Научная статья на тему 'NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TAYYORLASHDA JAMOATCHILIK ISHTIROKINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI'

NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TAYYORLASHDA JAMOATCHILIK ISHTIROKINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
185
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Norma ijodkorligi / jamoatchilik ishtiroki / jamoatchilik muhokamasi / jamoatchilik fikri / jamoatchilikning ahamiyati.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Abduraxmonov G‘anisher Shavkat O‘g‘li

Mazkur maqolada bugungi kunda hukumatning, xususan, hokimiyat organlarining norma ijodkorligida, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash jarayonida jamoatchilik ishtirokinining samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha bosqichma bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar natijasini, jamoatchilik ishtirokining huquqiy asoslarini, jamoatchilik ishtirokining o‘rni va ahamiyati xususida, sohadagi jamoatchilik ishtirokiga oid qonunchilikning amaliy ahamiyatini oshirish, “jamoatchilik muhokamasi”, “jamoatchilik fikri” kabi tushunchalarni tahlil etishga va ularni huquqiy va amaliy jihatdan takomillashtirishga bag‘ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TAYYORLASHDA JAMOATCHILIK ISHTIROKINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI»

JffiTALQINVA 1

\-/TADQIQOTLAR No4 2022

«Cl

ilmiy-uslubiy JumaH

IVOR 1VT A TT V-TTT ТОТ ТОТ V 11II 1ЛТ1 Л li VI TAVVORT ASTTTÏA

NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TAYYORLASHDA

#

>

JAMOATCHILIK ISHTIROKINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH

MASALALARI

Abduraxmonov G'anisher Shavkat o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7256210

î#5a > ' ЖЩ

Annotatsiya: Mazkur maqolada bugungi kunda hukumatning, xususan, hokimiyat organlarining norma ijodkorligida, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash jarayonida jamoatchilik ishtirokinining samaradorligini oshirish masalalari bo'yicha bosqichma bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar natijasini, jamoatchilik ishtirokining huquqiy asoslarini, jamoatchilik ishtirokining o'rni va ahamiyati xususida, sohadagi jamoatchilik ishtirokiga oid qonunchilikning amaliy ahamiyatini

Annirifih "mmrvn+Ani I m nnr»l/o m 001" "10 m rv о 1л 1111л ti is~-ri ' ' l/n Ki +11 n ni 1 nr»n nl о rn 1 -foV>l-i1

oshirish, "jamoatchilik muhokamasi", "jamoatchilik fikri" kabi tushunchalarni tahlil

etishga va ularni huquqiy va amaliy jihatdan takomillashtirishga bag'ishlangan.

Kalit so'zlar: Norma ijodkorligi, jamoatchilik ishtiroki, jamoatchilik muhokamasi, jamoatchilik fikri, jamoatchilikning ahamiyati.

•Ф^ж > : >

ВОПРОСЫ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ УЧАСТИЯ

ОБЩЕСТВЕННОСТИ ПРИ ПОДГОТОВКЕ НОРМАТИВНО-ПРАВОВЫХ

Д°КуМЕНТ°В

Аннотация: В этойстатье анализируются итогинормотворчества

правительства, в частности, органов власти,результагы их деятельности по поэтапному осуществлению реформ, направленных на повышение эффективности участия общественности при подготовке нормативно-правовых документов, правовые основыучастия общественности, рольучастия общественности, повышениепрактического значения законодательства в области участия общественности, а также проведен правовойанализ таких

понятий, как «общественное обсуждение», «общественная экспертиза» и их

„...................................

практического совершенствования.

Ш

Ключевые слова: Нормотворчество, участие общественности, общественное обсуждение, роль и значение общественности.

ФИ>

ISSUES TO INCREASE THE EFFICIENCY OF PUBLIC PARTICIPATION IN THE PREPARATION OF NORMATIVE LEGAL DOCUMENTS

♦ ¡>

>q ] i )> >

»1 » j

u>,* ^ t<ns

miiif-iwuuif juiiian

4 V --'M ]M , "l >

Annotation: This article is devoted to the results of the ongoing reforms in the

#

government, in particular, in the creation of norms of government, the effectiveness of public participation in the preparation of regulations, the legal framework for public participation, the role and importance of public participation in the field to increase the practical significance of the legislation on participation, to analyze concepts such as public discussion, public expertise" and to improve them in legal and practical terms.

>

!

