Научная статья на тему 'MUALLIFLIK HUQUQINING SHAKLLANISHIDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNING AHAMIYATI'

MUALLIFLIK HUQUQINING SHAKLLANISHIDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1167
107
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Huquqiy ong / huquqiy madaniyat / mualliflik huquqi / turdosh huquqlar / mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni aniqlash mezonlari / mualliflik va turdosh huquqlar qonunchiligini tahlil qilish. / Analysis of legal consciousness / legal culture / copyright / related rights / criteria for determining copyright and related rights / copyright and related rights legislation.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mustafaqulov, Bekzod Alimnazar O‘g‘li

Maqola mamlakatda mualliflik huquqlarining shaklllanishida huquqiy ong va huquqiy madaniyati ahamiyatini oshirishga bag‘ishlangan. Fuqarolarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirishning ahamiyati, Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni aniqlash bo‘yicha milliy qonunchilik – Fuqarolik kodeksi, Mualliflik huquqi va boshqa turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun tahlil qilingan. Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF LEGAL ORGANIZATION AND LEGAL CULTURE IN THE FORMATION OF COPYRIGHT

The article is devoted to increasing the importance of legal awareness and legal culture in the formation of copyright in the country. The importance of raising the legal awareness and legal culture of citizens, the national legislation on the definition of copyright and related rights the Civil Code, the Law on Copyright and other related rights are analyzed. Suggestions were made to improve the legislation.

Текст научной работы на тему «MUALLIFLIK HUQUQINING SHAKLLANISHIDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNING AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MUALLIFLIK HUQUQINING SHAKLLANISHIDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNING AHAMIYATI

Mustafaqulov Bekzod Alimnazar o'g'li

Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi kafedra mudiri E-mail: bekzodmustafaqulov8@gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqola mamlakatda mualliflik huquqlarining shaklllanishida huquqiy ong va huquqiy madaniyati ahamiyatini oshirishga bag'ishlangan. Fuqarolarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirishning ahamiyati, Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni aniqlash bo'yicha milliy qonunchilik - Fuqarolik kodeksi, Mualliflik huquqi va boshqa turdosh huquqlar to'g'risidagi qonun tahlil qilingan. Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar berildi.

Kalit so'zlar. Huquqiy ong, huquqiy madaniyat, mualliflik huquqi, turdosh huquqlar, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni aniqlash mezonlari, mualliflik va turdosh huquqlar qonunchiligini tahlil qilish.

ЗНАЧЕНИЕ ПРАВОВОЙ OPrAHroATSffl И ПРАВОВОЙ КУЛЬТУРЫ В СТАНОВЛЕНИИ АВТОРСКОГО ПРАВА

Мустафакулов Бегзод Алимназар угли

Заведующий кафедрой Сурхандарьинского областного юридического техникума E-mail: [email protected]

АННОТAЦИЯ

Статья посвящена повышению значения правосознания и правовой культуры в формировании авторского права в стране. Анализируется значение повышения правосознания и правовой культуры граждан, на181ональное законодательство по определению авторского права и смежных прав -Гражданский кодекс, Закон об авторском праве и других смежных правах. Были внесены предложения по совершенствованию законодательства.

Ключевые слова. Анализ правосознания, правовой культуры, авторского права, смежных прав, критериев определения авторского права и смежных прав, законодательства об авторском праве и смежных правах.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

THE IMPORTANCE OF LEGAL ORGANIZATION AND LEGAL CULTURE IN THE FORMATION OF COPYRIGHT

Mustafakulov Bekzod Alimnazar ugli

Head of the Department of Surkhandarya

Regional Law College E-mail: [email protected]

ABSTRACT

The article is devoted to increasing the importance of legal awareness and legal culture in the formation of copyright in the country. The importance of raising the legal awareness and legal culture of citizens, the national legislation on the definition of copyright and related rights - the Civil Code, the Law on Copyright and other related rights are analyzed. Suggestions were made to improve the legislation.

Keywords. Analysis of legal consciousness, legal culture, copyright, related rights, criteria for determining copyright and related rights, copyright and related rights legislation.

