YANGI O'ZBEKISTONDA LIDER AYOLLARNING FAOLIYATINI YANADA BARQARORLASHTIRISH MUAMMOLARI
Kamola Begaliyevna Umarkulova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti
ANNOTASIYA
Ming yillar davomida har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va ma'naviy barkamolligi ham ayollarga bo'lgan munosabat bilan belgilangan. Ayolni e'zozlash, unga ehtirom ko'rsatish Sharq xalqlariga, jumladan, o'zbek xalqiga xos xususiyatdir. Maqolada Yangi O'zbekistonda lider ayollar, ularga jamiyatda e'tibor qaratish hamda jamiyatimizda lider ayollar faoliyatini yanada keng rivojlantirish muammolari tahlil etilgan.
Kalit so'zlar: lider, ayol, faoliyat, jamiyat, lider ayollar, ayollarni qadrlash.
THE PROBLEMS OF STRENGTHENING THE ACTIVITY OF WOMEN
LEADERS IN NEW UZBEKISTAN
For thousands of years, the cultural level and spiritual maturity of any society has also been determined by its treatment of women. Respect for women is a characteristic of the peoples of the East, including the Uzbek people. The article analyzes the problems of women leaders in New Uzbekistan, their attention in society and the further development of the activities of women leaders in our society.
Keywords: leader, woman, activity, society, women leaders, respect for women.
Bugun O'zbekistonda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga, davlat boshqaruvi va jamiyatning barcha jarayonlarida ularning rolini oshirishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ya'ni, xotin-qizlarning alohida maqomi va ularga nisbatan hurmatni tiklash gender tenglik sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiga aylandi. Shu bilan birga 2021 yilda O'zbekistonda 2030 yilgacha mo'ljallangan Gender tenglikka erishish strategiyasi tasdiqlandi. Unda boshqaruvda xotin-qizlar
ABSTRACT
KIRISH
sonini ko'paytirish, gender nomutanosibligini kamaytirish, ta'lim
March, 2022
olishga imkoniyat yaratish, xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlik va tazyiqqa qarshi kurashish nazarda tutilgan. Bugun mamlakatimizda xalqaro tashkilotlar ko'magida xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha turli dasturlar amalga oshirilmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA NATIJALAR
Ayollar mas'uliyati, faolligi tarixiy davrlarda turli dinamikada rivojlangan. Aristotel, I.Kant, F.Gegel, R.Dekart, Platon, E.Fromm kabi mutafakkirlar o'zlarining ilmiy asarlarida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlarda ayollarning jamiyat hayotida tutgan o'rni xususida siyosiy-falsafiy g'oyalarni ilgari surilgan. Xorijiy davlat tadqiqotchilari tomonidan ayollar faolligi, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotda tutgan o'rni xususida qator monografik tadqiqotlar e'lon qilingan. Jumladan, K.Borman, P.Barroy, M.Vales, E.Kox, S.Haggard. Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligida bu borada N.Ivanova [5], S.Prigojina [7], L.Popova [6] kabi faylasuflarning ilmiy izlanishlarini namuna qilish mumkin.
Ayollar ijtimoiy-siyosiy faolligi masalalari hamda ayol huquqlari va ijtimoiy mavqei masalalarini M.Xolmatova, S.Safayeva [9], A.Xuseynova [10], R.Ubaydullayeva [8], shuningdek, maxsus dissertatsiya va fundamental izlanishlarda S.A. Axrorov (O'zbekistonda ayollar ijtimoiy faolligini oshirish), N.D.Jo'rayeva (O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida xotin-qizlarning o'rni), N.M. Muravyova (Ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish masalalari), K.U. Najmiddinova,
F.A.Primova (Oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy axloqiy madaniyatning o'rni), X.Nasrullayeva (O'zbekistonda xotin-qizlar ijtimoiylashuvi jarayoni), M.A.Karimova (O'zbekistonda xotin-qizlarni ijtimoiy muhofazalashda islomiy qadriyatlarning o'rni),
G.B.O'razaliyeva (Gender munosabatlarining ayollar huquqiy madaniyatini takomillashtirish), N.R.Annayeva (Ayollar tadbirkorligining genezisi, nazariyasi va amaliyoti) kabi olimlar ilmiy-metodologik jihatdan tadqiq etishgan.
