuddir. Darhaqiqat, diniy tomonlama e'tibor bersak, Islom qonunchiligida ham ayollarning huquqlari himoya qilingan. Islom dini ayolga mehnatni man etmadi, balki ayolni o'z tabiatiga munosib, shaxsiyatiga to'g'ri keladigan mehnat bilan shug'ullanishini targ'ib qilgan.
Ayni vaqtda jamiyatimizda ayollar katta ijtimoiy kuchga aylanmoqda Mamlakatimizda o'tkazilayotgan barcha tadbirlar bugun ayollarimizning ishtirokisuz o'tmaydi. Ayniqsa, fan, ta'lim, madaniyat sohasida minglab olima-yu, fozila ayollar mehnat qilmoqdaki, ular jamiyat taraqqiyotida o'z mavqeyi va munosib ish o'rinlariga egadirlar. Shu jihatdan olganda O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentimiz I. A Karimov xotin - qizlar masalasiga alohida to'xtalib "Bugun ma'rifiy dunyoda xotin - qizlar manfaati degan alohida masala bor va uni o'rganish, yechimini topishga juda katta ahamiyat berilishi bejiz emas. Agar ayollarga yetarli e'tibor berilmasa, bunday jamiyatning kelajagi bo'lmaydi" deb ta'kidlagan [2]. Ushbu jumlalarning izohi sifatida xotin - qizlarimizni ta'limga jalb qilishimiz, oliy ma'lumotga ega bo'lishiga imkoniyatlar bugun yetarlicha. Oliy ma'lumotga ega qilishimizdan asosiy maqsad barkamol yosh avlodni har tomonlama salohiyatli, keng dunyoqarash, intelektual qobiliyatlarini shakllantirishda onalarimizda yetarli bilim va salohiyat bo'lsagina farzandiga tarbiya va ta'limni uyg'un tarzda olib borishi mumkin. Farzandga ta'lim va tarbiya berishda ayollarimizning roli erkaklarga nisbatan ustunroqdir. Boisi shundaki, farzand dunyoga kelibon to
voyaga yetgunga qadar ilk ijtimoiy munosabat va jamiyatdagi mavjud me'yorlarni onasi orqali anglaydi. Zamonaviy ayolga
2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-184-189
Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work
in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari
shunchaki o'qish, yozish, hisobni bilish yeatrali emas, uning oldida ta'lim sifati muammosi paydo bo'lib, doimo mustaqil tarzda o'z ustida tinimsiz ishlab, o'z bilimini orttirib chuqurlashtirib borishni talab etadi. Shu sababli ham ayni paytda nafaqat qizlarimizni ta'limga jalb qilish, balkida oliy ma'lumotga ega bo'lmagan xotin - qizlarimizni davlat budjetidan imtiyozlar ko'rinishida ta'limga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish, yokida maxsus "Monomarkaz" larda kasb - hunarning barcha turlariga o'qitishni ko'zda tutadi. Ayollarimiz oilada bugun oilaviy budjetga ham o'z hissalarini qo'shmoqda. Bu albatta yaxshi holat. Ammo biz ta'kidlab o'tishimiz kerakki, ba'zi hollarda ayollar o'z oilasining asosiy boquvchisiga aylanib qolayotganligi sir emas. Oilada ayolning regulyatorlik funksiyasini oshishini kuzatishimiz mumkin. Bu ham oilada bir qancha sotsial muammolarni yuzga kelishida omil bo'la oladi. Jamiyatimizda ayollarning ham turli ijtimoiy ehtiyojmand toifalari mavjud. Yurtboshimiz Sh. M. Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy jihatdan yordamga muhtoj xotin - qizlarimizni bugun faol qilib, qiyin vaziyatida ularni o'qitib, kasb - hunarli qilib, muammolarini o'zlari yengishga asosiy e'tibor qaratilmoqda, va ijtimoiy xodim sifatida bu bizning ustuvor maqsadimiz. Zamonamizni o'tmish tarix bilan taqqoslasak, xotin - qizlarimizning bugungidek erkinligi, huquq va imkoniyat jihatidan tengligi taqsinga sazovordir. Bugun xotin -qizlarimiz uchun mavjud imtiyozlarni ko'rib chiqamiz.
