Научная статья на тему 'XUSUSIY MULK INSTITUTI VA HUQUQINI KONSTITUTSIYAVIY TARTIBGA SOLISHNING TARIXIY RIVOJLANISHI'

XUSUSIY MULK INSTITUTI VA HUQUQINI KONSTITUTSIYAVIY TARTIBGA SOLISHNING TARIXIY RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
306
77
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Evolyusiya / qonstitutsiya / rim huquqi / mulk shakli nazariyalari / xususiy mulk huquqi / huquqning rivojlanish tendensiyalari / ekologik funksiya. / Evolution / constitution / roman law / theories of form of ownership / private property law / development trends of law / ecological function.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Hamroyev Sodiqjon Baxrom O‘G‘Li

Mazkur maqolada xususiy mulk instituti va huquqining konstitutsiyaviy tartibga solinish evolyusiyasi, uning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, mulk munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy-me’yoriy manbalarni rivojlanishi, xususiy mulkning alohida ahamiyati va daxlsizligini tan olishga urg‘u berishidan mulkning ijtimoiy funksiyasini konstitutsiyalarda aks ettirishgacha bo‘lgan harakatlar va boshqalar xorijiy davlatlar tajribasi asosida tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORICAL DEVELOPMENT OF THE INSTITUTE OF PRIVATE PROPERTY AND THE CONSTITUTIONAL REGULATION OF LAW

This article devoted the evolution of the institution of constitutional regulation of private property and law, its main directions, including the development of legal and regulatory sources, regulating property relations the emphasis on recognizing the special importance and inviolability of private property and its reflection in the constitutions have been analyzed based on the experience of foreign countries.

Текст научной работы на тему «XUSUSIY MULK INSTITUTI VA HUQUQINI KONSTITUTSIYAVIY TARTIBGA SOLISHNING TARIXIY RIVOJLANISHI»

Scientific Journal Impact Factor

XUSUSIY MULK INSTITUTI VA HUQUQINI KONSTITUTSIYAVIY TARTIBGA SOLISHNING TARIXIY RIVOJLANISHI

Annotatsiya: Mazkur maqolada xususiy mulk instituti va huquqining konstitutsiyaviy tartibga solinish evolyusiyasi, uning asosiy yo'nalishlari, jumladan, mulk munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy-me'yoriy manbalarni rivojlanishi, xususiy mulkning alohida ahamiyati va daxlsizligini tan olishga urg'u berishidan mulkning ijtimoiy funksiyasini konstitutsiyalarda aks ettirishgacha bo 'lgan harakatlar va boshqalar xorijiy davlatlar tajribasi asosida tahlil etilgan.

Kalit so'zlar. Evolyusiya, qonstitutsiya, rim huquqi, mulk shakli nazariyalari, xususiy mulk huquqi, huquqning rivojlanish tendensiyalari, ekologik funksiya.

Аннотация: В данной статье анализируется эволюция института и права на конституционное регулирование частной собственности, ее основные направления, в том числе развитие правовых и нормативных источников, регулирующих имущественные отношения, от акцента на признании особой важности и неприкосновенности частной собственности до отражения социальной функции собственности в конституциях и др.

Ключевые слова: Эволюция, конституция, римское право, теории формы собственности, право частной собственности, тенденции развития права, экологическая функция.

Abstract: This article devoted the evolution of the institution of constitutional regulation of private property and law, its main directions, including the development of legal and regulatory sources, regulating property relations the emphasis on recognizing the special importance and inviolability of private property and its reflection in the constitutions have been analyzed based on the experience of foreign countries.

Keywords. Evolution, constitution, roman law, theories of form of ownership, private property law, development trends of law, ecological function.

Xususiy mulk instituti va huquqining konstitutsiyaviy tartibga solinishi uzoq

evolyutsiyani boshidan kechirgan, buning sababi xususiy mulkning boshqa ijtimoiy

331

Hamroyev Sodiqjon Baxrom o 'g'li Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat boshqaruvi huquqi yo 'nalishi magistranti sodiqjonbaxromovich@gmail.com

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

qadriyatlar bilan nisbatining o'zgarishi, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishidir.

