Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA AYOLLAR HUQUQLARI HIMOYA QILISH ISLOHOTLARIMIZNING BOSH MEZONI'

O’ZBEKISTONDA AYOLLAR HUQUQLARI HIMOYA QILISH ISLOHOTLARIMIZNING BOSH MEZONI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
334
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
islohot / xotin-qizlar / ta’lim / madaniyat / ijtimoiy himoya / nogiron farzandi tarbiyalayotgan ayol / ijtimoiy himoyaga muxtoj ayol / ayollar daftari. / reform / women / education / culture / social protection / a woman raising a disabled child / a woman in need of social protection / women’s notebook.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Inagamova, Mafura Muxtarxonovna

Maqolada O’zbekistonda inson huquqlari, bevosita ayollar va ularga berilgan ijtimoiy-huquqiy himoya mexanizmlarining amaldagi ijrosi, islohotlar natijasida ayollarning huquqlarini himoya qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PRINCIPLE OF HUMAN DIGNITY IN UZBEKISTAN IS THE MAIN CRITERION FOR THE REFORM AND PROTECTION OF JUSTICE

The article pays special attention to the problem of the family and women’s rights in the works of scientists and the norms of the Islamic religion. In particular, the role of a woman in marriage, family responsibilities, relations between spouses, raising children, marriage and love are analyzed.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA AYOLLAR HUQUQLARI HIMOYA QILISH ISLOHOTLARIMIZNING BOSH MEZONI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

O'ZBEKISTONDA AYOLLAR HUQUQLARI HIMOYA QILISH ISLOHOTLARIMIZNING BOSH MEZONI

Mafura Muxtarxonovna Inagamova

Toshkent Davlat transport universiteti dotsenti, yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

Maqolada O 'zbekistonda inson huquqlari, bevosita ayollar va ularga berilgan ijtimoiy-huquqiy himoya mexanizmlarining amaldagi ijrosi, islohotlar natijasida ayollarning huquqlarini himoya qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: islohot, xotin-qizlar, ta'lim, madaniyat, ijtimoiy himoya, nogiron farzandi tarbiyalayotgan ayol, ijtimoiy himoyaga muxtoj ayol, ayollar daftari.

ПРИНЦИП ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО ДОСТОИНСТВА В УЗБЕКИСТАНЕ

ЯВЛЯЕТСЯ ОСНОВНЫМ КРИТЕРИЕМ РЕФОРМЫ И ЗАЩИТЫ

ПРАВОСУДИЯ

АННОТАЦИЯ

В статье анализируются права человека в Узбекистане, фактическая реализация социальных и правовых механизмов защиты, предоставленных женщинам, и нормативно-правовые документы, касающиеся защиты прав женщин в результате реформ.

Ключивые слова: реформа, женщины, образование, культура, социальная защита, женщина, воспитывающая ребенка-инвалида, женщина, нуждающаяся в социальной защите, женская тетрадь.

THE PRINCIPLE OF HUMAN DIGNITY IN UZBEKISTAN IS THE MAIN

CRITERION FOR THE REFORM AND PROTECTION OF JUSTICE

ABSTRACT

The article pays special attention to the problem of the family and women's rights in the works of scientists and the norms of the Islamic religion. In particular, the role of a woman in marriage, family responsibilities, relations between spouses, raising children, marriage and love are analyzed.

Key words: reform, women, education, culture, social protection, a woman raising a disabled child, a woman in need of social protection, women's notebook.

Xotin-qizlar huquqlari masalasi inson huquqlarining ajralmas qismi, sivilizatsiyaning eng muhim yutuqlaridan biridir. Bugungi kunda har bir xonadonning

