Научная статья на тему 'OILANI MUSTAHKAMLASH VA HIMOYA QILISHNING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI'

OILANI MUSTAHKAMLASH VA HIMOYA QILISHNING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

53
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OILANI MUSTAHKAMLASH VA HIMOYA QILISHNING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI»

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

OILANI MUSTAHKAMLASH VA HIMOYA QILISHNING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI

B. E. Yuldashev

dotsent, tarix fanlari nomzodi

S. T. Xidirova, M. R.Otaqulova

Iqtisodiyot" fakulteti MN-3 guruh talabalari: hidirovasevinc6@gmail .com otaqulovamarifat@gmail .com

Oilani muqaddas bilish va uning mustahkamligi uchun kurashish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Bugungi kunda avlodlar davomiyligini ta'minlaydigan ma'naviyat qo'rg'oni bo'lmish oilani mustahkamlash barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimiz ham hisoblanadi. Shu bois mamlakatimizda barcha xayrli ishlar avvalo oilalarni mustahkamlash va èsh avlodning èrug' kelajagini ta'minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Zero, oila sog'lom ekan, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan, mamlakat barqarordir. Muqaddas zaminimizda qadimdan milliy urf-odatlarimiz hamda an'analarimiz èsh avlod ongiga singdirishda, ularni jismonan barkamol, ma'nan yetuk, mehr - oqibatli insonlar qilib tarbiyalashda oila muhiti muhim o'rin egallab kelgan. Oilani mustahkamlash bugungi kunning muammolardan biri desak xato qilmaymiz. Shu boisdan ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 1993 yil 20 sentyabrdagi yig'ilishida 15 mayni har yili Xalqaro oila kuni sifatida nishonlash to'g'risida qaror qabul qildi. Shundan buèn butun dunèda, shu jumladan yurtimizda ham Xalqaro oila kuni keng nishonlab kelinmoqda. O'tgan yillar mobaynida yurtimizda oila tushunchasi, uning mazmun va mohiyati, jamiyatda tutgan o'rni masalalariga alohida e'tibor qaratilib, barcha huquqiy asoslar yaratilganini alohida ta'kidlash lozimdir. Ayniqsa, aèllar va bolalar manfaatlarini himoya qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. [1]

Oila jamiyat va davlat bilan o'zaro bog'liq bo'ladi va ular bilan bir zamonda rivojlanadi. Shuning uchun Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasi 1-bandida "Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasidadir" deb qayd etilgan. Shunga ko'ra hech mubolag'asiz aytish mumkinki, oila fuqarolik jamiyatining tayanch nuqtasi, barqaror va tinch tuzulmasi, kishilarning tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy

| 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

birligi hamdir. Chunki bu muqaddas dargohda nafaqat inson dunèga keladi, balki u ma'nan va ahloqan tarbiya topadi, unda avlodlar kamol topadi. Oila qanchalik mustahkam bo'lsa jamiyat ham shunchalik mustahkam bo'ladi va tez rivojlanadi. [2]

Oila - jamiyat va davlat himoyasida. Zero, oilaga muntazam g'amxo'rlik qilish, unga har taraflama moddiy va ma'naviy ko'mak berish insonparvar demokratik huquqiy davlatning muhim vazifalaridan biridir. Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasining 3-bandi hamda Oila kodeksi 4- moddasining 1-qismiga binoan, oila, onalik, otalik va bolalik davlat himoyasidadir. Bu qoida mustaqil mamlakatimiz Konstitutsiyasida ilk bor belgilangan yangi qoidadir. Biz quraètgan demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatida oila o'ziga xos ijtimoiy birlashmani tashkil yetadi. Oilaning bu xususiyati uning jamiyat manfaatlari bilan bog'liqligi hamda ijtimoiy vazifalarida o'z ifodasini topadi. Mamlakatimizda har bir oilaning turmush farovonligini mustahkamlashga qaratilgan dasturiy maqsadlarga asoslanib ish olib borilmoqda. Xususan, 1998 yil Respublikamizda "Oila yili" deb e'lon qilinishi, shu yilning 30 aprelida O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksi tasdiqlanib, 1 sentyabrdan amalga kiritilishi fikrimizning yaqqol tasdig'idir.

Bugungi kunning muhim vazifasi adolatparvar jamiyatni vujudga keltirishdir. Bu jamiyat poydevorini, ma'naviy sog'lom va madaniy saviyasi baland minglab va millionlab oilalar tashkil yetadi. O'zbekistonda davlat bilan bir qatorda jamoat tashkilotlari turli jamg'armalar hisobidan oilani mustahkamlash, bolalar manfaatini himoya qilish uchun moddiy va ma'naviy èrdam ko'rsatib kelmoqda. [3] Xususan, ehtièjmand oilalarning farzandlari, chin yetim, nogironligi bo'lgan va davolanishga muhtoj bolalarga alohida mehrmuruvvat ko'rsatish bo'yicha yangi tizim joriy etildi. Hozirgi kunda respublikamizda alohida e'tiborga muhtoj 18 èshgacha bo'lgan 150 ming nafar èshlar bor. Ularning ta'lim olishi, aniq bir kasbni egallashi uchun ko'maklashish, og'ir kasallikka chalinganlarni davolash, chin yetimlarga haètda o'z o'rnini topishga èrdam berish, uy-joy bilan ta'minlash muhim ahamiyat kasb yetadi. 2021 yilda birinchi marta byudjetdan 900 nafar chin yetim èshlarni uy-joy bilan ta'minlashga 50 milliard so'm ajratildi. Zerro, Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasi 2-bandiga ko'ra "Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo'lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o'qitishni ta'minlaydi, bolalarga bag'ishlangan xayriya faoliyatlarni rag'batlantiradi" [4]

