Научная статья на тему 'MAHALLIY KENGASHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA NOMARKAZLASHTIRISH JARAYONINING AHAMIYATI (O’ZBEKISTON TAJRIBASI)'

MAHALLIY KENGASHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA NOMARKAZLASHTIRISH JARAYONINING AHAMIYATI (O’ZBEKISTON TAJRIBASI) Текст научной статьи по специальности «Право»

119
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
mahalliy kengashlar / viloyat / shahar / tuman budjetlari / nomarkazlashtirish jarayoni / budjet / qurilish / soliqlar va majburiy to‘lovlari / xalq deputatlari vakolatlari / mahalliy ijro organlari ustidan nazorat / mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarini bekor qilish / mulk daxlsizligini himoya qilish / sudyalarning o‘z faoliyati bo‘yicha axborotini eshitish / fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga / ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta‘minlashga / atrof-muhitni muhofaza qilishga doir o‗z vakolatlariga berilgan masalalarni hamda tashkiliy masalalar va O‗zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq nazorat etishga doir boshqa sohalar / local councils / regional / city / district budgets / decentralization process / budget / construction / taxes and compulsory payments / powers of people's deputies / control over local executive bodies / annulment of decisions of local state authorities / protection of property integrity / judges' fees hearing information on the activities of the rights and legal interests of citizens / ensuring socio-economic development / environmental protection / organizational issues.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Usmonjon Xayrullayevich Bo’Tayev, Sanjarbek Sunnat O’G’Li Abduraxmanov

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida mahalliy kengashlar faoliyatida nomarkazlashtirish jarayoni to‘g‘risida muhokama yuritilib, ushbu jarayon orqali mahalliy kengashlarga 1992-2022-yillar davomida berilgan vakolat hamda huquqlar sohalar kesimida atroflicha tahlil hamda muhokama qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article examines the process of decentralization in the activities of local councils in the Republic of Uzbekistan, and through this process, the powers and rights granted to local councils between 1992-2022 years are being analyzed and discussed in detail.

Текст научной работы на тему «MAHALLIY KENGASHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA NOMARKAZLASHTIRISH JARAYONINING AHAMIYATI (O’ZBEKISTON TAJRIBASI)»

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-248-256

MAHALLIY KENGASHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA NOMARKAZLASHTIRISH JARAYONINING AHAMIYATI (O'ZBEKISTON

TAJRIBASI)

Usmonjon Xayrullayevich Bo'tayev

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti "Fuqarolik jamiyati va huquq ta'limi" kafedrasi dotsenti, siyosiy fanlar (DSc),

Sanjarbek Sunnat o'g'li Abduraxmanov

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti "Fuqarolik jamiyati va huquq ta'limi" kafedrasi siyosiy fanlar bo'yicha (23.00.02)

tayanch doktoranti

Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasida mahalliy kengashlar faoliyatida nomarkazlashtirish jarayoni to'g'risida muhokama yuritilib, ushbu jarayon orqali mahalliy kengashlarga 1992-2022-yillar davomida berilgan vakolat hamda huquqlar sohalar kesimida atroflicha tahlil hamda muhokama qilingan.

Kalit so'zlar: mahalliy kengashlar, viloyat, shahar, tuman budjetlari, nomarkazlashtirish jarayoni, budjet, qurilish, soliqlar va majburiy to'lovlari, xalq deputatlari vakolatlari, mahalliy ijro organlari ustidan nazorat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarini bekor qilish, mulk daxlsizligini himoya qilish, sudyalarning o'z faoliyati bo'yicha axborotini eshitish, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashga, atrof-muhitni muhofaza qilishga doir o'z vakolatlariga berilgan masalalarni hamda tashkiliy masalalar va O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq nazorat etishga doir boshqa sohalar.

This article examines the process of decentralization in the activities of local councils in the Republic of Uzbekistan, and through this process, the powers and rights granted to local councils between 1992-2022 years are being analyzed and discussed in detail.

Keywords: local councils, regional, city, district budgets, decentralization process, budget, construction, taxes and

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

compulsory payments, powers of people's deputies, control over

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-248-256

local executive bodies, annulment of decisions of local state authorities, protection of property integrity, judges' fees hearing information on the activities of the rights and legal interests of citizens, ensuring socio-economic development, environmental protection, organizational issues.

В данной статье рассматривается процесс децентрализации в деятельности местных представителей в Республике Узбекистан, и в рамках этого процесса подробно анализируются и обсуждаются полномочия и права, предоставленные местным представительный органы в период с 1992-2022 годы.