Ushbu evolyutsiyaning asosiy yo'nalishlari qatoriga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin:

a. mulk munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy-me'yoriy manbalarni rivojlanishi;

b. xususiy mulk huquqlari ob'ektlari doirasini o'zgarishi;

c. xususiy mulkning alohida ahamiyati va daxlsizligini tan olishga urg'u berishdan mulkning ijtimoiy funksiyasini e'lon qilishgacha bo'lgan harakat;

d. intellektual mulkni konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solishning paydo bo'lishi;

e. xususiy mulkni bekor qilish yoki sezilarli darajada cheklash bilan bog'liq sotsialistik nazariyalarning paydo bo'lishi va amalga oshirilishi;

f. mulkning ekologik funksiyasini tan olinishi.

Tadqiqot jarayonida xususiy mulk instituti va huquqini konstitutsiyaviy tartibga solishning tarixiy rivojlanishi haqida fikrlar tahlil qilindi. Bugungi kundagi xususiy mulkning shakllantirish bosqichlari mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi. Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi.

Xususiy mulkchilik alomatlari insoniyatning ibtidoiy jamoa tuzumida paydo bo'lgan bo'lsada, ammo xususiy mulkni konstitutsiyaviy-huquqiy jihatdan tartibga solish XVIII asrda vujudga kelgan birinchi konstitutsiyalar bilan bevosita bog'liq. Ayni paytda xususiy mulk huquqi instituti uzoqroq rivojlanish tarixiga ega. An'anaga ko'ra, xususiy mulk kech ibtidoiy ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bog'liq bo'lib, ibtidoiy jamiyatning parchalanishi davrida paydo bo'lgan deb hisoblanadi.

Xususiy mulkning paydo bo'lishi va to'planishi, xususan, ko'plab arxeologik ma'lumotlar bilan tasdiqlangan. Masalan, Qadimgi Misrning (Amrat madaniyati) suloladan oldingi dafnlarida topilgan narsalar allaqachon mulkchilik belgilari bilan belgilangan [1.351-b.]. Rivojlanishning ushbu bosqichida xususiy mulk instituti urf-odatlar va an'analar bilan tartibga solingan.

Ijtimoiy tengsizlikning kuchayishi, jamoaviy mulkning asta-sekin parchalanishi, qadimgi davlatlar va sinfiy jamiyatning shakllanishi yangi davr davlatlari paydo bo'lishiga hamda huquqiy davlatning qonunlari, urf-odatlari va an'analarini vujudga

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

keltirgan. SHunday qilib, asta-sekinlik bilan amalda bo'lgan norasmiy munosabatlar va jamiyatning mavjud ijtimoiy tuzilmasi qonunchilik normalarida rasmiylashtirish jarayoni amalga oshirilgan. Bu qonunlar to'plami va davlat boshqaruvi bo'yicha ko'rsatmalarda aks ettirilgan: «Gerakelopol shohining o'g'liga ta'limoti» (miloddan avvalgi III ming yillik), «Duaf o'g'li Axtoyning o'g'li Piopiga ta'limotlari» (miloddan avvalgi II ming yillik), Tutmos III va Vilbur papirusi yilnomalari (miloddan avvalgi 2-ming yillikning ikkinchi yarmi); «Ipuserning nutqi» - va boshqa hujjatlar[2.].

Ko'rib turinganidek, qadimgi dunyo davrida xususiy mulk instituti va huquqini tartibga solish shakllandi. O'sha davr tartibga solishning eng ajoyib xususiyati shundaki, unda nafaqat narsalar, balki inson - qul ham mulk ob'ekti sifatida harakat qiladi. Bunga Qadimgi Bobildagi Xammurapi qonunlarini (miloddan avvalgi 1760 y.) keltirish mumkin, unda xususiy mulk huquqi instituti va uning himoyasini tartibga soluvchi juda ko'p sonli qoidalar mavjud. Xususan, Xammurapi qonunlarida: «Agar kishi odamning o'g'li yoki qulidan kumush, oltin, qul, ho'kiz, qo'y yoki eshakni guvohlar yoki shartnomalarsiz sotib olgan bo'lsa yoki saqlash uchun qabul qilingan bo'lsa, u o'g'ri hisoblanadi va o'ldirilishi kerak bo'lgan[3.11-b.]. Xammurapi qonunlari xususiy mulkni va qul egasining mavqeini mustahkamlashga qaratilgan edi.

