Научная статья на тему 'FUQAROLIK HUQUQIY MUNOSABATLARDA INTELLEKTUAL MULK MASALASI'

FUQAROLIK HUQUQIY MUNOSABATLARDA INTELLEKTUAL MULK MASALASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
119
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
fuqarolik huquqiy munosabatlar / iqtisodiy tizim / huquq / mulkchilik shakllari / mulkchilik munosabatlari / davlat / tasarruf / xususiy mulk / mulkdor / ob‘ekt / intellektual mulk huquqi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sharifjon Shokiraliyevich Xudoyberganov, Elyor Shavkatovich Oripov

Ushbu maqolada quyidagi masalalar huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Bozor munosabatlari sharoitida mulkiy huquqlar mazmunining o‘zgarishi, mulk ob‘yektlari doirasining kengayishi, mamalakat iqtisodiy barqarorligi, bu sohada yangi zamonaviy yondashuvlar zaruriyati. Huquqiy asoslarining yaratilishi. Yangicha huquqiy ong va huquqiy tafakkurga ehtiyoj. Intellektual mulk tushunchasi, mazmunmohiyati, amaliy ahamiyati, jamiyat iqtisodiy rivojlanishidagi o’rni.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FUQAROLIK HUQUQIY MUNOSABATLARDA INTELLEKTUAL MULK MASALASI»

FUQAROLIK HUQUQIY MUNOSABATLARDA INTELLEKTUAL MULK

MASALASI

Sharifjon Shokiraliyevich Xudoyberganov Elyor Shavkatovich Oripov Qo'qon DPI

Annotatsiya: Ushbu maqolada quyidagi masalalar huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Bozor munosabatlari sharoitida mulkiy huquqlar mazmunining o'zgarishi, mulk ob'yektlari doirasining kengayishi, mamalakat iqtisodiy barqarorligi, bu sohada yangi zamonaviy yondashuvlar zaruriyati. Huquqiy asoslarining yaratilishi. Yangicha huquqiy ong va huquqiy tafakkurga ehtiyoj. Intellektual mulk tushunchasi, mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati, jamiyat iqtisodiy rivojlanishidagi o'rni.

Kalit so'zlar: fuqarolik huquqiy munosabatlar, iqtisodiy tizim, huquq, mulkchilik shakllari, mulkchilik munosabatlari, davlat, tasarruf, xususiy mulk, mulkdor, ob'ekt, intellektual mulk huquqi

THE ISSUE OF INTELLECTUAL PROPERTY IN CIVIL LEGAL

RELATIONS

Elyor Shavkatovich Oripov Sharifjon Shokiraliyevich Xudoyberganov

Kokand SPI

Abstract: This article analyzes the following issues from a legal point of view. Changes in the content of property rights in the conditions of market relations, the expansion of the range of property objects, the economic stability of the country, the need for new modern approaches in this area. Creation of legal bases. The need for a new legal consciousness and legal thinking. The concept of intellectual property, its essence, practical importance, its place in the economic development of society.

Keywords: civil legal relations, economic system, law, ownership forms, ownership relations, state, disposal, private property, owner, object, intellectual property rights

Kirish. Bugumgi kunda, mamalakatimiz iqtisodiy tizimi tubdan takomillashib bormoqda. Uning huquqiy asoslari yaratilishi jarayonida mulk shakllari va mulkchilik munosabatlari o'zgardi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarilishi, xususiy mulk va mulkdorlar sinfining shakllanishiga olib keldi. Jumladan, mulkiy huquqlar mazmunining o'zgarishi, mulk ob'ektlari doirasining kengayishiga imkon yaratdi.

Natijada, yangi bir tizim - intellektual mulk huquqi oilasi paydo bo'ldi va uning huquqiy asoslari yaratildi. Buning kafolati sifatida, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, "Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi" deb belgilandi[1.14 b.] Bozor iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi va uni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri sifatida intellektual mulkni rivojlantirish, uning muhofazasini ta'minlashda huquqiy asoslarini yaratish, xalqaro xamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish mamlakatni rivojlantirishda muhim yo'nalishlardan biri etib belgilandi. Ushbu sohada, eng avvalo, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatishga muhim e'tibor qaratildi.

Asosiy qism. Fuqarolik huquqiy munosabatlarni amalga oshishida intellektual mulk huquqi tushunchasini fuqarolar ongiga yetkazish, uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ochib berish muhim masaladir. Bu borada malakali huquqshunos olimlar, B.Toshev, O.Oqyulov, I.Zokirov, H.PycraMÔeKOB, N.Raxmonqulova, A.Ramatov va boshqalar alohida o'ringa ega.

"Intellektual mulk huquqi O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy salohiyatini kuchaytirish, uni ilmiy-texnikaviy qudratini mustahkamlash, turli mamlakatlar bilan madaniy ma'rifiy hamkorlikni amalga oshirishga ko'maklashuvchi huquqiy negiz hisoblanadi"[2.3.b]. Shuningdek, ijodiy faoliyatning moddiy yoki g'oyaviy ko'rinishdagi natijalari va ulardan foydalanish bilan bo'liq bo'lgan mulkiy huquqlar maj muidir"[3.172.b].