MUHOKAMA
O'zbekiston jamiyatida ayol, eng avvalo, mehribon ona, uy bekasi, birinchi tarbiyachi va ustozdir.
Millat ayollarni nechog'lik ulug'lasa, uning o„zi ham shunchalik ulug'lanadi. Bu o'rinda Ayol, o„z jufti-halolining yaqin maslakdoshi, o„z fikri va qarashlariga ega shaxs, yetakchiga yo„l ko'rsata olish qobiliyatiga ega oqila, orifa inson sifatida namoyon bo'lmoqda. Ta'kidlash joiz, Amir Temur hukmronligi yillarida ham ayollarning mavqei yuksak bo'lgan. Xon avlodiga mansub Saroymulkxonim haramdagi barcha malikalardan
March, 2022
445
ulug'rog'i hisoblanib, davlat va mamlakat idorasiga oid qurultoy, kengash ishlarida to'g'ridan-to'g'ri qatnashish huquqi bo'lmagani holda Saroymulkxonim u yoki bu masala yuzasidan Amir Temurga yozma tarzda murojaat etish imkoniga ega shaxslardan biri bo'lgan. Odatda xat bilan davlat boshlig'iga murojaat etish huquqiga faqat chet ellik hukmdorlar ega ekanligini inobatga olsak, Saroymulkxonimning saroydagi mavqeyi naqadar baland bo'lganligini idrok etish qiyin emas.
Ayolni ardoqlash va qadrlash, hurmatini joyiga qo'yishdan iborat Temur va Temuriy qadriyatlar mustaqillik yillarida yangicha mazmun bilan boyidi. Yurtimizda xotin-qizlarning davlatni boshqarish, ta'lim-tarbiya ishlari, tadbirkorlikda faol ishtirok etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berildi. Fikrimizning yorqin tasdig'ini Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning mamlakat xotin-qizlariga nisbatan munosabatida ham ko'rish mumkin.
Chorak asr davomida ayollarni qadrlash, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, davlat siyosati darajasida turgan ustuvor masala bo'lib kelgan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng qabul qilingan qonunlarimizda ayollar huquqlariga inson huquqining alohida ajralmas qismi sifatida qarala boshlandi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida: «Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar» deya e'tirof etilishi mamlakatimizda ayollar jamiyatning faol a'zosi sifatida barcha sohalarda keng qamrovli ishtirok etishining huquqiy kafolati belgilanganidan dalolat beradi. Shuningdek, davlatimiz inson huquqlari bo'yicha umume'tirof etilgan xalqaro hujjatlarga, jumladan, 1995 yili «Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to'g'risida»gi Konvensiyaga qo'shilishi ham mamlakatimizda xotin-qizlar masalasiga jiddiy e'tibor berilganini ko'rsatadi.
1993 yil mart oyida Mustaqil O'zbekistonning birinchi ordeni ta'sis etilgan va u bevosita ayollarning manfaati bilan bog'liq, "Sog'lom avlod uchun" ordenidir. 1995 yil mart oyida Prezidentning "O'zbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni e'lon qilinadi. Ushbu farmon asosida O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi raisiga Bosh vazirning o'rinbosari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasi raisiga Qoraqalpog'iston Vazirlar kengashi raisining o'rinbosari, Toshkent shahri va viloyatlar hamda tuman-shahar Xotin-qizlar qo'mitalari raislariga hokim o'rinbosari maqomi beriladi. Shu vaqtga qadar ayollarning jamiyatdagi o'rni va maqomi bu qadar yuksak darajaga ko'tarilishini hatto tasavvur ham qilib bo'lmas edi. Bu yillar ayollarimiz uchun hech mubolag'asiz uyg'onish davri bo'ldi. Yana bir bor tarixga nazar solar ekanmiz
March, 2022
446
hamma davrlarda ham ayol va qizlar uchun jamiyat ahamiyatiga molik qaror va farmonlar qabul qilinib, ularni hayotga tadbiq etish bo'yicha amaliy ishlar olib borilgan va hozirgi davrda ham jarayon to'xtab qolgani yo'q. Misol uchun, 1999 yil Birinchi Prezidentning farmoni bilan ayolni muqaddas bilish, unga alohida ehtirom ko'rsatish, har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalashdagi beqiyos o'rnini yana bir bor e'tirof etish, ular orasidagi iqtidorli yoshlarning adabiyot, san'at, fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, jamiyat hayotidagi faol ishtirokini rag'batlantirish maqsadida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta'sis etilgan.
