Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
OILAVIY MUNOSABATLARDA CHET EL ELEMENTINING AHAMIYATI
VA O'RNI
Pulatov Hayotbek Abdug'ani o'g'li Xakimov Feruzbek Xayotovich TVCHDPI talabalari Ilmiy rahbar: Ibrohimov Farhodjon Anvarjon o'g'li TVCHDPI Katta o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Maqolada oilaviy munosabatlar, ikki o'zga davlat vakillarining nikohdan o 'tishi tartibi, ikkita o 'zga davlatlarda tug'ilgan farzandlarning fuqarolik masalalari, o'zga din vakili bilan oilaviy munosabatlarga kirishish, chet el fuqarosi bilan ajrashish tartibi va farzandlika olish masalalari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan. Usbu maqola sizga chet eldagi oila qonunchiligi haqida bayon etilgandir.
Kalit so'zlar: Oila, oilaviy-huquqiy munosabatlar, nikoh, chet el elementi, fuqaroligi bo 'lmagan shaxs, chet el fuqarosi, ajrim, vasiylik, homiylik, farzandlikka olish.
ЗНАЧЕНИЕ И РОЛЬ ИНОСТРАННОГО ЭЛЕМЕНТА В СЕМЕЙНЫХ
ОТНОШЕНИЯХ
АННОТАЦИЯ
В статье рассматриваются семейные отношения, порядок вступления в брак представителей двух разных стран, гражданство детей, рожденных в двух разных странах, семейные отношения с представителем другого вероисповедания, порядок расторжения брака и усыновления иностранного гражданина - проведены обзоры. В этой статье рассказывается о семейном праве за границей.
Ключевые слова: Семья, семейно-правовые отношения, брак, иностранный элемент, лицо без гражданства, иностранный гражданин, расторжение брака, опека, попечительство, усыновление.
KIRISH
Musulmonlarning muqaddas kitobi Qur'oni Karimda jamiyatning tarkibiy qismlaridan biri bo'lmish oila haqida ko'plab oyatlar keltirilgan, ularda oilaning
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
muqaddasligi, uning gunohlardan qaytaruvchiligi, oila a'zolarning o'zaro bir-birlariga munosabati haqida bayon etiladi. So'zimning isboti o'laroq payg'ambarimizning quyidagi hadisni esga olsak: "Xoy yigitlar jamoasi! Sizlardan kim oila harajatlariga qodir bo'lsa uylansin. Chunki oila ko'zni tiyuvchi, gunohdan saqlovchi omildir. Kim qodir bo'lmasa, unga ro'za tutish lozimdir..." [1]. (Buxoriy va Muslim rivoyat qilganlar.) Bundan shu anglashiladiki, kimni oila qurish uchun har tomonlama, ham ma'nan, ham jismonan, ham ruxan, ham moddiy tomonlama qurbi yetsa oila qurishi joizligi, agar unday imkoniyati bo'lmasa o'zini gunohdan tiyishi uchun ro'za tutishi lozimligi, ro'za gunohlardan tiyuvchi qalqon bo'ladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bugungi integratsiyalashuv jarayonlarida yoshlarimiz chet ellik yoshlar bilan nikoh qurishlari ko'paymoqda. Buning yaxshi va yomon tomonlari bor, albatta. Yigitlarimiz chet elik qizlarni o'z nikohiga olsa, uning haq yo'liga o'tishi ijobiy tomoni bo'lsa, nikoh oqibatida ba'zi shaxslarning islom dinidan chiqishligi salbiy tomoni hisoblanadi. Dinimizda muslima ayolning o'zga din vakiliga turmushga chiqishi borasida nima deyilgan? Aksincha, muslima bo'lmagan qizlarning musulmon yigit bilan oila qurishi masalasida-chi? - degan savol har bir musulmon qalbida va ongida paydo bo'lishi tabiiy holdir. Bu savolga alohida to'xtalsak.