Bu mulk huquqi sof moddiy mulk huquqidan farqli ravishda jamiyatning iqtisodiy, hamda ma'naviy turmushida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Professor I.B.Zokirovning Fuqarolik huquqi asarida [4.13.b] "Intellektual faoliyat ijodiy faoliyat hisoblanib, bu kundalik hollarda aqliy mehnat kishilari, yozuvchilar, shoirlar, oimlar, rassomlar, injinerlar, tehnologlar va boshqalarning faoliyati mahsulidir" deyiladi. Bu natijalar o'zining yangiligi, yoki o'ziga hosligi (original), takrorlanmas (unikal) belgilariga ega bo'ladi. Ma'lumki, insonning intellektual faoliyat natijalari, ularni yaratilish jarayoni va o'z hususiyati jihatidan odatdagi foydalanib kelinayotgan ashyolardan farq qiladi. Shuning uchun ham ular fuqarolik huquqiy munosabatlarida o'ziga hos mulk ob'ekti sifatida huquqiy muhofaza talab etadi. Huquqiy normalarda bu obe'ktlarning ifodalanishi nazariya, g'oya, nomoddiy ko'rinishda qayt qilinsada, kishilar tomonidan obe'ktiv mavjudligi anglanadi. Shuning uchun ham obe'ktiv shaklda ifodalanigan g'oya, bilim moddiy eltuvchida, moddiy ifodada, masalan: chizma, maket, apparat, qurilmada mujassamlashgan bo'lishi mumkin. Biroq bunda g'oya birlamchi, moddiy asos esa ikkilamcni vazifani bajaradi. Bundan kelib chiqadiki, g'oya, nazariya shaklidagi intellektual mulk ob'ektlariga nisbatan odatdagi moddiy ashyolarga nisbatan egalik qilinganidek, qoidalar qo'llanilavermaydi. Intellektual mulk obekti fuqarolik huquqining muhum institutini tashkil qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 1031 moddasidan -1111 moddasigacha belgilangan normalarda intellektual mulk va va uning huquqiy maqomi belgilab qo'yilgan.[5.76.b]

Ushbu qonunning 1031-moddasiga ko'ra, intelektual faoliyat natijalariga quyidagilar kiradi:

1. Intellektual faoliyat natijalari:

- fan, adabiyot, san'at asarlari,eshittirish va ko'rsatuv;

- tashkilotchilarining ijodlari, fonogrammalar va eshittirishlar, ko'rsatuvlar;

- electron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma'lumot bazalari;

- integral mikrosxemalar topologiyalari, ixtirolar, foydali modellar;

- sanoat namunalari;

- seleksiya yutuqlari;

- oshkor etilmaganahborot, shu jumladan tijorat sirlari;

2. Fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining tovarlar, xizmatlarni xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalari:

- firma nomi;

- tovar belgilari;

- tovar ishlab chiqariladigan joy nomi;

Yuqorida ko'rsatilgan mulk ob'ektlarini ximoyalash jarayonida quyidagi tushunchalarni bilib olish zarur deb o'ylaymiz. Aytib o'tilganidek, intellektual mulk ob'ektlari ustivorlikda g'oya, bilim, axborot shaklida namoyon bo'ladi. Bu ob'ektlardan shahs va jamiyat iqtisodiy manfaatdorligi yo'lida bir vaqtning o'zida cheksiz kishilar foydalanishlari mumkin. Shuning uchun ham, ularga mulk huquqining bemuddatligi xaqidagi qoida qo'llanilmaydi.[6..468.b] Balki, amal qilish muddati, uni ijtimoiy mullkka aylanib ketish davrigacha qoida tariqasida belgilab qo'yiladi.

Belgilangan muddat o'tishi bilan,intellektual mulk egasining mulkka bo'lgan huquqlari bekor qilinadi. Natijada, asar ijtimoiy mulkka aylanadi. Masalan "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi qonunning 38-moddasiga ko'ra mualliflik huquqi muallifning (hammuallifning) butun xayoti davomida va u vafot etgach, keying yilning 1-yanvaridan boshlab 50 yil davomida amal qiladi. Ushbu qoida boshqa intellektual mulk turlariga ham o'z huzusiyatidan kelib chiqib qo'llaniladi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, Bugungi kunda intellektual mulk o'bektlarining huquqiy maqomi, mulk ob'ektlariga nisbatan qonuniy egalarining vakolatlari hajmi va mazmuni qonunchilikda kengayib, mustahkamlanib bormoqda. Buning yaqqol misoli sifatida yangilanayotgan konstitutsiyaviy normalar qatorida intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinishi kafolatlab qo'yilmoqda. Shuning

uchun ham, mavjud qonun me'yorlari mazmun-mohiyatini teran anglab yetish zarur ahamiyatga egadir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: 2023. -14 b

2. Oqyulov.O. Intelleklual mulk huquqiy maqomining nazariy va amaliy muammolari.-T.:2024.-3.b

3. Yuridik atamalar qomusiy lug'ati.-T.: 2003.-172 b

4. Zokirov. I.B. Fuqarolik huquqi.-T.: 1996.35-b

5. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. - T.:14.07.2022-b. 468

6. O'zbekiston Respublikasi "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarto'g'risida"gi qonun // 2006-yil 20-iyul, Halq so'zi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.