Научная статья на тему 'INTELLEKTUAL MULK SIYOSATIDA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARINING QO‘LLASH ISTIQBOLLARI'

INTELLEKTUAL MULK SIYOSATIDA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARINING QO‘LLASH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
445
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
intellektual faoliyat natijasi / mualliflik huquqi / kriptohimoya / blokcheyn / anonimlik / markazlashtirilmagan reyestr / virtual elektron hisoblash mashinalari / huquq egasi. / intellectual property / copyright / cryptocurrency / blockchain / anonymity / decentralized ledger / virtual machines / copyright holder.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — To‘raqulova, Nazira

Muallif tomonidan maqolada intellektual mulk huquqi obyektlarining muhofazasini samarali ta’minlashda blokcheyn texnologiyalarining ahamiyati tahlil etilgan. Xususan, intellektual mulk obyekti hisoblanmish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning himoyasini ta’minlashda mazkur texnologiyaning tutgan o‘rni haqida so‘z yuritilgan. Texnologiyaning ishlash tartibi, huquq egasining mulkiy huquqlarining kafolati sifatida blokcheynning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan. Milliy qonunchiligimizni takomillashtirish borasida takliflar keltirilgan. Qolaversa, blokcheyn texnologiyasining asosiy jihatlari, ya’ni markazlashtirilmaganligi, raqamli ma’lumotlarning shaffof, maxfiy va ishonchli tarzda foydalanuvchilar o‘rtasida tez va qulay ma’lumotlar almashinuvi imkoni borasida muallifning fikrlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROSPECTS OF USING BLOCKCHAIN TECHNOLOGY IN INTELLECTUAL PROPERTY POLICY

The author analyzes the role of blockchain technology in the effective protection of intellectual property rights. In particular, the role of this technology in the protection of intellectual property, copyright and related rights was discussed. The order of operation of the technology, the features of the blockchain as a guarantee of the property rights of the copyright holder are studied. Proposals are being made to improve our national legislation. In addition, the author considers the main aspects of blockchain technology, i.e. decentralization, the ability to quickly and conveniently exchange data between users in a transparent, confidential and reliable form of digital data.

Текст научной работы на тему «INTELLEKTUAL MULK SIYOSATIDA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARINING QO‘LLASH ISTIQBOLLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

INTELLEKTUAL MULK SIYOSATIDA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARINING QO'LLASH ISTIQBOLLARI

To'raqulova Nazira

Toshkent davlat yuridik universiteti Intellektual mulk va axborot texnologiyalar huquqi yo'nalishi

magistratura talabasi [email protected] +998971752775

ANNOTATSIYA

Muallif tomonidan maqolada intellektual mulk huquqi obyektlarining muhofazasini samarali ta 'minlashda blokcheyn texnologiyalarining ahamiyati tahlil etilgan. Xususan, intellektual mulk obyekti hisoblanmish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning himoyasini ta 'minlashda mazkur texnologiyaning tutgan o 'rni haqida so'z yuritilgan. Texnologiyaning ishlash tartibi, huquq egasining mulkiy huquqlarining kafolati sifatida blokcheynning o 'ziga xos xususiyatlari o 'rganilgan. Milliy qonunchiligimizni takomillashtirish borasida takliflar keltirilgan. Qolaversa, blokcheyn texnologiyasining asosiy jihatlari, ya 'ni markazlashtirilmaganligi, raqamli ma 'lumotlarning shaffof, maxfiy va ishonchli tarzda foydalanuvchilar o'rtasida tez va qulay ma 'lumotlar almashinuvi imkoni borasida muallifning fikrlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: intellektual faoliyat natijasi, mualliflik huquqi, kriptohimoya, blokcheyn, anonimlik, markazlashtirilmagan reyestr, virtual elektron hisoblash mashinalari, huquq egasi.

ПЕРСПЕКТИВЫ ПРИМЕНЕНИЯ ТЕХНОЛОГИИ БЛОКЧЕЙН В ПОЛИТИКЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ СОБСТВЕННОСТИ

Туракулова Назира

Студентка магистратуры факультета Интеллектуального имущества и

информационных технологий Ташкентского государственного юридического университета, [email protected] +998971752775

АННОТАЦИЯ

Автор анализирует роль технологии блокчейн в эффективной защите прав интеллектуальной собственности. В частности, обсуждается роль данной технологии в защите интеллектуальной собственности, авторских и смежных прав. Изучены порядок работы технологии, а также особенности блокчейн технологий как гарантие прав собственности правообладателя.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Вносятся предложения по совершенствованию нашего Национального Законодательства. Кроме того, автор рассматривает основные аспекты технологии блокчейн, т.е. децентрализацию, возможность быстрого и удобного обмена данных между пользователями, которые являются прозрачными, конфиденциальными и надёжными.

