Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
OTALIKNI BELGILASH TO'G'RISIDAGI ISHLARNI SUDDA KO'RISHNING PROTSESSUAL XUSUSUYATLARI
Nargiza Xalimbayevna Egamberdiyeva
Yuridik fanlari nomzodi, dotsent
O'ktamov Asadbek Ulug'bek o'g'li
Toshkent davlat transport universiteti Iqtisodiyot fakulteti Yurisprudensiya talabasi
Oilaviy-huquqiy munosabatlarga oid normalar ichida otalikni belgilash to'g'risidagi masalalar oila huquqining markaziy institutlaridan biri hisoblanadi. Odatda, otalik tushunchasi negizida biologik va yuridik asoslar mavjud bo'lib, ular birgalikda otalikni belgilash munosabatlarini vujudga keltiradi. Amaldagi Oila kodeksi normalariga binoan, otalikni belgilash deb o'zaro nikohda bo'lmagan shaxslardan tug'ilgan bolaga nisbatan qonunda belgilangan tartibda FHDY yoki sud organlarida nasl-nasabning belgilanishiga aytiladi. [1]
Ota-onalar va bolalarning bir-birlariga nisbatan huquq majburiyatlari bolalarning qonunda belgilangan tartibda guvohlantirilgan nasabiga asoslangan holda ularning huquq va majburiyatlan bolaning tug'ilish vaqtida vujudga keladi. O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 78-moddasiga ko'ra:
Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdirlar.
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to'laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.
Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Odatda, bola va ona o'rtasidagi huquq majburiyatlar uning onasi nikohda bo'lishidan qat'iy nazar, ularning tug'ishganlik fakti tibbiy ma'lumotnomaga asosan vujudga keladi.
1968 yil 27 iyunda qabul qilingan SSR Ittifoqi va iitifoqdosh respublikalarning nikoh va oila to'g'risidagi qonun asoslarini tasdiqlash to'g'risidagi qaroriga ko'ra, sud tartibida otalikni belgilashga mazkur asoslar kuchga kiritilganidan, ya'ni 1968 yil 1 oktabrdan keyin tug'ilgan bolalarga nisbatan joriy etilishi belgilangan. Bolaning onasi bilan nikohda bo'lmagan, lekin o'zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs vafot etgan holatlarda uning
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
119
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
otalik faktini belgilashga qonunda ko'rsatilgan tartibda yo'l qo'yiladi.
Oila kodeksining 61-moddasiga ko'ra, o'zaro nikohda bo'lmagan ota-onadan bola tug'ilganda, otalik onaning va o'zini bolaning otasi deb tan olgan shaxsning birgalikdagi arizasiga muvofiq (bolaning onasi vafot etgan, u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, uning yashash joyini aniqlash imkoni bo'lmagan yoki u onalik huquqidan mahrum etilgan hollarda o'zini bolaning otasi deb tan olgan shaxsning arizasiga muvofiq) fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan belgilanadi. [2]
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan otalikni belgilash rad etilganda, o'z otaligini tan olgan shaxs tomonidan ma'muriy sudga shikoyat berilishi mumkinligi belgilab qo'yilgan.
O'zaro nikohda bo'lmagan ota-onadan bola tug'ilgan taqdirda, ota-onaning birgalikdagi arizasi yoki bola otasining arizasi bo'lmasa, Oila kodeksining 61-moddasida ko'rsatilgan hollarda otalik sud tartibida belgilanadi.
Otalikni belgilash to'g'risidagi talab qaysi organga, ya'ni FHDY organi yoki sudga yoxud sudning qaysi ish yuritish turiga taalluqli bo'lishidan qat'i nazar, otalikni belgilash to'g'risida ish qo'zg'atish uchun yagona asos, bu - bolaning onasi bilan otaligi taxmin qilinayotgan shaxs o'rtasida FHDY organida qayd etilgan nikohning bo'lmasligidir. Boshqa holatlar esa, otalikni belgilash to'g'risidagi ishlarni da'vo yoki alohida ish yuritish tartibida ko'rib chiqilishiga turlicha ta'sir qiladi. Masalan, bolaning 1968-yil 1-oktabrgacha yoki undan keyin tug'ilganlik vaqti da'vo tartibida ish yuritishga imkon bersa, alohida tartibda ish yuritishda esa ushbu sana otalikni tan olish va otalik faktlarini belgilashga sabab bo'ladi.
