Научная статья на тему 'KONTRAFAKT MAHSULOTLARNI OLIB KIRISH VA MUOMALAGA KIRITISH HARAKATLARI UCHUN JAVOBGARLIK MASALALARINI TAKOMILLASHTIRISH'

KONTRAFAKT MAHSULOTLARNI OLIB KIRISH VA MUOMALAGA KIRITISH HARAKATLARI UCHUN JAVOBGARLIK MASALALARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
284
61
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tovar belgisi / kontrafakt mahsulotlari / intellektual mulk ob’ekti / intellektual mulk ob’ekti / qonunbuzilish holatlari / bojxona to‘lovlari / tadbirkorlarni himoya qilish. / trademark / counterfeit products / intellectual property object / intellectual property object / cases of infringement / customs duties / protection of entrepreneurs.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dadajonov, Dilshodjon Davlatjon O‘g‘li

Ushbu maqolada bugungi kunda mamalakatimizda kontrafakt mahsulotlarning muomalasiga qarshi kurashishda qonunchiligimizdagi mavjud kamchiliklar va javobgarlikni takomillashtirish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING RESPONSIBILITY FOR IMPLEMENTATION AND TRANSFER OF CONTRACTED PRODUCTS

This article discusses the existing shortcomings in our legislation and the issues of increasing responsibility in the field of combating the circulation of counterfeit products in our country today.

Текст научной работы на тему «KONTRAFAKT MAHSULOTLARNI OLIB KIRISH VA MUOMALAGA KIRITISH HARAKATLARI UCHUN JAVOBGARLIK MASALALARINI TAKOMILLASHTIRISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KONTRAFAKT MAHSULOTLARNI OLIB KIRISH VA MUOMALAGA KIRITISH HARAKATLARI UCHUN JAVOBGARLIK MASALALARINI

TAKOMILLASHTIRISH

Dadajonov Dilshodjon Davlatjon o'g'li

Davlat Bojxona Qo'mitasi Bojxona Instituti magistratura tinglovchisi,

Ushbu maqolada bugungi kunda mamalakatimizda kontrafakt mahsulotlarning muomalasiga qarshi kurashishda qonunchiligimizdagi mavjud kamchiliklar va javobgarlikni takomillashtirish masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: tovar belgisi, kontrafakt mahsulotlari, intellektual mulk ob'ekti, intellektual mulk ob 'ekti, qonunbuzilish holatlari, bojxona to 'lovlari, tadbirkorlarni himoya qilish.

В данной статье рассматриваются имеющиеся недостатки в нашем законодательстве и вопросы повышения ответственности в сфере противодействия обороту контрафактной продукции в нашей стране на сегодняшний день.

Ключевые слова: товарный знак, контрафактная продукция, объект интеллектуальной собственности, объект интеллектуальной собственности, случаи нарушения, таможенные пошлины, защита предпринимателей.

This article discusses the existing shortcomings in our legislation and the issues of increasing responsibility in the field of combating the circulation of counterfeit products in our country today.

Keywords: trademark, counterfeit products, intellectual property object, intellectual property object, cases of infringement, customs duties, protection of entrepreneurs.

Barchamizga ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so'ng bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tgan davlat hisoblanib, ushbu davr mobaynida xususiy mulkni asosiy o'ringa ko'tarish, milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish orqali eksport saloxiyatini ko'tarish, davlatda iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash shuningdek, jaxon bozorida mamlakatning o'z o'rniga ega bo'lishi uchun ko'plab say xarakatlar amalga oshirib kelinmoqda. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish joizki, O'zbekiston Respublikasining jaxon

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

bozoriga kirib borib, o'z o'rniga ega bo'lishida intelektual mulk xuquqi masalasi ham muhim o'rin tutadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Intellektual mulk masalasini davlat siyosati darajasiga ko'tarmas ekanmiz, O'zbekiston bundan o'n yildan keyin ham raqobatdosh bo'lmaydi"1.

