Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
OZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI - FUQAROLIK JAMIYATI VA XALQPARVAR DAVLAT BARPO ETISHNING HUQUQIY
KAFOLATI
A. A. Kasimova
Yuridik fanlari nomzodi, dotsent
Jasurjon Bahodirjon o'g'li Xamdamaliyev
Yurisprudensiya yo'nalishi 1-bosqich talabasi j asurhamdamov88@gmail .com
Konstitutsiya - davlatning oliy yuridik kuchga ega bo'lgan qonuni. Konstitutsiyani asosiy qonun deb ham atashimiz mumkin, chunki Konstitutsiya -davlatchilikning, qonuniylik va huquqiy-tartibotning, qonunchilikning asosi. Shunday qilib Konstitutsiya deganda, davlatning oliy yuridik kuchga ega bo'lgan asosiy qonuni tushuniladi va ushbu qonun davlat tuzilishining asosiy prinsiplarini, shaxsning huquqiy holati asoslarini, hokimiyat organlari tizimi, tarkibi, tashkil etilish tartibi, vakolatlari, o'zaro munosabatlari, davlatning jamoat birlashmalari bilan munosabatlari asoslarini belgilovchi normalar yig'indisidan iborat bo'ladi. [1]
O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining: "Tabiiyki, har qanday davlatning yuzi, obro'-e'tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Zotan, Konstututsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan
Qomusnomadir",- degan so'zlari faqatgina O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga emas, balki barcha Konstitutsiyalarga berilgan ta'rifdir.
Bugun yurtimizda demokratik, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning mustahkam poydevori qurilmoqda. Yurtimizda 2023-yil 30-aprel kuni o'tkazilgan yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish referendumida ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi tomonidan yoqlab ovoz berish orqali qabul qilinganligi, unda xalqimizning Yangi O'zbekistonni barpo etish bo'yicha orzu-umidlari va intilishlari o'z aksini topganligidan dalolat bermoqda. Referendum ko'p millatli buyuk xalqimizning birdamligi va hamjihatligi, suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat qurishga qat'iy qaratilganligining ishonchli ifodasi bo'ldi.
Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi fuqarolik jamiyatini qurishda keng ko'lamli huquqlarni o'zida aks ettirgan. Ya'ni Konstitutsiyaga kiritilgan
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
146
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
o'zgarishlarning asosiy maqsadi sifatida fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo etish deb hisoblashimiz mumkin. [2]
Xuddi shunday biz barpo etayotgan fuqarolik jamiyatida adolat, haqiqat va insonparvarlik g'oyalari ustuvorlik qilishi lozim. Adolat bor joyda, albatta, inson haq-huquqlari va erkinliklari to'la ta'minlanishiga umid bog'lash mumkin. Fuqarolik jamiyatining bir nechta o'ziga xos begilari mavjud, ulardan biri inson huquq va erkinliklarining so'zsiz ta'minlanishidir. Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasida uning "ijtimoiy davlat" ekanligi keltirib o'tilgan. O'zbekiston Respublikasi o'zini ijtimoiy davlat deb e'lon qilishi bilan har bir fuqarosiga munosib turmush kechirishi uchun shart-sharoit yaratish majburiyatini olmoqda. Bu mavjud resurslarni ijtimoiy adolat tamoyillari asosida taqsimlash, jamiyatda kuchli tabaqalanish avj olishiga yo'l qo'ymaslik, adolatli mehnat qonunchiligi, zaif qatlamlar uchun ham sifatli ta'lim va tibbiyotning kafolatlanishi, ijtimoiy himoya dasturlarining ishlashi va shu kabilarni anglatadi. Bundan tashqari, huquqiy davlatda barcha jarayonlar qonuniy asoslar ustiga quriladi, davlat xizmatchilaridan huquq doirasida fikrlash, barcha masalalarga huquqiy ko'z bilan qarash talab etiladi. Qolaversa, huquqiy davlatda barcha fuqarolar qonun oldida teng bo'ladi, davlat hokimiyatining oliy organlari ham qonunlarga bo'ysunadi va qonunlarning muqarrar ijrosini ta'minlaydi. [3]
Fuqarolik jamiyatining tarkibiy institutlari, jumladan, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tizimining mavjudligi fuqarolik jamiyatining yana bir o'ziga xos belgisi hisoblanadi. Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 127-moddasida "Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy o'ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an'analardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli", - ekanligi belgilab qo'yildi. Davlatda o'zini o'zi boshqarish organlariga katta e'tibor qaratish, uning faoliyatini shaffof tarzda, adolatli amalga oshirilishini ta'minlash - inson huquq va erkinliklarining hurmat qilinishi va fuqarolik jamiyatining qurilishiga katta ahamiyat qaratilganligidan dalolat beradi. Fuqarolik jamiyatida huquq va qonun ustuvor bo'lib, u insonning o'zini o'zi kamol toptirishiga yordam beradi, shaxs manfaatlari, uning huquqlari va erkinliklari to'liq ro'yobga chiqishiga ko'maklashadi. Ayni vaqtda, bu barcha odamlar qonunlarga so'zsiz rioya qilishlari shart ekanligini ham bildiradi. Bu borada yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 56-moddasida shunday mustahkamlab qo'yildi: "Inson huquqlari