Otalikni belgilash to'g'risidagi talabning FHDY organiga taalluqli bo'lishi uchun quyidagi shartlar mavjud bo'lishi kerak; [3]
• Bolaning onasi bilan o'zini bolaning otasi deb tan olayotgan shaxs o'rtasida FHDY organida qayd etilgan nikohning mavjud emasligi; bolaning onasi bilan o'zini bolaning otasi deb tan olayotgan shaxsning birgalikdagi arizasining mavjudligi;
• Ona vafot etganda, ona muomalaga layoqatsiz deb topilganda, onaning qayerdaligini aniqlash imkoniyati bo'lmaganda, ona onalik huquqidan mahrum qilinganda o'zini bolaning otasi deb tan olayotgan shaxsning vasiylik va homiylik organi bilan kelishilgan arizasining mavjudligi;
• Bolaning otasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganida ota homiysining vasiylik va homiylik organi bilan
Civil Society and a People-Friendly State
etishning huquqiy kafolati
kelishilgan arizasining mavjudligi.
December 1-7, 2023
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
Quydagi asoslar mavjud bo'lgan taqdirda otalikni belgilash huquqi FHDY organlari tomonidan belgilashga yo'l qo'yiladi. [4]
Otalikni sud yo'li bilan belgilashda sudya ish qo'zg'atish jarayonida dastlab talabning oila qonunchiligining tegishli normalariga mos kelish-kelmasligini, talabning sudga taalluqli ekanligini, talabning qaysi turkumdagi ish yuritish tartibida ko'rilishini hal qilishi lozim. Agar suhbat davomida javobgar bolaning otasi ekanligini tan olsa, sud taraflarga otalikni OK 61-moddasining birinchi qismiga muvofiq fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga birgalikda ariza berish orqali ixtiyoriy rasmiylashtirish imkoniyatini tushuntirishi va shu maqsadlarda taraflarga muayyan muddat berishi lozim. Barcha fuqarolik ishlari kabi otalikni belgilash to'g'risidagi ishlarga ham taalluqlilikning umumiy qoidalari tatbiq qilinadi va shu asosda mazmunan ko'rib hal qilinadi. [5]
Da'voli ishlarni sudga taalluqligining umumiy qoidalariga asoslangan holda otalikni belgilash to'g'risidagi ishlarning sudga taalluqli ekanligini quyidagi shartlarda ko'rish mumkin:
• Bolaning onasi bilan otaligi taxmin qilinayotgan shaxs o'rtasida FHDY organida qayd etilgan nikohning mavjud emasligi;
• Bolaning onasi bilan otaligi taxmin qilinayotgan shaxs o'rtasida FHDY organiga birgalikda topshirilgan arizaning bo'lmasligi;
• Otaligi taxmin qilinayotgan shaxsning otalikni tan olganlik haqidagi vasiylik va homiylik organi bilan kelishilgan arizasining bo'lmasligi;
• Bolaning asoslar amalga kiritilgandan keyin, ya'ni 1968 yil 1 oktabrdan keyin tug'ilgan bo'lishi;
• Otaligi taxmin qilinayotgan shaxsning hayot ekanligi.
Qonunda mazkur toifa ishlar bo'yicha da'vo muddati nazarda tutilmagan bo'lib, otalik bola tug'ilganidan so'ng istalgan vaqtda belgilanishi mumkin. Bunda shuni e'tiborga olish kerakki, Oila kodeksi 62-moddasining ikkinchi qismi mazmuniga ko'ra, o'n sakkiz yoshga to'lgan bolaga nisbatan otalik faqat uning roziligi bilan, agar u muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo'lsa, uning vasiysi yoki vasiylik va homiylik organining roziligi bilan belgilanilishiga yo'l qo'yiladi. [6]
Javobgar tomonidan otalik sud majlisida tan olinganda, sud FPK ning 44, 226-moddalariga muvofiq da'vo tan olinganligini qabul qilish masalasini muhokama qilishi va u qabul qilinganda, ish holatlarini mazmunan tekshirmasdan, otalikni belgilash to'g'risida hal qiluv qarori
Civil Society and a People-Friendly State
ty
etishning huquqiy kafolati
chiqarishi lozim. [7]
December 1-7, 2023
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
Zarur hollarda bolaning kelib chiqishini (masalan, homila paydo bo'lish vaqtini, urug'lantirish qobiliyati bor-yo'qligini va h.k.) aniqlash maqsadida sud, OK 62-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan shartlar mavjud bo'lganda, o'z tashabbusi yoki taraflarning iltimosnomasi bo'yicha ish yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi, odam dnksi sud-biologik ekspertizasi tayinlashi mumkin.
Javobgar tomonidan otalik sud majlisida tan olinganda, sud FPK ning 44, 226-moddalariga muvofiq da'vo tan olinganligini qabul qilish masalasini muhokama qilishi va u qabul qilinganda, ish holatlarini mazmunan tekshirmasdan, otalikni belgilash to'g'risida hal qiluv qarori chiqarishi lozim.
