Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA MAHALLIY IJRO HOKIMIYATI ORGANLARI FAOLIYATINING ASOSIY YO‘NALISHLARI'

YANGI O‘ZBEKISTONDA MAHALLIY IJRO HOKIMIYATI ORGANLARI FAOLIYATINING ASOSIY YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

64
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA MAHALLIY IJRO HOKIMIYATI ORGANLARI FAOLIYATINING ASOSIY YO‘NALISHLARI»

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

YANGI O'ZBEKISTONDA MAHALLIY IJRO HOKIMIYATI ORGANLARI FAOLIYATINING ASOSIY YO'NALISHLARI

Aqida Abdujabbarovna Dadasheva

Toshkent davlat transport universiteti "Xalqaro ommaviy huquq" kafedrasi mudiri,

yu.f.d., professor egamberdiyevanargiza975@gmail .com

R. O. Nosirov

Xalqaro ommaviy huquq kafedrasi professor v. b.

Qonuniylik, huquqiy tartibot va fuqarolaming xavfsizligini ta'minlash mahalliy hokimiyat organlari oldidagi eng asosiy vazifa hisoblanadi. Xalq tinchligi va farovonligi xukumatning eng yagona vazifasi sifatida e'tirof etilishi muhim. Qonunlarning ustuvorligi va inson huquq va erkinliklari hamisha muhofazada bo'lishi islohotlar, o'zgarishlar, yangilanishlar davrida qonunning mostligi, ustuvorligi eng muhim mezonlardan biridir.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiniig (yangi tahririda) Oltinchi bo'lim. Konstitutsiyani o'zgartirish tartibi bo'limi 155-moddaning 6-moddasida aniq belgilangan vakolatlar, qoidalar, amalga kiritilingan. Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 120-moddasi uchinchi qismining viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o'zida xalq deputatlari Kengashi raisi lavozimini egallashi mumkin emasligi haqidagi qoidalari: viloyatlar hamda Toshkent shahar vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlariga nisbatan 2024 yilda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining navbatdagi saylovlari yakunlari bo'yicha; tuman hamda shahar vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlariga nisbatan esa 2026 yil 1 yanvardan e'tiboran amalga kiritiladi.

Mahalliy ijro hokimiyati yuqorida sanab o'tilgan faoliyatining asosiy yo'nalishlariga oid qonunlar va boshqa normativ huquqiy-hujjatlarning bevosita joylarda ijrosini ta'minlash bilan shug'ullansa, shu hududdagi mahalliy vakillik organlari esa ijro hokimiyati faoliyatini nazorat qiladi, yo'nalishlar ijrosini ta'minlashga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqadi" [1]. Lekin, davlat va jamiyat boshqaruvida, davlat organlarining kundalik faoliyatida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirish zarur.

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

12

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

Ya'ni rejada belgilangan ishlar Kengash muhokamasi, xisoboti berib borilishi kerak.

O'zbekistonda nazorat faoliyatiga bog'liq barcha jihatlarni ilmiy asoslanganini ko'rishimiz mumkin, ammo nazorat faoliyatining qonunga zid jihatlarini aniq va rovshan belgilab olishimiz darkor.

Xalqaro hujjatlarda ham, ya'ni Parlamentlararo ittifoqning 98-Konferensiyasida qabul qilingan Demokratiya masalalari bo'yicha umumjahon deklaratsiyasining (Qohira, 1997 yil 7-16 sentyabr) 11-bandida qayd etilganidek: "Demokratiya har bir shaxsning ommaviy ishlarni boshqarishdagi ishtirokiga asoslanadi. Shu sababli demokratiya barcha darajada vakillik organlarining tashkil etilishini talab etadi"[2]. Lekin ularning faoliyatini jonlantirish va o'z vakolatlaridan to'laqonli foydalanish masalasi hali muammo. Ushbu muammoda echim shaffoflik, ochiq olib borilmaganligi. Kelajakda ushbu nazariya amaliyotda ishlab borilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilab qo'yilgan yuqoridagi norma Kengash faoliyatida vakillik organlarning xukumat oldida nazoratchi sifatida maydonga chiqishi "inson-jamiyat-davlat" tamoyili amalda qo'llanilishi muhimdir.