Keywords: Creation of Norms, Public Participation, Public Discussion, Importance of Public

I >)>|

Qonun loyihalarini tayyorlash jarayonida jamoatchilik ishtirokining o'ziga xos xususiyatlari (huquqiy asoslari)

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so'ng jahon tajribalaridan foydalangan holda keng jamoatchilikni davlat boshqaruvida fuqarolarning ishtirokini qamrab olish, normativ-huquqiy hujjatlarni qaM qilish jarayonida fad qatnashish

amaliyotlarini joriy qilish ishlari olib borilmoqda. Dunyo miqiyosida inson huquqlari va erkinliklarini taminlash, insonning manfaatlarini himoya qilish uning davlat ishlarida faol ishtirokini taminlash ishlar olib borilayotgan bir paytda yurtimizda ham

»

m?

bunday islohotlar amalga oshirilmoqda.

Norma ijodkorligi jarayonida jamoatchilik ishtirokining huquqiy asosi sifatida dunyo miqiyosidagi huquqiy normalardan "Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt"(1948), "Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rezolyutsiyasi" va boshqalarni keltirishimiz mumkin.

Mamlakatimizda jamoatchilik ishtirokini taminlash jarayonlarining huquqiy asosi sifatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi"(1992), "Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to'g'risi"dagi(2000), "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to'g'risida"gi (2006), "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi(2017), O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni (2018), O'zbekiston Respublikasi Prezidentining J-jt

OAn n nc ACiAH « oan ,„'11^/1«

2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni " 2017 - 2021-yillarda O'zbekiston

Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi ", "Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida"(2021) va O'zbekiston Respublikasidagi Qonunlarida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-

! !>»

yanvardagi Farmoni ya'ni "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi

O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi" va boshqa qonunlarda umumiy tarzda asoslab beriladi.

asosiab beriiadi.

■ > >

>q ] i )> >

-^otitot-- a I

u>,* ^ t<ns

M3

Miiiif-iwuuif juiiian

V J^ JM ^Ifb

Dastavval "Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning 25-

#

>

moddasiga to'xtaladigan bo'lsak, unda "bevosita yoki erkin saylangan vakillar orqali davlat ishlarini yuritishda fuqarolar ishtirok etishi mumkinligi keltirilgan ".

D.L.Kuteynikovning fikricha aksariyat zamonaviy davlatlarda davlat hokimiyati, qoida tariqasida, ko'proq vakillik demokratiyasi tamoyillariga asoslanadi, bunda hokimiyat qarorlarining muhim qismi vakillik institutlari va boshqa saylanadigan organlar orqali qabul qilinadi. "Vakillik demokratiyasi" institutlari eng kuchli va barqaror hisoblanadi. Ularda eng muhim umumiy ijtimoiy masalalar

1 О J J J

bo'yicha jamoatchilik fikrini to'plashning eng qulay shakli hamda hokimiyat va nazorat mexanizmini tashkil etishda ifodalanadi[1]. Bu fikirda ham "Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt"ning 25-moddasiga asosan jamoatchilik ishtiroki o'zining vakillari orqali davlatni boshqarish, noarmativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinayotganda unga nisbatan vakillari orqali takliflar berishlari mumkin. Bu huquqlardan kafolatlangan holda foydalanish hukumatning barcha darajali qarorlarni qabul qilishda fuqarolik jamiyatining faol ishtiroki uchun huquqiy asos sifatida

xizmat qiladi. Yana bir olimning fikriga ko'ra ko'pgina zamonaviy davlatlarda davlat hokimiyati, qoida tariqasida, ko'proq vakillik demokratiyasi tamoyillariga asoslanadi, qachonki hokimiyat qarorlarining katta qismi muassasalar va boshqa saylanadigan

»

organ vakillari orqali qabul qilinadi[2]. Bu yerda ham saylangan vakillar orqali qarorlar qabul qilinishini ko'rishimiz mumkin.

Keyingi huquqiy asoslarini "Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rezolyutsiyasi"larida ko'rishimiz mumkin. Bu rezolyutsiyalardan birida "Har bir inson, yakka tartibda va boshqalar bilan hamkorlikda, kamsitilmasdan, o'z mamlakatini boshqarishda va davlat ishlarini yuritishda samarali ishtirok etish huquqiga ega"[3]. Bu jihatda ham har bir shaxs o'zining mamlakatining rivoji uchun yakka tartibda yoki vakillar orqali davlat boshqaruvida balki, normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganda o'z qarashlari bilan ishtirok etishlari mumkinligi belgilab berilgandir.

