Научная статья на тему 'KOMPYUTER DASTURLARI VA MA’LUMOTLAR BAZASIGA NISBATAN MUTLAQ HUQUQLARNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK'

KOMPYUTER DASTURLARI VA MA’LUMOTLAR BAZASIGA NISBATAN MUTLAQ HUQUQLARNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
290
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompyuter dasturi / ma’lumotlar bazasi / mutlaq huquqlar / kontrafakt / huquqni himoya qilish / intellektual mulk huquqini buzganlik uchun javobgarlik. / computer software / databases / counterfeit / the exclusive right / protection of rights / the responsibility for violation of intellectual property rights.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Abduvoxidov, Akmaljon Axadjon O’g’li

Maqolada kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazasiga nisbatan mutlaq huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik masalalari o‘rganilgan. Unda kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazasiga nisbatan mutlaq huquqlar, ularni himoya qilish, xorijiy mamlakatlar tajribasi masalalari tahlil qilingan. Xulosada qonunchilikka o‘zgartish kiritishni taklif qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RESPONSIBILITY FOR INFRINGEMENT OF EXCLUSIVE RIGHTS IN RELATION TO COMPUTER PROGRAMS AND DATABASES

The article deals with liability for violation of exclusive rights in relation to computer programs and databases. Exclusive rights in relation to computer programs and databases, protection of exclusive rights, experience of foreign countries are analyzed. In conclusion, it is proposed to amend the legislation.

Текст научной работы на тему «KOMPYUTER DASTURLARI VA MA’LUMOTLAR BAZASIGA NISBATAN MUTLAQ HUQUQLARNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KOMPYUTER DASTURLARI VA MA'LUMOTLAR BAZASIGA NISBATAN MUTLAQ HUQUQLARNI BUZGANLIK UCHUN

JAVOBGARLIK

Abduvoxidov Akmaljon Axadjon o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti e-mail: akmaHddinrishton@gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqolada kompyuter dasturlari va ma'lumotlar bazasiga nisbatan mutlaq huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik masalalari o 'rganilgan. Unda kompyuter dasturlari va ma 'lumotlar bazasiga nisbatan mutlaq huquqlar, ularni himoya qilish, xorijiy mamlakatlar tajribasi masalalari tahlil qilingan. Xulosada qonunchilikka o 'zgartish kiritishni taklif qilingan.

Kalit so'zlar: kompyuter dasturi, ma'lumotlar bazasi, mutlaq huquqlar, kontrafakt, huquqni himoya qilish, intellektual mulk huquqini buzganlik uchun javobgarlik.

ОТВЕТСТВЕННОСТЬ ЗА НАРУШЕНИЕ ИСКЛЮЧИТЕЛЬНЫХ ПРАВ В ОТНОШЕНИИ КОМПЬЮТЕРНЫХ ПРОГРАММ И БАЗЫ

В статье рассматривается ответственность за нарушение исключительных прав в отношении компьютерных программ и базы данных. Анализируется исключительные права в отношении компьютерных программ и базы данных, защита исключительных прав, опыт зарубежных стран. В заключении предлагается внести изменение в законодательство.

Ключевые слова: компьютерная программа, базы данных, исключительное право, контрафакт, защита прав, ответственность за нарушение права интеллектуальной собственности.

RESPONSIBILITY FOR INFRINGEMENT OF EXCLUSIVE RIGHTS IN RELATION TO COMPUTER PROGRAMS AND DATABASES

ABSTRACT

The article deals with liability for violation of exclusive rights in relation to computer programs and databases. Exclusive rights in relation to computer

ДАННЫХ АННОТAЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

programs and databases, protection of exclusive rights, experience of foreign countries are analyzed. In conclusion, it is proposed to amend the legislation.

Keywords: computer software, databases, counterfeit, the exclusive right, protection of rights, the responsibility for violation of intellectual property rights.

