Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING INTELLEKTUAL MULK MUHOFAZASI BO‘YICHA BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING INTELLEKTUAL MULK MUHOFAZASI BO‘YICHA BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1037
161
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
intellektual mulk muhofazasi / Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) / SIZAK / Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash markazi (TIQQM) / Intellektual mulkni rivojlantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi. / intellectual property protection / World Intellectual Property Organization (WIPO) / SIZAK / Technology and Innovation Support Center (TIQQM) / National Strategy of the Republic of Uzbekistan in the field of intellectual property development.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ismoilov, Shahboz Baxtiyorjon O‘g‘li

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk muhofazasi bo‘yicha Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi, uning rivojlanib borishi hamda o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar tahlil etilgan. Shuningdek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan intellektual mulk muhofazasini ta’minlashda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar va uning tahliliga to‘xtalib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COOPERATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN WITH THE WORLD INTELLECTUAL PROPERTY ORGANIZATION FOR INTELLECTUAL PROPERTY PROTECTION

This article analyzes the formation, development and cooperation of the Republic of Uzbekistan with the World Intellectual Property Organization in the field of intellectual property protection. He also touched upon the measures taken by the Republic of Uzbekistan in recent years to further expand cooperation with the World Intellectual Property Organization in the field of intellectual property protection and its analysis.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING INTELLEKTUAL MULK MUHOFAZASI BO‘YICHA BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING INTELLEKTUAL MULK MUHOFAZASI BO'YICHA BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI

Ismoilov Shahboz Baxtiyorjon o'g'li

Toshkent davlat yuridik univesiteti magistranti

Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk muhofazasi bo'yicha Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlik aloqalarining yo 'lga qo 'yilishi, uning rivojlanib borishi hamda o 'zaro hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar tahlil etilgan. Shuningdek, so'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasi tomonidan intellektual mulk muhofazasini ta'minlashda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikni yanada kengaytirish bo'yicha belgilangan chora-tadbirlar va uning tahliliga to 'xtalib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: intellektual mulk muhofazasi, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT), SIZAK, Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash markazi (TIQQM), Intellektual mulkni rivojlantirish sohasida O'zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi.

В данной статье проводится анализ становления, развития и сотрудничества Республики Узбекистан со Всемирной организацией интеллектуальной собственности в сфере защиты интеллектуальной собственности. Он также коснулся мер, предпринимаемых Республикой Узбекистан в последние годы по дальнейшему расширению сотрудничества со Всемирной организацией интеллектуальной собственности в сфере защиты интеллектуальной собственности и ее анализа.

Ключевые слова: защита интеллектуальной собственности, Всемирная организация интеллектуальной собственности (ВОИС), СИЗАК, Центр поддержки технологий и инноваций (TIQQM), Национальная стратегия Республики Узбекистан в области развития интеллектуальной собственности.

Mustaqillikka erishganimizdan so'ng Respublikamizda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa barcha sohalarda keng miqyosda islohotlar amalga oshirishga kirishildi. Bunda ushbu islohotlari amalga oshirishda asos bo'lib xizmat qilivchi milliy qonunchilik asoslarini yaratish, ushbu sohalarni rivojlantirishning uzoq

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

muddatli istiqbollarini belgilash bilan bir qatorda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatishga katta e'tibor qaratildi.

O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov ta'kidlaganidek, mustaqillikning dastlabki vaqtlaridanoq xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish O'zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan birini tashkil etdi1.

Bozor iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi va uni rivojlantirishning asosiy omillarida biri sifatida intellektual mulkni rivojlantirish, uning muhofazasini ta'minlashda huquqiy asoslarni yaratish, xalqaro hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish mamlakatni rivojlantirishda muhim yo'nalishlardan biri etib belgilandi. Ushbu sohada, eng avvalo, Butunjahon intellekual mulk tashkiloti bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatishga muhim e'tibor qaratildi. O'zbekiston Respublikasi 1991-yilning o'zidayoq Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga a'zo bo'lib kirdi. Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) intellektual mulk (IP) xizmatlari, siyosati, axborot va hamkorlik sohasidagi global forumdir. BIMT Birlashgan Millatlar Tashkilotining o'z-o'zini moliyalashtiruvchi tuzilmasi bo'lib, unga 193 davlat hisoblanadi2. BIMT 1970-yil 26-aprelda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti konvensiyasi (1967-yil 14-iyul, Stokgolm) kuchga kirgandan so'ng tashkil etilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekiston Respublikasi mazkur tashkilotga a'zo bo'lib kirgach intellektual mulkning turli yo'nalishlari bo'yicha hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishga kirishildi. O'tgan davr mobaynida O'zbekiston BIMTning 20 ga yaqin shartnomalarini ratifikatsiya qilgan:

Butunjahon intellektual mulk tashkilotini ta'sis etish Konvensiyasi;

Sanoat mulkini muhofaza qilish to'g'risidagi Parij konvensiyasi;

Patent kooperatsiyasi to'g'risidagi shartnoma;

Tovar belgilari bo'yicha qonunchilik to'g'risidagi shartnoma;

Patent jarayondari maqsadlari uchun mikroorganizmlarni deponenlashtirishni tan olish to'g'risidagi Budapesht shartnomasi;

Xalqaro patent klassifikatsiyasi to'g'risidagi Strasburg bitimi;

Belgilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun tovar va xizmatlarning xalqaro klassifikatsiyasi to'g'risidagi Nitssa bitimi;

O'simliklarning yangi navlarini muhofazalash bo'yicha Konvensiya;

1 Karimov I.A. Yangicha ishlash va fikrlash - davr talabi. T.5. - T.: "O'zbekiston", 1997. - B. 61-bet.

2 https ://www.wipo. int/about-wipo/en/

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish to'g'risidagi Bern konvensiyasi;

Sanoat namunalarining xalqaro klassifikatsiyasini ta'sis etish to'g'risidagi Lokarno bitimi;

Patent qonunlari to'g'risidagi shartnoma;

Belgilarni xalqaro ro'yxatga olish to'g'risida Madrid Bitimiga Bayonnoma;

Mualliflik huquqi bo'yicha shartnoma;

Ijrolar va fonogrammalar bo'yicha shartnoma;

Ko'zi ojiz, ko'rishda nuqsoni bo'lgan va bosma axborotni idrok etishda boshqa jihatdan qobiliyati cheklangan shaxslarning nashr etilgan asarlardan foydalanishini yengillashtirish to'g'risidagi Marokash shartnomasi3.

O'zbekiston Respublikasi mazkur shartnoma va konvensiyalarni ratifikatsiya qilish asnosida ularning talab va tavsiyalaridan kelib chiqqan holda turli intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilishga qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan hamda ilgari qabul qilinganlari milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda ushbu shartnoma va konvensiyalarga muvofiqlashtirilgan. Bularga misol sifatida "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi qonun, "Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida"gi qonun, "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida"gi qonun, "Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma'lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to'g'risida"gi qonun, "Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to'g'risida"gi qonun va boshqalarni ko'rsatishimiz mumkin.

O'zbekiston BIMTga a'zo bo'lgach o'zaro aloqalar yildan-yilga rivojlanib bordi. O'zbekiston vakillari BIMT tomonidan tashkil etilgan bir qator xalqaro konferensiyalarda ishtirok etdilar. Shuningdek, BIMTning vakillari O'zbekistonga tashrif buyurib, o'zaro hamkorlikda Toshkent va boshqa shaharlarda konferensiya va anjumanlar tashkil etildi. Xususan, 1996-yilda BIMT Bosh direktori Arpad Bogsha va 2000-yilda Kamil Idris boshchiligida BIMT Xalqaro byurosi vakillarining rasmiy tashrifi davomida O'zbekistonning davlat patentlash va litsenziyalash siyosatini amalga oshirishdagi nufuzi va mavqeyi rasman tan olindi. Buning yorqin misoli sifatida jahondagi davlatlar rahbarlari ichida birinchilardan bo'lib O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov milliy patentlash tizimini shakllantirish va rivojlantirishdagi ulkan hissasi, ixtirochilik faoliyatidagi ko'magi hamda mamlakatimizning sanoat mulk obyektlarini xalqaro patentlash huquqiy

3 https://ima.uz/uz/services/idoralararo-hamkorlik/

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

jarayonlaridagi faol ishtiroki uchun Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Katta oltin medali bilan mukofotlandi4.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 24-maydagi PQ-1536-son Qaroriga asosan Intellektual mulk agentligi tashkil etilgach, BIMT bilan hamkorlik aloqalari yanada jadallashdi. BIMT va Agentlik o'rtasida turli anjuman va seminarlar tashkil etildi.

