Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI BOLA HUQUQLARI HIMOYASINING HUQUQIY ASOSI'

YANGI O’ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI BOLA HUQUQLARI HIMOYASINING HUQUQIY ASOSI Текст научной статьи по специальности «Право»

68
155
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI BOLA HUQUQLARI HIMOYASINING HUQUQIY ASOSI»

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

YANGI O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI BOLA HUQUQLARI HIMOYASINING HUQUQIY ASOSI

Mafura Muxtarxanovna Inagamova

Toshkent davlat transport universiteti dotsenti, (PhD), dotsent

Kamola Abduxamid qizi Qodirova

Toshkent Davlat transport universiteti, 2-kurs talabasi.

Bola huquqlari - bolaga nisbatan inson huquqlari toifasi, irqi, jinsi, tili, dini, tug'ilgan joyi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiyligi, ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, har bir bola ega bo'lishi kerak bo'lgan huquq va erkinliklar. Xalqaro huquqda 18 yoshga etmaganlarning barchasi bola deb tan olingan.

2023-yil 11 oyi mobaynida dunyo miqyosida 120 541 390 nafar bola dunyoga kelgan. Shuningdek aynan shu vaqtda 5 yoshgacha bo'lgan bolalarda o'limlar soni 6 822 579 nafari tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda O'zbekistondagi kuzatuv natijalari 5 yoshga to'lmasdan vafot etish ko'rsatkichi har 1000 nafar yangi tug'ilgan chaqaloqqa nisbatan 25 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu ko'rsatkich 2006 yilda o'tkazilgan kuzatuvlarda 57 nafarni tashkil etgan. So'nggi 17 yilda go'daklar va 5 yoshgacha bo'lgan bolalar o'rtasida o'lim ko'rsatkichining pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda. [1]

Bola huquqlari - bolaga nisbatan inson huquqlari toifasi, irqi, jinsi, tili, dini, tug'ilgan joyi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiyligi, ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, har bir bola ega bo'lishi kerak bo'lgan huquq va erkinliklar. Xalqaro huquqda 18 yoshga yetmaganlarning barchasi bola deb tan olingan.

Bola huquqlarining ta'rifi mantiqan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining (1948 y) asosiy g'oyalariga asoslangan bo'lib, uning alohida moddasi bolalar huquqlari himoyasiga bag'ishlangan. Ya'ni, «Onalik va bolalik alohida g'amxo'rlik va yordam olish huquqini beradi». Shunday qilib, deklaratsiyada e'lon qilingan barcha erkinliklarga bolalarning teng huquqliligini tan olgan holda, xalqaro hamjamiyat bolalarga qo'shimcha yordam va qo'llab-quvvatlash zarurligini tan oladi. Shuningdek, bolalar o'zlarining maxsus ehtiyojlari, shuningdek ekspluatatsiya va suiiste'molliklarga nisbatan zaifligi tufayli qo'shimcha huquqlarga ega.[2]

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha komissiyasida ishtirok etgan dunyoning ko'plab

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

mamlakatlari mutaxassislari o'n yil davomida (1979 yildan 1989 yilgacha) bola huquqlari to'g'risidagi yangi hujjatning matnini ishlab chiqdilar, unda bolaning jamiyatdagi hayotining barcha jabhalari maksimal darajada hisobga olinadi. 1989 yil 20 noyabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining «Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyasi» BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilindi.

Shu bilan barcha mamlakatlar butun dunyo bo'ylab bolalar oldida tarixiy majburiyat oldilar. Bu tarixdagi eng ko'p ratifikatsiya qilingan inson huquqlari bo'yicha shartnomaga aylandi va butun dunyo bo'ylab bolalar hayotining o'zgartirishga yordam berdi.

Konvensiya barcha bolalarning asosiy insoniy qadr-qimmatini va ularning farovonligi hamda rivojlanishini ta'minlashning dolzarbligini tan oladi. Konvensiyaga ko'ra, bolalar huquqlarini himoya qilishning asosiy prinsipi - bolalar manfaatlarining ustuvorligini tan olishdir.

