Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON FUQAROLIGIGA TAN OLISH TARTIBI'

O’ZBEKISTON FUQAROLIGIGA TAN OLISH TARTIBI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
277
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Fuqarolik / O’zbekiston respublikasi fuqarosi / fuqarolikka tan olish / fuqaroligi bo‘lmagan shaxs. / Гражданство / гражданин Республики Узбекистан / признание гражданства / лицо без гражданства.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Aliyarov Sherzod Muratovich

Bugungi kunda, har bir davlat jahon hamjamiyatida munosib o‘ringa ega bo‘lishi va o‘z xalqiga munosib turmush darajasini ta’minlashi, teng huquqlik prinsipiga amal qilib, ularning tinch va farovon yashashligi uchun barcha say-harakatlarni amalga oshiradi. So‘ngi yillarda yurtimizda ham bu borada qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasida doimiy yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham O’zbekiston fuqaroligini olishda bir qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. 1991 yildan hozirgi kunga qadar 23 720 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O’zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan bo‘lsa, 2020 yildan hozirgi kunga qadar qisqa vaqt ichida 47 157 nafar shaxslar O’zbekiston fuqaroligiga tan olindi. Ushbu maqolada yangi tahrirdagi “O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni ko‘rib chiqishning yangilangan tartibini belgilash to‘g‘risida”gi PF-6185-sonli Farmoni, fuqarolikka tan olish tartibi haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПОРЯДОК ПРИЗНАНИЯ ГРАЖДАНСТВА УЗБЕКИСТАНА

Сегодня каждая страна занимает достойное место в мировом сообществе и обеспечивает достойный уровень жизни своего народа, придерживается принципа равноправия, прилагает все усилия для его мирной и благополучной жизни. В последние годы в этой связи в нашей стране проведен ряд положительных работ. В частности, реализуется ряд положительных изменений в получении гражданства Узбекистана лицами без гражданства, постоянно проживающими в Республике Узбекистан. С 1991 года по настоящее время в гражданство Узбекистана принято 23 720 лиц без гражданства, а с 2020 года по настоящее время – 47 157 человек. В данной статье новая редакция Закона «О гражданстве Республики Узбекистан», Указ Президента Республики Узбекистан «Об установлении обновленного порядка рассмотрения вопросов, связанных с гражданством Республики Узбекистан»

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON FUQAROLIGIGA TAN OLISH TARTIBI»

O'ZBEKISTON FUQAROLIGIGA TAN OLISH TARTIBI Aliyarov Sherzod Muratovich

Surxondaryo viloyati, IIB M va FRB MTB inspektori, kapitan https://doi.org/10.5281/zenodo.7551971

Annotatsiya: Bugungi kunda, har bir davlat jahon hamjamiyatida munosib o'ringa ega bo'lishi va o'z xalqiga munosib turmush darajasini ta'minlashi, teng huquqlik prinsipiga amal qilib, ularning tinch va farovon yashashligi uchun barcha say-harakatlarni amalga oshiradi. So'ngi yillarda yurtimizda ham bu borada qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasida doimiy yashab kelayotgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ham O'zbekiston fuqaroligini olishda bir qator ijobiy o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. 1991 yildan hozirgi kunga qadar 23 720 nafar fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan bo'lsa, 2020 yildan hozirgi kunga qadar qisqa vaqt ichida 47 157 nafar shaxslar O'zbekiston fuqaroligiga tan olindi. Ushbu maqolada yangi tahrirdagi "O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi to'g'risida"gi qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni ko'rib chiqishning yangilangan tartibini belgilash to'g'risida"gi PF-6185-sonli Farmoni, fuqarolikka tan olish tartibi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar. Fuqarolik, O'zbekiston respublikasi fuqarosi, fuqarolikka tan olish, fuqaroligi bo'lmagan shaxs.

