Научная статья на тему 'FUQAROLIK HUQUQI: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YANGI KONSTITUTSIYASI VA XORIJIY DAVLATLAR KONSTITUTSIYALARIDA'

FUQAROLIK HUQUQI: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YANGI KONSTITUTSIYASI VA XORIJIY DAVLATLAR KONSTITUTSIYALARIDA Текст научной статьи по специальности «Право»

756
69
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
“fuqarolik” / “poddanstva” / fuqarolikka ega bo’lish / fuqarolikni tugatish / fuqarolikni tiklash / filiatsiya usuli / naturilizatsiya usuli / optatsiya usuli / bipadritlar / chet el fuqarolari / siyosiy boshpana / ekstradatsiya

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Feruza Oy Kenja Qizi Abdinazarova, Aqida Abdujabborovna Dadasheva

Ushbu maqolada fuqarolik huquqi tushunchasi, unga ega bo’lish va yo’qotish holatlari haqida keng holatda ma’lumot berilgan. Shuningdek ushbu soha bo’yicha O’zbekistonda olib borilayotgan siyosat, undagi kamchiliklar tahlil qilinib, muammolarni bartaraf etish maqsadida xorijiy davlatlarning ushbu sohada olib borayotgan siyosati qiyosiy-huquqiy tahlil qilingan. Fuqarolik huquqi bo’yicha monarxiya va respublika tuzumi davlatlardagi farqlar o’rganilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FUQAROLIK HUQUQI: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YANGI KONSTITUTSIYASI VA XORIJIY DAVLATLAR KONSTITUTSIYALARIDA»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

FUQAROLIK HUQUQI: O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YANGI KONSTITUTSIYASI VA XORIJIY DAVLATLAR KONSTITUTSIYALARIDA

Feruza Oy Kenja qizi Abdinazarova

Toshkent davlat transport universiteti Iqtisodiyot fakulteti 2-kurs Yu-1 guruh talabasi [email protected]

Aqida Abdujabborovna Dadasheva

Ilmiy rahbar, Toshkent davlat transport universiteti Yuridik fanlar doktori, professor

Ushbu maqolada fuqarolik huquqi tushunchasi, unga ega bo'lish va yo'qotish holatlari haqida keng holatda ma'lumot berilgan. Shuningdek ushbu soha bo'yicha O'zbekistonda olib borilayotgan siyosat, undagi kamchiliklar tahlil qilinib, muammolarni bartaraf etish maqsadida xorijiy davlatlarning ushbu sohada olib borayotgan siyosati qiyosiy-huquqiy tahlil qilingan. Fuqarolik huquqi bo'yicha monarxiya va respublika tuzumi davlatlardagi farqlar o'rganilgan.

Kalit so'zlar: "fuqarolik", "poddanstva", fuqarolikka ega bo'lish, fuqarolikni tugatish, fuqarolikni tiklash, filiatsiya usuli, naturilizatsiya usuli, optatsiya usuli, bipadritlar, chet el fuqarolari, siyosiy boshpana, ekstradatsiya.

1. Dolzarbligi. Konstitutsiyaviy institutlardan biri bo'lgan fuqarolik - bu mustahkam siyosiy-huquqiy aloqa bo'lib, shaxslarning ma'lum bir davlatga tegishli ekanligini hamda ushbu huquqqa ega shaxsning o'sha davlatdagi qonunda belgilangan barcha huquq va erkinliklarga, shuningdek, majburiyatlarga egaligini anglatadi. Ya'ni fuqarolikka ega bo'lish shaxs uchun to'la ma'noda o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishga imkoniyat beradi, shu bilan birga o'z majburiyatlarni bajarishni ham talab qiladi. O'z navbatida, davlat ham o'z fuqarolarining huquq va erkinliklarini kafolatlashi va ularni ham o'z hududida, ham hududidan tashqarida himoya qilishi lozim. Shaxslarning huquqiy holatini aniqlashda fuqarolikning muhim omil ekanligini hisobga olgan holda, ushbu sohani yanada takomillashtirish nafaqat O'zbekistonning balki butun dunyo davlatlarining bosh maqsadlaridan biridir. Zero, ushbu sohani tartibga solishga

ANNOTATSIYA

December 1

qaratilgan masalar va sohadagi muaommolar o'zining dolzarbligini yo'qotmagan.

2. Metodlar. Ushbu maqolani yoritishda qiyosiy-huquqiy tahlil, tarixiy, xolislik, ketma-ketlik metodlaridan foydalangan holda maqolini mazmuni, fuqarolik huquqi sohasidagi muammolarni bartaraf etish hamda yanada rivojlantirish uchun taklif va tavsiyalar berildi.