Darxaqiqat, hozirgi O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik sohasining jadallik bilan rivojlanishi natijasida mamlakatimizda raqobatbardosh yirik firma va korxonalar tashkil topayotgan bir sharoitda intellektual mulkning huquqiy muhofazasi davlat siyosatida muxim o'rin tutadi. Shu bilan birga aytishimiz mumkinki, intellektual mulk huquqini himoya qilishning muhim yo'nalishlaridan biri mamlakatda kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarilishini va olib kelinishini oldini olish hamda muomalasiga qarshi kurashish xisoblanadi.

Dunyoning barcha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar qatori O'zbekiston Respublikasining iqtisodiyotiga va aholining salomatligiga jiddiy xavf solayotgan asosiy omillardan biri - bu mamlakatga noqonuniy yo'llar bilan kontrafakt, qalbaki tovar-moddiy boyliklarini olib kirilishidir. Mana bir necha yildirki, hukumatimiz tomonidan mamlakatimizga tovarlarning noqonuniy oqimini cheklash, ichki iste'mol bozori, mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlari hamda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bilan bir qatorda, jahon standartlariga javob beradigan raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda, mamlakatimiz iqtisodiyotiga bo'layotgan eng asosiy tahdidlardan biri, xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan kontrafakt tovarlarni respublikaga kirib kelishi va ichki hududlarda xufyona tayyorlanishi bo'lib, ushbu salbiy holatlarga qarshi kurashish bugungi kunda dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

"Kontrafakt" mahsulotlar tushunchasi "intellektual mulk" tushunchasi bilan chambarchas bog'liq bo'lganligi bois intellektual mulk huquqini himoya qilish, mamlakatimiz hududiga inson hayoti va salomatligiga salbiy ta'sir qiluvchi mahsulotlarni kirib kelishini oldini olish, kontrafakt tovarlarga qarshi kurashish mazkur yo'nalishida faoliyat olib borayotgan davlat organlari, jumladan bojxona organlari oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi.

Shu o'rinda kontrafakt tovar tushunchasiga to'xtalib o'tish maqsadga muvofiq bo'ladi. Jahonda o'tkazilgan ko'plab ilmiy tadqiqotlar natijasiga ko'ra, kontrafakt

1 Узбекистан Президенты Шавкат Мирзиёевнинг 2020 йил 12 октябрь куни интеллектуал мулк объектларини му^офаза килиш тизимини такомиллаштириш чора-тадбирлари юзасидан утказилган йигилишдаги нутки. https://www. gazeta.uz/uz/2020/10/12/intellectual-property/

1131

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mahsulot bu birinchi navbatda intellektual mulk huquqini buzish bilan bog'liq tushuncha bo'lib, huquq egasi ruxsatisiz yaratilgan mahsulotdir. Ya'ni o'z tovar belgilarida boshqa ishlab chiqaruvchilarning mashhur, haridorgir tovarlarida aks ettirilgan aynan bir xil yoki adashtirib yuborish darajasida o'xshash belgilarni huquq egasi roziligisiz foydalanishni anglatadi. Shuningdek, kontrafakt so'zi fransuzchadan tarjima qilinganda, mualliflik xuquqini buzish degan ma'noni anglatadi. Shu bilan birga, kontrafakt so'zi inglizcha "counterfeit" so'zidan olingan bo'lib, "qalbaki" degan ma'noni bildiradi. Bu so'zning kelib chiqishi G'arbiy Yevropa tillariga borib taqaladi. "Kontrafakt" atamasi har qanday shaxsning intellektual mulk huquqlarini buzgan holda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotga tegishli bo'lib, kontrafakt ishlab chiqaruvchilar taniqli brendlar va logotiplarni qonuniy brend egasi tomonidan ishlab chiqarilmaydigan soxta mahsulotlarga joylashtirish orqali xaridorlarni yo'ldan ozdiradi.

