Научная статья на тему 'FUQAROLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI VA MEZONLARI'

FUQAROLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI VA MEZONLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
16
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fuqarolik jamiyati / demokratiya / mahalliy hokimiyat / xokimiyat / saylovlar / davlat / parlament

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Burxonjon Jakbarovich Shamsiddinov, Xusnida Jumanazar Qizi Yuldasheva

Mazkur maqolada fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslari va mezonlari to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FUQAROLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI VA MEZONLARI»

FUQAROLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRISHNING HUQUQIY

ASOSLARI VA MEZONLARI

Burxonjon Jakbarovich Shamsiddinov Xusnida Jumanazar qizi Yuldasheva

QDPI

Annotatsiya: Mazkur maqolada fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslari va mezonlari to'g'risida ma'lumot keltirilgan.

Kalit so'zlar: fuqarolik jamiyati, demokratiya, mahalliy hokimiyat, xokimiyat, saylovlar, davlat, parlament

LEGAL BASIS AND CRITERIA OF CIVIL SOCIETY DEVELOPMENT

Burkhanjon Jakbarovich Shamsiddinov Husnida Jumanazar kizi Yuldasheva

KSPI

Abstract: This article provides information on the legal basis and criteria for the development of civil society.

Keywords: civil society, democracy, local authority, power, elections, state, parliament

Har bir fuqaro davlat idoralaridan, boshqaruv tizimida xizmat qiluvchi shaxslardan o'zini qiziqtirgan axborot va mahlumotga, maqsad va xohishlariga mos keluvchi ixtiyoriy uyushmalar tuzish uchun ruxsatnoma olish huquqiga ega. Bu borada davlat fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini muhofaza qiladi, ularning to'la ro'yobga chiqishini kafolatlaydi. Biroq amalda ba'zan davlat organlari biror muayayn holat yuzasidan aholini kamdan-kam xabardor qiladi, voqea va hodisalarni buzib yo bo'rttirib, bir yoqlama qilib ko'rsatadi, mahlumotni o'z manfaatlariga moslab tarqatadi. Bu holda demokratik makonga putur yetadi, fuqarolar voqea- hodisalar haqida to'g'ri fikrga ega bo'lmay, ko'pincha mish-mishlar ketidan quvadi. Tanqidning yo'kdigi, ayniqsa, o'z-o'zini tanqid qilmaslik esa ijtimoiy hayotdagi ziddiyatlk va keskin muammolarni hal etishga emas, balki ularning yanada murakkablashishiga, alaloqibat kuchli hokimiyatning zaiflashuviga olib keladi, uni o'ngu so'ldan bo'ladigan hujumlar oldqda ojiz qilib qo'yadi.

Bugun O'zbekistonda haqiqiy demokratik makon, fuqarolik jamiyatining asoslarini barpo etish uchun zarur ijtimoiy-siyosiy va huquqiy zamin yaratilgan. Har bir fuqaro nafaqt o'zining huquqlarini ro'yobga chiqarish, shu bilan birga, amaldg

56 HZ

hokimiyat tizimlariga tahsir ko'rsatish imkoniga ega. Bu aslida har bir fuqaro siyosatning ixtiyoriy holdagi yoki beixtiyor tarzdagi subhekti, siyosiy ong egasi ekanidav dalolatdir.1

Har bir fuqaro siyosatning subhekti ekani unint saylovlarda, referendumlarda, ayniqsa, mahalliy hokimiyat faoliyatida bevosita qatnashishida va ularni nazorat qilishida namoyon bo'ladi. Bosh qonunimizning XXI bobi "Mahalliy davlat hokimiyati asoslari" deb ataladi. Unda viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo'ysunadigan shaharlardan, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo'lib, ular: davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko'zlab qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavf-sizligini tahminlash; hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish; mahalliy soliqlar, yig'imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg'armalarni hosil qilish; mahalliy kommunal xo'jalikka rahbarlik qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish; fuqarolik holati hujjatlarini qayd etishni tahminlash kabi vazifalarni bajarishi ko'rsatilgan. Huquqiy va tashkiliy nuqtai nazardan fuqarolar yig'inlari ham mahalliy hokimlik instituti huzurida faoliyat ko'rsatadi.

"Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlar to'g'risida"gi (1994 yil may) qonunga muvofiq xalq deputatlari bir mandatli saylov okruglari bo'yicha ko'p-partiyaviylik asosida o'tadigan ovoz berish jarayonida saylanadilar. Mazkur kengashlarga deputatlar besh yil muddatga saylanadilar. Saylovda siyosiy partiyalarning ishtirok etishi mahalliy hokimiyat faoliyatini jonlantirishga, mavjud muammolarni hal etishga yangi siyosiy kuchlarning kelib qo'shilishiga imkon beradi. Mahalliy davlat hokimiyatining fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish organlari va keng aholi qatlamlari bilan yaqinligi, ular bilan bevosita muloqot o'rnatish imkoniga ega ekanligi esa nafaqat hokimiyatni kuchli siyosiy institutga aylantiradi, shu bilan birga, fuqa-rolik jamiyati asosi bo'lgan fuqarolik institutlarining keng miqyosda shakllanishiga ham zamin yaratadi.