Y.A.Tixomirovning fikricha "Vakillik institutlari demokratik davlatlarda eng kuchli va barqaror jihat hisoblanadi. Ular eng umumiy ijtimoiy masalalar va hokimiyat va nazorat mexanizmini tashkil etishda muhim jamoatchilik fikrini

J-jt

to'plashning qulay shaklini ifodalaydi" deb aytgan edi[4]. Bundan shunday xulosaga kelib, vakillik demokratiyasida asosan qarorlar qabul qilish jaronida katta rol o'ynaydi.

1 ]> Mamlakatimizda jamoatchilik ishtirokining huquqiy asosi bosh qomusimizda

ham belgilab qo'yilgandir. Norma ijodkorligi jarayonida fuqarolar ishtirokining

huquqiy asoslari, avvalo, O'zbekistan Respublikasining Konstitutsiyasiga borib

taqaladi. Bosh qomusimizning 9-moddasida jamiyat va davlat hayotining eng muhim

______,„, • , , ,______- A ......: ____/„л.____J ____4

masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referenduma)

Ы> 3 ]> <}>

Щ V

is* » J

miiif-iwuuif juiiian

4 V ^M ]M , "I >

qo'yiladi mazmunidagi norma belgilangan. Shubhasiz, ushbu normami xalqaro

#

huquqning umum e'tirof etilgan qoidalaridan deb aytishimiz mumkin. Zero, o'z xalqining irodasini ifoda etgan davlat va huquqqina barhayot bo'ladi. Shu jihatdan, O'zbekistan Respublikasining "O'zbekistan Respublikasining referendumi to'g'risida"gi Qonunining qabul qilinishini bu boradagi katta qadam bo'lgan deb aytishimiz mumkin. Ushbu qonunda referendum o'tkazish tashabbusi sub'ektlari sifatida fuqarolar ham belgilangan. Qonunga ko'ra fuqarolar referendum o'tkazish

to'g'risidagi tashabbusni ko'rsatishda, referendumga qo'yiladigan qonun loyihasini yoki o'zga qaror loyihasini ishlab chiqishda, shuningdek masala ta'rifini (mohiyatining aniq ifodasini) belgilashda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti bilan teng huquqlarga ega ekanligi bayon etilgan[5]. Bosh qomusimizda fuqarolarning davlat ishlarida faol ishtirok etishilari uchun ularga qanunchilik tashabusi huquqi berilgan bo'lib, undan unimli foydalangan holdan qarorlarni qabul qilish jarayonida ham o'zlarining asosli takliflarini olg'a sura olishlari zarurdir. B. Boymurodovning fikricha "huquqiy me'yor yaratish murakkab jarayon bo'lib, keng

ko'lamli va bir necha bosqichlardan iborat. Albatta, bunday murakkab jarayonda fuqarolar ishtiroki qanday bo'lishi kerakligini tushunish va fuqarolar ishtiroki doirasini belgilash oson bo'lmaydi. Fuqarolar norma yaratish jarayonining turli

»

bosqichlarida turli shakllarda ishtirok etishi mumkinligi nuqtai nazaridan qaraganda, masalaning qanchalik murakkab ekanligini tushunish qiyin bo'lmaydi"[6]. Fuqarolarning norma yaratish jarayonida ishtirok etishi tushunchasi fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo'lgan huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilishda fuqarolarning bevosita, huquqiy

va

.................. . , „ , , .

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

foydali ishtirokini o'z ichiga oladi. Bu jarayonda fuqarolar vakolatli davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari bilan bevosita hamkorlik qiladi.

Konstitusiyamizning yana bir moddasi xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda yaratilgan bo'lib, har bir shaxs bevosita o'zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega ekanligi belgilab berilgan[7].

A.Azizxo'jayevning fikricha "Xalq hokimiyatchiligi - butun hokimiyat amalda J-jt

va yuridik jihatdan xalqqa tegishli degani. Konstitutsiyaga binoan, xalq hokimiyatni

bevosita hamda o'zi saylab qo'yadigan organlari orqali amalga oshiradi. Xalq

saylovlar yo'li bilan hokimiyatning vakillik organlarini tuzadi, mamlakat Prezidentini <i 1 > ' I "1>

saylaydi, umumxalq muhokamasi va referendumlar orqali jamiyat va davlat

hayotining eng muhim masalalarini hal qiladi. Demokratik talablar asosida jamiyat va

davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga qo'yiladi, umumxalq ovozi - referendumga chiqariladi"[8] deb izohlagan edilar.

°v°zi -------------- chiqariladi [8] deb izohlagan edilar.