Oxirgi yillarda O'zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati organlari sud hokimiyati organlari, prokuratura, nazorat inspeksiyasi, ichki ishlar organlari, adliya singari huquqni muhofaza qilish organlari bilan o'zaro hamkorlikda ish olib bormoqda, nazoratchi va xisobdorlik sifatida.

Demak, mahalliy davlat boshqaruvi - davlat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar mexanizmining muhim "ichki" element bo'lib, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va unga shakllantirishga asosiy omillaridan biri bo'lib, aholining ijodiy faol, fuqarolik salohiyatini amalga oshirish uchun oqilona tuzilgan tizim orqali barcha zarur vositalar va jamiyat ustidan davlatning maqsadli ta'sirini va nazoratini ta'minlaydi, degan xulosaga kelishimiz o'rinli.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari o'z vakolatlarini amalga oshirishda mazkur organlar bilan bir xil munosabatda faoliyat ko'rsatadi hamda, asosan, ularning ishlarini muvofiqlashtirib turadi.

Hokimlar o'z hududida iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirishning asosiy yo'nalishi dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun tegishli xalq deputatlari Kengashiga kiritadi. Mahalliy hududni rivojlantirish borasidagi ishlarga hokim rahbarlik qiladi. Shu bilan birgalikda, mahalliy hokimiyat organlari o'z hududida sanoat, qurilish, aloqa vositalari, qishloq xo'jalik sohalari, ijtimoiy va madaniy sohalariga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi. Shu idoralarning rahbarlarini lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

qilish, ularning faoliyatini nazorat qilish, tegishli rahbarlarning hisobotlarini eshitish kabi vakolatlarga ega.

Hokimlar tomonidan ko'rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish borasida bir qancha takliflar keltirilmoqda. Masalan, ushbu ijtimoiy, iqtisodiy xizmatlarni har bir mintaqadagi vaziyatdan kelib chiqqan holda, muayyan yo'naltirilgan holatda hamda ko'pincha noto'g'ri, o'z vaqtida qabul qilinmagan qororlarning sababi bo'ladi, lekin ular uchun oxir oqibat hech kim mas'ul bo'lmaydi. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining bo'linishi nuqtai nazaridan hozirgi vaqtda bir xillashtirilgan viloyat va tuman hokimiyatlarining tashkiliy tuzilmasi oqilona ko'rinmaydi. "Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari to'g'risida"gi Qonunda turli darajadagi hokimiyatlar o'rtasidagi mas'uliyat sohalarining bo'linishi o'z aksini topmadi, bu esa ijroiya hokimiyatining turli darajalarida "kim nima uchun javob beradi?" tushunchasining mavhumlashishiga olib keladi. Barcha darajadagi ijroiya hokimiyati organlari tomonidan davlat qororlarini ko'rib chiqish va qabul qilish amallari borasida aniq me'yoriy hujjatlar yo'q. Bu qaror qabul qilishda byurokratlashuv uchun keng imkoniyat yaratadi. Natijada, noaniqlik (tabiatan yagona rahbarlikni talab etuvchi), bo'linmalar o'rtasidagi boshqaruv vazifalarining taqsimlanishi; rahbarning rahbarlik vazifalari bilan ortiqcha yuklanishi yoki deyarli yuklanmasligi, hokimiyat xodimlari zimmasiga unga xos bo'lmagan vazifalarning yuklanishi, oqibatida xizmatchilar o'zining bevosita vazifalarini tegishli ravishda bajarish imkoniyatidan mahrum bo'ladi. Bu asosda mahalliy davlat hokimiyat organlari ishida noaniqliklar, noma'lumlik va ishlashda qaytalanishning sababiga aylanmoqda.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohani rivojlantirishga rahbarlik qilish bo'yicha aniq vazifalari va vakolatlari joriy qonunlarda va boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan. Fikrimizga xulosa yasasak, mahalliy hokimiyat organlari o'zlarining butun faoliyatini davlat hamda fuqarolarning manfaatini ko'zlab olib boradi va natijada, davlat manfaati bilan fuqarolarning manfaati o'rtasidagi mushtaraklik vujudga keladi.