Ключевые слова: интеллектуальная собственность, авторское право, криптовалюта, блокчейн, анонимность, децентрализованный реестр, виртуальные машины, правообладатель.

PROSPECTS OF USING BLOCKCHAIN TECHNOLOGY IN INTELLECTUAL PROPERTY POLICY

Turakulova Nazira

Master's student of Intellectual property and information technology law

Tashkent state university of law, [email protected] +998971752775

ABSTRACT

The author analyzes the role of blockchain technology in the effective protection of intellectual property rights. In particular, the role of this technology in the protection of intellectual property, copyright and related rights was discussed. The order of operation of the technology, the features of the blockchain as a guarantee of the property rights of the copyright holder are studied. Proposals are being made to improve our national legislation. In addition, the author considers the main aspects of blockchain technology, i.e. decentralization, the ability to quickly and conveniently exchange data between users in a transparent, confidential and reliable form of digital data.

Keywords: intellectual property, copyright, cryptocurrency, blockchain, anonymity, decentralized ledger, virtual machines, copyright holder.

Bugungi kunda blokcheyn texnologiyalari yangi innovatsion texnologiya yo'nalishi bo'lishiga qaramasdan bir qator ijtimoiy sohalarga kirib borib, o'z o'rnini egallagan. Insonlarning intellektual ijodi mahsuli yaratilishining jadallashishi bilan bir qatorda, ulardan foydalanish, muhofaza hamda himoyasini ta'minlash masalasi ham dolzarblashmoqda. Qolaversa, internet tarmog'ining jamiyatimiz hayotida kirib kelishining takomillashishi oqibatida ma'lumotlar olish, axborot almashish hamda mulkka bo'lgan huquqlarning ruxsatsiz foydalanish ham oshib bormoqda. Ushbu

988

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

holatda yaratilayotgan intellektual mulk obyektlarini shaffof, ishonchli himoyasini tashkillashtiruvchi texnologiyalarga talab ortib bormoqda. Sababi, intellektual mulk obyektlaridan foydalanishda, ularni fuqarolik huquqiy munosabatlar muomalasiga tatbiq etishda, ularning muhofazasi, nazorati va himoyasini ta'minlashda bir qator texnik usullarni amalda qo'llanilishi bugungi kunda barchamizga ma'lum. Hozirgi kun jamiyatining yashash sharoitlarini yengillashtirish vositasi sifatida qaralayotgan intenet tarmog'i o'z o'rnida, intellektual mulk siyosatida yaratilgan ob'ektlarni muhofazasini ta'minlashda ishonchlilik nuqtai nazaridan emas, balki, ularning muhofazasini buzilishiga sababchi bo'layotganligini kuzatishimiz mumkin.

Shu o'rinda, blokcheyn tushunchasiga, uning kelib chiqish doirasiga aniqlik kiritadigan bo'lsak, "blokcheyn" so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, "bloklar zanjiri" ma'nosini anglatadi. O'z o'rinda, blokcheyn bir qator mutaxassilar tomonidan kelajak texnologiyasi sifatida qaralib, uning asosiy vazifasi tizimlashtirilgan ma'lumotlarni saqlashdan iborat. Ushbu texnologiya bir so'z bilan aytganda, markazlashtirilmagan ma'lumotlar ba'zasi hisoblanib, mazkur texnologiyadan o'tgan foydalanuvchilarning ma'lumotlari yoki o'tkazmalarini o'zida zanjir ko'rinishida saqlaydi. Mazkur texnologiya o'z o'rnida, minglab virtual kompyuterlarni jamlagan bo'lib, foydalanuchilar ushbu o'zlari uchun alohida yaritilgan tegishli kalit bilan tranzaksiyalarini amalga oshiradilar. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2021 yil avgust oyining o'rtalarida, mazkur texnologiya, ya'ni blokcheyn hamyoniga ega bo'lgan 75.6 milliondan ortiq foydalanuvchi butun dunyo bo'ylab ro'yxatga olingan [1].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bevosita, texnologiyaning yaratilish tarixiga to'xtaladigan bo'lsak, blokcheyn texnologiyasining konseptsiyasi 2008 yilda Satoshi Nakomoto tomonidan taklif qilingan bo'lib, butun dunyoga birinchi marotaba 2009 yilda realizatsiya qilingan. Uning birinchi shakli bitkoin bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning asosiy va umumiy reyestri sifatida namoyon bo'lgan. Dastavval, blokcheyn texnologiyasi moliya va bank sektorlarida jadal foydalanilgan. Hozirgi kunda ushbu texnologiyaning qo'llanish sohalari ijtimoiy munosabatlarning rivoji bilan bevosita bog'liq bo'lib, deyarli barcha sektorlarda, xususan, transport, ta'lim, meditsina, jinoyat protsessi, davlat xizmatlari, turizm, qishloq xo'jaligi, ko'chmas mulk va h.k