Intellektual mulkning huquqiy himoyasiga doir qonunchilikni bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirish milliy iqtisodiyotning innovatsion rivoji hamda mamlakatning intellektual ishlab chiqarishi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim o'rin tutadi. Shunni hisobga olgan holda keyingi paytlarda ijodkorlar, madaniyat, san'at ahli va ijrochilarga davlatimiz rahbari va Hukumatimiz tomonidan katta e'tibor qaratilmoqda. Ijodkorlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va faolligini oshirish, ularni mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning keng targ'ibotchilariga aylantirishga harakat qilinayapti. Ayniqsa, ijodkorlarning mualliflik huquqlarini himoya qilish tizimini kuchaytirish, pandemiya sharoitida ijodkorlarni moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash yo'llari qidirilmoqda. Shu bois ilmiy-ijodiy faoliyatni moddiy ta'minlash, iqtisodiyotni innovatsion bosqichga o'tkazish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, ayniqsa, sohada huquqni qo'llash amaliyotini kuchaytirish, huquq egalarining tegishli huquqlariga og'ishmay rioya etish dolzarb vazifalardan bo'lib qolmoqda.

Mamlakatda ochiqlik hukm surayotgan va sohaga oid milliy qonunchilik takomillashtirilayotgan bo'lsa-da, lekin asarlardan ruxsatsiz va o'zboshimchalik bilan foydalanish odat tusiga aylangan, mualliflar va boshqa huquq egalarining asarlaridan foydalanganda ularga haq to'lash tizimi kuchsizligicha qolmoqda. Shunga ko'ra, mamlakat iqtisodiyotida intellektual mulkning ulushi past, sohani rivojlantirishga

238

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

investitsiyalar jalb etilmayati, davlat o'z zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarini bajarishda ma'lum qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda, huquqni qo'llash amaliyoti yaxshi yo'lga qo'yilmagani mamlakatning xalqaro imidjiga ham ta'sir ko'rsatmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Intellektual faoliyat mahsullari orasida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlari alohida ajralib turadi. Bu alohidalik ijodkor-muallif huquqiy maqomida ham, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyekti bo'lgan fan, adabiyot, san'at asarlari, ijrochilik faoliyati huquqiy rejimida ham o'z ifodasini topgan. Jahonda turli mamlakatlar o'rtasida ijtimoiy-madaniy aloqalar o'sib borgani sayin bir mamlakatdagi ijodkorlar asarlaridan boshqa mamlakatlardagi kishilar foydalanish imkoniyatlari kengayib bormoqda, bu esa mualliflik va turdosh huquqlar dunyoning ko'p mamlakatlarida bir xilda tartibga solinishiga bo'lgan zaruratni vujudga keltirmoqda. Ushbu zarurat taqozosiga ko'ra mualliflik huquqi bo'yicha Butunjahon konvensiyasida (uni Jeneva konvensiyasi ham deyishadi) hamda "Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to'g'risida"gi Bern konvensiyasi ishlab chiqilgan va dunyoning ko'pgina mamlakatlari o'z milliy qonunlarini u yoki bu konvensiya asosida shakllantirmoqdalar. Bern konvensiyasi me'yorlari mualliflik huquqlarini huquqiy muhofaza etishda qat'iyroq tusga ega. O'zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi qonun mazmunida Bern konvensiyasining asosiy qoidalari yotadi.

Ilmiy maqolani tayyorlashda umumlashtirish, deduksiya, tizimli yondashuv, qiyosiy-huquqiy tahlil, statistik va amaliyot materiallarini o'rganish kabi usullardan foydalanilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mualliflik huquqi fuqarolik huquqining tarkibiy qismi bo'lib, uning eng muhim institutlaridan hisoblanadi. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar adabiyot, san'at asarlarini yaratish, ulardan foydalanish va ijro etish bilan bog'liq bo'lgan shaxsiy va mulkiy munosabatlarni tartibga soladi.

