Научная статья на тему 'FRANSIYA VA KOREYA RESPUBLIKALARIDA FUQAROLIKKA DOIR ISHLARNI YURITISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

FRANSIYA VA KOREYA RESPUBLIKALARIDA FUQAROLIKKA DOIR ISHLARNI YURITISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
437
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fuqarolik / ikki fuqarolik / fuqarolikka qabul qilish (naturalizatsiya) / fuqarolikka qabul qilish shartlari / chet ellik / citizenship / dual citizenship / admission to citizenship (naturalization) / conditions of admission to citizenship / foreigners.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Yuldashev, Djaxongir Xayitovich

Maqolada Fransiya va Koreya Respublikalarining fuqarolikka doir ishlarni yuritish faoliyatining huquqiy tartibga solinishi hamda o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan. Ushbu davlatlar qonunchiligidagi ilg‘or tajribalarni tahlil qilish asosida milliy qonunchiligimizni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF CITIZENSHIP IN FRANCE AND KOREA

The article examines the legal regulation and specific features of the citizenship issues of the French and Korean Republics. Based on the analysis of advanced experience in the legislation of these states, proposals and recommendations were developed to improve our national legislation.

Текст научной работы на тему «FRANSIYA VA KOREYA RESPUBLIKALARIDA FUQAROLIKKA DOIR ISHLARNI YURITISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

FRANSIYA VA KOREYA RESPUBLIKALARIDA FUQAROLIKKA DOIR ISHLARNI YURITISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Yuldashev Djaxongir Xayitovich

O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi doktoranti, yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori, dotsent

ANNOTATSIYA

Maqolada Fransiya va Koreya Respublikalarining fuqarolikka doir ishlarni yuritish faoliyatining huquqiy tartibga solinishi hamda o'ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan. Ushbu davlatlar qonunchiligidagi ilg'or tajribalarni tahlil qilish asosida milliy qonunchiligimizni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: fuqarolik, ikki fuqarolik, fuqarolikka qabul qilish (naturalizatsiya), fuqarolikka qabul qilish shartlari, chet ellik.

ABSTRACT

The article examines the legal regulation and specific features of the citizenship issues of the French and Korean Republics. Based on the analysis of advanced experience in the legislation of these states, proposals and recommendations were developed to improve our national legislation.

Keywords: citizenship, dual citizenship, admission to citizenship (naturalization), conditions of admission to citizenship, foreigners.

АННОТАЦИЯ

В статье исследуются правовое регулирование и особенности вопросов гражданства Французской и Корейской Республик. На основе анализа передового опыта законодательства этих государств были разработаны предложения и рекомендации по совершенствованию нашего национального законодательства.

Ключевые слова: гражданство, двойное гражданство, прием в гражданство (натурализация), условия приема в гражданство, иностранцы.

KIRISH

Hozirda fuqarolik munosabatlarini tartibga solish har bir davlatning o'ziga xos huquqiy siyosati va xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Biroq shu bilan birga, shaxs huquqiy maqomini belgilash amaliyotida rivojlangan davlatlarning ilg'or tajribalarini inobatga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu asosda fuqarolikka doir ishlarni yuritish borasida o'ziga xos tajribaga ega davlatlar: Fransiya va Koreya Respublikalari qonunchiligi va amaliyotini tahlil qilish asosida milliy qonunchiligimizni

yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan xulosa, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish lozim deb hisoblaymiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Fransiya. Fuqarolikka doir munosabatlar fransuz huquqida o'ziga xos shakllanish tendensiyasiga ega. 1803 yildan 1927 yilga qadar mazkur masalalar mamlakatning Fuqarolik kodeksida mustahkamlangan. Ya'ni, tahlil qilinayotgan institutning xususiy yoki ommaviy huquqning predmeti ekanligi borasida yagona yondashuvning yo'qligi 1927 yilda ushbu masalalarni tartibga soluvchi Fuqarolik to'g'risidagi kodeksning qabul qilinishiga sabab bo'lgan. Bunda asosiy muammo fuqarolikka doir ishlarni yuritishda yuzaga kelgan nizolarning umumiy yoki ma'muriy yurisdiksiya sudlariga taalluqliligini hal etish bo'lgan. 1993 yilga kelib, mazkur hujjat qoidalari yana fuqarolik kodeksiga kiritilib, unga binoan fuqarolik shaxs huquqiy maqomi elementlaridan biri sifatida tan olindi [1; B. 176].

