Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TADBIRKOR AYOLLARNING IJTIMOIY FAOLLIGI'

ZAMONAVIY TADBIRKOR AYOLLARNING IJTIMOIY FAOLLIGI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
270
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
ayol / tadbirkor / ijtimoiy / zamonaviy / texnologiya / kasb / mablag'. / woman / entrepreneur / social / modern / technology / profession / finance.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Raxmonova Mavluda Xasanovna

Ayol tadbirkor, biror soha vakili bo'lgani, oilasiga qo'shimcha daromad kiritgani yaxshi. Ammo bugun hamma sohada ham bilim, uquv, tajriba zarur. Yangi texnologiyalar, zamonaviy yondashuvlarni egallamay turib, ishni rivojlantirish mushkul. Bu borada yurtimizda tashkil etilgan 400 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari ayollarni kasbga o'qitish, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, ijtimoiy yordam ko'rsatish bo'yicha yaxshi tajriba yaratdi, deb ayta olamiz. Ushbu maqolada, zamonaviy tadbirkor ayollarning ijtimoiy faolligi haqida fikr va mulohazalar yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL ACTIVITY OF MODERN WOMEN ENTREPRENEURS

It is good that a female entrepreneur is a representative of the industry and brings additional income to her family. But today we need knowledge, training and experience in all areas. It is difficult to develop a business without mastering new technologies and modern approaches. In this regard, we can say that more than 400 non-governmental non-profit organizations created in our country have shown good experience in vocational training for women, involving them in entrepreneurial activities, and social assistance. This article discusses opinions and comments on the social activity of modern women entrepreneurs.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TADBIRKOR AYOLLARNING IJTIMOIY FAOLLIGI»

ZAMONAVIY TADBIRKOR AYOLLARNING IJTIMOIY FAOLLIGI Raxmonova Mavluda Xasanovna

Termiz davlat Universiteti Psixologiya kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6762487

Annotatsiya. Ayol tadbirkor, biror soha vakili bo'lgani, oilasiga qo'shimcha daromad kiritgani yaxshi. Ammo bugun hamma sohada ham bilim, uquv, tajriba zarur. Yangi texnologiyalar, zamonaviy yondashuvlarni egallamay turib, ishni rivojlantirish mushkul. Bu borada yurtimizda tashkil etilgan 400 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari ayollarni kasbga o'qitish, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, ijtimoiy yordam ko'rsatish bo'yicha yaxshi tajriba yaratdi, deb ayta olamiz. Ushbu maqolada, zamonaviy tadbirkor ayollarning ijtimoiy faolligi haqida fikrr va mulohazalar yuritiladi.

Kalit so'zlar: ayol, tadbirkor, ijtimoiy, zamonaviy, texnologiya, kasb, mablag'.

Аннотация. Это хорошо, что женщина-предприниматель является представителем отрасли и приносит дополнительный доход своей семье. Но сегодня нам нужны знания, подготовка и опыт во всех областях. Сложно развивать бизнес без освоения новых технологий и современных подходов. В связи с этим можно сказать, что более 400 негосударственных некоммерческих организаций, созданных в нашей стране, показали хороший опыт профессионального обучения женщин, вовлечения их в предпринимательскую деятельность, социальной помощи. В данной статье обсуждаются мнения и комментарии по поводу общественной активности современных женщин-предпринимателей.

Ключевые слова: женщина, предприниматель, социальная, современная, технология, профессия, финансы.

Abstract. It is good that a female entrepreneur is a representative of the industry and brings additional income to her family. But today we need knowledge, training and experience in all areas. It is difficult to develop a business without mastering new technologies and modern approaches. In this regard, we can say that more than 400 non-governmental non-profit organizations created in our country have shown good experience in vocational training for women, involving them in entrepreneurial activities, and social assistance. This article discusses opinions and comments on the social activity of modern women entrepreneurs.

Keywords: woman, entrepreneur, social, modern, technology, profession, finance.

Joriy yilning 1-mart kuni Prezidentimiz raisligida xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash masalalari bo'yicha o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida ana shunday tashkilotlarning ahamiyati haqida ham so'z bordi. Qolaversa, ayollarning jamiyatdagi o'rnini yanada yuksaltirish va mustaxkamlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilaviy zo'ravonliklarning oldini olish, gender tenglikni qaror toptirishga oid