Mualliflik huquqi tamoyillari deb negizida yotgan asosiy qoidalarga aytiladi. Bu tamoyillar ichida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasida mustahkamlab qo'yilgan ijod erkinligi muhim ahamiyatga ega. Uning mohiyati shundan iboratki, ijodkor o'z ijodiy mahsuli mavzusini tanlashda, shaklini belgilashda, yaratish uslublarini tanlashda, undan foydalanishda erkin va mustaqildir. Ayni vaqtda bu erkinlik qonun doirasida amalga oshirilmog'i lozim. Ijodkor o'z asari orqali konstitutsiyaviy tuzumga qarshi, zo'ravonlik yoki behayolikni targ'ib qilish,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

boshqalarning huquqlarini poymol qilish maqsadlarini ko'zlamasligi lozim. Muhim konstitutsiyaviy tamoyillardan yana biri ijodiy mahsulotlarga nisbatan senzuraning yo'l qo'yilmasligi haqidagi qoidadir.

Muallif asarni yaratishda yoki e'lon qilishda agarda u davlat sirlari, shaxsiy sirlar yoxud boshqalarning qonuniy manfaatlari bilan bog'liq bo'lmasa, oldindan ruxsat olish, asar mazmunini nazoratdan o'tkazish talab etilmaydi. Mualliflik huquqining yana bir asosiy qoidalaridan biri muallif huquqlarining vujudga kelishi, uni muhofaza etish, asarni yaratish fakti asosida vujudga kelishi, u qandaydir rasmiyatchiliklarga rioya etilishi talab etilmasligidir. Ushbu tamoyil FKning 1041-moddasi va Qonunning 10-moddasida o'z ifodasini topgan.

Mualliflarning asarlarni yaratish va ulardan foydalanishda ma'naviy va moddiy manfaatdorligini har tomonlama muhofaza etish ham qonunlarda mustahkamlab qo'yilgan. Ushbu tamoyil mualliflik huquqiy munosabatlari qatnashchilarining huquq va burchlarini belgilovchi me'yorlardagina emas, balki subyektiv huquqlarni amalga oshirish kafolatlarida, muallif huquqlarini muhofaza etish bo'yicha davlat organlari zimmasiga yuklangan majburiyatlarda, buzilgan muallif huquqlarining himoya qilinishini ta'minlovchi me'yorlarda ham o'z ifodasini topgan.

Mualliflik huquqining shakllanishida huquqiy ong va huquqiy madaniyatning ahamiyati haqida gapiradigan bo'lsak, biz birinchi navbatda mualliflik huquqi nimaligini bilib olishimiz kerak.

Mualliflik huquqi - keng ma'noda fan, adabiyot va san'at asarlarini yaratish, foydalanish va huquqiy himoya qilishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig'indisi, fuqarolik huquqining bir bo'limi. Tor ma'noda esa asar muallifiga tegishli bo'lgan va qonunlarda mustahkamlanib qo'yilgan shaxsiy va mulkiy huquklar tizimini tashkil etadi.

Fuqarolik kodeksining 1043-moddasida hosila asarlarga ya'ni biron asarning yoki kinoning tarjimalariga nisbatan ham ularning yaratilishi uchun asos bo'lgan yoki ularning tarkibiga kirgan asarlar mualliflik huquqi obyektlari bo'lishi yoki bo'lmasligidan qat'i nazar, mualliflik huquqi bilan muhofaza qilinadi deyilgan. Aytaylik kimdir biror asarni yoki kinoni tarjima qildi (albatta muallifning roziligi bilan)

Mualliflik huquqi oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor qilinmagan asarlarga ham tatbiq etiladi. Asarni oshkor qilish tushunchasi O'zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyulda qabul qilingan "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi qonunida mavjud. Chunonchi, mazkur Qonun 3-moddasining to'rtinchi xatboshisiga muvofiq, asarni oshkor qilish deyilganida: "muallifning roziligi bilan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

amalga oshirilgan, asarni chop etish, omma oldida namoyish etish, omma oldida ijro etish, efirga uzatish yoki boshqacha usulda yuborish yo'li bilan ilk bor asardan barchaning voqif bo'lishi uchun imkon beradigan harakat'' tushuniladi.

