Научная статья на тему 'XORIJIY MAMLAKATLAT QONUNCHILIGIDA NIKOHDAN AJRATISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA TARTIBI'

XORIJIY MAMLAKATLAT QONUNCHILIGIDA NIKOHDAN AJRATISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA TARTIBI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
706
69
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nikoh / oila / nikohdan ajratish / er-xotinning huquq va majburiyatlari. / marriage / family / divorce / rights and obligations of spouses.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Qilichova, Munira Azimjon Qizi

Maqolada xоrijiy mаmlаkаtlаrdа nikоhdаn аjrаtish bilаn bоgʼliq ishlаrnnig о`zigа хоs хususiyаtlаrini tadqiq qilish orqali milliy qonunchilikni hamda mavjud amaliyotni takomillashtirish maqsad qilingan. Xususan, Oʼzbekiston Respublikasida hamda Buyuk Britaniya, Amerika qo`shma shtatlari, Yaponiya, Germaniya va Belorussiya kabi davlatlarda nikohdan ajratishning oʼziga xos xususiyatlari va tartibini tahlil qilish, huquqiy jihatdan qiyoslash orqali nikohdan ajratish bilan bog’liq munosabatlarning umumiy va farqli jihatlari qonunchilik va amaliyot nuqtai nazaridan yoritib berilgan. Tadqiqotni amalga oshirishda tizimli-funksiоnаl, fоrmаl-mаntiqiy, qiyоsiy-huquqiy tаhlil kabi mеtоdlаrdаn fоydаlаnilgаn. Tadqiqotning dolzarbligi oila ava nikoh munosabatlarining har doim har bir davlatning siyosati markazida turishi bilan ajralib turadi. Tadqiqot natijasida yuqorida keltirilgan xorijiy davlatlarda nikohdan ajratishning tartibi va qonunchiligining samarali jihatlarini milliy qonunchilikka joriy qilish bo`yicha hamda amaliyotni takomillashtirish bo’yicha taklif va xulosalar berishga erishilgan. Ushbu taklif va xulosalar asosida O’zbekiston Respublikasida nihohdan ajratish bilan bog’liq munosabatlar tartibga solinishining takomillashuviga erishiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC FEATURES AND PROCEDURE OF DIVORCE IN FOREIGN LAWS

The article aims to improve national legislation and existing practices by examining the specifics of divorce cases in foreign countries. In particular, carried out the analysis of the peculiarities and procedures of divorce in the Republic of Uzbekistan and in the United Kingdom, the United States, Japan, Germany and Belarus, the general and different aspects of the relationship with divorce by legal comparison. In terms of Methods such as system-functional, formal-logical, comparative-legal analysis were used in the research. The relevance of the study is that family and marriage relationships have always been at the center of every state’s policy. The study provides suggestions and conclusions on the introduction of effective aspects of the procedure and legislation of divorce in the above-mentioned foreign countries into national legislation, as well as on the improvement of practice. On the basis of these proposals and conclusions, the regulation of divorce relations in the Republic of Uzbekistan will be improved.

Текст научной работы на тему «XORIJIY MAMLAKATLAT QONUNCHILIGIDA NIKOHDAN AJRATISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA TARTIBI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

XORIJIY MAMLAKATLAT QONUNCHILIGIDA NIKOHDAN AJRATISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA TARTIBI

Qilichova Munira Azimjon qizi

TDYU magistranti. [email protected]

АNNOTATSIYA

Maqolada xorijiy mamlakatlarda nikohdan ajratish bilan bog'liq ishlarnnig o^ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish orqali milliy qonunchilikni hamda mavjud amaliyotni takomillashtirish maqsad qilingan. Xususan, O'zbekiston Respublikasida hamda Buyuk Britaniya, Amerika qo^shma shtatlari, Yaponiya, Germaniya va Belorussiya kabi davlatlarda nikohdan ajratishning o'ziga xos xususiyatlari va tartibini tahlil qilish, huquqiy jihatdan qiyoslash orqali nikohdan ajratish bilan bog'liq munosabatlarning umumiy va farqli jihatlari qonunchilik va amaliyot nuqtai nazaridan yoritib berilgan. Tadqiqotni amalga oshirishda tizimli-funksional, formal-mantiqiy, qiyosiy-huquqiy tahlil kabi metodlardan foydalanilgan. Tadqiqotning dolzarbligi oila ava nikoh munosabatlarining har doim har bir davlatning siyosati markazida turishi bilan ajralib turadi. Tadqiqot natijasida yuqorida keltirilgan xorijiy davlatlarda nikohdan ajratishning tartibi va qonunchiligining samarali jihatlarini milliy qonunchilikka joriy qilish bo^yicha hamda amaliyotni takomillashtirish bo 'yicha taklif va xulosalar berishga erishilgan. Ushbu taklif va xulosalar asosida O'zbekiston Respublikasida nihohdan ajratish bilan bog'liq munosabatlar tartibga solinishining takomillashuviga erishiladi.

Kalit so'zlar: nikoh, oila, nikohdan ajratish, er-xotinning huquq va majburiyatlari.

ОСОБЕННОСТИ И ПОРЯДОК РАСТОРЖЕНИЯ БРАКА В ИНОСТРАННОМ ПРАВЕ

Киличова Мунира Азимжон кизи

Магистр ТГЮУ. muniraqilichova@gmail. com

АННОТАЦИЯ

CmambM HanpaeneHa Ha coeepmeHcmeoeaHue нaциoнaлbнoгo 3aKoHodameÄbcmea и существующей npaKmuKU путем изучения специфики 6paKopa3eoÔHhix npo^œoe в зaрубeжных стрaнaх. В чaстнoсти, nрoвeдeн

914

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

анализ особенностей и процедур расторжения брака в Республике Узбекистан и в Великобритании, США, Японии, Германии и Беларуси, общие и различные аспекты отношений расторжения брака в юридическом сопоставлении с точки зрения. В исследовании использовались такие методы, как системно-функциональный, формально-логический, сравнительно-правовой анализ. Актуальность исследования заключается в том, что семейно-брачные отношения всегда находились в центре политики каждого государства. В исследовании приводятся предложения и выводы по внедрению в национальное законодательство эффективных аспектов процедуры и законодательства о расторжении брака в вышеуказанных зарубежных странах, а также по совершенствованию практики. На основе этих предложений и выводов будет совершенствоваться регулирование бракоразводных отношений в Республике Узбекистан.

