Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
KONSTITUTSIYA VA QONUN USTUVORLIGI
B. E. Yuldashev
dotsent, tarix fanlari nomzodi
L. F. Shokirova, M. T. Sulaymonova
Iqtisodiyot fakulteti BHA-3 guruh talabalari: [email protected], [email protected]
Qonunning ustuvorligi har qanday davlat va jamiyat haetining muqaddas tamoyillaridan biridir. Jamiyatda qonuniylik tantana qilmasa, shaxsning huquq va erkinliklari qat'iy intizom, ichki uyushqoqlik va ma'suliyat jihatdan ustuvor bo'lmasa, qonunlar, milliy an'analar, urf-odatlar, umuminsoniy qadriyatlar hurmat qilinmasa, demokratik huquqiy davlatni tasavvur qilib bo'lmaydi. Qonunga og'ishmay itoat etilgan jamiyatdagina demokratiya qaror topadi va mustahkam bo'ladi. Qonunga itoatkorlik - bu yuksak madaniyatlilik, ma'naviyatlilik, ma'rifatlilik belgisidir. Qonunga itoatkorlikni insonning unga ko'r-ko'rona bo'ysunishi ma'nosida tushunmaslik kerak. Qonunning maqsad va vazifalarini, ma'n osi-yu insonparvarlik mohiyatini ongli ravishda tushunib olish unga ixtieriy rioya qilishga va uning asosida faoliyat yuritishga erdam beradi. Boshqacha qilib aytganda, qonunga itoatkorlik, eng avvalo, qonunlarni puxta bilishni va ularga rioya qilib yashashni taqozo etadi. Qonunlarni bunday bilish davlatga ham, fuqarolarga ham birday xos va foydali fazilat bo'lishi lozim. Qaysi bir jamiyaitda qonun bajarilmay qog'ozda qolib ketsa, unday jamiyat aslo ravnaq topmaydi, adolatga erisha olmaydi. Qonun amalda bo'lishi lozim. Qonun qabul qilindimi, uning ijrosi ham qat'iy bo'lmog'i zarur. [1]
Demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgilaridan biri - barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini ta'minlashdir. Konstitutsiya va qonun ustuvorligi, birinchidan, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qonunning qat'iyan hukmronligini, hech kim, hech bir davlat organi, mansabdor shaxs, tadbirkor yoki boshqa biror fuqaro qonunga bo'ysunish majburiyatidan xoli bo'lishi mumkin emasligini anglatadi. Ikkinchidan, Konstitutsiya va qonun ustuvorligi shuni ifodalaydiki, asosiy ijtimoiy, eng avvalo iqtisodiy va siyosiy munosabatlar faqat qonun yo'li bilan tartibga solinadi, uning barcha ishtirokchilari esa hech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun huquqiy javobgarlikka tortiladilar. [2] Shu bois O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasi 11-7, 2023
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
bandida "O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi" va shu moddaning 5-bandida esa "Davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritadilar" deb belgilab qo'yilgan. Konstitutsiyaning ana shu qoidalarida ma'no-mazmun bor. Belgilab qo'yilganidek, Konstitutsiya va qonun oldida barcha birday mas'uldir. Mamlakat qonunlariga jami fuqarolar barobar bo'ysunmog'i ham farz, ham qarz. Hech kim, hech bir davlat organi, mansabdor shaxs, tadbirkor eki boshqa biror fuqaro qonunga bo'ysunish va unga so'zsiz rioya etish majburiyatidan xoli bo'lishi mumkin emas. Chinakam demokratik jamiyatda hamisha shunday bo'ladi.
[3]
Konstitutsiya - o'zbek milliy-huquqiy tizimning o'zagini tashkil etadi. Barcha joriy qonunlar va normativ huquqiy hujjatlar Konstitutsiyaga to'la muvofiq holda ishlab chiqilmog'i zarur. Asosiy Qomusimizning 16- moddasida "Mazkur Konstitutsiyasining birorta qoidasi O'zbekiston Respublikasining huquq va manfaatlariga, ushbu Konstitutsiyaning birinchi bo'limida nazarda tutilgan asosiy prinsip va normalariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas".