1993 yildagi qonun bilan kiritilgan o'zagrtirishlar natijasida ota-onasi chet el fuqarosi bo'lib, Fransiyada tug'ilgan, 16 yoshdan 21 yoshgacha bo'lgan shaxs (bola) o'z xohishi bilan fransuz fuqaroligini olish bo'yicha istak bildirsa va mamlakatda 5 yil doimiy yashaganlik faktini isbotlasa, Fransiya fuqaroligiga qabul qilinishi mumkin bo'lgan.

Shu bilan birga, shaxsning 18 yoshdan 21 yoshga qadar sodir etgan huquqbuzarliklari fuqarolikni saqlab qolishiga to'sqinlik qilishi mumkin. Mazkur turdagi huquqbuzarliklarga, davlat xavfsizligi va terrorizm bilan bog'liq jinoyatlar sodir etganlik uchun 6 yildan ortiq ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq jazo tayinlash nazarda tutilgan jinoyatlar kirgan.

Shunga o'xshash qoida milliy qonunchiligimizda ham mavjud. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 13 martdagi "O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida"gi qonunining 25-moddasida agar shaxs chet davlatning fuqaroligini tug'ilganlik bo'yicha yoxud chet davlat fuqarosi bo'lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan bo'lsa va yigirma bir yoshga to'lguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirsa O'zbekiston fuqaroligini saqlab qolishi mumkin. Biroq ushbu davr mobaynida u tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishlar bunga to'sqinlik qiladimi yoki yo'qmi degan savol ochiq turibdi. Fikrimizcha, bu masalaga ham oydinlik kiritish zarurati mavjud.

Mazkur davlatda nikoh munosabatlari ham fransuz fuqaroligiga ega bo'lgan er (xotin)ning fuqaroligini olish imkonini beradi. Ilgari ushbu mamlakatda BMT Bosh Assambleyasining 1957 yil 29 yanvardagi rezolyusiyasi bilan tasdiqlangan "Turmush

63

qurgan ayollarning fuqaroligi to'g'risida"gi konvensiya talablariga muvofiq faqatgina Fransiya fuqaroligiga mansub shaxslar bilan nikohdan o'tgan ayollargagina fuqarolik taqdim etilishi mumkin bo'lgan. 1973 yil 9 yanvardagi 73-42 son qonunga ko'ra esa, har ikki jinsdagi shaxslar nikoh munosabatlari asosida fransuz fuqaroligini olish huquqiga ega bo'lgan [2; B. 151].

1973 yil 10 iyuldagi qonun asosida yuqoridagi tartibga o'zgartish kiritilib, endilikda fuqarolik olish sharti sifatida er-xotinning birgalikda yashashini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talabi joriy etilgan (13-1-modda). Ilgarigi protsedura bo'yicha fransuz fuqaroligini olish juda oson bo'lganligi sababli, fuqarolik masalasida ariza berilgunga qadar er-xotinning olti oy davomida birgalikda yashashi talab etilgan. Ariza topshirilguncha birgalikda yashamaganlik yoki birgalikda yashashni tugatish holatlari aniqlangan hollarda prokuratura yoki har qanday manfaatdor shaxsning arizasi bilan fuqarolikka doir ishni yuritish to'xtatiladi.

Fransiya fuqaroligiga qabul qilish bilan bog'liq talablarning murakkablashishi soxta nikohni rasmiylashtirishga qaratilgan harakatlarning ko'payishiga sabab bo'la boshlagan. Rasmiy nikohlar ko'rsatkichining umumiy pasayishi fonida (1983 yilda 301 mingta, 1991 yilda 280 mingta), er-xotinning biri chet el fuqarosi bo'lgan soxta nikohlar ulushi ko'paygan (1983 yilda 12 mingta, 1991 yilda 19 mingta) [3; B. 175-183].

Soxta nikoh holatlari ortishini kamaytirish maqsadida 1993 yil 22 iyuldagi qonun bilan fuqarolik olish uchun zarur bo'lgan er-xotinning birgalikda yashash muddati olti oydan ikki yilga* uzaytirilib, mazkur davrda birlikda yashaganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etish sharti joriy etilgan.