Nikoh deganda, "ayol va erkak o'rtasidagi tarixan shakllangan, qonuniylashgan va jamiyat boshqaruvidagi munosabat shakli bo'lib, ularning bir-biriga va bolalarga bo'lgan munosabati aniq belgilangan"ligi tushuniladi.[2]
Islom dinida musulmon erkaklar boshqa din vakillariga uylanish masalasida, boshqa din vakili bo'lgan ayol bilan u musulmon dinini qabul qilmagunicha u bilan nikoh qurib bo'lmaydi.
Muslima qizlarimiz uchun ham musulmonlikni qabul qilmaguniga qadar o'zga din vakili bilan oilaviy munosabatlarga kirishi harom sanaladi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Biz ahli kitobning ayollariga uylanamiz, ular bizning ayollarimizga uylanmaydilar", deganlar.[3]
Nikoh qurilgach kichik bir vatan paydo bo'ladi demakdir. Ya'nikim jamiyatning ajralmas bir qismi bo'lgan oila shakllanadi keling oila nimaligi va oilaviy munosabatlarning qanday bo'lishi haqida qisqacha siz azizlarga bayon qilib bersam
Oila - hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta'minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo'lib yetishishiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan tarbiya o'chog'i...» . [4]
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Oilaviy munosabatlar jamiyatda juda keng tarqalgan munosabatlardir. Oilaviy munosabatlar muayyan hollarda axloq-odob qoidalari bilan tartibga solinadi. Oilaviy munosabatlar nikoh va oila doirasidagi aniq ijtimoiy munosabatlami oila qonunchiligi nuqtayi nazaridan tatbiq etishdir. [5]
Mana yuqorida oila, nikoh va oilaviy munosabatlar tushunchalari haqida, boshqa din vakili bilan oilaviy munosabatlarga kirishishi to'g'risida dinimizda nima deyilgani haqida bir qator o'rganib ko'rib tahlil qilib chiqdik. Keling endi siz uchun o'zgacha tushuncha bo'lgan chet el elementi haqida fikr mulohaza yuritamiz. Bu qanday element bunday elementni Mendeleyev jadvalida hech ko'rmagan ekanman degan xulosalar tug'ilishi tabiiy albatta. Bu hech qanday kimyoviy element hisoblanmaydi. Chet el elementi deganda bevosita chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tushuniladi.
O'zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar uning hududida oilaviy munosabatlarda O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlardan foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega bo'ladilar.[6] Bundan ko'rinib turibdiki, O'zbekistonda barcha qonunlar hududiylik nuqtai nazardan amal qiladi chet el fuqarosi bo'ladimi, fuqaroligi yo'q shaxs bo'ladimi oilaviy munosabatlarda O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan bir xil huquqlarga ega bo'ladi va kamsitilishga yo'l qo'yilmaydi.
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet el fuqarolari faqatgina O'zbekiston hududidagina emas balki, uning tashqarisida ham nikoh tuzishlariga va oilaviy munosabatlarni amalga oshirishlariga davlatchilik va qonunchilik nuqtai nazaridan qarshilik va to'siqlar yo'q. O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida, ya'nikim, boshqa davlat hududida o'sha davlatning qonunchiligiga rioya qilingan holda O'zbekiston Respublikasi fuqarolari o'rtasida tuzilgan hamda O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslar o'rtasida tuzilgan nikohlar, agar oila kodeksining 16-moddasida nazarda tutilgan nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar bo'lmasa, O'zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e'tirof etiladi.[6]
Oilaning ustuni erkak va shu asnoda aytishimiz mumkinki oilada kechadigan har qanday ko'ngilsiz hodisaga oxirgi yechim javobi erkak tomonidan aytiladi. Asossiz tushunmovchiliklar esa yillar davomida mustahkam shakillangan oilani parchalashi mumkin. Bu fikrimizga diniy tomondan yondashadigan bo'lsak «Halol narsalar ichida Allohga yoqimsizi taloqdir», deb marhamat qilganlar (Imom Abu Dovud va Ibn Moja rivoyatlari).[7] Islom dinida uch narsaning jiddiysi ham jiddiy, hazili ham jiddiy; taloq, nikoh va itoq. Taloq masalasida hazil qilish yaramaydi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Erkak kishi ayol kishiga qaraganda tabiatan bosiq, mulohazali, jahli chiqqanda o'zini tuta oladigan bo'lgani bois, taloq berish huquqi erga berilgan. Qur'oni karimda bunga: «...Nikoh o'z ixtiyorida bo'lgan kishi...» deb ishora qilingan (Baqara surasi, 237-oyat) [8] Albatta, oila boshlig'i bo'lish, o'z qaramog'idagilarni nafaqa bilan ta'minlash, oilaning sha'nini saqlash erkaklar uchun ham sharafli va ham mas'uliyatli burchdir. Shunday ekan, erkaklar o'z huquqlarini suiiste'mol qilmasliklari, ajralish niyatlari bo'lmagan taqdirda ham «taloq» so'zini aytmasliklari lozim.