Ключевые слова: брак, семя, расторжение брака, права и обязанности супругов.

SPECIFIC FEATURES AND PROCEDURE OF DIVORCE IN FOREIGN

The article aims to improve national legislation and existing practices by examining the specifics of divorce cases in foreign countries. In particular, carried out the analysis of the peculiarities and procedures of divorce in the Republic of Uzbekistan and in the United Kingdom, the United States, Japan, Germany and Belarus, the general and different aspects of the relationship with divorce by legal comparison. In terms of Methods such as system-functional, formal-logical, comparative-legal analysis were used in the research. The relevance of the study is that family and marriage relationships have always been at the center of every state's policy. The study provides suggestions and conclusions on the introduction of effective aspects of the procedure and legislation of divorce in the above-mentioned foreign countries into national legislation, as well as on the improvement of practice. On the basis of these proposals and conclusions, the regulation of divorce relations in the Republic of Uzbekistan will be improved.

LAWS

Kilichova Munira Azimjon kizi

TSUL master's degree. [email protected]

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Keywords: marriage, family, divorce, rights and obligations of spouses.

KIRISH

Jamiyatdagi har bir soha rivojlanib borar ekan, nikoh va oila munosabatlari har bir davlatda markaziy o'rinda turaveradi, sababi oila jamiyatning asosiy bo'g'ini hisoblanadi. Nikoh va oila munosabatlari har bir davlatning axloqiy qarashlarini, oilaviy qadriyatlarini ko'rsatuvchi omil hisoblanadi va har bir davlatning qonunchiligi nikohdan ajratish bilan bog'liq munosabatlarni o'ziga xos tarzda tartibga soladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 15- iyundagi «Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash -davr talabi» mavzusidagi anjumanda so'zlagan nutqida jamiyatimiz hayotida, xalqimiz orasida uchrab turadigan, ayniqsa oila va nikoh sohasida duch kelinayotgan o'ta dolzarb, og'riqli va o'tkir muammolar to'g'risida, xususan, turmush qurgan yoshlar orasida hayotni yengil-yelpi tasavvur qilish, oila muqaddas ekanini tushunib yetmaslik holatlarining uchrab turganligi, yosh oilalar orasida arzimas sabablar bilan ajralishlar ko'payib borayotganligi, begunoh bolalar yetim bo'lib, mehr va e'tiborga eng tashna vaqtida ota-ona tarbiyasidan chetda qolayotganligi haqida gapirib, "... oilalarda nosog'lom munosabatlar, qaynona-kelin, er-xotin o'rtasidagi janjallar, xotin-qizlarimiz orasida o'z joniga qasd qilish holatlari borligi shaxsan meni qattiq iztirobga solmoqda"degan edilar[1]. Shuningdek, Mahalla va oila Institutidagi muammolarga bag'ishlangan yig'ilishda Shavkat Mirziyoyev quyidagi fikrni aytib o'tgan edilar: "Men uchun eng qiyin masalalardan biri bu - nikohdan ajrashishdir. Mamlakatimizda nikohdan ajrashish bo'yicha bir yil ichida o'ttiz mingdan ortiq holat qayd etilgan. Agar bu oilalarda o'rtacha ikkitadan farzand bor bo'lsa, bu oltmish ming bola oilaviy baxtdan mahrum deganidir" [2]. Mamlakatimizda so'nggi yillarda hamda bugungi kunda oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, nikohdan ajratishlarning oldini olish borasida bir qancha ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, "Oilalarga ta'sirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam ko'rsatishning samarali tizimini yaratish" 1 , shuningdek, "oila institutini mustahkamlash borasidagi ishlarni tizimlashtirish va samaradorligini yanada oshirish"2belgilangan.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni.

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Yuqoridagilardan tashqari, bugungi kunda jamiyatimizda oila institutini rivojlantirish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, 01.03.2022 yildagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-81-son bilan Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi tashkil etildi. Ushbu qo'mitaning vazifalari va faoliyat yo'nalishlaridan biri bo'lib oila va xotin-qizlarning muammolarini o'z vaqtida aniqlash, og'ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko'rsatish ekanligi o'z ifodasini topdi. Shuningdek, Qo'mita oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha vakolatli davlat boshqaruvi organi ekanligi hamda oila va xotin-qizlar masalalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Qo'mita bilan kelishilishi belgilab qo'yildi3.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shu nuqtai nazardan ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida va xorijiy mamlakatlarda mavjud nikohdan ajratish qonunchiligini hamda amaliyotini tadqiq qilish maqsad qilingan. Sababi nikohdan ajratish bilan bog'liq munosabatlarning xorijiy davlatlarda qanday amalga oshirilishini tadqiq qilish milliy va xorijiy qonunchilikni, amaliyotni bir-biriga solishtirish hamda ularning o'ziga xos xususiyatlari hamda farqlarini aniqlash imkoniyatini beradi. Shu sababli ham xorijiy davlatlarda nikohdan ajratish bilan bog'liq munosabatlarning huquqiy tartibga solinishini o'rganish katta ahamiyatga egadir.

