Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA TURDOSH HUQUQLAR HIMOYASINING AYRIM MUAMMOLARI'

YANGI O‘ZBEKISTONDA TURDOSH HUQUQLAR HIMOYASINING AYRIM MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

33
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA TURDOSH HUQUQLAR HIMOYASINING AYRIM MUAMMOLARI»

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

YANGI O'ZBEKISTONDA TURDOSH HUQUQLAR HIMOYASINING

AYRIM MUAMMOLARI

N. X. Egamberdiyeva

TDTrU Yu.f.n, dotsent v.b.

Jaxongir Tavakkaljon o'g'li Kamoljonov

Toshkent davlat transport universiteti Iqtisodiyot fakulteti 3-kurs Yu-1 guruh

talabasi

kamolj onovj ahongir76@gmail .com

Intellektual mulk sohasida turdosh huquqlar tushunchasi katta ahamiyatga ega bo'lib turdosh huquqlar tushunchasi «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida» gi Qonunning 43-moddasida mustahkamlangan. Unga muvofiq, turdosh huquqlar deyilganda: birinchidan — agar ijro fonogrammaga yozilgan bo'lsa, quyidagi shartlardan biriga rioya etilgan taqdirda: fonogramma tayyorlovchi O'zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki O'zbekiston Respublikasi hududida manzilga ega yuridik shaxs bo'lsa; tayyorlovchining fuqaroligi yoki manzilidan qat'i nazar, fonogramma birinchi marta O'zbekiston Respublikasi hududida e'lon qilingan bo'lsa. Ikkinchidan, — fonogrammaga yozilmagan ijro efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning ko'rsatuvi yoki eshittirishiga kiritilgan bo'lsa, agar tashkilot O'zbekiston Respublikasi hududida manzilga ega bo'lib, efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud eshittirishni O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uzatuvchi apparatlar yordamida amalga oshirayotgan bo'lsa, ijrochining, dasturlar tayyorlovchining efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning mulkiy huquqlari va ijrochining shaxsiy nomulkiy huquqlari tushuniladi. [1] Turdosh huquqlar ob'ektlari — ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko'rsatuvlari yoki eshittirishlari intellektual ijodiy faoliyat natijalari jumlasiga kiradi. Bunda ijrochi deyilganida aktyor, xonanda, sozanda, raqqos yoki rol o'ynaydigan, kuylaydigan, o'qiydigan, ifodali o'qiydigan, raqsga tushadigan, talqin etadigan, musiqa asbobini chaladigan yoxud adabiyot yoki san'at asarini (shu jumladan estrada, sirk yoki qo'g'irchoqlar bilan amalga oshiriladigan chiqishlarni) yoxud xalq ijodiyoti asarini o'zgacha tarzda ijro etadigan boshqa jismoniy shaxs, shuningdek rejissyor tushuniladi. Turdosh