3. Tadqiqot natijalari: Fuqarolik tushunchasi qadimdan mavjud bo'lganligini xristianlarning "Injil" kitobidagi "Fuqaro" terminining qadimgi Rim davlatida ishlatilganligi haqidagi ma'lumotlardan ko'rishimiz mumkin. Feodalizm davriga kelib, fuqaro termini bilan bir qatorda "poddanstva" iborasi qo'llanilgan.

Poddanstva tushunchasi feodalga tegishlilikni, unga soliq va bojlarni vaqtida to'lab turishga majburlikni bildirgan. Ushbu tushunchani hozirgi kunda asosan monarxiya davlatlarda uchratish mumkin. Masalan, Birlashgan Qirollikda " subject of her/his majesty" (zoti oliylarining poddaniysi) iborasi qo'llaniladi. Ammo bir qancha monarxiya tuzumidagi davlatlar, misol uchun, Belgiya, Niderlandiya, Ispaniya kabi davlatlarda ushbu termin "fuqaro" termini bilan almashtirilgan.

Turli davlatlarda fuqarolikka ega bo'lish, uni yo'qotish va tiklashning bir qancha usullari, qoidalari bor bo'lib, ular har bir davlat konstitutsiyalari va qonunlarida o'z ifodasini topgan. Davlatimizda ushbu jarayonlar Konstitutsiyada, shuningdek, qonun hujjatlarida ham tartibga solingan.

Fuqarolikka ega bo'lishning bir qancha usullari bor va bu turli davlatlarda turlicha. Fuqarolikka ega bo'lishning birinchi asosiy yo'li - bu filiatsiya usuli ya'ni tug'ilishlik bo'yicha fuqarolikga ega bo'lish hisoblanadi. Ushbu usul ikkita ko'rinishni o'z ichiga oladi. Birinchisi "qon huquqi" - bola qayerda tug'ilganidan qat'iy nazar ota-onasining fuqaroligini oladi. Hozirda ko'pgina davlatlarda qonun huquqi orqali fuqarolikka ega bo'lish keng tarqalmoqda. Misol uchun, Yaponiya, Fransiya, GFR, Italiya va boshqa davlatlar. Ikkinchisi, "yer huquqi" - bu bola qaysi davlat hududida tug'ilgan bo'lsa, ota-onasining fuqaroligiga qaramasdan, o'sha davlat fuqaroligini oladi. Misol uchun, Argentina, Braziliya va Lotin Amerikasining bir nechta davlatlarida yer huquqidan foydalaniladi. Shuningdek, ko'pgina davlatlarda "aralash" usul ham mavjud bo'lib, ushbu usulda har ikkala holatning ham bo'lishi talab qilinadi.

Fuqarolikka ega bo'lishning ikkinchi usuli naturilizatsiya yo'li orqali amalga oshiriladi. Ya'ni boshqa davlat fuqarosi yo fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning fuqarolikka ega bo'lishlari. Ushbu usulda "bo'lajak fuqarolar" oldiga turli davlatlarda turlicha talablar qo'yiladi. Misol uchun, Germaniyada shaxs birinchi navbatda, boshqa davlat fuqaroligini

December 1

yo'qotgan bo'lishi, sudlanmagan bo'lishi, yetarli mablag'ga ega bo'lishi, davlatning ijtimoiy yordamiga muhtoj bo'lmasligi, shu bilan birga ishsizlik nafaqasi hisobiga yashamayotgan bo'lishi kerak.

O'zbekiston Respublikasida ham bir qancha talablar mavjud. Birinchi navbatda shaxs o'z ixtiyori bilan iltimosnoma kiritishi kerak. "O'zbekiston Respublikasi Fuqaroligi to'g'risidagi" Qonun yangi tahririning 18-moddasiga ko'ra shaxs chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirgan bo'lishi shart, yashash guvohnomasi olgan kundan boshlab, uzliksiz besh yil davomida O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashi, qonuniy tirikchilik manbaiga ega bo'lishi, davlat tilini muloqot darajasida bilishi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini olishi lozim.