O'zbekistonda nikohdan ajratish qonunchiligini muhokama qiladigan bo'lsak, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 63-moddasiga4 asosan oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega deb belgilangan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksining 38-moddasiga asosan nikohdan ajratish sud tartibida, Oila kodeksining 42 va 43-moddalarida nazarda tutilgan hollarda esa fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida amalga oshiriladi. Oila kodeksining 40-moddasiga asosan nikohdan ajratish to'g'risidagi ishlar sud tomonidan O'zbekiston

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-martdagi PF-81-son "Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni // (https://lex.uz/ru/docs/5884143).

4 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. (https://lex.uz/docs/-20596)

917

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida da'vo ishlarini hal qilish uchun belgilangan tartibda ko'rib chiqiladi deb belgilangan.

Oila kodeksining 42 va 43-moddalarining ikkinchi qismlarida belgilangan asoslar, ya'ni er-xotin o'rtasida mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy ta'minot berish to'g'risida yoki ularning birgalikdagi umumiy mulki bo'lgan mol -mulkni bo'lish to'g'risida nizo bo'lgan taqdirda hamda bolalar haqida, er-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkini bo'lish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er (xotin)ga ta'minot berish uchun mablag' to'lash haqida nizo mavjud bo'lsa, ular nikohdan sud tartibida ajratiladi5. Sud tartibida nikohdan ajratish O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi tomonidan ham tartibga solinadi.

Yuqoridagi normalardan ma'lum bo'ladiki, agarda er-xotin o'rtasida moddiy ta'minot bo'yicha, farzandlar masalasida hamda mol-mulk yuzasidan nizo mavjud bo'ladigan bo'lsa, ular nikohdan sud orqali ajrtilishlari lozim. Sababi mazkur holatlarning barchasi nizoli munosabat hisoblanadi.

Nikohdan ajratish bilan bog'liq munosabatlarning xorijiy davlatlarda qanday amalga oshirilishini ham tadqiq qilish milliy va xorijiy qonunchilikni, amaliyotni bir-biriga solishtirish hamda ularning o'ziga xos xususiyatlari hamda farqlarini aniqlash imkoniyatini beradi. Shu sababli ham xorijiy davlatlarda nikohdan ajratish bilan bog'liq munosabatlarning huquqiy tartibga solinishini o'rganish katta ahamiyatga egadir.

Masalan, Buyuk Britaniyada nikohdan ajratish uchun ariza berish huquqiga ega bo'lish uchun ikkita shart birgalikda bajarilishi lozim: ajrashishdan oldin er-xotinlar kamida bir yil birga yashagan bo'lishi kerak (Matrimonial Causes Act, 1973) hamda Buyuk Britaniya nikohdan ajrashmoqchi bo'lgan shaxsning asosiy yashash joyi bo'lishi kerak. Nikohdan ajratish sababini asoslagan holda sudga ariza berish kerak bo'ladi (to'lov 410 funtdir). Buyuk Britaniya qonunchiligida 5 ta asosiy sabab nikohdan ajratish uchun asos bo'lishi ko'rsatib o'tilgan bo'lib, bular quyidagilardir: xiyonat; noma'qul xatti-harakatlar (zo'ravonlik, ichkilik, giyohvandlik, to'lovlarni to'lashdan bosh tortish); turmush o'rtog'ini yomon niyatda tashlab ketish; ikki yildan ortiq vaqt davomida alohida yashash; besh yildan ortiq vaqt davomida alohida yashash (ushbu holatda nikohdan ajratish uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi).

Buyuk Britaniyada nikohdan ajratish to'g'risidagi arizaning nusxasi er yoki xotinga yigirma bir kun ichida yuborilib, ular ushbu arizaga javob berishlari kerak. Er

5 O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksi (https://lex.uz/docs/-104720)

918

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

yoki xotin nikohdan ajratish to'g'risidagi arizani e'tiborsiz qoldirsa, ariza beruvchi nikohdan ajratish jarayonini davom ettirishi mumkin. Umuman olganda, er yoki xotin nikohdan ajrashishga rozi bo'lishi yoki bo'lmasligi mumkin. Ikkinchi holatda esa nikohdan ajratishga qarshi dalillar keltirilishi va 245 funt sterling miqdorida badal to'lanishi kerak. Bundan tashqari, boshqa taraf ham xuddi shu 410 funt sterling miqdoridagi to'lovni to'lab nikohdan ajratish to'g'risidagi o'z arizasini yuborishi mumkin. Er yoki xotindan biri nikohdan ajrashishga rozi bo'lmasa yoki ularning har biri tomonidan nikohdan ajratish uchun ariza berilgan bo'lsa, nikohdan ajratish to'g'risidagi ish sud majlisida ko'rib chiqiladi. Decree nisi - sudning nikohdan ajratishga e'tirozi yo'qligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Ushbu hujjatni boshqa taraf nikohdan ajrashishga rozilik bergan taqdirda ham, rozilik bermagan taqdirda ham olish mumkin (qaror ariza bergan shaxsning ishtirokida sud majlisida qabul qilinadi). Decree nisi hujjati berilmagan taqdirda tarafga keyingi qilishi kerak bo'lgan harakatlari ko'rsatilgan qaror yuboriladi (sudga qo'shimcha ma'lumotlar kerak bo'lishi yoki sud majlisida tarafning ishtirok etishi kerak bo'lishi mumkin). Agarda Decree nisi hujjati olingan bo'lsa, olti oy o'tgandan so'ng sudga Decree absolute (ajratish to'g'risidagi so'nggi qaror) uchun murojaat qilish mumkin6.

