Научная статья на тему 'MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARINING QARORLARINI HAQIQIY EMAS DEB TOPISHNING FUQAROLIK-HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH'

MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARINING QARORLARINI HAQIQIY EMAS DEB TOPISHNING FUQAROLIK-HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
329
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fuqarolik huquqiy tartibga solish / “xususiy-huquqiy” boshqaruv / fuqarolik huquqiy javobgarlik / haqiqiy zarar / boy berilgan foyda / restitutsiya. / гражданско-правовое регулирование / «частноправовое» хозяйствование / гражданско-правовая ответственность / реальный ущерб / упущенная выгода / реституция.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Parpixo‘jayev, Nusratullo Nig‘matullo O‘g‘li

Ushbu maqolada mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonunga zid, fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquq hamda manfaatlarini buzadigan qarorlarini haqiqiy emas deb topish va uning oqibatlarini qo’llashning fuqarolik huquqiy tartibga solinishi tahlil qilingan. “Xususiy-huquqiy” davlatning boshqaruv shaklida huquq subyektlariga erk-muhtoriyatning ko’proq berilishi bilan, ularning fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari ham doimiy takomillashib borishni talab etadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini haqiqiy emas deb topish va uning oqibatlarini qo`llash ham fuqarolik huquqlarini himoya qilishning muhim usuli bo`lib, uning ahamiyatini sud amaliyotida bunday turdagi ko`rilgan ishlar sonidan ham bilib olish mumkin. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy statistikasiga ko`ra Respublikamiz hududida 1 yil davomida hokim qarorlarini haqiqiy emas deb topishga doir 2992 ta ish ko`rilgan bo`lib, ulardan 1255 tasi fuqarolik huquqi subyektlari foydasiga haqiqiy emas deb topilgan. Tadqiqot davomida ushbu himoya usulini fuqarolik huquqiy tartibga solish va uni takomillashtirish istiqbollari muhokama qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ГРАЖДАНСКО-ПРАВОВОЙ ПРОЦЕДУРЫ ПРИЗНАНИЯ РЕШЕНИЙ МЕСТНЫХ ОРГАНОВ ГОСУДАРСТВЕННОЙ ВЛАСТИ НЕСАМОСТОЯТЕЛЬНЫМИ

В данной статье проводится анализ гражданско-правового регулирования признания недействительными решений органов местного самоуправления, нарушающих закон и нарушающих права и интересы участников гражданско-правовых сделок, и применения его последствий. При большей самостоятельности субъектов права в «частноправовой» форме правления методы защиты их гражданских прав также требуют постоянного совершенствования. Признание решений органов государственной власти на местах недействительными и применение их последствий также является важным способом защиты гражданских прав, и его значение видно из количества таких дел в судебной практике. По официальной статистике Верховного суда Республики Узбекистан за 1 год на территории нашей Республики рассмотрено 2 992 дела о признании недействительными решений акимов, из них 1 255 признаны недействительными в пользу субъектов гражданского права. В ходе исследования обсуждаются вопросы гражданско-правового регулирования данного способа защиты и перспективы его совершенствования.

Текст научной работы на тему «MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARINING QARORLARINI HAQIQIY EMAS DEB TOPISHNING FUQAROLIK-HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARINING QARORLARINI HAQIQIY EMAS DEB TOPISHNING FUQAROLIK-HUQUQIY TARTIBGA

SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Parpixo'jayev Nusratullo Nig'matullo o'g'li,

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari va FXDYO organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshqarma boshlig'i.

Tel:+998946319999, e-mail: [email protected]