Fuqarolikka ega bo'lishning uchinchi usuli optatsiya usuli hisoblanib, ushbu usul "transfer" ( tanlash) usuli deb ham ataladi. Ushbu usulda fuqarolik davlat hududining o'zgarishi orqali tanlanadi. Bunday holatda fuqaro davlat hududining o'zgarishida aybdor bo'lmaydi. Agar optatsiya usuli orqali fuqarolikka qabul qilinish zarurati tug'ilsa, fuqaroga ma'lum vaqt beriladi qaysi davlat fuqaroligini qabul qilish masalasi bo'yicha. Misol uchun, 1957-yilda Saar viloyati referendum natijasida Germaniya hududiga kiritilgan vaqtda o'sha viloyatdagi fuqarolarga nisbatan optatsiya usuli qo'llanilgan. Ya'ni bunda ularga yo Fransiya fuqaroligida qolish yoki Germaniya fuqaroligini qabul qilish imkoniyati berilgan.

Shuningdek, fuqarolikka qabul qilinish nikohga kirish, bola asrab olish, fuqarolikni tiklash va fuqarolikni sovg'a qilish orqali ham amalga oshiriladi.

Fuqarolikni tiklash usuli ko'pgina davlatlarda asosan ehtiyoj tug'ilgan omillar sababli immigratsiyani amalga oshirgan shaxslarga nisbatan qo'llaniladi. Ba'zi davlatlarda "Repatriatsiya" ya'ni vatanni tiklash deb ataladi. Eng mashhur va ko'p sodir bo'ladigan repatriatsiya deb yahudiy xalqining Isroilga ko'chib kelishini aytishimiz mumkin. Bunda istalgan yahudiy Isroilga ko'chib kelsa, unga fuqarolik beriladi.

Shu o'rinda, fuqarolikni tugatishning ham bir qancha turlari, usullari mavjud bo'lib, ular; fuqarolikdan chiqish, fuqarolikdan mahrum bo'lish, fuqarolikni yo'qotish va boshqalar.

Fuqarolikdan chiqish asosan fuqaroning tegishli davlat organiga ariza kiritish orqali amalga oshiriladi. Rossiya, Turkmaniston, Belorussiya, Ukraina va Gruziyada ushbu protsess deyarli bir xil. Fuqarolikdan chiqishni rad etuvchi holatlar mavjud. Misol uchun, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog'iston va Tojikiston qonunchiligiga ko'ra davlatning

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

xavsizligiga xavf solsa, fuqarolikda chiqish rad etiladi. Fuqarolikni yo'qotish asosan fuqaro tomonidan qonunga zid harakat sodir etilganda qo'llaniladi. O'zbekiston, Belorussiya, Ozarbayjon, Ukraina, Gruziya va Tojikistonda agar fuqaro chet davlat harbiy xizmati yo davlat hokimiyati idoralariga ishga kirishi, besh yil ( ayrim davlatlarda yetti yil) konsullik hisobida uzrli sabablarsiz turmasligi va qalbaki hujjat yoki yolg'on ma'lumotlar asosida fuqarolikka qabul qilinganligi fuqarolikni yo'qotishga asos bo'ladi.

Fuqarolikdan mahrum qilish, asosan, faqatgina naturilizatsiya qilingan shaxslarga nisbatan qo'llaniladi. Ispaniya hamda GFR konstitutsiyalarida

"Fuqarolikdan mahrum qilish mumkin emas" deb ko'rsatilgan bo'lsa, AQShda ushbu holat qonun hujjatlari bilan tartibga solinganini ko'rimiz mumkin.

Bipatridlar - bu ikki yoki undan ko'p fuqarolikka ega bo'lgan shaxslar hisoblanadi. Bu holat boshqa joylarga nisbatan Lotin Amerikasida ko'p kuzatiladi. Ko'p fuqarolik dunyoning deyarli bir qator davlatlarida tan olinmaydi. Chunki ko'plab davlatlarda bu davlat yaxlitligiga, yagonaligiga va mustahkamligiga xavf soladi degan qarash mavjud. Ammo bir qancha davlatlarda ikki tomonlama fuqarolik bo'yicha maxsus shartnomalar mavjud. Ko'p hollarda davlatlar ikki tomonlama fuqarolikni tan olishni emas, balki iloji boricha uni bartaraf etish bo'yicha bitimlar tuzishga urinadi.

Ko'p fuqarolik hozirgi zamonda nazariy hamda amaliy jihatdan o'z yechimini topishi kerak bo'lgan muammo hisoblanadi. Bunda ikki xil munosabat shakllangan bo'lib, bir tomondan ko'p fuqarolik davlat yaxlitligiga ta'sir ko'rsatadi degan qarash bo'lsa, ikkinchi tomondan ushbu holatning cheklanishi inson huquqlarini cheklaydi degan qarashlar mavjud. Aslini olganda, ko'p fuqarolik davlatlar o'rtasida qator salbiy oqibatlarga olib keladi. Chunki ikki fuqarolikka ega bo'lgan shaxslar qaysi davlatning qonunlariga bo'ysunishi va qaysi davlatning oldidagi burchlarini bajarishi lozimligi ko'p hollarda murakkab muammolarga sabab bo'ladi.