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

130

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

huquqlarning boshqa sub'ekti fonogrammani tayyorlovchi ijroning yoki boshqa ovozlarning birinchi ovozli yozuvi uchun tashabbus va mas'uliyatni o'z zimmasiga olgan yuridik yoki jismoniy shaxsdir. Fonogrammani tayyorlovchi bo'lmaganida fonogrammada va (yoki) fonogrammaning g'ilofida nomi ko'rsatilgan shaxs fonogrammani tayyorlovchi deb e'tirof etiladi. Ushbu ta'riflar artist-ijrochilarning, fonogrammalarni tayyorlovchilar va ko'rsatuvlar hamda eshittirishlar tayyorlovchi tashkilotlarning huquqlarini muhofaza qilish to'g'risidagi Rim Konvensiyasida ko'rsatilgan o'xshash ta'riflarga asoslangan. Xususan, «artist ijrochilar» deyilganida aktyorlar, xonandalar, sozandalar, raqqoslar va rol o'ynaydigan, kuylaydigan, o'qiydigan, ifodali o'qiydigan, adabiy yoki badiiy asarlarni ijro etadigan yoki ana shu asarlarning ijrosida boshqa bir tarzda ishtirok etadigan shaxslar tushuniladi misol uchun Rim Konvensiyasida, «Fonogramma tayyorlovchi» deyilganida, ijroning yoki boshqa ovozlarning birinchi ovozli yozuvini amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs tushuniladi. [2] Turdosh huquqlarning hosilaligi va mualliflik huquqlariga tobeligi ularning o'ziga xos xususiyatlaridir deyilgan. Turdosh huquqlar mualliflik huquqlariga tutash, yaqin va bog'liqdir. Turdosh huquqlar ish qonun bilan muhofaza qilinmaydigan asarlarga yoki ijodiy faoliyat natijasi bo'lmagan ob'ektga borib taqalgan taqdirdagina, mustaqil tusga ega bo'ladi. Fonogrammaga va bunday fonogrammaga yozilgan ijroga bo'lgan mutlaq huquq egalari o'z huquqlaridan xabardor qilish uchun turdosh huquqlarning muhofaza belgisidan foydalanishlari mumkin. Bunday belgi fonogrammaning har bir nusxasida va u saqlanadigan har bir g'ilofda aks ettiriladi. Mazkur belgi Rim Konvensiyasining 11-moddasida quyidagi ta'rif bilan belgilangan: «Ahdlashuvchi davlat o'zining ichki qonun hujjatlaridan kelib chiqqan holda fonogramma tayyorlovchilarning yoki ijrochi-artistlarning yoxud ular har ikkovining huquqlariga muhofaza berish sharti sifatida rasmiyatchiliklarga rioya etishni talab qilgan hollarda e'lon qilingan fonogrammalarning sotuvda mavjud bo'lgan barcha nusxalarida yoki ularning o'rovida ko'rsatilgan bo'lishi kerak:

U dastlab e'lon qilingan yilni; Fonogramma muhofaza qilinayotganligini aniq-ravshan ko'rsatadigan tarzda joylashtirilgan «R» belgisidan iborat yozuvga ega bo'lsa, rasmiyatchiliklarga rioya qilingan hisoblanadi. Agar fonogrammalarning nusxalarida yoki o'rovlarida fonogrammani tayyorlovchi yoki bunday faoliyat uchun ishlab chiqaruvchi tomonidan (o'z familiyasi, savdo markasi yoki boshqa tegishli belgisini ko'rsatish orqali) berilgan litsenziya egasi ko'rsatilmagan bo'lsa, yozuv fonogrammani tayyorlovchi

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

131

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

huquqlari egasining familiyasini ham o'z ichiga olishi kerak; boz ustiga, agar fonogrammalarning nusxalarida yoki o'rovlarida asosiy artist-ijrochilar ko'rsatilmasa, yozuv amalga oshirilgan mamlakatda bunday artist-ijrochilarning huquqlariga ega shaxsning familiyasi ham ko'rsatilishi kerak». Ijrochilik huquqlarini boshqa shaxsga o'tkazish to'g'risidagi shartnomalarda bo'lgani kabi ushbu shartnomalarda ham fonogrammani tayyorlovchiga quyidagilarga ruxsat berish shartnoma predmeti hisoblanadi: fonogrammani takrorlash (takrorlash huquqi); fonogrammaning asl nusxasi yoki nusxalarini sotish yoki mulk huquqini o'zgacha tarzda boshqa shaxsga o'tkazish yo'li bilan tarqatish (tarqatish huquqi); fonogrammani barchaning e'tiboriga etkazish (barchaning e'tiboriga etkazish huquqi); fonogrammaning asl nusxasi yoki nusxalarini, hatto ular fonogrammani tayyorlovchi tomonidan yoki uning roziligi bilan tarqatilganidan keyin hamda uning asl nusxasi yoki nusxalariga bo'lgan mulk huquqidan qat'i nazar, prokatga berish (prokatga berish huquqi); fonogrammaning asl nusxasi yoki nusxalarini, shu jumladan fonogrammaga bo'lgan mutlaq huquqlar egasining roziligi bilan tayyorlangan nusxalarini tarqatish maqsadida import qilish (import qilish huquqi); fonogrammani efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish (efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish huquqi); fonogrammaga tuzatishlar kiritish yoki uni boshqacha usulda qayta ishlash (qayta ishlash huquqi). Fonogramma nusxalarini prokatga berish orqali ularni tarqatish huquqini foydalanuvchiga o'tkazish faqatgina uning fonogrammani tayyorlovchi bilan tuzgan shartnomasiga binoan mumkin bo'ladi, bu o'rinda ana shu nusxalarga egalik huquqi kimga tegishli ekanligi ahamiyatsizdir. [3]