Ushbu maqolada mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonunga zid, fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquq hamda manfaatlarini buzadigan qarorlarini haqiqiy emas deb topish va uning oqibatlarini qo 'llashning fuqarolik huquqiy tartibga solinishi tahlil qilingan. "Xususiy-huquqiy" davlatning boshqaruv shaklida huquq subyektlariga erk-muhtoriyatning ko'proq berilishi bilan, ularning fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari ham doimiy takomillashib borishni talab etadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini haqiqiy emas deb topish va uning oqibatlarini qollash ham fuqarolik huquqlarini himoya qilishning muhim usuli bolib, uning ahamiyatini sud amaliyotida bunday turdagi ko^rilgan ishlar sonidan ham bilib olish mumkin. O^zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy statistikasiga ko^ra Respublikamiz hududida 1 yil davomida hokim qarorlarini haqiqiy emas deb topishga doir 2992 ta ish ko^rilgan bolib, ulardan 1255 tasi fuqarolik huquqi subyektlari foydasiga haqiqiy emas deb topilgan. Tadqiqot davomida ushbu himoya usulini fuqarolik huquqiy tartibga solish va uni takomillashtirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Kalit sozlar: fuqarolik huquqiy tartibga solish, "xususiy-huquqiy" boshqaruv, fuqarolik huquqiy javobgarlik, haqiqiy zarar, boy berilgan foyda, restitutsiya.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ГРАЖДАНСКО-ПРАВОВОЙ ПРОЦЕДУРЫ ПРИЗНАНИЯ РЕШЕНИЙ МЕСТНЫХ ОРГАНОВ ГОСУДАРСТВЕННОЙ

Парпиходжаев Нусратуллах,

Начальник отдела координации центров государственных услуг и органов записи актов гражданского состояния министерства юстиции

Тел: +998946319999, э-почта: NP.NideX@gmail .com

392

ANNOTATSIYA

ВЛАСТИ НЕСАМОСТОЯТЕЛЬНЫМИ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

АННОТАЦИЯ

В данной статье проводится анализ гражданско-правового регулирования признания недействительными решений органов местного самоуправления, нарушающих закон и нарушающих права и интересы участников гражданско-правовых сделок, и применения его последствий. При большей самостоятельности субъектов права в «частноправовой» форме правления методы защиты их гражданских прав также требуют постоянного совершенствования. Признание решений органов государственной власти на местах недействительными и применение их последствий также является важным способом защиты гражданских прав, и его значение видно из количества таких дел в судебной практике. По официальной статистике Верховного суда Республики Узбекистан за 1 год на территории нашей Республики рассмотрено 2 992 дела о признании недействительными решений акимов, из них 1 255 признаны недействительными в пользу субъектов гражданского права. В ходе исследования обсуждаются вопросы гражданско-правового регулирования данного способа защиты и перспективы его совершенствования.

Ключевые слова: гражданско-правовое регулирование, «частноправовое» хозяйствование, гражданско-правовая ответственность, реальный ущерб, упущенная выгода, реституция.

KIRISH

Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali nazorat choralari o'rnatish, fuqaro va tadbirkorlik subyektlarining ma'muriy sudlarda mahalliy davlat hokimiyati qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko'rib chiqish tizimini takomillashtirish hamda tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratish, xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi kafolatlarini kuchaytirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonunga zid bo'lgan qarorlari natijasida mulkdorning buzilgan huquqlarini tiklashning moliyaviy mexanizmlarini qo'llash mazkur sohada vujudga kelgan munosabatlarni fuqarolik-huquqiy tartibga solinishini talab qiladi.

Qolaversa, fuqarolik-huquqiy munosbatlar keng qamrovga ega ekanligi inobatga olinsa, davlat hokimiyati organlarining qonun hujjatlariga muvofiq bo'lmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjatlarini haqiqiy emas deb topish hamda uning oqibatlarini fuqarolik-huquqiy tartibga solishning nazariy va amaliy masalarini hal qilish muhim sanaladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmonining 2-ilovasida 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturida Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o'rnatish hamda fuqaro va tadbirkorlik subyektlarining odil sudlovga erishish darajasini oshirish yo'lida Sudlar tizimida "yagona darcha" tamoyilini keng joriy etish maqsadida arizalarni sudga taalluqliligidan qat'iy nazar qabul qilish va vakolatli sudga yuborish hamda muayyan ish doirasida barcha huquqiy oqibatlarni hal qilishni ta'minlash tizimini joriy etish Ustuvor yo'nalishida Davlat idoralari tomonidan yetkazilgan zararni qoplash va boshqa huquqiy oqibatlarga oid masalalarni hal qilish bo'yicha ma'muriy sudlar vakolatini aniq belgilash nazarda tutilgan1.

Umuman olganda, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini haqiqiy emas deb topish, davlatning ijro hokimiyati organlari tuzilmasi va faoliyati doirasi, ularning fuqaro va tadbirkorlik subyektlari bilan bo'ladigan ijtimoiy munosabatlari ko'lami bevosita ma'muriy huquq sohasi bilan bog'liqdir.

