Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
XOTIN-QIZLARNING HUQUQ VA MANFAATLARI QONUN
HIMOYASIDA
A. A. Kasimova
Yu. f.n.,dosent Toshkent Davlat Transport universiteti
Nasiba To'rayeva
Iqtisodiyot fakulteti, Xalqaro Transport huquqi yo'nalishi YU-8 guruhi talabasi
"Ayollar huquqlari - inson huquqlari bo'lganligi sababli ayollar barcha inson huquqlariga ega va ulardan foydalanadi. Shu ma'noda, gender tengligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy qadriyatlaridan biri bo'lib, jinsiy kamsitish deyarli barcha inson huquqlari to'g'Tenglik va kamsitilmaslik 1945 yilda qabul qilingan Birlashgan Millatlar tashkiloti Nizomining asosiy tamoyillaridandir. Ayollar huquqlari - inson huquqlari bo'lganligi sababli, ayollar barcha risidagi shartnomalarida taqiqlangan. [1]
Zo'ravonliklarsiz yashash huquqi, jismoniy va ruhiy salomatlikning eng yuqori darajasiga erishish huquqi, ta'lim olish huquqi, mulk huquqi, teng ish haqi olish huquqi va boshqa barcha inson huquqlari jinsidan qat'i nazar ayollar uchun ta'minlanishi kerak
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi shunchaki asosiy tamoyillarni belgilaydi, Ammo faqat shuning o'zi bilan ayollar va qizlarning huquqlarini haqiqiy ta'minlashga erishib bo'lmasdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ushbu bo'shliqni to'ldirish uchun qilingan qadamlardan biri 1979 yil 18 dekabrda qabul qilingan Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi konvensiya (CEDAW) edi. Ayollar huquqlari to'g'risidagi konvensiya sifatida tanilgan ushbu hujjat, uni ratifikatsiya qilgan davlatlarga madaniyat, jamiyat, ta'lim, siyosat va qonunchilik sohalarida ayollarning kamsitilishini bartaraf etish majburiyatini yuklaydi. [2]
O'zbekiston Respublikasi ayollar huquqlarini har doim ta'minlashga alohida e'tibor beradi. O'zbekiston Markaziy Osiyoda birinchilardan bo'lib, 1995 yil 6 mayda BMTning Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi konvensiyasiga qo'shildi. Shuningdek, Onalikni himoya qilish to'g'risida, Mehnat va kasb sohasidagi
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
233
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
kamsitish to'g'risidagi konvensiyalari va boshqa xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-moddasi : "Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi, Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlami ta'minlashi belgilangan"
"Gender tengligi- bu oilada va jamiyatda erkaklar va ayollar o'rtasida teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan tushuncha va boshqa qonuniy munosabatlar. Ba'zi tadqiqotchilarning fikriga ko'ra , gender tengligi— bu patriarxal tizimdan keyingi ijtimoiy-jinsiy munosabatlarning keyingi bosqichi Gender tengligi tamoyili insonning shaxs sifatida paydo bo'lishiga to'sqinlik qiladigan barcha ijtimoiy to'siqlarni o'rganish va yo'q qilish, shuningdek, hayotning barcha sohalarida erkaklar va ayollar shaxsiyatini anglash uchun teng ijtimoiy imkoniyatlarni yaratishdan iborat"[4]..Buning tasdig'i yuqorida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 58-moddasida ko'rsatilgan.
Bundan tashqari xotin-qizlarning jamiyat hayotida faolligini oshirish bo'yicha chora tadbirlar 2022-2026-yillarga mo'ljallangan "Taraqqiyot strategiyasi" ning maqsadlarida ham keltirilgan
69-maqsad: Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta'minlash.
Jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo'ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash.
Gender tenglikni ta'minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo'llab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish.
Xotin-qizlarning ta'lim va kasbiy ko'nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko'maklashish, tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to'g'ri yo'naltirish.
Hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga ko'rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini ta'minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish. [5]
Turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta'minlash, turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini ko'paytirish borasida tizimli chora-tadbirlarni belgilash.
Civil Society and a People-Friendly State
etishning huquqiy kafolati
qilgan"[3]
December 1-7, 2023
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
Og'ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko'rsatish, ularni manzilli qo'llab-quvvatlash.