Mutlaq huquqlarga ega bo'lgan efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilot quyidagi huquqlarga ega: ko'rsatuv yoki eshittirish yozuvini takrorlash (takrorlash huquqi); ko'rsatuv yoki eshittirish yozuvining asl nusxasi yoxud nusxalarini sotish yoki mulk huquqini o'zgacha tarzda boshqa shaxsga o'tkazish yo'li bilan tarqatish (tarqatish huquqi); ko'rsatuv yoki eshittirish yozuvini barchaning e'tiboriga etkazish (barchaning e'tiboriga etkazish huquqi); ko'rsatuv yoki eshittirishni yozib olish (yozib olish huquqi); kirish pulli joylarda ko'rsatuv yoki eshittirishni barchaning e'tibori uchun yuborish (kirish pulli joylarda barchaning e'tibori uchun yuborish huquqi); ko'rsatuv yoki eshittirishni retranslyatsiya qilish (retranslyatsiya huquqi); ko'rsatuv yoki eshittirishni kabel orqali barchaning e'tibori uchun yuborish yoxud ko'rsatuv yoki eshittirishni efirga uzatish (ko'rsatuv yoki eshittirishni kabel orqali yuborish yoki efirga uzatish huquqi) mavjud. Efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning huquqlari, agar tashkilot O'zbekiston

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

Respublikasi hududida joylashgan eriga ega bo'lsa hamda efirga uzatish yoki kabel orqali yuborishni O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uzatgichlar yordamida amalga oshirayotgan bo'lsa, ushbu Qonunga muvofiq mazkur tashkilotga tegishli deb e'tirof etiladi. [4] Ijrochining huquqlari

birinchi yozuv yoki ijro (sahnalashtirish) paytidan e'tiboran 70 yil davomida amal qiladi. Ijrodan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat ijrochining ruxsati bilan yoki boshqa huquq egasi bilan tuzilgan shartnoma asosida uning ruxsati bilan yo'l qo'yiladi. Yangi tahrirdagi konstitutsiyaning 53-moddasida har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqiy kafolatlanishi, intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinishi belgilab qo'yildi. Bu borada ham so'nggi yillarda qator qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2022 yildagi PQ-221-son «Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida», O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 apreldagi PQ-221-son qaroriga 1-ilova 2022 — 2026 yillarda O'zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish STRATEGIYaSI va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.07.2022 yildagi PQ-307-son « 2022 — 2026 yillarda O'zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida» gi ko'plab qarorlar qabul qilishi hamda halqaro umume'tirof etilgan qonunlarni ratifikatsiya qilinishi yangi O'zbekistoning intellektual mulk sohasiga naqadar katta e'tibor berayotganligiga yaqqol dalil bo'lishi mumkin misol uchun: «Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Ijrolar va fonogrammalar bo'yicha shartnomasi» (Jeneva, O'zbekiston Respublikasi ushbu shartnomaga O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 fevraldagi O'RQ-519-sonli «Butunjahon intellektual mulk tashkilotining ijrolar va fonogrammalar bo'yicha shartnomasi» ga O'zbekiston Respublikasining qo'shilishi to'g'risida» gi qonuniga asosan qo'shilgan. O'zbekiston Respublikasi uchun 2019 yil 17 iyuldan kuchga kirgan); Inson tomonidan yaratiladigan ijodiy aqliy faoliyat mahsuli hisoblangan intellektual mulk aslida iqtisodiyot rivojlanishining tarkibiy qismlaridan biridir. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning deyarli barchasida intellektual mulk rivojiga katta e'tibor qaratilgani sababli ularning investitsiyaviy jozibadorligi yaxshilangan, intellektual mulkning ichki yalpi mahsulotdagi ulushi keskin ortgan. O'zbekistonda ham intellektual mulkka nisbatan qiymat sifatida qarash shakllanishi zarur. [5] Hozir O'zbekistonda intellektual mulk mamlakat iqtisodiyotida qancha foizni tashkil etishi, mualliflar qancha daromad olayotgani haqida statistik ma'lumotlar yuritilmaydi. Intellektual mulk sohasini