Har bir bola oziq-ovqat, birlamchi tibbiy yordam va rasmiy ta'lim, o'yin va dam olish kabi asosiy ehtiyojlarga ega bo'lgan g'amxo'r, mehribon hamda yetarli turmush darajasiga ega bo'lgan oilada o'sish huquqiga ega. Bundan tashqari, har bir bola e'tiborsizlik va zo'ravonlikdan himoyalanish huquqiga ega.

Konvensiyaga binoan, bola mustaqil shaxs sifatida qabul qilinadi. Konvensiya bolani o'ziga xos huquqlarga ega bo'lgan shaxs sifatida tavsiflaydi: yashash huquqi (6-modda), oila qurish (9-modda), ismi va fuqaroligi bo'yicha.

Ta'lim to'g'risida (7-modda), zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida (19-modda), tenglik, fikr va so'z erkinligi to'g'risida (13-modda), dam olish va hordiq chiqarish (31-modda), tibbiy. xizmat ko'rsatish va sog'liqni saqlash (24-modda), davlat yordamida (18-27-modda) va boshqalar.

Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, O'zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaga 1992 yil 9 dekabrda qo'shilgan.[3]

Mamlakatimiz xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalariga asoslangan holda «Bola huquqlari kafolatlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni [4] qabul qilinib, ijroga qaratildi. Qonunga muvofiq bola huquqlarini himoya qilish bo'yicha davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilab berildi. Xususan, bolaning qonuniy vakillari, vasiylik va homiylik, yetim bola, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan bola, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar, nogironligi bo'lgan bolalar (bola), ota-onaning o'rnini bosuvchi shaxslar, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar va ularning huquq va manfaatlarini himoya qilinishini kafolatladi.

Civil Society and a People-Friendly State

etishning huquqiy kafolati

https://tstu.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

December 1-7, 2023

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

Bundan tashqari, bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, bola huquqlarining kafolatlarini ta'minlash va ushbu sohadagi xalqaro majburiyatlarni bajarishning ta'sirchan tizimini yaratish maqsadida, 2019 yil 22 aprelda yana bir Myx,HM huquqiy hujjat O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4296-son qarori qabul qilindi. Kapopga O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) o'rinbosari - Bola huquqlari bo'yicha vakil lavozimi joriy etildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyasini bajarish strategiyasini va bola huquqlari masalalari bo'yicha boshqa hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish huquqiga ega bo'ldi.[5]

Yangilangan Konstitutsiyamizda: O'zbekistonning xalqaro majburiyatlariga ko'ra, bolalar mehnatiga yo'l qo'ymaslik bo'yicha normani aks ettirish;

- bola manfaatlari, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to'laqonli rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratishni ustuvor yo'nalishlardan biri etib belgilash;

- davlat iqtidorli yoshlarni, ularning moddiy ahvolidan qat'i nazar, doimo qo'llab-quvvatlashini mustaqil qoida sifatida qayd etish;

- "Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlarni sog'lom turmush tarzi tamoyillari asosida ma'naviy va axloqiy yetuk insonlar etib tarbiyalash uchun zarur sharoitlarni yaratadi", degan qoidani yozib qo'yish;

- yosh avlod taqdiri uchun mas'uliyatni yanada oshirish uchun: "Ota-onalar o'z farzandlari voyaga yetguniga qadar ularning tarbiyasi, ta'lim olishi, sog'lig'i, to'laqonli va barkamol rivojlanishi to'g'risida g'amxo'rlik qilish huquqiga ega va bunga majburdir", degan qoidani kiritish lozim.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev joriy yil 20 iyunda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a'zolari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda ilgari surgan ushbu takliflar ta'lim muassasalari pedagogik jamoalari, bolalar huquqlari bilan shug'ullanadigan davlat, nodavlat va xalqaro tashkilotlar vakillari hamda ota-onalar tomonidan qizg'in qo'llab-quvvatlanmoqda. [6]

