Научная статья на тему 'RAQAMLI MUHITDA MUALLIFLIK HUQUQI MUHOFAZASI'

RAQAMLI MUHITDA MUALLIFLIK HUQUQI MUHOFAZASI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
660
105
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqarish / mualliflik huquqi / mulkiy huquqlar / foydalanuvchi / mualliflik shartnomasi. / management of property rights on a collective basis / copyright / property rights / user / author's agreement.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abdumumin Yuldashov, Sreenivasulu N Shanmuka

Maqolada bugungi kunda O`zbekistonda mualliflik huquqi himoyasining holati va jarayonlari, xususan bunda mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning o`rni xususida so‘z boradi. Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida”gi Qonuniga muvofiq, fan, adabiyot va san’at asarlarining mualliflari, ijrochilar, fonogrammalarni tayyorlovchilar yoki boshqa huquq egalari o‘z mulkiy huquqlarini amalga oshirish maqsadida o‘z mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilotlar tuzishga haqlidir. Maqolada ushbu turdagi tashkilotlar o`z vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda qollaydigan huquqiy usul va vositalarning yuridik ahamiyati aytib o`tilgan. Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar o‘zi boshqarayotgan huquqlarni himoya qilish uchun zarur bo‘ladigan har qanday yuridik harakatlarni bajarish huquqiga ega ekanligidan kelib chiqib, ushbu harakatni yuridik tabiati, muallif va huquq egalarining mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquqlari himoyasini amalga oshirish mexanizmlari sud amaliyoti orqali yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot o‘zi qaysi huquq egalarining nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, shu huquq egalarining nomidan va ulardan olingan vakolatlar asosida to‘lanadigan haq miqdorini va shartnomalarning tuzilishiga doir boshqa shartlarni foydalanuvchilar bilan kelishib olishi, bunday tashkilot boshqarayotgan huquqlardan foydalanish uchun foydalanuvchilar bilan shartnomalar tuzish va haq miqdorini foydalanuvchilar bilan kelishib olish kabi masalalar ham muhokama qilingan. Xulosada O`zbekistonda mualliflik huquqini jamoaviy asosda boshqarish “instituti”ni takomillashtirish masalasi haqida xulosalar qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COPYRIGHT PROTECTION IN THE DIGITAL ENVIRONMENT

The article discusses the current state and processes of copyright protection in Uzbekistan, in particular, the role of organizations that manage property rights on a collective basis. It is known that in accordance with the Law of the Republic of Uzbekistan “On Copyright and Related Rights”, authors, performers, producers of phonograms or other copyright holders of works of science, literature and art, in order to exercise their property rights, have the right to create organizations that manage their property rights on a collective basis. The article highlights the legal significance of the legal methods and means used by such organizations in the performance of their tasks and functions. Due to the fact that organizations that manage property rights on a collective basis are entitled to take any legal actions necessary to protect the rights they manage, the legal nature of these actions, the mechanisms for protecting the property and personal non-property rights of authors and right holders with highlights. The article also provides that an organization that manages property rights on a collective basis may agree with users on the amount of remuneration to be paid on behalf of the right holders and on the basis of the powers arising from them, and other terms of contracts. y Issues such as entering into agreements with users and negotiating with users the amount of remuneration for exercising the rights managed by the organization were also discussed. The conclusion is based on the issue of improving the “institution” of collective copyright management in Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI MUHITDA MUALLIFLIK HUQUQI MUHOFAZASI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

RAQAMLI MUHITDA MUALLIFLIK HUQUQI MUHOFAZASI

Abdumumin Yuldashov

Toshkent davlat yuridik universiteti Intellektual mulk huquqi kafedrasi dotsenti v.b., y.f.f.d.

Sreenivasulu N Shanmuka

Prof (Dr) Nufuzli huquq professori va

Xalqaro yuridik maslahatchi, Hindupur/Maysor/Kalkuta, Hindiston

ANNOTATSIYA

Maqolada bugungi kunda Ozbekistonda mualliflik huquqi himoyasining holati va jarayonlari, xususan bunda mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning o'rni xususida so'z boradi. Malumki, Ozbekiston Respublikasining "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to,g,risida"gi Qonuniga muvofiq, fan, adabiyot va san'at asarlarining mualliflari, ijrochilar, fonogrammalarni tayyorlovchilar yoki boshqa huquq egalari o'z mulkiy huquqlarini amalga oshirish maqsadida o'z mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilotlar tuzishga haqlidir. Maqolada ushbu turdagi tashkilotlar o'z vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda qollaydigan huquqiy usul va vositalarning yuridik ahamiyati aytib o'tilgan. Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar o'zi boshqarayotgan huquqlarni himoya qilish uchun zarur bo'ladigan har qanday yuridik harakatlarni bajarish huquqiga ega ekanligidan kelib chiqib, ushbu harakatni yuridik tabiati, muallif va huquq egalarining mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquqlari himoyasini amalga oshirish mexanizmlari sud amaliyoti orqali yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot o'zi qaysi huquq egalarining nomidan ish ko'rayotgan bo'lsa, shu huquq egalarining nomidan va ulardan olingan vakolatlar asosida to'lanadigan haq miqdorini va shartnomalarning tuzilishiga doir boshqa shartlarni foydalanuvchilar bilan kelishib olishi, bunday tashkilot boshqarayotgan huquqlardan foydalanish uchun foydalanuvchilar bilan shartnomalar tuzish va haq miqdorini foydalanuvchilar bilan kelishib olish kabi masalalar ham muhokama qilingan. Xulosada Ozbekistonda mualliflik huquqini jamoaviy asosda boshqarish "instituti"ni takomillashtirish masalasi haqida xulosalar qilingan.