■ > >

>q ] i )> >

U>,* ^ №

M3

Miiiif-iwuuif juiiian

Bu borada mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev o'zining 2017-yil 22-

#

dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida quyidagi fikrlarni bildirib o'tgan edi: "Barchamiz bir haqiqatni unutmasligimiz kerak: qonunning birdan-bir manbai va muallifi tom ma'noda xalq bo'lishi shart. Har bir qonun loyihasi yuzasidan fikr va takliflarni quyidan - fuqarolardan, joylardagi xalq deputatlari Kengashlaridan olish tartibini keng joriy etish zarur. Qonunlarni qabul qilish jarayonida ularni aholi o'rtasida har tomonlama muhokama qilish tizimidan samarali foydalanishimiz kerak.

! Ш-

Oliy Majlis rahbariyati qonunlar muhokamasiga keng xalq ommasini jalb qilish, buning uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, jumladan, Internet tarmog'ida maxsus "maydon"lar yaratishi zarur"[9]. Prezidentimizning so'zlaridan ham ko'rinib turibdiki, bir qonun loyihasi yuzasidan fikr va takliflarni quyidan ya'ni fuqarolarning konstitutsiyamizning 35-moddasida belgilab qo'yilgan huquqlaridan foydalangan holda ariza, taklif, shikoyat va murojaatlari asosida har bir norma ijodkorligida foydalanish lozimligi takidlab o'tUgan.

"Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to'g'risi"dagi qonunda esa qonun loyihalarining keng jamoatchilikka muhokama ya'ni qanun bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan takliflarini bildirishining huquqiy asosi keltirilgandir. Bu qonunning asosiy prinsiplarida quyidagilar keltirilgan: ixtiyoriylik; tenglik; oshkoralik; hamma uchun ochiqlik; erkin fikr bildirish[10]. Fuqarolarning norma yaratish jarayonida ishtirok etishidagi qonuniylik tamoyili o'z aksini topgan ikki jihat mavjud: huquqiy asos yaratish; qonunlarga rioya qilish[11].

B.Boymurodovning fikricha "Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish vakolatiga ega bo'lgan davlat organlari norma ijodkorligining har bir yo'nalishi va bosqichida bo'lgani kabi, norma ijodkorligi jarayoniga fuqarolarni ham jalb etish va ular bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha belgilangan normalarga amal qilishi shart. O'z navbatida, fuqarolar berilgan vakolatlardan chetga chiqib, normalar yaratish jarayoniga salbiy ta'sir ko'rsatadigan har qanday xatti-harakatlardan o'zini tiyishlari kerak"[12]. Yuqoridagi qonunimizning prinsiplaridan biri ochiqlik bo'lib, ochiqlik qonuniylik va demokratiya tamoyillaridan biri hisoblanadi.

Darhaqiqat, ochiqlik va oshkoralik bo'lmagan taqdirda qonuniylik va demokratiya tamoyillarining to'liq amal qilishi mumkin emas. Ochiqlik tamoyili

norma ishlab chiqish jarayonida ko'rib chiqilayotgan va fuqarolar ishtirok etishi

j "1 > ^^ ^ 1 ">.

mumkin bo'lgan loyihalar bo'yicha barcha ma'lumotlar ochiq bo'lishi va

ishtirokchilar ulardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishini nazarda tutadi. Bu

tamoyil fuqarolarning nafaqat zarur ma'lumotlardan foydalanishini ta'minlash, balki

vakolatli organlar mas'uliyatini oshirishga ham xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

~ A_____ u „ • • „„^ л___• • 1 „с -1____r u , i:______•

Ochiqlik tamoyili bugungi davlat siyosati darajasiga ko'tarilgani hech kimga sir

ЩЪ ПЙ»-

JffiTALQINVA 1

\-#TADOIOOTLAR Nod 2022

№4 2022

ilmlyuslubly jurnali

Miiiif-iwuuif juinan

emas. Aytish joizki, O'zbekiston Respublikasining "Davlat hokimiyati va boshqaruvi

#

organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida"gi qonuni qabul qilingani bu boradagi birinchi yirik qadam sifatida ko'zga tashlanadi. Agar ushbu qonunning vazifalariga nazar tashlasak, jismoniy va yuridik shaxslarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to'g'risidagi axborotdan foydalanishi, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va ularning mansabdor shaxslarining qabul qilingan qarorlar uchun javobgarligini oshirishni nazarda tutayotganini ko'rishimiz

