Научная статья на тему 'ODIL SUDLOV. FUQAROLIK ISHLARI BO’YICHA SUDLARGA MUROJAAT QILISH TARTIBI'

ODIL SUDLOV. FUQAROLIK ISHLARI BO’YICHA SUDLARGA MUROJAAT QILISH TARTIBI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
297
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
nizo / Fuqarolik protsessual kodeksi / arbitraj / hal qiluv qaror / ariza / taklif / shikoyatlar / da’vo arizasi / iltimosnoma / shikoyat / apellyatsiya / kassatsiya / ajrim / qaror va buyruq. / dispute / Civil Procedure Code / arbitration / settlement decision / application / proposal / complaints / lawsuit / petition / complaint / appeal / Cassation / finding / decision and order.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Muhammad Ayub Farangiz Bori Shoh Qizi

Ushbu maqolada Fuqarolik ishlari bo’yicha sudlarga taaluqli ishlar, murojaat qilish tartibi, murojaat turlari va ko’rib chiqilish muddatlari keltirib o’tilgan. Shu o’rinda Fuqarolik ishlari bo’yicha sudlarga taaluqli ishlar bo’yicha dolzarb muommolar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FAIR TRIAL. PROCEDURE FOR APPLYING TO THE COURTS FOR CIVIL CASES

In this article, the procedure for applying to the courts on civil cases, types of applications and terms of consideration are discussed. In this regard, the courts on civil cases have been briefed on topical issues of criminal cases.

Текст научной работы на тему «ODIL SUDLOV. FUQAROLIK ISHLARI BO’YICHA SUDLARGA MUROJAAT QILISH TARTIBI»

ODIL SUDLOV. FUQAROLIK ISHLARI BO'YICHA SUDLARGA MUROJAAT

QILISH TARTIBI Muhammad Ayub Farangiz Bori Shoh qizi

Farg'ona viloyati yuridik texnikumi 1-kurs o'quvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6809674

Annotatsiya. Ushbu maqolada Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarga taaluqli ishlar, murojaat qilish tartibi, murojaat turlari va ko'rib chiqilish muddatlari keltirib o'tilgan. Shu o'rinda Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarga taaluqli ishlar bo'yicha dolzarb muommolar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: nizo, Fuqarolik protsessual kodeksi, arbitraj, hal qiluv qaror, ariza, taklif, shikoyatlar, da'voarizasi, iltimosnoma, shikoyat, apellyatsiya, kassatsiya, ajrim, qaror va buyruq. ПРАВОСУДИЕ. ПОРЯДОК ОБРАЩЕНИЯ В СУДЫ ПО ГРАЖДАНСКИМ ДЕЛАМ

Аннотация. В данной статье перечисляются дела, относящиеся к судам по гражданским делам, порядок обращения, виды обращений и сроки их рассмотрения. Здесь освещены актуальные вопросы по делам, относящимся к судам по гражданским делам.

Ключевые слова: спор, Гражданский процессуальный кодекс, арбитраж, решение, решение, заявление, предложение, жалоба, исковое заявление, ходатайство, жалоба, апелляция, кассация, определение, постановление и приказ.

FAIR TRIAL. PROCEDURE FOR APPLYING TO THE COURTS FOR CIVIL CASES

Abstract. In this article, the procedure for applying to the courts on civil cases, types of applications and terms of consideration are discussed. In this regard, the courts on civil cases have been briefed on topical issues of criminal cases.

Keywords: dispute, Civil Procedure Code, arbitration, settlement decision, application, proposal, complaints, lawsuit, petition, complaint, appeal, Cassation, finding, decision and order.

KIRISH

Odil sudlov davlat boshqaruvini tashkil etishning bir shakli boTib, davlatda sodir etilgan jinoyatlar va fuqarolik ishlariga oid masalalarni odilona, qonun asosida ko'rib chiqib hal etildi. Odil sudlov jinoyat prossessiual qonun talablari asosida amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXII bobida sud hokimiyatining amalga oshirilishi bayon etilgan boTib, unda shunday deyiladi. «O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalardan mustaqil holda ish yuritadi»1. Ozbekiston Respublikasi sud tizimi oziga xos tarzda ishlab chiqilgan. Sud ishlarini asosan 5 yil muddatga saylanadigan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi xo'jalik sudi, shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar va xo'jalik sudlaridan iboratdir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Odil sudlovdan foydalanish huquqi demokratik davlatlarda fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari ta'minlanishidir:

a) O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasiga asosan: "Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda oshkora ko'rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o'zini

himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta'minlanib beriladi. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo'ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas" - deb bayon etilgan. Shunga ko'ra, jinoyatda ayblanayotgan har bir shaxsning aybi faqat sud tomonidan, prossessual qonun talablari asosida korib chiqilishi lozim. Shu bilan birga, sud jarayonida ayblanuvchiga nisbatan tegishli sharoitlar yaratiladi.

b) Mulkiy siyosiy masalalar bo'yicha ham fuqaroga odil sudlov yordamidan foydalanish kafolatlangan. Ya'ni, fuqarolik huquqlarini tiklash, siyosiy tomondan oz huquqlarini himoya etilishini sud tomonidan korib chiqishini talab etish fuqaroning odil sudlovdan foydalanish huquqining bir sharti bolib hisoblanadi. Odil sudlovda fuqarolar huquqining ta'minlanishi sud idoralari orqali amalga oshiriladi.