So'ngi yillarda Fransiyada fuqarolikka qabul qilish (naturalizatsiya) amaliyoti jadallashganligini kuzatish mumkin. Chunonchi, 2019 yilda Fransiya 109.800 nafar shaxsga fuqarolik taqdim etish orqali Yevropa Ittifoqi davlatlari qatorida uchinchi o'rinni egallagan (bu Yel bo'yicha fuqarolikka qabul qilinganlarning 16 foizini tashkil etadi) [4].

Koreya Respublikasi ham fuqarolik munosabatlari o'ziga xos tarzda tartibga solingan davlatlardan biri hisoblanadi. Bu yerda fuqarolik masalalaridagi umumiy rahbarlik - Adliya vazirligi, faoliyatni tashkil etish va muvofiqlashtirish vazifasi -Migratsiya xizmati zimmasiga yuklatilgan. Ushbu sohadagi munosabatlar esa, Koreya Respublikasining 1997 yil 13 dekabrdagi "Fuqarolik to'g'risida"gi qonuni bilan tartibga solingan.

* №o^: HHKOX Hara^acnga $ap3aHg TyrraraH xo^apga Ma3Kyp MyggaT HHOÖaTra OOTHMaraH.

64

Scientific Journal Impact Factor

Immigrantlarning Koreyada fuqarolik olish uchun avval doimiy rezident maqomini (F-5 vizasini) olishi hamda shu maqom bilan 5 yil davomida yashashi talab etiladi. Doimiy yashash guvohnomasini olishning 20 xil yo'li mavjud. Ular ichida asosiylari quyidagilar:

1) bir joyda 4 yillik mehnat stajiga ega bo'lish (bunda H-2 viza turi F-5ga o'zgaradi);

2) Koreyada 37 mln 400.000 von va undan ko'p miqdoridagi daromadga ega bo'lish (30.09.2021 holatiga bu 31.245 dollarni tashkil etadi);

3) Koreya fuqarosi bilan nikoh qurish [5].

Ushbu davlat qonunchiligida koreys fuqarolarining ikki toifasiga alohida imtiyoz berilgan. 2000 yil 30 dekabrdagi "Xorijdagi koreyslarning immigratsiyasi va huquqiy maqomi to'g'risida"gi qonunga [6] ko'ra, koreys millati vakillari ikki toifaga ajratilgan:

1) chet elda yashovchi koreys fuqarolari (Korean nationals residing abroad) -xorijda doimiy yashash huquqini olgan yoki olish uchun yashayotganlar;

2) chet ellik koreyslar (Foreign nationality Koreans) - ilgari Koreya Respublikasi fuqarosi bo'lgan va keyinchalik fuqaroligini o'zgartirgan koreyslar (ularning farzand va nabiralari).

Diqqatga sazovor jihati, qonunchilik darajasida ikkinchi toifa shaxslar uchun ham "chet ellik" atamasi qo'llanilmaydi va fuqarolik olishning tegishli (umumiy) tartibi tatbiq etilmaydi. Bunday toifa koreyslarga alohida turdagi (F-4) viza tatbiq etilib, 2 yil doimiy yashash asosida soddalashtirilgan fuqarolik olish huquqi beriladi. Shuningdek, bu toifa shaxslarning mehnat qilish uchun ruxsatnoma olishi ham talab etilmaydi (sababi, (F-4) vizasiga ega shaxslar erkin iqtisodiy faoliyat olib borish huquqiga ega).

2010 yil 4 maydagi qonunga asosan Koreya Respublikasida 2011 yil 1 yanvardan boshlab, alohida toifa shaxslar uchun ikki fuqarolikka ruxsat etilganligi ham muayyan maqsadlarni ko'zlaydi. Yangi tahrirdagi qonunga ko'ra, agar bir vaqtning o'zida Koreya Respublikasi fuqarosi bo'lgan chet el fuqarosi Koreyada bo'lgan vaqtda chel ellik sifatidagi huquqlaridan foydalanmaslik majburiyatini olsa, o'z fuqaroligini saqlab qolishi mumkin bo'ladi. Qonun hujjatidagi mazkur qoida ikki fuqarolik egalarining ikkinchi davlat fuqaroligi asosida yuzaga keluvchi muayyan huquq va afzalliklardan foydalanish imkonini bekor qilish hamda huquqbuzarlik sodir etish holatlarida javobgarlikdan bo'yin tovlashni oldini olish vazifasini bajaradi.

