Научная статья на тему 'FUQAROLIK PROTSESSIDA SUD BUYRUG‘INI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA AYRIM FIKR-MULOHAZALAR'

FUQAROLIK PROTSESSIDA SUD BUYRUG‘INI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA AYRIM FIKR-MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Право»

26
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FUQAROLIK PROTSESSIDA SUD BUYRUG‘INI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA AYRIM FIKR-MULOHAZALAR»

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

FUQAROLIK PROTSESSIDA SUD BUYRUG'INI TAKOMILLASHTIRISH BO'YICHA AYRIM FIKR-MULOHAZALAR

Nargiza Xalimbayevna Egamberdiyeva

Yu.f.n. dotsent Beknazarov Izzat

Toshkent davlat transport universiteti Iqtisodiyot fakulteti Yurisprudensiya talabasi

"O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmon mamlakatimizda qonun ustuvorligi hamda sud-huquq islohotlarini chuqurlashtirish barobarida fuqarolarning murojaatlarini o'z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko'rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va loqayd munosabatda bo'lish holatlariga yo'l qo'yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta'minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko'rishni nazarda tutadi. [1]

Sud faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta'minlash hamda fuqarolarning odil sudlovga to'sqinliksiz erishishini ta'minlashda sudda ish yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish muhim o'rin tutadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2016 yil 21 oktabrdagi "Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish choratadbirlari to'g'risida"gi PF-4850-son Farmoni bilan tasdiqlangan "Sud huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchlihimoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo'yicha kompleks chora tadbirlar Dasturi"ning 28-bandida jinoyat protsessiga ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatlar to'g'risidagi ishlar bo'yicha sudda ish yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish bo'yicha takliflar tayyorlash nazarda tutilgan edi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, sudda ish yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish nafaqat jinoyat protsessi uchun, balki fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy sud ishlarini yuritish uchun ham birdek muhim hisoblanadi. Ayniqsa yildan-yilga ko'rib hal qiluv qarori chiqarilayotgan ishlar soni ortib borayotgan fuqarolik ishlari uchun sudda ish yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish hozirgi kunda dolzarb masalalardan hisoblanadi. [2] Ma'lumotlarga qaraganda, so'nggi besh yil ichida faqatgina fuqarolik ishlari bo'yicha sudlar tomonidan ko'rib chiqilgan

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

100

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

ishlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari 3,4 barobar ko'paydi va 2012 yilda 2 milliondan ziyod hujjatni tashkil etdi. Shuningdek, tuman sudlari tuzilmasida, hududiy joylashuvida, sudyalar sonidagi mavjud jiddiy nomutanosibliklar ishlarni ko'rib chiqish sifatiga salbiy ta'sirini o'tkazmoqda. Sudyalar ish yuklamalarining yildan-yilga ortib borishi esa sudda ko'rilayotgan fuqarolik ishlarini hal etilishini kechikishiga, sud qarorlarining sifatini tushib ketishiga, qonunga zid, asossiz sud qarorlarining chiqarishi kabi holatlarga sabab bo'lmoqda. [3]

O'z navbatida fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari tomonidan odil sudlovni sifatli amalga oshirilishini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilinishini ta'minlash maqsadida soddalashtirilgan tartibda ish yuritishning mamlakatimiz fuqarolik protsessual qonunchiligida hozircha yagona bo'lib turgan buyruq tartibida ish yuritish institutini yanada takomillashtirish, bu borada xorijiy davlatlarning qonunchilik tajribasini chuqur tahlil qilgan holda asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Shu ma'noda, O'zbekiston Respublikasining 2018 yil 22 yanvardagi "O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksini tasdiqlash haqida"gi O'RQ-460-sonli Qonuni bilan O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi tasdiqlandi va 2018 yilning 1 aprelidan kuchga kirishi belgilandi. [4]

Mazkur Kodeksda ham Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 8-moddasida nazarda tutilgan huquqlar o'z ifodasini topadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 3-moddasida sud orqali himoyalanish huquqi, 4-moddada esa sudga murojaat qilish shakllari belgilandi. Ayniqsa, sudga murojaat qilishning zamonaviy shakllari, ya'ni elektron shaklda murojaat qilish shakli va tartibining belgilanishi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida nazarda tutilgan sud orqali himoyaning samarali amalga oshirilishini ta'minlashga xizmat qiladi. [5]

Yangi Fuqarolik protsessual kodeksiining 171-moddasida sud buyrug'i chiqarishning quyidagi talablari o'z ifodasini topgan:

1) talab notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan bo'lsa;

2) talab yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan bo'lsa;

3) kommunal xizmatlar yoki aloqa xizmatlari to'lovi bo'yicha qazrdorlikni tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan undirish to'g'risida talab arz qilingan bo'lsa;

4) voyaga etmagan bolalar uchun alimentlar undirish to'g'risidagi, otalikni belgilash bilan yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bog'liq bo'lmagan talab arz qilingan bo'lsa;