Shuningdek, kontrafakt tushunchasiga bir qator qonun xujjatlarida izohlar keltirilgan. Masalan, tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan o'xshash bo'lgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, o'rovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt hisoblanadi2. Shuningdek, asarlarning va turdosh huquqlar ob'ektlarining takrorlanishi yoki tarqatilishi mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan holda amalga oshiriladigan nusxalari kontrafakt nusxalardir. Ushbu Qonunga muvofiq muhofaza qilinadigan asarlarning va turdosh huquqlar ob'ektlarining bunday asarlarni va turdosh huquqlar ob'ektlarini muhofaza qilish to'xtatilgan yoki hech qachon muhofaza qilinmagan davlatlardan huquq egalarining roziligisiz import qilinadigan nusxalari ham kontrafakt nusxalardir3.

Demak, kontrafakt maxsulot deganda intellektual mulk huquqini buzgan xolda mavjud original mahsulot asosida yaratilgan yangi mahsulotni tushunishimiz mumkin.

Rivojlangan mamlakatlar tomonidan kontrafakt mahsulotlarning muomalasiga hamda mamlakat hududiga olib kirilishiga qarshi kurashishning sababi, bunday tovarlar iste'molchilarning sog'ligi va hayotiga xavf solishi bilan birgalikda davlat iqtisodiyotiga xam zarar keltiradi. Kontrafakt tovarlarining noqonuniy aylanmasi oqibatida jahon iqtisodiyotiga yetkazilayotgan zararlar turli xalqaro tashkilotlar tomonidan ma'lum qilib borilayotgani fikrimizga isbot bo'ladi.

2 Узбекистан Республикасининг 2001 йил 30 августдаги 267-П-сонли "Товар белгилари, хизмат курсатиш белгилари ва товар келиб чиккан жой номлари тугрисида" Крнуни https://lex.uz/docs/24925

3Узбекистон Республикасининг 2006 йил 20 июлдаги УРК-42-сонли "Муаллифлик хукуки ва турдош хукуклар тугрисида"ги Конуни https://lex.uz/docs/1022944

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (OSER) 2016 yildagi ma'lumotga asosan dunyoda kontrafakt tovarlarning hamji 461 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan bo'lsa, 2019 yilda ushbu ko'rsatkich 500 mlrd. AQSh dollaridan oshgan4. Qalbakilashtirilgan tovarlar jahon importining deyarli 3,3% ga to'g'ri kelib, Yevropa itifoqi davlatlarining bozorlarida kontrafakt tovarlar 5 %ni tashkil qilgan. Kontrafakt tovarlar asosan 20 % AQSh brendlarini, 15% Italiya, 17 % Fransiya, 11 % Shveysariya, 9 % Yaponiya va Germaniya brendlarini qalbakilashtirishga to'g'ri keladi.5 Asosiy kontrafakt tovarlarni ishlab chiqaruvchi davlatlar orasida yetakchilik 63,2 % bilan Xitoy davlati hisoblanadi, shuningdek Turkiya 3,3%, Singapur 1,9%, Tayland 1,6% va Xindiston 1,2% ga to'g'ri keladi.6

Kontrafakt tovarlarning asosiy foydalanish shakli bu tovar belgilaridir. Qonunchilikka ko'ra, biror-bir belgi hukumat tomonidan vakolat berilgan davlat idorasida maxsus ro'yxatdan o'tkazilganidan so'ng tovar belgisi maqomini oladi. O'zbekistonda ushbu vazifa Intellektual mulk agentligiga yuklatilgan bo'lib, u faqatgina belgilarni tovar belgisi sifatida ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnoma qabul qiladi, ular bo'yicha ekspertiza o'tkazadi va muhofaza hujjatlarini beradi. Ammo import bo'lib kelayotgan yoki ichki hududda aniqlangan kontrafakt tovarlar yuzasidan ekspertiza o'tkazib xulosa berish vakolatiga ega emas. Bu esa mamlakatga import bo'lib kelayotgan tovarlarni xaqiqatdan ham kontrafakt ekanligini isbotlashni murakkablashtiradi. Ammo, ichki hududda tovarlarni yoki uning qalbaki va soxta ya'ni kontrafakt nusxalarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish xususiyati bo'lgan qonun buzilish holatlariga nisbatan bir qator MJTKning 165, 1651, 177, 1771-moddalari va Jinoyat Kodeksining 149, 176, 186, 1861, 1862, 1863, 188, 189, 190-moddalari bo'yicha jazolar qo'llanilmoqda, lekin amaldagi qonunchiligimizda aynan kontrafakt mahsulotlarga nisbatan jinoiy javobgarlik normasi mavjud emas. Masalan, DBQ Surishtiruv va ma'muriy amaliyot boshqarmasi tomonidan olingan ma'lumotlarga ko'ra, 176, 1861, 1862, 1863 -moddalari bilan 2017 yilda 20 ta holatda 1,04 mlrd so'mlik, 2018 yilda 14 ta holatda 347,4 mln so'mlik, 2019 yilda 17 ta holatda 3,2 mlrd so'mlik, 2020 yilda 28 ta holatda 4,5 mlrd so'mlik kontrafakt tovarlar aniqlangan.