Bu o'rinda shuni ta'kidlash joizki, asarning u yoki bu usulda oshkor qilinganligi fakti ko'pincha mualliflik huquqini muhofaza qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Masalan, asarga bo'lgan mualliflik to'g'risida nizo paydo bo'lganida, agar muallifning asari nashr qilib bo'lingan yoki o'quvchilarning keng doirasiga ma'lum bo'lsa va boshqa shu kabi hollarda muallif o'z huquqlarini muhofaza qilishi oson bo'ladi. Biroq, roman u nashr etib bo'linganidan keyingina mualliflik huquqi obyektiga aylanadi (ya'ni, huquqiy muhofazaga ega bo'ladi) deb o'ylash noto'g'ri bo'ladi.

Ayni bir vaqtda huquqiy muhofaza obyektiga aylanish uchun asar obyektiv ravishda mavjud bo'lishi kerak. Ushbu qoida umuman huquq obyektlarining barchasiga ham teng ravishda taalluqlidir. Masalan, uy qurish g'oyasi emas, balki uyning o'zi mulk huquqi obyekti bo'lishi mumkin. Xuddi shuningdek, asarning o'zi ham obyektiv ravishda mavjud bo'lishi kerak, zero, kartina yaratish fikrining birgina o'zi qonun bilan muhofaza qilinmaydi. FKning 1041-moddasida belgilanganiga ko'ra mualliflik huquqi "biron-bir obyektiv shaklda bo'lgan" asarga nisbatan tatbiq etiladi. Mazkur modda ana shu shakllarning ro'yxatini ham o'z ichiga olgan. Biroq, bu ro'yxat tugal emas, uni yana davom ettirish mumkin.

Bunda yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, asar mavjud bo'lishining (ifodalanishining) muayyan shakli uni mualliflik huquqi obyekti sifatida e'tirof etish uchun ahamiyatga ega emas.

Masalan, asar nomoddiy, his qilib bo'lmaydigan, ma'naviy predmet sifatida namoyon bo'ladi. Asarning u yoki bu obyektiv shaklda ifodalanishi, qoida tariqasida, uni u yoki bu moddiy predmet shaklida - kitob, kasseta, haykal va boshqa shu kabilarda aks ettiradi. Bundan faqatgina omma oldida so'zlash, omma oldida ijro etish va boshqa shu kabi asarni og'zaki ifodalash shakli mustasno. Bu o'rinda shuni nazarda tutish kerakki, intellektual ijodiy faoliyat natijasiga yoki individuallashtirish vositasiga bo'lgan mutlaq huquq bunday natija yoki individuallashtirish vositasi aks ettirilgan moddiy obyektga bo'lgan mulk huquqidan qat'i nazar mavjud bo'ladi.[12-16] Xuddi shunga o'xshash qoida "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi Qonunda ham mavjud (38-modda, oltinchi qism): asarga bo'lgan mualliflik huquqi asar aks ettirilgan moddiy obyektga bo'lgan mulk huquqi bilan bog'liq emas. Qandaydir moddiy obyektga bo'lgan mulk huquqini yoki egalik qilish huquqini boshqa shaxsga berish ushbu obyektda aks ettirilgan asarga bo'lgan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mualliflik huquqini boshqa shaxsga berishga sabab bo'lmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Mualliflik huquqi obyektlari bo'lgan asarlarda asarning shaklini farqlash qabul qilingan. Bu o'rinda shakl deyilganida asar tilining elementlari tushuniladi. Asarlarning tili ular ijodning qaysi turiga taalluqliligiga qarab farqlanadi. Masalan, musiqa asarlariga - tovushlar (notalar) tili, tasviriy san'at asarlariga - chiziqlar, ranglar tili xosdir. Ana shuni hisobga olgan holda mualliflik huquqi faqatgina asarning shakl elementlarini yoki shakl va mazmun elementlarini birgalikda muhofaza qiladi. Mazmun elementlarining birgina o'zi qonun bilan muhofaza qilinmaydi. Fuqarolik kodeksi 1041-moddasining uchinchi qismida belgilanganiga muvofiq, mualliflik huquqi g'oyalar, prinsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar, usullar yoki konsepsiyalarga tatbiq etilmaydi.