ПОРЯДОК ПРИЗНАНИЯ ГРАЖДАНСТВА УЗБЕКИСТАНА

Aннотация: Сегодня каждая страна занимает достойное место в мировом сообществе и обеспечивает достойный уровень жизни своего народа, придерживается принципа равноправия, прилагает все усилия для его мирной и благополучной жизни. В последние годы в этой связи в нашей стране проведен ряд положительных работ. В частности, реализуется ряд положительных изменений в получении гражданства Узбекистана лицами без гражданства, постоянно проживающими в Республике Узбекистан. С 1991 года по настоящее время в гражданство Узбекистана принято 23 720 лиц без гражданства, а с 2020 года по настоящее время - 47 157 человек. В данной статье новая редакция Закона «О гражданстве Республики Узбекистан», Указ Президента Республики Узбекистан «Об установлении обновленного порядка рассмотрения вопросов, связанных с гражданством Республики Узбекистан» ОФ -6185- Постановление №.

Ключевые слова. Гражданство, гражданин Республики Узбекистан, признание гражданства, лицо без гражданства.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o'rnatilgan. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo'lganlikdan qat'i nazar, hamma uchun tengdir. Qoraqalpog'iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O'zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi. Fuqarolikka ega bo'lish va uni yo'qotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilangan. O'zbekiston Respublikasi o'z hududida ham, uning tashqarisida ham o'z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko'rsatishni kafolatlaydi. O'zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta'minlanadi. Ular O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado etadilar. O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun

oldida tengdirlar. O'zbekiston Respublikasida har bir inson fuqaro bo'lish huquqiga egadir. Hech kim O'zbekiston Respublikasining fuqaroligidan mahrum qilinishi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, yoki fuqarolikni o'zgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvar kunidagi Oliy Majlisga murojaatnomasida, mamlakatimizda uzoq vaqtdan beri yashab kelayotgan, lekin O'zbekiston fuqarosi degan huquqiy maqomga ega bo'la olmayotgan minglab yurtdoshlarimizning ana shu muammosini qonuniy hal etish bo'yicha tashkiliy-huquqiy choralarni ko'rish vaqti kelganligigni, Xususan, 1995 yilgacha O'zbekistonga kelgan va shundan buyon istiqomat qilayotgan shaxslarga O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi avtomatik tarzda berilishi darkorligini, shu tariqa 50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning fuqarolik bilan bog'liq uzoq yillardan buyon echilmasdan kelayotgan muammolari hal etilishini takidlab o'tib, Vazirlar Mahkamasiga bu masalani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda ko'rib chiqib, 2020 yil 1 mayga qadar tegishli qonun loyihalarini taqdim etishi bo'yicha topshiriq bergan.

2020 yil 13 mart kuni O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi "O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi to'g'risida"gi 610-sonli qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunga asosan 1995 yil 1 yanvar kuniga qadar O'zbekiston Respublikasi hududidga ko'chib kelib, doimiy ro'yxatdan o'tgan va uzluksiz yashab kelayotgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslar istak bildirsa, O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi mumkunligi qayd qilingan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabr kunidagi Oliy Majlisga murojaatnomasida 2020 yili 1995 yilgacha yurtimizga ko'chib kelganlarga O'zbekiston fuqaroligini to'g'ridan-to'g'ri berish tartibi belgilandi. Bu bilan 50 ming nafardan ortiq shaxslarga fuqarolik olish imkoniyati yaratilganligini, 2021 yilda bu ishlarni davom ettirib, 2005 yilgacha mamlakatimizga kelib doimiy yashayotgan, fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga ham to'g'ridan-to'g'ri O'zbekiston fuqaroligini berish masalasini ko'tarib, bu o'zgarish bilan yana 20 ming kishi O'zbekiston fuqarosi bo'lish imkoniyatiga ega bo'lishini, bundan buyon yurtimizda 15 yil davomida muqim yashagan fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga to'g'ridan-to'g'ri O'zbekiston fuqaroligini berishning doimiy tartibi joriy qilinishini ma'lum qildi.

Yurtboshimizning tashabbusi bilan "O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Qonuniga muvofiq, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqlarini ishonchli himoya qilish, fuqarolik masalalarini ko'rib chiqishda ilg'or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, vatandoshlarimizni mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarni qo'llab-quvvatlash jarayoniga faol jalb etish uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 martdagi "O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni ko'rib chiqishning yangilangan tartibini belgilash to'g'risida"gi PF-6185-sonli Farmoni tasdiqlandi.