Xususiy mulk huquqi instituti Rim qonunchiligida eng batafsil tartibga ega bo'ldi. Rim huquqshunoslari tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy normalarning mazmuni hali ham Evropa (kontinental) huquq tizimining zamonaviy huquqida xususiy mulk huquqi institutini huquqiy tartibga solishni aniqlaydi. Aynan Rimliklar birinchi marta mulk instituti, xususiy mulk huquqini batafsil va konseptual ravishda ishlab chiqdilar.

Rim huquqshunoslari birinchi marta mulk egasining asosiy vakolatlarini ishlab chiqdilar: narsaga egalik qilish huquqi (ius possidendi), narsadan foydalanish huquqi va daromad va mevalar olish huquqi (ius utendi, ius fruendi), tassaruf etish huquqi(ius abutendi) [4.120-123-b.]. SHuningdek, ob'ektlar, sub'ektlar, xususiy mulk huquqini olish va bekor qilish asoslari bilan bog'liq masalalar etarlicha hal qilindi.

Bundan tashqari, hamma narsa ham xususiy mulk huquqining ob'ekti bo'lishi mumkin bo'lmagan. Masalan, Rimda ibodatxonalar, qurbonlik o'tkaziladigan joylar, davlat mulklari - qal'alar, qamoqxonalar, jamoat yo'llari bo'lsa, Xitoyning Tan sulolasining (618-907) - «Tan lyu shu yi» kodeksida erga cheksiz miqdorda egalik qilish mumkin bo'lmagan [5.].

Scientific Journal Impact Factor

Birinchi konstitutsiyaviy-huquqiy hujjatlar paydo bo'lishi bilan xususiy mulk huquqi jiddiy o'zgarishlarga duch keldi. O'rta asrlarda xususiy mulk institutining rivojlanishi erkin mulklarning, shu jumladan xususiy mulk huquqini hukumatning o'zboshimchaliklaridan himoya qilishga bo'lgan ehtiyoji bilan bog'liq. Angliya qiroli Ioan unga nisbatan ko'tarilgan qo'zg'alondan so'ng 1215- yilda «Buyuk erkinlik xartiyasi» deb ataluvchi hujjatga imzo chekkan. Bu hujjatning 39-moddasiga ko'ra, hech bir erkin odam o'z mulkidan mamlakat qonuni yoki unga teng hujjat bilan chiqarilgan hukmdan tashqari mahrum qilinishi mumkin emasligi qayd etilgan [6.292-b.].

Birinchi konstitutsiyalarda mulk huquqi muqaddas ekanligi ta'kidlangan. Masalan, 1789 yildagi Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasining 17-moddasi, 1830 yildagi Urugvay Konstitutsiyasining 114-moddasida mulk «daxlsiz va muqaddas» huquq sifatida belgilangan. Ayni paytda, «daxlsiz va muqaddas» deb e'lon qilingan xususiy mulk huquqi hech qachon mutlaq bo'lmaganligini yodda tutish kerak. Agar 1789 yildagi Inson va fuqaro huquqlari

deklaratsiyasining 17-moddasida xususiy mulk huquqi «daxlsiz va muqaddas» deb e'lon qilingan bo'lsa, shu deklarasiyaning 4-moddasi «erkinlik boshqalarga zarar etkazmaydigan hamma narsani qilish qobiliyatidan iborat: demak, har kimning tabiiy huquqlarini amalga oshirish jamiyatning boshqa a'zolari bir xil huquqlardan foydalanishni ta'minlaydigan chegaralarga ega»[7.133-b.].