СОЦИАЛЬНАЯ АКТИВНОСТЬ СОВРЕМЕННЫХ ЖЕНЩИН-ПРЕДПРИНИМАТЕЛЕЙ

SOCIAL ACTIVITY OF MODERN WOMEN ENTREPRENEURS

KIRISH

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 3

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

belgilangan vazifalarni berdi. Har bir yo'nalish, ayniqsa, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga e'tibor qaratildi. Tadbirkor ayollar ulushini hozirgi 25 foizdan 40 foizga yetkazish bo'yicha 2022— 2024-yillar uchun "Biznes ayollar" dasturini qabul qilish, dastur ijrosiga jami 8 trillion so'm mablag' yo'naltirish belgilangani katta tashabbus. Qishloq joylarida loyihalarni amalga oshirish uchun nodavlat tashkilotlarga 2 milliard so'mgacha grantlar ajratilishi biz uchun imkoniyat bo'lishi barobarida, zimmamizga jiddiy mas'uliyat ham yuklaydi. Qolaversa, o'zi yoki qaramog'ida nogironligi bor yaqini bo'lgan xotin-qizlarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish, ularni kasbga o'qitish borasida nodavlat notijorat tashkilotlariga berilayotgan grantlar miqdori 5 baravarga oshirilib, amaldagi 40 million so'mdan 200 million so'mgacha yetkaziladigan bo'ldi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Ayni paytda 150 ga yaqin a'zolariga ega O'zbekiston "Agrar soha ayollari" uyushmasi ham faoliyati davomida bu yo'nalishda qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Jarayonda, ayniqsa, mehnat bozorida ayollarning raqobatbardoshligini oshirish, o'z-o'zini band qilishlari, agrobiznes va issiqxonalar tashkil etishlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, xususan, ularni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, qishloq joylarda servis xizmatlari sohalarini rivojlantirish dolzarbdir. Ishlar davlat va xalqaro tashkilotlar xamda nodavlat tashkilotlar bilan xamkorlikda olib boriladi. Xotin-qizlar uchun qulay mehnat va turmush sharoitlarini yaratish, xayot farovonligini oshirishda qishloq ayollariga alohida urg'u berish muhimdir. Qishloq xo'jaligini innovatsion rivojlantirish, sohaga malakali kadrlar tayyorlash, ichki va tashqi bozorga sifatli qishloq xo'jalik va qayta ishlangan mahsulotlar ishlab chiqarish xajmlarida ham ayollarning hissasi va potentsiali katta. Xususan, bugunga qadar yurtimizda seleksioner olimalarimiz tomonidan 15 dan ortiq g'o'za va bug'doy navlari yaratilgan.

TADQIQOT NATIJALARI

Shu bois, ayni kez qishloq ayollarining bilim va ko'nikmalari, moddiy-texnik resurslarga egaligini oshirish, qaror qabul qilish va yetakchilikda erkaklar bilan teng sharoitlar yaratish uchun ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish muhim. Uyushma tomonidan noananaviy, yuqori daromad keltiruvchi qishloq xo'jalik ekinlarini ko'paytirish, ularni ichki va tashqi bozorlarga yo'naltirishga qaratilgan o'quv seminarlariga yetakchi davlatlar mutaxassislarini jalb etish yaxshi samara bermoqda. Jizzax viloyati xududiy bo'linmasi o'quv markazida manzarali o'simliklar va gulchilikni rivojlantirish bo'yicha bir xaftalik o'quv-amaliy seminarlarda ushbu sohaga qiziquvchi 20 dan ortiq ayollar o'qitilib, ikkinchi bosqichda ular orasidan yetakchilarning 5 nafari joriy yil apreF oyida Turkiya davlatining kompaniya va firmalariga malaka oshirish uchun yuborilishi kelishildi.

Xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish ularning oila va jamiyatda o'z o'rinlarini egallashlari uchun imkoniyat eshiklarini ochadi. Bu borada ham izchil ishlarni amalga oshiryapmiz. Toshkent viloyatining 3 ta tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan va agrar sohadagi ayollar uchun bepul yuridik xizmat ko'rsatadigan punktlar tashkil etdik. Shu vaqtga qadar malakali yuristlar tomonidan 3 mingdan ortiq ayollarga yuridik maslahatlar va yordamlar ko'rasatilib, 30 dan ortiq xotin-qizning ishli bo'lishiga ko'maklashildi. Ayollar qaysi sohada ishlamasin, doim e'tirofga loyiq. 2021-yilda bayram sanasi arafasida agrar sohadagi eng yetuk, ishlab chiqarishga innovatsion g'oyalarini tatbiq etgan, o'z maktabini yaratgan 6 nafar olimalar haqida 28 daqiqalik "Ilm yulduzlari"

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 3

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

nomli hujjatli film hamda sohadagi eng ilg'or 41 nafar olima ayollarning ibratli hayoti va ilmiy ishlari natijalariga bag'ishlangan "Agrar soha olimalari" nomli kitob tayyorlandi. Umuman, bizning maqsadimiz eng chekka hududlardagi xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularga huquqiy maslahatlar berib, tadbirkorlikka yo'naltirishga qaratilgan. Kelgusida qishloq joylarda yangi ish o'rinlari yaratish, kambag'allikni qisqartirishga qaratilgan yirik loyihalarda ishtirok etish, xotin-qizlar kooperatsiyalarini tashkil etish singari boshqa ko'plab maqsadlarimiz ham bor. MUHOKAMA