Jamiyat hayot faoliyatining hozirgi davri ko'p jihatdan muayyan hududda yonma-yon yashab kelayotgan fuqarolarning o'zlarini qiziqtirgan barcha masalalarni yechishdagi faollik va uyushqoqligining ortishi, aholining turli guruhlari orasida ijtimoiy turmush sharoitining yaxshilanishi bilan xarakterlanadi. Bu jarayonlarning rivojlanishi natijasida o'z-o'zini boshqarish organlari yanada takomillashib boradi. Ular mahalliy o'z-o'zini boshqarish tizimidagi mustaqil bo'g'in sifatida bevosita joylarda jamiyat hayotiga oid qator muhim masalalarni hal qilishadi. Mahalliy hokimiyatning kuch-liligi uning shu hududda yashovchi aholi, fuqarolar hayotiga

1 Bahriyev K.H. Demokratiya va inson huquqlari. Huquqiy islohotlar o'zbek yo'lining xosliklari / ma'sul muharir -huquqshunoslik fanlari doktori, professor - Saidov A.X. / - Toshkent: "Iqtisodiyot va huquq dunyosi" nashriyot uyi, 1997.125b

57 nz

qanchalik yaqinligiga, ularning turmush sharoitini yaxshilash uchun qanchalar jon kuydirishiga, mahalla, fuqarolar yig'ini va o'z-o'zini boshqarish organlari bilan birgalikda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy-mahrifiy muammolarni hal eta olishiga qarab belgilanadi.

O'zbekistonda kuchli davlat qurish va fuqarolik jamiyatiga o'tish mamlakatimizda parlamentarizmning shakllanishi bilan ham bevosita bog'liqdir. Yurtimizda tom mahnodagi parlamentarizm O'zbekiston mustaqillikka erishganidan keyingina yuzaga keldi. Ochiq demokratik saylovlar asosida shakllanadigan oliy vakillik organi - Oliy Majlis nafaqat hokimiyatni shakllantirish usuli, shu bilan birga uning xalq oldidagi mashulligi hamdir. Shuning uchun demokratik saylov sharoitidagina xalq oldidagi mashulligini his qiladigan hokimiyat tizimini, bu o'rinda, qonunchilik hokimiyatini shakllantirish mumkin. Shu ma'noda, xalq suverenitetini ifoda etuvchi parlament - Oliy Majlis shunchaki qonunchilik organi bo'lib qolmay, o'z mohiyatiga ko'ra, huquqiy davlatning huquqiy institutlarini shakllantiruvchi tahsis organi ham bo'ldi. U milliy huquqiy davlatning haqiqiy tahsischisi va to'laqonli faoliyatining kafilidir.

Albatta, bu parlamentning ijro hokimiyati o'rniga dahvogarligini anglatmaydi. Hatto parlament nazorat funktsiyasini bajarayotganida ham ijro hokimiyati funktsiyasini o'z zimmasiga olmaydi, uning vakolatlari cheklanmagan emas. Parlamentning amaldagi nufuzi va salohiyati haqida Frantsiyaning sobiq Prezidenti Fransua Mitteran yaxshi izoh qoldirgan: haddan tashqari kuchli parlament davlatning ish maromiga, o'ta zaif parlament esa demokratiyaga xavf uyg'otadi. Bugun, O'zbekiston parlamenti mana shu ikki chegara doirasidan chiqmayotir, deb aytish uchun barcha asoslar mavjud.

Oliy Majlisning ikki palatali tizimga (Qonunchilik palatasi va Senat) o'tishi esa oliy vakillik organining ham aholi, ham mintaqalar bilan aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Kuchli davlat tizimida sud hokimiyatining o'rni, avvalo, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, ular ongi va turmush tarzida huquqiy madaniyatni, qonunlarga itoat etib yashash odatini shakllantirishdan iboratdir. O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatlaridan mustaqildir. To'g'ri, sud hokimiyatining funktsiyalari borasida turli yondashuv va fikrlar mavjud, ammo ularning barchasida sudlarning ijtimoiy tartibni mustahkamlash va tahminlashdagi o'rni beqiyos ekani yakdillik bilan qayd etiladi.

Bosh qonunimizning 27-moddasida har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlikhuquqiga ega, insonni ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki cheklab qo'yishga hech kimning haqqi yo'qligi belgilab qo'yilgan. Demak, sud hokimiyatining asosiy funktsiyasi fuqarolarning huquk, va erkinliklarini himoya qilishdan iboratdir. Yanada kengroq qaraydigan bo'lsak, O'zbekiston sud hokimiyati oldida mavhum

huquqiy mehyorlarni real huquq va burchlarga aylantirish, davlat organlarining inson huquqlyarini hurmat qilishini, davlatning fuqaro oldidagi burchlarini bajarishini tahminlash kabi ulkan vazifalar turadi. Sud hokimiyatiga bunday yondashish anchadan buyon ko'plab yirik huquqshunos olimlar tomonidan aytib kelinayotgan ilg'or g'oyalar bilan mushtarakdir. Shu bilan birga, sud hokimiyati ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, fuqarolar totuvligini tahminlash, manfaatlarni muvofiqlashtirish vazifalarini bajaradi.