Xususan, 2012 yil 3-4 aprelda Toshkent shahrida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) tomonidan Mualliflar va bastakorlar jamiyatlari xalqaro konfederatsiyasi (SIZAK) va O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning himoyasi va mulkiy huquqlarni jamoatchilik asosida boshqarish" mavzusidagi subregional seminari o'tkazildi. Ushbu tadbir 26-aprelda nishonlanadigan Butunjahon intellektual mulk kuniga bag'ishlangan. Seminarda quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

BIMTning mualliflik huquqlari va mulkiy huquqlarni jamoatchilik asosidaboshqarish sohasidagi faoliyati; mualliflarning mulkiy huquqlarini jamoatchilik asosida boshqarish va Mualliflar va bastakorlar jamiyatlari xalqaro konfederatsiyasi (SIZAK)ning roli;

foydalanuvchilar bilan muzokaralar olib borish va litsenziya bitimlarini tuzish tajribasi;

mulkiy huquqlarni jamoatchilik asosida boshqarish bo'yicha tashkilotlarni tashkil qilish va faoliyatini olib borishning huquqiy jihatlari va boshqa masalalar.

Seminar ishida BIMT va SIZAK vakillari, Rossiya, Ruminiya, Moldova, Qozog'iston, Qirg'izston, O'zbekistonning mulkiy huquqlarni jamoatchilik asosida boshqarish bo'yicha tashkilotlari, va shuningdek, respublikaning soliq va sud organlari, efir va kabel ko'rsatish va eshittirish tashkilotlari vakillari, asarlar mualliflari, ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va boshqa manfaatdor shaxslar qatnashdilar.

2013-yil 1-mayda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti va O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan tashkil etilgan Patent kooperatsiyasi shartnomasi (RST) tizimi bo'yicha Milliy seminar o'tkazildi. Seminar ishi jarayonida BIMT vakili va Agentlik mutaxassislari tomonidan xalqaro talabnomalarni tuzish, topshirish va ko'rib chiqish (PCT-SAFE namoyishi), xalqaro patent qidiruvi, xalqaro dastlabki ekspertizasi, RST talabnomalarini elektron yo'l

4 Intellektual mulk huquqi: rivojlantirish istiqbollari / Ma'sul muharrir: A. G'afurov. -T.: "Adolat", 2012. 68-bet.

386

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

bilan topshirish, talabnoma beruvchilar uchun xizmatlar (ePCT) va RST bo'yicha axborot resurslari masalalari muhokama qilindi5.

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) va O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi o'zaro hamkorlikda 2014-yilning 20-23-may kunlari "Oliy o'quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida intellektual mulk" mavzusida, 2015-yilning 12-15-may kunlari "Tovar belgilarining huquqiy muhofazasi masalalari va belgilarni ro'yxatga olishning Madrid tizimi" mavzusida, 2016-yilning 12-15-may kunlari "Innovatsiya va intellektual mulk" mavzusida va boshqa qator mavzularda turli darajadagi seminar va uchrashuvlar o'tkazildi.

Agentlik vakillari 2017-yilda Jeneva shahrida o'tkazilgan BIMTga a'zo davlatlar vakillarining Assambleya yig'ililishida ishtirok etdilar. Mazkur yig'ilish doirasida agentlik vakillari BIMT bosh direktori F.Garri bilan uchrashdilar. F.Garri O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, O'zbekistonning BIMT faoliyatidagi sezilarli ishtirokini ta'kidladi. Shuningdek, agentlik mutaxassislarining malakasini oshirish masalalarida zaruriy yordam ko'rsatishga va'da berdi. Mazkur uchrashuvda erishilgan o'zaro kelishuvga muvofiq 2017-yil 6-oktyabrda O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi va Jahon intellektual mulk tashkiloti o'rtasida "O'zbekiston Respublikasida texnologiyalarni va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash markazlarini tashkil etish to'g'risidagi memorandum" imzolandi. Ushbu kelishuvda o'zaro hamkorlikda texnologiyalarni va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash markazlarini tashkil etish belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi "Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3365-son Qaroriga asosan Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda texnologiyalar va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash markazlari tarmoqlarini tashkil etish bo'yicha chora-tadbirlar belgilangan.

Ushbu Memorandumga muvofiq 2017-yildan davomida Agentlikning Intellektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o'quv markazi "IP-CENTER" DUK tomonidan respublikamiz Oliy o'quv yurtlari va Fanlar Akademiyasi ilmiy-tekshirish institutlarida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash markazlari (Markaz) tashkil qilib kelmoqda.

