Научная статья на тему 'MULK HUQUQINING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI'

MULK HUQUQINING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

63
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MULK HUQUQINING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI»

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

MULK HUQUQINING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI

N. X. Egamberdiyeva

Toshkent davlat transport universiteti, yu.f.n. dotsent

Muhammadyusuf Eldorbek o'g'li Fahriddinov

Toshkent davlat traansport universiteti Iqtisodiyot fakulteti 3-kurs Yu-2 guruh

Har qanday inson uchun eng muhim mulk, avvalo bu uning uy-joyidir. Fuqarolarning uy-joyga bo'lgan huquqlari, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktda, Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyada, shuningdek, boshqa xalqaro hujjatlarda ham begilangan bo'lib, ushbu xalqaro hujjatlarda belgilangan qoidalar O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham o'z aksini topgan. [1]

Shuningdek, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 12-moddasida: "Hech kimning shaxsiy va oilaviy hayotiga o'zboshimchalik bilan aralashish, uy-joyi daxlsizligiga, uning yozishmalaridagi sirlarga yoki uning nomus va sha'niga o'zboshimchalik bilan tajovuz qilinishi mumkin emas. Har bir inson xuddi shunday aralashuv yoki tajovuzdan qonun orqali himoya qilinish huquqiga ega"ligi belgilangan.

So'nggi besh yil davomida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tubdan o'zgartirish borasida mulkiy huquqlarni noqonuniy tajovuzlardan ta'minlash va himoya qilish muammosi, ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etdi. Bu davrda mulkdorlar huquqini ta'minlashga qaratilgan Prezident va hukumatning 300 dan ortiq hujjatlari qabul qilindi. [2]

Mamlakatimizda xususiy mulkni himoya qilishning huquqiy asoslari mavjud. Xususan:

- "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni (24.09.2012y.);

- "Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (27.07.2018y., PF-5490);

Civil Society and a People-Friendly State

etishning huquqiy kafolati

talabasi

[email protected]

https://tstu.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

December 1-7, 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

- "O'zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (01.08.2018y., PF-5495);

- "Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so'zsiz ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi (03.08.2019y., PF-5491);

- "Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (05.04.2019y.) va yana bir qator boshqa normativ huquqiy hujjatlar mavjud.

Mamlakatni yanada barqaror rivojantirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi. Unda mulk huquqiga oid bir qancha o'zgarishlarni ko'rishimiz mumkin: [3]

Tadbirkorlar qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga, o'z faoliyati yo'nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga, tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad olishga haqli ekani Konstitutsiyada mustahkamlab qo'yildi. Davlat xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhit hamda sharoitlarni ta'minlashi, erkin va halol raqobatning himoya qilinishi, iqtisodiy faoliyatda monopollashtirishga yo'l qo'yilmasligi ham kafolatlandi. Shu bilan birga, asosiy qonunimizda er xususiy mulk bo'lishi mumkinligi aniq belgilab qo'yildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Taraqqiyotning ko'p asrlik tajribasi shuni ko'rsatadiki, xususiy mulksiz, uning ishonchli kafolatisiz kuchli ijtimoiy davlatni qurib bo'lmaydi. Shu bois, Bosh qomusimizda xususiy mulk himoyasini ta'minlash uchun zarur bo'lgan konstitutsiyaviy kafolatlarni kuchaytirishimiz lozim. Toki, katta-kichikligidan qat'iy nazar, har bir tadbirkor doimo davlat, Konstitutsiya, qonunlar hamda Prezident himoyasida ekanini amalda his qilsin. Rivojlangan davlatlardagi kabi, shunday tartib o'rnatilishi lozimki, mulkdor sud qarorisiz, o'zining roziligisiz, adolatli tovon pulisiz, mulkidan mahrum etilmasin. Shu bilan birga, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari qayta ko'rib chiqmaslik hamda bekor qilmaslik masalasini ham Konstitutsiyaviy qoida sifatida belgilashning vaqti-soati keldi, deb o'ylayman. [4] Iqtisodiyotimizni harakatga keltiruvchi

Civil Society and a People-Friendly State

etishning huquqiy kafolati

https://tstu.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

December 1-7, 2023

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

asosiy kuch bo'lgan tadbirkorlikning rivojlanishi yo'lidagi barcha to'siq va g'ovlarni olib tashlashimiz zarur".

2022 yilning 24 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo'l qo'ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan erga bo'lgan huquqning vujudga kelishiga asos bo'lgan hujjatlarni bekor qilish orqali erga bo'lgan huquqni tugatish, mazkur hujjatlar faqat sud tomonidan bekor qilinishi, erdan ixtiyoriy voz kechishni hukumat yoki hokimlik qarorlari bilan rasmiylashtirish, yuridik shaxs tugatilishi bilan uning eriga bo'lgan huquqlarini bekor qilish kabi qator talab va cheklovlar bekor qilindi. Shuningdek, turar joyga bo'lgan mulkiy huquqlarni amalga oshirishda turar joyga nisbatan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo'lmaganlarni doimiy ro'yxatdan chiqarish uchun ularning roziligini olish, sud tomonidan turar joyga nisbatan insofli egallovchi deb topilgan jismoniy shaxsdan ushbu turar joyni unga nisbatan mulk huquqi davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab 3 yil o'tgach natura shaklida talab qilib olish bekor qilindi. [5]

Ammo Konstitutsiyaviy islohotlarga qaramay, qonunlardagi yuridik kolliziyalar, korrupsiyagen omillar haligacha bartaraf etilmagani yoki aniqlik kiritilmaganligi sababli shuningdek, davlat organlari mansabdor shaxslari tomonidan qonunni noto'g'ri talqin etilishi sababli haligacha tadbirkorlar huquqlari va mulk daxlsizligi buzilish holatlari kuzatilmoqda.