Bugungi kunda sud hokimiyatining mustaqil faoliyat ko'rsatishi, uni liberallashtirish muammolari, aholi bilan aloqalari, sud raislarini saylash yoki tayinlash mexanizmlari haqida ko'p fikrlar bildirilmoqda. Chet davlatlar tajribasini o'rganish, ulardagi ayrim xususiyatlarni, usullarni tatbiq etish haqidagi dahvatlar ham kam emas. Mamlakatimizda sud hokimiyatini shakllantirishga yo'naltirilgan islohotlar turli yondashuvlarni, taklif va mulohazalarni keltirib chiqarishi tabiiy holdir. Chunki O'zbekistonga kuchli va mustaqil sud hokimiyati zarur. To'laqonli ishlaydigan sud hokimiyatisiz davlat hokimiyatining qolgan bo'g'inlari samarali ishlay olmaydi, demak, butun davlat tizimi beqarorlashadi.

Kuchli davlat kuchli qonunchilik, ijro va sud hokimiyatlaridan iboratdir. Fuqarolik jamiyati tomon borgan sari ularning faoliyatida xalq manfaatlariga xizmat qilishga, fuqarolarning ijodiy va mahnaviy salohiyatini to'la ro'yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoit, huquqiy makon va mexa-nizmlar yaratishga ehtibor yanada kuchayadi. Sud hokimiyati tizimida fuqarolik (o'rtoqlik) sudlarining yuzaga kelishi esa bu sohaga fuqarolik institutlarining tahsirini oshiradi.

Yuqoridagi kuzatishlardan quyidagi fikr-mulohazalar kelib chiqadi. Birinchidan, O'zbekistonda kuchli davlatni tashkil etish zarurati nafaqat ijtimoiy-siyosiy ehtiyoj, balki xalqning mentaliteti va kuchli hokimiyatga intilishi kabi tarixiy voqelik bilan bog'likdir. Ikkinchidan, kuchli davlat qurish maqsadi O'zbekistonda kechayotgan demokratik islohotlarning tarkibiy qismidir; u davlat hokimiyatini bir-biridan mustaqil bo'lgan qonunchilik, ijro va sud hokimiyati bo'g'inlariga taqsimlashga, sud, yuridik sohalarni liberallashtirishga, yangi o'zbek parlamentarizmini rivoj-lantirishga qaratilgan demokratik o'zgarishlar bilan birga barpo etilmokda. Uchinchidan, mamlakatimizda barpo etilayotgan kuchli davlat, avvalo, xalqning qo'llab-quvvatlashiga tayanadi va fuqarolar manfaatlariga xizmat qiladi. Bu uning kuchli tomonidir. To'rtinchidan, O'zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning tashabbuskori davlatdir. Aynan u fuqarolik jamiyati barpo etishni milliy demokratik taraqqiyotimizning modeli, strategik maqsad deb ehlon qilgan va fuqarolik institutlarini rivojlantirish borasidagi oqilona izlanishlarni qo'llab-quvvatlamokda. Beshinchidan, kuchli davlatning demokratik huquqiy davlatga aylanishi jamiyatda qonun ustuvorligini tahminlash, insonning huquqiy madaniyatini rivojlantirish, yuridik institutlar faoliyatini liberallashtirish, xullas, qonun ishlab chiquv-chilarning ham,

"Pedagogikada ilmiy izlanishlar" Ilmiy Jurnal / http://pedagogika.dsmi-qf.uz Volume 1 Issue 2 / December 2023

oddiy fuqarolarning ham huquqiy makon talablariga muvofiq yashashiga erishish orqali ro'y beradi. Esdan chiqarmaslik zarurki, ushbu fikrlar umumiy xarakterga ega, ularning real voqelikka aylanishi izlanishlarni izchil davom ettirishni, milliy demokratik taraqqiyot idealini nazardan qochirmaslikni taqozo etadi. Bugun biz barpo etayotgan kuchli demokratik davlat fuqarolik jamiyatiga olib borayotgan islohotlarning bosh subhekti, tashabbuskori sifatida maydonga chiqmoqda. Ayni mana shu ijtimoiy voqelik "kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari" tamoyilini hayotga to'la joriy etish kafolatini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Bahriyev K.H. Demokratiya va inson huquqlari. Huquqiy islohotlar o'zbek yo'lining xosliklari / ma'sul muharir - huquqshunoslik fanlari doktori, professor -Saidov A.X. / - Toshkent: "Iqtisodiyot va huquq dunyosi" nashriyot uyi, 1997.125b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.