Alloh ko'rsatmasin, mabodo, bir shariy arzigulik sabab bo'lib, ajrashsalar, quyidagi tartibda hukm qilingan: avvalo, ayolga mahrini berib ulgurmagan bo'lsa, uni to'lashi vojib bo'ladi: «Agar ularga mahrni belgilagan bo'lsangiz-u, lekin qovushmay turib taloq qilgan bo'lsangiz, belgilangan mahrning yarmi (zimmangizdadir). Agar ular (shu yarmini olishdan ham voz) kechib yuborsa yoki nikoh o'z ixtiyorida bo'lgan kishi (ya'ni er o'sha yarim mahrdan) voz kechsa (ya'ni mahrni yarmini olib qolmay, xotinga mukammal to'lasa, joizdir). Kechib yuborishingiz taqvoga yaqinroqdir...» (Baqara surasi, 236-237-oyat).[9]
Musulmon oila misolida ko'rdik ajrimlarni endi chet el oilalarida ajrimlar qay tartibda borishini oila kodeksining 236-moddasida bayon qilingan bular quyidagilar: O'zbekiston Respublikasi hududida O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslar o'rtasidagi, shuningdek chet el fuqarolari o'rtasidagi nikohdan ajratish O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan O'zbekiston Respublikasining fuqarosi O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan eri (xotini) bilan tuzilgan nikohdan, mazkur shaxs qaysi davlat fuqarosi ekanligidan qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasi sudida ajralishga haqlidir. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida nikohdan ajralish mumkin bo'lgan hollarda bunday nikohdan ajralish O'zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalarida yoki konsullik muassasalarida amalga oshirilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslar o'rtasidagi nikohdan ajratish O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tegishli chet el davlatining qonunchiligiga rioya etilgan holda amalga oshirilgan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e'tirof etiladi. Musulmon oilalarda bir so'z bilan oilalar buzilib ketsa chet ellik oila bilan O'zbekiston fuqarosi o'rtasidagi nikohdan ajratish masalasida ancha farq borligini ko'rishimiz mumkin chet el fuqarosi va O'zbekiston fuqarosi o'rtasidagi nikohdan ajratish tartibi bunda ancha murakkabroq ekanligini ko'rishimiz mumkin. Agar
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
nikohdan keyin oilada bir necha yillab farzand bo'lmasa chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston Respublikasi hududidan bola asrab olishlari mukin.Chet el fuqarolari O'zbekistondan yetim bolalarni farzandlikka olish tartibi oila kodeksining 237-moddasiga binoan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan bolani farzandlikka olishda ham ushbu Kodeks — 167-moddalarining talablariga rioya qilinishi lozim. O'zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarosi bo'lgan bolani farzandlikka olishda bolaning qonuniy vakili va bola fuqarolikka ega bo'lgan davlat vakolatli organining roziligi, shuningdek agar o'sha davlatning qonun hujjatlariga muvofiq talab qilinsa, farzandlikka olish haqida bolaning ham roziligi olinishi lozim. Agar farzandlikka olish natijasida farzandlikka olingan bolaning O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalari bilan belgilangan huquqlari buziladigan bo'lsa, farzandlikka oluvchining qaysi fuqarolikka mansubligidan qat'i nazar, farzandlikka olish mumkin emas, farzandlikka olingan taqdirda esa, u sud tartibida bekor qilinishi lozim. O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan va O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan bolani farzandlikka olish farzandlikka oluvchi qaysi chet davlat fuqarosi bo'lsa, o'sha davlatning vakolatli organi tomonidan amalga oshirilganligi O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining farzandlikka olish to'g'risidagi ruxsati oldindan olingan bo'lsagina O'zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e'tirof etiladi. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs bo'lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida chet davlatning vakolatli organi amalga oshirgan farzandlikka olish, basharti ushbu Kodeksning 152, 157 va 161-moddalari talablariga rioya etilgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e'tirof etiladi. Chet el fuqarolari yo fuqaroligi bo'lmagan shaxslar bola asrab olsalarda va mamlakat hududida chiqib ketgan taqdirda ham O'zbekiston Respublikasida tug'ilgan bola bo'lsa u farzandlikka olingandan so'ng ham uning huquqlari himoyalanishi O'zbekiston respublikasi himoasida ekanligini ko'rishimiz mumkin.[10]
Biz ushbu maqolamizni yoritishimizda ham diniy, ham ilmiy nuqtai nazardan yoritshga harakat qildik. Yuqorida guvohi bo'lganingizdek musulmon dini nuqtai nazaridan o'zga din vakili, ya'ni chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
bilan oilaviy munosabatalarga kirishishda muslim va muslimalarga bir necha to'siqlar qo'yilgan. Chunonchi islom dinida ayollar o'zga din vakillariga turmushga chiqishlari qoralangan desak ham mubolag'a bo'lmaydi. Erkaklar esa, faqat yahudiy va masihiy dinidagi ayollarni muslima bo'lmasalarda mahramlikka olishlari mumkinligi boshqa din vakillarini esa, islom diniga o'tib islomni qabul qilmaguniga qadar mahramlikka olmasliklari va qo'l tekkazmasliklari haqida keltirib o'tiladi. Bugungi kunda biz islom davlatida emas, balki, demokratik fuqarolik jamiyatida yashayotganimizni hisobga olib, qonunchilik nuqtai nazaridan gapiradigan bo'lsak globallashuv zamonida ko'pchilik yoshlarimiz oilaviy qadriyatlar nimaligini to'loqonli his qilishmayabdi, yoki nimaligini unutib qo'yishmoqda. Nega desangiz, chet el oilalarini oladigan bo'lsak ajrimlar soni nihoyatda ko'pligini ko'ramiz. Bunga sabab ularda oilani qadrlash, uni e'zozlash madaniyati biroz cheklanganligini ko'rishimiz mumkin. Bizning musulmon olamida esa, oilaga bo'lgan hurmat, e'tibor nisbatan kuchliroq. Lekin chet el madaniyati qaysidir ma'noda bizga ham ta'sirini ko'rsatmay qolmayabdi. Bunga ma'naviy jihatdan nazar soladigan bo'lsak, oilada oilaga muhabbat va uni ezozlash, qadrlash fazilatlari yosh avlodlarga bolaligidan o'rgatilmay qo'yildi hamma oilalarda emas albatda, lekin, mana shular ta'sirida yaxshi oilalar hajmi kamayib borayotgani ko'rishimiz mumkin. Bugungi kunda barcha moddiy ehtiyojga ruju qo'yib farzandlarining tarbiyasi, axloqi bilan ko'p shug'ullanmay qo'ymoqda va faqat moddiy ozuqa bilan tarbiyalab cheklanmoqdalar. Ma'naviy ozuqa ikkinchi darajaga tushib qolganini guvohi bo'lishimiz mumkin. Stastistikaga nazar soladigan bo'lsak, 2017-yildan, to bugunga qadar o'rtacha har yili 21800 ta oila buzulib parokanda bo'lib kelmoqda. Buning sababi esa, oddiy e'tiborsizlikdan kelayotganini ko'rishimiz mumkin.