Navbatdagi davlat AQShda o'rtacha nikohdan ajratish jarayoni bir yil davom etadi. Har bir shtat siyosatiga qarab bu ko'rsatkich juda keng doirada o'zgarishi mumkin. Masalan, Alyaskada bir oy ichida nikohdan ajratish mumkin bo'lsa, Arkanzasda esa nikohdan ajratish ko'pincha bir yarim yil yoki undan ham ko'proq vaqt davom etadi. Nikohdan ajratish to'g'risidagi ishlarni qo'zg'atish uchun eng keng tarqalgan sabablar quyidagilardir: xiyonat; oiladagi zo 'ravonlik; oiladagi muntazam janjallar va tushunmovchiliklar; oilaning moddiy tomondan qoloq bo 'lishi.

AQSh davlatining har bir shtatida o'z qonunlari bo'lganligi sababli, har bir shtatda nikohdan ajratish tartibi ham turlicha bo'ladi, shu sababli AQShda nikohdan ajratishning protsessual tartibini bitta shtat doirasida, Nyu-York shtatida ko'rib chiqish maqsadga muvofiq. Avvalambor, nikohdan ajratish uchun Nyu-Yorkning tegishli sudiga murojaat qilish kerak. Ushbu holatda nikohdan ajratish uchun berilgan arizada jiddiy sabab ko'rsatilishi lozim. Agar barcha zarur protsessual qoidalarga rioya qilinsa, boshqa taraf nikohdan ajratish to'g'risidagi ishning boshlanganligi to'g'risida xabardor qilinadi va sudga chaqiruv xati oladi. Agar belgilangan muddat davomida (ko'pchilik shtatlarda ushbu muddat 30 kun) javobgar javob bermasa, uning mazkur sukuti nikohdan ajratish to'g'risidagi barcha shartlarga butunlay rozi ekanligini anglatadi. Ammo ushbu vaziyatda ham ikkinchi tarafda qarshi da'vo berish

6 https://zagranitsa.com/emigraciya/article/1494/uiti-poangliiski-kak-oformit-razvod-v-velikobritan

919

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

huquqi saqlanib qoladi, bu esa nikohni qulay asoslarda bekor qilishga imkon beradi. Shundan so'ng er-xotinlar o'rtasida o'zaro manfaatli hisoblangan shartlarni (mol-mulkni taqsimlash, bolalar bilan muloqot qilish tartibini belgilash va boshqalar) kelishishga qaratilgan muzokaralar jarayoni boshlanadi. Ushbu bosqichda nizoning tinch yo'l bilan hal qilinishini ta'minlash o'ta muhim. Bu yuridik to'lovlar, amerikalik oilaviy advokat xizmatlari va boshqa xarajatlar bilan bog'liq bo'lgan vaqt va pulni sezilarli darajada tejashga imkon beradi. AQShda shunisi e'tiborga loyiqki, sudya er-xotinlardan har biri nikohdan ajrashishga rozi bo'lgan taqdirda ham ularni nikohdan ajratishni rad etishi mumkin. Bunday qarorning asosi ajrashish uchun asosli sababning yo'qligi bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, er-xotindan har ikkalasi ham sud joylashgan davlat rezidenti hisoblanmasa ham nikohdan ajratish rad etilishi mumkin7.

Kontinental Yevropaning Germaniya davlatiga keladigan bo'lsak, bu yerda er-xotinlar nikohdan ajrashishdan oldin bir yil bir-biridan alohida yashashi kerak. Ushbu mezonning sababi shuki, er-xotinlarga nikohdan ajrashish haqida yana o'ylab ko'rish va, ehtimol, oilani saqlab qolish uchun imkoniyat beriladi. Nikohdan ajrashishdan oldin bir yil muddat qo'llanilmasligi bo'yicha istisno faqat imkon qolmagan hollardagina bo'lishi mumkin, masalan, er-xotindan birining allaqachon boshqa turmush o'rtog'i yoki farzandi bor bo'lsa. Germaniyada nikohdan ajratish faqat sud tomonidan amalga oshiriladi, ajraluvchilarning farzandlari bor yoki yo'qligidan qat'i nazar.

Sudda har ikkala er-xotinlarning manfaatlari advokatlar tomonidan himoya qilinishi kerak, aks holda sud hatto arizani ham ko'rib chiqmaydi. Bu qoida er-xotinlardan tajribalisi yoki "ayyori" boshqa tarafni aldamasligi uchun qo'llananiladi. Agar tomonlar o'zaro kelishuv asosida nikohdan ajrashayotgan bo'lsa yoki ular o'rtasida bo'linadigan mol-mulk bo'lmasa, ularning manfaatlarini bitta umumiy advokat himoya qilishi mumkin. Mazkur amaliyot nikohdan ajratish uchun ketadigan xarajatlar miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Sud er-xotinlarni nikohdan ajratishdan oldin ular tomonidan da'vo bor yoki yo'qligidan qat'i nazar, ularning kelajakda oladigan pensiyalari miqdorini taqsimlaydi. Nikoh davomida er-xotin tomonidan to'plangan "pensiya joyi" yig'iladi va ikkiga bo'linadi. Shunday qilib nikoh paytida jamg'arilgan pensiya ikkalasi uchun ham bir xil bo'ladi. Mazkur qoida adolatli va mantiqan to'g'ri hisoblanadi, chunki Germaniyada xotin qoida tariqasida (hech bo'lmaganda bir muncha vaqt) uyda o'tiradi, bolalarni tarbiyalaydi, eri esa ishlaydi. Agar er-xotin nikohdan ajrashgan taqdirda pensiyaning "avtomatik"