! Ш-

mumkin[13].Darhaqiqat, ochiqlik tamoyili jamoatchilik normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga vakolatli organlardan yanada aniqlik va mas'uliyat talab qiladi. Mazkur tamoyil doirasida fuqarolar qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlar va tegishli barcha ma'lumotlar bilan tanishish, shuningdek, o'z murojaatlari bo'yicha aniq va to'liq ma'lumot olish uchun murojaat qilishlari shart hisoblanadi. V.N. Rudenkoning fikricha "Ishtirokchilik demokratiyasi" zamonaviy vakillik demokratiyasining elementidir. U davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining

r.n

jamoatchilik biïrni yaqrn hamtorUgmi ta'minlashga> fuqarolarga jamiyat hayttmrng

ayrim masalalari bo'yicha davlat hokimiyati qarorlarini qabul qilish imkoniyatini berishga qaratilgan[14]. Oshkoralik tamoyili norma yaratish jarayonida mavjud muammo va kamchiliklarni aks ettiribgina qolmay, balki ushbu muammo va

»

kamchiliklarga samarali yechim topish imkonini beradi.

Yuqoridagi prinsiplarimizdan yana biri fuqarolarning ixtiyoriy ishtirokidir. Fuqarolar norma yaratish jarayonida o'z xohishiga ko'ra ishtirok etishi mumkin. Fuqarolarning ixtiyoriy ishtiroki printsipi shuni ko'rsatadiki, xizmat ko'rsatish yoki lavozim tavsifida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, hech qanday holatda fuqaro norma yaratish jarayonida ishtirok etishga majbur bo'lmaydi.

П'^КаЫп+лп Dra^'^an+mmit ОП 1 Q , ,.'1 О "ХТлгтп

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi "Norma

ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi

Farmonida "Fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari,

tadbirkorlik subyektlari va ilm-fan vakillarini jalb etish ishlarini samarali tashkil etish

orqali norma ijodkorligi jarayoniga jamoatchilik muhokamalarining ta'sir darajasini

oshirish" masalalari qo'yildi[15]. Konsepsiyada qilinishi lozim bo'lgan maqsadlardan

yana biri loyihalarni jamoatchilik va kasbiy doirada muhokama qilish, shu jumladan, J-jt

foyda, xarajat va kutilayotgan natijalar tahlilini hamda ularning jismoniy va yuridik

shaxslarning huquqlari va manfaatlariga, ijtimoiy sohaga, tadbirkorlik faoliyatiga,

atrof-muhit holatiga ta'sirini, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarni i 1 > J ~i>

baholash imkonini yaratish vazifalari qo'yilgan[16]. Bu vazifalarining maqsadi

fuqarolarning keng qatlamini jalb qilgan holda normativ-huquqiy hujjat loyihalari muhokamasida qatnashish nazarda tutilgan. V.V. Nevinskiyning fikricha jamoatchilik tashabbusi deganda "fuqarolar, ular birlashmalarining o'z manfaatlariga muvofiq

• ____: ____J • „ • • _______J1______• U- 1___________________:

iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy maqsadlarga erishishga qaratilgan ijtimoiy

ОЛ^ ÖRfftl

i Js * iJ

JffiTALQINVA 1

\-#TADOIOOTLAR Nod 2022

№4 2022

ilmlyuslubly jurnali

Miiiif-iwuuif juinan

ahamiyatga ega, faol va ixtiyoriy harakati tushuniladi[17]. Konsepsiyada yana

#

jamoatchilik fikri so'rovi natijalarini va amaldagi qonun hujjatlaridagi bo'shliqlarni o'rganish va tahlil etish negizida asoslangan bo'lsagina davlatning tartibga soluvchi aralashuviga yo'l qo'yiladigan tartibga soluvchi qarorlar qabul qilish uchun asoslarning yetarliligi prinsipining amalda ishlashini ta'minlash mexanezimi ham joriy qilinishi belgilangan. " Sifat, shaffoflik, tizimlilik, kelishilganlik hamda jamoatchilik jalb etilishini ta'minlovchi konseptual jihatdan yangi mexanizmlarni

! Ш-

joriy etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ilgari surish, ishlab chiqish va qabul qilish, shuningdek, ularning ijrosini monitoring qilish tartibini takomillashtirish" masalalari yuzasidan "Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Bu qonunda normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish jarayonida jamoatchilik muhokamasi, jamoatchilik ekspertizasi, jamoatchilikning taklif, shikoyat, mulohazalarini bildirish uchun huquqiy asos sanaladi. Bu qonunda Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashni

-fonVilT-il а+ю n 1 оro-i rr\ni nn rl о nK л1л1 лптгл1л1 +лтлтппп inn/>ni minin /1лАт1пгигп \

tashkil etish jarayonlarida ishlab chiquvchi tomonidan ishchi guruh (komissiya)

tashkil etilishi va bu ishchi guruh (komissiya) tarkibiga ishlab chiquvchi bo'linmalarining, tegishli tarmoqlar holati va rivojlanishi uchun javobgar bo'lgan vazirliklarning, davlat qo'mitalarining yoki idoralarning, boshqa manfaatdor davlat

»

organlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar kiritilishi mumkinligi alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda nodavlat tashkilotlar vakillari, shuningdek fuqarolar o'z roziligi bilan ishchi guruh (komissiya) tarkibiga HritUadUarnS].

Ish guruh tarkibida fuqarolarning ishtiroki normativ-huquqiy hujjatlarning fuqarolar uchun dolzarb bo'lgan muammolar asosida takliflar kiritishadilar.

N rvrmn+nr пилидии hniin+ Airihnoim Im гт гаг1 п п h ri о лап « i п л h 1 I 1 1лшп i~r па a+ini

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda qonunchilikning holatini,

qo'llanilish amaliyotini, jamoatchilik fikrini va xalqaro tajribani o'rganish jarayonida

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek ayrim fuqarolarning

takliflarini, ommaviy axborot vositalarining materiallarini, ilmiy va boshqa

tashkilotlarning, olimlar hamda mutaxassislarning maslahatlari va tavsiyalarini,

jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalari ma'lumotlarini umumlashtiradi

hamda ulardan foydalanadilar[19]. Bunda fuqarolarning tashabbuskor qatlami J-jt

tomonidan ilgari surilayotgan takliflarni umumlashtirgan holda yoki OAV

asoslantiruvchi materiallari asosida normativ-huquqiy hujjat loyihasiga takliflari

ko'rib chiqish uchun qabul qilinadi. Shu asosda qonun layihalar takliflar bilan boyitib j "1 > ' ^^ i boriladi. Keyinchalik esa bu takliflarning asoslilarigina inobatga olinadi.

Qolaversa, normativ-huquqiy hujjat loyihasining huquqiy jihatdan tartibga solish predmetiga taalluqli ilmiy tadqiqotlar natijalarini, ommaviy axborot vositalaridagi, Internet jahon axborot tarmog'idagi maqolalarni, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o'rganadilar[20]. V.N.Rudenkoning fikricha zamonaviy qonunchilik u

ШЪ

gj Г \

M *4j>

JffiTALQINVA 1

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

\-/TADQIQOTLAR No4 2022

«Cl

llmly-uslubty jumaU

4 )м >

yoki bu tarzda qonun ijodkorligi tashabbuslarini demokratiyaning turli institutlari:

#

referendum, fuqarolar qonun ijodkorligi tashabbusi, fuqarolarning davlat organlariga murojaatlari (taklif shaklida) orqali amalga oshirish imkonini beradi[21]. Yuqoridagi qonunimizda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasiga olib chiqilishi berilgan bo'lib, unda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari keng jamoatchilikka va yuridik soha mutaxassislar muhokamasidan o'tkazilishi uchun taqdim etiladi. Bu muhokamani o'tkazish jarayonida normativ-

! Ш-

huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi manfaatdor davlat organlarining, shuningdek fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining, o'zga tashkilotlarning vakillari, olimlar, mutaxassislar va fuqarolar ishtirokida o'tkazilishi belgilab qo'yildi. I.M. Yaprintsevning fikricha to'g'ridan-to'g'ri demokratiya mexanizmlarini, shu jumladan qonun ijodkorligi tashabbusini birlashtiruvchi bo'limni yaratish eng muvaffaqiyatli modeldir deb hisoblaydi[22].

DanrvLkliUni DrQ^.Vlantin.'^,, ОПОО „,'1 OO „от,пг,)пт С л »-m n i „„'ni

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi Farmoni ya'ni

"2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi"da yuqorida ko'rib o'rib o'tgan normativ-huquqiy hujjatlardagi normalarni yanada takomillashtirish yuzasidan islohotlar davomi bo'ldi. Ya'ni Yangi O'zbekistonning