ANNOTATSIYA

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

fayzu farishtasi, farzandlarni barkamol insonlar etib tarbiyalashga munosib hissa qo'shayotgan ayollarimiz barcha islohotlarimizda faol ishtirok etmoqdalar. Xotin-qizlar ham zimmalaridagi mas'uliyatni to'liq his etib, qaysi sohada bo'lmasin, samarali mehnat qilib, yurt ravnaqi, xalq farovonligiga o'zlarining munosib hissalarini qo'shib kelishmoqda. Jumladan, bugungi kunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan 150 nafar deputatning 48 nafari yoki 32 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Senatda esa, bu ko'rsatkich qariyb 25 foizga yetdi. Mahalliy Kengashlar deputatlarining 31 foizi ham faol ayollardan iborat. Ana shunday natijalar tufayli O'zbekiston parlamenti ayol deputatlar soni bo'yicha dunyodagi 190 ta milliy parlament o'rtasida 37 pog'onaga ko'tarildi. Holbuki, bundan 5 yil ilgari 128 o'rinda edi. Shuningdek, mamlakatimiz xotin-qizlari ta'lim, madaniyat va ilm-fan sohasi rivojiga salmoqli ulush qo'shmoqda. Ilmiy-ta'lim muassasalarida 700 nafarga yaqin ayol fan doktori va 6 nafar ayol akademik, 15 nafar ayol O'zbekiston Qahramoni unvonlariga ega ekanliklari quvonarli holdir.

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlarida, Oliy ta'lim muassasalarining ilmiy-tadqiqot yo'nalishlarida ming-minglab xotin-qizlar samarali tadqiqot ishlarini olib bormoqda. O'zbek olima ayollari nafaqat tabiiy fanlar, balki ijtimoiy jabhalarda ham kuchli intellektual salohiyatga ega ekanliklarini namoyon etmoqdalar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'lumki, xotin-qizlarga doimiy e'tibor va g'amxo'rlik ko'rsatish O'zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining uzviy qismidir. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan "Davlat pensiyasi tayinlash uchun zarur bo'lgan ish stajiga ega bo'lmagan shaxslarga, yoshidan qat'i nazar, ish stajiga ega bo'lmagan 1- va 2-guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga hamda bolalikdan nogironligi bo'lgan farzandi bor (bo'lgan) onalarga nafaqalar tayinlash va to'lash tartibi to'g'risida»gi Nizom[1] imzolandi. Mazkur Nizomning 6-bandida belgilanishicha, bolalikdan nogironligi bo'lgan farzandi bor (bo'lgan) onalarga - 55 yoshga yetganlarida yoshga doir ijtimoiy nafaqa tayinlanishi nazarda tutilgan.

Yana bir imtiyoz Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 apreldagi "Og'ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo'lgan, kam ta'minlangan, farzandlarini to'liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida»[2]gi Qaroridir. Ushbu hujjatga asosan xotin-qizlar va oilani qo'llab-quvvatlash jamoat fondi mablag'lari hisobidan har yili respublika bo'yicha mingdan ziyod og'ir turmush

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

sharoitida yashayotgan, nogironligi bo'lgan, uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga berilgan uylarning 10 foizlik boshlang'ich badal to'lovlari to'lab berilmoqda.

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi Qonun[3] hisoblanadi. Ushbu normativ-huquqiy hujjatda fuqarolarining qariganda, mehnat qobiliyatini to'liq yoki qisman yo'qotganda, boquvchisiz qolganda ijtimoiy ta'minlanishdan iborat konstitutsiyaviy huquqlarini ro'yobga chiqarish, davlat pensiyalarining yagona tizimini, ularni tayinlash, hisoblab chiqarish, qayta hisoblash va to'lash tartibini belgilaydi. Qonunning 12-moddasi «z» bandida bolalikdan nogiron farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan bo'lsa — ish staji kamida 20 yil bo'lgan taqdirda (basharti, ayol o'gay o'g'il va o'gay qizni ular 8 yoshga to'lguniga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan bo'lsa) pensiya tayinlashda ular haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda hisobga olinishi ko'zda tutilgan. Yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatning uzviy davomi sifatida yana bir farmon «Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»[4] gi qabul qilinib, ijroga qaratildi.