1999 yil "Ayollar yili", 2000 yil "Sog'lom avlod" yili, 2001 yil "Onalar va bolalar" yili, 2005 yil "Sihat-salomatlik yili", 2012 yil "Mustahkam oila yili", 2013 yil "Obod turmush yili" deb e'lon qilinishida va shu munosabat bilan amalga oshirilgan ezgu ishlar, tadbirlar zamirida ham ayolga hurmat, ehtirom, jismoniy kamoloti xususida fikrlash, qayg'urish hissi mujassamligi yaqqol namoyon bo'ldi. Mamlakatning siyosiy hayotida, davlat va jamiyat boshqaruvida, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida, madaniyat, ilmu - fan, xalq ta'limi, sog'liqni saqlash, sport kabi ijtimoiy sohalarda ayollarning o'rni va roli ortib borganini kuzatish mumkin.
Biz, ayollar, katta lavozimlarda albatta ishlashi kerak degan fikrdan yiroqmiz. Chunki bizda ko'pchilik ayollarning o'zi ham xohlamaydi. O'zi ham uyda o'tirib yoki o'ziga yaqinroq ish joyi tanlashga harakat qiladi. Men farzandlarimga qarashim kerak, oilamning tinchini ta'minlashim kerak, deydi. Biz buni ham hurmat qilamiz. Bu ham ayolning huquqi. Shuning uchun xalqaro tashkilotlarda ayollar teng emas ekan, ular bu joyda kamroq ekan, degan fikrlarga biz mutlaqo qo'shilmaymiz. Hamma davlatda o'ziga xos urf-odatlar va an'analari bor. Mamlakatimiz ayollarining qarashlarida oila birinchi o'rinda turadi.
Mana o'zimga, sizning o'zingizda ham qarab faraz qilish mumkin, oilamizda shu sharoit borki, biz shunday xizmat safariga ham boramiz, yuramiz. Lekin ba'zi ayollarning bunday sharoiti bo'lmasligi ham mumkin. Ayollar o'zi ham shu narsani xohlamaydi. Shuning uchun ularga ham chiroyli sharoit qilib berishga harakat qilyapmiz. Uyda kasanachilik mehnatlari bor. Uyda o'tirib tadbirkorlik qilishi mumkin. Yaqinroq joylarda ishga kirib, mehnat qilsin. Ularning qiziqishlariga qarab, sharoit yaratyapmiz.
Oldinlari faqat 8-martda bir kun ayolligini his qilardi. Hozir yil davomida ayollarga e'tiborni har bir ayol his qiladi. Har qayerga bormaylik, prezident o'zlari ayollar bilan uchrashyaptilar. Oilalarga kirib, onaxonlarimiz, yosh kelinlar bilan, qizlarimiz bilan suhbatlashib, ularning ahvoliga
o'zlari ham qiziqyaptilar. Bu jarayon tarixda hali bo'lmagan. Xalq
March, 2022
ijobiy qabul qilyapti. Eng ko'p qullab quvvatlayotgan ayollar bo'lyapti.
"Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti 14 nafargina qizga berilardi. Hozir qizlarimizning jamiyatdagi ishtirokini, nufuzini oshirish uchun bu yil ikki baravarga ko'tarib berdilar. 28 nafariga o'z qo'llari bilan 8-mart bayramiga bag'ishlangan tantanada shu ko'krak nishonini taqib qo'ydilar. O'zbekiston tarixida bo'lmagan 38 nafar ayollarimizga yuksak davlat mukofotlarini o'zlari taqdirladilar, bayram munosabati bilan. O'sha farmonda "Mo'tabar ayol" ko'krak nishoni ta'sis qilindi. Jamiyatda faol ishtirok qilayotgan, nafaqat ishlayotgan, oilaparvar, ishlamasdan farzandlarini chiroyli qilib jamiyatga yetkazib bergan ayollar ham bundan keyin taqdirlanadi.