Kalit so'zlar: mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqarish, mualliflik huquqi, mulkiy huquqlar, foydalanuvchi, mualliflik shartnomasi.

168

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

COPYRIGHT PROTECTION IN THE DIGITAL ENVIRONMENT

ABSTRACT

The article discusses the current state and processes of copyright protection in Uzbekistan, in particular, the role of organizations that manage property rights on a collective basis. It is known that in accordance with the Law of the Republic of Uzbekistan "On Copyright and Related Rights", authors, performers, producers of phonograms or other copyright holders of works of science, literature and art, in order to exercise their property rights, have the right to create organizations that manage their property rights on a collective basis. The article highlights the legal significance of the legal methods and means used by such organizations in the performance of their tasks and functions. Due to the fact that organizations that manage property rights on a collective basis are entitled to take any legal actions necessary to protect the rights they manage, the legal nature of these actions, the mechanisms for protecting the property and personal non-property rights of authors and right holders with highlights. The article also provides that an organization that manages property rights on a collective basis may agree with users on the amount of remuneration to be paid on behalf of the right holders and on the basis of the powers arising from them, and other terms of contracts. y Issues such as entering into agreements with users and negotiating with users the amount of remuneration for exercising the rights managed by the organization were also discussed. The conclusion is based on the issue of improving the "institution" of collective copyright management in Uzbekistan.

Keywords: management of property rights on a collective basis, copyright, property rights, user, author's agreement.

Bugungi kunda O'zbekistonda mualliflik huquqini muhofaza qilishning zamonaviy huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish sohasida ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Bu borada, ayniqsa, mualliflik huquqini muhofaza qilishning shartnomaviy-huquqiy asoslari va mexanizmlarini takomillashtirish, asarlardan foydalanishda "mualliflik shartnomasi" institutini keng joriy etish, taraflarning huquq va majburiyatlarini qat'iy belgilash, shuningdek xalqaro va milliy miqyosida mualliflar mulkiy huquqlarini boshqarishda qo'llanadigan turli vosita hamda usullarini takomillashtirishning ilmiy-nazariy va amaliy yechimlarini topish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Mamlakatimizda mualliflik huquqi ya'ni adabiy, san'at va tasviriy san'at asarlariga hurmat qilish darajasi qay darajada deb o'ylaysiz? Mualliflik asarlaridan

Kirish

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

muallif yoki boshqa huquq egasining roziligi bilan foydalaniladimi? Afsuski bugungi kunda bu kabi savollarning ko'pi javobsiz yoki so'raluvchi shaxs uchun "g'ayritabiiy" savoldek tuyulishi mumkin. Ha aynan shunday, vaholanki O'zbekiston Respublikasining "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi Qonunida muallif yoki huquq egasining mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari doirasi belgilab berilgan. Hattoki, shaxsiy maqsadlarda foydalanilganlik uchun ham haq to'lash bilan bog'liq qoidalar mavjud. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1056-moddasiga ko'ra, muallifga asardan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanishda mutlaq huquqlar tegishlidir. Ushbu kodeksga ko'ra, intellektual faoliyat natijasiga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga nisbatan mulkiy huquqlar egasiga ana shu intellektual mulk ob'ektidan o'z xohishiga ko'ra har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqi tegishli bo'ladi [1].

Eng muhimi, bugungi kunda mualliflik huquqi ob'ektlari o'zining tarmoq yo'nalishlaridan (a) adabiyot va noshirlik, b) musiqa va teatr, c) kino, d) radio va televideniya, e) fotografiya asarlari, f EHM va ma 'lumotlar bazalari, g) vizual va grafik ishlar, h) reklama xizmatlari, j) mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar) kelib chiqib, rivojlangan xorijiy mamlakatlar iqtisodiyotida katta o'rin tutmoqda. Xususan, 2019 yilda AQSH yalpi ichki mahsulotida mualliflik huquqi sanoati ulushi 2,5 trillion (2,568,23 mlrd) AQSH dollariga yetib, mamlakat iqtisodiyotini 11,99 foizini tashkil etgan [2]. Shuningdek, Mualliflar va bastakorlar xalqaro konfederatsiya (CISAC) 130 dan ortiq mamlakatdan 250 dan ortiq mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarini birlashtirgan bo'lib, 2017 yilda ushbu tashkilot tarkibiga kiruvchi mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan yig'ilgan mualliflik haqlari miqdori 447,8 mln AQSh dollarini tashkil etgan.

