Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLARNING HUQUQIY DUNYOQARASHINING O‘SIB BORISHI, IJOBIY NATIJAGA ERISHISH VA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH USULLARI'

O‘ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLARNING HUQUQIY DUNYOQARASHINING O‘SIB BORISHI, IJOBIY NATIJAGA ERISHISH VA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
111
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davlat / xotin-qizlar / huquq / islohot / faollik / taraqqiyot. / state / women / law / reform / activity / development.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Yuldasheva, Xurshidabonu Muhammadovna

Maqolada O‘zbekistonda yangilanish davrida ayollarga bo‘lgan davlat e’tibori hamda amalga oshirilayotgan islohotlarda xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirish masalalari tahlil etilgan. Shuningdek, xotin-qizlar huquqi va ijtimoiy faolligini oshirishning nazariy va huquqiy asoslari o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GROWTH OF LEGAL VIEW OF WOMEN IN UZBEKISTAN, METHODS OF ACHIEVING POSITIVE RESULTS AND ELIMINATING PROBLEMS

The article analyzes the state's attention to women during the period of renewal in Uzbekistan and the issues of increasing the social activity of women in the ongoing reforms. Also, the theoretical and legal foundations of increasing women's rights and social activity have been studied.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLARNING HUQUQIY DUNYOQARASHINING O‘SIB BORISHI, IJOBIY NATIJAGA ERISHISH VA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH USULLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLARNING HUQUQIY DUNYOQARASHINING O'SIB BORISHI, IJOBIY NATIJAGA ERISHISH VA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH USULLARI

Yuldasheva Xurshidabonu Muhammadovna

Andijon davlat pedagogika instituti. Ijtimoy gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi (huquq ta'limi) yo'nalishi. 2-kurs magistranti

Maqolada O 'zbekistonda yangilanish davrida ayollarga bo 'lgan davlat e'tibori hamda amalga oshirilayotgan islohotlarda xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirish masalalari tahlil etilgan. Shuningdek, xotin-qizlar huquqi va ijtimoiy faolligini oshirishning nazariy va huquqiy asoslari o 'rganilgan.

Kalit so'zlar. davlat, xotin-qizlar, huquq, islohot, faollik,taraqqiyot.

The article analyzes the state's attention to women during the period of renewal in Uzbekistan and the issues of increasing the social activity of women in the ongoing reforms. Also, the theoretical and legal foundations of increasing women's rights and social activity have been studied.

Keywords. state, women, law, reform, activity, development.

В статье анализируется внимание государства к женщинам в период модернизации Узбекистана и вопросы повышения социальной активности женщин в условиях проводимых реформ. Кроме того, изучены теоретико-правовые основы повышения прав и социальной активности женщин.

Ключевые слова. государство, женщины, право, реформа, деятельность, развитие.

Har qanday jamiyatning madaniy darajasi va ma'naviy yetukligi ayollarga munosabati bilan belgilanadi. Xotin-qizlarni hurmat qilish, ularning jamiyat rivojidagi hissasini munosib baholash, ularga barcha masalalarda ko'maklashish - bularning barchasi qadimdan xalqimizga xos.

Chunki hozirgi zamon ulkan ijtimoiy va siyosiy o'zgarishlar, ilmiy va texnologik taraqqiyot davridir. Bugungi davrda yashayotgan va rivojlanayotgan jamiyat ham, shaxslar ham bir-birlari bilan doimo faol munosabatda bo'lishadi. Insonni ijtimoiy sharoit shakllantiradigan darajada jamiyatning o'zini ham shakllantiradi. Shaxsning doimiy rivojlanishi haqida gapirganda, ayolning shaxsi,

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

uning o'z-o'zini anglash o'zgarishi va rivojlanishi hamda jamiyatdagi rolini bilish zarur.

Ijtimoiy taraqqiyotning yangi bosqichi jamiyat hayotining barcha sohalaridagi sifat o'zgarishlari, dunyoqarash yo'nalishlarining o'zgarishi va qiymat tizimining qayta ko'rib chiqilishi bilan xarakterlanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'lumki, XXI asrda insoniyat jahon jarayonlarining globallashuvi davriga, inson sub'ektivligi va faol hayotiy pozitsiya va o'z-o'zini anglash huquqi qadriyatlari ilgari surilgan davrga kirdi. Zamonga xos bo'lgan jihailardan biri bu demokratik davlatlarni shakllantirish va jamiyatning fuqarolik darajasini oshirish doirasida hayotning barcha sohalarida xotin-qizlarning to'laqonli va teng huquqli ishtirokiga ehtiyoj ortmoqda.

Jumladan, yangilanayotgan O'zbekistondagi islohotlar ayollarning ijtimoiy rolini sezilarli darajada oshirdi. Xuddi shunday tendensiyalar Konstitutsiyaning 46-moddasida mustahkamlangan va ko'plab qonunlarida aks etgan yerkaklar va ayollar uchun teng huquq va teng imkoniyatlar tamoyili O'zbekiston Respublikasida ham dolzarbdir. Bu borada Pekin Deklaratsiyasi va erkaklar va ayollar o'rtasidagi tenglik uchun harakat qilish platformasini amalga oshirish doirasida inson huquqlari va asosiy erkinliklarining xalqaro standartlariga amal qilinmoqda. Yangi O'zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoy faollashuvini keng targ'ib etish hamda qo'llab-quvvatlash maqsadida BMT Inson huquqlari bo'yicha 46-sessiyasida qayd etilganidek, ijtimoiy-siyosiy hayotda va tadbirkorlik sohasida ayollarning rolini tubdan oshirishga qaratilgan ishlar endi qat'iy davom ettirilishi e'tirofga loyiqdir.