»

taraqqiyot strategiyasida davlat organlarida murojaatlarni tahlil qilish, ijtimoiy so'rovlar va jamoatchilik muhokamalarini o'tkazish natijalaridan kelib chiqib, hududlar (tuman, shahar, qishloq va mahalla) kesimida o'z tuzilmalarining faoliyati bo'yicha dasturlar ishlab chiqilib, e'lon qilib borilishi; davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning ijro etilishi jarayonini jamoatchilik tomonidan kuzatib borish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida muntazam e'lon qilib borish tizimi yaratilishi; tadbirkorlar, olimlar, ekspertlar hamjamiyati va jamoatchilik vakillari bilan birga tizimli muammolarni muhokama qilgan holda, ularni bartaraf etish bo'yicha aniq takliflar ishlab chiqish vazifasi; fuqarolar tomonidan ko'tarilayotgan tashabbuslarni umumlashtirib, fuqarolik jamiyati

m.

institutlarini jalb qilgan holda jamoatchilik loyihalarini ilgari surish; Taraqqiyot

strategiyasi va davlat dasturida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va o'z vaqtida ishlab chiqilishi, kelishilishi, jamoatchilik

J-jt

T T T n ПЛ^Л -I Irr» V\/M*l п!л Т Г71 TГ>| n 14

muhokamasiga joylashtirilishiga amaliy yordamni ko'rsatib borish vazifalari

ш

yuklangan [23].

Yuqorida tahlil etganimiz, norma ijodkorligi faoliyati, jumladan fuqarolarning undagi ishtiroki to'g'risidagi mavjud qonunchilik hujjatlarini hamda amalga

i и*

oshirilayotgan islohotlar quvonarli natijalar hisoblansada, biroq sohada hali qilinishi kerak bo'lgan ishlar ko'p ekanligi ham haqiqatdir.

Xulosa qilib norma ijodkorligi jarayonida jamoatchilik ishtirokining huquqiy

• , , ____ ________,___• U -„Ai__J„ , ou •

asoslari yuqorida ko'rib o'tgan normativ-huquqiy hujjatlarda ko'rib o'tdik. Shuni

ЩЪ

•"^'isr8'- gj I

> ] ^I^TALOIN VA >

*ШГТ*ПЛ1ЛЛТ1 AIS

%/TADQIQOTLAR No4 2022

^^ ilmlyuHuOty iumali i»--r

aytish mumkinki, norma ijodkorligida fuqarolarning huquqlari qonun bilan

♦1

mustahkamlab qo'yilganligi dunyoda o'rnatilayotgan fuqarolik jamiyatiga qarab borayotganidan dalolat beradi. Fuqarolik jamiyatida har bir fuqaro davlat boshqaruvida vakillar yoki to'g'ridan-to'g'ri qatnasha olishlari bilan ajralib turishadilar. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda o'zimizning birqancha takliflarimizni berib o'tamiz:

Birinchidan. Malakatimizdagi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda uni

keng jamoatchilikka muhokamaga yoki fikrlarini bilish maqsadida e'lon qilinadigan ilm s J ^JVT" Sp* '"S J

internet sahifalarini aholi orasida ommalashtirish ishlarini olib borish, jamoatchilikni

o'sha sahifalardan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish ishlarini olib borish,

davlat organlari zamonaviy aloqa kanallari imkoniyatlaridan keng foydalanishi

yuzasidan islohatlar olib borish.

Ikkinchidan. Jamiyatning barcha qatlamlarini ularning manfaatlarini hisobga olgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinayotganda ularni xabardor qilish jarayonida aholi gavjum joylarda (davlat xizmatlari markazlari, avtobuslar, poyezdlar, vokzallar, aeroportlar va boshqalar) reklama roliklaridan foydalangan holda normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamalari o'tkaziladigan havolalarni yoki jamoatchilik portallarini keng targ'ib qilish. Shu orqali fuqarolarning ishtirok

H*'

etishining samarali jihatlari ochib beriladi.

Uchinchidan. Jamoatchilik portallarida e'lon qilinayotgan normativ-huquqiy

hujjatlar oddiy fuqarolar tomonidan hujjatlarni tushunishda ma'lum qiyinchiliklar ¡>

m

tug'dirishi mumkin bo'lgan professional terminologiyani o'z ichiga olgan to'liq huquqli matnlar mavjudligini hisobga olib, ushbu loyihaning aniq kimga va qanday ta'sir qilishi haqida risola shaklida qisqacha ma'lumotnomani joylashtirish. Bundan

ko'zlangan maqsad fuqarolar orasida normativ-huquqiy hujjatlarning hamma uchun

tushunarligini oshirishga xizmat qiladi.

j>> >

^L , j к j j M

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Кутейников, Д. Л. (2017). Институционализация народной правотворческой инициативы в Российской Федерации (Doctoral dissertation, Твер. гос. университет, Моск. гос. юр. универ. им. ОЕ Кутафина (МГЮА),

Москва).