Yuqoridagi ushbu sohadagi harakatlar uchun jinoyat qonunchiligi normalarini ko'rib chiqadigan bo'lsak, masalan Jinoyat kodeksining 176-moddasi "Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog'ozlar yasash, ularni o'tkazish", 1861-moddasi "Etil

4https://www.oecd-ilibrary.org/trade/trends-in-trade-in-counterfeit-and-pirated-goods_g2g9f533-en

5https://www.oecd.org/newsroom/trade-in-fake-goods

6https://www.oecd.org

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish", 1862-moddasi "Chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish", 1863-moddasi "Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o'tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o'tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli ta'sir qiluvchi moddalar mavjud bo'lgan dori vositalarini resept bo'yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish", 189-moddasi "Savdo yoki xizmat ko'rsatish qoidalarini buzish", 190-moddasi "Faoliyat bilan lisenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz yoxud xabarnoma yubormasdan shug'ullanish" kabi normalarda kontrafakt tovarlar uchun ham javobgarlik nazarda tutvchi xususiyati mavjud bo'lishiga qaramasdan, ushbu moddalar kontrafakt tovarlar uchun muhim bo'lgan xususiyat, ya'ni tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan o'xshash bo'lgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, o'rovlarida qonunga zid ravishda foydalanilgan maxsulotlarni muomalasi uchun javobgarlikni to'liq qamrab olmagan.

Ammo, chet el davlatlarining qonunchiligida tovar belgisi, xizmatlar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomidan noqonuniy foydalanganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilovchi aniq normalar mavjud. Jumladan, Daniya 176-modda, Niderlandiya 219-modda, Shveysariya 326-modda, Shvesiya 7-modda, Estoniya 283-modda, Rossiya 180-modda, Belorus 248-modda, Ukraina 229-modda, Armaniston 197-modda, Gruziya 196-modda, Qozog'iston 199-modda7.

Xususan, Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksining 180-moddasi "Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) individuallashtirish vositalaridan noqonuniy foydalanish" deb nomlanib, quyidagicha bayon etilgan:

"1. O'zganing tovar belgisidan, xizmat ko'rsatish belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki shunga o'xshash belgilardan qonunga xilof ravishda foydalanish, agar bu qilmish takroran sodir etilgan bo'lsa yoki ko'p miqdorda zarar yetkazilgan bo'lsa, -

100 ming rubldan 300 ming rublgacha jarima yoki mahkumning ikki yilgacha bo'lgan miqdordagi ish haqi yoki ikki yilgacha boshqa daromadlari miqdorida jarima yoxud 480 soatgacha bo'lgan muddatga majburiy mehnat yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha majburiy mehnat yoki sakson ming rublgacha bo'lgan miqdorda yoki mahkumning olti oygacha bo'lgan muddatga ish haqi yoki

7^.y6aeB. "Y36eKHCTOH Pecny6^HKacuga KOHipa^aKT Maxcy^oraapuHHHr HMnopTura Rapmu Kypamum MyaMMO^apu Ba HCTHK6o^apH" homot Ma^o^a. Y36eKHCTOH Bo^xoHa Ax60p0TH0Macu 2021 HH^ 1 -COH

1134

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

boshqa daromadlari miqdorida jarima qo'llab ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

2. Rossiya Federatsiyasida ro'yxatdan o'tmagan tovar belgisi yoki tovar kelib chiqqan joy nomiga nisbatan ogohlantirish yorlig'idan noqonuniy foydalanish, agar bu harakat takroran sodir yetilgan bo'lsa yoki ko'p miqdorda zarar yetkazgan bo'lsa.