Keyingi davrlarda ayollarning siyosiy-ijtimoy faolligi haqida Indiana universitetining Markaziy Yevroosiyo fakulteti xodimi, olima Marian Kamp (Marianne Kamp) Turkiston ayollari, xususan, o'zbek ayollari rolining XIX asrdan buyon turli hukumat boshqaruvlari davomida o'zgarishi, ularning jamiyatdagi o'rni va faoliyati haqida "O'zbekiston yangi ayoli: Islom, Zamonaviylik va Kommunizm davrida paranjining yechilishi" (The new woman in Uzbekistan: Islam, Modernity, and Unveiling under Communism) nomli kitob yozgan [3]. Olima Kampning fikriga ko'ra, mustamlaka davri Jadidlarining xotin-qizlarni ilmga jalb qilish va ularni jamiyatda o'z o'rnini belgilash borasidagi islohotlari Sovet davridagi ayollarni qo'llab-quvvatlash harakatlariga asos bo'lgandi.

O'zbekiston xotin-qizlar masalalariga oid xalqaro majburiyatlarini vijdonan bajarishga harakat qilmoqda. Davlatimiz tomonidan "Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to'g'risida"gi konvensiyaning

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

a'zosi sifatida milliy qonunchilikka uning normalarini uyg'unlashtirish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, mamlakatimizda bu borada muhim qadamlar qo'yildi. 2019 yil sentabr oyida O'zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi hamda "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi qonunlar qabul qilindi. "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi qonunda ayollarni jinsi bo'yicha bevosita va bilvosita kamsitishni taqiqlanishiga alohida urg'u berilgan. Mazkur qonun davlatimiz rahbarining 2019 yil 7 martdagi "Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab- quvvatlashga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga muvofiq ishlab chiqildi. Ushbu qonunning maqsadi xotin-qizlarni turmushda, ish joylarida, ta'lim muassasalarida hamda boshqa joylarda tazyiqlar va zo'ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan. Ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, tazyiqlar va zo'ravonlikdan jabrlanganlarni huquqiy hamda ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini ta'minlash ham qonunning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Mamlakatimizda ayollarning o'z iqtidorlarini namoyon qilish qobiliyatiga yarasha ishlashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ana shu imkoniyatlardan foydalanish darajasi esa unga bog'liq. Agar ayol o'zini nafaqat ayol, balki inson sifatida jamiyatdagi o'rnini anglasa, unga tabiat ato etgan qobiliyatni to'g'ri yo'naltira olsa, faqat oila qurishni emas, balki halol mehnati bilan jamiyat taraqqiètiga munosib hissa qo'shishi lozimligini hayotining maqsadi deb bilsa, bu ayol albatta o'z hayotidan qanoatlana oladi.

Mustaqil O'zbekistonda xotin-qizlarga demokratik davlatlar uchun xos bo'lgan barcha huquq va erkinliklar taqdim etilgan. O'tgan yillar mobaynida bu borada muayyan ishlar amalga oshirilgan Respublikamiz BMTning —Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllarini yo'q qilish haqidallgi konvensiyasi, Xalqaro mehnat tashkilotining —Onalikni muhofaza qilish to'g'risidagi, Mehnat va mashg'ulotlar sohasidagi kamsitishlar to'g'risidalgi konvensiyalariga MDH davlatlari orasidan birinchilar qatorida qo'shildi. Bu hujjatlar xotinqizlar manfaatlarini muhofaza qilish, ularning oila va umuman jamiyatdagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar kompleksining tarkibiy qismidir. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahnamoligida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, salomatligini muhofaza qilish, intilish va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, ularga munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Xulosa o'rnida mamlakatimizda xotin-qizlarga oid davlat siyosatini qo'llab-quvvatlash hamda rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda targ'ib etish zarur. Demak, siyosiy faol, yetuk ma'naviyatli, jamiyatning muhim tayanchi bo'lgan xotin-qizlar rolini yanada kuchaytirish uchun quyidagilar taklif etiladi: birinchidan, ayollarimizning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirish maqsadida siyosiy partiyalar dasturlarini keng jamoatchilikka yetkazishi lozim. Ikkinchidan, OAVlarda siyosiy, huquqiy bilimini oshiruvchi ko'rsatuvlarni xalqchil tilda yetkazish zarur. Uchinchidan, - xotin-qizlarning oilada huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e'tibor qaratish lozim. Toki oilaviy zo'ravonlik qurboniga aylanib qolmasligi uchun, qizlarimiznihaq-huquqi bilan birga ma'naviy yuksak bo'lishi davr talabidir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.T.O'zbekiston. 2019. -40

2. "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi Qonun lex.uz/docs/4494849. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 03.09.2019 y., 03/19/562/3681-son

3. "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi qonunlar. https://lex.uz/docs/4494849. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 03.09.2019 y., 03/19/562/3681-son

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi PQ-4235-son qarori. "Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to'g'risida" https://lex.uz/docs/4230944

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.