Demokratik rejimdagi mamlakatlarda chet el fuqarolarining huquqiy holati oddiy fuqarolarning huquqiy holatidan deyarli farq qilmaydi. Ko'p hollarda chet el fuqarolarini asosan immigratsiya masalasi qiziqtiradi. Chet el fuqarolarining huquqiy holati turli davlatlarda turlicha, masalan, Meksika Konstitutsiyasining 33moddasiga ko'ra ''Chet el fuqarolarining davlatning har qanday siyosiy ishlariga aralashishi taqiqlangan" bo'lsa, Bolgariya Konstitutsiyasiga 26-moddasiga ko'ra, chet el fuqarolari yer sotib olish huquqiga ega emas.

December 1

Shu bilan birga xorijiy davlatlarning ba'zi konstitutsiyalarida xorijliklarga siyosiy boshpana berish masalasi ham nazarda tutilgan. Germaniya va Italiya

Konstitutsiyalarini bunga misol qilib qolsak bo'ladi.

Fuqarolik tizimida siyosiy boshpana so'rash huquqi alohida o'ringa ega.

O'zbekistonda siyosiy boshpana o'zining fuqaroligi bo'yicha mansub davlatda yoki doimiy yashash joyida ijtimoiy-siyosiy faoliyati, diniy e'tiqodi, irqiy yoki milliy mansubligi uchun ta'qib qilinayotgan yoki ta'qib qilishning jabrlanuvchisi bo'lishiga real tahdiddan, shuningdek xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan inson huquqlari buzilishining boshqa holatlaridan boshpana va himoya izlayotgan shaxslarga va ularning oila a'zolariga beriladi. Siyosiy boshpana olish huquqi ko'pgina davlatlarning qonunchiligida o'z ifodasini topgan. Misol uchun, Italiya Konstitutsiyasining 10-moddasida "O'zining mamlakatida demokratik huquq va erkinliklardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo'lgan chet el fuqarolari qonunda belgilab qo'yilgan shartlar asosida siyosiy boshpana olish huquqiga ega" deb ta'kidlangan. Shuningdek, GFR Asosiy Qonunining 16-moddasiga ko'ra, " O'zining siyosiy dunyo qarashlari uchun ta'qib qilinayotgan shaxslar siyosiy boshpana olish huquqidan foydalanishlari mumkin".

Demokratik Konstitutsiyalarda ekstradatsiya masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu holatni ko'proq xalqaro shartnomalarda uchratishimiz mumkin. Misol uchun, 1991- yilgi Sloveniya Konstitutsiyasining 47-moddasiga binoan "Sloveniya fuqarosi chet el davlatlariga berilishi mumkin emas. Chel ellik fuqarolar esa faqat xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollardagina berilishi mumkin".

Yangilanayotgan O'zbekiston Konstitutsiyasining 22-moddasida esa quyidagicha bayon etilgan: "O'zbekiston Respublikasi fuqarosi tashqariga chiqarib yuborilishiga yoki boshqa davlatga berilishi mumkin emas".

4.Xulosa. Xulosa qilib aytganda, fuqarolik bu jamiyatda shaxs maqomini belgilaydigan muhim konstitutsiyaviy-huquqiy institut hisoblanadi va davlat tomonidan tartibga solinadi. Chunki shaxs ushbu huquqqa ega bo'lgach, fuqaro va davlat o'rtasida ma'lum munosabatlar o'rnatiladi. Shaxs fuqarolikka ega bo'lish orqali ma'lum bir huquq va erkinliklarga ega bo'lish bilan qatorda burch va majburiyatlarni ham o'z zimmasiga olishi kerak. O'zbekiston Respublikasida fuqarolik huquqi tushunchasi nafaqat qonun hujjatlari, balki Konstitutsiyamizda ham alohida bob ajratilganligini ko'rishimiz mukin. Konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish bo'yicha kelib tushgan 200 mingga yaqin taklif va tavsiyalar ichida ushbu sohaga oid normalarni ham o'zgartirishga oid tavsiyalar ham kelib tushganligini va takliflar qonun loyihasiga