Hozirgi kunga kelib respublikamizda jami 9 ta, jumladan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Akademik S.Yu. Yunusov nomidagi O'simlik moddalari kimyosi instituti, Berdaq nomidagi

1 https://ima.uz/uz/nashrlar/yillik-hisobot/

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Qoraqalpog'iston Davlat universiteti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, Farg'ona davlat universiteti, "Fizika-quyosh" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Fizika texnika instituti, Jizzax politexnika instituti, Namangan muhandislik texnologiya instituti va Andijon davlat universiteti qoshlarida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash markazlari tashkil etilgan6

Mazkur mazkazlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

- ixtirolar va foydali modellar bo'yicha patent olish, jumladan RST protsedurasi bo'yicha patentlarni xalqaro muhofaza qilishga ko'maklashish;

- ilmiy-texnik axborotlardan, jumladan intellektual mulk sohasidagi ixtisoslashtirilgan ma'lumotlar bazalaridan samarali foydalanish, innovatsion faoliyat yurituvchi xo'jalik sub'ektlari va individual ixtirochilarga IMA hamda BIMTning patent va nopatent axborot resurslari, shuningdek, boshqa axborot resurslariga kirish imkoniyatiga erishishda yordam ko'rsatish orqali mamlakatning innovatsion tarqqiyotiga xizmat qilish;

- intellektual faoliyat natijalarini yaratishni va ulardan samarali foydalanishni rag'batlantirish;

- intellektual mulk natijalaridan foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish nazariyasi hamda amaliyotining dolzarb masalalariga bag'ishlangan ilmiy-amaliy konferentsiyalar va o'quv seminarlari tashkil etish, ularga tayyorgarlik ko'rish hamda o'tkazishda, shuningdek, intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi asoslari to'g'risdagi ilmiy-uslubiy va axborot materiallarini tarqatishda ishtirok etish orqali jamiyatda innovatsion faoliyatni targ'ib qilish va ommalashtirish;

- huquqiy muhofazaga ega bo'lgan intellektual mulk ob'ektlarini ularni xalqaro bozorga kiritish bilan birga kelgusida kommertsializatsiya qilish maqsadida texnologiyalar transferini amalga oshirishda ko'mak ko'rsatish.

Bugungi kunda mazkazlar belgilangan ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda faoliyat yuritib kelmoqda. Birgina Guliston davlat universitetida tashkil etilgan texnologiyalar va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash markazida 2021-yilning 11 oyi mobaynida TIQQM tomonidan 7 ta patent olishga, 35 ta talabnoma topshirishga ko'maklashilgan. Shuningdek, xorijiy ilmiy jurnallarda 190 dan ortiq maqolalar chop etilgan. Universitet ilmiy bo'limi bilan hamkorlikda TIQQM 2021 yilda 10 dan ortiq tadbirlarni tashkil etib, 700 nafardan ortiq yoshlar qamrab olingan7.

6 https://ima.uz/uz/exhibition/rahbariyatning-chiqish-va-bayonnomalari/

7 https://guldu.uz/uz/universitet/tuzilma/markazlar/innovation-support-center/18596-texnologiyalar-va-innovatsiyalarni-qollab -quvvatlash-markazi. html

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Keltirib o'tilgan ushbu raqamlar markalar tashkil etishda BIMT hamkorlik qay darajada samarali ahamiyat kasb etganini ko'rsatadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-fevraldagi "Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4168-son Qaroriga asosan tasdiqlangan "yo'l xaritasi"da Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikni yanada kengaytirish vazifasi qo'yilgan. Xususan, quyidagi masalalar bo'yicha BIMT bilan hamkorlikni amalga oshirish chora-tadbirlari belgilangan:

- "Tashkent Law Spring" xalqaro yuridik forumi doirasida intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilishning dolzarb tendensiyalarini muhokama qilish;

- Xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar, BIMTning texnik qo'llanmalari va ilmiy kitoblarini tarjima qilish va moslashtirish bo'yicha BIMTning texnik ko'magini oshirish;

- Intellektual mulk, shu jumladan uning huquqiy himoyasi sohasidagi milliy mutaxassislarni JIMTning shtab-kvartirasiga stajirovkaga yuborish;

- Jamiyatda intellektual mulk obyektlariga bo'lgan huquqqa nisbatan hurmat bilan qarash madaniyatini shakllantirishga qaratilgan targ'ibot choralari va ishlarini o'tkazish.

Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash yuzasidan Intellektual mulk agentligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Masalan, 2019-yil 11-12-sentyabr kunlari Agentlik tomonidan BIMT bilan hamkorlikda "Intellektual mulkka nisbatan hurmat munosabatini oshirish" mavzusida seminar tashkil etildi. Mazkur seminarda BIMT, Estoniya, Belgiya va boshqa davlatlardan vakillar ishtirok etishdi. Ushbu seminar davomida intellektual mulk obyektlariga nisbatan hurmat bilan qarash madaniyatini shaktlantirish va oshirishning konsepsual asoslari, mazkur sohada BIMTning tutgan roli, intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha xalqaro hamkorlik va bu boradagi rivojlangan davlatlarning tajribasi muhokama qilindi. Seminar yakunida "Intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha bo'yicha strategik hamkorlik" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-yanvardagi "Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4965-son Qaroriga asosan Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda "Intellektual mulkni rivojlantirish sohasida O'zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi"ni ishlab chiqish belgilangan.