https://www.bukhglobal.com/ru

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

bo'linishi bo'lmaganida edi, bu pensiyani faqat er olgan bo'lar edi. Germaniyada nikohdan ajratishning yana bir o'ziga xos xususiyatlaridan biri bo'lmish nikohdan ajratish uchun to'lanadigan to'lovning miqdoridir. Nikohdan ajratish ishlarida yutqazgan taraf yo'q bo'lsa yoki ikkala taraf ham yutqazgan bo'lsa, taraflar o'rtasida sud xarajatlari teng taqsimlanadi. Nikohdan ajratish uchun to'lanadigan to'lovning qiymati ajrashmoqchi bo'lgan taraflarning topadigan daromadiga hamda er-xotinni nikohdan ajratish uchun sud tomonidan barcha nizolarni va savollarni hal qilish uchun necha marta sud majlisi o'tkazilganligiga qarab belgilanadi. Masalan, nikohdan ajrashmoqchi bo'lgan er-xotinning birgalikdagi daromadi 4000 yevroni tashkil etsa hamda sud muhokamasigacham barcha narsani kelishib olgan bo'lsalar, sud xarajatlari taxminan 530 yevroni tashkil etadi. Ammo bu asosiy xarajat emas. Advokatlar uchun pul to'lash ancha qimmat hisoblanadi. Advokatlarning to'lovi bahsli masalalar bo'yicha ishning narxi, bahsli masalalarni hal qilish qanchalik qiyin bo'lganligi, advokatning mijoz bilan necha marotaba uchrashganligi, qancha xatlar yozishishganligi va hokazolar bilan belgilanadi. Yuqorida aytib o'tilgan "tinch" ishlarda advokatlar 1800 yevrodan ko'proq pul oladilar. Agar er-xotinni tinch yo'l bilan nikohdan ajratishning imkoni bo'lmasa, advokat xizmatlari bundan ham qimmatga tushadi. Umuman olganda, Germaniyada nikohdan ajratish qimmat hisoblanadi.

Yuqoridagilardan tashqari, Germaniya davlatida nikohdan ajrashayotgan er-xotinlarda yoki ularning birida advokat xizmati uchun pul bo'lmagan taqdirda pulni davlat to'laydi. Davlat tomonidan barcha xarajatlarni to'laydigan huquqiy moliyaviy yordam ajratiladi. Shu bilan birga, ushbu yordamni olganlar advokatni tanlashda to'liq erkin bo'lib qoladilar8.

Yaponiya davlatiga to'xtaladigan bo'lsak, mazkur davlatda nikohdan ajrashishning 3 turi mavjud: taraflarning o'zaro roziligi asosida ajrashish, qachonki taraflar rozi bo'lsa, ular sudga murojaat qilmagan holda ajrashishadi; oilaviy nizolarni hal qiluvchi sudning (Oila sudining) aralashuvi asosida hakamlik sudida amalga oshiriladigan nikohdan ajratish; sud orqali nikohdan ajrashish. Umumiy qoidaga asosan Oila sudiga murojaat qilish muhim harakat hisoblanib, ushbu murojaat er-xotinlarni yarashtirish maqsadida qilinadi. Istisnolar faqatgina er-xotinlardan biri yashash joyini o'zgartirganda yoki boshqa davlatga yashashga ketganda bo'lishi mumkin. Yaponiyada ichki oilaviy nizolar va munozaralarni maxsus tashkil etilgan davlat organi - Oila sudi ko'rib hal qiladi. Oila sudi o'z qarorini Yaponiyada yagona oilaviy muammolarni tartibga solishga qaratilgan Yaponiya fuqarolik kodeksi va Oila

8 https://amp.dw.com/ru/pa3B0g-B-repMaHHH-KT0-K0My-H-CK0flbK0-nnaTHT/a-51155233

921

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

registri haqidagi qonunga tayangan holda chiqaradi. Yaponiya qonunlariga ko'ra, agar er va xotinning 20 yoshga to'lmagan farzandlari bo'lsa, ota yoki onadan biri vasiy ekanligi masalasi hal qilinmaguniga qadar nikohdan ajrashish haqidagi xabarnomasi qabul qilinmaydi. Nikohdan ajrashgandan so'ng 300 kun muddat ichida tug'ilgan bola uchun er ota hisoblanadi. (O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 60-moddasi 2-qismi: ayolning nikoh tuzilgandan keyin yoki erining o'limi, nikohdan ajratilganligi yoxud nikoh haqiqiy emas deb topilganligi tufayli nikoh tugaganidan so'ng uch yuz kun ichida tug'ilgan bolasi nikohda tug'ilgan bola hisoblanadi) [3, b. 14-16]. Shuningdek, milliy qonunchilikning Yaponiya qonunchligidan farqli jihati quyida keltirilayotgan qoidada aks etgan: O'zbekiston Oila kodeksining 39-moddasiga asosan xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug'ilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to'g'risida ish qo'zg'atishga haqli emas. Ushbu normaning o'rnatilishidan maqsad onalik va bolalikni muhofaza etish, kelgusida oilani tiklash choralarini ko'rishdan iborat. [4,5,6].

Yaponiya qonunchiligida esa bunday cheklovlar o'rnatilmagan. Shuningdek, Yaponiyada ham O'zbekistondagi kabi er va xotin nikohdan ajrashgach ularga ajrashganlik haqidagi guvohnoma beriladi. Yaponiyada ham ajrashganlik to'g'risidagi guvohnoma berilgan yoki sud qarori qonuniy kuchga kirgan kundan nikoh bekor qilingan hisoblanadi.

Nikoh davomida orttirilgan mol-mulk umumiy mol-mulk hisoblanadi [7,8,9].

Bundan tashqari, har bir er va xotinning o'z alohida mulki ham mavjud bo'lib, ular ushbu mol-mulkdan ham birgalikda foydalanadilar. Shuningdek, er-xotindan birining qarzlari ham umumiy qarz hisoblanadi (er-xotinlar bir-birining qarzi uchun ham qarzdor hisoblanadi). Yaponiya sudlarida mulkni er-xotin o'rtasida teng ravishda taqsimlash amaliyoti keng tarqalgan. Faqatgina meros bo'lib o'tgan mol-mulkkina bo'linmaydi. Yaponiyada nikoh shartnomalari ko'pincha qo'llanilmaydi, ularning amal qilish doirasi juda cheklangan. Er-xotinlarga nikohdan oldin nikoh shartnomasi uchun tegishli davlat qonunini tashlash imkoniyati beriladi.