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

5) hisoblangan, lekin xodimga to'lanmagan ish haqini va unga tenglashtirilgan to'lovlarni undirish haqida talab arz qilingan bo'lsa;

6) fuqarolardan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha qarzdorlikni undirish to'g'risida talab arz qilingan bo'lsa;

7) ijara shartnomasida belgilangan ijara to'lovlari muddatida to'lanmaganligi sababli ushbu to'lovlarni undirish to'g'risida talab arz qilingan bo'lsa;

8) xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari a'zolaridan majburiy badallar va to'lovlarni undirish to'g'risida talab arz qilingan bo'lsa;

9) yo'zma bitim mavjud bo'lgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta'minoti bo'lgan ko'char mol-mulkka qaratish to'g'risida talab arz qilingan bo'lsa.

Ta'kidlash kerakki, notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan talab yuzasidan sud buyrug'ini chiqarish Rossiya, Belarus, Ozarbayjon va Qozog'iston FPKda ham o'z ifodasini topgan. Biroq Belarus FPKning 394-moddasida bundan pul mablag'larini to'lash majburiyatini keltirib chiqarishga asos bo'ladigan notarial tasdiqlangan bitimlar mustasno ekanligi belgilangan. [5]

Qonun hujjatlarimizdagi sud buyrug'ini chiqarishga asos bo'ladigan "agar voyaga etmagan bolalar uchun alimentlar undirish haqidagi, otalikni belgilash bilan yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bog'liq bo'lmagan talab arz qilingan"ligi to'g'risidagi normadan farqli ravishda Belarus FPKning 394-moddasi birinchi qismi 2-bandida "otalikni belgilash" tushunchasi bilan birga "onalikni belgilash" tushunchasi ham qo'llanilgan. Rossiya va Ozarbayjon FPKda otalik (onalik) borasida nizolashilayotgan yoki boshqa manfaatdor shaxslarni jalb qilish zarurati bilan bog'liq bo'lmagan talab bo'yicha sud buyrug'ining chiqarilishini istisno etadi. Bu borada Qozog'iston FPK bilan O'zbekiston FPKda normalar bir-biriga o'xshash, ya'ni ushbu normalarda agar voyaga etmagan bolalar uchun alimentlar undirish haqidagi, otalikni belgilash bilan yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bog'liq bo'lmagan talab bilan arz qilingan bo'lsa, sud buyrug'i chiqarish nazarda tutiladi. [6]

Rossiya FPKda esa aksincha, hisoblangan, lekin xodimga to'lanmagan ish haqi bilan birga xodimga hisoblangan, lekin to'lanmagan ta'til uchun to'lanadigan summani, ishdan bo'shagan vaqtdagi va (yoki) boshqa to'lovlarni undirish haqidagi talablar bilan arz qilinganda ham sud buyrug'ini chiqarish mumkin.

Shu o'rinda sud buyrug'ini chiqarishga asos bo'ladigan yuqoridagilarga o'xshash normalar Belarus FPKda mavjud emasligini ta'kidlash mumkin. [7]

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

Yuqoridagilardan kelib chiqib, yangi tahrirdagi FPKning 171-moddasiga quyidagi o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish taklif qilinadi:

1) ichki ishlar organlari, davlat ijro bo'linmalari qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish bo'yicha xarajatlarning o'rnini qarzdor tomonidan qoplash to'g'risidagi talab arz qilingan bo'lsa;

2) sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalovchi (sug'urta tashkiloti) tomonidan qarzni undirish to'g'risidagi talab arz qilingan bo'lsa;

3) aloqa xizmati bo'yicha qarzlarni undirish to'g'risidagi talab arz qilingan bo'lsa;

4) yagona jamg'arib boriladigan pensiya fondiga majburiy pensiya to'lovlarini undirish haqidagi talab arz qilingan bo'lsa.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: 2023.

2. Sh.M. Mirziyoev. Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi. -T.: 2022

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi PF-269-sonli «Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi FarmoniO'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli «2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi Farmon;

4. Inagamova M.M KONSTITUTSIYaVIY ISLOHOTLARDA INSON-JAMIYaT-DAVLAT MASALALARINING RIVOJLANISh BOSQIChLARI. Academic research in educational sciences 3 (TSTU Conference 2), 59-64

5. Dadasheva A.A.. O'zbekiston Respublikasi-Konstitutsiyaviy Islohotlar Davr Talabi (2022) Academic research in educational sciences 3 (10), 288-291

6. Egamberdieva N.X..Voyaga etmagan shaxsning hayoti va sog'lig'iga etkazilgan zararlarni qoplashning ayrim masalalari O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudining AXBOROTNOMASI

7. Kasimova A.A Dopros podozrevaemogo i obvinyaemogo: nekotortie protsessualntie aspektti Ekonomika, upravlenie i pravo: innovatsionnoe reshenie problem, 93-95

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

103

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.