[2]. Blokcheyn texnologilarining jamiyat hayotida qo'llanish sohasi chegaralanmagan

[3]. Ushbu texnologiya kasallik tarixi yozuvlaridan tortib saylov jarayonlariga kabi jamiyatimizning kup tarmoqlaridagi ma'lumotlarni yozib olish, saqlash va ularni kuzatish uchun foydalanishi mumkin.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Shu bilan bir qatorda, blokcheynning intellektual mulk obyektlarini muhofazasidagi ahamiyati doirasiga aniqlik kiritishimiz lozim. Intellektual mulk obyektlari - bu o'z o'mida intellektual faoliyat natijasi hisoblanib, o'z ichida quyidagi turlari mavjud, jumladan:

• Fan, adabiyot va san'at asarlari (O'zRes FK 60-bob);

• Ijrolar, fonogrammalar, eshittirish-ko'rsatish tashkilotlarining eshittirishlari va ko'rsatuvlari (O'zRes FK 61-bob);

• Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma'lumotlar ba'zalari (O'zRes FKning 1042-moddasi);

• Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari (O'zRes FK 62-bob);

• Seleksiya yutuqlari (O'zRes FK 63-bob);

• Oshkor etilmagan axborotlar, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-hau) (O'zRes FK 64-bob) [4].

Shuni takidlash kerakki, ushbu yonalishlar boyicha mamlakatimizda alohida qonun hujjatlari ham qabul qilingan.

Intellektual mulk huquqining obyektlaridan biri hisoblanmish mualliflik huquqi va turdosh huquqlar doirasida, ularinng muhofazasi va himoyasini ta'minlashning bir qator kamchiliklari mavjud bo'lib, amaldagi qonunchiligimizga ko'ra, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar muayyan tartibda u yoki bu davlat organida ro'yxatdan o'tkazilishi majburiy qilib belgilab qo'yilmagan. Bu esa o'z o'rnida, nizolarning vujudga kelishi, shaxsning aql-idroki faoliyatining natijasi hisoblanmish obyektlarining muhofasini tegishli tartibda ta'minlanmasligiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda, milliy qonunchiligimizga binoan, xususan, O'zbekiston Respublikasining "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi qonunining 63-moddasida, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlarini himoyalashning texnik vositalari ko'rsatilgan. Ushbu normaga asosan, asarlardan yoki turdosh huquqlar obyektlaridan foydalanishni nazorat qiluvchi, muallif, turdosh huquqlar egasi yoxud asarlarga yoki turdosh huquqlar obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlarning boshqa egasi tomonidan ruxsat etilmagan harakatlar amalga oshirilishining oldini oluvchi yoki ularni cheklovchi har qanday texnik qurilmalar yoxud ularning tarkibiy qismlari mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qiluvchi texnika vositalari deb e'tirof etiladi deb belgilangan[5]. Ushbu normadan ko'rinib turibdiki, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qiluvchi texnik vositalarning u yoki bu ko'rinishi yoxud turi aniq mustahkamlanmagan.