Material va metodlar

Shuni ta'kidlash kerakki, mamlakat iqtisodiy ko'rsatkichlarida mualliflik huquqi ob'ektlari ulushini hosil qilish va oshirib borish uchun fikrimizcha birinchi navbatda uning huquqiy himoyasi masalalarini ta'minlash lozim. Ushbu sohada faoliyat yuritayotgan olimlar tomonidan asosan mulkiy huquqlarni boshqarish bilan bog'liq tadqiqotlar nazariy nuqtai nazardan cheklanilgan. Tan olish kerakki, o'zbekistonlik ijodkorlar qalamiga mansub mualliflik va turdosh huquqlar ob'ektlariga bo'lgan talab Markaziy Osiyo va xorijiy mamlakatlarda ancha kuchli hisoblanadi. Ushbu jarayonlarga nisbatan mualliflik huquqi va iqtisodiyot qoida va mexanizmlarini qo'llashni o'zi yetarli deb o'ylayman. Sababi sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlarimiz xalqaro shartnoma va konvensiyalar talablariga to'la mos keladi hamda ularni mumkin bo'lsa "mukammal" deyishga arziydi. Biroq amaliyotda yuqoridagi qonun normalari hamda mualliflik

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

huquqiga hurmat tamoyillari deyarli "ishlamasligini" ko'rish mumkin. Bu borada birinchi navbatda "intellektual mulk institutlari" rolini oshirish davr talabi hisoblanadi. Mazkur institutlar qatoriga mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar, texnologiyalar va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash markazlari, patent vakillari, ilmiy-tadqiqot va o 'quv muassasalarini kiritish mumkin. Xususan, mualliflik huquqida mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar asosiy huquqiy mexanizm va vosita hisoblanadi. Ushbu yo'nalishdagi tadqiqot ishlarining asosiy jihati, mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarlar tomonidan sudlarda huquqlarni himoya qilish va ma^naviy zararni talab qilish bilan bogliq holatlarda ko'rinadi. Aynan ushbu masalalar tadqiqotning asosiy metodlarini tashkil etadi.

Tadqiqot natijalari

Malumki, texnika taraqqiyoti jadallashgan bugungi kunda mualliflik huquqi bilan muhofaza qilinadigan asarlar himoyasini taminlash masalasi dolzarb hisoblanadi. Zero, muallif yoki huquq egasi tomonidan asarni himoyasini taminlash juda qiyin va moliyaviy jihatdan juda qimmat, kerak bolsa aytish mumkinki imkonsiz hisoblanadi. Zero, simsiz aloqa vositalaridan foydalanish darajasi va doirasi juda keng. Har bir foydalanuvchi bilan kelishish va monitoring qilish masalalari haqida o'ylab ko'rishning o'zi yetarlidir. Ayniqsa chegara bilmas internet (virtual) muhitining rivojining o'zi buni yaqqol tasdiqlaydi. Bu jarayonda oz-ozidan bozor munosabatlari elementlari ham muhim rol o'ynaydi. Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqarish tashkilotlari yuqoridagu muammoni hal qilishda hamda bozor munosabatlari ishtirokchisi sifatida bu borada muhim orin tutadi.

Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar - bu huquq egalarining nomidan harakat qiluvchi tashkilot hisoblanadi. Huquq egalari nomidan bu kabi tashkilotlar foydalanuvchilar bilan tariflarni kelishadi, muhofaza qilinadigan asarlardan foydalanish bo'yicha litsenziyalarni beradi, asarlardan foydalanishdan tushgan mablaglarni oz azolari o'rtasida taqsimlaydi hamda foydalanish tartibini nazorat qiladi [3].

Shuni takidlash kerakki, bu kabi tashkilotlar tuzish tashabbusi bilan aynan muallif va huquq egalari chiqishlari lozim. Xususan, O'zbekiston Respublikasining "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi Qonuni 56-moddasida fan, adabiyot va san'at asarlarining mualliflari, ijrochilar, fonogrammalarni tayyorlovchilar yoki boshqa huquq egalari o'z mulkiy huquqlarini amalga oshirish maqsadida o'z mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilotlar tuzishga haqli ekanligi belgilangan [4].

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Tarixga nazar tashlasak, dastlabki bu kabi tashkilot 1777 yilda tashkil etilgan va Dramaturglar huquqiy himoya qilish byurosi deb nomlangan. Ushbu byuro "Figaroning uylanishi" nomli mashhur asar muallif Pe'r de Bomarshe tomonidan tashkil etilgan [5].

Jahon tajribasida mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqarish 2 xil tizimda tashkil etiladi. Birinchisi raqobat tizimi bo'lib, bunda faoliyat yo'nalishidan kelib chiqib, turli shu tusdagi tashkilotlar tuzilishiga yo'l qo'yiladi. Ikkinchisi esa monopilistik tizim bo'lib, bunda mamlakatda faqatgina yagona mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot tuzilishi belgilangan. Shandong Universiteti Huquq maktabi tadqiqotchisi Chenyi Zhao AQSh (raqobat tizimi) va Germaniya, Italiya (monopol tizim) davlatlarini ushbu yo'nalishlarga misol sifatida keltirgan [6]. Shuningdek, ushbu ro'yxatga Yaponiya, Meksika, Norvegiya, Pol'sha, Shvetsiya, Daniya davlatlarini ham kiritish mumkin. Shuni ta'kidlash kerakki, ba'zi bir davlatlarda mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar davlat ko'magida tashkil etilish amaliyoti ham mavjud (Masalan, Rossiya Federatsiyasi).