Xususiy mulk huquqini konstitutsiyaviy tartibga solishning rivojlanishi xususiy mulk huquqining ob'ekti doirasidagi tarixiy o'zgarishlarda ham namoyon bo'ladi. 20-asrning o'rtalariga qadar asosan moddiy narsalar xususiy mulk huquqlari ob'ekti sifatida tan olingan. SHu bilan birga, 18-19 asrlarda mualliflarning intellektual huquqlari birinchi marta konstitutsiyalarda tan olingan, intellektual mulkni konstitutsiyaviy huquqiy tartibga solish bosqichi boshlangan. AQSHning 1787 yildagi Konstitutsiyasidagi yondashuv keyinchalik Fransiya (1791, 1795), Ispaniya (1812), Gollandiya (1798, 1815), Portugaliya (1822), SHvetsiya (1809-1812), Lyuksemburg (1868), Kanada (1867 y. Konstitutsiyaviy qonuni) va boshqalarga kirib bordi[8.46-b.].

XIX - XX asr boshlari qullik konstitutsiyaviy darajada taqiqlandi. Odamlar (qullar) xususiy mulk huquqining ob'ekti qatoridan chiqishdi. 1864 yildagi Gretsiya Konstitutsiyasining 13-moddasi, 1878 yildagi Bolgariya knyazligi Konstitutsiyasining 61-moddasi odam savdosiga yo'l qo'yilmasligi hamda qullchilik bekor qilinganligini mustahkamlagan.

Scientific Journal Impact Factor

XX asrda xususiy mulk huquqi institutini konstitutsiyaviy tartibga solish rivojlanish tarixi xususiy mulk huquqining mohiyati va maqsadini yangicha tushuntirib beradigan yangi nazariyalar paydo bo'lishi bilan bog'liq. Ulardan biri ijtimoiy mulk nazariyasidir. L. Dyugi, «egasining huquqi unga yuklatilgan ijtimoiy vazifasiga ko'ra oqlanadi yoki cheklanadi» deb yozgan [9.22-b.]. Keyinchalik, mulkning ijtimoiy funksiyasi ko'plab davlatlarning konstitutsiyaviy aktlarida aks etdi: Meksika (1917), Finlyandiya (1919), Germaniya (1919), Irlandiya (1937), Germaniya (1949), Braziliya (1988), Ispaniya (1978) ), Xorvatiya (1990), Makedoniya (1991), Ruminiya (1991), Kolumbiya (1991), CHexiya (1992), Ukraina (1996), Iroq (2005), Janubiy Sudan (2011) va boshqalar.

2011 yilgi Janubiy Sudan Konstitutsiyasining 28-moddasida ta'kidlanishicha, hech qanday xususiy mulk qonunda ko'zda tutilgan hollardan tashqari, ya'ni mulk jamiyat manfaati uchun olinishidan tashqari sud qarorisiz olib qo'yilmasligi kerak. Bunday normalar Iroqning 2005 yildagi Konstitutsiyasining 23-moddaning 2-qismida, 2003 yil Qatar Konstitutsiyasining 27-moddasida o'z aksini topgan.

XX asrda xususiy mulkning tarixiy rivojlanish yo'nalishlaridan yana biri mulk shakllarining sotsialistik nazariyasi bilan bog'liq bo'lib, unga ko'ra xususiy mulk huquqi yo'q qilinishi yoki sezilarli darajada buzilishi kerak edi. Xususiy mulk huquqini yo'q qilish 1917 yildagi Ishchi va askar deputatlari Sovetlarining qurultoyi to'g'risidagi dekreti bilan boshlandi, unga ko'ra Rossiyada xususiy mulk huquqi abadiy bekor qilindi, er, o'rmonlar, suv, ot va chorvachilik va boshqa fabrikalar musodara qilinishi kerak edi [10.10-11-b.].

Keyinchalik, ushbu postulatlar 1918 yil 10 iyuldagi RSFSR Konstitutsiyasida, RSFSR Konstitutsiyasida 05.11.1925 yilda o'z aksini topdi [11.]. 1937 yilgi RSFSR Konstitutsiyasida mulkchilikning ikki shakli - davlat va kooperativ-kolxoz tashkil etildi. Keyinchalik davlat mulki sotsialistik mulk nomi bilan mashhur bo'ldi. SHuningdek, fuqarolarning shaxsiy mol-mulki ularning mehnat daromadlari va jamg'armalariga, turar joy va yordamchi xo'jaliklarga, uy-ro'zg'or buyumlari va uy-ro'zg'or buyumlariga, shaxsiy iste'mol va qulayliklarga, shuningdek fuqarolarning shaxsiy mulkiga meros qilib olish huquqi tan olindi. SHu bilan birga, er, uning ostki boyliklari, suvlari, o'rmonlari, fabrikalari, konlari, temir yo'l, havo transporti, banklar, aloqa inshootlari, davlat tomonidan tashkil etilgan yirik qishloq xo'jaligi korxonalari (sovxozlar, mashina-traktor stansiyalari va boshqalar), shuningdek shaharlarda va sanoat markazlarida kommunal xizmatlar va asosiy uy-joy fondlari