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati

ham kiritilganligini ko'rishimiz mumkin. Shu o'rinda aytib o'tishimiz kerakki, faqatgina sohaga oid normalarni, sohaning huquqiy manbalarini yaxshilash orqali kutilgan yaxshi natijalarga erisha olmaymiz. Ushbu qonunlarni o'z o'rnida bajarilishi ham muhim hisoblanadi. Ya'ni fuqarolik masalalari bilan shug'ullanuvchi organlar faoliyati va ularning xodimlarini "halollik vaksinasi" bilan emlash, xodimlar faoliyatida manfaatlar to'qnashuvini oldini olish, shuningdek o'z xizmat vazifasini bajarishda xolislik va davlatga sodiqlik tamoyillari asosida amalga oshirishiga erishish davlatimiz yaxlitligi, mustahkamligini ta'minlash bilan bir qatorda Jahon hamjamiyatida ham O'zbekiston obro'sining ko'tarilishiga olib keladi. Zero, fuqarolik huquqi insonlarning siyosiy huquqlari ichida muhim huquq turi husoblanadi.

REFERENCES

1. Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy (davlati) huquqi: o'quv qo'llanma/ dotsent D.Q.Axmedov boshchiligidagi mualliflar jamoasi. - T.: TDYI 2006

2. Konstitutsiyaviy huquq: darslik. /Husanov O.T. - T. Yuridik publish. 2021.

3. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: 2019.

4. " O'zbekiston Respublikasi Fuqaroligi to'g'risidagi" Qonun ( yangi tahrir) www. Lex.uz

5. www. Norma.uz

6. meningkonstitutsiyam.uz

7. ДАДАШЕВА, А. (2021). Взаимодействие органов представительной власти на местах и самоуправления граждан в осуществлении действенного общественного контроля. Fuqarolik jamiyati. Гражданское общество, 22(2), 7074.

8. Юнусова, Н. Ш., Назарова, Н. Ж., & Жуманиязова, Н. С. (2022). ПЕДАГОГЛАРДА КАСБИЙ КОМПЕТЕНЦИЯНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ (ОЛИЙ ТАЪЛИМ ТИЗИМИ МИСОЛИДА). Современное образование (Узбекистан), (6 (115)), 9-16.

9. Дадашева, А. А. (2022). ДАВЛАТ ХИЗМАТИНИ ИСЛОХ КИЛИШ ШАРОИТИДА ХОКИМЛАР ФАОЛИЯТИ УСТИДАН ЖАМОАТЧИЛИК НАЗОРАТИНИ АМАЛГА ОШИРИШНИНГ АСОСИЙ ЙУНАЛИШЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 117-122.

10. Инагамова, М. М. (2022). ЯНГИ УЗБЕКИСТОННИНГ ТАРАККИЁТ СТРАТЕГИЯДА КОНУН УСТУВОРЛИГИНИ

December 1

310

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati

ТАЪМИНЛАШ ВА МАДАЛЛА ИНСТИТУТИ ФАОЛИЯТИНИНГ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ ТАШКИЛИЙ-ДУЦУКИЙ МАСАЛАЛАРИ (ТАДЛИЛИЙ-СТАТИСТИК МАЪЛУМОТЛАР

АСОСИДА). Academic research in educational sciences, 3(10), 315-321.

11. Dadasheva, A. A. (2022). PUBLIC OPINION AND GOVERNMENT EVALUATION IN NEW UZBEKISTAN. The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research, 4(01), 16-19.

12. Назарова, Н. Ж., Муратова, Д. А., & Жуманиязова, Н. С. (2022). УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА АЁЛЛАРНИНГ УРНИ ВА РОЛИ. Scientific Impulse, 1(3), 331-336.

13. Дадашева, А. А. (2020). МАДАЛЛИЙ ИЖРО ДОКИМИЯТИ ФАОЛИЯТИ УСТИДАН ЖАМОАТЧИЛИК НАЗОРАТИНИ НАТИЖАДОРЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ ЕЧИМЛАРИ. ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SPECIAL 2-2).

14. Abdumannapovna, M. D., & Juraevna, N. N. (2022). THE ROLE OF SOCIAL INSTITUTIONS IN THE DEVELOPMENT OF YOUNG PEOPLE. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10 (6), 67-70.

15. Дадашева, А. А. (2022). УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ-КОНСТИТУЦИЯВИЙ ИСЛОДОТЛАР ДАВР ТАЛАБИ. Academic research in educational sciences, 3(10), 288-291.

16. Sanakulov, A., Rakhmonov, D., & Nazarova, N. (2020). Social Service Technologies and Mechanisms of its Implementations. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(3), 14192-14198.

December 1

311

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.