2021 yil 14 iyun kuni "O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga qo'shimcha va o'zgartirish kiritilganidan so'ng, 2005 yil 1 yanvar kuniga qadar O'zbekiston Respublikasi hududiga doimiy yashash uchun ko'chib kelib, doimiy ro'yxatdan o'tganlar hamda 15 yil davomida respublika hududida doimiy ro'yxatdan o'tib yashab kelayotgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini berish tartibi ya'ni O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini tan olish instituti joriy qilindi.

O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish yuzasidan belgilangan shakldagi ariza bilan birgalikda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

• ariza-so'rovnoma;

• yashash guvohnomasi (fuqaroligi bo'lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasi);

• nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to'g'risidagi guvohnoma (mavjud bo'lsa);

• ariza beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi o'zgarganligi haqidagi ma'lumotnoma (o'zgarishlar mavjud bo'lsa);

• 2005-yil 1-yanvarga qadar O'zbekiston Respublikasiga kirib kelganligini va doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olinganligini yoki O'zbekiston Respublikasi hududida o'n besh yil va undan ortiq yil davomida doimiy yashab kelayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar;

Basharti, mavjud ma'lumotlar bo'yicha shaxsning O'zbekiston Respublikasida 2005 yil 1 yanvarga qadar doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olinganligi yoki O'zbekiston Respublikasida kamida o'n besh yil davomida doimiy yashab kelayotganligi holatini tasdiqlash imkoni bo'lmaganda, shaxsga hujjatlar qaytarib beriladi va ushbu faktni sud tartibida tasdiqlashga haqli ekanligi tushuntiriladi.

Mas'ul xodim tomonidan ushbu hujjatlarning qonuniyligi o'rganib chiqilgan holda, aslidan nusxa olinib, muhr bilan tasdiqlanadi va hujjatlarning asli ariza beruvchiga qaytarib beriladi.

Doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olinganlik holati fuqaroligi bo'lmagan shaxsga nisbatan yuritilgan yig'ma ish jildida saqlangan sobiq ittifoq pasporti hamda hisob varaqalari, uy daftari yoki xo'jalik kitobida doimiy ro'yxatdan o'tganlik (propiskaga qo'yganlik) to'g'risidagi belgining mavjudligi bilan tasdiqlanishi mumkin.

Hujjatlarni qabul qilgan mas'ul xodim tomonidan o'n ish kuni ichida fuqaroligi bo'lmagan shaxsga nisbatan yuritilgan materialdagi fuqaroligi bo'lmagan shaxs maqomini belgilash uchun asos bo'lgan hamda uning doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olinganligini tasdiqlovchi hujjatlardan nusxa olinadi, gerbli muhr va o'z imzosi bilan tasdiqlanadi va material Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga yuboriladi.

Taqdim etilgan hujjatlar bir oylik muddatda o'rganib chiqilib, "O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida nazarda tutilgan holatlar o'z tasdig'ini topgan taqdirda, xulosa tayyorlanadi va Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.

Xulosaning nusxasi to'plangan materialga nusxasiga ilova qilinib, Ichki ishlar vazirligiga kelishish uchun yuboriladi.

Ichki ishlar vazirligi kelib tushgan materialni bir oydan ko'p bo'lmagan muddatda o'rganib chiqib, xulosa asoslantirilganligini tekshiradi va o'z munosabati bildirilgan xatni Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari orqali hududiy ichki ishlar organiga yuboradi.

Ichki ishlar organi tomonidan ariza beruvchiga bu haqda uch ish kuni ichida xabar beriladi va identifikatsiyalovchi kartasini rasmiylashtirish choralari ko'riladi.

"O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi uchinchi qismiga muvofiq:

ota-onasidan biri (yolg'iz otasi yoki onasi) O'zbekiston Respublikasi fuqarolari deb tan olingan;

chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan;

O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lish istagini bildirgan fuqaroligi bo'lmagan shaxs O'zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olinadi.