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bu kabi tashkilotlarni xususiy xarakter yoki davlat muassasi xarakterini kasb etishi mumkinligini bildirgan. Shuningdek, ularning asosiy vakolatlari quyidagi funksiyalar orqali bajarilishini bildirgan: monitoring qilish, muzokaralar o^tkazish, litsenziyalar berish, haq (gonorar)larni yig^ish va taqsimlash [7].

Hozirda AQShda quyidagi 13 ta mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot tegishli ixtisoslik asosida faoliyat yuritmoqda:

- ACEMLA (Lotin Amerikasi bastakorlari, musiqachilari va yozuvchilarining huquqlarini himoyasi);

- AFM & SAG-AFTRA, ASCRL (fotografiya asarlari);

- ASCAP (AQSH bastakorlari, mualliflari va nashriyotlari);

- BMI (Broadcast Music Inc.) (radio uzatuvchilar);

- Christian Copyright Licensing International, Christian Video Licensing International, Copyright Clearance Center, Global Music Rights, Motion Picture Licensing Corporation, SESAC, (AQSHda joylashgan fonogramma tayyorlovchilar huquqlari assotsiatsiyasi);

- SoundExchange (internet tarmog'ida huquqlar muhofazasi).

Ma'lumki, muallif yoki huquq egasi o'z asarlariga nisbatan huquqlarni boshqarishni mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqarish tashkilotlarga o'tkazadi. Bu jarayon esa litsenziyalash asosida amalga oshiriladi. Mualliflik huquqini litsenziyalashtirishni quyidagi shakllarda keltirish mumkin: birinchidan, jamiyat va iste'molchilar o'rtasida obro'ga ega bo'lgan foydalanuvchilar mualliflik huquqi bilan muhofazalangan asarlardan foydalanishda mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

boshqaruvchi tashkilotlar bilan kelishadi va shartnomalar tuzadi; ikkinchidan, foydalanuvchilar litzenziya olishadi va tegishli gonorarlarni to'lab borishadi, o'z navbatida mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar tegishli haqni (ma'muriy xarajatlar uchun) chegirib olgan holda uni muallif (huquq egasi)larga to'laydi; mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar o'z reestridagi asarlardan foydalanish holatlarini nazorat qiladi va zaruriyatga ko'ra yuridik harakatlarni amalga oshiradi [8].

Yuqoridagilardan tashqari mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar o'z a'zolariga (muallif, ijrochi, bastakor) o'zlariga tegishli asarlarning foydalanish holatlarini nazorat qilish bo'yicha funksiyani ham beradi [9]. Bu o'z-o'zidan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar majburiyatlari qatoriga kirib, O'zbekiston Respublikasining "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi Qonuni 59-moddasida majburiyatlar qatorida quyidagilar ham keltirib o'tilgan:

- haq to'lash bilan bir vaqtda huquq egalariga ularning huquqlaridan foydalanilganligi to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan hisobotlarni taqdim etish;

- yig'ilgan haqdan faqat huquq egalariga taqsimlash va to'lash uchun foydalanish;

- yig'ilgan haq summalarini, asarlardan va turdosh huquqlar ob'ektlaridan amalda foydalanilishiga mutanosib ravishda taqsimlashi va muntazam to'lab borishi;

- yig'ilgan haqni bevosita huquq egalariga taqsimlashi hamda to'lashi va (yoki) uni huquq egalariga taqsimlash va to'lash uchun tegishli toifadagi huquq egalarining manfaatlarini ifodalovchi boshqa tashkilotlarga shu tashkilotlar bilan tuzilgan kelishuvlar asosida o'tkazish [10].

Mualliflik huquqi obyektlari ro'yxatdan o'tkazilmasligi nuqtai nazaridan o'z navbatida mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarga huquq egalikni tasdiqlash va aniqlashitirish bilan bog'liq hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi Qonuni 65-moddasiga ko'ra, mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot mulkiy huquqlarini boshqarish shunday tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan shaxslarning buzilgan mualliflik huquqlari va turdosh huquqlarini himoya qilib qonunda belgilangan tartibda o'z nomidan ariza bilan sudga murojaat etishga haqlidir. Shuningdek, mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot o'z huquqlari qatorida o'zi boshqarayotgan huquqlarni himoya qilish uchun zarur bo'ladigan har qanday yuridik harakatlarni bajarish huquqiga ega. Aynan ushbu turdagi tashkilot tomonidan mualliflik huquqlarini himoya qilish bilan bog'liq holatni quyidagi misol orqali ham ko'rish mumkin.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar va mualliflar o'rtasidagi huquqiy munosabatlar topshiriq shartnomasi xarakteriga ega hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 817-moddasiga ko'ra, topshiriq shartnomasi bo'yicha bir taraf (vakil) ikkinchi taraf (topshiriq beruvchi)ning nomidan va uning hisobidan muayyan yuridik harakatlarni sodir etish majburiyatini oladi. Vakil tuzgan bitim bo'yicha huquq va majburiyatlar bevosita topshiriq beruvchida vujudga keladi. Topshiriq vakil tomonidan bir yoki bir necha muayyan yuridik harakatlarni sodir etish haqida yoki topshiriq beruvchining ishlarini uning ko'rsatmalariga muvofiq yuritish haqida berilishi mumkinligi belgilangan [11]. Yana shuni qayd etish lozimki, odatda amaliyotda mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar ko'proq muallif va bastakorlar mulkiy huquqlarini himoyachisi sifatida ko'riladi. Bunga sabab ijrochilarning daromad olish manbalari ko'pligi, xususan bunda musiqiy "nashriyot"lar alohida o'rin tutishligi qayd etiladi. Sababi musiqiy "nashriyot"lar asosan ijrochi yoki fonogramma tayyorlovchi yoki ovoz yozuvchi studiyalar bilan ishlaydi hamda daromad mansi sifatida ijtimoy tarmoqlar ko'rsatiladi (Youtube, Instagram kabi).