1886-yil 9-sentabrda qabul qilingan "Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to'g'risida"gi Bern Konvensiyasining 8-moddasida (O'zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaga O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 27-avgustdagi 681-II-sonli Qaroriga muvofiq qo'shilgan. Ushbu Konvyensiya O'zbekiston Respublikasi uchun 2005-yil 19-apreldan boshlab kuchga kirgan) ushbu Konvensiyada berilgan muhofaza kun yangiliklari to'g'risidagi xabarlarga yoki oddiy matbuot axboroti tusiga ega bo'lgan turli voqealar to'g'risidagi xabarlarga tatbiq etilmasligi nazarda tutilgan.[1]

Biroq, ushbu normadan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish lozim. Chunki unda qanchalik qisqa va lo'nda bo'lishidan qat'i nazar, birovning xabarini o'zlashtirish mumkinligi emas, balki jurnalistning qandaydir bir voqea yoki fakt to'g'risidagi xabari uni ana shu voqeaning yakkayu-yagona "egasi"ga aylantirmasligi va bu voqea haqida boshqa odamlar ham xabar tarqatishi mumkinligi nazarda tutiladi. Bu masalada amaliyotda uchrab turadigan rasmiy yondashuvga yo'l qo'ymaslik kerak. Masalan, ko'pgina ilmiy, shu jumladan ilmiy-publitsistik ishlar turli "konsepsiyalar", "tizimlar" va boshqa shu kabilar nomi bilan yuritiladi. Biroq, bu hol ular mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydi, degan ma'noni anglatmaydi. Demak, mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo'lmish fan, adabiyot va san'at asarlariga nisbatan tatbiq etilishini anglatadi. Endi biz huquqiy ong va huquqiy madaniyat tushunchalariga to'xtalib o'tamiz.

Huquqiy ong - bu ijtimoiy ongning shakllaridan biri bo'lib, kishilarda huquqqa, qonunchilikka, huquq-tartibotga va boshqa huquqiy hodisalarga nisbatan bo'lgan g'oyalar, his tuyg'ular, tasavvurlar yig'indisidir.

Huquqiy madaniyat - bu kishilarning huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilishi va unga rioya qilishidir.[7-11]

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Mualliflik huquqini amalga oshirishda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning ahamiyati deganda, huquqiy ong mualliflik huquqini bilishimiz va mualliflik huquqi haqida tasavvurlarimizning yig'indisi bo'lsa, huquqiy madaniyat esa mualliflik huquqiga munosabatimiz, mualliflik huquqini hurmat qilishimiz va unga rioya qilishimizdir.

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 27-moddasiga asosan: o'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan voyaga yetmaganlarning muomala layoqati belgilangan bo'lib unga ko'ra:

fan, adabiyot yoki san'at asarining, ixtironing yoxud o'z intellektual faoliyatining qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa natijasi muallifi huquqini amalga oshirishlari mumkin deyilgan. Ushbu normadan ko'rinib turibdiki, mualliflik huquqining vujudga kelishi o'n to'rt yosh hisoblanar ekan.

Lord Atkin aytganidek, "sizning qilgan har bir xatti-harakatingiz boshqalarga ta'sir qilmasligi kerak, yani odamlar bilan munosabatlaringizda ularning huquqlarini e'tiborga olishingiz kerak".[4]

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 27-moddasidagi o'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslarning fan, adabiyot yoki san'at asarining, ixtironing yoxud o'z intellektual faoliyatining qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa natijasi muallifi huquqining vudga kelishini 29-moddasiga ko'ra:

Olti yoshdan o'n to'rt yoshgacha bo'lgan kichik yoshdagi bolalar quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar:

1) mayda maishiy bitimlar;

2) tekin manfaat ko'rishga qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki davlat ro'yxatidan o'tkazishni talab qilmaydigan bitimlar;

3) qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan muayyan maqsad yoki erkin tasarruf etish uchun berilgan mablag'larni tasarruf etish borasidagi bitimlar.