Umuman olganda, Yaponiyada nikohdan ajrashish jarayoni uzoq davom etishi mumkin. Garchi Yaponiya sudi er-xotinlarning xorijiy davlatlarda joylashgan mol-mulki xususida qaror qabul qilishga vakolati bo'lsa-da, bunday qarorning ijro etilishi mulk joylashgan mamlakatning qonunchiligiga bog'liq bo'ladi. Nikoh tugatilgandan so'ng bolalarga vasiylik qilish ota-onadan faqat biriga beriladi, odatda bola ona bilan qoladi, ota esa aliment to'laydi9.

9 http://rapsinews.ru/international_publication/20160608/276272670.html

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

MDH davlatlari orasidan Belorussiya davlatida nikohdan ajratishning tartibiga to'xtaladigan bo'lsak, bu yerda ham nikohdan ajratish ikkita organ tomonidan, ya'ni sud va FHDYo tomonidan amalga oshiriladi. Belorussiyada FHDYo orqali nikohdan ajrashishni nikohdan ajratishning soddalashtirilgan shakli deb hisoblanadi. FHDYo orqali nikohning bekor qilinishiga quyidagi hollarda yo'l qo'yiladi: er-xotinning ikkalasi ham nikohdan ajrashishga rozi bo'lsa; er-xotinning voyaga yetmagan farzandlari bo'lmasa; umumiy mol-mulkni bo'lish bo'yicha o'rtada nizo mavjud bo'lmasa. Faqatgina ushbu shartlar bir vaqtning o'zida mavjud bo'lganda, nikohni bekor qilish mumkin. Nikohdan ajrashish turmush o'rtoqlar kelishgan kunda amalga oshiriladi. Nikoh FHDYo orqali bekor qilinganda, taraflarni yarashtirish uchun muddat qo'llanilmaydi. Biroq FHDYoga ariza berilgandan so'ng bir oy ichida yoki ikki oydan kechiktirmasdan nikohdan ajrashish kerak. Belorussiyada nikohdan ajrashish uchun FHDYo organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: er-xotinning birgalikda roziligi asosidagi arizasi; er-xotinning pasportlari; nikohdan ajrashish uchun to'langan davlat bojining kvitantsiyasi. Agar er yoki xotindan biri nikohdan ajrashish uchun FHDYo organiga kela olmasa, u holda kela olmaydigan taraf nomidan nikohdan ajrashishga roziligini tasdiqlovchi ariza berilishi kerakdir. Ushbu arizaning haqiqiyligi bunday harakatlarni amalga oshirishga vakoltali bo'lgan organ (shaxs) (notarius, mahalliy ijro etuvchi va ma'muriy organlarning mansabdor shaxslari) tomonidan tasdiqlanishi kerak. FHDYo orqali nikohdan ajrashish uchun davlat bojining miqdori BHMning 4 baravarini tashkil qiladi, ya'ni 116 rubl (2021 yildan boshlab BHM bir baravari - 29 rubl). Yuqoridagi hujjatlar er yoki xotindan birining yashash joyidagi FHDYo organiga taqdim etiladi. Turmush o'rtoqlardan qaysi biri nikohgacha bo'lgan familiyasini o'zgartirmoqchi bo'lsa, bu haqida arizada ko'rsatishi kerak. Pasportga nikohdan ajrashilganlikni ifodalovchi tegishli belgi qo'yilgandan so'ng nikoh bekor qilingan hisoblanadi.

Belorussiyada sud tartibida nikohdan ajratish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: voyaga yetmagan farzandlar bor bo'lsa (bitta yoki ko'proq); mol-mulk xususida nizo mavjud bo'lsa; nikohdan ajrashishga taraflardan biri norozi bo'lsa. Nikohdan ajratishga yo'l qo'yilmaydigan ikkita holat mavjud bo'lib, ular quyidagilardir: ayolning homiladorlik paytida uning yozma roziligisiz; bola uch yoshga to'lgunga qadar bola bilan birga yashaydigan er yoki xotinning yozma roziligisiz (agar bu ota yoki ona bolani o'z qaramog'iga olgan bo'lsa).

Nikohdan ajratish to'g'risidagi da'vo arizasi javobgarning yashash joyidagi sudga taqdim etiladi. Davlat boji har qanday bankning bo'limlari orqali to'lanadi. Sud tomonidan beriladigan kvitantsiya taraflar tomonidan saqlanishi kerak, chunki bu

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

sudga taqdim etish uchun zarur bo'lgan davlat bojini to'lash faktini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Nikohdan ajratish to'g'risidagi da'vo arizasi uchun davlat boji tegishli da'vo bilan murojaat qilingan sud ma'lumotlariga binoan to'lanishi kerak. Birinchi marta nikohdan ajratish uchun to'lanadigan davlat boji BHMning 4 baravarini, qaytadan yana ajratish uchun esa BHMning 8 baravari miqdorida davlat boji to'lanadi. Yo'qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs bilan yoki kamida uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxs bilan nikohdan ajrashish uchun da'vo arizasi berilgan taqdirda davlat boji BHMning 1 baravari miqdorida to'lanadi. Nikohdan ajratish to'g'risidagi arizada umumiy mol-mulkni bo'lish talabi ham mavjud bo'lganda, ushbu talab uchun davlat boji da'vo summasining (narxining) 5 % miqdorida alohida to'lanadi.