Endi mavzuga qaytadigan bo'lsak, davlatchilik nuqtai nazaridan O'zbekiston Respublikasida barcha teng huquq va majburiyatlarga ega hisoblanadi va oila qurish, oilaviy munosabatlarga kirishish erkin hisoblanadi. Hech qanday cheklov va to'siqlarga o'rin qoldirilmgandir. Chunonchi, O'zbekiston Respublikasi fuqarosi chet el fuqarosi va yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslar bilan nikoh munosabatlarini ihtiyoriy o'rnatishga haqli hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi fuqarolari horijda nikohdan o'tmoqchi bo'lsalar bevosita konsullik elchixonalari fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi vazifasini ham bajaradilar va agar ushbu oila O'zbekiston qonunchiligidan chetga chiqmasdan tuzilsa O'zbekiston hududida ham tan olinadi. Nimaga "O'zbekiston qonunchiligiga to 'g'ri kelsa" - deyapmiz chunki, hamma xorij mamlakatlarida ham qonunchilik birday amal qilmaydi. Qaysidir mamlakatda nikoh yoshi sal o'zgacharoq belgilangan bo'lishi mumkin. Shu
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
munosabat bilan vujudga kelayotgan fuqarolik holati qonunchilikka zid bo'lishi mumkin emasdir. Endi chet el fuqarosi va O'zbekiston Respublikasi fuqarosi o'rtasida farzand dunyoga kelsa fuqarolik masalasi birinchi o'rinda belgilanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqarolik yer huquqi va qon huquqiga asosan belgilanadi. Ya'ni chet elda tug'ilgan bo'lsa ham O'zbekiston Respublikasi fuqarosining farzandiga O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi beriladi. Ba'zi xorij mamlakatlari fuqarolik qonunchiligiga asosan O'zbekiston Respublikasi fuqarosining farzandiga voyaga yetganida horij mamlakati konsulligidan xat keladi va unda istasa o'sha mamlakatning fuqaroligini olishi mumkiinligi haqida ogohlantiriladi. Maqaolada e'tiboringizni tortadigan yana bir jihat bu chet el fuqarolari ham O'zbekiston Respublikasi hududida farzand asrab olishi uni tarbiyalashi har taraflama ta'minlab voyga yetgazishi mumkinligidir. Bu esa bevosita qonunlarimizning amal qilayotganidan dalolat beradi.
REFERENCES
1. Shorahmetova U.Sh. Oila huquqi. Darslik TDYU nashriyoti, T-2016-51-b
2. Otaxo'jayev Fozil Maqsudovich professsor, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yurist, Yuldasheva Shoira Rahmatovna, yuridik fanlar nomzodi, dotsent. Oila huquqi: Darslik; M.H.Rustamboyevning umumiy tahriri ostida. -T.: TDYUI nashriyoti, 2009 - 6-b
3. Akmaljon, R. (2021). Increasing Civil Liability For Violation Of Rights To Real Estate. The American Journal of Political Science Law and Criminology, 3(04), 205212.
4. F.M. Otaxo'jayev, Sh.R. Yo'Ldosheva, "Oila huquqi", Toshkent "Adolat"2007 -78-79-b
5. O'zbekiston respublika oila kodeksi 1998 - 234-235-m
6. Qur'oni Karim ma'nolari tarjimasi(Baqara surasi, 236-237-oyat).-27-b
7. Oila Kodeksiga sharh, "Adolat" nashriyoti 2000 - 425-429-b
8. Rahimjonov, A. (2022). KO 'CHMAS MULK SOTILGANDA YER UCHASTKASIGA BO 'LGAN HUQUQNING YURIDIK TAQDIRINI BELGILASH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 421-429.
9. https://old.muslim.uz/index.php/rus/maqolalar/item/4164
10. www.Ziyouz.com