"Ayollar daftari" bilan manzilli ishlash, mutasaddi tashkilotlar tomonidan xotin-qizlarning muammolari o'z vaqtida bartaraf etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish[6]
Shuningdek, xotin-qizlarga OTM — Oliy Ta'lim Muassalariga kirish, hamda ularda o'qish uchun bir qancha imtiyozlar yaratildi.Bunga sabab ham xotin-qizlarni jamiyat hayotida o'z o'rnini topishidir. Bu imtiyozlardan bir nechtasini misol qilib keltirsak bo'ladi:
"To'lov kontraktda o'qiyotgan xotin-qizlar foizsiz ta'lim krediti oladi Prezidentning PQ-323-sonli qaroriga ko'ra, o'tgan yildan buyon to'lov-kontraktda o'qiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz ta'lim krediti berilmoqda. Kreditlar kunduzgi, sirtqi va kechki ta'lim shakliga beriladi.
Ta'lim kreditining asosiy qismi talabaning ta'lim muddati tugagandan so'ng yettinchi oydan boshlab 7-yil davomida qaytariladi. Talaba qizlardan kredit olish uchun ko'p hujjatlar ta'lab etilmaydi. Ulardan bankka ariza, shaxsni tasdiqlovchi hujjat, ta'lim muassasasi bilan to'lov-kontrakt shartnomasi va kafil ta'lab etiladi.
Ayrim toifadagi xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma beriladi Vazirlar Mahkamasining 402-sonli qarori bilan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta'lim muassasalari kirishda davlat granti asosidagi qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladi.
Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida taqdim etiladi: kam ta'minlangan oilalardagi xotin-qizlar;
to'liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya'ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
turmush o'rtog'i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg'iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
nogiron farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar; 2 va undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan, qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg'iz ayollarning qiz farzandlari;
ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham I yoki II guruh nogironi bo'lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.
Tavsiyanoma olish uchun tuman (shahar) mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limlariga elektron shaklda murojaat qilinadi.
Magistraturada o'qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to'lovlari qaytarish shartisiz qoplanadi
1-7, 2023
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
Hukumatning 447-sonli qarori bilan qabul qilingan tegishli nizomda OTM magistraturasida o'qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to'lovlarini qoplab berish tartibi belgilangan. [7]
OTM, shu jumladan, Davlat boshqaruv akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichida o'qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to'lovlari qaytarish shartisiz qoplanadi.
Bundan tashqari, xotin-qizlar tadbirkorlikni yo'lga qo'yish va imtiyozli uy-joylar olish imkoniyatiga ega:
Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo'lga qo'yish uchun 33 million so'mgacha kreditlar ajratiladi
Prezidentning PQ-5020-sonli qarori bilan xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi hisobidan 3-yilgacha va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million so'mgacha kreditlar beriladi.
Buning uchun ular quyidagi dasturlardan birini muvaffaqiyatli tugatgan bo'lishi kerak:
Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi ma'qullangan dasturlar asosidagi o'quv kurslari;
"Ishga marhamat" monomarkazlari, kasb-hunarga o'qitish markazlari, mahallalardagi kasb-hunarga o'qitish maskanlari va Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari yoki nodavlat ta'lim muassasalarining kasbga o'rgatish o'quv kurslarining maxsus o'qitish dasturlari.
Ayollarni pensiya yoshiga to'lgani sababli ish beruvchi tashabbusi bilan ishdan bo'shatish taqiqlanadi
Prezidentning PQ-4235-son qarori bilan, ayollarning pensiya yoshiga to'lganligi yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga to'lgunga qadar yoki muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko'ra bekor qilish taqiqlanadi.
Erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bog'liq ishlarning sudlarda ko'rib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan ko'rsatiladigan yuridik xizmat uchun haq ularning xohishiga ko'ra davlat hisobidan
Civil Society and a People-Friendly State
ty
etishning huquqiy kafolati
qoplanadi.