Farzandlarimizga bo'lgan davlat siyosati darajasidagi e'tibor va g'amxo'rlik yangilangan Konstitutsiyamizning qator moddalarida yanada mustahkamlandi. Jumladan, 77-moddada ota-onalar va ularning o'rnini bosuvchi shaxslar o'z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta'lim olishi, sog'lom, to'laqonli va har tomonlama

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

kamol topishi xususida g'amxo'rlik qilishga majbur ekanligi, davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum bo'lgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning ta'lim olishini, sog'lom, to'laqonli va har tomonlama kamol topishini ta'minlashi belgilab qo'yilgan.

Ta'kidlash joizki, davlat bola huquq va manfaatlarining himoyasini, har tomonlama rivojlanishiga sharoit yaratishni o'z zimmasiga olar ekan, buning uchun barcha zarur choralarni ko'radi. Yurt onalari esa o'z farzandlari davlatning e'tibori va himoyasida ekanligidan mamnun bo'lishadi. Shu bilan birga, onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi ham Bosh qomusimizda o'z ifodasini topgani oiladagi har bir vakilning huquqlari himoyalanganini anglatadi.

O'zbekiston Prezidentining Konstitutsiyani o'zgartirish uchun tavsiya etgan takliflarini ekspertlar ham yuqori baholayotgani bejiz emas. Bu tashabbuslar davlat rahbarining Asosiy qonunda "O'zbekiston - ijtimoiy davlat" degan g'oyani mustahkamlashga qaratilgan taklifi bilan hamohangdir. [7]

Chunki davlat Konstitutsiyasida bola huquqlari bo'yicha normalar aks ettirilishi, birinchi navbatda, Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyaning tub mohiyati va ahamiyatini anglashga yordam beradi. Qolaversa, bu muhim omil kattalar bilan bir qatorda bolalar ham inson huquqlari egalari ekanini konstitutsiyaviy asosda kafolatlashga xizmat qiladi.

Shu o'rinda jahon Konstitutsiyalarida bola huquqlariga oid qoidalar qanday aks etgan, degan savol tug'ilishi tabiiy. Jumladan, Irlandiya hukumatining Bolalarni himoya qilish bo'yicha maxsus ma'ruzachisi Konor O'Mahoni bola huquqlariga oid qoidalar mustahkamlab qo'yilgan 47 ta davlat Konstitutsiyalarini qiyosiy tahlil qilib berdi. Xorijiy ekspertning so'zlariga qaraganda, har qanday konstitutsiyaviy o'zgarishlar jarayonida bildirilgan takliflarning yoshlar tashkilotlari va bevosita navqiron avlod vakillari ishtirokida muhokama qilinishi juda zarur.

Shu ma'noda, O'zbekiston Prezidenti keng jamoatchilik takliflari asosida Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan tayyorlanadigan Konstitutsiyaga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini umumxalq muhokamasida ko'rib chiqish, so'ngra umumxalq muhokamasi natijasida maromiga yetkazilgan loyihani referendum o'tkazish yo'li bilan qabul qilish tashabbusini ilgari surgani tahsinga loyiq.

"2023-2030 yillarda O'zbekistonda bolalarga g'amxo'rlik qilish tizimini noinstitutsionallashtirish strategiyasi" loyihasi ishlab chiqildi. Yil davomida Rossiya, Qozog'iston Bola huquqlari bo'yicha vakillaridan 15 murojaat qabul qilinib, barchasi ijobiy hal etilgan.