Shu o'rinda ta'kidlash o'rinliki, ma'muriy-huquqiy munosabatlarning asosiy ishtirokchilaridan biri bo'lgan ma'muriy organlar (vazirliklar, davlat qo'mitalari, agentliklar, inspeksiyalar, hokimliklar va h.k)ning xo'jalik yurituvchi subyektlar bilan turli xil shartnomaviy-huquqiy munosabatlarga kirishadi. Ma'muriy organlar ham yuridik shaxs sifatida mulkiy va boshqa tusdagi javobgarligi bilan sudda da'vogar va javobgar sifatida ishtirok etib, o'z huquq va manfaatlarini himoya qilish maqomiga egadir. Ma'muriy va fuqarolik huquqi sohalarining tutashgan joylarida ushbu ijtimoiy munosabatlar inson huquq va qonuniy manfaatlari ustunligi prinsipi nuqtai nazaridan fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadigan munosabatlar doirasiga taalluqlidir2. Ushbu holatlar ma'muriy huquqiy munosabatlarning fuqarolik huquqiy munosabatlar bilan o'xshash va aloqador jihatlari mavjud ekanligidan dalolat berar ekan, hokimiyat organlarining qarorlarini haqiqiy emas deb topishda fuqarolik-huquqiy jihatlarini e'tibor qaratish muhimdir.

TADQIQOT MATERIALLARI TAHLILI VA NATIJASI

Aksariyat davlat boshqaruvi munosabatlari ommaviy (ma'muriy) huquq bilan, ba'zi birlari esa fuqarolik huquqi bilan tartibga solingandir. Shu sababli, davlat

1 (Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y.,

2 Маъмурий хукук ва процесс /С.А.Муратаев, Б.Т.Мусаев, Д.Р.Артиков /дарслик/. Тошкент: "Innovatsiya-Ziyo", 2020. 420

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

boshqaruvini mustaqil («suveren») davlat boshqaruviga va «xususiy-huquqiy» (fuqarolik-huquqiy) shakldagi davlat boshqaruviga bo'lish mumkin. Bu boshqaruv ko'rinishlari turli huquqiy shakllar bilan amalga oshiriladi3.

Davlat organlari deganda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-sonli Farmoni4 bilan tasdiqlangan Respublika davlat boshqaruvi organlari ro'yxatida ko'rsatilgan vazirliklar, davlat qo'mitalari, agentliklar, qo'mitalar, markazlar, inspeksiyalar va ularning hududiy organlari, "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga5 muvofiq mahalliy ijroiya hokimiyati organlari (viloyat, tuman va shahar hokimliklari) va huquqiy oqibat keltirib chiqaruvchi hujjatlar qabul qilish vakolatiga ega bo'lgan boshqa organlar tushuniladi.

Fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlar O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 2-moddasida belgilab qo'yilgan. Unga ko'ra, fuqarolik qonunchiligi fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo'lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o'zga majburiyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog'liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi.

Bir tarafning ikkinchi tarafga ma'muriy bo'ysunishiga asoslangan mulkiy munosabatlarga, shu jumladan soliq, moliyaviy va boshqa ma'muri y munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonunchiligi qo'llanilmaydi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno6.

Shu bilan birga, da'vo muddati, davlat organlari o'rtasidagi o'zaro fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ham mavjud bo'ladi. Biroq, ushbu holatlarda da'vo muddatini qo'llash mulkiy huquqlami aniqlash, da'vo qilish orqali buzilgan huquqlami tiklash juda qiyin kechadi. Zero, davlat organlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlar deyarli barcha holatlarda fuqarolik-huquqiy me'yorlar bilan emas, ma'muriy-huquqiy me'yorlar bilan tartibga solinadi.

Fuqarolik huquqining muhofazalovchi vazifasi, birinchi navbatda, fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining mulkiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bo'lib, buzilgan huquqlarni tiklash yoki yetkazilgan zarar o'rnini qoplash yo'llari bilan amalga oshiriladi.