Shu bilan bir qatorda, hozirgi kunda, intellektual faoliyat natijasida yaratilgan asarlarning buzilishi, ta'kidlangani kabi, internet, ommaviy axborot vositalari yoxud

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

u yoki bu ko'rinishdagi axborot olish vositalari orqali buzilayotganligi barchamizga ayon [6]. Xususan, intellektual mulk obyektlaridan muallif ruxsatisiz foydalanish: plagiat, noqonuniy savdo, kontrafakt mahsulotlarni onlayn ko'rinishda tirojatlashtirishda aks etmoqda [7]. Telekommunikatsiya tarmoqlarida ham intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqbuzarliklar sodir etilishini inobatga olgan holda, olimlar tomonidan, telekommunikatsiya tarmoqlarida mualliflik huquqini himoya qilishni yanada takomillashtirish bo'yicha ishlarni xalqaro standartlar asosida yuritishni amalga oshirish uchun quyidagi yo'nalishlar bo'yicha islohotlarni amalga oshirish lozimligini ta'kidlashadi. Ular jumlasiga:

- mualliflik huquqidagi shartnomaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish;

- mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni jamoaviy boshqarish institutini takomillashtirish;

- mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning yangi obyektlarini huquqiy muhofaza qilishning yangi tartiblarini joriy etish;

- mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;

- xalqaro shartnomalar bo'yicha majburiyatlarni bajarish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini yaratish kabi usullar kiradi.

Shuningdek, mualliflik huquqini buzganlik uchun javobgarlikni belgilash bo'yicha tajribasi hamda bugungi kunda telekommunikatsiya tarmog'i orqali sodir etilayotgan mualliflik huquqini buzish holatlari keng uchrayotganligi bu yo'nalishdagi amaldagi jinoyat qonunchiligimizda nazarda tutilgan normalarni qaytadan ko'rib chiqish va uni jahon tajribasidan kelib chiqib, muvofiqlashtirish talab etiladi. Xususan, Jinoyat kodeksida mualliflikning o'zlashtirilgani uchun hamda mualliflikhuquqi va turdosh huquqlarning buzilganligi uchun alohida moddalarni kiritish lozim. Shu bilan birga, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik choralarini oshirish lozim [8].

Blokcheyn texnologiyasi, shu o'rinda, telekommunikatsiya tarmoqlarida intellektual mulk obyektlarini muhofazasi va himoyasini ta'minlashda, uchinchi shaxslar tomonidan muallif ruxsatisiz foydalanishni cheklashga, oldini olishga xizmat qiluvchi vositadir [9]. Mazkur texnologiyaning eng muhim jihati undagi raqamli ma'lumotlarni buzilmasligi bilan xarakterlanadi hamda an'anaviy ma'lumotlar bazasi bilan blokcheyn o'rtasidagi asosiy farq - blokcheynda ma'lumotlar yagona markazga to'planmaydi [10]. Mazkur texnologiyada ma'lumotlar almashinuvi tezligi va aniqligi hamda markaziy saqlash tizimi mavjud bo'lmasligi bilan ahamiyatga ega. Shu bilan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bir qatorda, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish karantin sharoitlari bilan bog'liq vaziyatda juda ommalashib, ularga bo'lgan talab keskin oshib ketdi [11]. Bu yo'nalishda albatta xavfsizlik va himoya nuqtai nazaridan tegishli chora-tadbirlarni ko'rish talab etiladi [12]. Huquqni himoya qilish uning muhofaza qilinishi va ta'minlanishining eng muhim omillaridan biridir. Amaliyotga ko'ra, har qanday huquq himoya qilish mexanizmi bilan mustahkamlangan bo'lsagina, uni amalga oshirish mumkin [13].

Bevosita, blokcheyn texnolgiyalarining, markazlashtirilgan saqlash tizimi mavjud bo'lmasligiga qaramasdan, mazkur markazlashtirilmagan bazada doimiy ravishda o'sib boruvchi bloklarning, ya'ni tizimlashtirilgan ro'yxat saqlanadi Ushbu bloklari o'z ichida oldingi blokning yartilganligi vaqtiga va mavjud blokka havolalari mavjul bo'ladi [14]. Yangi yozuvlar, tizim foydalanuvchilarining ko'pchilik ovozi bilan maqullangan holdagina kiritiladi hamda oldin muayyan vaqtda kiritilgan axborot o'zgartirilishinig hamda tizimdan o'chirilishining imkoni mavjud emas. Blokcheyn tizimida axborot almashinuvi reyestr foydalanuvchilari tomonidan ishlab chiqilib tasdiqlanadi. Shu sababli, tizimda blok zanjirlarining nusxalari saqlanadi [15].