Nikohdan ajratish to'g'risidagi da'vo arizasi to'ldirilganidan so'ng va davlat boji to'lanib bo'lingandan keyin arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: da'vo arizasining javobgarga beriladigan nusxasi; nikoh to'g'risidagi guvohnoma (guvohnomaning asl nusxasi); bolalarning tug'ilganligi to'g'risidagi guvohnomalarning nusxalari; davlat boji to'langanligini tasdiqlovchi hujjat; boshqa hujjatlar (agar mulk to'g'risida nizo bo'lsa va h.k.); agar aliment uchun da'vo berilgan bo'lsa, daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar va ularning manbalari. To'plangan hujjatlar sudga yuborilishi kerak. Buni taraflar o'zining sudiga yozma xat orqali sudni xabardor qilgan holda yoki o'zi hujjatlarni sudga olib borib devonxonaga topshirish orqali bergani ma'qul. Agar da'vo arizasi to'g'ri to'ldirilgan bo'lsa, kerakli hujjatlar taqdim etilgan bo'lsa hamda da'voni ko'rmasdan qoldirish uchun asoslar bo'lmasa, unda 3 kun ichida da'vo arizasi sudga qabul qilinadi. Sud taraflarga yarashish choralarini ko'rish uchun 3 oy muddat beradi. Agar ushbu vaqtdan keyin ham er yoki xotin nikohni bekor qilmoqchi bo'lsa, ular sud tomonidan nikohdan ajratish bo'yicha protsessning boshlanishiga chaqiriladi10.

Yuqoridagi tadqiqot natijalarini tahlil qiladigan bo'lsak milliy qonunchilik, amaliyot bilan xorijiy qoununchilik, amaliyot o'rtasida quyidagi farqlarni ko'rishimiz mumkin: xususan Buyuk Britaniyada nikohdan ajratish uchun ariza berish huquqiga ega bo'lish uchun ajrashishdan oldin er-xotinlar kamida bir yil birga yashagan bo'lishi kerak. Ushbu qoidaning O'zbekiston Respublikasi qonunchiligidan farqli tomoni shundaki, milliy qonunchilikda nikohdan ajratish uchun er-xotinlarning qanchadir vaqt mobaynida birga yashashi shart qilib qo'yilmagan. Nikohdan ajrashmoqchi bo'lgan shaxslar qancha vaqt birga yashaganligidan qat'i nazar istalgan vaqtda ajrashish uchun sudga yoki FHDYo organlariga murojaat qilishlari mumkin.

1 http://pravovsem.by/razvod-v-belarusi/

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Shuningdek, Buyuk Britaniya hamda AQSH davlatlarida er-xotinni nikohdan ajratishning aniq asoslari belgilab qo'yilgan.

Germaniya davlatida er-xotinlar nikohdan ajrashishdan oldin bir yil bir-biridan alohida yashashi kerak. Ushbu mezonning sababi shuki, er-xotinlarga nikohdan ajrashish haqida yana o'ylab ko'rish va, ehtimol, oilani saqlab qolish uchun imkoniyat beriladi. O'zbekiston qonunchiligigiga asosan esa Oila kodeksining 40-moddasiga ko'ra sud ishning ko'rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqliligi belgilangan. Germaniyada nikohdan ajratish faqat sud tomonidan amalga oshiriladi, ajraluvchilarning farzandlari bor yoki yo'qligidan qat'i nazar. Germaniya davlatidagi mazkur qoidaning O'zbekiston milliy qonunchiligidan yana bir farqli tomoni shundaki, O'zbekiston Respublikasida nikohdan ajratish ikkita organga taalluqlidir, ya'ni sudga va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga. Shuningdek, yuqoridagi qismda keltirganimizdek, Germaniyada nikohdan ajratish qimmat hisoblanadi. O'zbekiston qonunchiligiga asosan 2020-yil 1-yanvarda qabul qilingan "Davlat boji to'g'risida"gin qonunga asosan nikohni bekor qilish haqidagi da'vo arizalaridan BHMning 2 baravari miqdorida, takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da'vo arizalaridan BHMning 4 baravari miqdoridagi davlat boji to'lanishi belgilab qo'yilgan.

Yaponiyada ichki oilaviy nizolar va munozaralarni maxsus tashkil etilgan davlat organi - Oila sudi ko'rib hal qiladi. Oila sudi o'z qarorini Yaponiyada yagona oilaviy muammolarni tartibga solishga qaratilgan Yaponiya fuqarolik kodeksi va Oila registri haqidagi qonunga tayangan holda chiqaradi. O'zbekiston Respublikasida esa oilaviy nizolar taalluqliligi bo'yicha fuqarolik sudlarida ko'rib chiqiladi va hal etiladi.

Belorussiyada Nikoh FHDYo orqali bekor qilinganda, taraflarni yarashtirish uchun muddat qo'llanilmaydi. Biroq FHDYoga ariza berilgandan so'ng bir oy ichida yoki ikki oydan kechiktirmasdan nikohdan ajrashish kerak. Demak, mazkur normalarning O'zbekiston qonunchiligidan farqli tarafi shuki, FHDYo orqali nikohdan ajrashmoqchi bo'lgan shaxslarga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 noyabrdagi 387-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari»ning12 VI bobiga asosan nikohdan ajratishni qayd etish er-xotinning yoki ulardan birining ishtirokida

11 O'zbekiston Respublikasining "Davlat boji to'g'risida"gi qonuni. (https://lex.uz/docs/-4680944)

12 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu Ba3upnap MaxKaMacHHHHr 2016 hha 14 Hoa6pgarH 387-COH^H Kapopu 6unaH TacgHK^aHraH «©yrçapo^HK xonam ganonaTHOManapuHH rçang этнm Kouganapu». (https://lex.uz/docs/3064981)

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

nikohdan ajratish haqida FHDYo organiga ariza bergan kundan keyin uch oy o'tgach amalga oshiriladi deb belgilangan .