Ushbu harakatlarda jamoatchilik Kengashlari asosiy bog'lovchi zanjir sifatida harakatga kirishi 2018 yil O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik Kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"[3]gi PQ-3837 Qarorini amaliyotda chiqargan xulosa va takliflari tavsiyaviy harakatga ega emasdan, asoslantirilgan, aniqlik kiritilgan holda va to'liq xulosaviy qarorlarning berilishi muhimdir.

December 1-7, 2023 https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

Vatanimizda islohot qilinayotgan siyosiy tizimda paydo bo'layotgan yangilanishlar, taraqqiyot bilan bir qatorda, ko'nikib qolingan ijtimoiy tuzilmalar ham bemalol amal qilmoqda. Ushbu ko'nikib qolingan ijtimoiy tuzilmalarga barham berish uchun uni to'ldiradigan, uning g'oyasini to'liq qamrab oladigan, o'rnini bosadigan ta'limotlar yuzaga kelsa, o'rganib qolingan ko'nikmalarning ahamiyati sustlashadi va ular ijobiy baholamaydi, balki qiyoslash va tahlil qilish, ya'ni kamchiliklar hamda muammolarni aniqlashga unga javob izlashga fikrlay oladi.

Dunyoning ko'plab mamlakatlarida huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar uchun inson huquqlari sohasida hokimiyat organlari faoliyati ustidan nazorat muhim funksiya hisoblanadi. Bu funksiyaga axborotni yig'ish, baholash, bu sohada inson huquqlariga rioya qilinishi to'g'risidagi axborotlarni tarqatish, hokimiyatga ta'sir etishning konstitutsiyaviy shakllarining amalga oshirilishi kabilar kiradi.

Huquqni himoya qiluvchi nohukumat tashkilotlar o'zlarining asosiy belgilangan vazifalari va maqsadlaridan kelib chiqqan holda hukumat faoliyatini monitoring qilish va davlatning inson huquqlari sohasidagi siyosatini ham milliy qonunchilikka, ham xalqaro shartnomalarda o'z ifodasini topgan standartlarga muvofiq kelishiga harakat qiladilar[4]. Ular huquqni himoya qiluvchi nohukumat tashkilotlarni "namunaviy", "eksklyuziv" (yagona va birinchilardan) va oddiylarga ajratadilar.

Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjetini shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig'inlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg'armalarni hosil qilish vazifasi hududning iqtisodiy rivojlanishida, fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilashda, davlat organlarini saqlab turishda zarur moddiy bazani vujudga keltirishga qaratilgan.

Mahalliy hokimiyat organlari o'z hududida ijtimoiy xayotning barcha sohalariga tegishli masalalarni davlat va aholi manfaatlaridan kelib chiqqan holda hal qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mahalliy vakillik va ijro organlari vakolatlarini umumiy holda belgilab oladigan bo'lsak, «Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi Qonunda hokimlar va xalq deputatlari kengashlarining vakolatlari alohida bo'limlarda belgilangan. Bular, birinchidan, hokimlar byudjet loyihalarini tayyorlash, byudjetning ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va ijroni tashkil qilish vazifalaridan iborat. Ikkinchidan, xalq deputatlarining byudjetini tasdiqlash, uning ijrosi haqidagi hisobotni tasdiqlash vakolatlarini bajaradi"

Mahalliy hokimiyatning vakillik va ijroiya organlari birgalikda amalga oshiradigan vakolatlari guruhi ham mavjud

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

bo'lib, jumladan, byudjetning ijrosini nazorat qilish, mahalliy xo'jalikka rahbarlik qilish va boshqalar shular jumlasidan.

"Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi Qonunga asosan, mahalliy soliqlar, yig'imlar, boj miqdorini belgilash, to'lovlar bo'yicha imtiyozlar o'rnatish-mahalliy vakillik organlarining vakolati bo'lib, ular ba'zi paytlarda shu vakolatlarning ayrimlarini, masalan, soliq va yig'imlar bo'yicha imtiyozlar belgilashni hokimlarga ham berishi mumkin. Mahalliy hokimiyat organlarining bu boradagi vakolatlari "Mahalliy soliqlar va yig'imlar to'g'risida"gi, "Er kodeksi"da va boshqa huquqiy xujjatlarda belgilangan.