Ushbu texnologiyaning asosiy vazifasi axborotni saqlash uslubi bo'lganligi sababli, blokcheynda har qandan turdagi axborotlar, shu o'rinda, raqamli va raqamlashtirilayotgan ma'lumotlar zanjir ko'rinishida saqlanishi mumkin. Bir so'z bilan blokcheyn texnologiyalari axborot texnologiyalarini saqlashning revolyutsiyasining boshlanishi deb baholanishi mumkin [16]. Blokcheyn texnologilari o'z o'rnida ma'lumotlarning saqlanishining samaraliligi va xavfsizliligi nuqtai nazaridan jamiyat hayotida muhim rol o'ynaydi [17]. Ushbu texnologiyaning axborotlarning saqlanishini ta'minlanishiga nisbatan tatbiq etilishi bir qator afzalliklarga sababchi bo'ladi, xususan:

1. Markazlashtirilmaganligi. Ma'lumotlarning yagona markazga birikmaganligi, foydalanuvchilar o'rtasida, ularning joylashuvidan qat'i nazar zanjirdagi bloklarni qo'chirish imkonini beradi. Bu esa o'z navbatida, vositachil ardan foydalanish zaruriyatini yo'qotishi, ma'lumotlarning bir joydan ikkinchisiga ko'chirilishida vujudga keladigan harajatlarning keskin kamayishiga, axborotlarning ishlab chiqilish jarayonini osonlashtirib, tezlashtirilishiga sababchi bo'ladi.

2. Taqsimlanganligi. Barcha o'tkazmalar haqidagi ma'lumotlar tizimga ulangan jamiiki kompyuterlarda saqlanib qoladi. O'z o'rnida, ushbu afzallik, axborot tizimiga nisbatan amalga oshirilishi mumkin bo'lgan hujumlarni hamda qo'rilmaning ishdan chiqib qolishini oldini oladi. Qolaversa, ma'lumotlarnining o'g'irlanishini,

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

o'zgartirilishi va tizimdan o'chirib yuborilishini oldini olib, samarali himoyasini ta'minlaydi.

3. Ko'chirmalarning ochiqliligi va shaffofligi. Barcha amalga oshirilgan ko'chirmalar zanjir bloklar ko'rinishida saqlanib qolib, foydalanuvchilar ko'chirmalar haqida ma'lumotlarga ega bo'lishlariga qaramasdan, ularni amalga oshirgan foydalanuvchining shaxsi haqida ma'lumotga ega bo'lmaydilar.

4. Kriptohimoya. Barcha ko'chirmalar elektron raqamli imzo bilan imzolanadi hamda tasdiqlanadi. Blokcheynda kriptografik metodlardan foydalangan holda ma'lumotlarning shifrlanishi ta'minlanadi.

5. Anonimlik. Foydalanuvchilarning manzili sifatida 32-bitlik abstrak raqamlar qo'llaniladi [18].

Bevosita, intellektual mulk obyektlari doirasida yuqorida ta'kidlangani kabi mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga blokcheyn texnologiyasining tatbiq etilishi ularning muhofazasini ta'minlashda yuksak ahamiyatga ega[19]. Hozirgi kunda, yaratilgan asarning nusxasiga nisbatan mualliflikni tasdiqlashninig bir qator usullari mavjud bo'lib, ular quyidagilardan iboratdir:

• Muallif tomonidan yaratilgan asarning muallifning o'ziga o'zi rasmiy elektron pochta orqali yuborishi (Poor Copyright);

• Bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida asarni nashr/chop etish;

• Asar nusxasini notarial tartibda tasdiqlatish. Ushbu jarayonning asosiy kamchiligi - bu notarius xizmatlarining qimmat turishidir [20].

• Asar nusxasini deponirovaniye va shu kabi faoliyat bilan shug'ullanuvchi tashkilotlarda deponentlashtirish. Mazkur holatda ham bir qator kamchiliklar mavjud bo'lib, birinchi navbatda ushbu jarayon yetarlicha uzoq muddatni talab qilishi bilan bir qatorda, uning yuridik maqomi muayyan qonun hujjatda belgilanmaganligi hisoblanadi [21].

Blokcheyn o'z navbatida mualliflik huquqini qayd etishning alternativ varianti hisoblanadi. Bevosita, intellektual mulk obyektlarining blokcheyn texnologiyasi orqali himoyalashning afzalliklari doirasiga to'xtalishimiz joiz.