O'n olti yoshga to'lgan voyaga etmagan to'la muomalaga layoqatli deb e'lon qilinganda (emansipatsiya), bunday voyaga etmaganga nisbatan ham faqat uning roziligi bilan otalik belgilanilishiga yo'l qo'yiladi. [8]
Ko'pgina hollarda otalikni belgilash to'g'risidagi da'volarda bir vaqtning o'zida bolaga nisbatan aliment undirish to'g'risidagi talab ham keltirilishi mumkin. Bunday hollarda muqobil sudlovlilik qoidalariga rioya qilinishi kerak. Shunga asosan, bunday da'volar O'zbekiston Respublikasi FPK ga ko'ra, javobgarning turar joyi yoki da'vogarning turar joyidagi sudga berilishi mumkin. Otalikni belgilash to'g'risidagi ishlarning alohida ish yuritish tartibida ham ko'rib chiqilishini inobatga olsak, bunday turkumdagi arizalar arizachi yashab turgan joydagi sudga beriladi (O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 296-moddasi).
Otalikni faktini belgilash to'g'risidagi fuqarolik ishini alohida ish yuritish tartibida ko'rib chiqiladi. Chunki amaldagi Oila kodeksining 62-moddasida, bolaning onasi bilan nikohda bo'lmagan, lekin o'zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs vafot etgan taqdirda, uning otalik fakti sud tomonidan belgilanishi mumkinligi ta'kidlangan.
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 293-moddasiga ko'ra, otalikni faktini belgilash yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlar turkumiga kiritilgan bo'lib quyidagi shartlar asosida sud tomonidan qabul qilinishi mumkin:
• Arizachiga bu faktni belgilash tegishli huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarsa;
• Arizachi bu faktni tasdiqlaydigan tegishli hujjatlarni boshqacha (sudsiz) yo'l bilan olish yoki tiklash imkoniyatiga ega bo'lmasala;
• Bu faktni belgilash fuqarolarning shaxsiy yoki mulkiy huquqlarini bevosita keltirib chiqarsa, o'zgartirsa yoki tugatsa.
Shuni nazarda tutish lozimki, qonunda (OK 62-moddasi uchinchi qismi) otalikni belgilash to'g'risidagi nizolarni
Civil Society and a People-Friendly State
ty
etishning huquqiy kafolati
December 1-7, 2023
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
hal etish chog'ida sud e'tiborga olishi zarur bo'lgan muayyan shartlar belgilangan. Bu shartlar quyidagilardir:
• Bolaning onasi va javobgarning bola tug'ilishiga qadar birgalikda yashaganliklari va umumiy ro'zg'or yuritganliklari;
• Bolaning onasi va javobgar bolani birgalikda tarbiya qilganliklari yoki ta'minlab turganliklari;
• Javobgar otalikni tan olganligini ishonchli tasdiqlovchi boshqa dalillar mavjudligi.
Otalikni belgilash to'g'risidagi talablarni qanoatlantirish uchun ko'rsatib o'tilgan shartlardan bittasi ish bo'yicha aniqlanishi etarli hisoblanadi.
Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlar tomonidan birinchi instansiyada ko'rilgan otalikni belgilash bilan bog'liq ishlar yuzasidan statistik malumotlarga ko'ra 2023 yilning 9 oyi davomida hududlar bo'yicha 2591 ta ishlar ko'rib tamomlangan, shundan 2117 ta ish qanoatlantirilgan; 35 ta ish rad etilgan, 37 ta ish yuritish tugatilgan 372 ta ish ko'rmasdan qoldirilgan. Hududlar kesmida eng ko'p ko'ril gan ishlar Samarqand viloyatiga to'g'ri keladi 441 ta ishlar ko'rib chiqilgan, eng kam ko'rilgan ishlar Navoiy viloyatida 74 ta ish ko'rib chiqilgan. [9]
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: 2023.
2. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 25.11.2011 yildagi 8-son Sudlar tomonidan otalikni belgilashga oid ishlarni ko'rishda qonunchilikning qo'llanilishi to'g'risida.
3. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 22.01.2018
4. "O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksi " , 30.04.1998
5. M.M. Mamasiddiqov, Z.N. Esanova, D.Y. Xabibullayev. Fuqarolik protsessual huquqi. Yuridik texnikum o'quvchilari uchun darslik. -T.: TDYU, 2021.-284 b.
6. Dadasheva A.A.. INSON HUQUQLARI BO'YIChA XALQARO INSTITUTLAR (2023) InnovatsionnLie issledovaniya v sovremennom mire: teoriya i praktika 2 (17), 87-90
7. Kasimova A.A Rol jen^inLi v sovremennoy nauke Society and innovations/in Science LLC 8 (08/2023), 226-234
8. Egamberdieva N.X.. Delikt majburiyatlarning xuquqiy tabiyati O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o'quv kurslari AXBORATNOMASI
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
123
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
9. Inagamova M.M Ayol huquqlarini himoya ilishda ichchki ishlar organlari ishtirokining huquqiy mexanizlarini takomillashtirish Scienceweb academic papers collection
10. Sharifovna, Y. N. (2021). Theoretical Fundamentals of Spiritual Culture Research. American Journal of Social and Humanitarian Research, 2(9), 111-115.
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
124