3 Erkin Xojiyev, To'lqin Xojiyev. Ma'muriy huquq. Darslik. —T.: «Fan va texnologiya», 2008. —608 b.

4 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 11-12-son

5 O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son

6 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 2-son

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida "Davlat buzilgan xususiy mulk huquqining tiklanishini va uning sud orqali himoya qilinishini kafolatlaydi. Mulkdorga yetkazilgan zararning o'rni uni yetkazgan shaxs tomonidan qonunchilikka muvofiq to'la hajmda qoplanishi kerak" - deb belgilangan7. Fuqarolik huquqi tamoyillari tizimida xususiy ishlarga biror-bir kishining aralashishga yo'l qo'yilmasligi tamoyili mavjud bo'lib, bu tamoyil eng avvalo, ommaviy hokimiyat va uning organlariga qaratilgan bo'lib, bozor munosabatlari tizimida mulkiy munosabat qatnashchilari, tovar egalari mulkdorlari xususiy ishlariga faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina yo'l qo'yiladi.

Shuningdek, Fuqarolik kodeksining qator normalarida ommaviy hokimiyat organlarining xususiy ishlarga o'zboshimchalik bilan aralashmasligi uchun preventiv normalar belgilab qo'yilgan. Masalan, sud davlat hokimiyati hujjatini haqiqiy emas deb topish, davlat hokimiyati organlarining qonunga zid hujjatini sudning qo'llamasligi, davlat organlari tomonidan yetkazilgan zararni undirish bo'yicha normalar shular jumlasidandir.

V.R Topildiyev ta'kidlaganidek, ishtirokchilarning bir-biriga qaram bo'lmasligi va mustaqilligi, tengligi ular o'rtasidagi yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nizolarni tashkiliy-ma'muriy, mulkiy, shaxsiy va boshqa jihatdan mustaqil hamda betaraf organ tomonidan hal etilishini taqozo etadi. Bunday organ vazifasini umumiy sudlar, xo'jalik (iqtisodiy) sudlari bajaradilar8.

Y.M.Kozlovning fikricha, ma'muriy jazo choralari — ma'muriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash maqsadida qo'llanilmaydi. Agar ma'muriy huquqbuzarlik orqali jismoniy yoki yuridik shaxsga moddiy zarar yetkazilgan bo'lsa, huquqbuzarlik ishini ko'rib chiquvchi davlat organi ma'muriy jazoni tayinlash bilan bir vaqtda, mulkiy zararni undirish boyicha masalani hal etishi mumkin. Mulkiy zararni undirish fuqarolik ishlarini ko'rib chiqish tartibida amalga oshiriladi9.

Y.M.Kozlovning ushbu fikri ma'muriy huquqbuzarlik orqali jismoniy yoki yuridik shaxsga moddiy zarar yetkazish bilan bog'liq bo'lsada, davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq bo'lmagan hujjatlari (qaror, farmon, farmoyish)

7 O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2012-y., 39-son

8 Fuqarolik huquqi: milliy g 'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi bakalavriat yo'nalishi talabalari uchun uslubiy qo'llanma / Topildiyev V.R., Jamolov N.K.; mas'ul muharrir O.Oqyulov. - Toshkent: MUMTOZ SO'Z, 2014.-192 b.

9 Козлов Ю.М. Административное право. Учебник. —2-е изд., перераб. и доп. —М.: «Юрист», 2003. С. 174—

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

orqali fuqaro yoki yuridik shaxsga zarar yetishi bilan mantiqan aloqadordir va ushbu munosabatlar ham fuqarolik-huquqiy tartibga solinishi bilan aynan bir xildir.

Fuqarolik kodeksining 15-moddasida Davlat organi yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi tomonidan qonunchilikka muvofiq bo'lmagan hujjat qabul qilinishi, shuningdek ular mansabdor shaxslarining g'ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararning o'rni davlat tomonidan yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi tomonidan qoplanishi lozim. Bunday zararning o'rni davlat organining budjetdan tashqari mablag'lari yoki fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining mablag'lari hisobidan qoplanadi. Davlat organi yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi bekor qilingan, ularning mablag'lari yetishmagan yoxud davlat organining budjetdan tashqari mablag'lari yoki fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining mablag'lari bo'lmagan taqdirda fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararning o'rni O'zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag'lari hisobidan qoplanadi.

Zarar qaysi davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining aybi bilan yetkazilgan bo'lsa, sudning qarori bilan zararning o'rnini qoplash ushbu organlar mansabdor shaxslarining zimmasiga yuklatilishi mumkinligi belgilangan10.