Vaholanki, mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar ham turdosh huquqlar subyektlari mulkiy manfaatlari ifodachisi hisoblanishadi. Xususan, ushbu jihat Jahon savdo tashkilotining TRIPS bitimi normalariga muvofiq keladi [12].

Joriy yilning 13 yanvar kuni fuqarolik ishlar bo'yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudida mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot - da'vogar "O'zbekiston Respublikasi Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati"ning o'z a'zosi, O'zbekiston xalq shoiri U.Azimov manfaatlari yuzasidan javobgar S.Javberdiyevga nisbatan mualliflik huquqi buzilishiga chek qo'yish, mualliflik huquqlari buzilganligi uchun tovon (kompensatsiya) puli va ma'naviy zararni undirish to'g'risidagi arizasi yuzasidan sud majlisi bo'lib o'tdi. Ahamiyatli jihati ushbu sud ishi o'zining yo'nalishi nuqtai nazaridan O'zbekistonda ko'rib chiqilgan dastlabki sud ishlari qatoriga kiradi. Da'vogar, ya'ni O'zbekiston Respublikasi Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati javobgardan muallif foydasiga 245 000 000 million so'm tovon puli va 100 000 000 million so'm ma'naviy zarar undirishni hamda javobgar tomonidan qo'shiq qilib ijro etilgan "Karvon" she'rini turli ommaviy manbalar (internet, turli telekommunikatsiya tarmoqlari, ijtimoiy tarmoqlar)dan olib tashlashni so'ragan. Yuqoridagi sud majlisi qaroriga ko'ra, mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot -O'zbekiston Respublikasi Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyatining da'vo arizasi qisman qanoatlantirildi. Sud qaroriga ko'ra, javobgar S.Javberdiyevdan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdoirda tovon puli va 40 000 000 so'm ma'naviy zarar undirilishi belgilandi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasining 2021 yil 20 avgustdagi "Intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonuni bilan "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi Qonunga zararlar yetkazilishi faktidan qat'i nazar, huquqbuzarlikning xususiyati va huquqbuzarning aybi darajasidan kelib chiqib ish muomalasi odatlarini hisobga olgan holda zarar qoplanishi o'rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda to'lanishi lozim bo'lgan tovonni to'lashni nazarda tutuvchi qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi [13].

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi Qonuni 65-moddasiga muvofiq, muallif, turdosh huquqlar egasi yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan huquqlarni tan olishini, huquq buzilishidan oldingi holatni tiklashini va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini yuzaga keltiradigan harakatlarni to'xtatishini hamda huquq egasining huquqi buzilmagan taqdirda, u fuqarolik muomalasining odatdagi sharoitlarida olishi mumkin bo'lgan, lekin ololmay qolgan daromadi miqdoridagi zararlarning o'rnini qoplashini talab qilishga haqli ekanligi belgilangan [14]. Ushbu moddadagi "mutlaq huquqlarning boshqa egasi" deyilganda aynan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot nazarda tutilganligini takidlash lozim.

Yuqoridagi norma orqali tovon miqdori chegaralarining qonunchilikka kiritilishi sudlar uchun javobgarlik chorasini belgilashda muhim asos bo'lib xizmat qildi deyish mumkin. Zero, ilgari bu kabi norma mavjud emas edi va sudlar tomonidan tovonni belgilash bilan bog'liq holatlar deyarli kuzatilmagan.

Mazkur sud ishida yana bir o'ziga xos jihati unda muallif nomidan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot da'vo ariza bilan chiqqanligidir. Zero, bu kabi jarayon ham O'zbekistonda ilk marotaba kuzatilmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi Qonunning 58-moddasiga ko'ra, mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot o'zi qaysi huquq egalarining nomidan ish ko'rayotgan bo'lsa, shu huquq egalarining nomidan va ulardan olingan vakolatlar asosida o'zi boshqarayotgan huquqlarni himoya qilish uchun zarur bo'ladigan har qanday yuridik harakatlarni bajarish huquqiga ega. Shuningdek, mazkur qonunning 65-moddasiga ko'ra, mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot mulkiy huquqlarini boshqarish shunday tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan shaxslarning buzilgan mualliflik huquqlari va turdosh huquqlarini himoya qilib qonunda belgilangan tartibda o'z nomidan ariza bilan sudga murojaat etishga haqlidir. Demak, O'zbekiston Respublikasi "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi Qonun normalariga muvofiq, bu