Mahalliy hokimiyat organlari mahalliy kommunal xo'jalikka rahbarlik qiladi va aholining normal sharoitda yashashini ta'minlaydi.

Ya.Ollamovning fikricha, "mahalliy vakillik va ijroiya organlari mahalliy hokimiyat tizimining tarkibiy qismi sifatida mahalliy hokimiyat organlarini aholining turli qatlamlari bilan bog'lab turuvchi fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadilar, fuqarolarga o'zini o'zi boshqarishga doir huquqlarini amalga oshirishda ko'maklashadilar, ko'plab ommaviy tashabbuskor tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib va yo'naltirib turadilar"[5].

Tahlillar shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda mamlakatimizda mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan kelib chiqib, ularning vazifalari hamda vakolatlarini belgilovchi normalarga ega qonunlar 80 dan oshdi. Qonun osti hujjatlarida hokimlarga tegishli vakolatlarning bajarilishi va ta'minlanishi, vazifalarining mas'ullarga biriktirilgani ushbu qarorlarning ko'pligi, bir-birini to'ldiruvchi, ba'zi joylarda nomuvofiqligi yoki qarama-qarshilik holatlari qaytarilishini ko'rishimiz mumkin.

Hududiy infratuzilmalarni rivojlantirishda yoki ularning ma'muriy-hududiy tuzilmalarini muhofaza qilishda mahalliy ijro organlari va hokimlar faoliyatida er kadastr va geodeziya kartasining aniq xaritasi, chegaralar, er usti va er osti xududida joylashtirilgan qurilmalar to'g'risidagi ma'lumotlarning to'liq bazasi ko'rsatilinmagani yoki davomiy ravishda aniq belgilangan mutaxassislar jalb qilinmagani eng katta muammolardan biridir. Yer kodesining 5-moddasida, Viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining er munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari. 6-modda. Tumanlar davlat hokimiyati organlarining er munosabatlarini tartibga solish sohasidagi

Civil Society and a People-Friendly State

ty

etishning huquqiy kafolati

vakolatlari 3 xat boshiga, O'z hududidiga qarashli barcha erlar, er

https://tstu.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

December 1-7, 2023

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

kadastri, reesterlari, er uchastkalariga bo'lgan huquqlar hamda ularga oid bitimlarning davlat ro'yxatiga olinishini tashkil etish, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasining davlat er kadastrini yuritish sohasidagi barcha ma'lumotlarni elektron xukumatga joylashtirish (korrupsiyani oldini olishga katta ko'mak beradi) va uning shafofligi va ochiqligini ta'minlash zarur, ya'ni raqamli elektron dasturga kiritish lozim.

Ushbu masala, ya'ni ma'muriy-hududiy cheralarning aniqligi va doimiy muammolarga aniqlik kiritib borilishi, ushbu bazaga ko'p murojatlar qilinishi, talabga har doim javob berib borilishi muhimdir.

Ko'rinib turganidek, mahalliy hokimiyat organlarining faoliyati mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli izchil va tizimli islohotlarni joylarda ro'yobga chiqarish va saylovchilarning ushbu islohotlar mazmun-mohiyatidai, natijalaridan xabardor etish, mahalliy ahamiyatdagi masalalarni hal etish, aholining turmush darajasini yaxshilash bilan bog'liq ishlarni amalga oshirishga yo'naltirilgan. Shu tariqa mahalliy davlat hokimiyati har ikki tarmog'i faoliyatini yagona maqsad sari yo'naltiradi, ya'ni hududlarni rivojlantirishga doir ijtimoiy- iqtisodiy, sotsial-madaniy masalalarni hal etib, manfaatlar muvozanatini ta'minlaydi. Jamoatchilik faoliyatining faol ishtirokchisi sifatida qonunning amaliyotda ishlab ketishini ta'minlaydi.