Ключевые слова: местных представительных органов, областные, городские, районные бюджеты, процесс децентрализации, бюджет, строительство, налоги и обязательные платежи, полномочия народных депутатов, контроль за местными исполнительными органами, отмена решений органов государственной власти на местах, защита неприкосновенности собственности, судебное разбирательство по гонорарам информация о деятельности по защите прав и законных интересов граждан, обеспечению социально-экономического развития, охране окружающей среды, организационным вопросам.

Bizga ma'lumki, nomarkazlashtirish — davlat boshqaruvining muayyan vakolatlarini quyi tuzilmalarga, mahalliy hokimiyat organlariga berishni anglatadi. Har qanday davlatda markaziy hukumatdan umummilliy vazifalarni samarali ijro etish kutiladi. Bunga ichki va tashqi xavfsizlikni, qonuniylik hamda huquq-tartibotni, valyuta tizimi, makroiqtisodiy rivojlanish barqarorligini, yagona o'lchov standartlari va hokazolarni ta'minlash singarilar kiradi. Mintaqalar, shaharlar va jamoalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning aniq masalalarini hal etish esa mahalliy hokimiyat organlarining vakolatiga berilishi kerak. Boshqacha aytganda, nomarkazlashtirish — boshqaruv organlarining xalq ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq funksiyalarini avvalambor mahalliy hokimiyat organlari zimmasiga yuklash orqali davlatning xalqqa xizmati sifatini oshirish hisoblanadi. [1] Xususan, bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabradgi Oliy Majlisga Murojaatnomasida quyidagilarni

АННОТАЦИЯ

Kirish

ta'kidlab o'tgan edi: "Davlat va jamiyat qurilishi tizimini

April, 2023

National University of Uzbekistan

Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-248-256

takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida hokimiyatning vakillik organlari va ijro hokimiyati idoralari o'rtasida yaqin hamkorlikni ta'minlaydigan usul va uslublarni takomillashtirib, o'ta markazlashgan boshqaruvdan bosqichma-bosqich voz kechish lozim... Davlat boshqaruvini haddan tashqari markazlashtirishdan voz kechish zarur. Buning uchun ko'pgina vakolatlarni markaziy davlat organlaridan hududiy organlarga o'tkazish kerak." [2] Haqiqattan ham, davlat boshqaruvining haddan tashqari markazlashtirilishi ma'muriy-buyruqbozlik tizimining asosiy xususiyatlaridan biri. Bunday sharoitda markaz barcha masalalar, shu jumladan, mintaqalar, mahalliy hududlar faoliyatiga tegishli bo'lgan mayda masalalar bo'yicha ham qaror qabul qiladi. Tabiiyki, bu ijtimoiy taraqqiyotning xususiyati va sur'atlariga, odamlar hayotining sifatiga ta'sir qilmasdan qolmas edi." [1] Ya'ni, fuqarolarning oddiy hamda primitiv muammolarini ham markaziy organlar tomonidan hal qilinishi ushbu muammoning yechilishiga emas, balki ushbu muammoni bartaraf qilinishini yanada qiyinlashtirib, buyurokratik to'siq hamda cheklovlarni yuzaga kelishiga xizmat qiladi. Shu sababli, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 -2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida 6-maqsad ya'ni davlat boshqaruvi tizimida ma'muriy apparatni ixchamlashtirish va ish jarayonlarini maqbullashtirish maqsadini amalga oshirish uchun davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash vazifasi yuklatilgan. Xususan, ushbu vazifani amalga oshirish mexanizmi sifatida respublika davlat boshqaruvi organlarining funksiya va vakolatlarini hududiy davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga o'tkazishning tartibini ishlab chiqish to'g'risidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish belgilab qo'yilgan. [3] Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-son Farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasida vertikal boshqaruv tizimi va ijro etuvchi hokimiyat organlari hamkorligining mexanizmlarini takomillashtirish yo'nalishida respublika davlat boshqaruvi organlari vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati organlariga, viloyatdan tuman (shahar) davlat hokimiyati organlariga o'tkazishni nazarda tutgan holda, davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich nomarkazlashtirish hamda davlat boshqaruvining turli darajadagi o'zaro funksiya va vakolatlarini, xususan, umumdavlat miqyosidagi strategik masalalarni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida qoldirish, shuningdek, ular tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan vakolatlardan lozim darajada

April, 2023

250

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-248-256

foydalanayotganligi ustidan nazorat qilishni aniq chegaralash vazifasi belgilab qo'yilgan. [4]

Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi

O'zbekistonda mahalliy kengashlar samaradorligini oshirishda nomarkazlashtirish jarayonining ahamiyati tegishincha S.Adilxodjayeva, G'.Aliyev, A.Dadasheva, Sh.Jalilov, G.Ismailova, A.Yo'ldoshev, F.Kim, G.Malikova, S.Muratayev, X.Odilqoriyev, M.Radjabova, X.Ruzmetov, I.Sobirov, A.To'laganov, I.Xamedov, O.Xusanov, A.Babadjanov, A.Mahmudovlar tomonidan, MDH davlatlari miqyosida M.Baglay, T.M.Byalkina, A.S.Prudnikov, R.F.Turovskiy Y.N.Xazov, T.F.Yakovleva, Y.S.Lapatuxina tomonidan, xorijiy mamlakatlarda esa Jesse Ribbot, Keys Miller Allin Lokner (AQSH), A.Chandler, J.Kingdom, Stiv Parkinson, Rod Latham, Rojer Kemp (Buyuk Britaniya), Karlos Silva Jan Buchek (Shveytsariya), Maleka Banu, Siddik Kamal (Bangladesh), Orapin Sopchokchai (Tailand) tomonidan atroflicha o'rganilgan.

Muhokama va natijalar

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasiga binoan, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo'ysunadigan shaharlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo'lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko'zlab o'z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar. [5] Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati organlari to'g'risida"gi 913-XII-son Qonunining 1-moddasiga ko'ra, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo'ysunadigan shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlari hisoblanishi belgilangan. [6]

O'zbekistonda davlat boshqaruvini nomarkazlashtirishdagi vakillik institutlarining o'ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo'ladi:

• budjet masalalariga bog'liqligi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o'z kuchini yo'qotgan deb topish to'g'risida"gi O'RQ-361-son Qonunga binoan, mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning stavkalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilash vakolati xalq deputatlari kengashlari vakolatiga o'tkazilgan. [7] Bundan tashqari, O'zbekiston

Respublikasining

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-248-256

2020-yil 30-dekabrdagi "Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar

1) viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarining prognozlarini ma'lumot uchun qabul qilish; 2) viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlar budjetlariga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi qarorlarni tasdiqlash; 3) tegishli budjetlardan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag'larini taqsimlovchilarning budjet mablag'laridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar to'g'risidagi hisobotlarini eshitish; 4) tegishli viloyatlarning viloyat budjetlaridan hamda Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini ko'rib chiqish hamda tasdiqlash vakolatlari

[8] xalq deputatlari kengashlari vakolatiga o'tkazilgan.

• qurilish masalalariga bog'liqligi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o'z kuchini yo'qotgan deb topish to'g'risida"gi O'RQ-361-son Qonunga binoan, hududni rivojlantirishning istiqbolga mo'ljallangan dasturlarini, tuman, shaharning bosh rejasi va uni qurish qoidalarini tasdiqlash vakolati xalq deputatlari kengashlari vakolatiga

[9] o'tkazilgan.

• soliqlar va majburiy to'lovlarga bog'liqligi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartishlar kiritish to'g'risida"gi O'RQ-683-son Qonunga binoan, mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida belgilash vakolati xalq deputatlari kengashlari vakolatiga [10] o'tkazilgan.

• mahalliy kengash xalq deputatlari vakolatlariga bog'liqligi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartishlar kiritish to'g'risida"gi O'RQ-683-son Qonunga binoan, qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda xalq deputatlarining vakolatlarini e'tirof etish va muddatidan oldin to'xtatish, ularni javobgarlikka tortish uchun rozilik berish vakolati xalq deputatlari kengashlari

vakolatiga [10] o'tkazilgan.

kiritish to'g'risida"gi O'RQ-660-son Qonunga binoan,

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-248-256

• mahalliy ijro organlari ustidan nazorat vakolatlariga bog'liqligi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o'z kuchini yo'qotgan deb topish to'g'risida"gi O'RQ-446-son Qonunga binoan, 1) ijroiya hokimiyati bo'limlari, boshqarmalari, boshqa tarkibiy bo'linmalari rahbarlarining hisobotlarini, shu jumladan qonunlarga rioya etilishi, tegishli xalq deputatlari Kengashlari qarorlarining va doimiy komissiyalar tavsiyalarining bajarilishi; 2) tegishli prokurorlarning hisobotlarini eshitish; 3) O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo'linmalari rahbarlarining hisobotlari; 4) tegishincha sog'liqni saqlashni boshqarish hududiy organlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, tuman markaziy ko'p tarmoqli poliklinikalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish vakolati [11] xalq deputatlari kengashlari vakolatiga o'tkazilgan. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi "Ba'zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi O'RQ-512-son Qonunga binoan, tegishincha hududiy adliya boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) adliya bo'limlari boshliqlarining axborotini eshitish vakolati ham xalq deputatlari kengashlari vakolatiga [12] o'tkazilgan.

• mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarini bekor qilish vakolatlariga bog'liqligi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartishlar kiritish to'g'risida"gi O'RQ-683-son Qonunga binoan, hokimning va quyi Kengashning O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mos kelmaydigan qarorlarini bekor qilish vakolati xalq deputatlari kengashlari vakolatiga [10] o'tkazilgan.

• mulk daxlsizligini himoya qilish vakolatlariga bog'liqligi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi "Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi O'RQ-782-son Qonunga binoan, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishincha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli bo'lgan yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun

olib qo'yish va olib qo'yilgan yer uchastkalarida joylashgan

ko'chmas mulk obyektlarini buzib tashlash to'g'risida qarorlar

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-248-256

qabul qilish vakolati Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari vakolatiga o'tkazilgan. [13]

• sudyalarning o'z faoliyati bo'yicha axborotini eshitish vakolatlariga bog'liqligi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi "Ba'zi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi O'RQ-486-son Qonunga binoan, bir yilda kamida bir marta o'z majlisida viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raislarining tegishli sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini sud yo'li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati to'g'risidagi axborotini eshitish vakolati Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari vakolatiga o'tkazilgan hamda ushbu qarori O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga yuborilishi belgilangan. [14]

• fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashga, atrof-muhitni muhofaza qilishga doir o'z vakolatlariga berilgan masalalarni, tashkiliy masalalar va O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq nazorat etishga doir boshqa vakolatlariga bog'liqligi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi O'RQ-683-son Qonunga binoan, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashga, atrof-muhitni muhofaza qilishga doir o'z vakolatlariga berilgan masalalarni, tashkiliy masalalar va O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq nazorat etishga doir boshqa masalalarni hal etish vakolati Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari vakolatiga o'tkazilgan. [10]

O'zbekistonda davlat boshqaruvini nomarkazlashtirishdagi vakillik institutlarining o'ziga xos xususiyatlari budjet, qurilish, soliqlar va majburiy to'lovlari, xalq deputatlari vakolatlari, mahalliy ijro organlari ustidan nazorat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarini bekor qilish, mulk daxlsizligini himoya qilish, sudyalarning o'z faoliyati bo'yicha axborotini eshitish, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashga, atrof-muhitni muhofaza qilishga doir

Xulosa

o'z vakolatlariga berilgan masalalarni hamda tashkiliy masalalar

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-248-256

va O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq nazorat etishga doir boshqa sohalarga bog'liqligida namoyon bo'ladi. Nomarkazlashtirish orqali yuqoridagi vakolatlarning mahalliy kengashlarga berilishi ushbu soha faoliyatining samarali hamda eng asosiysi hududlarda ular vakolatlarining ta'sirchanligini oshirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. S.Safoyev, Boshqaruv tizimini takomillashtirish — hokimiyatni xalqqa yaqinlashtirishdir, https://yuz.uz/uz/news/boshqaruv-tizimini-takomillashtirish--hokimiyatni-xalqa-yaqinlashtirishdir;

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi, https: //president.uz/oz/lists/view/1371.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi 60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi, https://lex.uz/uz/docs/-5841063.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-son Farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasi, https://lex.uz/docs/-3331174.

5. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, https://lex.uz/docs/-20596.

6. O'zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati organlari to'g'risida"gi 1993-yil 2-sentabrdagi 913-XII-son Qonun, https://lex.uz/ru/docs/-112170.

7. O'zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o'z kuchini yo'qotgan deb topish to'g'risida"gi O'RQ-361-son, https://lex.uz/docs/-2304017.

8. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi "Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi O'RQ-660-son Qonun, https://lex.uz/docs/-5193311.

9. O'zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o'z kuchini yo'qotgan deb

topish to'g'risida"gi O'RQ-361-son Qonun, https://lex.uz/docs/-

2304017.

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-248-256

10. O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartishlar kiritish to'g'risida"gi O'RQ-683-son Qonun, https://lex.uz/docs/-5388561.

11. O'zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o'z kuchini yo'qotgan deb topish to'g'risida"gi O'RQ-446-son Qonun, https://lex.uz/docs/-3340554.

12. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi "Ba'zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi O'RQ-512-son Qonun, https://lex.uz/docs/-4146000.

13. O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi "Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi O'RQ-782-son Qonun, https://lex.uz/docs/-6087330.

14. O'zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi "Ba'zi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi O'RQ-486-son Qonun, https://lex.uz/docs/-3832383.

15. MUXAMEDJANOVA, L. (2022). Philosophical classification of the concepts of modernization of society and moral values. https://scienceweb.uz/publication/5222

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.