XXI asr kompyuter texnologiyalarini ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida keng qo'llanilishi taqazo etdi. Bunda kompyuter texnologiyalari insonlar oldida turgan ko'plab muammolami tez va samarali hal qilishga, inson mehnati unumdorligini oshirishga, asosiysi inson huquq va manfaatlarini har tomonlama ta'minlashga xizmat qilmog'i zarur.

Biroq, bu borada hal qilinishi mumkin bo'lgan muammolar tobora ko'payib bormoqda. Ayniqsa, turli davlat idoralariga murojaat qilish va ulardan turli maqsadlarda ma'lumotlar olish jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Ana shunday, bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan ishlar uchun odamlarning qancha vaqti, asabi ketadi. Shularning hammasini bir joyda, markazlashtirgan holda, tezlik bilan hal qilsa bo'ladi-ku! Aslida XXI asrda - Internet va axborot kommunikatsiyalari davrida bu ishlarning barchasini uydan chiqmasdan turib, kompyuter yoki uyali telefon orqali bajarish imkoni bor-ku![1]- deb ta'kidlaydi.

Haqiqatan ham bir qarashda arzimas tuyulgan masala muayyan vaqt va mablag'ni talab qiladi. Kompyuter texnologiyalaridan unumli va samarali foydalanish muayyan kompyuter dasturlari (dasturiy mahsulotlar) vositasida amalga oshiriladi. Bu o'rinda avvalo, kompyuter dasturlari va ma'lumotlar bazalarini yaratish, ularni fuqarolik muomalasiga kiritish, huquq egalarining huquqlarining vujudga kelishi, uni amalga oshirish, tasarruf etish shu jumladan himoya qilish va fuqarolik-huquqiy javobgarlik bilan bog'liq masalalar alohida o'rin egallaydi.

Mavjud holat shuni ko'rsatadiki, kontrafakt mahsulot aylanmasiga qarshi kurash bo'yicha intellektual mulk ob'ektlaridan noqonuniy foydalanishning oldini olishda vakolatli davlat organlari alohida o'rin egallaydi. Bu o'rinda Intellektual mulk agentligi 2017 yilda joylarda intellektual mulk sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi bo'yicha 39ta monitoring o'tkazgan. Monitoring jarayonida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar bilan bog'liq 654 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Aniqlangan qonunbuzilish holatlari to'g'risidagi ma'lumotnomalar qonuniy choralar ko'rilishi uchun tegishli davlat organlariga yuborilgan. Bunda 20919 (shundan 19127

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kontrafakt)ta audiovizual mahsulotlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar bo'yicha 68 ta mualliflik-huquqiy xulosalari berilgan.

Yuqoridagi holat kompyuter dasturlari va ma'lumotlar bazasiga nisbatan mutlaq huquqlarni buzish bilan bevosita bog'liqdir. Mazkur huquqbuzarlik asosan mualliflik huquqini buzilishi, kontrafakt nusxalarni noqonuniy ravishda fuqarolik muomalasiga kiritish bilan bog'liq. Mazkur ko'rsatkich huquqbuzarlikning bir muncha kamligini ko'rsatadi. Biroq, bunday huquqbuzarlik ayrim hollarda latent holda qolib ketadi. Ayniqsa, dasturiy mahsulotlardan noqonuniy ravishda foydalanish faktini aniqlash birmuncha murakkab kechadi. Bunda avvalo huquq egasining faolligi, huquqbuzarliklarga qarshi kurashuvchi organlar, nodavlat notijorat tashkilotlarining harakatlari uyg'unlashuvini taqazo qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yuridik adabiyotlarda ko'rsatilishcha, mutlaq huquqlar deyilganda, bunday huquqlar sohiblari (egalari)ni turli harakatlar sodir etish (ijodiy faoliyat mahsulidan foydalanish, uni tasarruf etish va sh.k.) bo'yicha haqdorligi, vakolatliligini va ayni vaqtning o'zida boshqa har qanday shaxslarga bunday yuqorida ko'rsatilgan harakatlarni sodir etishning ta'qiqlanishini ta'minlovchi sub'ektiv mutlaq huquq tushuniladi[2, B.314].Ta'kidlash lozimki, Fuqarolik kodeksida intellektual mulk ob'ektlariga nisbatan qo'llanilgan "mutlaq huquq" iborasini "exclusive right» (isklyuchitelnoe pravo) bilan ayniy va bir xil ma'noda tushunish lozim. Mulk huquqi bilan bog'liq qoidalarda esa «absolyut» huquq haqida so'z boradi.