Ushbu milliy strategiyani qabul qilish qilishdan maqsad intellektual mulk sohasini rivojlantirishning keyingi yo'nalishlarini va intellektual mulk tizimidagi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

manfaatdor davlat tashkilotlari, ularning vazifalari va vakolatlarini belgilash, shuningdek, alohida e'tiborga molik asosiy muammolarni ochib berishdan iboratdir. Strategiya vazifalari quyidagilardan iborat:

intellektual mulk sohasini rivojlantirish masalasiga tizimli yondoshuvni va muammoli masalalarning bartaraf etilishini ta'minlash;

davlat idoralarining o'zaro hamkorligini kuchaytirish, jumladan, intellektual mulk borasidagi qonunchilikni bir xilda talqin etilishi borasida; qatnashuvchi tomonlarning mas'uliyatini oshirish;

ilmiy-texnik ijodkorlik va innovasion fikrlash tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoit yaratish;

qatnashuvchi barcha tomonlarda intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini shakllantirish.

Bugungi kunda ushbu vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida BIMT bilan hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilgan bo'lib, milliy strategiyani ishlab chiqish bo'yicha tegishli ishlar amalga oshirililmoqda.

Xulosa qilib aytganda, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlik munosabatlari O'zbekistonda intellektual mulk muhofazasini ta'minlash, uning huquqiy asoslarini yaratish hamda ushbu sohada davlat boshqaruvini takomillashtirib borilishida muhim ahamiyat kasb etdi. O'zbekiston tomonidan BIMTning 20 ga yaqin xalqaro konvensiya va shartnomalari ratifikatsiya qilindi. Mazkur xalqaro hujjatlar asosida intellektual mulkni tartibga solish, uning huquqiy muhofazasini ta'minlashga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi va BIMTning taklif va tavsiyalari asosida takomillashtirib borildi. Bu esa intellektual mulk huquqining buzilishining oldini olish, intellektual mulk subyektlarining buzilgan huquqlarini tiklashda muhim rol o'ynadi. Shuningdek, O'zbekiston tarafi tashabbusi bilan BIMT bilan hamkorlikda turli tadbir va konferensiyalar tashkil etildi. Amalga oshirilgan ushbu chora-tadbirlar xalqaro hamjamiyat ko'z o'ngida O'zbekiston mavqeyini oshirib, intellektual mulk sohasida boshqa tashkilotlar va davlatlar bilan hamkorlik aloqalarining o'rnatilishiga imkon yaratdi.

REFERENCES

1. Karimov I.A. Yangicha ishlash va fikrlash - davr talabi. T.5. - T.: "O'zbekiston", 1997. - B. 61-bet;

2. Intellektual mulk huquqi: rivojlantirish istiqbollari / Ma'sul muharrir: A. G'afurov. -T.: "Adolat", 2012. 68-bet;

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3. Интеллектуал мулк хукукининг долзарб муаммолари / хорижий экспертлар иштирокида (видеоконференция шаклида) Республика илмий-амалий конференция материаллари туплами. - Т.: ТДЮУ, 2020. - 336 бет;

4. Интеллектуал мулк. Дарслик. Масъул мухаррирлар: ю.ф.д., проф., О.Окюлов, ю.ф.ф.д. (PhD), доцент Н.Э.Гафурова // Муаллифлар жамоаси. -Т.: ТДЮУ нашриёти, 2019. - 588 бет.

5. Рустамбеков И.Р., Мусаев С.Ф. Международное авторское и патентное право. - Т.: ТГЮУ, 2016. - 280 стр.

1. https://lex.uz/

2. https://www.wipo.int/about-wipo/en/

3. https://ima.uz/uz/services/idoralararo-hamkorlik/

4. https://ima.uz/uz/nashrlar/yillik-hisobot/

5. https://ima.uz/uz/exhibition/rahbariyatning-chiqish-va-bayonnomalari/

6. https://guldu.uz/uz/universitet/tuzilma/markazlar/innovation-support-center/18596-texnologiyalar-va-innovatsiyalarni-qollab-quvvatlash-markazi.html

Foydalanilgan internet manbalari:

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.