1-7, 2023
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
Tashkent State Technical University
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
bo'yicha milliy institutlar inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini to'ldiradi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga ko'maklashadi" Fuqarolik jamiyatining asoslari Konstitutsiyamizning 69-moddasida aniq qilib belgilandi: "Fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etadi". [4] Ushbu moddada keltirilgan barcha fuqarolik jamiyatining asoslari O'zbekiston Respublikasida mustaqil tarzda o'z yo'nalishlari bo'yicha faoliyat olib borishlariga keng ko'lamda imkoniyatlar yaratildi, sababi bularning barchasi O'zbekistonni har jabhadan, fuqarolik jamiyatini yaratish, demokratik huquqiy davlat va xalqparvar davlat yaratilishiga beqiyos darajada o'z hissasini qo'shib boradigan omil sifatida qabul qilishimiz mumkindir. Misol tariqasida, Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to'sqinlik qilish yoki aralashganlik uchun Konstitutsiyasida qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishga sabab bo'lishi mumkinligi belgilanganligini ko'rishimiz mumkin. [5]
O'zbekiston Respublikasi demokratik davlat ekanligini xalqparvar davlat barpo etishning huquqiy kafolati sifatida belgilab olishimiz mumkin. Demokratiya so'zi bugungi ijtimoiy hayotda ko'p va keng ishlatiladigan tushuncha sifatida qabul qilishimiz mumkin, chunki demokratik davlatda jamiyat a'zolarining, ya'ni xalqning huquq va erkinliklari birdek himoya qilinadi. Konstitutsiyamizning 13-moddasida "O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi", - deb ta'kidlangan. Ushbu norma orqali O'zbekiston Respublikasida xalq hokimiyatchiligi asoslari belgilab qo'yilganligini ko'rishimiz mumkin. Respublikada demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirishda biz, ilgarigidek, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari - mahallalar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar, erkin va xolis ommaviy axborot vositalari faol o'rin egallaydi, deb ishonamiz.
"Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari", - degan muhim tamoyilni amalga oshirishda biz avvalo ana shu ijtimoiy institutlarning kuch va imkoniyatlariga tayanamiz.[6]
Civil Society and a People-Friendly State
ty
etishning huquqiy kafolati
https://tstu.uz/
Republican Scientific and Practical Conference
December 1-7, 2023
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
Konstitutsiyamizga kiritilgan muhim o'zgartirish va qo'shimchalardan biri - bu o'qituvchining maqomini oshirish bo'ldi. Mamlakatimizda ilgari ma'naviy-ma'rifiy sohani rivojlantirish doirasida o'qituvchilar muhim ahamiyatga ega ekanliklari belgilanmagan bo'lsada, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 52-moddasida o'qituvchi maqomi yuksak darajada belgilandi. Unga ko'ra: "O'zbekiston Respublikasida o'qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog'lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma'naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e'tirof etiladi. Davlat o'qituvchilarning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o'sishi to'g'risida g'amxo'rlik qiladi", - deb ta'kidlanganini ko'rishimiz mumkin. Bu sohaning yuksaklashtirilishi nafaqat ijtimoiy sohani, balki qolgan barcha sohalarning rivojiga katta hissa qo'shadi, shubhasiz. Chunki kelajak avlodni bilimli, saviyali qilib etishtirish, kelajakda yurt ravnaqi uchun muhim shaxs, inson sifatida yuksalishi, aynan, o'qituvchi va murabbiylarimizga bog'liq. Bejizga O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti o'z asarida: "Xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishi, farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liq", - deb mulohaza keltirmagan. Shu tariqa, ustozlar huquq sohasi vakili bo'lmagan, lekin oliy qonunda alohida tilga olingan yagona kasb egalariga aylandi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida: "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to'g'ridan to'g'ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi", -deb ta'kidlandi. Ya'ni ushbu norma O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab oladi va demokratiyaning to'laqonli ta'minlanish asosi sifatida namoyon bo'ladi. Ushbu moddaga ko'ra, O'zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchilarning barchasi o'z huquq va erkinliklarini Konstitutsiya asosida kafolatlanganligini bilgan holda, unga to'g'ridan to'g'ri murojaat qilishi mumkinligini anglashimiz mumkin. [7]