December 1-7, 2023
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
Og'ir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarga imtiyozli uy-joylar beriladi
Vazirlar Mahkamasining 285-sonli qarori bilan, uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga beriladigan arzon uy-joylar to'lovining 10 foizi Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi, talabgor ishlayotgan tashkilot va boshqa manbalar hisobiga (boshlang'ich badal sifatida), 90 foizi banklarning imtiyozli kreditlari hisobiga qoplanadi.
Arizalar tuman hokimi boshchiligidagi hududiy komissiyaga beriladi.
"Ayollar daftari" ga kiritilganlarga 5 mln so'mgacha kreditlar naqd berilishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining 145-sonliqarori bilan, "Ayollar daftari"ga kiritilgan va o'zini o'zi band qiladigan xotin-qizlarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zaruriy xom ashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 mln so'mgacha miqdorida kredit mablag'lari naqd pulda berilishi mumkin.
"Ayollar daftari" ga 30 yoshdan oshgan quyidagi xotin-qizlar kiritiladi:
ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
boquvchisi bo'lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo'lgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;
qaramog'ida nogironligi bo'lgan farzandlari bor ehtiyojmand xotin-qizlar.
Faol va tashabbuskor xotin-qizlar "Mo''tabar ayol" ko'krak nishoni bilan taqdirlanadi
Vazirlar Mahkamasining 257-sonli qarori bilan, jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko'rsatgan ayollar "Mo''tabar ayol" ko'krak nishoni bilan taqdirlanadi. Shuningdek, mazkur ko'krak nishoni o'zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga, sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish va milliy qadriyatlarimizni keng targ'ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin -qizlarga ham beriladi.
Nogironligi bo'lgan xotin-qizlarni ishga olganlarga subsidiya beriladi
Prezidentning PQ-329-son qarori bilan, mehnatga layoqatli, nogironligi bo'lgan xotin-qizlarni ish bilan ta'minlagan ish beruvchilar uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari (600 ming so'm) dan kam bo'lmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.
Civil Society and a People-Friendly State
ty
etishning huquqiy kafolati
December 1-7, 2023
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
"Ayollar daftari"ga kiritilgan yolg'iz ayollarning farzandlari ham bog'chaga imtiyozli ro'yxat asosida qabul qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 319-sonli qarori bilan, "Ayollar daftari"ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg'iz ayollarning bolalari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega.
Bolalarni imtiyozli ro'yxat bo'yicha qabul qilish davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi"
Agarda tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, biz bilamizki tarixda ayollar va qizlarning jamiyatda umuman o'rni bo'lmagan. Davlat hokimiyatini amalga oshirishni qo'ya qolaylik, hattaki ular yuzlarin ochiq holda ya'ni- paranjisiz omma oldiga chiqishi ham taqiqlangan. Ba'zi davlatlarda hattoki, qiz farzand tug'ilsa uni o'ldirishgan ham.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak , mamlakatimizda xotin- qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish uchun ko'plab islohotlarni amalga oshirilgan va oshirib kelmoqda ham.To'g'ri, bizda "Gender tengligi" boshqa davlatlardagi kabi hali to'liq rivojlangani yo'q , lekin bu tushuncha bizning mamlakatimizda mavjud va hali yana rivojlanadi. Bunga biz yosh huquqshunoslarimizning ham hissasi katta bo'lishi kerak va bo'ladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - 2023.01.05.
2. PF-198-son 24.08.2022 «Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo'l qo'ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida» Avazbek Xolbekov, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi eksperti
3. Jasur Islamov Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha Vakili (Ombudsman) Kotibiyatining Murojaatlar bilan ishlash sektori mudiri/ Xususiy mulkka bo'lgan huquqning kafolati mavzusidagi maqolasidan.
4. Dadasheva A. A. INSON HUQUQLARI BO'YIChA XALQARO INSTITUTLAR (2023) Innovatsionntie issledovaniya v sovremennom mire: teoriya i praktika 2 (17), 87-90
5. Egamberdieva N. X. Delikt majburiyatlarning xuquqiy tabiyati O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o'quv kurslari AXBORATNOMASI
6. Inagamova M. M. Ayol huquqlarini himoya ilishda ichchki ishlar organlari ishtirokining huquqiy mexanizlarini takomillashtirish (Scienceweb academic papers collection).
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
238