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

kabi tashkilotlarga o'z a'zosi bo'lgan ijodkorlar nomidan ularning huquqlarini himoya qilish uchun barcha protsessual harakatlarni amalga oshirish vakolati mavjud degan xulosaga kelish mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000 yil 28 apreldagi "Ma'naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo'llashning ayrim masalalari to'g'risida"gi 7-son qarorida ma'naviy zarar deganda jabrlanuvchiga qarshi sodir etilgan huquqbuzarlik harakati (harakatsizlik) oqibatida u boshidan kechirgan (o'tkazgan) ma'naviy va jismoniy (kamsitish, jismoniy og'riq, zarar ko'rish, noqulaylik va boshqa) azoblar tushunilishi belgilangan. G'ayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik)ning ob'ekti bo'lib fuqaroga tug'ilgan vaqtidan buyon va qonunga muvofiq tegishli bo'lgan nomoddiy manfaatlari, (hayoti, sog'lig'i, shaxsning qadr-qimmati, ishchanlik obro'-e'tibori, shaxsiy hayotning daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy siri), shaxsiy nomulkiy huquqlari (o'z nomidan foydalanish huquqi, mualliflik huquqi va boshqa nomulkiy huquqlarning intellektual faoliyat natijalarini qonunlarga ko'ra huquqiy muhofaza qilish) va mulkiy huquqlari (uy-joy daxlsizligi, mulk huquqi va boshqalar)ni buzilishi bo'lishi mumkinligi belgilangan [15].

Shuningdek, yuqoridagi sud ishi doirasida uchinchi shaxs sifatida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi ham jalb etilgan bo'lib, uning xulosasiga ko'ra, yuridik va jismoniy shaxslar asardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan, shu jumladan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaga binoan yoxud ular bo'lmagan taqdirda, bu tashkilotlarning vazifalari va majburiyatlarini bajaruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkin. Agentlik vakili ushbu ish doirasida yuqoridagilarga asosan, S.Javberdiyev muallifning roziligisiz uning asaridan foydalangan va "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi Qonuni talablarini buzganligini bayon qilib, qonun qaror qabul qilishni so'ragan.

Rossiyalik ushbu yo'nalishdagi olim Sergey Zyatitskiy jamoaviy asosda mualliflik va turdosh huquqlarni boshqarishning quyidagi 3 ta asosiy turini ajratib ko'rsatgan:

1) qisman jamoaviy boshqaruv yoki "agentlik turidagi jamoaviy boshqaruv";

2) asarlar va turdosh huquq obyektlaridan shartnomasiz va haq to'lagan holda foydalanish holatlarida jamoaviy boshqaruv;

3) "kengaytirilgan jamoaviy boshqaruv", mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarga o'z a'zolari, shuningdek boshqa huquq egalari manfaatlarini himoya qilish yuzasidan harakatni amalga oshirish (shu jumladan, "blanket litsenziya" berish huquqini ham amalga oshirish) [17].

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti va YUNESKO tomonidan mualliflik huquqida jamoaviy boshqaruvni rivojlantirish yuzasidan ko'p bor ta'kidlab kelishmoqda. Shuni ta'kidlash kerakki, Evropa Ittifoqi Hamjamiyatining so'nggi yillardagi direktivalarida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni boshqarishga doir masalalar asosiy joyni egallab kelmoqda.

Xususan, 2014 yil 26 fevralda Evropa Ittifoqi parlamenti va kengashining 2014/26/EU-son "Evropa Ittifoqi hududida musiqiy asarlardan hududlararo foydalanishni litsenziyalash"ga doir direktivasi qabul qilingan [18]. Mazkur direktiva huquq egalarining mualliflik va turdosh huquqlarga bo'lgan mulkiy huquqlarini yuqori darajada himoyalashga sabab bo'ldi. Shuningdek, ushbu hujjat ijodiy faoliyatni qo'llab-quvvatlashga va rivojlantirishga katta ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar muallif yoki huquq egasining mulkiy huquqlari muhofazasi davrida huquqlarni ta'minlashi lozim.

O'zbekistonda ham hozirda aynan ushbu yo'nalishda strategiyani ishlab chiqish bilan bog'liq harakatlar amalga oshirilmoqda. Strategiya nafaqat sanoat mulki bilan bog'liq bo'lgan jihatlarni, balki mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, blokcheyn texnologiyasi, sun'iy intellekt, shuningdek fol'klor, an'anaviy bilimlar va genetic resurslarni ham qamrab olgan bo'lishi lozim [18].

Shuningdek, jahonda 2ta asosiy mulkiy huquqlarni boshqarish bo'yicha xalqaro tashkilot mavjud bo'lib, biri Muallif va bastakorlar jamiyati xalqaro konfederatsiyasi (CISAC) bo'lsa [19], ikkinchisi esa Reprografik huquqlarni takrorlash bo'yicha tashkilotlar xalqaro federatsiyasi (IFRRO) [20] hisoblanadi.

Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarga qo'yiladigan asosiy talablardan biri bu - ular faoliyatidagi shaffoflik va yig'ilgan mualliflik haqlarini belgilangan shartlarda va muddatda to'lanishi hisoblanadi. Shunga ko'ra hamda so'nggi yillarda O'zbekistonda ham bu kabi tashkilotlar soni ortib borayotganligi munosabati bilan Hukumatning "Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish va ular faoliyatini tartibga solish to'g'risida"gi qarorini qabul qilish va ro'yxatdan o'tkazish tartibi aynan mualliflik sohasidagi vakolatli organga yuklatilishi har tomonlama maqsadga muvofiq bo'ladi. Xususan, Belarus Respublikasi, Singapur, Filippin kabi mamlakatlarda intellektual mulk bo'yicha vakolatli organi tomonidan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarni ro'yxatdan o'tkazish (akkreditatsiya) tajribasi mavjud . Shu bilan birga, taklif etilayotgan ushbu qarorda mualliflik huquqi egalarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar ta'sischilarining minimal soni hamda ustav kapitalini belgilab o'tilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Zero "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi Qonunda

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

ham ushbu tashkilotlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish shartlari va tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi aytib o'tilgan.