Konstitutsiyamizda aks ettirilgan "Miranda huquqi" tushunchasi inson huquqlari va erkinliklari ta'minlanishi kafolatidir deb aytishimiz mumkin. "Miranda huquqi" - fuqaroni birinchi marta davlat organlari tomonidan biror bir ishga gumonlanuvchi tarzida jalb qilayotganda, unga o'zining haq-huquqlarini tushuntirilishi hisoblanadi. Ushbu huquq AQShdagi muhim yuridik talabdir. [8] "Miranda huquqi"ni O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining 27 va 29-moddalarida belgilanganligini uchratishimiz mumkin. 27-moddaga ko'ra: "Shaxsni ushlash chog'ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi
1-7, 2023
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
asoslari tushuntirilishi shart",- degan norma belgilangan va 29-moddada esahar kim malakali yuridik yordam olishi va qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordamni davlat hisobidan ko'rsatilishi mumkinligi belgilangan. Inson va davlat organlarining o'zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga hal etilishini ko'rishimiz mumkin. Bundan ko'rinib turibdiki, inson va fuqarlarning huquq va erkinlklari yil sayin Konstitutsiya darajasida mustahkamlab qo'yilmoqda. Bu ularga Respublika hududida erkin va farovon, tinch va osuda yashashlari uchun katta imkoniyat yaratadi. [9]
Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, O'zbekiston Respublikasining2023-yil 31-aprel sanasida referendum asosida qabul qilingan va 2023-yilning 1-may sanasida kuchga kirgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning butun Respublika hududida amal qilishi, ushbu hududda istiqomat qiluvchi barcha shaxs, fuqarolarning huquq va erkinliklari ta'minlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir fuqaroning jamiyat va davlat miqyosidagi masalalarni hal etishdagi ishtiroki jamiyatning fuqarolik jamiyati tomon yuksalishiga turtki bo'ladi. Chunki har bir harakatdagi shaxs jamiyatning rivoji uchun qanchadir miqdorda o'z hissasini qo'shadi, albatta, ijobiy tomonlama rivojlanadi. Konstitutsiyaning qabul qilinishiga, asosan, ma'lum hududda yashovchi fuqarolarning fikr va mulohazalari inobatga olinadi, shu munosabat bilan referendum, xalq muhokamasi tashkil etilgan. Bunda har bir fuqaroning o'z ehtiyojlari, ijtimoiy hayot uchun zarur bo'luvchi huquq va erkinliklar qabul qilinib, muhokama qilinadi. Konstitutsiyaning ko'plab moddalari orqali, davlatni xalqparvar ekanligini, inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarining o'z o'rnida ta'minlanishidan anglab olishimiz mumkin.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -Toshkent:"O'zbekiston" 2023. 80b
2. O.T Husanov. Konstitutsiyaviy huquq. Darslik. Toshkent-2022. "Yuridik adabiyotlar publish", - 400 bet
3. Karimov I.A. Vatan ozodligi - oliy saodat: Birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XV sessiyasidagi ma'ruza. - T.: "O'zbekiston", 1999. - 61 b
4. Sh.A. Saydullayev. Davlat va huquq nazariyasi: darslik. Toshkent: TDYU, 2021. -248 bet
5. Mirziyoyev Sh.M. "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" Toshkent - "O'zbekiston" -2016. 53 b
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
150
Tashkent State Technical University Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
CivilSoeiety^nda^eopeFriendîySme
6. Dadasheva A.A Davlat xizmatini isloh qilish sharoitida hokimlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari - Academic research in educational sciences, 2022
7. Inagamova M.M, N. Joraboev. Formation and description of the women rights in islam. American Journal of Research in Humanities and Social Sciences . Volume 11, | April, 2023. P. 71-75.
8. Dadasheva A.A. O'zbekiston respublikasi-konstitutsiyaviy islohotlar davr talabi -Academic research in educational sciences, 2022
9. Dadasheva A.A O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI-KONSTITUTSIYaVIY ISLOHOTLAR DAVR TALABI. Uzbek Scholar Journal 15, 10-12
10. Маликов, Б. К. (2021). ШАРК МУТАФАККИРЛАРИНИНГ ДАВЛАТ ХИЗМАТЛАРИГА ДОИР СИЁСИЙ КАРАШЛАРИ. Scientific progress, 7(4), 207-212.
11. Н. Ш. Юнусова (2022). ЁШ МУТАХАССИСЛАРНИ ТАРБИЯЛАШДА КАДРИЯТЛАРНИНГ УРНИ. Academic research in educational sciences, 3 (TSTU Conference 1), 339-341.
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
151