Ma'lumki, muqaddas islom dinimizda belgilangan sahiylik, mehr-oqibat va insoniylikni o'zida mujassam etgan yana bir Prezident farmoniga asosan 2022 yilning aprer oyidan boshlab, nogiron bo'lib qolishi muddatidan qat'iy nazar, nogironligi bo'lgan shaxslarga bir xil miqdorda 622 ming so'mga teng nafaqa tayinlanib borilishi belgilandi. Dastlabki hisob-kitoblarga asosan 49 ming nafar nogironligi bo'lgan shaxslar uchun nafaqa 41 foizga oshirilib, mazkur chorani amalga oshirishga 2022 yilga qo'shimcha 81 mlrd so'm ajratildi. Doimiy parvarishga muhtoj bo'lgan 18 yoshgacha nogironligi bo'lgan bolalarni parvarish qiluvchi ona (ota)larga minimal iste'mol xarajatlardan kam bo'lmagan miqdorda - 500 ming so'm nogiron bola parvarishi uchun yangi nafaqa joriy etilildi. Unga ko'ra, 30 mingdan oshiq nogironligi bo'lgan bolalarni parvarish qiluvchi onalar uchun davlat byudjetidan 2022 yilda qo'shimcha 157 mlrd so'm ajratilganligi tahsinga loyiqdir[5].

Demak, mamlakatimizda nogiron va nogiron farzand tarbiyalayotgan ayollar huquqiy jixatdan himoyalanib, ularga ijtimoiy yordamlar berish mexanizmi yaratilgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Yurtimizda xotin-qizlarning bandligini ta'minlash, davlat va jamiyat boshqaruvidagi o'rni va nufuzini yanada oshirish, ularning o'z salohiyatini namoyon etishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, gender tenglik, oila, onalik va bolalikni himoya qilish borasidagi ishlar yangi bosqichga ko'tarilib bormoqda. Bugungi kunda xotin-qizlarning ijtimoiy turmushini yaxshilash, ularga munosib shart-sharoitlar yaratishga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, respublikamizning barcha hududlarida xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

tashkil etildi. Bugungi kunda ular tomonidan 28 mingga yaqin opa-singillarimizga tadbirkorlik, hunarmandlik, kasbga qayta tayyorlash, bandlikni ta'minlash yuzasidan amaliy yordam ko'rsatilmoqda. Shuningdek, besh muhim tashabbus doirasida 21 ming 500 nafar qiz qisqa muddatli kasb-hunar kurslarida o'qitildi. Ana shunday imkoniyatlar tufayli tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'ygan ayollar soni bir yilda qariyb 45 ming nafarga ko'payib, ular tomonidan minglab yangi ish o'rinlari barpo etilmoqda[6].

Yuqorida sanab o'tilgan normativ-huquqiy hujjatlardan ko'zlangan asosiy maqsad, davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, «Inson qadri uchun» tamoyilini barcha islohotlarimizning bosh mezoni sifatida belgilashdir.

Inson qadri uchun tamoyilini ro'yobga chiqarishda 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining qabul qilinishi tom ma'noda tarixiy voqea bo'ldi. Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi bo'lgan ushbu tarixiy dasturulamal hujjatda yaqin va o'rta istiqbolda O'zbekistonning taraqqiyot tendentsiyalari, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini kompleks rivojlantirish yo'nalishlari aniq belgilab berilgan.

Taraqqiyot strategiyasining ahamiyati shundaki, uning ishlab chiqilishida mavjud muammolar e'tiborga olingan va yechimini kutayotgan dolzarb vazifalar aks ettirilgan. Eng muhimi, ushbu dasturiy hujjatning ishlab chiqilishida xalqimiz faol ishtirok etdi.

Prezidentimiz Farmoni bilan tasdiqlangan mazkur Taraqqiyot strategiyasida O'zbekistonni keyingi 5 yilda rivojlantirish istiqbollari belgilab olingan. Bu borada quyidagi yettita ustuvor yo'nalish bo'yicha «Inson qadri uchun — 100 ta maqsad»ni amalga oshirish ko'zda tutilmoqda:

— inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;

— mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;

— adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;

Taraqqiyot strategiyasining 69-maqsadi «Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash,

ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta'minlash» deb nomlangan. Unda, jumladan:

• 2022-2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo'yicha Milliy dastur hamda uni 2022-2023 yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

• xotin-qizlarning ta'lim olishiga qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish, ilm-fan sohasida ayollarning o'rnini yanada oshirish;