Xotin- qizlar o'qishga kirishida qo'shimcha davlat granti va imtiyozli kreditlar.
- Kam ta'minlangan oilalardagi xotin qizlar;
- To'liqsiz oilada tarbiyalanayotgan yoxud ota - onasining ikkisi ham vafot etgan ijtimoiy himoya muhtoj qizlar;
- Turmush o'rtog'i vafot etgan. Voyaga yetmagan farzandini yolg'iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
- Nogironligi bo'lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin - qizlar.
Yuqoridagi ehtiyojmand toifalarga tavsiyanoma Mahalla va Nuroniylarni
qo'llab - quvvatlash vazirligi tomonidan beriladi hamda bu toifalar "Ayollar daftari" ga ham tegishlidir. "Ayollar dafari" ga 30 yoshdan oshgan xotin va qizlarimizni qamrab oladi. Qo'llab - quvvatlash asosan (moddiy tomonlama, natura shaklida, dori- darmon bilan ta'minlsh, jarroxlik amaliyoti uchun mablag'lar bilan qo'llab -quvvatlash) ni o'z ichiga oladi. OTM uchun 4 % kvotani olishi mumkin. Bundan tashqari 2020 - yil 18- fevraldagi PF-5938 "Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish mahalla institutini yanada qo'llab - quvvatlash hamda oil ava xotin - qizlar bilan ishlash
2023
186
Modern Trends of Social Sphere Development
Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work
in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-184-189
tizimini yangi darajaga olib chiqish chora - tadbirlari to'g'risida" gi farmoni qabul qilindi[3]. Bunda yordamga muhtoj va og'ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin -qizlar, nogironligi bo'lgan ayollarga ijtimoiy -huquqiy, xotin - qizlarning bandligi, mehnat sharoitlarini yaxshilash, qishloq joylarda xotin - qizlarning oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilikka jalb qilishga ham atroflicha to'xtab o'tilgan.
Aytishimiz joizki, 2019-yil 2- sentabrda "Xotin qizlar va erkaklar uchun teng huquq va hamda imkoniyatlar kafolatlari" to'g'risidagi qonun mavjud bo'lib, 5-moddasida jins bo'yicha kamsitishga yo'l qo'ymaslik, ya'ni har bir faoliyat turida ayollarimiz erkaklar kabi istgan kasbida ishlashi va o'z karyerasini tashkil qilishi mumkin. Hozirda yangilanayotgan bosh qomusimiz hisoblangan Konstitutsiyamizning yangi tahririning 58- moddasida - xotin -qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin - qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlaydi [4]. Xo'sh, aslida erkak va ayol rahbarlar muvaffaqiyatga erishishlarida ma'lum darajada tafovut mavjud .Taniqli daniyalik olima F. Denmark katta hajmdagi tatqiqotlar natijasida shunday xulosaga keldiki, hususan insoniy munosabatlar, kongilchanlik, boshqaruvda demokratik tamoyillarga suyanish ayollarda ko'proq uchraydi. Va bu ko'rsatkichlar ma'lum ma'noda ijobiy omilni ifodalaydi. Mamlakatimizda 7 mln dan ortiq ishchi, xizmatchi, talabalarni o'zida mujassamlashtirgan 14 ta yirik kasaba uyushmalari a'zolarining yarmidan ko'pini ayollar tashkil etadi. Ko'rishimiz mumkunki, davlat boshqaruvi faoliyatida xotin - qizlarimizdan "Deputat", "Vazir", "Senator", "Vazir o'rinbosari", "Akademik", "Tadbirkor", "Direktor", lavozimlarda faoliyat olib borayotganlari gender tengligining yaqqol misolidir . 2030 - yilga qadar tenglik strategiyasi orqali barcha uchun teng huquq va sifatli ta'limni ta'minlash, qizlarning oliy ma'lumotga ega bo'lishi , zo'ravonlikka yo'l qo'ymaslik kabi masalalarni qamrab olgan. 