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

Chet elda ota-ona qaramog'isiz qolib ketgan bolalarni yurtimizga qaytarishda Ichki ishlar vazirligi bilan keng hamkorlik qilinmoqda. 2022 yilda Rossiyadan jami 37 nafar, Qozog'iston Respublikasidan 4, Turkiya davlatidan 2 nafar, jami 43 nafar bola O'zbekistonga olib kelingan. [8]

Darhaqiqat, bugungi kunda davlatimiz ota-onasidan mahrum bo'lgan bolalarga g'amxo'rlik qilish, ularning oila muhitida o'sib-ulg'ayishi uchun sharoitlar yaratishga ustuvor ahamiyat qaratadi. Oilaviy bolalar uylariga tarbiyaga berilgan bolalarning ijtimoiy yordam, ta'lim va sog'lomlashtirishga bo'lgan huquqlari himoyasi doimiy e'tiborda. Yangi tahrirdagi Bosh qomusimizda belgilangan yuqoridagi norma bilan bu boradagi sa'y-harakatlar yanada kengaytiriladi. Shu o'rinda Bola huquqlari bo'yicha vakil Aliya Yunusovaning quyidagi gaplarini eslashni lozim topdik. Bundan tashqari, yangi Konstitutsiyamizning 78-moddasida farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat'i nazar, qonun oldida tengligi, bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to'laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyati ekanligi mustahkamlab qo'yilgan.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, O'zbekistonning 65 foizga yangilangan va ancha "to'lishgan" bosh qomusi 1 maydan e'tiboran kuchga kirdi. O'zbekiston o'zini ijtimoiy davlat deb e'lon qilishi bilan, har bir fuqarosiga munosib turmush kechirishi uchun shart-sharoit yaratish majburiyatini olmoqda. Bu - mavjud resurslarni ijtimoiy adolat tamoyillari asosida taqsimlash, jamiyatda kuchli tabaqalanish avj olishiga yo'l qo'ymaslik, eng zaif qatlamlar uchun ham sifatli ta'lim va tibbiyot kafolatlanishi, samarali ijtimoiy himoya dasturlari ishlashi, imkoniyati cheklangan va qo'llovga muhtoj fuqarolarni qo'llab-quvvatlash, adolatli mehnat qonunchiligi va jozibador pensiya tizimi kabilarni anglatadi. Oddiyroq aytganda, eng kambag'al oilaning bolalarida ham sog'-salomat o'sib-ulg'ayib, yaxshi ta'lim olib, farovonlikka erishish imkoniyati bo'lishi kerak. Boshqacha aytganda, bu norma - O'zbekiston hech qachon demokratiyadan voz kechmasligi, huquqiy davlatchilikka sodiqligi, monarxiyaga yoki islomiy respublikaga aylanmasligini nazarda tutadi.

REFERENCES

1. Muminov A., Tillabayev M. Bola huquqlari. Elektron darslik. -T., JIDU, 2011.

2. Bola huquqlari. / Yuridik oliy o'quv yurtlari uchun darslik / Prof. G'.Abdumajidov tahriri ostida. -T.: TDYuI, 2009.

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

194

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

3. Bolalarni himoya qilish. Parlament a'zolari uchun qo'llanma. -T.: YUNISEF, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2006.

4. Bola huquqlari monitoringi. O'quv-uslubiy qo'llanma /Mas'ul muharrir A.X.Saidov. -Toshkent: Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2011.

5. Инагамова М.М., Каримова М. Болалар хукуклари тугрисидаги конвенция: асосий коидалар ва амалга ошириш принциплари. . /Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi jurnali 5-son_1-to'plam_Sentabr-2023. Б-125-128.

6. Dadasheva A.A.. INSON HUQUQLARI BO'YIChA XALQARO INSTITUTLAR (2023) (17), 87-90

7. Маликов, Б. К (2021). ШАРК МУТАФАККИРЛАРИНИНГ ДАВЛАТ ХИЗМАТЛАРИГА ДОИР СИЁСИЙ КАРАШЛАРИ. Scientific progress, 7(4), 207-212.

8. Маликов, Б. К. (2021). ЁШЛАРНИ САЛБИЙ МАФКУРАВИЙ ТАХДИДЛАРДАН ХИМОЯ КИЛИШ-^АЁТИЙ ЗАРУРИЯТ. YANGI O'ZBEKISTONDA ILM-FAN VA TA'LIM ILMIY-METODIK JURNALI. ISSUE, 1(1), 202-206.

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

195

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.