Masalan, fuqarolik ishlari bo'yicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudi hal qiluv qarori bilan da'vogar "PERSPECTIVE-BUILDING" MCHJning fuqaro D.X.ga nisbatan turar joy bergan holda uy joydan ko'chirish va foydalanish huquqini yo'qotgan deb topish haqidagi da'vo talablari qanoatlantirilgan. Sud hal qiluv qarorini chiqarishda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkalarining olib qo'yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga etkazilgan zararlarni qoplash tartibi to'g'risida nizomni tasdiqlash haqida"gi 97-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomni asos qilib olgan. Vaholanki, mazkur qaror o'z kuchini yo'qotgan (01.01.2020y.).

Ammo, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining "Uy-joy nizolari bo'yicha sud amaliyoti haqida" Qarorining 24-bandida er uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yilishi munosabati bilan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, shu uy-joylarda yashovchi fuqarolarga, ularning oila a'zolariga, shuningdek, ushbu uylarda

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

(kvartiralarda) doimiy yashayotgan fuqarolarga ularning xohishiga binoan va taraflar kelishuviga ko'ra barcha qulayliklarga ega bo'lgan uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya etgan holda shu aholi yashaydigan punktdan sanitariya, yong'inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan hamda shu aholi punkti joylashgan hududdan turar-joy berilishi lozimligiga sudlarning e'tibori qaratilishi belgilangan. [6]

Mamlakatimizda xususiy mulkni himoya qilish bilan bog'liq normativ huquqiy hujjatlar so'ngi yillarda jiddiy takomillashdi. Shu bilan birga mazkur huquqlarni amalda himoya qilish borasida ba'zi muammolar ham mavjud. [7]

Xulosa. Yuqoridagilardan kelib chiqib, fuqarolarning xususiy mulkka bo'lgan huquqlarini himoya qilish bilan bog'liq qonun hujjatlari hamda amaliyotini yana-da takomillashtirish bo'yicha quyidagilar taklif etiladi:

- davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yilayotgan (sababi ko'rsatilgan holda) er uchastkalari joylashgan hudud haqidagi barcha ma'lumotlar mahalliy hokimiyatning rasmiy veb saytida e'lon qilinishi lozim;

- hududlarda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkalarini olib qo'yilishi munosabati bilan taklif qilinadigan barcha uy joy va binolar manzillari aniq ko'rsatilgan elektron baza shakllantirilishi va fuqaro uni borib ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishi lozim. Ushbu holat shaffoflikni ta'minlaydi va korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiladi. Shuningdek, hokimiyat va fuqaro o'rtasida yuzaga keladigan turli nizolarni oldini oladi;

- davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzilgan xususiy mulk o'rniga ajratiladigan mulk, uy-joy yoki bino obyektining fuqarolarga berilish muddati aniq qilib belgilab qo'yilishi, bunda har bir kechiktirilgan muddat uchun fuqaroga penya to'lash zarur;

- sudlar tomonidan uy joydan ko'chirish haqidagi hal qiluv qarori qabul qilinayotganda aynan shu aholi punkti joylashgan hududdan turar-joy berilishi lozimligiga, taklif etilayotgan uy joy barcha qulayliklarga egaligiga, fuqarolarning ish yoki o'qish maskaniga yaqinligiga alohida e'tibor qaratilishi shart.

REFERENCE

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 01.05.2023-yil

2. PF-198-son 24.08.2022 «Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo'l qo'ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

128

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

tadbirlari to'g'risida» Avazbek Xolbekov, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi eksperti

3. Jasur Islamov Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha Vakili (Ombudsman) Kotibiyatining Murojaatlar bilan ishlash sektori mudiri/ Xususiy mulkka bo'lgan huquqning kafolati mavzusidagi maqolasidan.

4. Dadasheva A.A.. INSON HUQUQLARI BO'YIChA XALQARO INSTITUTLAR (2023) Innovatsionntie issledovaniya v sovremennom mire: teoriya i praktika 2 (17), 87-90

5. Kasimova A.A Rol jen^inM v sovremennoy nauke Society and innovations/in Science LLC 8 (08/2023), 226-234

6. Egamberdieva N.X.. Delikt majburiyatlarning xuquqiy tabiyati O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o'quv kurslari AXBORATNOMASI

7. Inagamova M.M Ayol huquqlarini himoya ilishda ichchki ishlar organlari ishtirokining huquqiy mexanizlarini takomillashtirish (Scienceweb academic papers collection)

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

129

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.