Bundan tashqari qonunchilik mamlakatda tug'ilgan hamda chet elliklar tomonidan farzandlikka olinish asosida chet davlat fuqaroligini olgan shaxslarga ham

Scientific Journal Impact Factor

voyaga yetgunga qadar (19 yoshgacha) ikki fuqarolikka ruxsat beradi. Qolaversa, ikki fuqarolikning barcha turdagi imtiyozlaridan Koreya Respublikasiga yashash uchun ko'chib kelgan 65 yoshga to'lgan vatandoshlar (etnik koreyslar) foydalanishlari mumkin [7].

Yana bir e'tiborli jihati, Koreya qonunchiligi bolaning fuqaroligini yuqori darajada kafolatlovchi alohida normaga ega bo'lib (4.1-modda), unga ko'ra Korea fuqarosi bo'lgan otaning bola tug'ilishidan oldin vafot etishi (onasining fuqaroligidan qat'iy nazar), bolaga respublika fuqaroligini taqdim etishni inkor etmaydi [8]. Bu boradagi masala 2020 yil 13 martdagi "O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida"gi qonunda (14-moddasi) nazarda tutilmagan. Mazkur davlatda "tuproq huquqi" prinsipi asosida ikki holatda: tug'ilgan vaqtda ota-onasi noma'lum yoki fuqaroligi yo'q shaxs bo'lgan bolalarga fuqarolik taqdim etilishi mumkinligi belgilangan.

Yuqorida keltirilgan davlatlar qonunchiligini tahlil qilish natijalariga tayangan holda milliy qonunchiligimizni quyidagicha takomillashtirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

1) O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 13 martdagi "O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida"gi qonunida chet davlatning fuqaroligini tug'ilganlik bo'yicha yoxud chet davlat fuqarosi bo'lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan shaxsning yigirma bir yoshga to'lguniga qadar (chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirgan bo'lsa-da) og'ir va o'ta og'ir turdagi jinoyatlarni sodir etishi O'zbekiston fuqaroligini saqlab qolishiga to'sqinlik qilishi mumkinligi mustahkamlab qo'yilishi lozim;

2) qonunchiligimizda ota-onasidan biri chet el fuqarosi, ikkinchisi O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lib, O'zbekiston fuqarosi bo'lgan otasi (onasi)ning bola tug'ilishidan oldin vafot etishi fuqarolikni tanlash yoshiga yetguniga qadar bolaga respublika fuqaroligini taqdim etishini nazarda tutuvchi normani kiritish maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1.Токарева Т.С. Реформы французского законодательства о гражданстве на рубеже XX-XXI веков // Труды Института государства и права Российской академии наук. - 2011. - №2 2. - С. 176.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

2. Токарева Т.С. Реформа французского законодательства о гражданстве 1993 г. // Труды Института государства и права Российской академии наук. -2012. - № 2. - С. 151.

3. Abraham R. Manage blanc et delivrance a un etranger d'une carte de residence // Revue Fran aise de droit administratif. Vol. 9. - № 1. - P. 175- 183.

4. Acquisition of citizenship statistics // URL: https://ec.europa.eu/eurostat/ statistics-explained/index.php?title=Acquisition_of_citizenship_statistics (мурожаат вакти: 30.09.2021).

5. Виды на жительство (F-5) // URL: https://vseokoree.com/vizovye-voprosy/vid-na-zhitelstvo-pmzh-f-5 (мурожаат вакти: 30.09.2021).

6. Act on the immigration and legal status of overseas Koreans (wholly amended as of Dec. 30, 2000) // URL: https://www.refworld.org/docid/ 3f48fe2b4.html (мурожаат вакти: 30.09.2021).

7. О практике применения института двойного гражданства в Республике Корея // URL: https://pusan.mid.ru/ru/informatsiya_dlya_posetiteley/ poleznaya_informatsiya/informatsiya_o_zakonakh_respubliki_koreya/nstituta_dvoyn ogo_grazhd/ (мурожаат вакти: 30.09.2021).

8. Chulwoo Lee. Report on Citizenship Law: The Republic of Korea (RSCAS/GLOBALCIT-CR 2017/6, February 2017) // URL: https://cadmus.eui.eu/ bitstream/handle/1814/45374/GLOBALCIT_CR_2017_06. pdf (мурожаат вакти: 30.09.2021).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.