Birinchidan, blokcheyndan foydalanish raqamli aktivlarni nazorat qilish imkoniii yaratadi, qaysiki o'z o'rnida intellektual mulk huquqining himoyasini ta'minlashda, xususan mualliflikni hamda asarning yaratilishi bilan bog'liq jarayonlarni isbotlash vositasi sifatida xizmat qiladi [22].

Ikkinchidan, mazkur texnologiya huquq egalariga ularga tegishli bo'lgan intellektual faoliyat natijasidan foydalanish hamda tijoratlashtirish shartlarini mualliflar tomonidan erkin belgilanishini kafolatlaydi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Uchinchidan, asar, uning nusxasining yaratilishi bilan bog'liq nizolarni hal qilish jarayonlarini osonlashtiradi.

To'rtinchidan, aynan mualliflik huquqining har qanday davr va bosqichda qonuniy muomalaga kiritilishini ta'minlaydi.

Beshinchidan, yaratilgan intellektual mulkning yaratilishi davrini aniq markazlashtirilmagan reyestrda qayd etish imkonini beradi [23].

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Bevosita, bir qator san'at ahli tomonidan, o'zlari yaratgan asarlaning muhofazasi va himoyasini ta'minlash uchun blokcheyn texnologiyasidan foydalanib kelinmoqda. Xususan, britaniyalik qo'shiqchi, musiqachi, prodyuser Imojen Jennifer Xip 2015 yilning oxirida, uzining "Mycelia" musiqiy albomining sinov namunasi sifatida, "Tiny Human" musiqasini yaratgan [24]. Ushbu muallifligidagi qo'shiqdi I.Xip "Ethereum" blokcheyn texnologiyasi orqali muhofazalagan. Ushbu texnologiya orqali muallifga bir qator afzalliklar taqdim etilgan, jumladan, I.Xip o'zining muhlislari bilan to'g'ridan to'g'ri aloqaga kirisha olib, ularga o'zining asarini maqbul narxmda taklif etish [24]. "Ethereum" blokcheyn texnologiyasi orqali "Tiny Human" musiqasining savdosi 133.20 AQSH dollarini tashkil etgan. Ushbu holat yuzasidan sotuvdan ham ko'ra, texnologiyaning afzalligini aks ettirgan maqolalar soni ko'p bo'lgan [25]. Shunday qilib, blokcheyn texnologiyasi huquq egalariga xavfsizlik va raqamli aktivga kirishga intilayotgan mualliflik huquqini buzuvchilardan, shu jumladan mumkin bo'lgan buzg'unchilardan kuchli himoyani ta'minlaydi. Foydalanuvchining huquqlari blokcheynda kodlanadi, shuning uchun ulangan tizimlar ularni tekshiradi va tegishli mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentning shifrini tekshiradi [26].

Blokcheyn texnologiyasining intellektual mulk siyosatida bir qator afzalliklari bo'lishiga qaramasdan, ushbu texnologiyani tatbiq etishning bir qator qiyinchiliklari mavjud. Avvalombor, mazkur texnologiyani intellektual mulk huquqida tatbiq etilishining qonuniy mexanizmi ishlab chiqilmaganligi hisoblanadi[27]. Amaldagi qonunchiligimizda, blokcheyn tushunchasi birgina hujjatda, ya'ni O'zbeksiton Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruv milliy agentligining "Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash to'g'risida"gi buyrug'ida belgilangan bo'lib, mazkur hujjatga binoan, blokcheyn — barcha ma'lumotlar ketma-ket qayd qilinadigan va bloklar bo'yicha joylashtiriladigan taqsimlangan ma'lumotlar reyestri, bunda har bir yangi blok oldingi blokka kriptografik imzo orqali bog'lanadi deb belgilangan[20]. Hujjat mazmunidan shuni tushunishimiz mumkinki, qabul qilingan Prezident qarorlari va tegishli davlat organlarining hujjatlari raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan[28]. Ya'ni,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

intellektual mulk huquqi doirasiga tatbiq etishining tartibi ishlab chiqilmaganligi, ushbu mexanizmning mamlakatimizda intellektual faoliyat natijalarini qayd etishning huquqiy maqomga ega emasligini anglatadi.