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish davlat va jamiyat tomonidan maxsus chora-tadbirlar ko'rishni,uzoqqa mo'ljallangan rejalar, dasturlarni ishlab chiqishni taqozo etadi. Shuni esda tutish zarurki, raqobatga, manfaatlar to'qnashuviga asoslangan bozor munosabatlari sharoitida barcha ayollar ham o'z qobiliyati va salohiyatini to'liq namoyon etish imkoniga ega bo'lavermaydi. Keskin raqobat, mulklarning xilma-xilligi tufayli murakkablashadigan «Kim o'zdi» hammaning ham o'z ichki ijodiy kuchlarini ro'yobga chiqarishiga imkon beravermaydi. Bu o'rinda tashabbuskor ayollarni qo'llab-quvvatlash, ularga «o'z ishi»ni rivojlantirishda yordam berish zarur bo'ladi. Xususiy mulk egasi bo'lgan ayolgina iqtisodiy munosabatlarda faollik ko'rsatadi. XULOSA

Xulosa qilganda, mamlakatda ayollar tadbirkorligini, ijtimoiy-iqtisodiy faolligini yuksaltirishga oid bir qator tadbirlarni amalga oshirayotgan siyosiy partiyalar bo'lsada, ularning ko'lami, salmog'i va ayollarning siyosiy madaniyatini yuksaltirishga ta'siri hali davr talablari darajasida emas. Hozirgi davrda siyosiy partiyalar faoliyatida qatnashayotgan ayollar 40-44 % ini tashkil etadi. Hozirgi zamon ilm-fanida "faoliyat", "faollik", "ijtimoiy faollik" tushunchalari keng qo'llaniladi. Aslida, ushbu tushunchalar negizida insonning yon-atrofga, ijtimoiy munosabatlarga, olamni anglashga oid tajribasi, ya'ni faoliyati yotadi. Demak, "ijtimoiy faollik" tushunchasi "faoliyat" va "amaliyot" tushunchalari bilan bevosita bog'liq, hatto genezisi va etimologiyasi nuqtai nazaridan ulardan kelib chiqadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Kenjaeva, H. P., Tojiev, F. I. va Juraev, B. N. (2014). O'ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT YARASh VA RIVOJLANISHDA AYOLLARNING O'RNI. Texnologiya va ta'limda innovatsiyalar (119-123-betlar).

2. Kenjaeva, H. P. (2021). FUKDROLIK MADANIATI MEZONLARY SHARK FALSAFASI TALKINIDA. Ta'lim fanlari bo'yicha akademik tadqiqotlar, 2(3).

3. Rahmonova, M. (2021). Patriotic ideas in the works by fitrat: theoretical and practical harmony. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1466-1474

4. O'ralovna, J. G. (2022). Social Psychological Problems of Alienation. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(4), 204-206.

5. Жумаева, Г. У. (2021). Психологические механизмы формирования профессиональных отношений будущего педагога. Достижения науки и образования, (4 (76)), 72-76.

6. Kenjaeva, H. P. (2021). Ayollar ijtimoiy faolliginida fukarolik institute urni. Ilmiy taraqqiyot, 1(6), 957-961.

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 3

7. Kenjaeva, X. (2021). Milliy manaviy merosimizda talim-tarbiya masalalari. Jamiyat va innovatsiyalar, 2(6/S), 18-24.

8. Ismoilovna, A. Z., & Narzullayevna, K. G. (2022). In the Process of Forming a Person, Overcoming the Emotional State in The Family Environment. Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences, 6, 31-33.

9. Karakulovich, J. A., & Ismoilovna, A. Z. (2021). PSYCHOLOGICAL STUDY OF EMOTIONS AND EMOTIONS IN WORLD PSYCHOLOGY. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(10), 419-421.

10. Ismoilovna, A. Z. (2021). Methodology of organizational capacity development in gifted children. ACADEMICIA: An InternationalMultidisciplinary Research Journal, 11(10), 19571961.

11. Абдуллаева, З. И. (2021). ИЗУЧЕНИЕ КОММУНИКАТИВНО-ОРГАНИЗАЦИОННЫХ ОСОБЕННОСТЕЙ ОДАРЕННЫХ ДЕТЕЙ. Вестник науки и образования, (8-2 (111)), 9094.

12. Usmanovna, A. N. (2021). The role of parents in the upbringing of children. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 1995-1999.

13. Narzullayevna, K. G. (2021). Characteristics of marriage motivation in young people. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 2238-2241.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.