Ш

2. Кабышев, В. Т. (2012). Народовластие в системе конституционного строя России: конституционно-политическое измерение. Вестник Саратовской государственной юридической академии, (Дополнительный), 39-45.

ü

чн>

госудаисюсппии юридический академии, (дииилиитсльпыиi, 39-45.

3. Declaration on the Right and Responsibility of Individuals, Groups and

O I J I

Organs of Society to Promote and Protect Universally Recognized Human Rights and

organs oi society to promote and protect universally Recognized Human Rights anu

1 4ÎL \ 1>

Fundamental Freedoms

fli;

Й> iTg*

■H* ^ #,?Î

»

Miiiif-iwuuif juiiian

4. Тихомиров Ю.А. Управление делами общества (Субъекты и объекты управления в соц. об-ве). М.: Мысль, 1984. С. 161.

5. O'zbekistan Respublikasining "O'zbekistan Respublikasining referendumi to'g'risida"gi Qonuni Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018 y., 03/18/456/0512-son, 10.01.2018 y., 03/18/459/0536-son, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087- son, 09.01.2019 y., 03/19/512/2435-son

6. Boymurodov B.P Fuqarolarning norma ijodkorligi jarayonida ishtirok etish prinsiplarining nazariy-huquqiy asoslari. Huquqiy tadqiqotlar jurnali 2022 y -B 5 http://dx.doi.org/10.5281/zenodo.6322383

7. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - Toshkent.: O'zbekiston. 2020. 35-modda. URL:https:// www. lex.uz

8. Узбекистан Республикасининг Конституциясига шарi / А.А. Азизхужаев [ва боше.]; Узбекистан Республикаси адлия вазирлиги, Тошкент давлат юридик ин-ти. - Сайта ишланган ва тулдирилган 2-нашр. - Тошкент: Узбекистан, 2013. - 544 б.

9. www.president.uz

10. O'zbekiston Respublikasining "Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to'g'risi"dagi qonuni Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 -y., 03/21/683/0375-son

11. Boymurodov B.P Fuqarolarning norma ijodkorligi jarayonida ishtirok etish prinsiplarining nazariy-huquqiy asoslari. Huquqiy tadqiqotlar jurnali 2022 y -B 5 http://dx.doi.org/10.5281/zenodo.6322383

12. Boymurodov B.P Fuqarolarning norma ijodkorligi jarayonida ishtirok etish

i :

prinsiplarining nazariy-huquqiy asoslari. Huquqiy tadqiqotlar jurnali 2022 y -B 5 http://dx.doi.org/10.5281/zenodo.6322383

13. O'zbekiston Respublikasining "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida"gi qonuni Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 03/19/559/3670-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 -y., 03/21/683/0375-son

14. Руденко, В. Н. (2003). Прямая демократия: модели правления, конституционно-правовые институты. Учреждение Российской академии образования" Уральское отделение".

15. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-

son

16. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y.,

06/18/5505/1639-воп; 09.11.2019-у., 06/19/5870/4010-воп

17. Невинский, В. В. (2015). " Общественные инициативы" в России: природа, эволюция, роль. 1п Институт общественной инициативы в Российской

ж ^ »5«

TALQIN VA TADQIQOTLAR

ilmiy-u*lubiy jurnali

№4 2022

Федерации как одно из средств реализации конституционного принципа народовластия (pp. 159-168).

18. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 20.04.2021-y., 03/21/682/0354-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son

19. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son

20. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

21. Руденко, В. Н. (2003). Прямая демократия: модели правления, конституционно-правовые институты. Учреждение Российской академии образования" Уральское отделение".

22. Япрынцев, И. М. (2016). Правовые требования как гарантия реализации правотворческой инициативы граждан в субъектах Российской Федерации. Государственная власть и местное самоуправление, (4), 41-46.

23. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-sont

Ы*

Ы>

! >5>

Ы )>

] >4>

Ы >

ой:

m

ш>

! >1 l3>-

m>

Ы p ] >i> Ы >

+H >

л w> -

>> Ы*

-^fV-liT }»--^SfV-^ï f.—

36

jW^ y

q ж**

ЩУ>

::H >

q >ji. wi >

Ы:> >

j> и*-

q

Ш >

Ш >

q

>

^й >

Ы> *

>

q

Ц >р

I > >

q

q >3*

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.