Basharti ota-onasi (yolg'iz ota yoki onasi) bilan birga O'zbekiston Respublikasiga kirib kelgan bola doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olinmagan bo'lsa, ota yoki onasining doimiy ro'yxatga olingan joyi uning doimiy ro'yxatga olingan joyi hisoblanadi.

Ushbu bandda nazarda tutilgan shaxsga doir O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish yuzasidan hujjatlarni qabul qilish va materialni ko'rib chiqish uning ota-onasidan birining (yolg'iz otasi yoki onasi) O'zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olinganligi bo'yicha tegishli xulosalar mavjud bo'lgan taqdirda, o'rnatilgan tartibda hujjatlar qabul qilinadi va ijroga qaratiladi.

Quyidagi shaxslarning ham O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish yuzasidan arizalari "O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi uchinchi qismiga muvofiq ko'rib chiqilishi mumkin:

a) agar ota-onasidan biri (yolg'iz ota yoki onasi) 2005-yil 1-yanvarga qadar O'zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelib yoki o'n besh yil davomida doimiy yashab kelayotgan va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan fuqarolikka qabul qilingan bo'lsa;

b) agar ota-onasidan biri 2005-yil 1-yanvarga qadar O'zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelib, doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan va vafot etgan bo'lsa.

O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish uchun yetarli asoslari mavjud bo'lmagan shaxslar, o'z xohishlariga ko'ra O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini umumiy tartibda qabul qilish uchun murojaat qilishlari mumkin.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

"O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi to'g'risida"gi Qonunning yangi tahririda hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-martdagi "O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni ko'rib chiqishning yangilangan tartibini belgilash to'g'risida"gi PF-6185-sonli Farmonida:

• "yashash guvohnomasi", "tekshiruv varag'i", "xorijiy davlat fuqarosi" va boshqa atamalar kiritilmoqda;

• fuqarolikning asosiy prinsiplari mustahkamlab qo'yiladi: yagona fuqarolik, teng huquqlilik, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar sonini qisqartirish, ochiq-oshkoralik;

• fuqarolik olish turlari qayd etilgan: umumiy, tan olish, qisqartirilgan va istisno tariqasida;

• Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari maqomi, vazifalari va vakolatlari belgilangan;

• 2005-yil 1-yanvar kuniga qadar O'zbekiston Respublikasi hududiga doimiy yashash uchun ko'chib kelib, doimiy ro'yxatdan o'tganlar hamda 15 yil davomida respublika hududida doimiy ro'yxatdan o'tib yashab kelayotgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga respublika fuqarolari deb e'tirof etiladi;

• ota-onasidan biri (yolg'iz otasi yoki onasi) O'zbekiston Respublikasi fuqarolari deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan bola ham O'zbekiston respublika fuqarolari deb e'tirof etiladi;

• ota-onasi (yolg'iz ota yoki onasi) bilan birga O'zbekiston Respublikasiga kirib kelgan bola doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olinmagan bo'lsa, ota yoki onasining doimiy ro'yxatga olingan joyi uning doimiy ro'yxatga olingan joyi hisoblanadi;

• tug'ilgan joyi va ota-onasining fuqaroligidan kelib chiqqan holda xorijiy davlat fuqarolari hisoblangan bolalarga O'zbekiston fuqaroligini berish tartibi belgilandi;

• fuqarolikni yo'qotishga sabab bo'ladigan konsullikda hisobga turmaslik muddati 3 yildan 7 yilgacha etib o'zgartirildi;

O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda olinadi:

• tug'ilganlik bo'yicha;

• bola farzandlikka olinganda;

• O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, tan olish va uni tiklash natijasida;

• O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida va Qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko'ra ham olinishi mumkin.

Respublikaning fuqaroligini belgilangan tartibda olgan shaxsga quyidagi hujjatlar beriladi:

• ichki ishlar organi tomonidan - O'zbekiston fuqarosining identifikatsiyalovchi kartasi yoki respublikaning fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat;

• konsullik muassasasi tomonidan - O'zbekiston fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti yoki respublikaning fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat.