Professor I.Hamedovning fikricha: "mahalliy ijro hokimiyati organlari zimmasiga tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish majburiyati yuklatilgan"[6], ushbu majburiyatini aynan ko'p qismi mas'uliyat va vatanparvarlik, vakolat va vazifalari asnosida kafolatlab qo'yilganini ko'rishimiz mumkin. Bu har xil tushuncha va turli xil yondashuv.

Birinchi toifaga, faqat inson huquqlari uchun kurashish maqsadida tuziladigan, ikkinchisiga, inson huquqlarini himoya qilish bilan birga, yana boshqa maqsadni ko'zlaydigan nohukumat tashkilotlar kiradi.

Tarix shundan guvohlik beradiki, inson huquqlarini himoya qilish sohasida xalqaro hamkorlik tizimining shakllanishi va rivojlanishi nohukumat tashkilotlarning faol ishtirokida amalga oshmokda. 1945 yilda San - Fransisko shahrida BMTning tashkil etilishi masalasida ikki yuzta nohukumat tashkilotlar muzokaralarda ishtirok etdilar. Shuningdek, BMTning Ustaviga keng jamoatchilikning bosimi bilan yanada demokratik normalar kiritilgan edi. BMTning inson huquqlari bo'yicha komissiyasining bayonnomasida quyidagilar qayd qilingan: «BMT Ustavi qoidalari, xususan, uning 68-moddasi nohukumat tashkilotlari qat'iy talabining natijasi sifatida paydo bo'ldi»[7]. Bu moddada «Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash iqtisodiy va ijtimoiy sohalar

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conférence

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

hamda inson huquqlarini rag'batlantirish bo'yicha komissiyalar tuzadi, shuningdek, o'zining vazifalarini bajarish uchun zarur bo'ladigan boshqa komissiyalarni tuzadi» [8], - deb belgilangan. Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasini yozishda 30 dan ortiq noxukumat tashkilotlari qatnashdi. Nohukumat tashkilotlarining ko'pchiligi bevosita inson huquqlari bo'yicha Komissiyasi bilan hamkorlik qiladi. Komissiya BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan inson huquqlari to'g'risidagi Xalqaro Billni, xususan, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt hamda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalkaro paktlarni tayyorlash topshirilgan edi. Huquqni himoya qiluvchi hujjatlarning ishlab chiqilishi ko'plab nohukumat tashkilotlari tashkil etilishiga sabab bo'ldi.

Xalqaro normalarni ishlab chiqish jarayoni, an'anaviy davlat vakolati sohasiga kirgan va unda nohukumat tashkilotlar ishtirokini inkor etgan qoidalar hozirgi davrga kelib qarama-qarshi tomonga o'zgardi. Inson huquqlari himoyasi sohasida xalqaro vositalarni ishlab chiqishda (ham milliy, ham xalqaro miqyosida) nohukumat tashkilotlarning ishtiroki aynan uning dastlabki davrida allaqachon xalqaro-huquqiy jarayonning ajralmas qismiga aylandi. "BMT doirasida inson huquqlari bo'yicha asosiy vosita-larni tayyorlashda nohukumat tashkilotlar hissasi hisobga olinishini anglamaslik mumkin emas"[9].

Shu bilan bir qatorda, O'zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati organlari atrof muhitni muhofaza qilish funksiyasini bajaradi. Zero, mazkur masala davlat oldida turgan asosiy vazifalardan biri, Jamoatchilik tomonidan hozirgi kunda OAV da faol muhokama qilinayotgan mavzudir.

Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq, Yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarning bekor qilinishi, ushbu moddaning 1-4-bandida berilmagan, 4-band asnosida erga egalik qilish va undan foydalanishni bekor qilish yuzasidan jamoatchilik espertizasi, ya'ni normativ-huquqiy hujjatlar va davlat organlarining boshqa qarorlari loyihalari fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga muvofiqligini aniqlash uchun ularni o'rganish hamda baholashdan iborat. Jamoatchilik ekspertizasini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holda o'tkazilishi mumkin.