Ushbu moddaga to'rtinchi band sifatida fan, adabiyot yoki san'at asarining, ixtironing yoxud o'z intellektual faoliyatining qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa natijasi muallifi huquqini amalga oshirish deb o'zgartirilsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Chunki hozirgi zamonaviy dunyoda axborot almashinuvi jadallik bilan rivojlanyapti va o'n to'rtga yoshga to'lmagan bolalar ham turli xil ixtiro, qo'shiq, musiqa, san'at asarlari yoki boshqa intellektual faoliyat natijasining mualliflari bo'lishyapti, buning natijasida ushbu intellektual faoliyat natijalari himoya qilinishi kerak, aks holda o'zgalar tomonidan mualliflarning ushbu huquqlari buzib

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

foydalanishlari mumkin. Biroq mamlakatimizda o'n to'rt yoshga to'lmagan bolalar intellektual faoliyat natijalarini yaratsa, ularda mualliflik huquqlari vujudga kelmaydi.

Agar bolalarga ular maktabga borganliklaridan mualliflik huquqi nimaligini, u boshqalar mehnati mahsuli ekanligini, uni o'zboshimchalik bilan o'zlashtirish mumkin emasligi tushuntirilsa, odamlarning huquqiy madaniyati hozirgidan ko'ra yaxshiroq bo'lardi.

Bundan tashqari, mualliflik huquqlari intellektual faoliyat tarkibiga kirganligi uchun hozirgi kunda O'zbekistonda amaldagi sudlarga qo'shimcha ravishda yangi, intellectual mulk masalalariga ixtisoslashgan sudlarni institutini shakllantirish kerak.[6] Hozir intellektual mulk obyektlarini samarali himoya qilishga obyektiv ehtiyoj paydo bo'lgan, O'zbekistonda esa, bu masalalarni sinchkovlik bilan o'rganishga qodir sudyalar juda kam. Shuningdek, Intellektual huquqlar bo'yicha sudning yaratilishi, birinchidan, intellektual huquqlarni muhofaza qilish tizimini xalqaro huquq normalariga muvofiq holatga keltirish zarurati bilan, ikkinchidan esa, uchinchi Renessans iqtisodiyotining investitsion maftunkorligini oshirishga bo'lgan ehtiyoj bilan shartlangan. Sudning vazifasi nizolarni himoya qilinishi kerak bo'lgan u yoki bu intellektual huquq obyektining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, professional tarzda ko'rib chiqishdan iborat bo'ladi. Chunki qonunlarni qabul qilib qo'ygan bilan mualliflik huquqlari himoya qilinib qolmaydi. agar haqiqatdan ham biz mualliflik huquqlarini himoya qilishni xohlasak, uning ta sirchan mexanizmini yaratishimiz kerak.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, Fuqarolarda mualliflik huquqlarining shakllanishi uchun biz birinchi navbatda, mualliflik huquqining nimaligini bilishimiz kerak. Mualliflik huquqining nimaligini bilishimiz bu - huquqiy ong bo'lsa, mualliflik huquqiga rioya qilishimiz va uni hurmat qilishimiz bu -huquqiy madaniyatdir.

REFERENCES

1. 1886-yil 9-sentabrda qabul qilingan "Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to'g'risida"gi Bern Konvensiyasi.

2. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi: (2021-yil martgacha o'zgartirish va qo'shimchalar bilan) Rasmiy nashr - O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. - T.: Adolat, 2021-y. - 560 b

3. 2006-yil 20-iyulda qabul qilingan "Mualliflik va turdosh huquqlar to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi qonuni.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

4. Who then - in Law - is my Neighbour? Lord Atkin's 'Neighbour Principle' as an Aid for the Principled Delineation of the Boundaries of Negligent Liability 72 page. Adrian Baihui Chan Submitted for the degree of Master of Laws, Graduate Department of the Faculty of Law, University of Toronto, 2011.