Scientific Journal Impact Factor

davlat mulki bo'lgan[12.].SHunga o'xshash qoidalar 1978 yilgi RSFSR Konstitutsiyasida 1990 yilgacha bo'lgan.

20-asrning oxirida sotsialistik mamlakatlarda xususiy mulk huquqi instituti asta-sekin tiklana boshladi. SHunday qilib, 1990 yilda RSFSR Konstitutsiyasida fuqarolar er uchastkasiga egalik qilish huquqiga ega bo'ldilar. Bir qator davlatlarda xususiy mulk institutini tiklash sotsializmning qulashi bilan bog'liq. Ammo sotsializmga sodiq qolgan bir qator mamlakatlarda ham xususiy mulkka ularning konstitutsiyalari (Vetnam, Xitoy) ruxsat bera boshladi.

SHuningdek, XX asrda xususiy mulkni konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish tendensiyalaridan biri bu «nomoddiy», «ideal» narsalar xususiy mulk huquqi ob'ekti sifatida tan olinishni boshlaganligidir. Bu, avvalambor, ma'lumot, qimmatli qog'ozlar, intellektual mulk to'g'risidagi normalar ko'proq ishlab chiqilmoqda. Turli mamlakatlar konstitutsiyalarida intellektual mulkni tan olish va himoya qilishni ta'minlaydigan normalar tobora ko'payib bormoqda.

Masalan, 1994 yilgi Moldova Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasida «fuqarolarning intellektual mulkka bo'lgan huquqi, ularning intellektual ijodkorlikning turlari bilan bog'liq holda yuzaga keladigan moddiy va ma'naviy manfaatlari qonun bilan himoya qilinishi» belgilangan [13.316-b.]. Ozarbayjon Respublikasining 1995 yilgi Konstitutsiyasining 47-moddasi, Gruziyaning 1995 yildagi Konstitutsiyasining 23-moddaning 1-qismi, Armanistonning 1995 yildagi Konstitutsiyasining 36-moddasi, 1996 yilgi Belorussiya Konstitutsiyasining 51-moddasi va 2010 yilgi Qirg'iziston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddalarida intellektual mulk qonun bilan himoyalanganligini belgilaydi.

Xususiy mulkni konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solishning navbatdagi tarixiy tendensiyasi 20-asr oxiri va 21-asr boshlarida mulkning ekologik funksiyasini belgilaydigan konstitutsiyaviy normalarning paydo bo'lishi bilan bog'liq.