• xotin-qizlar o'rtasida biznes ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha bepul o'quv amaliy kurslarini tashkil etish, imtiyozli kreditlar va lizing ajratish, xotin-qizlarni ishga jalb qilgan holda kooperatsiya usulida tadbirkorlikni yo'lga qo'yish;

• «Ayollar daftari»ga kiritilgan va jarrohlik amaliyotini o'tkazish lozim bo'lgan xotin-qizlarning tibbiy muolaja xarajatlarini qoplab berish;

• «Ayollar daftari» orqali xotin-qizlarning muammolarini hal etish amaliyotini o'rganish va tahlil qilish hamda orttirilgan tajribadan kelib chiqib, "Ayollar daftari»ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha tartibi hamda «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi to'g'risidagi namunaviy nizom loyihalarini ishlab chiqish kabi vazifalar ko'zda tutilgan.

Bundan tashqari, Taraqqiyot strategiyasining 60-maqsadida reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam ko'rsatish bo'yicha, 85-maqsadda esa, ayollar orasidagi ishsizlik darajasini 2 barobar kamaytirish, 80 mingdan ziyod ishsiz xotin-qizni davlat hisobidan kasb-hunarga o'qitish, xotin-qizlarni tadbirkorlik va o'zini o'zi band qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, hududlarda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, har bir hududda «Xotin-qizlar hunarmandchilik markazlari» va klasterlarni tashkil qilish masalalari qamrab olingan. Shu bilan birga, xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari faoliyatini takomillashtirish, mintaqaviy markazlar ochish choralarini ko'rish, tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni realizatsiya qilishga ko'maklashish hamda xotin-qizlarni tadbirkorlikka o'qitish va biznesga jalb qilish kabi dolzarb vazifalar belgilab berilgan.

Birgina misol: xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo'lga qo'yish uchun xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi hisobidan 3 yilgacha va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million so 'mgacha kreditlar ajratiladi. Kreditlar quyidagi dasturlarni:

• Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

ma'qullangan dasturlar asosidagi o'quv kurslari;

• «Ishga marhamat» monomarkazlari, kasb-hunarga o'qitish markazlari, mahallalardagi kasb-hunarga o'qitish maskanlari va Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari yoki nodavlat ta'lim muassasalarining kasbga o'rgatish o'quv kurslarining maxsus o'qitish dasturlarini muvaffaqiyatli tugatgan xotin-qizlarga beriladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Taraqqiyot strategiyasi va joriy yil bo'yicha Davlat dasturidan ayollarimizni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, ularni bepul dorilar va vitaminlar bilan ta'minlash, jismoniy tarbiyani rivojlantirish, yosh qizlar ta'limi, ularni ish bilan ta'minlash kabi ko'plab masalalar joy olganki, bularning barchasi mamlakatimiz xotin-qizlari uchun davlat va jamiyat tomonidan ko'rsatilayotgan chinakam g'amxo'rlik na'munasidir.

REFERENCES

1. KpHyHHHHHK MatnyMoraapn mh.MHH 6a3acn, 29.04.2021 H., 09/21/248/0386-COH,

05.06.2021 H., 06/21/6241/0527-COH; 08.02.2022 H., 09/22/62/0111-COH, 05.04.2022 H., 09/22/153/0266-COH, 30.04.2022 H., 06/22/128/0369-COH

2. KoHyHHHHHK MatnyMOTnapn MH.MHH 6a3acn, 10.08.2022 H., 09/22/438/0726-COH

3. KoHyHHHHHK MatnyMOTnapn MH.MHH 6a3acn, 21.04.2021 H., 03/21/683/0375-COH, 30.10.2021 H., 03/21/726/1001-COH; 10.02.2022 H., 03/22/752/0113-COH,

18.05.2022 H., 03/22/770/0424-COH, 20.09.2022 H., 03/22/791/0832-COH; 27.10.2022 H., 03/22/795/0963-COH

4. KoHyHHHHHK MatnyMOTnapn MH.MHH 6a3acn, 30.04.2022 H., 06/22/128/0369-COH

5. https://www.gazeta.uz/

6. https://strategy.uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.