5. Алмосова Шахноза (2020). Защита прав интеллектуальной собственности по Конституции и государственным программам. Review of law sciences, 2 (Спецвыпуск), 72-76. doi: 10.24412/2181-919X-2020-72-76

6. АЛМОСОВА, Ш. (2020). ДОМЕН НОМЛАРИ ВА ИНДИВИДУАЛЛАШТИРИШ ВОСИТАЛАРИ УРТАСИДАГИ УЗАРО БОЕЛЩЛИК ВА УЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШДА МУАММОЛИ ДОЛАТЛАР ТАДЛИЛИ. ЮРИСТ АХБОРОТНОМА СИ, 1(6), 81-85.

7. Turdialiev, M. A. (2021). REGULATION OF MNES BY DOMESTIC AND INTERNATIONAL POLICIES. Зб1рник наукових праць SCIENTIA.

8. Турдиалиев, М. А. (2020). Эркин иктисодий зоналар доирасида инглиз хукукини жорий этишнинг хориж ва миллий тажрибаси. Юрист Ахборотномаси, 1(6), 151-158.

9. Younas, A. (2021). Multinational Enterprises in Global Market Economy. International Journal of Development and Public Policy, 1(7), 137-143.

10. Polatjonogli, T. M. A., & Abdulajonovich, S. M. (2022). HUNTING A SUITABLE TYPE OF LEGAL ENTITYFOR CENTRAL ASIAN BUSINESSMEN IN CHINA. Ижтимоий Фанларда ИнHoeatsiM онлайн илмий журнали, 2(1), 75-

11. Kinza Fatima, & Mukhammad Ali Turdialiyev. (2022). UNDERSTANDING THE SOCIAL CHANGE AND DEVELOPMENT IN THE "THIRD WORLD": A BOOK OVERVIEW. World Bulletin of Management and Law, 6, 1-2. Retrieved from https://scholarexpress.net/index.php/wbml/article/view/439

12. Turdialiev , M. A. (2021). REGULATION OF MNES BY DOMESTIC AND INTERNATIONAL POLICIES. 36ipHUK наукових праць SCIENTIA. вилучено i3 https://ojs.ukrlogos.in.ua/index.php/scientia/article/view/17095

13. Юнас, А., Каландаров, А., & Турдиалиев, М. А. (2021). Legal progress of ecommerce legislation in Central Asia during the COVID-19 period. Общество и UHHoeatsiu, 2(6), 170-176.

14. Ammar Younas, & Turdialiev Mukhammad Ali Polatjon Ogli. (2021). Special Features Of International Financial Centres And Its Establishment In Uzbekistan. The American Journal of Political Science Law and Criminology, 3(08), 17-21. https://doi.org/10.37547/tajpslc/Volume03Issue08-04

77.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

15. Akramov, A., Mirzaraimov, B., Akhtamova, Y., & Turdaliyev, M. A. (2020). Prospects For The Development Of Trust Management In Uzbekistan. Psychology and Education Journal, 57(8), 530-535.

16. Turdialiev, M. A., & Komilov, B. (2020). The Legal Issues Of International Investment Activity In Uzbekistan: Critical Analysis And Legal Solutions. The American Journal of Political Science Law and Criminology, 2(12), 16-21.

17. Narziev, O., Turdialiev, M. A., Khodjimurotov, S., & Mamanazarov, S. (2021). The Perspectives of the Establishment of International Financial Centers in Uzbekistan and the Implementation of English Law. PSYCHOLOGY AND EDUCATION, 58(1), 113-119.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

18. Садиков М. А. ЗАМОНАВИЙ ЮРИДИК АМАЛИЁТДА "LEGAL TECH" НИНГ УРНИ ВА РОЛИ //ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. - 2020. -Т. 5. - №. 6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.