Aytish mumkinki, 15-moddasida davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining g'ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida fuqaro yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik nazarda tutilgan bo'lib, ushbu zararlar davlat yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi tomonidan qoplanishi kerakligi belgilangan. Ko'rib turganimizdek, davlat organlarining g'ayriqonuniy harakatlari bilan yetkazilgan zarar uchun davlatning o'zi, uning subyektlari, shuningdek, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari mulkiy javobgarlik subyekti bo'lib chiqmoqda.

Davlat organlarining javobgarligini belgilovchi qoidalar boshqa qonunchilik hujjatlarida ham mavjud. "Noqonuniy" deganda davlat organlari yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan o'z huquqlarini nomuvofiq (vakolatini buzib yoxud umuman vakolatsiz, qonunchilikka zid holda) tarzda amalga oshirishi natijasida vujudga keladigan harakatlar tushuniladi. Harakatsizlik esa tegishli davlat organi yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organiga yuklatilgan majburiyatlarni belgilangan muddat va tartibda bajarmaslikni nazarda tutadi (hujjatni qabul qilmaslik,

10 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 2-son

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

harakatlarni sodir etmaslik). Masalan, FK 380-moddasida va boshqa normalarda nazarda tutilgan bosh tortish harakatsizlikning ko'rinishlaridan biridir11.

FKning 990-moddasida Davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik nazarda tutilgan bo'lib, unga ko'ra, "Davlat organlarining, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining qonunga xilof qarorlari natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, ular mansabdor shaxslarining aybidan qat'i nazar, sudning qarori asosida qoplanishi lozim. Davlat organlari, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar sudning qarori asosida qoplanishi lozim hamda zarar ushbu Kodeksning 15-moddasida nazarda tutilgan tartibda qoplanadi12" - deb belgilangan. Ushbu moddaga ko'ra, yetkazilgan zarar sud qarori asosida to'lanishi belgilangan, bu esa deliktning ushbu turini o'ziga xos xususiyati Hisoblanadi. Binobarin, bunda zararni ixtiyoriy qoplashga yo'l qo'yilmaydi, javobgarlikni qo'llash masalasi albatta sud muxokamasining predmeti bo'lishi shart. Sud tartibi qonuniy va adolatli qaror qabul qilish va davlat mablag'laridan oqilona va maqsadli foydalanishni ta'minlaydi.

Davlat hokimiyati organlarining qonunga xilof qarorlari natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar bunday qarorlarni qabul qilgan mansabdor shaxslar aybidan qat'iy nazar sudning qarori bilan to'lanishi lozim.

Davlat hokimiyati organlari o'zlarining vakolatlarining bir qismini turli qarorlar (buyruqlar, qo'llanmalar, farmoyishlar va x.k.) qabul qilish (chiqarish) orqali amalg a oshiradilar. Qarorlar normativ yoki nonormativ (ya'ni individual huquqni qo'llash xarakteriga ega) bo'lishi mumkin. Bundan qat'iy nazar, qarorlar qonuniy, ya'ni amaldagi qonun hujjatlariga zid bo'lmasligi shart. Bunday qarorlar fuqarolar yoki yuridik shaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo'lishi ham mumkin. Binobarin, g'ayriqonuniy qarorlar qabul qilish natijasida fuqaro yoki yuridik shaxsga zarar yetsa, bunday zarar qaror qabul qilgan mansabdor shaxs aybidan qat'iy nazar, qoplanishi lozim. Buning uchun nizoning taalluqliligidan kelib chiqqan holda tegishli fuqarolik yoki iqtisodiy sudiga murojaat qilish talab etiladi. Qabul qilingan qarorning qonuniyligini isbotlash burchi uni qabul qilgan davlat organi zimmasiga yuklatiladi13.

11 O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga sharh 1-jild. X.R. Raxmonqulov, O.O. Oqyulov / Toshkent" "Vektor-PreSS", 2010. 815

12 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y

13 Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacHHHHr ^yrçapo^HK KogeKCura mapx: H^MHH mapxrap. T 3./Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu Ag^Hfl Ba3Hp^HrH. — TomKeHT: Baktria press, 2013. 800 6.

398

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" PF-60-sonli Farmonining 15-bandida ham Taraqqiyot strategiyasida adolat va qonun ustuvorligini ta'minlash bo'yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022-yilda: qarori, harakati (harakatsizligi) noqonuniy emasligini ma'muriy sudda isbotlash majburiyatini, uni qabul qilgan mansabdor shaxsning o'ziga yuklash tartibiga amal qilinishi qat'iy ta'minlash belgilab qo'yilgan14.

Davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar sud qarori asosida qoplanadi. Bunda zarar g'ayriqonuniy qaror qabul qilish orqali emas, balki g'ayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) sodir etish orqali yetkaziladi. Mansabdor shaxslarning harakatlari agarda xizmat vazifalarini bajarish bilan bog'liq bo'lsa, har doim huquqiy harakterga ega bo'ladi va demak huquqiy oqibatlar vujudga keltirad i (masalan, soliq xizmati tomonidan tadbirkorlik subyektini g'ayriqonuniy tekshirish).

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" PF-60-sonli Farmonining 2-ilovasida 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturida xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi kafolatlarini kuchaytirish, mulkiy, shu jumladan yer uchastkasiga bo'lgan huquqlarni so'zsiz ta'minlash Ustuvor yo'nalishida mulkiy, shu jumladan yer uchastkasiga bo'lgan huquqlar bilan bog'liq barcha ma'muriy hujjatlarni qat'iy ravishda faqat sud tartibida bekor qilish yoki haq iqiy emas deb topish amaliyotini, shuningdek, davlat idorasining rasmiy ma'lumotiga ishonib mol -mulk sotib olgan shaxsning huquqini himoya qilish tizimini joriy etish belgilangan15.

Maqolada mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini haqiqiy emas deb topishning fuqarolik-huquqiy tartibga solish asoslari va ularga yechimlari haqida huquqiy tahlilni davom ettiramiz.

1. O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksining 26-moddasi 4-qismida O'zaro bog'liq bo'lib, ba'zilari ma'muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo'yicha sudga taalluqli bo'lgan bir nechta talab birlashtirilgan taqdirda, barcha talablar fuqarolik ishlari bo'yicha sudda ko'rilishi lozimli belgilangan.

14 Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y.

15 Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 26-moddasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining ma'muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to'g'risidagi ishlar fuqarolik ishlari bo'yicha sudga taalluqli ish sifatida belgilangan.

Yuqoridagi normalardan kelib chiqib aytish mumkinki, Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini haqiqiy emasligi ma'muriy sudlar sudloviga taalluqli bo'lib, ularni bekor qilishda vujudga kelgan fuqarolik-huquqiy munosabatlar hal qilishda qonunchiligimizda bo'shliqlar mavjud hamda sohada amaliyot aniq yo'lga qo'yilmagan.

Shu sababli, Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini haqiqiy emas deb topishda hamda fuqarolik-huquqiy munosabatlar hal qilish chegarasini belgilash va ularni tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo'lar edi.

REFERENCES

1. "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni

2. "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni

3. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi

4. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

5. O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksi

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-sonli Farmoni

8. Маъмурий хукук ва процесс /С.А.Муратаев, Б.Т.Мусаев, Д.Р.Артиков /дарслик/. Тошкент: "Innovatsiya-Ziyo", 2020. 420

9. Erkin Xojiyev, To'lqin Xojiyev. Ma'muriy huquq. Darslik. —Т.: «Fan va texnologiya», 2008. —608 b.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

10. Козлов Ю.М. Административное право. Учебник. —2-е изд., перераб. и доп. —М.: «Юрист», 2003. С. 174—175.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

11. Fuqarolik huquqi: milliy g 'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi bakalavriat yo'nalishi talabalari uchun uslubiy qo'llanma / Topildiyev V.R., Jamolov N.K.; mas'ul muharrir O.Oqyulov. - Toshkent: MUMTOZ SO'Z, 2014.-192 b.

12. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga sharh 1-jild. X.R. Raxmonqulov, O.O. Oqyulov / Toshkent" "Vektor-PreSS", 2010. 815 b.

13. Узбекистан Республикасининг фукдролик кодексига шарх: Илмий шархлар. Т З./Узбекистон Республикаси Адлия вазирлиги. — Тошкент: Baktria press, 2013. 800 б.

14. Koryogdiyev, B. U. O. (2021). BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARINI QOLLASH FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VOSITASI SIFATIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(11), 211-225.

15. Корёгдиев, Б. У. У. (2022). ФУ^АРОЛИК-^У^У^ИЙ ШАРТНОМАЛАРНИНГ ЮРИДИК ФАКТ СИФАТИДАГИ ТАЛ^ИНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(7), 271-278.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.