• 2005-yil 1 yanvarga qadar O'zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo'lmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

• O'zini O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to'g'risidagi ariza bilan murojaat qilgan kunga qadar O'zbekiston Respublikasida kamida o'n besh yil doimiy yashab kelayotgan va mazkur davr mobaynida chet davlat fuqaroligida bo'lmagan shaxs O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

• Ota-onasidan biri (yolg'iz otasi yoki onasi) O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O'zbekiston Respublikasida yashab kelayotgan bola xohish bildirgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

• Nazarda tutilgan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lmagan taqdirda, ariza beruvchi ushbu faktlarni sud tartibida aniqlashi mumkin.

Quyidagilar O'zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi:

1. 1992-yil 28-iyul holatiga ko'ra O'zbekiston Respublikasida doimiy yashagan, chet davlat fuqarosi bo'lmagan va O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lish istagini bildirgan shaxs;

2. O'zbekiston hududida yashagan va 1992-yil 28-iyulga qadar o'qish uchun O'zbekistondan tashqariga chiqib ketgan hamda uzluksiz ravishda ta'lim olgan yoxud harbiy xizmatni o'tagan va o'qish yoki harbiy xizmat tugaganidan keyin 1 yil ichida O'zbekistonga qaytib kelgan hamda O'zbekiston Respublikasida doimiy ro'yxatdan o'tgan shaxs, basharti uning chet davlat fuqaroligi mavjud bo'lmasa;

3. 2005-yil 1-yanvar kuniga qadar O'zbekiston Respublikasi hududiga doimiy yashash uchun ko'chib kelib, doimiy ro'yxatdan o'tganlar hamda 15 yil davomida respublika hududida doimiy ro'yxatdan o'tib yashab kelayotgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslar istak bildirsa;

4. Qonun kuchga kirgan kunda O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo'lgan shaxs;

5. Qonunga muvofiq O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan shaxs.

XULOSA

Alohida hollarda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi oldida juda katta xizmatlari bo'lgan yoki fan, texnika va madaniyat sohasida yuksak yutuqlarga erishgan, shuningdek respublika uchun qiziqarli kasb va malakaga ega bo'lgan ayrim shaxslar "O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni 19-moddasining 1, 2 va 3-bandlarida bayon etilgan talablar hisobga olinmay, O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilinishlari mumkin.

O'zbekiston Respublikasi oldidagi juda katta xizmatlar deyilganda quyidagilarni: O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining Oliy organlari bergan ordenlar, medallar, faxriy unvonlar, hukumat faxriy yorliqlari va ularga teng keladigan rag'batlantiruvchi hujjatlarning borligini tushunish lozim. Fan, texnika va madaniyat sohasidagi yuksak natijalarga erishganlik deyilganda shaxs milliy, xalqaro mukofotlarga, rag'batlantirishning boshqa turlariga yoki o'z ixtisosi bo'yicha xalqaro tashkilotlarga a'zo bo'lishga, o'z tarmog'i bo'yicha xalqaro tadbirlarda jyuri a'zosi sifatida ishtirok etishga erishganligini, turli xalqaro tashkilotlarda haqiqiy va faxriy unvonlari borligini tushunish zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Aliyarov Sherzod Muratovich. (2023). O'ZBEKISTON FUQAROLIGINI OLISH. EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH, 2(13), 1563-1567. https://doi.org/10.5281/zenodo.7498197

2. Aliyarov Sherzod Muratovich. (2022). O'ZBEKISTON FUQAROLIGINI OLISH TARTIBI. ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE, 1(20), 190-193. https://doi.org/10.5281/zenodo.7496356

3. http:// www.lex.uz (O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik portali);

4. http:// www.dslib.net;

5. http:// www.dissforal.com;

6. http:// www.samdu.uz;

7. http:// www.library.ziyonet.uz;

8. http:// www.elibrary.ru;

9. http:// www.SciyenceDirect.com;

10. http:// www.GoogleScholar.com

11. https:// www.ResearcheGate.com.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.