Sud departamentining asosiy vazifalari.

Sud tizimini yanada isloh qilish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatdan va moliyaviy ta'minlanishini takomillashtirish, sudlar mustaqilligini mustahkam-ash shuningdek, sud qarorlarini o'z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta'minlash maqsadida, O zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2001- yil 22- sentabrda Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Sudlar departamenti Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatdan va moliyaviy ta'minlash departamenti" sifatida qayta tashkil etildi.

Sud ijrochisi ijro hujjatini olgan kundan e'tiboran uch kundan kechiktirmay ijro ishi yuritishini qo'zg'atish to'g'risida qaror chiqaradi. Sud ijrochisi ijro ishi yuritishini qo'zg'atish to'g'risidagi qarorda ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun ijro yuritish qo'zg'atilgan kundan e'tiboran kopi bilan besh kun muddat belgilaydi va qarzdorga belgilangan muddat tugagandan keyin ijro hujjatidagi talablar undan ushbu qonunning 82-moddasida nazarda tutilgan jarimani undirgan holda majburiy ijro etilishi to'g'risida ma'lum qiladi.

Aybsizlik prezumpsiyasi va barcha sudlarda oshkoralik prinsiplari.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanguncha va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ozining aybsizligini isbotlab berishi shart emas. Aybdorlikka oid barcha shubhalar basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan boTsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qollanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak (JPK-23-modda).

TADQIQOT NATIJALARI

Fuqarolik sudiga fuqarolik huquqiy munosabatlar, oila munosabatlari, mehnat munosabatlari bo'yicha nizolar yuzasidan murojaat qilinadi. Oila munosabatlarida nikohdan ajratish, aliment undirish, otalikni belgilab aliment undirish, nikoh davrida ortirilgan mulkni bo'lish kabi nizolarni keltirsak, mehnat nizolariga ishga tiklash, ish haqqi undirish va boshqa bir qator nizolarni misol qilib keltirsak bo'ladi. Bundan tashqari kredit qarzdorlikni undirish, shartnoma asosida qarzdorlikni undirish, meros masalalari bo'yicha ham murojaatlar qilinadi.

O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 5-bob 26-moddasiga binoan fuqarolik ishlari bo'yicha sudga quyidagi ishlar taalluqlidir:

• Fuqarolik, oila, mehnat, uy-joy, yer to'g'risidagi va boshqa munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar bo'yicha ishlar, agar taraflardan hech bo'lmaganda bittasi fuqaro bo'lsa, bundan

qonunda shunday nizolarni hal qilish boshqa sudlarga yoki boshqa organlarga topshiriladigan hollar mustasno;

• Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko'rib chiqiladigan ishlar;

• Hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to'g'risidagi va hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar;

• Chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi ishlar;

• Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining ma'muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to'g'risidagi ishlar.

MUHOKAMA

Sudlarga 2 turdagi ariza bilan muroaat qilish mumkin.

1) Oddiy xat tarzidagi, muayyan ish bilan bog'liq bo'lmagan murojaatlar: ariza, taklif, shikoyatlar (sudga ishga qabul qilish, sudning pochta manzilini ma'lum qilish, davlat bojini to'lash tartibini aniqash va shu kabilar). Bu toifadagi murojaatlar O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tog'risida"2 gi Qonunida belgilangan tartibda, ya'ni sudga kelib tushgan kundan e'tiboran 15 kun ichida, qo'shimcha o'rganish va (yoki) tekshirish, qo'shimcha hujjatlarni so'rab olish talab e'tilganda esa loygacha bo'lgan muddatda berilishi mumkin.

2) Muayyan nizo yoki ish bilan bog'liq bo'lgan murojaatlar: ariza, da'vo arizasi, iltimosnoma, shikoyat(qarzni undirish haqidagi da'vo arizasi,sud hujjatidan norozi bo'lib berilgan shikoyat va shu kabilar) Fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo'yicha — da'vo arizasi shaklida; buyruq tartibida ish yuritish bo'yicha, alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo'yicha, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza shaklida.Bu toifadagi murojaatlar Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarda Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda ko'rib chiqiladi (20-bob 188-m,193-m).

XULOSA

Fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilishi mumkin. Elektron shaklda shakllantirilgan fuqarolik ishining qog'ozdagi ko'chirma nusxasi bo'lishi mumkin.Fuqarlik ishlari bo'yicha sudga murojaat qilishda javobgarning yashash manzili bo'yicha murojaat qilinadi. Ya'ni javobgar qaysi hududda istiqomat qilsa o'sha hududdagi fuqarolik sudiga murojaat qilinadi.

Sud ko'rilayotgan va hal etilayotgan masala bo'yicha hal qiluv qarori, ajrim, qaror va buyruq qabul qiladi. Birinchi instantsiya sudi ishni mazmunan ko'rish natijalari bo'yicha hal qiluv qarori qabul qiladi, ayrim hollarda esa sud buyrug'i qabul qiladi. Apellyatsiya, kassatsiya instantsiyasi sudi ishni ko'rish natijalari bo'yicha ajrim chiqaradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

2. 1FPK 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son

3. 2O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 11.09.2017 yildagi O'RQ-445-son

4. 3https://lex.uz/docs/-3517337

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.