XULOSA VA TAKLIFLAR

Yuqoridagi xorijiy davlatlarda nikohdan ajratishningprotsessual xususiyatlarini o 'rganib chiqish natijasida quyidagilarni ifodalash mumkin:

Birinchidan, xorijiy mamlaktlar qonunchili orqali shu narsa ma'lum bo'ladiki, Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya va Belorussiya davlatlarida nikohdan ajratish uchun to'lanadigan davlat boji miqdori qimmat hisoblanadi. Milliy qonunchilik bo'yicha ham davlat boji miqdorini oshirish maqsadga muvofiq, sababi davlat boji miqdorining baland bo'lishi nikohdan ajrashmoqchi bo'lgan shaxslarning doirasi kamayishiga olib keladi. Shu sababli O'zbekiston Respublikasi "Dalat boji to'g'risida"gi qonunga nikohdan ajratish uchun boj to'lovlarini oshirish bo'yicha o'zgartishlar kiritish kerak.

Ikkinchidan, Buyuk Britaniyaning nikohdan ajratish bo'yicha qonunchiligini o'rganish orqali bu yerda er-xotinlarga nikohdan ajrashishdan oldin bir yil birga yashashi kerakligi bo'yicha shart qo'yilganligi ma'lum bo'ldi. Mazkur qoidani O'zbekiston qonunchiligiga tatbiq etish ham samarali hisoblanishi mumkin. Sababi er-xotinlarga bir yil davomida birga yashashning davlat tomonidan majburiy qilib qo'yilishi ham nikohdan ajrashishlarning oldini oladi. Chunki bugungi kunda ikki oy yashab turib ajrashayotlar ham ko'rayib bormoqda, bir yil birga yashash orqali er va xotin bir-birini yanada yaxshiroq bilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Shu sababli O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 37-moddasining ikkinchi qismini quyidagi norma bilan to'ldirish tavsiya etiladi: nikohdan ajrashmoqchi bo'lgan er-xotinlar ajrashish uchun ariza berishdan oldin bir yil birga yashagan bo'lishlari lozim.

Uchinchidan, Yaponiya tajribasiga asoslanib O'zbekistonda ham Oila sudlarini tashkil qilish kerak. Sababi bugungi kunda fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarda oilaviy nizolar bo'yicha, ayniqsa, nikohdan ajratish bilan bog'liq ishlarning soni ancha ko'pdir. Oila sudlari tashkil qilinadigan bo'lsa, avvalambor, nikohdan ajratish to'g'risidagi ishlarning har taraflama mukammal ko'rib chiqilishiga erishiladi. Shuningdek, fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarda ko'rib chiqiladigan ishlarning doirasi kamayishiga erishiladi.

To'rtinchidan, Belorussiya davlati qonunchiligiga asosan nikohdan ajrashmoqchi bo'lgan er yoki xotin sudga ariza bergandan so'ng sud ish ko'rishni boshlashdan oldin taraflarga yarashish uchun uch oylik muddat berilishini milliy qonunchilikka ham tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Chunki ushbu uch oylik

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

muddat ichida taraflar nikohdan ajrashish bo'yicha fikridan voz kechishi mumkin. Bu amaliyot ham nikohdan ajrashmoqchi bo'lganlarning soni kamayishiga hamda sudning protsessni o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan harakatlarining oldini olishga xizmat qiladi.

Shu sababli O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 40-moddasiga taklif qilinayotgan: "Nikohdan ajratish to'g'risidagi ishlar sud tomonidan O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida da'vo ishlarini hal qilish uchun belgilangan tartibda ko'rib chiqilishi, sud da'vo arizasini qabul qilgandan so'ng nikohdan ajratish to'g'risidagi ishni ko'rishni boshlashdan avval taraflarga yarashish uchun uch oy muhlat berilishi" to'g'risidagi o'zgartirishlar oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, nikohdan ajratishlarning oldini olishga qaratilgan.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash - davr talabi" mavzusidagi anjumanda so'zlagan ma'ruzasi. 15.06.2017y URL: https://daryo.uz/2017/06/15. ( Speech by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the conference "Ensuring social stability, preserving the purity of our sacred religion - the need of the hour") URL : https://daryo.uz/2017/06/15.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Mahalla va oila Institutidagi muammolar" yig'ilishida so'zlagan nutqidan. 19.03.2020. URL: https://kun.uz/en/news/2020/03/19 . (From the speech of the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the meeting "Problems of the Institute of Neighborhood and Family"). URL: https://kun.uz/en/news/2020/03/19

3. М.Усмонова. Никохдан ажратиш тартиби [Divorce procedure]. // Одиллик мезони - 2020. № 3. 14-16-бетлар.

4. М. Караходжаева. Институт юридических прав юридических лиц: особенности исторического развития и современного состояния в Узбекистане. // Право и политика. -2006. -№ 2. -стр. 132-144.

5. Караходжаева Д. М. Проблемы развития и совершенствования законодательства о праве юридического лица в Республике Узбекистан [Problems of development and improvement of legislation on the right of legal personality in the Republic of Uzbekistan].dis.... dokt. yurid. nauk //T.: TGYuI. -2008. -S. 44.

6. Karahodjaeva, D. (2018) "Innovative solutions in the field of the Institute of property rights and other real rights -the key to the liberalization of the economy,"

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Review of law sciences: Vol. 2: Iss. 3, Article 44. Available at: https: //uzj ournals.edu.uz/rev law/vol2/iss3/44

7. Бурханова Л. М. Правовая характеристика частной собственности отдельных видов юридических лиц в условиях перехода Республики Узбекистан к риночным отношениям. Юридические науки. -2010. -Нет. 2.

8. Л.М. Бурханова. Механизм возмещения убийств физическими и юридическими лицами в связи с изъятием земельных участков для государственных и общественных нужд по законодательству Республики Узбекистан. Республики Узбекистан]. VII Международная заочная научная специализированная конференция «Международное научное обозрение по проблемам права, социологии и политологии», 2018, 5-9 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.