Blokcheyn texnologiyasining huquqiy maqomi belgilanishi, nizoli vaziyatda sudlarinng intellektual mulk bilan bog'liq holatda maqbul dalil sifatida kiritilgan ma'lumotga asoslanishlarini belgilaydi. Qolaversa, mazkur texnologiyaninig mohiyatini anglaydigan axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni yetishmovchiligi ham, blokcheynning mamlakatimizda tatbiq etilishiga to'siq bo'layotgan sabablardan biri desak mubolag'a bo'lmaydi. Shu bilan bir qatorda, texnologiyaning ishlatilishi borasidagi ma'lumotlarning to'liq emasligi, qolaversa, mazkur texnologiyadagi ma'ulamotlar almashinuvchi zanjir ko'rinishida bo'lganligi, ma'lumotlarni saqlash uchun yetarlicha xotiraning kerakligi ham, mazkur texnologiyaning ko'pgina davlatlarda tatbiq qilinishida qiyinchiliklarni vujudga keltirmoqda desak adashmagan bo'lamiz [29].

XULOSA

Yuqorida keltirilgan fikrlar va takliflarni inobatga olgan holda, shuni ta'kidlashimiz joizki, blokcheyn texnologiyasi o'z o'rnida, huquqning tasdiqlashini yangi, oson usulini taqdim etadi. Shu bilan bir qatorda, foydalanuvchilarga, o'zlarining mulkiy huquqlarini qayd etishning, mavjud tizimini, ya'ni ma'lumotlar ba'asi, deponirovaniye, "Proof of Existence" kabi boshqa bir qator tizimlarni inkor etmagan holda, qo'shimcha ma'lumotlarni saqlash tizimi sifatida namoyon bo'ladi. Shu bilan birga, blokcheyn bugungi kunda himoya tizimi sifatida ham ishlatilib kelinmoqda [30]. Shu bilan birga ushbi tizim boshqa yo'nalishlarda ham ishlamoqda

REFERENCES

1. Григорьев В.В. Указ.соч. С. 489

2. Intellektual mulk. Darslik. Mas'ul muharrirlar: yu.f.d., prof., O.Oqyulov, yu.f.f.d. (PhD), dotsent N.E.Gafurova // Muallifla jamoasi. - T., TDYU nashriyoti, 2019. - 588 bet

3. Qonunchilik ma 'lumotlari milliy bazasi, 21.08.2021 y., 03/21/709/0808-son

4. Афанасьев А. В. Интеллектуальная собственность и авторское право в Интернете // Имущественные отношения в РФ. 2006. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/intellektualnaya-sobstvennost-i-avtorskoe-pravo-v-internete (дата обращения: 11.04.2022).

[31].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

5. ЯКУБОВА, Ирода, and Ойбек ЯКУБОВ. "ШАХСИЙ ДАЁТ ДАХЛСИЗЛИГИ МАСАЛАЛАРИНИНГ УЗБЕКИСТОН ДАМДА ЧЕТ ЭЛ МАМЛАКАТЛАРИ КОНУНЧИЛИГИ БУЙИЧА КИЁСИЙ ТАДЛИЛИ." Юрист ахборотномаси 2.1 (2021): 268-276. https : //www.yuristi ournal .uz/index.php/lawyer-herald/article/view/188

6. Юлдашов А. ИНТЕЛЛЕКТУАЛ МУЛК БУЙИЧА МИЛЛИЙ СТРАТЕГИЯЛАРНИНГ АДАМИЯТИ ВА БУТУНЖАДОН ИНТЕЛЛЕКТУАЛ МУЛК ТАШКИЛОТИНИНГ БУ БОРАДА ТУТГАН УРНИ //ЮРИСТ АХБОРОТНОМАСИ. - 2020. - Т. 1. - №. 2. - С. 53-59.

7. Bakhramova, Mokhinur. "The principles of International АгЫйа:юп." Баркарорлик ва Етакчи Тадкикотлар онлайн илмий журнали 1.6 (2021): 124133. http://sciencebox.uz/index.php/iars/article/view/428

8. https://www.wipo.int/wipo magazine/ru/2018/01 /article 0005.html

9. А.Yuldashov. "Mualliflik huquqini xalqaro doirada muhofaza qilishning muhim jihatlari va shartnomaviy-huquqiy bazani rivojlantirish". Yuridik fanlar axborotnomasi - Vestnik yuridicheskix nauk - Review of law sciences. Maxsus son. 2020 y. 231-b.