Hozirda mamlakatimizda bir qator bu turdagi jamoat birlashmalari faoliyat boshlagan bo'lib, bugungi kunga kelib ularning soni o'sib, (6 ta) shu bilan birga faoliyati takomillashib bormoqda. Xususan, birgina 2019 yilda 3 ta mualliflik jamiyati O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan nodavlat notijorat tashkiloti sifatida ro'yxatdan o'tkazildi. Taqqoslash uchun bunday tashkilotlar Ozarbayjonda 2 ta, Turkiyada 28 ta, Tojikistonda 2 ta, Qozog'istonda 8 tani tashkil etmoqda, Qirg'izistonda esa Qirg'izpatent tomonidan mualliflar va huquq egalari uchun foydalanuvchilardan mualliflik haqlarini yig'ish va taqsimlash ishlari amalga oshiriladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, so'nggi yillarda O'zbekistonda mualliflik huquqi bilan bog'liq nizoli ishlar oshib bormoqda. Bu esa o'z-o'zidan ushbu yo'nalish institutlari (mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar) faol ishlayotganligidan hamda ijodkorlarning o'z huquqlarini tushunib yetayotganligidan darak beradi. Shu bilan birga, hozirda O'zbekistonda mualliflar va huquq egalarining mulkiy huquqlarini himoyasini ta'minlashga doir bir qator islohotlar amalga oshirilayotganligini ta'kidlash kerak. Xususan, mualliflar, turdosh huquq egalari hamda boshqa huquq egalarining qonuniy huquq va manfaatlarini, ularning mualliflik haqi (gonorar)ni adolatli olinishini ta'minlash shular jumlasidandir.

Shu bilan burga, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti iqtisodiyoti o'tish davridagi davlatlar uchun intellektual mulk siyosatini ishlab chiqishda mualliflar va ijrochilar jamiyatiga alohida urg'u bergan [21].

Tadqiqotchilar tomonidan mualliflik huquqi muhofazasini ta'minlashda mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqarish bilan birga, mualliflik shartnomasini ham alohida ta'kidlashadi [22]. Shu bilan birga, ushbu yo'nalishda asarlardan foydalanish uchun imkoniyati cheklangan shaxslarga sharoitlar tug'dirish muhim sanaladi. Bu borada ayniqsa, Ko'zi ojiz, ko'rishda nuqsoni bo'lgan va bosma axborotni idrok etishda boshqa jihatdan qobiliyati cheklangan shaxslarning nashr etilgan asarlardan foydalanishini yengillashtirish to'g'risidagi Marokash shartnomasi (2013-yil 27-iyun, Marokash) muhim o'rin tutadi [23].

Umuman olganda, mualliflik huquqini jamoaviy boshqarish, xuddi intellektual mulkning boshqa obyektlari kabi muhim sanaladi. Xalqaro darajada huquqi muhofazani biz, tovar belgisi (Madrid tizimi) va ixtiro (PCT tizimi)da ko'rishimiz mumkin [24].

Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar yo'nalishidagi tadqiqotlardan kelib chiqib, mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar faoliyatiga doir quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

Xulosalar

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

Birinchidan, mulkiy huquqlarni jamoa bo'lib boshqarish bilan shug'ullanadigan tashkilotlar huquq egalari shartnoma asosida o'tkazgan huquqlarnigina amalga oshirishi lozim.

Ikkinchidan, sub'ektlar (muallif, huquq egasi) xohlagan vaqtda bu tashkilotlarning nazorat qilish huquqiga ega bo'lish imkoniyatini olishlari kerak.

Uchinchidan, mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar mualliflik huquqining turli sohalari bo'yicha tuzilishi mumkin.

To^rtinchidan, tashkilotlar huquqlarining mulkiy huquqlarini boshqarish, ya'ni asarlardan foydalanganda haq yig'ish bilan shug'ullansa-da, lekin ular tijorat tashkilotining vazifasini bajarmasligi va o'z xarajatlarini huquq egalarining ajratmalari hisobidan qoplashligi lozim.

Beshinchidan, bu tashkilotlar huquq egasining topshirig'iga muvofiq, huquqlarni uchinchi shaxslarga ham o'tkazish (litsenziya asosida) funksiyasini amalga oshirishi mumkin.

Mazkur takliflar bo'yicha ishlarni to'g'ri va tizimli tarzda yo'lga qo'yilishi, o'ylaymizki mualliflik huquqini himoyasini ta'minlashga bu orqali esa ijodkorlar mehnati uchun tegishli haqlarni to'lanishiga hamda madaniyat va san'atni mualliflik huquqiga doir qoidalar asosida rivojlanishiga olib keladi [25]. Ushbu jihatlar bevosita xalqaro normalar qoidalari (xususan, TRIPS bitimi) va tamoyillariga mos keladi [26].