O'zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiya asosida va uni ijro etish yuzasidan qabul qilinadi. Birorta qonun yoki boshqa normativ - huquqiy hujjat Konstitutsiyaning prinsip va normalariga zid kelishi mumkin emas" deb ta'kidlangan. Qayd etilgan fikrlardan kelib chiqqan holda shuni ta'kidlash lozimki, ijroiya organlari qonunlarga qo'shimchalar emas, balki mazkur qonunlarning ijrosiga oid hujjatlarni qabul qilmoqlari zarur bo'ladi. [4]
Konstitutsiyamizni maxsus tarzda muhofaza qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tashkil etilgan bo'lib, mazkur sud "...qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi to'g'risidagi ishlarni ko'radi", "O'zbekiston Respublikasi qonunlarining va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari qarorlarining, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, xukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O'zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi" [5]
Xuloca qilib aytganda qonunning kuchi, obro'si, ta'siri, amaliy ahamiyati haetda uni halol, haqqoniy, odilona tatbiq etilishidadir. Agar qonun ijrochilari burchlari va mas'uliyatlariga
1-7, 2023
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
Tashkent State Technical University
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
xolisona, odilona èndashib, to'g'ri yo'ldan toymay, g'irromlik qilmay, el-yurt, Vatan, davlat manfaati va taqdirini o'zlari uchun oliy maqsad deb hisoblab qonunlarni turmushga adolatli qo'llasalar, bundan davlat va jamiyat ham, xalq ham eng ko'p naf ko'radi.
REFERENCES
1. Shavkat Mirziyoev. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalishg sari. 4-jild, T., "O'zbekiston", 2020.
2. Shavkat Mirziyoev. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T: "O'zbekiston", 2021.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga murojaati. "Xalq so'zi", 2022 yil, 21 dekabr.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar № PF-60 sonli "20222026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmoni. Lex UZ on-line.
5. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., "O'zbekiston", 2023.
6.Dadasheva A.A.. INSON HUQUQLARI BO'YIChA XALQARO INSTITUTLAR (2023) (17), 87-90.
7. Egamberdieva N.X.. Delikt majburiyatlarning xuquqiy tabiyati O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o'quv kurslari AXBORATNOMASI
8. Inagamova M.M Ayol huquqlarini himoya ilishda ichchki ishlar organlari ishtirokining huquqiy mexanizlarini takomillashtirish (Scienceweb academic papers collection).
9.Egamberdieva N.X, Egamberdieva X.E, O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YeRLARNI XUSUSIYLAShTIRISh ASOSLARI VA TARTIBI. Academic research in educational sciences 3 (TSTU Conference 2), 65-71 2022.
10. Dadasheva A.A. Davlat xizmatini isloh qilish sharoitida hokimlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari - Academic research in educational sciences, 2022.
11.M.M. Inagamova, N. Joraboev. Formation and description of the women rights in islam. American Journal of Research in Humanities and Social Sciences . Volume 11,
| April, 2023. P. 71-75.
12. Dadasheva A.A. O'zbekiston respublikasi-konstitutsiyaviy islohotlar davr talabi - Academic research in educational sciences, 2022.
Civil Society and a People-Friendly State
ty
etishning huquqiy kafolati
13. Dadasheva A.A O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI-KONSTITUTSIYaVIY ISLOHOTLAR DAVR TALABI Uzbek Scholar Journal 15, 10-12.
December 1-7, 2023
https://tstu.uz/
Republican Scientific and Practical Conference
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
14. Dadasheva A.A Emergence and development of local state representative bodies in the Republic of Uzbekistan (theory and practice) autoreferat of the dissertation for the candidate of legal ...T.: Publishing house of the National university of Uzbekstan, 13.
15. Dadasheva A.A MAIN DIRECTIONS OF IMPLEMENTATION OF PUBLIC CONTROL OVER THE ACTIVITY OF GOVERNORS IN THE CONDITIONS OF CIVIL SERVICE REFORM. Academic research in educational sciences, 117-122.
https://tstu.uz/
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
246