Konstitutsiyaning 78-moddasi 1-bandida "Farzandlar ota-onalarning nasi - nasabidan va fuqarolik holatidan qat'i nazar

| 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

qonun oldida tengdirlar", shu moddaning 2 - bandida "Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi" deb qayd etilgan. O'tgan vaqt davomida respublikamizda aèllar va èsh avlod sog'lig'ini mustahkamlashga yo'naltirilgan muntazam chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida sog'lom oilani shakllantirish, tug'ish èshidagi aèllarni sog'lamlashtirish ishlari o'zining ijobiy samarasini berdi. 1998 yilning "Oila yili" deb e'lon qilinishi natijasida oila manfaatlari uchun barcha manbaalar bo'yicha 144,8 milliard so'm mablag' ajratilib, bu mablag'larning deyarli yarimi davlat byudjetidan qoplandi deb qayd etishimiz fikrimizning yaqqol dalilidir. Mamlakatimizda èsh oilalarga alohida e'tibor qaratilmoqda. "O'zbekiston Respublikasida èshlarga doir davlat sièsatining asoslari to'g'risida"gi qonunga ko'ra èsh oilalarga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil qilish, uy-joy qurish va sotib olish, mebel va boshqa uzoq muddat foydalanadigan haètiy zarur tovarlar sotib olish maqsadlari uchun imtièzli kreditlar ajratish o'z ahamiyatiga ko'ra èsh oilalarni moddiy-ma'naviy qo'llab-quvvatlash sohasida jiddiy voqea bo'ldi va bular davlatimizning oila masalasiga ma'suliyat bilan qarab, katta ishlarni amalga oshirayotganligining yorqin ifodasidir.

Nikoh - oila vujudga kelishining birdan - bir asosidir. "Nikoh, -Konstitutsiyaning 76-moddasi 2-bandiga ko'ra, -xalqning an'anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqligiga asoslanadi" Demak, nikoh erkak va aèl o'rtasidagi ixtièriy rozilik va tenglikka asoslanib tuzilgan erkin ittifoq bo'lib, uning maqsadi oila qurish, bolalarni umuminsoniy qadriyatlar va an'analar asosida tarbiyalashdan iborat. Nikoh tuzilgandan so'ng er va xotin o'rtasida har ikkala tomonning huquqlari va majburiyatlari vujudga keladi. Ular o'rtasidagi munosabatlar ahloq-odob qoidalari bilangina emas, balki qonunlar, huquqiy qoidalar bilan tartibga solinadi. Bu holat Konstitutsiyaning 77-moddasining 1-bandida quydagicha izohlanadi: "Ota - onalar va ularning o'rnini bosuvchi shaxslar o'z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta'lim olishi, sog'lom, to'laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g'amxo'rlik qilishga majburdirlar" [5]

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, oila muqaddas dargoh ekanligi, bugungi kunda yurtimizda barkamol avlodni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash eng muhim vazifa hisoblanishi Bosh Qomusimizning o'zgartirish kiritilaètgan moddalarida o'z aksini aksini topaètganligini, unda mohiyatan yangi konstitutsiyamizda oila huquqlari yanada mustahkamlanganidan dalolatdir.

Civil Society and a People-Friendly State

ty

etishning huquqiy kafolati

https://tstu.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

December 1-7, 2023

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

REFERENCES

1. Shavkat Mirziyoev. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T: "O'zbekiston", 2021.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga murojaati. "Xalq so'zi", 2022 yil, 21 dekabr.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar № PF-60 sonli "20222026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmoni. Lex UZ on-line.

4. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., "O'zbekiston", 2023.

5. "Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni. 2020 yil 19 may.

6. Dadasheva A.A.. INSON HUQUQLARI BO'YIChA XALQARO INSTITUTLAR (2023) (17), 87-90

7. Egamberdieva N.X.. Delikt majburiyatlarning xuquqiy tabiyati O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o'quv kurslari AXBORATNOMASI

8. Inagamova M.M Ayol huquqlarini himoya ilishda ichchki ishlar organlari ishtirokining huquqiy mexanizlarini takomillashtirish (Scienceweb academic papers collection)

9. Egamberdieva N.X, Egamberdieva X.E, O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YeRLARNI XUSUSIYLAShTIRISh ASOSLARI VA TARTIBI. Academic research in educational sciences 3 (TSTU Conference 2), 65-71 2022.

10. Dadasheva A.A. Davlat xizmatini isloh qilish sharoitida hokimlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari - Academic research in educational sciences, 2022

11.M.M. Inagamova, N. Joraboev. Formation and description of the women rights in islam. American Journal of Research in Humanities and Social Sciences . Volume 11, | April, 2023. P. 71-75.

12. Dadasheva A.A. O'zbekiston respublikasi-konstitutsiyaviy islohotlar davr talabi -Academic research in educational sciences, 2022

13. Dadasheva A.A O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI-KONSTITUTSIYaVIY ISLOHOTLAR DAVR TALABI Uzbek Scholar Journal 15, 10-12

14. Dadasheva A.A Emergence and development of local state representative bodies in the Republic of Uzbekistan (theory and practice) autoreferat of the dissertation for the candidate of legal ... T.: Publishing house of the National university of Uzbekstan, 13

15. Dadasheva A.A, MAIN DIRECTIONS OF IMPLEMENTATION OF PUBLIC CONTROL OVER THE ACTIVITY OF GOVERNORS IN THE CONDITIONS OF CIVIL SERVICE REFORM. Academic research in educational sciences, 117-122.

December 1-7, 2023 https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.