Mutlaq huquqlar huquqiy mexanizmi odatdagidek egallab turishi mumkin bo'lmagan, bir vaqtning o'zida nomuayyan doiradagi shaxslar foydalana olishi mumkin bo'lgan ob'ektlarga nisbatan huquq sohibi mulkiy huquqlarining amalga oshirilishini ta'minlovchi muhim vositadir, biroq mulk huquqi va mutlaq huquqlar aslo ayniy tushunchalar emas[3,B.18].

K.I.Ryabovning fikricha, kompyuter dasturidan uning vazifasiga muvofiq foydalanishga doir harakatlarni amalga oshirish vakolati, ya'ni uni muayyan vazifani bajarish uchun ishga tushirish, dasturning foydali xususiyatini olish, funksional vazifasiga muvofiq foydalanish kompyuter dasturidan foydalanish bo'yicha mutlaq huquqlar mazmuniga kiradi va ushbu vakolatni asardan foydalanish usullari sifatida ko'rsatish lozim deb hisoblaydi[4, B.8]. Bu o'rinda shunga e'tibor qaratish lozimki, kompyuter dasturidan boshqa shaxslarning foydalanishiga ruxsat berish unga nisbatan mutlaq huquq sohibining vakolatiga kiradi. Ob'ektdan foydalanishga ruxsat berishda mutlaq huquq shu huquq sohibining o'zida qoladi, undan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

begonalashtirilmaydi, bunda uchinchi shaxslarda ob'ektdan foydalanish huquqigina vujudga keladi. Foydalanish shartlari va tartibi taraflar o'rtasidagi kompyuter dasturidan foydalanish bo'yicha litsenziya shartnomasi asosida belgilanadi.

V.Azizyan va NJuravlenkolarning fikricha, dasturiy ta'minotdan noqonuniy foydalanish orqali mualliflik huquqini buzilishi quyidagilarda namoyon bo'ladi:

- kompyuter texnikasiga noqonuniy ravishda o'rnatilgan dasturiy ta'minot bilan birga sotish;

- mualliflik huquqi egasining roziligisiz dasturiy ta'minotni axborot eltuvchisida ishlab chiqarish va tarqatish;

- telekommunikatsiya tarmoqlari orqali (Internet, elektron pochta va h.k.) dasturiy ta'minotni noqonuniy ravishda tarqatish;

- foydalanuvchining dasturiy ta'minotdan noqonuniy foydalanishi [5, B.48].

Bu o'rinda mualliflar faqatgina dasturiy ta'minot buzilishi mumkin bo'lgan holatlargagina e'tibor qaratishgan. Vaholanki, dasturiy ta'minotga nisbatan sodir etiladigan huquqbuzarlik holatlari turlicha va keng doirada mavjud bo'lishi mumkin. Shu boisdan huquqbuzarlikni sodir etilish yo'llari emas, balki uning sabablari, qaysi huquqlarga dahl qilinishi, huquqbuzarliklar profilaktikasi va uni oldini olish, u yuzasidan fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslarini aniqlash maqsadga muvofiq bo'ladi.

B.Axmadjonovning fikricha, O'zbekiston Respublikasining "Mualliflik huquq va turdosh huquqlar to'g'risida" gi Qonunining 63-moddasiga huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug'diradigan harakatlarning oldini olish, kontrakt nusxalarni musodara qilish, huquq egasining haqiqiy egasi haqida ma'lumotlarni e'lon qilish haqidagi talablarni kiritish lozim[6, B.20].