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

yanada takomillashtirish, shu jumladan, tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan zarur shart-sharoitlarni yaratish, intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini ta'minlash mamlakatning xalqaro maydondagi imidjini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Ushbu huquqni konstitutsiyaviy darajada e'tirof etmasdan turib esa samarali iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishni ta'minlash qiyin. Amaldagi qonunchilikka ko'ra O'zbekiston Respublikasida muallif hamda boshqa huquq egalarining manfaatlari "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida" gi Qonunga muvofiq himoya qilinadi. Ushbu Qonun xalqaro normalarga asoslangan bo'lib, butun dunyoda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar ob'ektlarining himoyasi shu tartibda amalga oshiriladi. Ushbu Qonunga ko'ra muallif asardan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanishda mutlaq huquqlarga ega. Yuridik va jismoniy shaxslar asardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkin. Ya'ni, siz biron-bir asardan foydalanishingiz uchun uning muallifi yoki boshqa huquq egalaridan rozilik olishingiz shart. Ushbu normaning asosiy maqsadi - ijodkorlarning huquqlarini himoya qilish, ularning sermahsul ijodiy faoliyatini davom ettirishiga ko'maklashish hisoblanadi. Chet el yuridik va jismoniy shaxslarining O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq O'zbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan turdosh huquqlari ham ushbu Qonunga binoan e'tirof etiladi. [6] Shuni nazarda tutish lozimki, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi intellektual mulk ob'ektlariga bo'lgan huquqlarni muhofaza qilish va himoya qilish sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organi bo'lib, Intellektual mulk agentligining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo'yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. [7]

Xulosa qilib shuni aytishimiz kerakki, hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk sohasida bir qator xalqaro qonun hujjatlar hamda konvensiyalarga qo'shilgan bo'lib bu hujjatlar orqali inson intellekti natijasida erishilgan moddiy va nomoddiy mulklar himoyasini ta'minlashga qaratilgan. Shu bilan birga jahon tajribasi va O'zbekiston qonunlari o'rganilganda kamchiliklar ham yo'q emas. Misol uchun, kontrabanda mahsulotlari noqonuniy davlat chegaralaridan o'tkazish uchun bojxona to'g'risidagi qonunlarda jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi ko'plab hujjatlar mavjud davlat ushbu protsessni tartibga soladi. Bizning fikrimizcha, hozirgi kunda chet davlatlar ijrolari va musiqalardan ko'chirib olingan intellektual mulk ob'ektlariga ham davlat nazoratini ta'minlash lozim, hozirgi qonunchiligimizda yuridik yoki jismoniy shaxs qachonki ariza bilan murojaat qilgandagina o'zining intellektual mulk

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

ob'ektlariga bo'lgan huquqlarini himoya qilishi mumkinligi nazarda tutilgan. Ushbu qonun hujjatlariga qo'shimcha sifatida davlat o'z tashabbusi bilan chet eldan kirib kelayotgan noqonuniy intellektual mulk ob'ektlarini himoya qilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi va intellektual mulk sohasini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan bo'lar edi deb hisoblaymiz.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi -T. 2023

2. Sh.M.Mirziyoev. Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi.-T. 2022.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi PF-269-sonli «Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida» Farmoni

4. Dadasheva A.A. INSON HUQUQLARI BO'YIChA XALQARO INSTITUTLAR (2023) Innovatsionnbie issledovaniya v sovremennom mire: teoriya i praktika 2 (17), 87-90

5. Kasimova A.A Роль женщины в современной науке Society and innovations/in Science LLC 8 (08/2023), 226-234

6. Egamberdieva N.X.. Delikt majburiyatlarning xuquqiy tabiyati O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o'quv kurslari AXBORATNOMASI

7. Inagamova M.M Ayol huquqlarini himoya ilishda ichchki ishlar organlari ishtirokining huquqiy mexanizlarini takomillashtirish Scienceweb academic papers collection

8. Sharifovna, Y. N. (2021). Theoretical Fundamentals of Spiritual Culture Research. American Journal of Social and Humanitarian Research, 2(9), 111-115.

9. Dadasheva A.A. Davlat xizmatini isloh qilish sharoitida hokimlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari - Academic research in educational sciences, 2022

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

135

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.