10. Bakhramova, Mokhinur. "Online Dispute Resolution: Digitalized Disputes and Their Legal Basis." Journal of Ethics and Diversity in International Communication 1.8 (2022): 25-29. http://openaccessiournals.eu/index.php/iedic/article/view/962

11. Мухаммедов, Темурбек, and Ирода Якубова. "Обеспечение прав на интеллектуальную собственность (товарные знаки и географические указания) в рамках соглашение ТРИПС." Общество и инновации 2.5/S (2021): 532-540. https://www.yuristi ournal.uz/index. php/lawyer-herald/article/view/188

12. Abdugopirovich Y. A. Types Of Legal Protection Of A Trademark (Service Mark) In Foreign Countries: The Example Of The Madrid System //Turkish Journal of Computer and Mathematics Education Vol. - 2021. - Т. 12. - №. 4. - С. 10681073.

13. Bahramovna, Bahramova Mohinur. "RAQAMLI MAKONDA ONLAYN NIZOLAR TUSHUNCHASI VA ULARNING HUQUQIY MAQOMI." БАРКАРОРЛИК ВА ЕТАКЧИ ТАДКЩОТЛАР ОНЛАЙН ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ (2022): 163-168. http://sciencebox.uz/index.php/iars/article/view/1634

14. Заколдаев Д.А., Ямщиков Р.В., Ямщикова Н.В., Указ.соч. С.94

15. Технологии блокчейн. Современное состояние и ключевые инсайты. С. 10,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

16. Сальникова А. В. Технология блокчейн как инструмент защиты авторских прав // Актуальные проблемы российского права. — 2020. — Т. 15. — № 4. — С. 83—90. — DOI: 10.17803/1994-1471.2020.113.4.083-090

17. Рузакова О. А., Гринь Е. С. Применение технологии Blockchain к систематизации результатов интеллектуальной деятельности // Вестник Пермского университета. Юридические науки. 2017. Вып. 38. С. 508.

18. ЯКУБОВА, Ирода. "ПОНИМАНИЕ КОЛЛЕКТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ АВТОРСКИХ ПРАВ В ИСТОРИЧЕСКОМ КОНТЕКСТЕ." ЮРИСТ АХБОРОТНОМАСИ 1.6 (2020): 76-80. https: //www.yuristj ournal .uz/index.php/lawyer-herald/article/view/144

19. Юсупов, Сардор. "ЗАМОНАВИЙ ЖАМИЯТДА РОБОТОТЕХНИКА СОХДСИНИ ФУ^АРОВИЙ-^У^У^ИЙ ТАРТИБГА СОЛИШ МАСАЛАЛАРИ." БАРКДРОРЛИК ВА ЕТАКЧИ ТАДКДКОТЛАР ОНЛАЙН ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ (2022): 99-110. http://www.sciencebox.uz/index.php/jars/article/view/1622

20. Пономарченко А. Е. Технология блокчейн в сфере авторского права // Legal Concept = Правовая парадигма. - 2021. - Т. 20, № 4. - С. 148-152. - DOI: https://doi.org/10.15688/lc.ivolsu.202L4.20

21. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 24.12.2021 y., 10/21/3127-7/1197-son

22. Yusupov, S. (2022). ROBOT TEXNIKASINI TARTIBGA SOLISH MUAMMOLARI: HUQUQIY VA AXLOQIY MUAMMOLARNI HAL QILISH BO 'YICHA BA'ZI KO 'RSATMALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(3), 592-606. https://cyberleninka.ru/article/n7robot-texnikasini-tartibga-solish-muammolari-huquqiy-va-axloqiy-muammolarni-hal-qilish-bo-yicha-ba-zi-ko-rsatmalar

23. Muhammad, Nasiruddeen, and Mokhinur Bakhramova. "The role and importance of odr in modern business society." ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.4 (2021): 1296-1304.

24. Юлдашов, Абдумумин, and Мурод Чориев. "Договорно-правовые отношения в области авторского права и ответственности за нарушение авторского права: национальный и зарубежный опыт." Общество и инновации 1.1/s (2020): 511-522.

25. Yuldashov A. A. GOVERNMENT POLICIES RELATED TO SOCIAL PROTECTION OF DISABLED PERSONS IN UZBEKISTAN: NATIONAL AND INTERNATIONAL ASPECTS.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.