120 ming rublgacha yoki mahkumning bir yilgacha bo'lgan ish haqi yoki boshqa daromadlari miqdorida jarima yoxud 360 soatgacha majburiy ishlar bilan yoki bir yilgacha bo'lgan muddatga axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

3. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qilmishlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan kelishuv asosida sodir yetilgan bo'lsa

200 mingdan 400 ming rublgacha jarima yoki mahkumning o'n sakkiz oydan uch yilgacha bo'lgan muddatga ish haqi yoki boshqa daromadlari miqdorida jarima yoxud to'rt yilgacha muddatga majburiy mehnat yoxud yuz ming rublgacha yoki mahkumning bir yilgacha bo'lgan ish haqi yoki boshqa daromadlari miqdorida jarima qo'llab yo qo'llamasdan to'rt yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

4. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar uyushgan guruh tomonidan sodir yetilgan bo'lsa

besh yuz mingdan bir million rublgacha yoki mahkumning uch yildan besh yilgacha bo'lgan ish haqi yoki boshqa daromadlari miqdorida jarima yoki besh yilgacha bo'lgan muddatga majburiy mehnat bilan yoki besh yuz ming rublgacha yoki maxkumning uch yilgacha yoki boshqa daromadlari miqdorida jarima qo'llab yo qo'llamasdan olti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi" 8.

Qozog'iston Respublikasining jinoyat kodeksida esa quyidagicha:

"199-modda. Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari yoki integral mikrosxemalar topologiyalariga bo'lgan huquqlarni buzish.

l.Muallifning yoki talabnoma beruvchining roziligisiz ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug'i yoki integral mikrosxemalar topologiyasining mohiyatini ular to'g'risidagi ma'lumotlar rasmiy ye'lon qilingunga qadar oshkor qilish, shuningdek mualliflik huquqini o'zlashtirib olish yoki hamkorlik qilishga majburlash. mualliflik ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug'i yoki integral mikrosxemalar topologiyasidan noqonuniy foydalanish;

8Уголовный кодекс Российской Федерации, 5 июня 1996 года. http://pravo.gov.ru/proxy/ips/?docbody&nd=102041891

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

sakson oylik hisob-kitob ko'rsatkichi miqdorida jarima yoki shu miqdorda axloq tuzatish ishlari yoxud sakson soatgacha bo'lgan muddatga jamoat ishlari bilan jazolanadi.

2. Xuddi shunday qilmishlar, agar ular ko'p miqdorda sodir yetilgan bo'lsa yoki muallifning yoki boshqa huquq yegasining huquqlari yoki qonuniy manfaatlariga katta miqdorda zarar yetkazilgan yoki jiddiy zarar yetkazgan bo'lsa yoki takroran sodir yetilgan bo'lsa.

bir yuz oltmish oylik hisob-kitob ko'rsatkichigacha miqdorda jarima yoki shu miqdorda axloq tuzatish ishlari yoxud bir yuz oltmish soatgacha bo'lgan muddatga jamoat ishlari yoxud qirq kungacha bo'lgan muddatga qamoq bilan jazolanadi.

3. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

1) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan kelishilgan holda;

2) katta miqyosda yoki katta zarar yetkazganda;

3) shaxs o'z mansab mavqeidan foydalangan holda besh ming oylik hisob-kitob ko'rsatkichigacha miqdorda jarima yoki shu miqdorda axloq tuzatish ishlari yoxud bir ming ikki yuz soatgacha bo'lgan muddatga jamoat ishlari yoxud besh yilgacha bo'lgan muddatga ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug'ullanish huquqidan maxrum qilishni qo'llab yo qo'llamasdan ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

4. Ushbu moddaning ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar jinoiy guruh tomonidan sodir yetilgan bo'lsa,

uch yildan olti yilgacha ozodlikni cheklash yoki shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi."9 norma mavjud.