2023 -o'quv yilidan boshlab, magistraturada o'qiyotgan barcha xotin- qizlarning kontrakt pullarini to'liq budjetdan qoplab berish uchun har yili 200 mlrd so'm mablag' va doktaranturada ilmiy tadqiqotlar olib borishlari uchun xotin - qizlarga har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratilyapti. 2022 - 2026 -yillarga xotin -qizlar ta'limini qo'llab -quvvatlash dasturi qabul qilinishi ko'zda tutilmoqda. 2021 -yilda ayollar tadbirkorligi dasturi doirasida mingdan ziyod xotin -qizlarga oilalar tadbirkorligi doirasida 200 mingdan ziyod loyihalarga 2 trillion kredit va subsidiya ajratilib, 320 ming xotin - qizlar doimiy ish o'rinlariga
ega bo'ldi. 2021 -yilda 190 ming nafar ayollar kasb - hunarga
2023
Modern Trends of Social Sphere Development
Volume 4 | NUU Collection | 2023
Actual Problems of Sociology and Social Work
in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-184-189
o'qitildi. Bundan tashqari, 4 mingdan ziyod xotin -qizlarga uy -joy to'lovining boshlang'ich badaliga mablag' ajratilmoqda. Yildan yilga inson qadri yuksak darajalarga ko'tarilmoqda.
2020- yil 1 - iyuldan o'zini - o'zi band qilgan shaxslar ro'yxati shakllantirildi. Bunda xotin - qizlarimizni hamshiralik ishi o'zini o'zi band qilish faoliyati turi hisoblanadi [5]. Mazkur faoliyatni o'rta tibbiy yoki oliy hamshiralik ishi yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumotga ega tegishli axborot tizimida ro'yxatdan o'tgan shaxslar amalga oshiradi. Har bir hududda o'z - o'zini boshqarish orgonlarida "Ijtimoiy himoya yagona reeystr" elektron tizimi tashkil etilgan. Mazkur tizimda har bir tumandagi MFY da istiqomat qiluvchi kam ta'minlangan oilalar, ishsiz xotin - qizlar, ijtimoiy yordamga muhtoj yolg'iz ayollar ro'yxati shakllantirilgan bo'ladi. Bu jarayon bilan mahallada xotin qizlar faoli ehtiyojmand ayol qizlarimizni har tomonlama qo'lab - quvvatlaydi. Ushbu yordam ijtimoiy psixologik, huquqiy, sog'lom turmush tarzini ta'minlash, tibbiy - ijtimoiy xizmatlar sifati shu kabi yoki yanada jiddiy muammolarini aniqlash va manzilli ko'mak berishni o'z vakolatiga oladi. Xulosa o'rnida aytishimiz mumkinki, ta'lim olayotgan, mehnatda band bo'lgan xotin - qizlarimizning intilishlari va qobiliyatlarini inobatga olishimiz, ularni jamiyatda erkaklar bilan faoliyatini uzviy va uyg'un tarzda davom ettirish, imkoniyatlarini kengaytirish lozim. Ayollarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilishimiz va jamiyatimizda ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish maqsadga muvofiq strategiyadir. Zero, unutmaylik, "Kelajak tarbiyasi olima ayollarimiz qo'lidadir" !!!
REFERENCES:
1. SH.M.Mirziyoev raisligida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishidagi asosiy ma'lumotlar. 2022yil 2 mart. Elektron resurs
2. https://islomkarimov.uz/en/news/ayolni-uluglamoq-vatanni-hayotni-uluglamoq-deganidir-islom-karimov 07.03.2019
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 18- fevraldagi PF-5938-son Farmoni
4. https://daryo .uz/2019/03/07/shavkat-mirziyoyev-ayollarning-j amiyatdagi-ornini-ozbekiston-erishayotgan-yutuqlardagi-beqiyos-hissasini-hech-narsa-bilan-olchab-bolmaydi/
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik
faoliyati va o'zini o'zi band qilishni davlat tomonidan tartibga
2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-184-189
Volume 4 | NUU Collection | 2023
Actual Problems of Sociology and Social Work
in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari
solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-son qaror