Xususan, 21.11.1991 yildagi Ruminiya Konstitutsiyasining 41-moddasi, 6-bandida: «mulk huquqi atrof-muhit bilan bog'liq vazifalarni bajarishga majbur qiladi» deb belgilangan[14.226-229-b.]. Armanistonning 1995 yildagi Konstitutsiyasining 8-moddasi «mulk huquqini amalga oshirish atrof-muhitga zarar etkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi»ni belgilab qo'ygan[15.]. Bunday normalar ko'plab davlatlarining asosiy qonunlarida o'z aksini topgan.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Xususiy mulk konstitutsiyaviy qonuni rivojlanishining qisqacha tarixiy sxemasi ushbu institutning ijtimoiy-iqtisodiy omillar va siyosiy-falsafiy qarashlar ta'siri ostida doimiy dinamikada ekanligidan dalolat beradi. Vaqt o'tishi bilan xususiy mulkning alohida roli va ahamiyati tan olindi. Mulk munosabatlarini huquqiy tartibga solish bugungi kunda nafaqat tarmoq, balki konstitutsiyaviy va huquqiy darajada ham amalga oshirilmoqda. Xususiy mulk egalarining huquqlarini xususiy mulkni noqonuniy tortib olishdan himoya qiladigan normalar o'rnatilgan. SHu bilan birga, xususiy mulkdorlarning jamiyat oldidagi alohida javobgarligi to'g'risidagi ta'limot tasdiqlanib, mulkning ijtimoiy, keyinchalik ekologik funksiyasi asoslanadi. Xususiy mulk huquqi ob'ektlari ro'yxati doimiy ravishda takomillashib boradi: ularning ba'zilari chiqarib tashlanadi (masalan, qullar), boshqalari ularning o'rnini egallaydi (ma'lumotlar, intellektual mulk ob'ektlari). Doimiy evolyusiya xususiy mulkning doimiy rivojlanib borayotgan iqtisodiyotdagi muhim roli bilan, shuningdek xususiy mulkning sub'ektiv huquqi insonning asosiy huquqlaridan biri ekanligi, shu sababli uning mazmuni va kafolatlarini doimiy ravishda takomillashtirishni talab qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Алексеев В. П., Першиц А. И. История первобытного общества: Учеб. для вузов по спец. «История».— М.: Высш. шк. - 1990.— 351 с.

2. Гуров М.П. Становление неформальных экономических отношений в странах Западной Европы и Востока в докапиталистический период (историко-экономический аспект) // История государства и права. - 2006. - N 6.- СПС Консультант Плюс (23.01.2015 holatiga).

3. Хрестоматия по истории государства и права зарубежных стран (Древность и Средние века). - М.: Издательство ЗЕРЦАЛО. - 2000. - С. 11.

4. Aндреева Г.Н. О влиянии теорий собственности на ее конституционное регулирование // Журнал российского права. - 2008 - N 10 - СПС Консультант Плюс; Скловский К.И. Собственность в гражданском праве. - М. - 2002. - С. 120 - 123.

5. У Ган. Развитие гражданско-правового регулирования отношений частной собственности в КНР // Законодательство. - N 5 - 2005. - СПС Г АР АНТ.

6. Хрестоматия по истории государства и права зарубежных стран (Древность и Средние века). - М.: Издательство ЗЕРЦАЛО. - 2000. - С. 292.

7. Конституции зарубежных государств: Великобритания, Франция,

Германия, Италия, Соединенные штаты Америки, Япония, Бразилия: учеб.

337

Scientific Journal Impact Factor

Пособие / [сост. сб., пер., авт. введ. и вступ. ст. В.В. Маклаков]. - 7-е изд., перераб. И доп. - М.: Волтере Клувер. - 2010- С.133

8. Халипова Е.В. Конституционно - правовые основы интеллектуальной собственности. Дис...докт. юрид. наук: 12.00.02/Халипова Е.В. -М. - 1999. - С.

9. Дюги Л. Конституционное право. - М. - 1908. - С. 22.

10. Хрестоматия по истории отечественного государства и права. 1917 - 1991 гг. - М.: Зерцало. - 1997. - С. 10-11

11. Конституция РСФСР 1918г. // СПС Консультант Плюс

12. Статьи 5,6,10 Конституции (Основного Закона) РСФСР от 21.01.1937 г. // Сайт Конституции Российской Федерации.[Электронный ресурс] URL: http://www.rusconstitution.ru/term/32/ (murojaat qilingan sana 03.04.2021)

13. Конституция Республики Молдова от 29 июля 1994 г. // Новые конституции стран СНГ и Балтии. Сборник документов. Вып.2.- М.: Манускрипт, Юрайт. - 1998. - С. 316.

14. Конституции Румынии от 21.11.1991 г.// СПС ГАРАНТ [Elektron

manba]URL:/http://www.constitution.garant.rU/DOC 3864899.htm#sub para N 202 (murojaat qilingan

sana: 18.03.2021); Андреева Г.Н. Указ. Соч. - С. 226 - 229.

15. Конституция Армении от 05 июля 1995 г. // СПС ГАРАНТ [Elektron

manba]URL:/http://www.constitution.garant.ru/DOC 3864869.htm#sub para N 200 (murojaat qilingan

sana: 18.03.2021).

46.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.