2022
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
FUQAROLIKDA SHAXSNING HUQUQIY MAQOMI Karimova Inobat
"TIQXMMI"MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6892032 Annotatsiya. Ushbu maqolada fuqarolik tushunchasining shaxsning huquqiy holatiga ta'sir ko'rsatishini hamda davlat va shaxs o'rtasidagi munosabatlarda fuqarolikning ahamiyatini qanchalikyuqori o'rin egallashini ko'rishimiz mumkin bo'ladi.
Kalit so'zlar: fuqarolik, shaxs, davlat, konstitutsiya, til, respublika, modda, qonun,hujjat,
hudud.
ПРАВОВОЙ СТАТУС ЛИЧНОСТИ В ГРАЖДАНСТВЕ Аннотация. В этой статье мы сможем увидеть, как понятие гражданства влияет на правовой статус человека и насколько важно гражданство в отношениях между государством и человеком.
Ключевые слова: гражданство, лицо, государство, конституция, язык, республика, статья, закон, документ, территория.
LEGAL STATUS OF A PERSON IN CITIZENSHIP Abstract. In this article, we will be able to see how the concept of citizenship affects the legal status of a person and how important citizenship is in relations between the state and the person.
Keywords: citizenship, person, state, constitution, language, republic, article, law, document, territory.
KIRISH
Barchamizga ma'lumki "FUQAROLIK" shaxsning ma'lum bir davlat bilan mustahkam siyosiy-huquqiy bog'lanishidir. Aynan har bitta shaxs dunyoga kelar ekan, ma'lum bir davlatning fuqaroligini oladi. Hozirgi kunda ham jahon amaliyotida fuqarolikning tug'ilish bo'yicha vujudga kelishida 2 ta asosiy ko'rinishi bor bo'lib, bular: "qondoshlik huquqi", "tuproqdoshlik huquqi " dir . Birinchi holatda, ya'ni "qondoshlik huquqi"da bola tug'ilgan joyidan qat'iy nazar ,ota-onasining fuqaroligini oladi. Ikkinchi holatda esa bola ota-onasining fuqaroligidan qat'iy nazar, qaysi davlatda tug'ilgan bo'lsa, o'sha davlat fuqarosi bo'ladi. O'zbekistonda esa har ikkala holat ham tan olinadi. Buning asosi esa, "Fuqarolik to'g'risidagi" qonunda o'z aksini topgandir. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Hozirgi kunda qonunga binoan O'zbekiston fuqaroligiga qabul qilish uchun shunday istak bildirgan shaxslar oldiga ba'zi talablar qo'yiladi, ya'ni bular "Fuqarolik to'g'risida"gi qonunning 17-moddasida ko'rsatib o'tilgan bo'lib, bular quyidagilar:
❖ Chet davlat fuqaroligidan voz kechish;
❖ So'nggi 3 yil davomida O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaganlik;
❖ Qonuniy tirikchilik manbaalarining mavjudligi;
❖ O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini tan olish va bajarish.
TADQIQOT NATIJALARI
Shu o'rinda qonun hujjatlarida belgilab qo'yilgan tartibdan tashqari holatlar ham mavjuddir. Ya'ni bu talablar ayrim shaxslarga tatbiq qilinmasligi ham mumkin. Misol uchun O'zbekiston fuqarosi bo'lish istagini bildirgan shaxs O'zbekistonda tug'ilgan bo'lsa yoki ota -onasidan biri buvasi yoki buvisi O'zbekistonda tug'ilganligini va boshqa davlatlarning fuqarosi
2022
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
emasligini isbotlasa unga nisbatan O'zbekistonda 3 yil yashagan bo'lishi degan q oida tatbiq qilinmaydi. Vaqt o'tib borgani sayin rivojlanish, yuksalish yuz bermoqda. Bunday o'zgarishlar, yangiliklar qonun hujjatlarini ham chetlab o'tayotgani yo'q. Qonun hujjatlari ham davr talabiga javob beradigan, davlatning uzoqni o'ylab amalga oshi rayotgan rejalarini rivojlanishi uchun ko'maklashadigan darajada o'zgarishlarga uchramoqda. MUHOKAMA
Aynan O'zbekiston Respublikasi "Fuqarolik to'g'risida"gi qonunga ham ayrim o'zgartirishlar kiritilgan bo'lib, 2020-yilning 13-mart kuni aynan ushbu qonun imzolanib oradan 6 oy o'tgach kuchga kirishi belgilangan edi. Qonundagi bunday o'zgarish 2020-yilning 15-sentabridan boshlab kuchga kirdi.
Qonunga binoan O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishning quyidagi turlari mavjud: -umumiy tartib; -soddalashtirilgan tartib; -alohida tartib.
Mazkur qonunda avvalgisidan farqli o'laroq "Vatandosh" degan tushuncha kiritilgan bo'lib, unga ko'ra chet davlat fuqarosi bo'lgan yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs hisoblangan vatandoshga nisbatan O'zbekiston fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilishning asosiy shartlaridan biri sifatida ariza topshirgan shaxsning "davlat tilini" muloqot qilish uchu n zarur darajada bilishi ham kiritilgan. Bu esa Konstitutsiyamizning 4-moddasiga ko'ra "O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir.O'zbeksiton Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va e'latlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi" degan qoidaning amaldagi isboti ekanligini, hamda davlat tiliga bo'lgan hurmatni ham yaqqol namoyon qilmoqda desak adshmagan bo'lamiz. Bundan tashqari qonunda O'zbekiston fuqaroligiga alohida tartibda qabul qilish, fuqarolikni tiklash va tugatish, fuqarolikdan chiqish hamda fuqarolikni yo'qotish asoslari ham belgilab qo'yilgan.
O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi qiyidagi hollarda olinadi:
1.Tug'ilganda;
2. O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi natijasida;
3. O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha;
4.Fuqarolik to'g'risidagi qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar bo'yicha. XULOSA
Ushbu qonunda ko'zda tutilgan boshqa asoslarga binoan xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Konstitutsiyamizning 6 bobi ham aynan "Fuqarolik" deb nomlangan bo'lib, unda quyidagi qoidalar mustahkamlangan:" O'zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o'rnatiladi. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo'lganlikdan qat'iy nazar , hamma uchun tengdir. Qoraqalpog'iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O'zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi. Fuqarolikka ega bo'lish va uni yo'qotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi".
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: 2019-yil 11-12 bet.
2. "Konstitutsiyaviy huquq " B.T.Musayev, K.R.Aliyeva, B.Narimanov,2019-yil. Toshkent
2022
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
davlat yuridik universiteti. 3. "Konstitutsiyaga sharh" Mualliflar jamoasi, 2008-yil.