Fikrimizcha, kontrafakt tovarlarning olib kirilishi va muomalasi uchun javobgarlik tizimini yanada takomillashtirish hamda to'la qamrab olish maqsadida ushbu xususiyatga ega huquqbuzarliklarni yuqorida keltirilgan jinoyat qonunchiligi normalari bilan birgalikda tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan o'xshash bo'lgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, o'rovlarida qonunga zid ravishda foydalanish xarakatlari uchun ham malakalash intelektual mulk huquqi soxasida qonuniylik va adolatlilikni yanada mustaxkamlashga xizmat qiladi.

Yuqoridagilardan xulosa qilib, respublikaga bojxona chegarasi orqali kontrafakt mahsulotlarni to'xtatish va ularni ichki bozorga kiritilmasligini ta'minlash hamda

9Уголовный кодекс Республики Казахстан от 3 июля 2014 года № 226-У (с изменениями и дополнениями по состоянию на 02.03.2022 г.) https://online.zakon.kz/document/?doc_id=31575252#sub_id=0

1136

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

muomalasiga qarshi kurashishdagi mavjud mexanizmlarning ta'sirchanligini oshirish maqsadida kontrafakat mahsulotlarning muomalasiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish borasida quyidagi xulosa va takliflar ko'rib chiqilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Mamlakat xududida aniqlangan yoki import bo'lib kirib kelayotgan tovarlarning kontrafakt yoki kontrafakt emasligini aniqlash yuzasidan ekspertiza beradigan tashkilotni aniq ko'rsatish, ya'ni tovar belgilari bilan bog'liq bo'lgan xolatlarda aniqlangan kontrafakt maxsulotlar uchun Adliya Vazirligi huzuridagi Intelektual Mulk Agentligi tomonidan ekspertiza xulosasini berish amaliyotini joriy etish. Bunga ko'ra, ushbu yo'nalishdagi xuquqbuzarliklar yuzasidan ma'muriy yoki jinoyat javobgarlik masalalarini ko'rib chiqish jarayonida dalillar maqbulligi ta'minlanishi mustaxkamlanadi.

Kontrafakt mahsulotlarning muomalasiga qarshi kurashish mexanizmlarini ta'sirchanligini kuchaytirish maqsadida tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan o'xshash bo'lgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, o'rovlarida qonunga zid ravishda foydalanish xarakatlari uchun javobgarlikni jinoyat qonunchiligimizda aniq ifodalash maqsadga muvofiq bo'ladi. Xususan, JKga yangi norma kiritilib, dispozisiyasi "O'zganing tovar belgisidan, xizmat ko'rsatish belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki shunga o'xshash belgilardan qonunga xilof ravishda foydalanish hamda shunday tovarlarni olib kirish, shunday harakat uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, -

O'zbekiston Respublikasida ro'yxatdan o'tmagan tovar belgisi yoki tovar kelib chiqqan joy nomiga nisbatan ogohlantirish yorlig'idan noqonuniy foydalanish hamda shunday tovarlarni olib kirish, ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa," tahrirda bayon etilsa maqsadga muvofiq bo'lardi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi // O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasi, www.lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi // O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasi, www.lex.uz

3. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi // O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasi, www.lex.uz

4. O'zbekiston Respublikasining 2001 yil 30 avgustdagi 267-II-sonli "Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida" Qonuni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

5. O'zbekiston Respublikasining 2006 yil 20 iyuldagi O'RQ-42-sonli "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi Qonuni

6. "O'zbekiston Respublikasida kontrafakt mahsulotlarining importiga qarshi kurashish muammolari va istiqbollari" nomli maqola. O'zbekiston Bojxona Axborotnomasi 2021 yil 1-son

7. Уголовный кодекс Российской Федерации

8. Уголовный кодекс Республики Казахстан

9. Жахон савдо ташкилоти маълумотлари. URL: https //www.wto.org

10. Узбекистан Республикаси Божхона кумитаси маълумотлари. URL: Customs.uz

11. https://www.oecd.org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.