Atrof muhitni muhofaza qilish faoliyati yuzasida mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlari, vazifalari qo'shimcha ravishda tegishli joriy qonunlar "Er kodeksi", "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida"gi qonun bilan mustahkamlab qo'yilgan. Mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu bilan bir qatorda, Konstitutsiyaviy normalarga asoslangan

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

holda o'z hududida fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta'minlaydi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari o'z vakolati doirasida Konstitutsiyaga zid bo'lmagan normativ-huquqiy hujjatlarni qaror va farmoyish shaklida qabul qiladi. Mahalliy Kengashlar o'z qarorlarini kollegial asosda qabul qilsa, hokimlar yakkaboshchilik asosida qabul qiladi hamda ushbu qarorning shu hududda bajarilishi majburiydir. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga binoan Mahalliy ijro etuvchi va vakillik hokimiyatining bo'linishi mamlakatda butun davlat boshqaruvi tizimini chuqur isloh qilish uchun asos bo'ladi. Shu asosda, mahalliy Kengash raisi bilan hokim lavozimini bir-biridan ajratish amalga oshiriladi.

Yuqorida aytib o'tganimizdek, Yer yuzida hayotning davom etishi, insonlar sog'lom o'sishi, sog'lom avlodlar qoldirishi, ko'p jihatdan atrof muhitga bog'liq. Shuning uchun, atrof muhitni muhofaza qilish davlat funksiyalaridan hisoblanadi va shu funksiyaning ma'lum qismi mahalliy hokimiyat organlari zimmasiga yuklangan. Mahalliy hokimiyat organlari atrof muhitni muhofaza qilish borasida tegishli huquqiy normalarni buzgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan choralar ko'radi. Masalan, ular atrof muhitga zarar etkazayotgan mahalliy ahamiyatga ega ob'ektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to'xtatish va qayta ixtisoslashtirish to'g'risida qarorlar qabul qilishi mumkin. Buning uchun hokimiyatda ish yuritayotgan yurist yaxshi mutaxassis sifatida qonun osti hujjatlari qabul qilinishida ularning qonunga zid, nomuvofiq yoki qarama-qarshi emasligini tekshirishi darkor. Shu bilan birga, ijro etuvchi hokimiyat faoliyati bo'yicha OAV ga matbuot xizmati hisobotida bayonot berilishi darkor.

Rivojlanishning tez ko'rinishi sifatga qisman ta'sir etadi, bu masalalarda ma'lumotlarni ko'rib chiqish, tahlil qilish, statistikaga e'tibor berib analiz qilish, ularni puxta o'rganishga olib keladi. Zero, xukumat to'g'ri qaror qabul qilsa va uni amalga oshirsa fuqarolar bundan minnatdor.

Hozirgi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar xalqimiz tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda. 2023 yil 30 aprelda bo'lib o'tgan Referendum bunga misol, unda qatnashgan fuqarolarning faolligi bunga dalil. Bu o'zgarishlar xalqimizning ijtimoiy turmushida, hayotda o'zining yaqqol ifodasini topmoqda, el-yurtimizning ijtimoiy faolligi, ertangi kunga ishonchi o'sib bormoqda. O'zbekiston 2030 strategiyasining maqsad va vazifalari ham bunga misol.

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

19

Tashkent State Technical University Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

CvttSoBnjy^ndnmmpeFmmmlySam

REFERENCES

1. Maxmudov.A «O'zbekiston Respublikasida mahalliy vakillik organlarining nazorat faoliyatini takomillashtirish» yu.f.n (PhD) Avtoreferat. 2019.

2. Universal Declaration on Democracy // Results. 98 th Conference and related meetings of the Inter-Parliamentary Union (Cairo, 7-16 September 1997). Annex VII. http: //www.ipu. org.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori "Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3837 qarori. 2019 yil 4 iyun.

4. Ollamov Ya.Y.O'zbekiston Respublikasida mahalliy hokimiyat tizimi (nazariy-huquqiy muammolar). Yurid.fan .nomz...dis. avtoreferati. Т.: 2001. - Б. 15.

5. Хамедов И.А. Организатционно-правовые проблемы совершенствования системы государственного управления: диссертащия...доктора юрид.наук. -Т., 2004. - С. 123.