Bog'chalar bo'yicha qarorlarni ham qarang, hamma harakatlar ayollarga. Bizda 2-3 ta tuqqandan keyin, bolalarga qarayman deydi; eng ishlaydigan, bilimli, kasb ko'nikmalari avjida paytida farzand tarbiyasi bilan bo'lib qoladi. 30-35 yoshgacha bolalariga qarab qoladi. Ko'nikmalari yo'qoladi, zamon o'zgaryapti, hammasi esidan chiqib qoladi. Bog'chalarni rivojlantirish ham ayollar uchun. Uy-joy dasturlari ham, ipoteka kreditlari berilishi... Qiynalyotganlarga davlat byudgetlari ajratilyapti. 4-5 oila bitta tom ostida yashaydi. Xohlaymizmi yo'qmi ovsinlar o'rtasida janjallar chiqadi. Mana shu uylar oilaviy ajrimlarning oldini olishga xizmat qiladi. Har bir oila mustahkam yashasin, o'z daromadini topishni o'rgansin, ota-onasining qaramog'ida yashamasin, o'ziyam hayot kechirishga o'rgansin degan g'oyalar yotibdi bunging tagida. Bunda ayollarni yashash tarzi va sharoitlarini yaxshilash, vatan ravnaqi uchun sog'lom, aqli yetuk, ilmli farzandlarni kamolga yetkazish kabi ezgu maqsadlarning ro'yobini ko'rishimiz mumkin. Zero, farzandlari sog'lom yurt qudratli bo'lur! Komil farzandlar tarbiyasi esa aynan zakovatli, aqli teran ayollarning yuksak vazifasidur. Farzandlarimiz uchun aynan yetuk namoyonda bu onalarimiz, jamiyat yuksalishiga o'zining beminnat xissasi ila xizmat qilayotgan lider ayollarimizdur.
Ayni shiddatli zamonda aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash biz uchun eng dolzarb vazifa bo'lib kelmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Mustaqilligimizning yigirma sakkiz yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ham bu jihatga alohida urg'u berilgani bejiz emas. "Bizning barcha iqtisodiy va ijtimoiy dasturlarimiz, yirik investitsiya loyihalarimiz, xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarimizning markazida aynan shu muhim masala asosiy maqsad va vazifa bo'lib turibdi" dedi davlatimiz rahbari.
Kezi kelganda aytish joizki, O'zLiDeP "Ayollar qanoti"
tomonidan ham ushbu yo'nalishlarga jiddiy e'tibor qaratilmoqda.
March, 2022
Xususan, "Bunyodkor ayollar", "Sog'lom oila - mustahkam oila", "Ishbilarmon ayol", "Farovon oila" kabi yirik partiyaviy loyihalar hayotga tatbiq etilyapti. Xususan, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularda tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan "Bunyodkor ayollar" loyihasi doirasida yangi tadbirkor, fermerlarni kashf etish, joylarda ayniqsa, chekka qishloqlarda yangi ish o'rinlari yaratish niyatida tashkil etilgan o'quv-seminarlarda 10 mingdan ortiq xotin-qiz ishtirok etdi. Ushbu loyiha natijasida respublikamizdagi yetakchi tijorat banklari tomonidan hududlarda istiqomat qilayotgan 1024 nafar opa-singillarimizga 6 milliard so'mga yaqin miqdorda kredit ajratildi. Bu esa 1763 ta yangi ish o'rni yaratish imkonini berdi. Partiya tomonidan ayollar yo'nalishida ilgari surilayotgan yana bir yirik loyiha bu - "Ishbilarmon ayol" ko'rik-tanlovidir. Joriy yilda mazkur tanlov doirasida 200 dan ortiq tadbir o'tkazilib, ularda o'n mingdan ortiq xotin-qizlar ishtiroki qamrab olindi. Muhimi shundaki, ko'plab ayollarimizni tadbirkorlik, fermerlik, tomorqachilikka bo'lgan qiziqishlari yanada ortib, ularning 100 dan ortig'i shu sohaning ilg'or vakiliga aylanishdi.
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida to'laqonli ishtirok etishiga erishish, gender tenglik va reproduktiv salomatlikni ta'minlash bo'yicha ham keng ko'lamli ishlar qilinyapti. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni zamonaviy uy-joylar bilan ta'minlash bo'yicha yangi tizim yaratildi. Ana shu tizim asosida 1 ming 564 nafar xotin-qiz nafaqat uy-joyga, ish o'rinlariga ham ega bo'lishdi.