Biroq, taklif qilinayotgan normalar ushbu qonunlarda mavjud. Masalan, ushbu qonunning 66-moddasida asarlarning va turdosh huquqlar ob'ektlarining kontrafakt nusxalari, shuningdek ularni tayyorlash va takrorlashda foydalaniladigan materiallar va asbob-uskunalar hamda sodir etilgan huquqbuzarlikning boshqa vositalari qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida musodara qilinadi deb belgilangan. Haqiqiy huquq egasi haqidagi ma'lumotlar esa mualliflik huquqini tan olish va fuqarolik shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilish bilan bir xildir. Bu o'rinda intellektual mulk ob'ektlariga nisbatan mutlaq huquqlarni himoya qilishda "Anton Piller ordeni", "Marevaning sud ta'qiqi", "Norvich Farmakl vositasi" kabi usullarni implementatsiya qilishga doir g'oyalarni qo'llashni nazarda tutish mumkin.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Bu o'rinda huquqiy tizimlar o'rtasidagi o'ziga xoslik hamda intellektual mulk ob'ektlarining xususiyatlariga e'tibor qaratish lozim. Intellektual mulkni himoya qilish mexanizmi, ularni tijorat muomalasiga kiritish u yoki bu huquqiy himoya choralarini implementatsiya qilishga doir qoidalarga nisbatan alohida e'tiborni, zehnni talab qiladi.Agar buzilgan huquqlarni himoya qilishda Anton Piller Orderi qo'llanishi mumkin bo'lsa, huquqlarni buzilish holatini isbotlash imkoniyati mavjud bo'ladi va huquqbuzar ishni hamda nizoni hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan dalillarni yo'q qilish imkoniyatiga ega bo'lmaydi. Shu boisdan O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida yozma dalillarga doir qoidani belgilab qo'yish maqsadga muvofiq.

Masalan, Angliya huquq tizimida Anton Piller Ordeni (Anton Piller order) mavjud bo'lib, oldindan ogohlantirmagan holda dalillarni olib qo'yishga huquq beradi va kompyuter dasturi egalari huquqlari buzilganda muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Bu holat shu jumladan mualliflik yoki patent huquqlari buzilgan hollarda tegishli dalillarni yo'q bo'lib ketishini oldini olishga xizmat qiladi. Ushbu tartib 1975 yilda Anton Piller KG v Manufacturing ProcessesLimited o'rtasidagi nizo yuzasidan nomlangan bo'lib, unda tijorat sirlari o'g'irlanganligi yuzasidan sud jarayoni bo'lib o'tgan. Ushbu usulni umumiy ravishda qo'llash 1997 yilda umumiy fuqarolik sudlari to'g'risidagi qonunni qabul qilinishi munosabati bilan ma'lum darajada siqib chiqarilgan.

Anton Piller Orderining asosiy ustunligi shundaki, ushbu sud buyrug'i javobgarga murojaat qilmagan holda sud tomonidan berilishi mumkin. Umumiy qoidaga ko'ra sud buyrug'i taraflar tomonidan boshlangan sud jarayoni davomida beriladi. Bu holat ikkinchi tarafga oldindan da'vogar tomonidan sud orqali sud buyrug'ini olish istagi borligini ma'lum qilib qo'yadi. Bu holat da'vogarning zarur dalillarni topishga doir barcha hatti-harakatlarini, urinishlarini yo'qqa chiqaradi. Chunki javobgarda dalillarni yo'q qilish uchun vaqt bemalol yetarli bo'ladi[7, B.126].