REFERENCES

1. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, [National Legislative Database] 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son.

2. Copyright Industries in the US Economy. [Available at: https://www.iipa.org/files/uploads/2020/12/2020-IIPA-Report-FINAL-web.pdf].

3. Collective Management Organisations and competition law [Available at: https://chambers.com/articles/collective-management-organisations-and-competition-

4. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, [National Legislative Database] 21.04.2021 y., 03/21/683/0375-son, 21.08.2021 y., 03/21/709/0808-son. [Available at: https://www.lex.uz/acts/10229441.

5. M.Fichor. [Collective management of copyright and related rights] [Kollektivnoy upravleniy avtorskim pravom I smejnim pravami]. Jeneva. 1990. 98 b.

6. Chenyi Zhao. A Study on the Improvement of Collective Management System of Copyright in the Digital Era. Advances in Social Science, Education and Humanities Research, volume 554, p 33-38.

law-21.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

7. Collective Management of Copyright and Related Rights [Available at: https: //www.wipo .int/copyri ght/ru/management/index. html 1.

8. Zijian Zhang. Rationale of collective management organizations: an economic perspective. doi 10.5817/mujlt2016-1-4. P.75.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

9. Collective Management of Copyright and Related Rights, World Intellectual Property Organization (last visited May 11, 2017), [Available at: http: //www.wipo .int/copyright/en/management/].

10. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi [National Legislative Database], 21.08.2021 y., 03/21/709/0808-son. [Available at: https://www.lex.uz/acts/10229441

11. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi [National Legislative Database], 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son. [Available at: https://lex.uz/docs/-1805521

12. World Trade Organization (WTO) [Available at: https://wipolex.wipo. int/ru/text/3296361.

13. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi [National Legislative Database], 21.08.2021 -y., 03/21/709/0808-son.

14. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.08.2021 y., 03/21/709/0808-son. [Available at: https: //www.lex.uz/docs/-1022944].

15. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi yillik hisobotlari [Available at: http: //www.ima.uz/uz/nashrlar/yillik-hisobot/].

16. S.B.Zyatskiy Problemy realizatsii avtorskix I smejnix prav na kollektivnoy osnove v usloviyax razvitiya novyx texnologiy. Diss... na soiskaniy uchenoy stepeni k.yu.n. Moskva. 2003 g.[ Problems of implementation of copyright and related rights on a collective basis in the context of the development of new technologies]. Diss... for the degree Ph.D. Moscow

17. Directive 2014/26/EU of the European Parliament and of the Council. of 26 February 2014. On collective management of copyright and related rights and multiterritorial licensing of rights in musical works for online use in the internal market (Available at: https://eur-lex.europa.eu/legal-content/EN/TXT/?uri=celex%3A32014L0026)

18. ЮЛДАШОВ А. ГЕОГРАФИК КУРСАТКИЧ ТУШУНЧАСИ ВА ЩТИгаДИЁТНИ МУСТАХКАМЛАШДА УНИНГ ТУТГАН УРНИ //ЮРИСТ АХБОРОТНОМАСИ. - 2021. - Т. 2. - №. 1. - С. 249-257.

19. International Confederation of Societies of Authors and Composors <www.cisac.org>. As of January 1, 2001, CISAC had 181 member [1998] 2 F.C. 22. organizations, though not all would qualify as active CMOs.

19. International Federation of Reproduction Rights Organizations <www.ifrro.org>. As of August 13, 2001, IFRRO had 95 members, including 39 CMOs.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

21. Yuldashov, A. (2020). Intellektual mulk bo'yicha milliy strategiyalarning ahamiyati va Butunjahon intellektual mulk tashkilotining bu borada tutgan o'rni.[The importance of national intellectual property strategies and the role of the World Intellectual Property Organization in this regard. Legal Information,] Yurist axborotnomasi, 1(2), 53-59.

22. Юлдашов А., Чориев М. Договорно-правовые отношения в области авторского права и ответственности за нарушение авторского права: национальный и зарубежный опыт //Общество и инновации. - 2020. - Т. 1. - №. 1/s. - С. 511-522.

23. Yuldashov, A. A. "Government policies related to social protection of disabled persons in Uzbekistan: National and international aspects." (2012): 186-191.

24. Abdugopirovich, Yuldashov Abdumumin. "Types Of Legal Protection Of A Trademark (Service Mark) In Foreign Countries: The Example Of The Madrid System." Turkish Journal of Computer and Mathematics Education (TURCOMAT) 12.4 (2021): 1068-1073.

25. ЮЛДАШОВ А. А. НЕОБХОДИМОСТЬ УЧАСТИЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН В МЕЖДУНАРОДНЫХ РЕЙТИНГАХ И ИНДЕКСАХ В ОБЛАСТИ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ СОБСТВЕННОСТИ //Электронный инновационный вестник. - 2021. - №. 1. - С. 18-20.

26. Kang H. Y. Open Letter by over 180 International IP Academics in Support of the TRIPS Waiver.

27. Юлдашов, А. (2020). Интеллектуал мулк буйича миллий стратегияларнинг ахдмияти ва Бутунжахрн интеллектуал мулк ташкилотининг бу борада тутган урни. Юрист ахборотномаси, 1(2), 53-59.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.