Har bir sohada fidoyiligi va sadoqati bilan mehnat qilib, yuksak marralarga erishib kelayotgan xotin-qizlarimizning yutuqlari ham salmoqli. Ayni paytda Oliy Majlis Senatida - 17 nafar senator, Qonunchilik palatasida - 21 nafar deputat ayollar faoliyat olib bormoqda. Mahalliy kengashlarda esa xalq vakillarining 23 foizdan ziyodini xotin-qizlar tashkil etadi. Mingdan ortiq ayollar mahalla fuqarolar yig'inini boshqarib kelmoqda. Shunday bo'lsa-da, o'zgarish va yangiliklarga boy kechayotgan davr bugun barchamizning oldimizga yangi-yangi talablarni qo'ymoqda. Prezidentimiz ayni masalaga alohida e'tibor qaratib, Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisidagi ma'ruzasida parlamentda va mahalliy kengashlarda ayollar ulushini ko'paytirish, ijtimoiy sharoiti og'ir ayollarni qo'llab-quvvatlash, xotin-qizlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni ish bilan ta'minlash masalalarida nodavlat tashkilotlarning ishtirokini faollashtirish kabi bir qator vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan Oliy Majlis Senatida yangi tuzilma - Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo'yicha qo'mita tuzish taklifi ilgari
March, 2022
449
surildi. Bu tuzilma, albatta, mamlakatimiz hayotida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularga keng imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqorida aytilgan fikrlarning barchasi Yangi O'zbekistonda lider ayol, ularga e'tibor qaratish jamiyatga e'tibor qaratish ekanining amaldagi isbotidir. Bu tamoyil lar jamiyatimizda ayollarga e'tibor berish va har jabxada ularning rag'batlantirib borishning amaliy va asosiy mezoni bo'lib qoladi.
REFERENCES
1. Fridan B. Ayollik jumbog'i. - M., 1994 yil.
2. Barbieri E. Kelajak jamiyatidagi ayollarning roli 1993. yanvar.
3. Sokolovskaya M. Ayollarning ijtimoiy rollari (Polshada jamoatchilik fikrini o'rganish asosida) // Sotsiologik tadqiqotlar. 1978. № 3.
4. Novikova E.E., Milova O.L., Zalyubovskaya E.V. Ishda va uyda zamonaviy ayol // IVF. 1988. № 8.
5. Иванова Н. Что раздражает мужчин в женщинах: секреты семейного счастья. - Ростов на Дону, Феникс, 2007. С.211.
6. Попова Л.В. Проблема самореализации одаренних женщин // Вопросы психологии. - 1996. - № 2. С. 31-41;
7. Пригожина С.В. Женский портрет на фоне Востока и Запада. - М.: Вост. литра, 2006. С.478.
8. Убайдуллаева Р.А. Семья в Узбекистане. - Тошкент: Ижтимоий фикр, 2012.Б.164.
9. Холматова М., Сафаева С. Аёллар масаласи: умумижтимоий ва миллий жихдтлар. - Тошкент: Узбекистон, 2003. Б.162.
10. Хусеинова А.А. Фукаролик жамияти ва аёллар. - Бухоро, 2009. Б.88.
11. G. Makhmudova, G. G'affarova, G. Jalalova (2020). O'zbekistonda islohatlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi. 176 b.
12. Gaffarova, G. (2019). Murakkab tizimlarda ahborot generacijasining falsafij-metodologik asoslari. Avtoreferat diss. dokt.filos.nauk. - 65 b.
13. Gaffarova, G.G. (2019), Problems self-organization: philosophical analysis // Scientific Bulletin of Namangan State University. -T.l. -№5, - C.
XULOSA
185-190.
March, 2022
14. Gaffarova G.G., Abdullayeva M.N. (2020). Tasavvufning kognitiv tizimi zamonaviy falsafa prizmasida. Academic research in educational sciences. №3. URL: https://cyberleninka.rn/article/n7tasawufning-kognitiv-tizimi-zamonaviy-falsafaprizmasida (дата обращения: 15.01.2021).
15. Gaffarova, G.G. (2019). Structural transformations as a faktor new development opportunities. Scientific Bulletin of Namangan State University, T.1, №10, pp.261-
16. Abdullaeva, M.N., & Gaffarova, G.G. (2020). Muhabbat muammosi zamonaviy falsafa prizmasida. Ilmiy xabarlari. Ijtimoiy-gumanitar fanlar seriyasi, 5(49), pp.5-9.
267.
March, 2022