Rossiya Federatsiyasining Grajdanlik kodeksiga 2013 yil 5 iyulda o'zgartirish kiritildi. Ushbu o'zgartirishlar fuqarolik huquqi ob'ektlari, nomoddiy ne'matlar, sha'n, qadr-qimmat va ishlanchalik obro'sini (RF GK 152-moddasi)ga doir bo'ldi [8]. Mazkur normalar bevosita fuqarolarning shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilishni nisbatan to'laqonli va samarali bo'lishiga imkon beradi. Zero, bugungi kunda shaxsiy nomulkiy huquqlarni, shaxsiy mahfiy ma'lumotlarni huquq iy himoya qilish juda dolzarb muammolardan hisoblanadi [9, B.43-46].

Kompyuter dasturiga nisbatan mualliflik huquqi, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlar buzilishi haqida foydalanuvchilar yoki raqobatchilar bevosita Internet

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tarmog'i (masalan, Internet hamjamiyati ishtirokchilari, klublari) orqali ma'lumotga ega bo'lishadi. Bu o'rinda mavjud noto'g'ri, noqonuniy ma'lumotlar tarqatilganligi borasida raddiya berish ham xuddi shunday shaklda amalga oshirilishi lozim. Garchi qonun hujjatlariga ko'ra elektron ommaviy axborot vositalari ham mavjud bo'lsada, Internet tarmog'idagi resurslar, foydalanuvchilar va boshqa shaxslar har doim ham ushbu maqomga ega bo'lavermaydi.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, O'zbekiston Respublikasining "Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma'lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to'g'risida"gi Qonunning 14-moddasiga oltinchi xatboshi sifatida quyidagi normani kiritish maqsadga muvofiq:

"Agar kompyuter dasturiga nisbatan mualliflik huquqini buzuvchi ma'lumotlar u tarqatilgandan so'ng Internet tarmog'ida mavjud bo'lsa, huquqi buzilgan shaxs tegishli ma'lumotlarni Internet tarmog'idan yo'q qilishni, shuningdek Internet foydalanuvchilar e'tiboriga yetishini ta'minlaydigan darajada ma'umotlarning noto'g'riligi haqida raddiya berishni talab qilishga haqli".

REFERENCES

1. Конституция - эркин ва фаровон хаётимиз, мамлакатимизни янада тараккий эттиришнинг мустахкам пойдеворидир. Президент Шавкат Мирзиёевнинг Узбекистон Республикаси Конституцияси кабул килинганининг 25 йиллигига багишланган тантанали маросимдаги маърузаси. //Халк сузи. 2017 йил 8 декабрь.

2. Гражданское право. Учебник. -М.: БЕК, 1994, Т.1, 314-бет.

3. Окюлов О. Интеллектуал мулк хукуки: умумий коидалар ва алохида объектлар. -Т.: 2003 й. 18-бет.

4. Рябов К.И. Исключительное право на программу для ЭВМ и распоряжение им. Автореферат диссертatsiи на соискание ученой степени кандидата юридических наук. -Санкт Петербург: 2011. -21с.

5. Азизян В.Г., Журавленко Н.И. Защита прав авторов компьютерных программ и изготовителей баз данных в судебном порядке. // Евразийская адвокатура. 2014, Выпуск№ 1 (8). -48 б.

6. Ахмаджонов Б.У. Фукаролик хукукида мутлак хукуклар мазмуни ва уларни амалга ошириш муаммолари. Юридик фанлар номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертatsiя автореферати. -Т.: ТДЮИ, 2011. 20-бет.

7. Романов А.К. Правовая система Англии. -Москва: Дело, 2000. -126 б.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

8. Федеральный закон от 2 июля 2013 г. N 142-ФЗ "О внесении изменений в подраздел 3 раздела I части первой Гражданского кодекса Российской Федерatsш". //Российская газета - Федеральный выпуск №6121 (145). 5 июля 2013 г.

9. Палуаниязов Х. Некоторые виды договоров регулирующих использования личной конфиденциальной информatsiи. -Т.: Обзор законодательства Узбекистана. 2016. №3, -43-46 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.