6. Robinson J. Human Rights and Findamental inthe Charter of the United Nations. New York. 1946. P. 17.

7. Birlashgan Millatlar Tashkilotning Nizomi va Xalqaro Sud Statuti. -T., 2002. -Б. 36.

8. Ermacora F. Non gowernmental organizations as promotes ofhuman rights. London. 1988. -P. 175.

9. Dadasheva A.A PUBLIC OPINION AND GOVERNMENT EVALUATION IN NEW UZBEKISTAN - The American Journal of Interdisciplinary Innovations 2022

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

10. Дадашева А.А - Взаимодействие органов представителной власти на местах и самоуправления граждан в осуществлении действенного общественного контроля. Fuqarolik jamiyati. Гражданское общество, 2021

11. Dadasheva A.A - Mahalliy ijro hokimiyati faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini natijadorligini oshirishning ilmiy-nazariy есЫш1ап. Jurnal pravovbix issledovaniy, 2020

12. Dadasheva A.A. Davlat xizmatini isloh qilish sharoitida hokimlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari - Academic research in educational sciences, 2022

13. Dadasheva A.A. O'zbekiston respublikasi-konstitutsiyaviy islohotlar davr talabi - Academic research in educational sciences, 2022

14. Dadasheva A.A. Pravo svobodno poluchat i rasprostranyat informatsiyu-vainbiy faktor neposredstvennogo obmestvennogo

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

CvttSoBnjy^ndnmmpeFmmmlySam

kontrolya nad deyatelnostyu organov gosudarstvennoy vlasti i upravleniya -Academic research in educational sciences, 2022

15. Dadasheva A.A. Yangi O'zbekistonda mahalliy ijro organlari faoliyatida jamoatchilik nazorati. - Falsafa va huquq jurnali, 2022

16. Dadasheva A.A. Mahalliy ijroiya organlari faoliyati ustidan ta'sirchan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini shakllantirish. Monografiya. Yangi kitob . Toshkent 2020 й. 348 б.

17. Dadasheva A.A. Mahalliy davlat boshqaruv organlarining salohiyatini mustahkamlash. O'zbekiston Respublikasi Prokuratura Axborotnomasi. Toshkent 2017. B-35-37.

18. Dadasheva A.A. O'zbekistonda mahalliy ijro hokimiyati organlarining davlat va jamiyat boshqaruvi tizimidagi o'rni. Huquqiy tadqiqotlar jurnali. №11. Toshkent. 2019. Б-41-51

19. Dadasheva A.A. O'zbekistonda mahalliy ijro hokimiyati faoliyati ustidan jamaotchilik nazoratini amalga oshirish masalalari. O'zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi. Jamiyat va boshqaruvi. Toshkent. № 1 (87). 2020. Б-52-58

20. Dadasheva.A.A Comparative and legal analysis of effective mechanisms of public oversight over the activities of hakims on the example of foreign experiences. European Journal of Business and Social Sciences. (EJBSS), Vol-07, Issue-10 July 2019 ISSN: 2235-767X. Б-147-154.

21. Dadasheva A.A.The formation of the theory of social control in the Republic of Uzbekistan; state and legal aspects. International Journal for Social Studies. Vol-06, Issue-01 January 2020 ISSN: 2455-3220. Impact Factor 5.20. Б-48-52.

22. Dadasheva A.A. Hokimiyat organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berishi jamoatchilik nazorati shakli sifatida. Ijtimoiy fikr-inson huquqlari. Toshkent. № 2(90). 2020 yil. B-69-71.

23. Dadasheva A.A. Fuqarolik jamiyatining shakllanishida davlatning o'rni. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti, O'ZMU Xabarlari, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 20 yilligiga bag'ishlanadi. 2012. B-17-20.

24. NX Egamberdieva, XE Egamberdieva.O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YeRLARNI XUSUSIYLAShTIRISh ASOSLARI VA TARTIBI. Academic research in educational sciences 3 (TSTU Conference 2), 65-71 2022.

25. Касимова А. А Рол женщины в современной науке. Society and innovations/in Science LLC 8 (08/2023), 226-234.

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.